Научная статья на тему 'QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARI VA ULARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI'

QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARI VA ULARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
91
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
agro-erkin iqtisodiy zona / eksport / erkin iqtisodiy zona / import / investitsiya.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Amanov A.K., Nazarov D.M.

Ushbu maqolada Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidagi erkin iqtisodiy zona (keyingi orinlarda EIZ)lari va ularning rivojlanishi tendensiyalari haqida fikr yuritiladi. Iqtisodiy rayondagi EIZlarning rivojlanish tendensiyalarini iqtisodiy-geografik tahlil va iqtisodiy-statistik usullari yordamida ochib berildi. Shuningdek, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni iqtisodiyotining kelajagi sanalayotgan EIZlarning rivojlantirish istiqbollari hamda, bu borada bajarilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar haqidagi taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARI VA ULARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI»

DOI 10.5281/zenodo.10822972 UDK: 914/919

Amanov A.K.

Urganch davlat unversiteti "Geografya" kafedrasi o'qituvchisi

Nazarov D.M.

Urganch davlat unversiteti Geografyayo'nalishi 1-kurs talabasi

QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARI VA ULARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Anotatsiya. Ushbu maqolada Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidagi erkin iqtisodiy zona (keyingi orinlarda EIZ)lari va ularning rivojlanishi tendensiyalari haqidafikryuritiladi. Iqtisodiy rayondagi EIZlarning rivojlanish tendensiyalarini iqtisodiy-geografik tahlil va iqtisodiy-statistik usullari yordamida ochib berildi. Shuningdek, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni iqtisodiyotining kelajagi sanalayotgan EIZlarning rivojlantirish istiqbollari hamda, bu borada bajarilishi lozim bo 'lgan chora-tadbirlar haqidagi taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: agro-erkin iqtisodiy zona, eksport, erkin iqtisodiy zona, import, investitsiya.

Amanov A.K. teacher

"Geography" department Urganch State University Nazarov D.M.

Geography 1st year student Urganch State University

FREE ECONOMIC ZONES IN LOWER AMUDARYA ECONOMIC REGION AND THEIR DEVELOPMENT TENDENCIES

Abstract. This article discusses free economic zones (hereinafter SEZs) in the Lower Amudarya Economic Region and their development trends. Development trends of SEZs in the economic region were revealed using economic-geographical analysis and economic-statistical methods. Also, proposals and recommendations about the development prospects of the SEZs, which are considered the future of the economy of the Lower Amudarya economic region, as well as the measures to be implemented in this regard, were given.

Key words: agro-free economic zone, export, free economic zone, import, investment.

Kirish. ElZlar odatda mamlakatning ma'lum hududi iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadida, mahalliy va xorijiy investorlar investitsiyalari evaziga, asosan ishlab chiqaradigan mahsulotlari eksportbop hamda import o'rnini bosuvchi yuqori texnologiyali korxonalarni o'zida jamlovchi, o'ziga xos bojxona va soliq imtiyozlariga ega alohida hududlar sanaladi.

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida EIZlarni tashkil qilish masalasi XX asrning oxiriga borib taqaladi, aniqrog'i Qoraqalpog'iston Respublikasi poytaxti sanalmish Nukus shahrida 1998-yildayoq "Nukus" EIZ shakllantirildi. Ammo mazkur EIZ ham o'sha paytlari tashkil qilingan "Jizzax" (1996 y.) va "Samarqand" (1997 y.) ElZlari kabi qisqa davrda o'z faoliyatini yakunladi.

Ushbu muammolarni yuzaga kelishiga sabab esa, ekspertiza instituti imkoniyatlaridan foydalanib oldinni ko'ra bilish, prognozlashtirish, ekspertlarning muammoni o'rganib, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar o'rganilmaganligi sabablidir [5].

Mazkur kamchiliklarni bartaraf qilingandan keyin, 2008 yilda "Navoiy" erkin industrial iqtisodiy zonasi, 2012 yilda "Angren" maxsus sanoat zonasi va 2013 yilda "Jizzax" maxsus sanoat zonasi tashkil qilindi. Keyinchalik, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida ham, 2017 yilda "Hazorasp" EIZ, 2019 yilda "Nukus" EIZ va 2020 yilda "Qoraqalpoq-agro" EIZlari bunyod qilindi.

Adabiyotlar tahlili. Mazkur mavzuni o'rganish doirasida iqtisodiy rayondagi EIZlarni tashkil qilish to'g'risidagi bir qator hukumat qarorlari va ko'pgina mualliflarning [1, 2, 3, 4, 5] ishlari o'rganildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli farmoniga ko'ra tashqi bozorlarda talab yuqori va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydigan mineral-xom ashyo va qishloq xo'jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo'yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Xorazm viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o'rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, hamda Xorazm viloyati hokimlikining Xorazm viloyati Hazorasp tumanida - "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilindi [2].

Tadqiqot metodologiyasi. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida jami 3 ta, jumladan Qorqalpog'iston Respublikasida 2 ta "Nukus" va "Qoraqalpoq-agro" EIZlari, hamda Xorazm viloyatida "Hazorasp" EIZsi shakllantirilgan bo'lib ulardagi jami filiallar soni 18 tani, ularning umumiy maydoni esa, mos ravishda 262,29 ga, 875,4 ga va 414 ga.ni tashkil qiladi (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida tashkil qilingan EIZlar

T/r EIZ nomi Umumiy maydoni EIZ filiallarining soni EIZ tashkil qilingan sana

1. "Hazorasp" EIZ 414 ga 3 ta 2017-yil 12-yanvar

2. "Nukus" EIZ* 262.29 ga 3 ta 2019-yil 4-sentyabr

3. "Qoraqalpoq-agro" EIZ 875,4 ga 12 ta 2020-yil 11-noyabr

*2017 yilda tashkil qilingan "Nukus-farm" EIZsi hozirda "Nukus" EIZsiga aylantirilgan

Jadval O'zbekiston statistika qo'mitasi hamda internet saytlari ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan tayyorlandi.

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida hozirda faoliyat yuritayotgan birinchi EIZ "Hazorasp" EIZsidir.

Mazkur EIZ Xorazm viloyati sanoatini lokomativiga aylandi va oz muddatda 19 ta loyiha amalga oshirildi. Bu amalga oshirilgan loyihalarning eng asosiysi bu "UzAuto Motors" AJ ning Pitnak filiali hisoblanadi. Ushbu zavodda Chevrolet brendi ostida Chevrolet Orlando, Chevrolet Labo, Damas avtomobillari ishlab chiqariladi. Erkin iqtisodiy zonada undan tashqari yana ko'plab yirik korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda bu korxonalar tufayli nafaqat Hazorasp tumani aholisi balki butun Xorazm viloyati va Respublikamizning turli viloyatlaridan hamda xorijiy davlatlardan kishilar mehnat qilishadi [4].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning qarorlari bilan Nukus tumanida «Nukus-farm»» EIZ nomi bilan tashkil qilingan va hozirda "Nukus" EIZ deb yuritilayotgan iqtisodiy hudud 2019 yilda qayta shakllantirildi. Bugungi kunda EIZsining Tortko'l, Kegeyli va Nukus tumanlarida yangi filiallarida maishiy buyumlar va shisha sanoati korxonalari faoliyat yurutmoqda.

1-rasm. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidagi ElZlar karta sxemasi. [3]

2020-yilning oxirida tashkil qilingan "Qoraqalpoq-agro" EIZsining rivojlanishida hududdagi mavjud infratuzilma, arzon ishchi kuchi, hamda muhim iste'mol bozorlari yaqinligining muhim ahamiyat kasb qiladi. Umumiy maydoni salkam 900ga yaqin 12 filialga ega mazkur EIZ kelajakda mintaqa aholisi va yaqin qo'shni mamlakatlarni zarur qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash maqsad qilingan.

XULOSA. Xulosa o'rnida, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni siqtisodiyotini jadal rivojlantirishda:

- Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi EIZlarining yanada jozibadorligini oshirish va bu orqali ko'proq investorlarni jalb qilish;

- zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari asosida EIZlardagi korxonalari modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bilan mahsulot hajmi va turlarni ko'paytirish;

- mavjud resurs va xomashyolarni chuqur qayta ishlash oqrali sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlarida yangi mahalliy brend mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy etish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 3-ILOVA

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "№gut, Gujduvon, Qo'qon va Hazorasp EIZlaгini tashkil qilish to'g'risidagi" 2017 yil 12 yanvaráagi PF-4931-sonli Farmoni.

3. Amanov A.K. "Quyi Amudaгyo iqtisodiy rayonidagi eгkin iqtisodiy zonalaгining mintaqa iqtisodiyotining гivojlanishidagi o'mi" Qoгaqalpoqiston davlat unverateti. "Zamonaviy geografik tadqiqotlaгda hududlaming ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanishi, tabiatdan oqilona foydalanish va turizm masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi. Nukus 26-27 oktabr 2021.

4. Amanov A.K., Yusupov I.Q., Otajonov R.P. "Quyi Amudaiyo iqtisodiy rayonida eгkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalaгining shakllanishi". Qoгaqalpoqiston davlat unverateti. "Janubiy Oгolbo'yi tabiiy гesuгslaгidan oqilona foydalanish" mavzusidagi VIII-respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Nukus 2019.

5. Astanov SH.R. Erkin iqtisodiy zonalar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish manbai sifatida Huquqiy tadqiqotlar jurnali 2017 № 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.