UDK 914/919
Amanov A.K Urganch davlat unversiteti Geografiya, kartografiya,geografiya kafedrasi o'qituvchisi
Atayeva N.P. Urganch davlat unversiteti Geografiya, kartografiya,geografiya kafedrasi o'qituvchisi
Sherbeva Z.E.
Osh davlat unversiteti Tabiiy geografiya kafedrasi dots.,g.f.n.
Kutlimuradova Sh.A.
Urganch davlat unversiteti talabasi
"QORAQALPOQ-AGRO" ERKIN IQTISODIY ZONASINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraqalpoqiston Respublikasida tashkil qilingan "Qoraqalpoq-agro" erkin iqtisodiy zona(keyingi o'rinlarda EIZ)si va uning iqtisodiy-geografik xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Keyingi yillarda Qoraqalpoqiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb qilayotgan "Nukus" ElZning shakllanishi va rivojlanishida, uning iqtisodiy geografik o'rnidagi o'ziga xosliklar, qulay tabiiy sharoit, mavjud infratuzilma, arzon ishchi kuchi, hamda muhim iste'mol bozorlari yaqinligining ahamiyati haqida ko'plab fikrlar yuritilgan. Mazkur maqola orqali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.11.2020 yildagi «2020-2023 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4889-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan "Qoraqalpoq-agro" EIZ haqida fikr yuritiladi. Jumladan, ushbu EIZ haqidagi mavjud ma'lumotlar tizimli tahlillashtirildi va kartografik tadqiqot usullari yordamida esa, uning geografik joylashuvini batafsil yorilib berishga harakat qilindi. Shunungdek, Qoraqalpoqiston Respublikasidagi tashkil qilingan va yangidan bunyod qilinishi lozim bo 'lgan ElZlar jozibadorligini yanada oshirish, hamda mintaqaning ulkan iqtisodiy salohiyatlaridan to'la foydalanish o'z natijalarini berishi ta'kidlab o'tilgan.
Kalit so'zlar: erkin iqtisodiy zona, agro-iqtisodiy zona, investitsiya, soliq va bojxona imtiyozlari, moderinizatsiya, divervikatsiya, import, eksport.
Amanov A.K lecturer
department of geography, cartography, geography
Urgench State University Atayeva N.P. lecturer
department of geography, cartography, geography
Urgench State University Sherbeva Z.E., docent, g.f.n. department of natural geography Osh State University Kutlimuradova Sh.A.
student
Urgench State University
ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL FEATURES OF "KARAKALPAK-
AGRO" FREE ECONOMIC ZONE
Annotation: This article discusses the Karakalpak-Agro Free Economic Zone (hereinafter referred to as FEZ) established in the Republic of Karakalpakstan and its economic and geographical features. In the formation and development of the Nukus Free Economic Zone, which in recent years has played an important role in the economy of the Republic of Karakalpakstan, the importance of its economic and geographical location, favorable natural conditions, existing infrastructure, cheap labor, and proximity to important consumer markets plab ideas are referred to. This article is based on the resolution of the President of the Republic of Uzbekistan dated 11.11.2020 "On measures for integrated socio-economic development of the Republic of Karakalpakstan in 2020-2023 " No PP-4889 FEZ is discussed. In particular, the available data on this SEZ were systematically analyzed, and an attempt was made to elaborate on its geographical location using cartographic research methods. It was also noted that increasing the attractiveness of the newly established and newly created SEZs in the Republic of Karakalpakstan, as well as the full use of the huge economic potential of the region will yield results.
Keywords: free economic zone, agro-economic zone, investment, tax and customs benefits, modernization, diversification, import, export.
KIRISH. Maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.11.2020 yildagi "2020-2023 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4889-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan "Qoraqalpoq-agro" EIZsining iqtisodiy-geografik xususiyatlari, jumladan, iqtisodiy geografik o'rnidagi o'ziga xosliklar, qulay tabiiy sharoit, qishloq xo'jaligi sohasidagi mavjud infratuzilma, arzon ishchi kuchi, hamda muhim ichki va tashqi iste'mol bozorlari haqida fikr yuritiladi.
TADQIQOT USULLARI. "Qoraqalpoq-agro" EIZsining iqtisodiy-geografik xususiyatlari to'la ochib berishda tizimli tahlil va kartografik tadqiqot usullari foydalanildi, hamda mazkur agro-iqtisodiy zona filiallarining
Qoraqalpoqiston Respublikasi bo'yicha joylashuvi, iqtisodiy-geografik imkoniyatlari tasvirlab berildi.
NATIJALAR VA MUNOZARA. Qoraqalpog'iston Respublikasida turli ko'rinishdagi EIZ tashkil qilishdan asosiy maqsad mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash bilan birga, ularni turmish tarzini yuksaltirishdir. Buning uchun EIZ tashkil qilinayotgan hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.
Darhaqiqat keyingi 22 yil davomida, birgina O'zbekistonda 26 ta, jumladan oxirgi besh yillikda 23 ta EIZlar va texnoparklar tashkil qilindi. Ular mamlakatimizning barcha mintaqalarida, mazkur hududlarning keng qamrovli iqtisdoiy rivojlanishini ta'minlash maqsadida bunyod qilindi [2].
EIZlar mamlakatimizning qaysi mintaqasida tashkil qilinishiga qaramasdan xorijiy va mahalliy investitsiyalar asosida shakllantiriladi va o'z navbatida soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo'ladi. Ushbu iqtisodiy hududlardan:
-ishlab chiqarish jarayoni moderinizatsiyalash ya'ni zamonaviy xom-ashyodan to'la foydalanuvchi kam sarfli tejamkor texnologiyalarni joriy qilish;
- shu bilan birga korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlarni turini ko'paytirish bir so'z bilan aytganda divervikatsiyalash;
-shuningdek import o'rni bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish;
-xorijiy mamlakatlarga yetishtirilgan sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarni import qilish orqali mamlakat tashqi savdo aylanmasida ijobiy natijalar bilan ishtirok qilish talab qilinadi.
1-jadval
Qoraqalpog'iston Respublikasida tashkil qilingan EIZlar_
T/r EIZ nomi Umumiy maydoni EIZ filiallarining soni EIZ tashkil qilingan sana
1. "Nukus" EIZ 262.29 ga 3 ta 2019-yil 4-sentyabr
2. "Qora qalpoq-agro" EIZ 875,4 ga 12 ta 2020-yil 11-noyabr
Jadval mualliflar tomonidan tuzildi.
Vazirlar Mahkamasining 22.02.2021 yildagi «Qoraqalpoq-agro» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 89-son qarori qabul qilindi. "Qoraqalpoq-agro" EIZ faoliyatini boshqarish «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasiga yuklatildi [5].
Avvalambor, Qoraqalpog'iston Respublikasida EIZ tashkil qilinishi haqida fikr yuritib o'tamiz, bu boradagi ilk qadamlar mustaqilligimizning dastlabki yillarida amalga oshirilgan, ammo mamlakatmiz iqtisodiyotda bu yo'nalishdagi tajribaga ega emasliklar, yo'l qo'yilgan sustkashliklar sababli
1997 yilda faoliyat boshlashi kerak bo'lgan iqtisodiy zona rejaligicha qolib ketdi.
Hozirda "Nukus" EIZ deb yuritilayotgan iqtisodiy hudud, dastlab rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishni yanada qollab-quvvatlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning qarorlari bilan respublikaning Nukus tumanida «Nukus-farm» EIZ nomi bilan tashkil qilingan.
«Nukus-farm» EIZsining rezidentlari yer solig i, daromad solig i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig i, mikrofirma va kichik korxonalarning yagona soliq to'lovi, shuningdek Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi yol hamda talim va tibbiyot muassalarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamg armalariga majburiy to lovlaridan jalb etgan investitsiyalar hajmlari asosida belgilangan muddatlarga ozod etilgan [4].
Keyinchalik 2019 yilga kelib mazkur iqtisodiy zona "Nukus" EIZsiga aylatirildi va Tortko'l, Kegeyli va Nukus tumanlarida yangi filiallari tashkil qilindi. 2021 yildan yuqorida ta'kidlaganimizdek "Qoraqalpoq-agro" EIZ faoliyatini boshqaruvi «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasi zimmasiga yuklatildi.
1-rasm. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidagi EIZlar karta sxemasi.[3].
"Qoraqalpoq-agro" EIZsining iqtisodiy-geografik xususiyatlari haqida fikr yuritadigan bo'lsak, avvalambor hududning tabiiy geografik o'rni va qulay
tabiiy sharoit haqida to'xtalib o'tishimiz lozim. Uhbu EIZ joylashgan Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekistonning shimoli-g'arbiy qismida, mo'tadil iqlimning keskin kontenental tipi shakllangan hududda joylashgan. Iqlimdagi keskinlikni yozgi (+45oC +47oC) va qishgi (-33oC -37oC) havo haroratidagi tafovutlar orqali ham bilish mumkin, shu bilan birga namlik miqdori bor-yog'i 80-120 mm atrofida, o'z navbatida vegitatsiya davri 190-210 kun. Bu esa hududda, garchand ba'zi issiqsevar (subtropik o'lkalardagi sitirus mevalar kabi) o'simliklarni yetishtirishni imkonini bermasada, ammo o'ziga yarasha iqtisodiyotning turli sohalari uchun xom-ashyo yetkazib beruvchi ko'pgina o'simliklar va ekin turlari o'sib rivojlanishi sharoit yaratib beradi.
"Qoraqalpoq-agro" EIZsining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga hududda mavjud infratuzilma, arzon ishchi kuchi, hamda muhim iste'mol bozorlari yaqinligining ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Darhaqiqat Qoraqalpog'istonda qishloq xo'jaligini rivoji uchun zarur bo'lgan infratuzilma, shumladan qishloq xo'jaligi mashinalari va traktorlari bilan ta'minganlik darajasi, irrigatsiya inshotlari mavjudligi va transport qulayligi alohida ahamiyatga ega.
Mintaqa mehnat resurslari bozoriga har yili 20-30 ming kishi atrofida ishchi kuchining qo'shilishini hisobga olsak, "Qoraqalpoq-agro" EIZsi uchun zarur bo'lgan mehnat resurslarni ushbu arzon ishchi kuchi evaziga to'ldirib boorish imkonini yaratadi. Bu o'z navbatida aholining bandligini ta'minlaydi va ularning turmish darajasini yuksalishiga sabab bo'ladi.
Ayni paytda muhim tashqi va ichki iste'mol bozorlari yaqinligi "Qoraqalpoq-agro" EIZsida yetishtirilgan mahsulotlarni (sabzavot va poliz ekinlari, qayta ishlanga va qadoqlangan tayyor holda) tez va sifatli yetkazib berish imkonini beradi. Yuqoridagi imkoniytalardan unimli foydalanish mazkur EIZ rivojlanishining asosi bo'lib sanaladi. Shuningdek "Qoraqalpoq-agro" EIZsining shakllantirish va rivojlantirishda xorijiy va mahalliy investitsiyalardan o'z o'rnida foydalanish katta ahamiyat kasb qiladi.
Shu o'rinda Qoraqalpog'iston Respublikasida investitsiyalarni jalb etish uchun qo'yidagi ustuvor tarmoqlarni aytib o'tish lozim:
- qishloq ho'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash (dukkaklilar, kunjut). Tashqi bozorlarda yildan yilga talab oshib borayotgan dukkakli va kunjut mahsulotlarini yetishtirish miqdori respublika bo'ylab ortib bormoqda;
- mintaqaning mineral va xomashyo resurslaridan foydalangan holda qurilish materiallarini ishlab chiqarish. Beruniy va Qoraozak tumanlarida qurilish va qoplama zahiralari mavjud (tsement xomashyosi, vermikulit, marmar, rodonit);
- to'qimachilik va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish. Bugungi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasida 4 ta ip-kalava ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi doirasida shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha qo'shimcha 9 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan;
- tselyulloza-qog'oz mahsulotlarini ishlab chiqarish. Respublika hududida tselyulloza-qog oz mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo'lgan xom ashyo bazasi, jumladan, qamish butalari, bug'doy, sholi va paxta g'oza poyalari mavjudligi;
- qizilmiya ilidizi ekstraktini ishlab chiqarish. Xorijiy bozorlarda talab katta bo'lgan qizilmiya ildizi ekstrakti ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun respublika hukumati tomonidan katta e'tibor qaratilmoqda. Kelgusi 5 yil ichida xomashyoni etkazib berish uchun, umumiy 25,0 ming gektar maydonlarda qizilmiya ildizini yetishtirish boyicha plantatsiyalarni yaratish rejalashtirilgan;
- baliq mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish. Respublika hududida umumiy maydoni 89,9 gektarga teng bo'lgan 123 ta tabiiy va 209 ta sun'iy ko'l mavjud bo'lib, ularda har hil baliq turlarini yetishtirishni tashkil etish mumkin;
- chorvachilikni rivojlantirish. 2017 yilda chorvachilik sohasida respublika bo'yicha 101,5 ming tonna go'sht yetkazildi.[4]
Yuqoridagi sohalarni rivojini ta'minlash borasida xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilishning yo'llarini izlab toppish asosiy vazifa qilib belgilangan edi.
Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilishning yana bir muhim yo'li, qulay tabiiy sharoit va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo'lgan hududlarda, ancha jozibadorlikka ega EIZlarni tashkil qilishdir.[1]
Darhaqiqat Qoraqalpog'iston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mazkur mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o'rinlarini yaratish va mintaqa aholisi daromadlarini oshirish maqsadaida "Qoraqalpoq-agro" EIZ tashkil qilindi.
Quyidagilar «Qoraqalpoq-agro» EIZ faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari etib belgilandi:
- zamonaviy issiqxona xo'jaliklarini, jumladan gidroponika texnologiyalarini qo'llagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun to'g'ridan-to'g'ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
- hududning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirish, ularni chuqur qayta ishlashni kengaytirish va eksport hajmini oshirish;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urug'dan to mahsulotni bozorga etkazib berishgacha bo'lgan to'liq jarayonini tashkil etishni rag'batlantirish;
- ko'chatzorlar, shuningdek birlamchi urug'chilikni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish orqali issiqxona xo'jaliklarini bozor talabi katta, yuqori
hosildorlik xususiyatiga ega qishloq xo'jaligi ekinlari urug' va ko'chatlari bilan ta'minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;
- logistika xizmatlari ko'rsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish sub'ektlariga ular tomonidan etishtirilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda ko'maklashish;
issiqxona xo'jaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanishni keng joriy etish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash bo'yicha ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish [5].
Mazkur ElZning tashkil qilinishi mintaqa qishloq xo'jaligi rivojida o'ziga xos yo'nalish ochiq beradi va aholini bandlik darajasini ta'minlaydi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chet ellarga ekportini ta'minlaydi, shuningdek, aholi turmush darajasini o'sishiga va iqtisodiyotni yuksalishiga mezon bo'ladi [1].
Darhaqiqat ushbu yuqoridagi vazifalar to'laligacha bajarilsa "Qoraqalpoq-agro" EIZsi mintaqaning ma'lum darajada iqtisodiy rivojlanishiga, aholining bandligini ta'minlashga va ularning turmush tarzining yukaslishiga olib keladi
XULOSA. Xulosa o'rnida Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan "Qoraqalpoq-agro" EIZsi jozibadorligini yanada oshirish bilan xorijiy va mahalliy investitsiyalarni yanada ko'proq miqdorda jalb qilish erishish, hamda mintaqaning ulkan iqtisodiy salohiyatlaridan to'la foydalanish maqsadga muvofiq.
Bu o'rinda:
- mintaqaning agroiqlimiy sharoitidan kelib chiqqan holda jahon iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan ko'p miqdorda foyda keltiruvchi ekin turlarni yetishtirishi joriy qilish;
- tashqi va ichki bozor uchun yil davomida zarur bo'ladigan sabzavot poliz ekinlarini doyimiy ravshda yetishtirishni tashkil qilish;
- Qoraqalpog'iston Respublikasining tabiiy sharoitidan kelib chiqqan holda bog'dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish va tayyor xom-ashyoni jahon andozalari darajasida qadoqlash va chuqur qayta ishlash;
- bunyod qilingan bog'zorlar, uzumzorlar va issiqxonalarga yaqin joylarda agroturistik markazlarni yuqori darajadagi infratuzilma bilan tashkil qilish ahamiyatli hisoblanadi.
Bu borada Qoraqalpog'iston Respublikasida yangi ElZlarni tashkil qilish takliflarni berish ham o'rinlidir, xususan, "Aqchako'l-Ayozqal'a-Amudaryo" turistik EIZ va "Qoraqalpoq-servis" ElZlarni, mos ravishda Ellikqal'a va Qong'irot tumanlarida bunyod qilish bu yerdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Amanov A.K. Куйи Амударё иктисодий районидаги эркин иктисодий зоналарнинг минтака иктисодиётнинг ривожланишидаги урни. "Замонавий географик тадкикотларда худудларнинг ижтимоий-иктисодий ва инновацион ривожланиши, табиатдан окилона фойдаланиш ва туризм масалалари мавзуидаги Халкаро илмий-амалий конференция" КоракалпоFистон давлат университети. Нукус 26-27 октабр 2021
2. Amanov A.K. O'zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalarning maktab geografiya darsliklarida o'rganish masalalari. Sciense and education Jurnali 8-son 2020.
3. Amanov A.K. Куйи Амударё иктисодий районидаги эркин иктисодий зоналарнинг минтака иктисодиётнинг ривожланишидаги урни. "Замонавий географик тадкикотларда худудларнинг ижтимоий-иктисодий ва инновацион ривожланиши, табиатдан окилона фойдаланиш ва туризм масалалари мавзуидаги Халкаро илмий-амалий конференция" КоракалпоFистон давлат университети. Нукус 26-27 октабр 2021.
4. Sariev Q.R. "Yevropa tiklanish va tarraqqiyot banki hamda kichik va orta biznes sub ektlari ozaro hamkorlikni o rnatish mexanizmi" mavzusidagi seminar-treningdagi ma'ruzasi. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi "Yevropa tiklanish va tarraqqiyot banki hamda kichik va orta biznes sub ektlari ozaro hamkorlikni o rnatish mexanizmi" mavzusidagi seminar-trening. Nukus 2018.
5. Lex.uz