Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTNING O’SISH NUQTALARI VA ULARNING RIVOJLANISHINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI'

XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTNING O’SISH NUQTALARI VA ULARNING RIVOJLANISHINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
270
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DIVERSIFIKATSIYA / DRAYVER SOHALAR / EKSPORT / ERKIN IQTISODIY ZONA / IMPORT / INVESTITSIYA / KICHIK SANOAT ZONA / MODERNIZATSIYA / TEXNOLOGIK DETERMINIZM / O’SISH QUTBLARI / O’SISH NUQTALARI

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abdullayev A.G., Amanov A.K., Yusupov I.K., Qutlimuratov I.A.

Ushbu maqolada Xorazm viloyati iqtisodiyotining o’sish nuqtalari, ularning shakllanishi va rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Mintaqada shakllanyotgan o’sish nuqtalarining o’rganishdan asosiy maqsad esa keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va ularni natijasi sifatida viloyat iqtisodiyotidagi ijobiy o’zgarishlarni ochib berish hisoblanadi. Oxirgi yillarda Xorazm viloyati makroiqtisodiy ko’rastkichlarining o’sish tendensiyalarni davomiyligini va yaqin yillar uchun mo’jallangan davlat dasturlaridagi ustivor yo’nalishlarni tahlil qilish bilan, mintaqadagi mavjud tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlardan unumli foydalanish orqali yangii ish o’rinlarni tashkil qilish evaziga iqtisodiy o’sishga erishish masalalari asosiy vazifa qilib belgilandi. Yuqoridagi vazifalar ochib berishda iqtisodiy-geografik tahlil, statistika va kartografik usullar foydalanildi. Aynan ushbu tadqiqot usullari yordamida Xorazm viloyatidagi o’sish qutblari va o’sish nuqtalarining mintaqa bo’ylab joylashuvi, shakllanishi va rivojlanishidagi o’ziga xos jihatlari hamda kelajakdagi istiqbollari haqidagi taklif va tavsiya ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROWTH POINTS OF THE ECONOMY OF THE KHOREZM REGION AND THE ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL CHARACTERISTICS OF THEIR DEVELOPMENT

This article discusses the growth points of Khorezm region's economy, their specific features in their formation and development. The main goal of the study of growth points that are forming in the region is to reveal the economic reforms carried out in our country in the following years and the positive changes in the economy of the region as a result of them. In recent years, by analyzing the continuity of the growth trends of the macroeconomic indicators of the Khorezm region and the priority directions in the state programs planned for the next few years, by making effective use of the existing natural, economic and social opportunities in the region, in exchange for the creation of new jobs, economic issues of achieving growth were defined as the main task. Economic-geographical analysis, statistics and cartographic methods were used to reveal the above tasks. It was with the help of these research methods that a proposal and recommendation was developed about the location, formation and development of growth poles and growth points in the region, as well as their future prospects.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTNING O’SISH NUQTALARI VA ULARNING RIVOJLANISHINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI»

Abdullayev A.G.

Urganch davlat universiteti geografiya fanlari bo'yicha PhD

Amanov A.K

Urganch davlat universiteti geografiya fani o'qituvchisi

Yusupov I.K.

Urganch davlat universiteti geografiyayo'nalishi 2-bosqich magistranti

Qutlimuratov I.A.

Navoiy davlat pedagogika instituti geografiya y o'nalishi 1-kurs talabasi

XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTNING O'SISH NUQTALARI VA

ULARNING RIVOJLANISHINING IQTISODIY-GEOGRAFIK

XUSUSIYATLARI

Anotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm viloyati iqtisodiyotining o'sish nuqtalari, ularning shakllanishi va rivojlanishidagi o 'ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Mintaqada shakllanyotgan o'sish nuqtalarining o'rganishdan asosiy maqsad esa keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va ularni natijasi sifatida viloyat iqtisodiyotidagi ijobiy o'zgarishlarni ochib berish hisoblanadi.

Oxirgi yillarda Xorazm viloyati makroiqtisodiy ko'rastkichlarining o'sish tendensiyalarni davomiyligini va yaqin yillar uchun mo'jallangan davlat dasturlaridagi ustivor yo'nalishlarni tahlil qilish bilan, mintaqadagi mavjud tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlardan unumli foydalanish orqali yangii ish o'rinlarni tashkil qilish evaziga iqtisodiy o'sishga erishish masalalari asosiy vazifa qilib belgilandi. Yuqoridagi vazifalar ochib berishda iqtisodiy-geografik tahlil, statistika va kartografik usullar foydalanildi.

Aynan ushbu tadqiqot usullari yordamida Xorazm viloyatidagi o'sish qutblari va o'sish nuqtalarining mintaqa bo'ylab joylashuvi, shakllanishi va rivojlanishidagi o'ziga xos jihatlari hamda kelajakdagi istiqbollari haqidagi taklif va tavsiya ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar: diversifikatsiya, drayver sohalar, eksport, erkin iqtisodiy zona, import, investitsiya, kichik sanoat zona, modernizatsiya, texnologik determinizm, o'sish qutblari, o'sish nuqtalari.

Abdullaev A.G., PhD in Geography Urganch State University Amanov A.K geography teacher Urgench State University Yusupov I.K.

Master student of the 2nd stage geographical direction Urgench State University Kutlimuratov I.A.

1st year student majoring in Geography Navoi State Pedagogical Institute

GROWTH POINTS OF THE ECONOMY OF THE KHOREZM REGION AND THE ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL CHARACTERISTICS

OF THEIR DEVELOPMENT

Abstract. This article discusses the growth points of Khorezm region's economy, their specific features in their formation and development. The main goal of the study of growth points that are forming in the region is to reveal the economic reforms carried out in our country in the following years and the positive changes in the economy of the region as a result of them.

In recent years, by analyzing the continuity of the growth trends of the macroeconomic indicators of the Khorezm region and the priority directions in the state programs planned for the next few years, by making effective use of the existing natural, economic and social opportunities in the region, in exchange for the creation of new jobs, economic issues of achieving growth were defined as the main task. Economic-geographical analysis, statistics and cartographic methods were used to reveal the above tasks.

It was with the help of these research methods that a proposal and recommendation was developed about the location, formation and development of growth poles and growth points in the region, as well as their future prospects.

Key words: diversification, driving sectors, export, free economic zone, import, investment, small industrial zone, modernization, technological determinism, growth poles, growth points.

KIRISH. Iqtisodiyot nuqtayi nazaridan uncha o'zlashtirilmagan, xo'jalik sig'imi past hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida o'sish qutblari va rivojlanish markazlari to'g'rsidagi nazariya ham katta ahamiyatga ega. Uning asoschisi fransuz olimi Fransua Perrudir. F. Perru "Markaziy o'rinlar" g'oyasidan kelib chiqib, omillarni emas, tarmoqlarni rivojlanish xususiyati, harakatchanligi, atrofga ta'siri bo'yicha tabaqalashtirdi va ularni uch guruhga ajratdi. U eng

avvalo, hududiy iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik, nobarobarlikni tan oldi va mutlaq jihatdan tenglikni amalga oshirish mumkin emasligiga to'la ishondi [6. 58-bet].

Xorazm viloyatida iqtisodiyoti shakllanishida ham hududiy iqtisodiy munosabatlarda tengsizligini ko'rishimiz mumkin, buni birgina o'tmishda va hozirda boshqaruv markazlari sanalgan Xiva va Urganch shaharlari misolida ko'rishimiz mumkin. Aynan o'sha shaharlarga Xiva xonligi, sobiq sho'rolar va hatto mamlakatimiz mustaqilligi davrida ham katta e'tibor berilgan.

Perru fikricha, iqtisodiyot tarmoqlari-tez, jadal rivojlanish, rayon hosil qilish salohiyatiga, qobilyatiga ega bo'lib, aynan ana shunday mintaqaviy iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi tarmoqlar rivojlanishi o'sish markazlarini tashkil qiladi. Markazlarning mustahkamlanishi, ularda turdosh korxonalarning ko'payishi, atrofga bo'lgan ta'sir doirasining kengayishi natijasida o'sish qutblari vujudga keladi [7].

Yuqoridagi fikrning isboti, hozirgi kunda Xorazm viloyatining Pitnak (oldingi Drujba) shahri sanoat markazi sifatida mintaqadagi asosiy o'sish qutbi sifatida rivojlantirishga e'tibor qaratilganligidir. Mazkur hududda Xorazm viloyatida mustaqillik yillarda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo'lgan "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o'rinlarda EIZ) tashkil qilinganligi misol bo'la oladi.

MATERIALLAR VA USULLAR. O'sish qutblari haqida yuqorida ta'kidlaganimizdek, fransuz geografiya maktabining yorqin namoyondasi, "O'sish qutblari va markazlari" nazariyasi asoschisi iqtisodchi Fransua Perru o'z ilmiy ishlarida dastlabki qarashlarni bildirgan. Iqtisodiyotdagi o'sish qutblari shakllanishi natijasida mintaqaviy markazlar yoki uzellar paydo bo'ladi.

N.D.Kondratyevning XX asrning 30-yillarda ilmiy-texnika o'zgarishlariga asoslangan «uzun to'lqinlar» va, amerikalik olim R.Vernonning (XX asr o'rtalari) "eksport tovarining hayot sikli" to'g'risidagi g'oyasi ham yangiliklarning diffuziyasi va texnologik determinism, shuningdek uning vatandoshi U.Rostouning (XX asr, 60-yillar) "iqtisodiy rivojlanishning bosqichlari" bilan bog'liq nazariyalari mavjud [6. 123bet].

Xorazm viloyatining o'sish qutblarining shakllanishi va rivojlanishining iqtisodiy-geografik xususiyatlarini ochib berishda, iqtisodiy-geografik tahlil, statistika va kartografik usullar foydalanildi.

F.Perruning "O'sish qutblari va rivojlanish markazlari" g'oyasi chindan ham, jahon taraqqiyoti, dunyo xo'jalik tizimining rivojlanish tarixi fan-texnika yutuqlari, ilmiy yangiliklar va kashfiyotlar, innovatsiyalar, texnologik determinizm bilan bog'liq. Tarix nuqtai-nazaridan yondashilganda, jahon xo'jaligi rivojlanishida ma'lum sikllarni ajratish mumkin. Bu davr yoki sikllar yangi kashfiyotlarning ixtiro etilishi, tatbiq etilishi, tarqalishi va ularning o'rniga boshqa innovatsiyalarning kelishi bilan belgilanadi [6. 58-bet].

Darhaqiqat, "Hazorasp" EIZsi mintaqa iqtisodiyotining asosiy innovatsiyali ishlab chiqarish markazi yoxud o'sish qutbi sanaladi, negaki Pitnak

shahridagi mazkur sanoat markazida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, qurilish materiallari va to'qimachilik kabi iqtisodiyotning drayver sohalarining rivojlanishi bilan ulada ishlab chiqariladigan mahsulotlar evaziga viloyatga kirib keluvchi shu turdagi tayyor mahsulotlar importning qisqatishiga erishiladi va ayni paytda xorijiy davlatlarga eksport qilish imkonini beradi.

NATIJALAR. O'sish qutblari va nuqtalari Xorazm viloyatining asosiy iqtisodiy rivojlanishining markazlari sifatida namayon bo'lmoqda. Keyingi yillarda tashkil qilingan EIZlar, kichik sanoat zona(keyingi o'rinlarda KSZ)lari va sanoat klasterlari o'sish qutblari va nuqtalari mintaqa iqtisodiyotida o'ziga xos o'ringa ega. Ayniqsa viloyat sanoatining rivojida yuqorida ta'kidlaganimizdek, Hazorasp EIZsi va tumanlarda tashkil qilingan KSZlarining ahamiyati salmoqli hisoblanadi.

Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, EIZlarni afzalliklari xorijiy investorlar uchun yaratilgan bojxona va soliq imtiyozlari orqali ular tomonidan kiritilayotgan mablag'lar evaziga, eksportbop va import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va shu maqsadida korxonalarni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga erish bilan iqtisodiy o'sishni ta'minlash, pirovard natijada aholini bandligi ta'minlash hissasiga turmush darajasini yuksalishiga zamin bo'ladi [6. 123 bet].

Birgina Pitnak shahridagi EIZ va viloyatdagi KSZlariga xos bir qator imtiyozlar belgilab berilgan, jumladan bojxona va soliq imtiyozlari, shuningdek kiritilayotgan investitsiyalar miqdoriga ko'ra daromad solig'idan ozod qilish muddatni o'zgarishi kabi yana bir qator imkoniyatlar.

Mamlakatimizda ana shunday imkoniyatlarga ega, yuqori fan-texnika yutuqlariga asoslangan sanoatni hududiy tashkil etish shakllaridan EIZ, KSZ, texnopark va sanoat klasterlari milliy va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda ahamiyatlidir [4].

1-rasm. Xorazm viloyatida tashkil qilingan dastlabki kichik sanoat zonalari (2017 y.) [5]

Yuqoridagi kabi qulay rivojlanish yoki o'sish nuqtalari sifatida viloyatda tashkil qilingan KSZlari nazarda tutiladi, dastlab 5 ta keyinchalik yana 2 ta shunday sanoat hududlarni taskil qilishda, foydalanilmay kelayotgan bino va inshootlarni "nol foiz"dan tekinga berilishi ularni tezda rivojlanish imkonini berdi (1-rasmga qarang).

Keyingi yillarda ularning soni va viloyat hududi bo'ylab tashkil qilinish ko'lami katta arealga yoyilganligini ko'rishimiz mumkin. Misol tariqasida 2017 yilda mintaqning 5 ma'muriy birligi(Urganch shahri va Urganch, Shovot, Xiva va Tuproqqal'a tumanlari)da 7 ta KSZsi bo'lgan bo'lsa, 2021 yilga kelib KSZ soni 11tani hamda ular tashkil qilingan ma'muriy birliklar soni esa 10 taga oshganligini ko'rishimiz mumkin(2- jadval va rasmga qarang).

2-jadval

Xorazm viloyatining kichik sanoat zonalari_

T/r Kichik sanoat zonasining nomi Hudud Manzili

1 Urganch shahri "Avtoxizmat" KSZ Xorazm Urganch shahri

2 Urganch shahri "Urganchtransgaz" KSZ Xorazm Urganch shahri

3 Urganch shahri "Pivo zavodi" KSZ Xorazm Urganch tumani

4 Tuproqqal'a tumani "Pitnak"qishloq shifoxonasi KSZ Xorazm Tuproqqal'a tumani "Pitnak" qishlog'i

5 Shovot tumani "Shovot podshipnik" zavodi KSZ Xorazm Shovot tumani. Shovot shaharchasi

6 Xiva tumani "Zaungur" KSZ Xorazm Xiva tumani

7 Ko'shko'pir tumani "Qatog'on" qishlog'i KSZ Xorazm Ko 'shko'pir tumani "Qatog'on" qishlog'i

8 Yangibozor tumani "Qalandar-Do'rman" qishlog'i, "Mang'itlar" mahallasi KSZ Xorazm Yangibozor tumani "Qalandar-Do'rman" qishlog'i

9 Xazorasp tumani "Pichoqchi" mahallasi, B.Matrizayev mahallasi KSZ Xorazm Xazorasp tumani "Pichoqchi" mahallasi

10 Gurlan shaharchasi bilan I.Xolmetov massivi chegarsi hududi KSZ Xorazm Gurlan tumani Gurlan shaharchasi bilan I.Xolmetov massivi chegarsi hududi

11 Bog'ot tumani "Beshariq" qishlog'i "Gulshan" mahallasi KSZ Xorazm Bog'ot tumani "Beshariq" qishlog'i "Gulshan" mahallasi

Jadval stat.uz sayt ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzildi. Hozirda esa Xorazm viloyati hududida jami faoliyat yuritayotgan va loyihadagi 18 ta KSZlari mavjud.

2-rasm. Xorazm viloyatidagi kichik sanoat zonalari xaritasi (2021y). Mualliflar tomonidan ishlab chiqarilgan.

MUNOZARA. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta'minlash, Xorazm viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi

istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning "o'sish nuqtalari"ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Xorazm viloyati sanoatning kelajakdagi "o'sish nuqtalari"da : -yengil sanoatni deyarli barcha ma'muriy birliklarda (Yangibozor tumanidan tashqari);

-meva-sabzavotni qayta ishlash Bog'ot tumanida;

-qurilish materiallari ishlab chiqarish Urganch, Qo'shko'pir va Tuproqqal'a tumanlarida;

-oziq-ovqat sanoati Urganch, Xonqa va Shovot tumanlarida; -mashinasozlik Tuproqqal'a tumanida; -elektrotexnika sanoati Tuproqqal'a tumanida; -mebelsozlik Xonqa tumanida;

Xorazm viloyati bir shahar va tuman, mahallalarda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, «o'sish nuqtalari» belgilandi.

2-jadval

Xorazm viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, "o'sish nuqtalari" va

"drayver sohalari"

T/r Hudud nomi Tuman (shahar)larning "o'sish nuqtalari"

1. Xorazm viloyati Yengil sanoat, mashinasozlik, issiqxona xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati

2. Urganch shahri Yengil sanoat, tibbiyot va ta'lim xizmatlari, savdo

3. Xiva shahri Yengil sanoat, turizm va ta'lim xizmatlari

4. Bog'ot tumani Yengil sanoat, issiqxona xo'jaligi, bog'dorchilik-uzumchilik, meva-sabzavotni qayta ishlash

5. Gurlan tumani Yengil sanoat, sholichilik, issiqxona xo'jaligi

6. Qo'shko'pir tumani Yengil sanoat, bog'dorchilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, parrandachilik

7. Urganch tumani Qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, bog'dorchilik

8. Xazorasp tumani Yengil sanoat, bog'dorchilik, sholichilik, savdo

9. Tuproqqal'a tumani Mashinasozlik, yengil sanoat, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish

10. Xonqa tumani Yengil sanoat, mebelsozlik, oziq-ovqat sanoati, sholichilik

11. Xiva tumani Yengil sanoat, meva-sabzavotchilik, baliqchilik, parrandachilik

12. Shovot tumani Yengil sanoat, issiqxona xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati

13. Yangiariq tumani Yengil sanoat, baliqchilik, issiqxona xo'jaligi

14. Yangibozor tumani Issiqxona xo'jaligi, bog'dorchilik, xizmat ko'rsatish

Jadval Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 154-son qaroriga 3-ilovasidan olindi.

Xususan, Urganch shahrida to'qimachilik va turizm, Xiva shahrida turizm va qurilish materiallari, Gurlan tumanida to'qimachilik va issiqxona xo'jaligi,

Yangibozor tumanida issiqxona va meva-sabzavotni qayta ishlash, Tuproqqal'a tumanida mashinasozlik va elektr texnikasi kabi yo'nalishlarni rivojlantirish mumkinligi qayd etildi. Shu yo'nalishlarda ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun har bir hududga vazirlik va banklar rahbarlari biriktirildi. Barcha loyihalar 16 mingdan ziyod ish o'rni taslikil etish imkonini beradi.

3-rasm. Xorazm viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, "o'sish nuqtalari" va "drayver sohalari" xaritasi. Mualliflar tomonidan ishlab chiqarilgan.

Mintaqa iqtisodiyotining rivojida transport o'rni ham beqiyosdir, bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Amudaryo orqali Xorazmni Qoraqalpog'iston bilan bog'laydigan 413 metrlik ko'prik (Amudaryo tumani hududida), Shovot tumanidan Qorao'zak tumanigacha 79 kilometrlik temir yo'l qurilishi va keyingi uch yilda 2 ming 370 kilometr ichki yo'llarni ta'mirlanishi maqsad qilinganligi, hamda bu boradagi ishlarni boshlab yuborilganligi mazkur sohadagi katta yutuqlardan sanaladi.

Xorazm uchun drayver sohalardan biri - turizm. Shu bois viloyatda mehmonxona o'rinlarini ko'paytirish, salohiyatli mamlakatlardan Urganchga doimiy va charter reyslar tashkil etish zarurligi ta'kidlandi. Ichki turizmni rivojlantirish uchun transport xizmatlarini yaxshilash, xususan, Farg'ona vodiysidan avia va temir yo'l qatnovini yo'lga qo'yib, buning dastlabki davrida

30 foizlik chegirma qo'llash bo'yicha ko'rsatma berildi. Keyinchalik bu tajriba Termiz, Samarqand va Buxoro shaharlari bo'yicha ham qo'llaniladi [2].

Darhaqiqat mintaqada turizmni rivojlantirishda, ularni ichki imkoniyatlari, tabiiy sharoit, aholi va ularning urf-odatlarini,shuningdek tarixiy rivojlanganlik nuqtayi nazaridan mutlaq tenglik asosida iqtisodiy o'sishini ta'minlash imkonsiz sanaladi. Jumladan Ko'shko'pir tumanida, garchand Zamaxshariy kompleks ni tashkil qilish imkoni bo'lsada, lekin Xiva shahridagi kabi turizm o'sish qutbini yaratishning iloji yo'q.

Yuqoridagi, iqtisodiy tarmoqlarining jadal rivojlantirish orqali turistik rayon hosil qiluvchi o'sish markazlarning, keyinchalik, ushbu markazlarda mazkur trmoqlarning o'sish qutblarining shakllanish imkonini beradi. Jumladan, Xorazm viloyatining Xazorasp tumanidagi "Sulaymonqal'a" turistik os'ish nuqtasidan Bog'ot tumanidagi "Qalajiqqal'a" turistik sog'lomlashtirish oromgohiga va keyinchalik asosiy turistik qutbi sanalgan tarixiy obidalar markazi Xiva shahrigacha bo'lgan huhudda "Janubiy Xorazm" turistik rayonini shakllantirish lozim. Mazkur turistik rayon Yangiariq tumanidagi "Shayx Muxtor Vali" ziyoratgohi, "Kulolchilar shaharchasi" va Ullisho'rko' li, hamda u yerda tashkil qilingan baliqchilik hovuzlarining turistik imkoniyatlari ham unumli foydalanish mumkin.

XULOSA.

Xorazm viloyati iqtisodiy tarmoqlarining jadal rivojlantirishda o'sish qutblari va o'sish nuqtalari shakllanishi orqali mintaqa iqtis odiyotini

- "Hazorasp" EIZ va KSZlarining yanada jozibadorligini oshirish va bu orqali ko'pgina investorlarni jalb qilish;

- mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;

- zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari asosida nanobiologiya va nanokimyo sohalarini rivojlantirish;

- sanoat mahsulotlarini mahalliy xomashyodan foydalanish asosida mahalliylashgan yangi brend mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy etish;

- mahalliy xomashyo va resurslarni chuqur qayta ishlash asosida xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar mablag'larini jalb qilgan holda, sanoat va qishloq xo'jaligi sohalarida istiqbolli mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish;

- shuningdek Xorazm viloyatining Xazorasp tumanidagi "Sulaymonqal'a" turistik os'ish nuqtasidan Bog'ot tumanidagi "Qalajiqqal'a" turistik sog'lomlashtirish oromgohiga va keyinchalik asosiy turistik qutbi sanalgan tarixiy obidalar markazi Xiva shahrigacha bo'lgan huhudda "Janubiy Xorazm" turistik rayonini shakllantirish lozim. Mazkur turistik rayon Yangiariq tumanidagi "Shayx Muxtor Vali" ziyoratgohi, "Kulolchilar shaharchasi" va Ullisho'rko'li, hamda u yerda tashkil qilingan baliqchilik hovuzlarining turistik imkoniyatlari ham unumli foydalanish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori "2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida

3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 154-son qarori

4. Amanov A.K., Yusupov I.K.,Kutlimuradova Sh.A. Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi-Xorazm viloyatning o'sish qutbi sifatida. "Экономика и социум" №12(103)-2 2022

5. Amanov A.K., Yusupov I.Q., Otajonov R.P. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalarining shakllanishi. «Жанубий Оролбуйи табиий ресурсларини окилона фойдаланиш» VIII республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Нукус - 2019. 270 бет.

6. Soliyev A va boshqalar. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya.Toshkent: "Noshir" 2019. 512 b.

7. https: //abiturtest.uz/mavzular/f-perruning-osish-qutblari-va-rivojlanish-markazlari-goyasi-haqida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.