Научная статья на тему '“YAGONA XALQ XO‘JALIGI KOMPLEKSINING XALQARO ALOQALARIDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI (QISHLOQ XO‘JALIGI MISOLIDA) 1946-1980Y'

“YAGONA XALQ XO‘JALIGI KOMPLEKSINING XALQARO ALOQALARIDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI (QISHLOQ XO‘JALIGI MISOLIDA) 1946-1980Y Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniy / iqtisodiy / qishloq xo’jaligi / ilmiy / ishlab chiqarish / sanoat / tranport / aloqa / paxta / inqilobiy / savdo / istemol tovarlari.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Choriyev Fazliddin Nasriddinovich

O‘zbekiston SSR qishloq xo’jaligi 1946-1980 yillarda markaz tomonidan boshqarilishi oqibatida paxta yakkahokimligi munosabatlari asosiy o’ringa chiqqan edi. SSSR va Yevropa davlatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalarida aynan O’zbekistonning roli katta edi. Paxta tolasi va qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib berish, shuningdek yevropa davlatlari xususan Germanya Demokratik Respublikasida qishloq xo’jaligi sanoat uskunlari olib kelishini, elektr jihozlariga bo’lgan talabnimg shu mamalakat bilan iqtisodiy aloqalarda taminlanganligi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqaro aloqalarda yengil sanoat tizimining yaxshi savdo munosabatlariga yo’l qo’yilishi oqibatida xalqaro aloqalar ham keng rivojlanish eshiklari ochdi. Davlatlarning iqtisodiy aloqalarida boshqaruv modelining bir xilligi ham muhim ahamiyatga ega. Aynan bu ikkala davlatda ham sotsialistik boshqaruvning rivojlangan davri bo’lganligi, qishloq xo’jaligi, yengil sanoatning yevropada oqsashi natijasi, paxta tolasi yetkazib berishda O’zbekiston SSRning ustunligi jihatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlandi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“YAGONA XALQ XO‘JALIGI KOMPLEKSINING XALQARO ALOQALARIDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI (QISHLOQ XO‘JALIGI MISOLIDA) 1946-1980Y»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

"YAGONA XALQ XO'JALIGI KOMPLEKSINING XALQARO ALOQALARIDA O'ZBEKISTONNING ISHTIROKI (QISHLOQ XO'JALIGI

MISOLIDA) 1946-1980Y

Choriyev Fazliddin Nasriddinovich

Toshkent amaliy fanlar universiteti katta o'qituvchisi choriyevfazliddin8@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13269482 Annotatsiya: O'zbekiston SSR qishloq xo'jaligi 1946-1980 yillarda markaz tomonidan boshqarilishi oqibatida paxta yakkahokimligi munosabatlari asosiy o'ringa chiqqan edi. SSSR va Yevropa davlatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalarida aynan O'zbekistonning roli katta edi. Paxta tolasi va qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetkazib berish, shuningdek yevropa davlatlari xususan Germanya Demokratik Respublikasida qishloq xo'jaligi sanoat uskunlari olib kelishini, elektr jihozlariga bo'lgan talabnimg shu mamalakat bilan iqtisodiy aloqalarda taminlanganligi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Xalqaro aloqalarda yengil sanoat tizimining yaxshi savdo munosabatlariga yo'l qo'yilishi oqibatida xalqaro aloqalar ham keng rivojlanish eshiklari ochdi. Davlatlarning iqtisodiy aloqalarida boshqaruv modelining bir xilligi ham muhim ahamiyatga ega. Aynan bu ikkala davlatda ham sotsialistik boshqaruvning rivojlangan davri bo'lganligi, qishloq xo'jaligi, yengil sanoatning yevropada oqsashi natijasi, paxta tolasi yetkazib berishda O'zbekiston SSRning ustunligi jihatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlandi

Kalit so'zlar: Madaniy, iqtisodiy, qishloq xo'jaligi, ilmiy, ishlab chiqarish, sanoat, tranport, aloqa, paxta, inqilobiy, savdo,istemol tovarlari.

1. KIRISH

Ma'lumki, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda davlatlar miqyosida ishlab chiqarish sanoatni rivojlantirish uchun juda katta ilmiy harakatlar boshlangan. Shuningdek O'zbekistonda ham xalq xo'jaligi kompleksini rivojlantirish uni qayta tiklash va yengil sanoatni jadallik bilan rivojlantirish uchun iqtisodiy aloqlar keng yo'lga qo'yila boshlandi. XXKning eng asosiy sohasi qishloq xo'jaligi bo'lib uning keng tarmoqli ekanligi, paxta tolasiga bo'lgan ehtiyojning ko'pligi munosabatidan ham bu tizim alohida tartibga solina boshlandi. Butun iqtisodiyotni, shu jumladan, paxtachilik sohasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun zaruriy choralar ko'rildi. Bu borada 1946-yil 2-fevralda SSSR XKS tomonidan qabul qilingan «1946-1953 yillarda O'zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish rejasi va tadbirlari to'g'risida"gi qarori muhim rol o'ynadi. Sababi, bu qaror O'zbekistonda paxta yakka hokimligini shakllantirishga qaratilgan edi. Urushdan keyingi yillarda ham boshqaruvning markazlashtirilgan xarakteri saqlab qolindi. 1946 yildan xalq xo'jaligi tarmoqlari ittifoq va ittifoq-respublika hamda respublika minstrliklari orqali boshqarilgan. Ular o'z vaqtida sotsialistik sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bilan birga, yangi sanoat tarmoqlarini vujudga keltirishda alohida rol o'ynagan edi. Sanoatga rahbarlikni kuchaytirish uchun doimiy organlar -tarmoq sanoat ministrliklari tuzilgan. 1957 yilda O'zbekistondagi sanoat va qurilishga 28 ittifoq, 17 ittifoq-respublika va 5 respublika ministrliklari rahbarlik qilardi. O'zbekistondagi 8 ta ittifoq-respublika va respublika sanoat ministrliklari hamda markaziy apparatlarda 79 ta boshqaruv bo'limlari, 52 o'rta zveno bo'limlari hamda 383 ta ta'minot va tayyorlov tashkilotlari bor edi. Ulardagi boshqaruv apparatida esa 6 ming nafar mansabdor ishlardi. KPSS Markaziy Komitetining 1957 yil fevral Plenumida sanoat va

qurilishga rahbarlik qilishning tashkiliy shakllari qayta ko'rib chiqilib, "Sanoat va qurilishni boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish to'g'risida" Qonun qabul qilindi. Shu hujjatga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Soveti qabul qilgan qonunga asosan esa respublika hududida to'rt iqtisodiy-ma'muriy rayon: Toshkent, Farg'ona, Samarqand va Qoraqalpog'iston iqtisodiy-ma'muriy rayonlari tashkil etildi. Bu iqtisodiy rayonlarning har birida O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetiga bo'ysunadigan xalq xo'jalik kengashlari tuzildi. Umuman aytganda, sanoatni xalq xo'jalik kengashlari orqali boshqarish tashkil etilganida sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish imkoniyati iqtisodiy rayon doirasidagina kengaydi. Sanoatning turli tarmoqlaridagi korxonalar uchun uskunalarni ishlab chiqarish va qayta tamirlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan umumiy zavodlar barpo etildi, rayon korxonalari o'rtasida kooperatsiya aloqalari yo'lga qo'yildi. Biroq vaqt o'tishi bilan sanoat boshqaruvining mazkur tizimida ham iqtisodiyotni rivojlantirishga xalaqit beruvchi jiddiy kamchiliklar

namoyon bo'la bordi. O'zbekistondagi xalq xo'jaligi kengashi ham 100 dan ortiq sanoat tarmog'iga ega bo'lgan 1500 dan ko'proq korxonani birlashtirgan holda ish olib bordi. Bunday haddan tashqari markazlashtirib rahbarlik qilish ham dastlabki yillardanoq hayotda o'zining salbiy tomonlarini ko'rsatdi. Misol uchun, 1961 yilda O'zbekiston xalq xo'jaligi kengashiga qarashli 49 korxona ishlab chiqarish rejasini bajara olmagani natijasida 36 million rubllik mahsulot yetkazib berilmadi. 1962 yilda esa 404 ta sanoat korxonasidan 36 tasi yillik rejani bajarmagani oqibatida 15 mln rubl miqdorida mahsulot yetkazib berilmadi Bu qaror bilna butun Respublika miqyosida paxta yetishtirish va bu sanoatning rivojlanishi orqali iqtisodiy aloqlarning yo'lga qo'yish masalasi ko'tarildi. Aynan qarorda O'zbekistonda 1946-1953 yillarda davlatga paxta sotishni ikki baravar ko'paytirish belgilandi. Bu vazifani

. . .E.jÎ.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™2157centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

bajarish uchun oziq-ovqat yetishtirish uchun mo'ljallangan yerlarning kattagina qismini paxtaga ajratish, yangi yerlarni o'zlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini yaxshilash, qishloq xo'jaligini kompleks mexanizatsiyalash lozim edi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda o'tkazilgan iqtisodiy tahlil natijasi o'laroq respublika kolxozlarining ko'pchiligi iqtisodiy sohaga sanoatning jalb qilinishi masalaso kirib kelishi shart edi. Sababi ko'plab kolxozlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanmaganligi, , texnika va ishlab chiqarishning boshqa vositalarini qo'llay olmasligi natijasi qishloq xo'jaligi sohasida tub burilish yasay boshlandi edi. Natijada 1950-yilning bahorida SSSR Ministrlar Sovetining qarori bilan kolxozlarni yiriklashtirish boshlandi. 1950-yil avgustiga qadar O'zbekistonda 1770 ta kolxoz o'rniga 752 ta kolxoz tashkil etildi.. Kolxozlarning yiriklashtirilishi ayrim joylarda o'zining samarasini berdi. 1951-yilning o'zidayoq, kolxozlar yiriklashtirilgandan so'ng, 131 ta kolxoz 25-30 sentnerdan, 169 ta kolxoz 30-35 sentnerdan, 40 ta kolxoz 35-40 sentnerdan paxta hosil oldilar.. Lekin yiriklashtirish jarayonining shoshilinch tarzda o'tkazilishi paxtachilikka salbiy ta'sir qildi. Kadrlar masalasidagi muammolarni hal etish, xo'jaliklararo munosabatlarni yo'lga qo'yish, yiriklashtirilgan kolxozlar ishini tashkil qilish va yangi sharoitlarga ko'nikish uchun ma'lum vaqt kerak bo'ldi. Respublika kolxozlari ana shunday muammolar girdobiga qolganligi bois 1952-yilgi paxta tayyorlash rejasini bajara olmadilar. Paxta hosildorligi ham pastligicha qolaverdi. 1952-1953 yillarda olingan hosil gektariga 21,1 sentnerni tashkil etdi. O'zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 19541958 yillarda 3 milliard 199 million so'm ajratildi. O'zbekiston tarixida o'tgan 23-yil ichida bu sohaga sarflangan jami mablag'larning hammasiga teng keladigan ushbu ulkan mablag' respublika tarixida ilk marotoba qishloq xo'jaligiga berilayotgan edi. Bularning barchasi respublikada keng ko'lamda yangi yerlarni o'zlashtirish, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini bajarishga sarflandi

Yengil saoatning bir tomonlama rivojlanishi va iqtisodiy aloqlarda ishlab chiqarish kuchlaring past ekanligi sohaning taraqqiyotiga salbiy tasir qildi. O'zbekiston SSRning GDR bilan xalqaro aloqalari tarkib topishi jihatlari ham aynan sohaning oqsayotgan jihatlarini tiklash, shuningdek GDRdagi iqtisodiy muommolarga birgalikda yechim toppish nihatlariga ko'ra taraqqiy qila boshladi. Bunyodkorlik kuchlarining misli ko'rilmagan rivojlanishi, barcha sotsialistik xalqlarning chinakam gullab-yashnashi va shu bilan birga iqtisodiy va ma'naviy hayotning barcha jabhalarida yaqinlashishi tarixiy jarayon tobora ravshan bo'lib bormoqda. Mehnatkashlar ommasi bevosita ishtirok etadigan sotsialistik mamlakatlar o'rtasidagi yaqin hamkorlik hayotimizning uzviy qismiga aylandi. O'zbekiston SSR va GDR o'rtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalardagi birodarlik hamkorligining doimiy mustahkamlanishi

mamlakatlarimiz mehnatkashlari o'rtasida sifat jihatidan yangi munosabatlarni vujudga keltirdi. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, har ikki mamlakat xalqlarining moddiy va madaniy turmush darajasini oshirishning muhim shartlaridan biridir. SSSRning asosiy paxta bazasi bo'lgan O'zSSR sotsialistik mamlakatlarga paxta tolasi yetkazib beruvchi asosiy hisoblanadi. Respublikamiz paxta yetkazib berish bilan bir qatorda GDR yengil sanoatining mustahkam bazasini yaratishga ham o'zining munosib hissasini qo'shdi. Bu mamlakatga gaz, kimyo mahsulotlari (rux, kadmiy, natriy metall va boshqalar), farmatsevtika mahsulotlari, neft, meva va boshqalar ham yetkazib beriladi. GDRga yuk ko'tarish va transport, kompressor va kimyoviy uskunalar, kabel mahsulotlari va simlar, elektrotexnika va elektron sanoat mahsulotlari, gidrotexnika maxsulotlari eksport qilinadi. GDRning iqtisodiy aloqalrning yanada rivojlantirish uchun, 1982 yil, 12 aprel. texnik asboblar va burg'ulash asboblari yetkazib berishni kuchaytirish borasidagi qaroriga asosaa yangi eksport tpbvarlari kirib kela boshladi. O'z navbatida O'zbekiston SSRga GDRdan turli sanoat uskunalari, qishloq xo'jaligi mashinalari, ko'p miqdorda turli xalq iste'mol tovarlari keladi.

GDR respublikamizdagi qator sanoat obyektlarini texnik jihozlashda ishtirok etdi (masalan, Toshkent kabel-elektrotexnika zavodlari, Farg'ona azotli o'g'itlar zavodi, Navoiy kimyo va Oltinto'pqon polimetall zavodlari, Chirchiq transformator va Angren sement zavodlari, Samarqand va Quvasoy chinni zavodlari va boshqa korxonalar).

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada O'zbekiston SSR qishloq xo'jaligi sohasidagi paxta yakka hokimligi masalasi, shuningdek yengil va og'ir sanoatni rivojlantirish masalasida GDR bilan iqtisodiy aloqalari xolislik tamoyili bilan tarixiy taqqoslash, xronologik, , tanqidiy tahlih qilish metodlari asosida xulosalar chiqarildi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqolada manbalar tahililini 3 guruhga bo'lib o'rganish mumkin. Birinchi guruhga sovetlar davrida yozilgan adabiyotlar, ikkinchi guruhga mustaqillik yillarida yozilgan adabiyotlar va uchinchi guruhga xorijiy mualliflar tomonidan yozilgan asarlar.

NATIJALAR VA ULARNING TAHLiLi

Agar 1972 yilda O'zbekistondagi sanoat ishlab chiqarishining 27,2%ga Ittifoq ministrliklari, 67,4%ga ittifoq-respublika, 5%ga respublika ministrliklari rahbarlik qilgan bo'lsa, 1975 yilda bu ko'rsatkich mos ravishda - 33,3, 58,7 va 8% bo'lgan. 80- yillarga kelib butun sanoat ishlab chiqarishning 80%iga ittifoq va ittifoq-respublika ministliklari, 20%iga respublika ministrliklari rahbarlik qilgan. Bundan ko'rinadiki, O'zbekiston Ittifoq ministrliklarining mo'may xom ashyo manbai hisoblangan. SSSRning yagona xalq xo'jaligi kompleksida O'zbekiston mamlakatning paxta bazasi hisoblangani va paxtachilikni umumittifoq manfaatlariga moslashtirilgani respublikaning sanoat tuzilmasiga ham ta'sir etdi. Respublikada industrial

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

tuzilmaning vujudga kelishi paxtachilik bilan bog'liq sanoat tarmoqlari rivojlanishini taqozo etdi. Paxtachilik sanoati kompleksiga paxta yog'i ishlab chiqarish sanoati, mineral o'g'it yetishtirish, paxta tozalash, to'qimachilik sanoati uchun mashina hamda uskunalar yetkazuvchi korxonalar, qishloq xo'jaligi mashinasozligi kabilar kirardi. O'zbekistonning foydali qazilmalarga ham boy bo'lishi esa boshqa xo'jalik tarmoqlarining rivojlantirilishiga sabab bo'ldi. Sovet hokimiyati yillarida O'zbekiston hududida gaz, ko'mir, neft, mis, qo'rg'oshin, ruh, oltin, marganes, grafit kabi turli boyliklarning kattagina konlari ochildi. Bu boyliklar sotsialistiq iqtisodning rivojlanishi va O'zbekistonning butunittifoq mehnat taqsimotida tutgan o'rnining yanada oshishida katta rol o'ynadi .Xullas, Markaz tomonidan O'zbekistonda ham ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi yondashuvlar (sanoat obyektlari asosan stixiyali ravishda, aniqrog'i, buyruqbozlik asosida, respublikadagi ilm fan vakillari, bilimli va tajribali mutaxassislarning tavsiyalari e'tiborga olinmay joylashtirildi), xalq xo'jaligini, uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishdagi nomutanosiblik ijtimoiy, iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda keskinlikni avj oldirdi. Ittifoq bilan mintaqaviy xalq xo'jalik aloqalarining buzilishi hamma joyda rejalashtirilgan asbob-uskunalar, butlovchi materiallar va hokazolarni yetkazib berishning barbod bo'lishini chuqurlashtirdi. Bularning hammasi respublika siyosiy rahbariyatining salbiy tamoyillarni to'xtatib qolish, milliy iqtisodiyotni sog'lomlashtirish imkoniyatlarini cheklab qo'ygan edi. "SSSR yagona xalq xo'jaligi kopmleksida O'zbekiston sanoatining bir tomonlama rivojlanishi xususiyatlari" deb nomlangan ikkinchi bobda O'zbekiston og'ir sanoatining paxtachilikni rivojlantirishga yo'naltirilishi hamda respublikada yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining holati masalalari tadqiq etilgan. Urushdan keyin sanoat ishlab chiqarishida pritsipial siljishlar ro'y berdi. Tinchlik maqsadlarida ishlatiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, paxtachilikni rivojlantirishga o'tish respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning Ittifoqning yagona xalq xo'jaligi kompleksidagi asosiy vazifalari bo'ldi. 1946-1950 yillar mobaynida SSSR xalq xo'jaligini tiklash va rivojlantirish besh yillik rejasi to'g'risida SSSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi tomonidan qabul qilingan. Qonunga asosan respublika sanoati oldiga og'ir vazifalar qo'yildi. O'zbekiston xalqi oldidagi asosiy vazifalar: paxta va Markaz belgilagan boshqa qishloq xo'jalik maxsulotlari yetkazib berishni keskin ko'paytirish, shuningdek, ularni qayta ishlovchi tarmoqlarni rivojlantirish, qayta jihozlash, ishchi kadrlarni tayyorlashdan iborat edi. Ayni yillarda respublikada, bundan tashqari, qishloq xo'jaligi, og'ir sanoat tarmog'iga ham katta e'tibor berildi. Ittifoq hukumati tomonidan O'zbekiston qishloq xo'jaligini kompleks mexanizatsiyalashga, irrigatsiya va melioratsiya qurilishiga,shuningdek, xo'jalikni kompleks rivojlantirishni ta'minlash maqsadida energetika va yoqilg'i sanoatini, mashinasozlikni, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, yengil sanoatni

va boshqa tarmoqlarni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, yangi yerlarni o'zlashtirishga katta mablag' ajratildi (agar uchinchi besh yillikda respublika qishloq xo'jaligiga 86 mln so'm ajratilgan bo'lsa, to'rtinchi besh yillikda 140 mln so'm, beshinchi besh yillikda 502, mln so'm, birgina 1956 yilning o'zida 227,6 mln so'm ajratilgan). Paxtachilikni yanada rivojlantirish maqsadida bir qator mashinasozlik zavodlari ("Toshqishloqmash", "O'zbekqishloqmash", "Krasniy dvigatel", "Pod'yomnik" va boshqalar) traktorlar uchun tirkama mexanizmlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirildi. Bu davrda O'zbekistonda 150 dan ortiq yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi. Yirik sanoat korxonalarining umumiy soni 1946 yilda 1425 ta bo'lsa, bu raqam 1950 yilga kelib 1648 taga yetdi. O'zbekistonda urushdan keyingi yillarda energetika sohasini rivojlantirishga e'tibor kuchaytirilib, muhim ahamiyatga ega bo'lgan Farhod gidro-elektrostansiyasi qurib tugatildi. Energetika bazasi taraqqiy ettirilishi natijasida 1946-1950 yillarda elektr stansiyalarining quvvati 325 ming kvtdan oshdi, ya'ni 1940 yilga nisbatan 3 marta ko'paydi. Shu yillarda respublika sanoatining butun yalpi mahsuloti 83%ga oshdi,38 ishchilarning soni 29,7%, bir ishchining ishlab chiqargan mahsulot hajmi 41%ga ko'paydi. O'zbekiston sanoatining o'sishi uning Ittifoq sanoatida tutgan salmog'i o'sib borishini ta'minladi. Respublika paxta tolasi, ipak, o'simlik moyi, mineral o'g'itlar ishlab chiqarish, qishloq xo'jalik mashinalari tayyorlash bo'yicha mamlakatda ilg'or o'rinlarni egalladi. Shular bilan birga, O'zbekiston ittifoqdosh respublikalarga ekskavatorlar, ko'tarish kranlari, elektrotexnika va qurilish uskunalari, sim, elektr va 1950 yilda O'zbekistonda 2.225 ming tonna paxta yetishtirilgan bo'lsa. 1960 yilda uning miqdori 2.824 ming tonnaga yetdi41. O'sha yili respublika SSSRda yetishtirilayotgan paxtaning 60%ga yaqinini berib, Misr, Eron, Afg'oniston va Yaponiyada tayyorlangan paxta miqdoriga nisbatan 2 baravar ko'p paxta hosili undirgan edi. Shu yil O'zbekiston paxta tayyorlashda Xitoy va AQSHdan keyin uchinchi o'rinni egallab, dunyoda yetishtiriladigan paxta tolasining yettidan bir qismini ishlab chiqargan. Xususan tashqi aloqalarda davlatlar bilan o'rganib tahlil qiiadigan bo'lsak GDR bunga misol bo'la oladi. GDRdan Kogon, Denov, Kattaqo'rg'on, Qo'qon shaharlaridagi sariyog' zavodlari uchun, Rishton badiiy kulolchilik zavodi uchun, Samarqand va Xivadagi yangi kulolchilik korxonalari uchun kompleks jihozlar keltirildi.

O'zbekiston SSRning SSSR va GDR o'rtasidagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy aloqalardagi ishtiroki ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish, mavjud korxonalarni rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, yangi sanoat ob'yektlari qurish va ularni boshqarishni takomillashtirishda samarali samara bermoqda. . So'nggi paytlarda O'zSSRning GDR bilan yaqin savdo-iqtisodiy hamkorligida moddiy resurslar almashinuvining roli sezilarli darajada oshdi. SSSR, shu jumladan O'zbekiston SSR, shuningdek, boshqa sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotining erishilgan

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

rivojlanish darajasi kuchlarni ijtimoiy ishlab chiqarishning eng samarali sohalarida jamlash va ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash orqali yuqori mehnat unumdorligiga erishish imkonini beradi. Bu faqat sotsializm yagona milliy iqtisodiyot va madaniyatni yaratishga olib keladi, degan marksistik-leninistik ta'limotning to'g'riligini yana bir bor tasdiqlaydi.

O'zSSR SSSRning GDR va boshqa sotsialistik mamlakatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli hissa qo'shib, marksizm-leninizm g'oyalari mujassamligini namoyish etadi, amalda o'zining milliy va xalqaro burchini bajaradi. sotsialistik hamdo'stlik mamlakatlari kuchini mustahkamlash. Bu Sovet O'zbekistonining sifat jihatidan yangi yutug'idir. Bu Sovet Ittifoqining lenincha tashqi siyosatining maqsadga muvofiqligi va samaradorligining, KPSS XX qurultoyi tomonidan ishlab chiqilgan sotsialistik mamlakatlar bilan do'stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash dasturining amalga oshirilishining yorqin dalilidir.

Metallurgiya, mashinasozlik, qurilish, energetika, kimyo, to'qimachilik va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarish tajribasini almashish O'zSSR va Germaniya Demokratik Respublikasi Ichki ishlar vazirligi uchun an'anaviy tus oldi. O'zbekiston SSR va Germaniya Demokratik Respublikasi o'rtasidagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy aloqalar ham ishlab chiqaruvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga, mehnatkashlar talablarini to'g'ri qondirishga xizmat qildi, har ikki mamlakat aholisining turmush darajasini bosqichma-bosqich oshirishga yordam berdi.

O'zbekiston SSR SSSR va GDR o'rtasidagi madaniy hamkorlikda ham faol ishtirok etadi. O'zSSR va GDR o'rtasida yaqin aloqalar o'rnatildi. Ular adabiyot va san'at, fan va xalq ta'limi, sport va turizm sohalarida, jamoat tashkilotlari o'rtasida ishlagan. .O'qish-? Har ikki davlat o'zbek va nemis yozuvchilarining eng sara asarlari bilan o'z ona tilida tanishish imkoniga ega bo'ldi. Ular xonandalar, musiqachilarning o'zaro gastrol safarlari uyushtirildi, adabiyot va san'at namoyandalari o'rtasida shaxsiy aloqalar yo'lga qo'yildi; O'zbekiston SSR va GDR olimlari o'rtasida mustahkam aloqalar o'rnatildi, ular bir-birlarining to'plangan tajribasini o'zaro almashib, murakkab muammolarni hal etishda hamkorlik qildilar, xalqaro konferensiyalar, simpoziumlarda o'zaro qatnashdilar, ilmiy adabiyotlar va ma'lumotlar almashdilar. Xalq ta'limi xodimlari o'rtasida o'zaro tajriba almashish amaliyoti yo'lga qo'yildi. Maktab o'quvchilari o'rtasidagi yozishmalar keng rivojlandi. Ikki davlat o'rtasidagi sport aloqalari sezilarli darajada mustahkamlandi. Sportchilar o'rtoqlik va xalqaro chempionatlarda tobora ko'payib bordi. O'rganilayotgan davrda ko'plab delegatsiyalar va sayyohlar bir-birlarining madaniy hayoti bilan tanishdilar. O'zSSRda GDR madaniyat kunlarining o'tkazilishi va GDRdagi Sovet madaniyati kunlarida respublikamizning ishtirok etishi xalqlarimiz ijtimoiy-madaniy hayotidagi asosiy

voqealar bo'ldi. Davlat va jamoat tashkilotlari: O'zSSR va GDR davlat organlari, O'zSSR komsomoli va GDR SSNM, GDR bilan do'stlik sovet jamiyatining O'zbekiston bo'limi va nemis-sovet jamiyati o'rtasida yaqin aloqalar mustahkamlandi XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa qiladigan bo'lsak, O'zbekiston SSRning iqtisodiyoti umumittifoq yagona xalq xo'jaligi kompleksining tarkibiy qismi edi. Urushdan keyin ham paxtachilik O'zbekiston SSR xo'jaligining ittifoq ahamiyatiga ega bo'lgan asosiy tarmog'i sifatida davom ettirildi. Respublika xalq xo'jaligining boshqa barcha sohalari ana shu asosiy

tarmoqqa xizmat qildi va paxtachilik ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirildi. O'zbekiston sanoati, qishloq xo'jaligi va transportining har tomonlama bir-biri bilan bog'langan holda rivojlantirilishi umumittifoq ahamiyatiga ega bo'lgan ishlab chiqarish komplekslarining tashkil topishiga olib keldi: 1) paxta yetishtirish kompleksi, 2) yoqilg'i energiya-kimyo kompleksi, 3) rangli metallurgiya kompleksi, 4) qora metallurgiya va mashinasozlik kompleksi, 5) qurilish materiallari ishlab chiqarish va qurilish industriyasi kompleksi, 6) agrar-sanoat kompleksi.

ADABIYOTLAR:

[1] Ziyodullayev S. Sovet O'zbekistoni sanoatining rivojlanishi // O'zbekiston kommunisti. №1. 1954. - B. 30.

[2] Ziyadullayev S.K. Uzbekskaya SSR v yedinom soyuze bratskix respublik. - M.: Znaniye, 1980. - S. 38.

[3] Narodnoye xozyaystvo Uzbekskoy SSR v 1960 godu. Kratkiy statisticheskiy sbornik. - T., 1961. - S. 25.

[4] Baratov P. Yetti yillikda O'zbekiston ishlab chiqaruvchi kuchlarining o'sishi va joylashtirilishi. - T.:O'zbekiston Birlashgan nashriyoti, 1960. - B.

[5] Narodnoye xozyaystvo Uzbekskoy SSR v 1972 g. - T.: Uzbekistan, 1973. - S. 213.

[6] Uzbekistan za 40 let sovetskoy vlasti . Statisticheskiy sbornik. - T.: Uzbekistan, 1958. - S. 87.

[7] Sovet O'zbekistoni ekonomikasi va madaniyatining rivojlanishi. - T., 1958. - B. 123

[8] Yorozu, M. Hirano, K. Oka, and Y. Tagawa,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.