Научная статья на тему 'YANGI AVLOD DARSLIKLARINI BOYITISH USULLARI'

YANGI AVLOD DARSLIKLARINI BOYITISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektron darslik / pedagogik texnologiya / ta’lim / tarbiya / fanlar / tendensiya

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sattarov Utkir Urazaliyevich

Maqolada yangi avlod darsliklari va uning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berilgan. Yangi avlod darsliklarining boyitish usullari haqida tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI AVLOD DARSLIKLARINI BOYITISH USULLARI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

YANGI AVLOD DARSLIKLARINI BOYITISH USULLARI

Sattarov Utkir Urazaliyevich

Samarqand davlat chet tillar instituti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD

Annotatsiya. Maqolada yangi avlod darsliklari va uning mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berilgan. Yangi avlod darsliklarining boyitish usullari haqida tavsiyalar berilgan. Kalit so 'zlar: elektron darslik, pedagogik texnologiya, ta 'lim, tarbiya, fanlar, tendensiya.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.14060839

Аннотация. В статье представлена информация об учебниках нового поколения и их содержании. Даны рекомендации по методам обогащения учебников нового поколения.

Ключевые слова: электронный учебник, педагогическая технология, образование, обучение, предметы, направление.

Annotation. The article provides information about new generation textbooks and their content. Recommendations are given on methods of enrichment of new generation textbooks.

Key words: electronic textbook, pedagogical technology, education, training, subjects,

trend.

Bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni o'qitishning yangi bosqichga olib chiqish, xorijiy tillar bo'yicha professional kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirda O'zbekistonda xorijiy tillarni o'qitishda ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalar O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Samarqand davlat chet tillari instituti hisoblansa, Respublikaning barcha viloyatlaridagi universitetlarda xorijiy tillar fakultetlari mavjuddir. Bizga ma'lumki, har qanday turdagi darslik yoki o'quv qo'llanma o'qitiladigan fanning namunaviy dasturida ko'rsatib o'tilgan mavzular, adabiyotlar asosida yaratiladi. Ushbu oliy ta'lim muassasalarda g'arb tillarini o'qitish, sohalar va tillar bo'yicha o'qitiladigan bazaviy fanlarning o'quv yoki namunaviy dasturlarini yaratishda tayanch oliy ta'lim muassasalari faoliyatining ahamiyati kattadir.

Ma'lumki, darsliklarning o'ziga xos turlari mavjud bo'lib, ular quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1) material tuzilishiga ko'ra kitob nashrlari (darsliklar, o'quv qo'llanmalari va boshqalar), qog'oz nashrlar (topshiriq shakllari, imtihon biletlari va boshqalar), plakatlar; 2) axborotning ikonik xususiyatiga ko'ra matn, lavha musiqasi, kartografik nashrlar (xarita va sxematik xaritalar), atlaslar va albomlar; 3) foydalanish salmog'i va ko'lamiga ko'ra kitoblar, broshyuralar, to'plamlar, qismli materiallar; 4) o'quv nashrlarining maqsadi va tabiatiga ko'ra darslik, o'quv qo'llanmalari, mashqlar to'plami, uslubiy qo'llanmalar). Shunday qilib, darslik aniq belgilangan maqsadga ega bo'lgan, funksiyalar to'plami bilan ifodalanadigan o'quv

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

material turidir.

N.Ryabsovaning fikriga ko'ra, mazmun ob'yektning barcha tashkil etuvchi unsurlari, xususiyatlari, ichki jarayonlari, munosabatlari, ziddiyat va tendensiyalari birligini ifodalovchi falsafiy kategoriyadir. Nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o'qitishda qo'llanadigan darsliklarni mazmun va strutuktur jihatdan tahlil etar ekanmiz, bugungi kunda zamonaviy darslik va o'quv qo'llanmalarga mazmun va struktur jihatdan qo'yiladigan talablarni ham e'tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim.

Ye.Passov "darslik matnida mazmun miqdor bilan belgilanadi, lekin darslik mazmunida ta'lim oluvchilarning tafakkurini rag'batlantiruvchi, muayyan fan va fuqarolik jamiyati rivojlanishining muammoli va istiqbolli masalalariga e'tiborni qaratishga ko'maklashuvchi asosiy va predmetga doir bilimlar tizimi aks ettirilgan bo'ladi" [3: 13 - 23], degan fikrni ilgari suradi.

Bilim - ta'lim mazmunining asosiy komponenti bo'lib, ongli ravishda qabul qilinadigan va xotirada saqlanadigan haqiqatning u yoki boshqa ob'yektlari haqidagi ob'yektiv ma'lumotlarning ichki va tashqi bog'liqliklarini bilish darajasiga, ijodiy foydalanish imkoniyatiga qadar o'zlashtiriladi [1: 81]. Bilim sifatining xususiyatlariga izchillik, uzluksizlik, umumlashtirish, javob berish qobiliyati, moslashuvchanlik, integrasion va boshqa xususiyatlar kirishi mumkin. Hozirgi vaqtda axborot oqimining ko'payishi darslikdagi bilimlarning ixcham joylashuvining muhimligiga olib keladi. Shunday qilib, o'quv materialining majburiy komponentlari - bu terminlar, tushunchalar, dalillar, faoliyat turlari.

Har bir darslik ta'lim oluvchilarning o'quv jarayonini tashkil etish (tez o'qish, yozish, eslatmalar, bibliografiya tuzish va hokazo)ga yo'naltirilgan o'quv mahoratini va o'qish qobiliyatini shakllantirishni ta'minlashi kerak. O'quv qobiliyatlari tashkiliy (harakatlar rejasini tuzish va hokazo), amaliy (ma'lumotlardan foydalanish, infografika bilan ishlash va boshqalar), aqliy (g'oyalarni shakllantirish, muammolarni hal qilish, va hokazo) qobiliyatlarga bo'linadi [2: 23]. Agar bilim matnni ongli idrok etish orqali o'zlashtirilsa, ko'nikmalar mashqlar yordamida mustahkamlanadi va shakllanadi.

Shunday qilib, darslik yaratishda qobiliyatlar tizimini yig'ish, operasiyalar bo'yicha qobiliyatlarni ajratish, ularni mavzular bo'yicha tarqatish, barcha qobiliyatlarni o'zlashtirish bo'yicha vazifalarni asosiy va predmetli bilimlar bilan birlashtirish kerak.

Bugungi kunda talabalar va o'qituvchilar uchun XXI asrning fan va texnologiyalaridagi mavjud talablariga javob bera olish ko'nikmasiga ega bo'lish asosiy muammolardan biridir. Axborot kommunikasiya texnologiyasining ta'siri insoniyat hayotining har bir jabhasiga kirib borganligi sababli, ta'lim tizimi XXI asrda fanni o'qitish uchun shakllantirilgan ko'nikmalarga alohida e'tibor qaratish lozim. Buning ma'nosi shuki, bugungi kun o'qituvchisi XXI asrning fan va texnologiyalari yutuqlaridan o'z kasbiy faoliyatida foydalana oladigan yetuk kadr tayyorlashni maqsad qilishi lozim.

Demak, bugungi kunda yaratilayotgan o'quv adabiyotlarimizni tayyorlashda, avvalo, yuqorida ta'kidlab o'tilgan qarorlarni mazmun va mohiyatini yaxshi tushunib olishimiz maqsadga muvofiqdir. Nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o'qitish jarayonida qo'llanadigan yangi avlod darsliklari, asosan, amaliy mashg'ulotlarda qo'llash uchun yaratilishini hisobga oladigan bo'lsak, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilab qo'yilgan talablardagi

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ayrim mulohazali o'rinlarga va biz tomonimizdan taklif etilgan xalqaro tajribalarga asoslangan yangi avlod o'quv adabiyotlarini tarkibiga e'tibor qaratgan holda yaratilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Болотов В.А. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе // Педагогика. № 10. 2003. - С. 10-13.

2. Коростылёв В.С., Пассов Е.И., Кузовлев В.П. Принципы создания коммуникативного обучения иноязычной культуре // Иностранные языки в школе. № 2. 2002.

3. Пассов, Е.И. Мастерство и личность учителя ИЯ / Е.И. Пассов. - М.: Флинта, 2001. - 240 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.