Научная статья на тему 'QUYI AMUDARO IQTISODIY RAYONINING TABIIY HAMDA IQTISODIY XUSUSIYATLARI'

QUYI AMUDARO IQTISODIY RAYONINING TABIIY HAMDA IQTISODIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Raxmanova M.Sh.

XX asrning 50 – 80-yillarida sovet hokimyatining O‘zbekiston SSR hududida olib borgan iqtisodiy siyosatining asosi markaz tomonidan rejalashtirilgan siyosat mazmuniga mos ravishda olib borilgan. Bu siyosatni amalga oshirish o‘lkaning turli hududlaridagi boy tabiiy resurslarni o‘zlashtirish va markazga tashib ketishga qaratilgan edi. sobiq SSSR davlatining mamlakatni iqtisodiy rayonlarga bo‘lish rejasi ham aynan shu maqsadda qilingan edi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUYI AMUDARO IQTISODIY RAYONINING TABIIY HAMDA IQTISODIY XUSUSIYATLARI»

QUYI AMUDARO IQTISODIY RAYONINING TABIIY HAMDA IQTISODIY XUSUSIYATLARI

Raxmanova M.Sh.

o 'qituvchi,

Mirzo Ulug'beknomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11175007

XX asming 5G - SG-yillarida sovet hokimyatining O'zbekiston SSR hududida olib borgan iqtisodiy siyosatining asosi markaz tomonidan rejalashtirilgan siyosat mazmuniga mos ravishda olib borilgan. Bu siyosatni amalga oshirish o'lkaning turli hududlaгidagi boy tabiiy resurslarni o'zlashtirish va markazga tashib ketishga qaratilgan edi. sobiq SSSR davlatining mamlakatni iqtisodiy rayonlarga bo'lish гejasi ham aynan shu maqsadda qilingan edi.

Iqtisodiy rayonlashtirish bu - geografik mehnat taqsimoti obyektidan kelib chiqqan holda yirik mintaqalar yoki mamlakatning iqtisodiy rayonlarini o'zaro bo'ysundirishning tizimli shaklidir. Bunday iqtisodiy rayonlashtirishdan asosan, ikkita maqsad ko'zlanadi. Birinchisi ishlab chiqaгish kucЫaгini rejali гavishda to'g'гi hududiy tashkil qilish va boshqarish bo'lsa, ikkinchisi esa alohida ajratilgan har biг iqtisodiy rayonda mahalliy shaгoitni hisobga olgan holda ixtisoslashgan taгmoqlaгni гivojlantiгish, rayonlararo tгans-iqtisodiy aloqalarni amalaga oshiгish nazarda tutiladi [5, - S5-S6 b.]. Shulaгdan kelib chiqqan holda iqtisodiy rayonlashtirish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish deb tushunish mumkin.

Har bir iqtisodiy rayon o'zining asosiy va yetakchi iqtisodiy tarmog'iga ega bo'lgan holda mana shu yetakchi tarmoq rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilab beradi. Iqtisodiy rayonning yetakchi tarmog'i ya'ni xo'jalik taTmog'i asosida uni to'ldirib tumvchi yoгdamchi - quyi taгmoqlar shakillanadi. Umuman olganda iqtisodiy rayon xalq xo'jaligi tarmoqlari o'rtasidagi aloqani mustahkamlab turuvchi o'ziga xos ixtisoslashgan hududiy ishlab chiqarish majmualarini o'z ichiga olgan hudud desak ham adashmagan bo'lamiz.

Xalq xo'jaligini mintaqaviy rejalshtirish asosida SSSR bir qancha iqtisodiy rayonlarga bo'lingan edi. Hududiy chegaradosh to'rtta respublika (O'zbekiston SSR, Tojikiston SSR, Qirg'iziston SSR, Turkmaniston SSR)dan tashkil topgan O'rta Osiyo iqtisodiy rayoning eng yirik iqtisodiy potensialga ega bo'lgan hududi O'zbekiston SSR bo'lgan. O'z navbatida O'zbekiston SSR ham tarkibiy jihatdan bir nechta iqtisodiy rayonlarga ajratilgan.

O'zbekiston SSR iqtisodiy rayonining shimoli-g'arbiy chekkasida joylashgan hamda hududiy jihatdan eng kattasi bo'lgan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidir. Ushbu iqtisodiy rayon Qoraqalpog'iston ASSR va Xorazm viloyatlarining iqtisodiy

birikuvidan tashkil etilgan. Bu iqtisodiy rayon ushbu ikki hududning geografik o'rni, xo'jalik ixtisosi, rivojlanish istiqbollari kabi omillarga ko'ra birlashtirilgan. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni geografik jihatdan Orol dengizining janubida, Qizilqum cho'lining g'arbida va Ustyurt platosining sharqiy qismida joylashgan [2, - 197 6.]. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining bunday noqulay tabiiy-geografik hudud -cho'l zonasida joylashganligi rayonning qishloq xo'jaligi hamda sanoatining boshqa hududlarga nisbatan orqada qolishiga ta'sir ko'rsatgan desak adashmagan bo'lamiz.

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida qishloq xo'jaligining dehqonchilik tarmog'i yetakchi bo'lib, asosan, sholichilik va paxtachilikka ixtisoslashgan. XX asrning 70-80-yillarda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O'zbekiston SSR sholisining 70 foizini, paxtasining 14,5 foizini, pillasining esa 11 foizini yetkazib bergan. Sanoat mahsulotlari esa rayon xo'jaligining nisabatan kam 5,9 foizni tashkil qilgan. Amudaryoning quyi qismidagi hududlar sholichilikka ixtisoslashgan xo'jaliklarda sholidan mo'l hosil olinganligi sababli Xorazm hududi paxta yetishtirishda butun O'zbekiston SSRda yetakchilik qilgan [1, - 232 6.]. Iqtisodiy rayon tarkibiga Orol dengizining deyarli yarim hududi kiradi. Shu xususiyatidan ham ushbu iqtisodiy rayonda baliqchilik, suv transporti asosiy o'ringa ega bo'lgan.

Iqtisodiy rayonda poliz ekinlaridan qovun yetishtirish, ayniqsa, Xorazm qovunlari ancha mahsuldor va xaridorgir bo'lgan. Bundan tashqari, makkajo'xori va beda yetishtirish salmoqli bo'lgan. Ammo, sabzavot yetishtirish ayniqsa, kartoshka yetishtirishda rayon o'z ehtiyojini ham qondira olmagan.

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidagi sanoat korxonalarining asosiy qismi Qoraqalpog'iston ASSR hududida joylashgan. Mashinasozlik va metallsozlikda asosan avtoremont va qishloq xo'jaligi mashinalarini tuzatish korxonalaridan iborat bo'lgan. Bunday korxonalar Nukus, Urganch, Taxiyatosh, Qo'ng'irot shaharlarida mavjud bo'lgan. Xo'jaylida esa yirik kema tuzatish korxonasi faoliyat ko'rsatgan. Ushbu faoliyat turlari rayon yalpi mahsulotining 1/10 qismini ishlab chiqargan [1, -234 6.].

Qoraqalpog'iston ASSRda mineral xom ashyolarning 200 dan ortiq konsifat manbalari ma'lum bo'lgan. Bular asosan mineral xom ashyolar: gaz, temir, gips, ohaktosh, tuzlar, talk, fosforit va qurilish materiallaridan iborat bo'lgan. Birgina, Sultonuvays tog'idan mis, qo'rg'oshin, rux, nikel, selestin, rodonit, yashma, feruza, ametist, listvenit va qayroqtosh topilganligini ko'rishimiz mumkin[6, - 19-20 6.]. Bu esa Qoraqalpog'iston ASSR hududida yer osti qazilma boyliklari asosan qurilish va saonat xom ashyo materiallaridan iboratligidan dalolat beradi. Shunday bo'lsada, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida qurilish sanoati sust va yaxshi rivojlanmagan bo'lib, faqatgina Nukus, Urganch, Taxiyatosh, Drujba shaharlarida temir-beton

rekonstruksiya zavodlari, Beruniy va Xo'jaylida g'isht zavodlarigina faoliyat ko'rsatgan.

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni yengil sanoatida paxta tozalash zavodlari, to'qimachilik korxonalari va tikuvchilik fabrikalari mavjud bo'lib, rayonning Urganch, Xonqa, Xo'jayli, Beruniy, Mang'it tumanlarida 20 ga yaqin paxta tozalash zavodlari faoliyat ko'rsatgan. Iqtisodiy rayonning birgina Xiva shahrida O'zbekiston SSRda yetakchi bo'lgan gilam to'qish fabrikasi mavjud bo'lgan. Bugungi kunga qadar ushbu gilam to'qish fabrikasi o'ziga xos gilam to'qish an'analarini saqlab qolgan holda faoliyat yuritmoqda.

Rayondagi aholi uchun zarur bo'lgan mahsulotlar, oziq-ovqat sanoati: moy va sholi oqlash, non, sut kombinatlari, konserva zavodlaridan iborat bo'lgan. Xo'jayli, Qo'ng'irot, Chimboy, Beruniyda moy zavodlari faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, 1960-yillarda Urganchdagi moy zavodi qayta rekonstruksiya qilinishi natijasida O'zbekiston SSR hududidagi eng yirik zavodlardan biriga aylantirilgan. Bundan tashqari, Mo'ynoqda O'zbekiston SSR hududiga baliq konservasini yetkazishda yetakchi va yagona bo'lgan konserva zavodi SSSRning markaziy rayonlariga ham baliq va konserva mahsulotlarini yetkazib turgan. Masalan, birgina 1955-yilning o'zida 18 800 000 quti konserva, 1670 sentner muzlatilgan baliq va 730 sentner dudlangan baliq ishlab chiqarilgan [7, - C. 34-36.]. Aynan mana shu davrda, O'zbekiston SSRda ovlanadigan baliqning 98,9 foizi Orolbo'yi hududida yetishtirilganligini ko'rish mumkin [4, - С. 16.]. Iqtisodiy tahlillarga ko'ra, oziq-ovqat sanoati iqtisodiy rayon yalpi mahsulotining 1/5 qismini yetkazib bergan[1, -234 б.]. Bundan ko'rishimiz mumkinki, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni xalq xo'jaligining asosiy ulushini baliqchilik va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil qilgan hamda iqtisodiy rayon xalq xo'jaligini harakatga keltirib turuvchi richak vazifasini bajargan desak adashmagan bo'lamiz.

Iqtisodiy rayonda dehqonchilik sug'rma dehqonchilikka asoslangan va bu Orol dengizi va Amudaryo suvlari orqali amalga oshirilgan. Orol dengizi sathining pasayishi sababli sovet hukumati Sibir daryolarining irmoqlarini irrigatsiya kanallari orqali Orol dengiziga olib kelishni va sug'oriladigan yerlarni yanada kengaytirishni rejalashtirgan[3, - 22 б.]. Ammo Orol dengizning suvlaridan betartib foydalanilganligi, hududning tabiiy sharoitlari, aholi ehtiyojlarining inobatga olinmaganligi, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va undan ilmiy asoslanmagan holda foydalanilganligi sababli ushbu rejalar bajarilmay qolib ketgan.

XX asrning 70-80-yillarda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining 400 gektardan ortiq maydoni qamishzorlardan iborat bo'lgan va sovet davlati bundan unumli foydalanish maqsadida yog'och tolali qurilish taxtalari, qamish asosida qog'oz, viskoz va boshqa bir qator mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirgan edi[7, - C.

34-36.]. Lekin bu borada ham SSSR hukumati oldiga qo'yilgan besh yillik rejalar bajarilmay, faqat qog'ozda qolib ketganini ko'rish mumkin.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, sobiq SSSR davlatida o'tkazilgan rayonlashtirish tizimi mamlakatni boshqarishning qulay usullaridan biri bo'lgan va bu O'rta Osiyo iqtisodiy rayonining tarkibiy qismi bo'lgan Quyi Amudayo iqtisodiy rayoni O'zbekiston SSR hududida oziq-ovqat sanoati, xususan, baliqchilik sohasi bo'yicha yetakchi iqtisodiy rayon hisoblangan. Rayonning iqtisodiy va sanoat jihatidan boshqa hududlarga nisbatan orqada qolishiga uning markaz bilan masofaning uzoqligi, tabiiy-geografik jihatdan esa noqulay hududda joylashganligi bilan asoslash mumkin.

Adabiyotlar:

1. Асанов Г., Набихонов М. Узбекистон ССРнинг иктисоди; ва социал географияси. - Тошкент: Укитувчи, 1984. - 169, 232, 234 б.

2. Асанов Г., Набихонов М., Сафаров И. Узбекистоннинг иктисодий ва ижтимоий жугрофияси. - Тошкент: Укитувчи, 1994. - 197 б.

3. Бедринцев А. Узбекистон территориал ишлаб чикариш комплексларини шакиллантириш. - Тошкент: Узбекистон, 1982. - 22 б.

4. Избасханов Е. Экономическое районирование Каракалпакской АССР. // Вестник. Каракалпакский филиал академии наук Узбекской ССР. 1964. - С. 16.

5. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Mualliflar jamoasi. Darslik. - Toshkent: Noshir, 2019. 85-86 b.

6. Нормухдммедов М. Узбекистоннинг ерости бойликлари - хал; хизматида. - Тошкент: Узбекистон, 1985. 19-20 б.

7. Экономический районы Уз ССР. (редактор Ахунов И.) - Тошкент: 1957. - C. 34-36.

8. Юнусова, Х.Э., & Усаров, У.А. (2018). Некоторые суждения об истории земледельческой культуры в Средней Азии. Наука, техника и образование, (9 (50)), 42-46.

Yunusova, K. E. (2023). SOME REFLECTIONS ON THE IMPACT OF TRANSBOUNDARY WATER USE PROBLEMS ON THE DRYING UP OF THE ARAL SEA. Oriental Journal of Social Sciences, 3(06), 90-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.