ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ
UDK 914/919
Amanov A.K.
Urganch davlat unversiteti o'qituvchisi
Yusupov I.K.
Urganch davlat unversiteti 2-bosqich magistranti
Kutlimuradova Sh.A.
Urganch davlat unversiteti 3-kurs talabasi
XAZORASP ERKIN IQTISODIY ZONASI-XORAZM VILOYATNING
O'SISH QUTBI SIFATIDA
Annotatsiya: Ushbu maqolada Xazorasp erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o 'rinlarda EIZ) si Xorazm viloyatning iqtisodiy o 'sish qutbi sifatda shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida mulohazalar keltirib o'tilgan. Garchand Xazorasp EIZsi mintaqaning chekka janubiy qismida Tuproqqal'a tumanida joylashgan, bo 'lsada uning geografik o 'rni viloyatning boshqa hududlariga nisbatan, hoh tabiiy, hoh iqtisodiy yoxud siyosiy jihatdan juda yuqori qulaylikka ega ekanligi va ushbu imkoniyatlar sababli bu yerda Xorazm viloyatining asosiy o 'sish qutbi bunyod qilinayotganligi haqida fikr yuritiladi. Shu o'rinda mazkur EIZning rivojlanish istiqbollari borasida amalga oshirilishi lozim bo 'lgan ishlar bo 'yicha taklif va tavsiyalar geografik taqqoslash, iqtisodiy geografik tahlil, iqtisodiy-matematik modellashtirish usullarini qo 'llash natijasi sifatida keltirilgan.
Kalit so'zlar: bojxona imtiyozi, diversifikatsiya, eksport, erkin iqtisodiy zona, modernizatsiya, investitsiya, import, preferensiya, rezident, soliq imtiyozi, o 'sish qutbi.
Amanov A.K. teacher
Urganch State University Yusupov I.K.
2nd stage graduate student Urganch State University Kutlimuradova Sh.A.
3rd year student Urganch State University
HAZORASP FREE ECONOMIC ZONE AS THE GROWTH POLE OF
KHORAZM REGION
Abstract: This article discusses the formation and development of the Khazorasp free economic zone (hereinafter SEZ) as a pole of economic growth
of the Khorezm region. Although Khazorasp SEZ is located in the remote southern part of the region in theTuproqkala district, its geographical location is very convenient compared to other regions of the region, be it natural, economic or political, and because of these opportunities, it is the main place of Khorezm region, it is thought that the growth pole is being formed. In this place, proposals and recommendations regarding the development prospects of this SEZ are presented as a result of applying the methods of geographic comparison, economic geographic analysis, and economic-mathematical modeling.
Key words: customs concession, diversification, export, free economic zone, modernization, investment, import, resident, tax concession, growth pole.
Kirish. Sanoat punkti va markazlariga oid ham ilmiy ishlanmalar mavjud. Masalan, fransuz iqtisodchisi Fransua Perruning g'oyasi aynan o'sish nuqta, markaz va qutblariga bag'ishlangan. Odatda, bu g'oya iqtisodiy makon uncha shakllanmagan, katta ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo'lgan hududlarda yaxshi samara beradi. Bunday hududga turli omillar va shart-sharoitlar hisobga olingan, qulay iqtisodiy geografik o'ringa ega bo'lgan nuqtada-aholi punktida yirik sanoat korxonasi joylashtiriladi. Natijada o'sish markazi vujudga keladi va bunday o'sish markazlariga EIZlar ham misol bo'la oladi.
Ma'lumki EIZlar mamlakat yoki uning biror mintaqsini iqtisodiyotni, xususan sanoatini o'sishini ko'zlab tashkil qilinadi. Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida kuzatilayotganidek, O'zbekiston Respublikasida ham bunday erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish ko'p kuzatilmoqda.
Sanoat sohasidagi siyosatni samarali amalga oshirish, sanoatni innovatsion asosda tashkil etish, uni rivojlantirishda drayver va o'sish nuqtalarini belgilab olish,ishlab chiqarishga ilg'or texnologiyalarni jalb etish orqali sanoat tarmoqlarini raqobatdoshligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish "yashil texnologiya"larni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag'batlantirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va raqobatdosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, tashqi bozorlarda yuqori talabga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rag;batlantirishga alohida e'tibor qaratish mumkin.
Yangi erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va mavjud hududlar faoliyatining samaradorligini ta'minlash, eksportni rag'batlantirish hamda ko'maaklashish orqali uning nomenklaturasi va geografik makonini kengaytirish ustivor vazifalardan biridir [1. 138-b].
Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, ElZlarni afzalliklari xorijiy investorlar uchun yaratilgan bojxona va soliq imtiyozlari orqali ular tomonidan kiritilayotgan mablag'lar evaziga, eksportbop va import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va shu maqsadida korxonalarni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga erish bilan iqtisodiy o'sishni ta'minlash, pirovard natijada aholini bandligi ta'minlash hissasiga turmush darajasini yuksalishiga zamin bo'ladi.
Erkin iqtisodiy hududlar mamlakatning boshqa qismlarida ishlamaydigan imtiyoz va rag'batlantirishning o'ziga xos tizimi qo'llaniladigan milliy iqtisodiy hududning bir qismidir.Odatda, EIHlar geografik jihatdan u yoki bu darajada alohida hududdir [3. 187-b].
Xazorasp EIZsi Xorazm viloyati janubiy qismini kompleks rivojlantirish maqsadida, u yerdagi mavjud infratuzilma(qulay losistika va elektr tarmoqlari)ni va qulay tabiiy sharoit, jumladan iqlimiy va suv resurslarni hisobga olgan holda, aholini ish bilan ta'minlash maqsadida tashkil qilingan.
Yaxshi bilasizlar, bugungi kunda Navoiy, Jizzax, Angren shaharlarida erkin industrial hududlar faoliyat ko'rsatmoqda. Ularga qo'simcha ravishda hozir Urgut, Qo'qon, G'ijduvon tumanlarida ham ana shunday erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinayapti.
Xorazm viloyatida ham tadbirkorlik juda rivojlangan. Shuni inobatga olib, Xazorasp tumanida, Pitnak shahrida erkin industrial zona tashkil qilsak, sizlar nima deysizlar [2. 259-b].
Prezidenimizning ushbu taklifiga binoan 2017 yili Xazorasp EIZsi tashkil qilindi.
O'sish markazlari sifatida-viloyatning sanoat salohiyati avvalombor ularda shakllangan sanoat tugunlarida namoyon bo'ladi. O'rganishlar shuni ko'rsatadiki, Xorazm viloyatida qator sanoat tugunlari, Ritnak, Xiva, Shovot tipik industrial markazlari sifatida rivoj topmoqda. Ulardan keyingi o'rinlarda Bog'ot, Gurlan, Yangiariq va Xonqa turadi. Xorazm viloyati sanoatida Urganch yetakchilik qiladi.
Darhaqiqat o'sish markazlari yoki qutblari, yuqorida ko'rsatilgandek qulay geografik o'rin va tabiiy sharoit, sanoat uchun zarur bo'lgan infratuzilmasi bor hududlarda tez rivojlanadi.
Mamlakatimizda ana shunday imkoniyatlarga ega, yuqori fan-texnika yutuqlariga asoslangan sanoatni hududiy tashkil etish shakllaridan EIZ, KSZ, texnopark va sanoat klasterlari milliy va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda ahamiyatlidir. Ular ko'pincha o'zilari tashkil qilingan hududlarni kompleks rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Xazorasp EIZ tashkil qilishda maxsus tanlab olingan joy infrastrukturasi: yo'l, yer osti va yer usti inshootlari, elektr energiyasi va suv manbalari bilan ta'minlanganlik, qolaversa mavjud ishchi kuchu resurslari inobatga olingan. Xazorasp EIZsi jozibadorligi odatda chet el sarmoyalarini kirib kelishi, qulay investitsiya muhitini yaratish imkoniga ega bir qator omillar bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda Xazorasp EIZsi sanoatni rivojlanishi yuqori darajada, buni 1-jadval ko'rsatib o'tilgan, rezidentlar(EIZsi ishtirokchilari) tomonidan tashkil qilingan korxonalar misolida ham ko'rishimiz mumkin.
1-jadval
T/R Rezidentlar tomonidan tashkil qilingan korxonalar Ishlab chiqariladigan mahsulot turi Loyiha quvvati Ishchi o'rinlar soni
Mahsulot hajmi Qiymati mlrd. so'm
1 "Pitnak Panel" MCHJ shaklidagi QK Sendvich panellar ishlab chiqarish loyihasi 1 mln. kv.m. 88 15
2 "O'zERAE Climate Control" MCHJ shaklidagi QK Damas va Labo avtomashinalari uchun ventilyasii va isitish tizimlari ishlab chiqarish loyihasi 54 ming dona 45 30
3 "Muzaffar Kulol" MCHJ Temirdan qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi 4320 tn. mix 97 43
4 "NUR MUXAMMAD ISLOM OBOD" MCHJ Bir martalik sterillangan va sterillanmagan meditsina qo'lqoplari 14 mln. juft 13 58
5 "DEVELOP TEXTILE" MCHJ XK* Bo'yalgan trikotaj mato va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi 4000 tonna mato va 14,0 mln. dona 142 400
6 "NEW BEST STYLE" MCHJ Oboy ishlab chiqarish loyihasi 1 mln. rulon oboy 116 62
7 "MRM DEKOR" MCHJ Dekorativ plintus ishlab chiqarish loyihasi 2 mln. dona pekorativ plintus 11 23
8 Zamin Qurilish Trans Servis MCHJ Keramik plitalar ishlab chiqarish loyihasi 10 mln. kv. metr 240 150
9 Zamin Qurilish Trans Servis MCHJ DSP ishlab chiqarish loyihasi 20 ming kub metr 79 50
10 "Engineering Baxriddin" MCHJ Gazbeton bloklarini va devor panellari ishlab chiqarish 200 ming m.kub 141 100
Jami 971** 931***
Jadval Xazorasp EIZsi direksiyasi ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzildi. * mazkur korxona hozirda o'z faoliyatini to'xtatgan, **mos ravishda umumiy qiymatda ham, ***band bo'lgan ishchilar sonida ham o'zgarish bo'ladi.
Ayni paytda Xazorasp EIZsining asosiy hududidan tashqari Xorazm viloyati bo'ylab bir necha kichik hududlari mavjud bo'lib, ularda ham turli ko'rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va iqtisodiyot rivojiga o'ziga yarasha hissa qo'shmoqda.
Xulosa. Xorazm viloyatida Xazorasp EIZni tashkil etish mintaqa iqtisodiyotni moderzatsiyalash va texnologik jihatdan boyitish, ishlab
chiqarishni diversifikatsiyalsh ya'ni mahsulot turlarni hamda hajmini ko'paytirish imkonini beribgina qolmay, balkim quyidagilar uchun ham imkoniyat yaratadi:
-xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish; -yangi texnologiyalarni kiritish; -yangi ishchi o'rinlar yaratish; - aholining turmush darajasini yuksaltirish.
Xazorasp ElZni tez sur'atlarda rivojlantirish uchun uning jozibadorligini yanada oshirish maqsadga muvofiq, negaki investorlar ular uchun yaratilgan imtiyozlarga ko'proq e'tibor qaratadilar.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. T.: "O'zbekiston" 2022.-440 b.
2. Sh.M. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: "O'zbekiston"NMIU 2017.-488 b.
3. A.S. Soliyev va boshqalar. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. T.: "Noshir" 2019.-512 b.