Научная статья на тему 'XXI ASRDA MILLIY HUNARMANDCHILIK ICHKI TURIZMNING ASOSIY RESURSLARIDAN BIRI SIFATIDA'

XXI ASRDA MILLIY HUNARMANDCHILIK ICHKI TURIZMNING ASOSIY RESURSLARIDAN BIRI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kulolchilik / temirchilik / yog'och o'ymakorligi / badiiy kulolchilik / miniatyura san'ati / qo’l mehnati / Rishton kulolchiligi / Marg‘ilon atlaslari / Shahrixon pichoqlari / Chust do‘ppilari / Qo‘qon kulolchiligi / pichoqlari / Andijon do‘ppilari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Olimjonova Farog’At Dilmurod Qizi

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, mas, paxta va pilla bor yerda toʻqimachilik, sifatli xomashyo bor yerda kulolchilik, jun va teri koʻp yerda toʻqimachilik va koʻnchilik, shunga qarab kosibchilik, oʻrmonlar koʻp yerda yogʻochsozlik, maʼdanlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boʻylarida kemasozlik va boshqa rivoj topgan. Shunday tarixiy hubarmandchiliklardan biri Farg‘ona vodiysining hunarmandchiliklari hisoblanadi. Masalan Rishton kulolchiligi, Marg‘ilon atlaslari, Shahrixon pichoqlari, Chust do‘ppilari, Qo‘qon kulolchiligi, pichoqlari, Andijon do‘ppilari shular jumlasidandir. Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining Milliy hunarmandchiligi bo`yicha batafsil aytilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XXI ASRDA MILLIY HUNARMANDCHILIK ICHKI TURIZMNING ASOSIY RESURSLARIDAN BIRI SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

XXI ASRDA MILLIY HUNARMANDCHILIK ICHKI TURIZMNING ASOSIY

RESURSLARIDAN BIRI SIFATIDA Olimjonova Farog'at Dilmurod qizi

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnalogiyalar instituti Turizm ta'lim yo'nalishi 3.100-guruh

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11045543 Annotatsiya. Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, o'ymakorlik, kashtado'zlik, tikuvchilik, to'quvchilik, zargarlik, zardo'zlik, bo'yoqchilik, kemasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, mas, paxta va pilla bor yerda to'qimachilik, sifatli xomashyo bor yerda kulolchilik, jun va teri ko'p yerda to'qimachilik va ko 'nchilik, shunga qarab kosibchilik, o'rmonlar kop yerda yog'ochsozlik, ma'danlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo bo'ylarida kemasozlik va boshqa rivoj topgan. Shunday tarixiy hubarmandchiliklardan biri Farg'ona vodiysining hunarmandchiliklari hisoblanadi. Masalan Rishton kulolchiligi, Marg'ilon atlaslari, Shahrixonpichoqlari, Chust do'ppilari, Qo'qon kulolchiligi, pichoqlari, Andijon do'ppilari shular jumlasidandir. Ushbu maqoladaFarg'ona vodiysiningMilliy hunarmandchiligi boyicha batafsil aytilgan.

Kalit so^zlar: kulolchilik, temirchilik, yog'och o'ymakorligi, badiiy kulolchilik, miniatyura san'ati, qo'l mehnati, Rishton kulolchiligi, Marg'ilon atlaslari, Shahrixon pichoqlari, Chust do'ppilari, Qo'qon kulolchiligi, pichoqlari, Andijon do'ppilari.

Mustaqil O'zbekiston jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratilgan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash — davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biriga aylandi. Natijada xalqimiz o'z taqdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy qadriyatlar va madaniyat sohibiga aylandi. Yurtimizning istiqlolga erishishi milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi bilan bir qatorda, xalq hunarmandchiligi va amaliy san'atning naqqoshlik, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, badiiy kulolchilik, miniatyura san'ati turlari taraqqiy etishga keng yo'l ochib berdi. Hunarmandchilik mahsulotlari —oddiy qo'l mehnati bilan tayyorlanadi va bu bizga ota-bobolarimizdan qolgan merosdir. Hunarmandchilik kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xo' jaligida hozir ham muhim o'rin egallaydi.[1] Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, masalan, paxta va pilla bor yerda to'qimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (masalan, Rishtonda) kulolchilik, jun va teri ko'p yerda to'qimachilik va ko'nchilik, shunga qarab kosibchilik, o'rmonlar ko' p yerda yog' ochsozlik, ma'danlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boylarida kemasozlik va boshqalar rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari mehnat taqsimoti bilan aloqador holda hunarmandchilikning uch turi shakllangan:Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda hunarmandchilikning 3 turi shakllangan: 1) uy hunarmandchiligi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik;

3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik.

Rishton shahri Farg'ona vodiysining Buyuk Ipak yo'li hududida joylashgan va o'sha davrda paydo bo'lgan eng qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi^. Shahar qadim zamonlardan beri O'rta Osiyodagi noyob sirlangan kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish bo'yicha eng yirik savdo markazlaridan biri sifatida tanilgan^. Rishton so'zi qadimiy so'g'd tilida „Rash" („Rush", „Rushi") so'zidan olingan bo'lib, „qizil yer" ya'ni qizg'ish tusga ega sopol loy degan ma'noni anglatadi[4]. Necha ming yillik tarixga ega Rishton kulolchiligi buyumlari ikki yo'nalishda: mahalliy ustozlardan meros an'anaviy usulda hamda sovg'abop qilib (kimyoviy komponentlar bilan) tayyorlanadi. Mazkur buyumlar takrorlanmas islimiy uslubda chizilgan naqshu nigorlari va jilodor moviy ranglari bilan mashhur. Rishton sopol mahsulotlarining xaridorbop bo'lishi va dunyo brendiga aylanishida hududdagi soz tuproqning ahamiyati katta. Bu tuproqdan tayyorlangan loy shakl berish osonligi, shiradorligi va olovga chidamliligi bilan ajralib turadi. Rishton kulolchiligida XV-XVI asrda ishlatilgan shakllar hozirgi kunda ham kulollar ijodida qo'llanadi. An'anaviy kulolchilikda ranglar yorqin bo'lishi uchun fon berilishi kerak. Ustalar tilida bu loyalash deyiladi.[5] Tog'li hududlardan olingan oq tosh, ya'ni kvars maydalanadi va suyuq loy holiga keltirib, buyum yupqa loyalanadi. An'anaviy sopol idishlar ikki xil usulda tayyorlanadi: a) buyumning loyalangan holatida gul chizilib, rang berilib, sirlanadi va xompazda pishirib olinadi; b) loyalangandan keyin pishirilib, so'ngra naqsh solib, ishqorlanadi va yana 1050 S° da obdon pishiriladi. Hunarmandlar turli metall oksidlaridan yashil, feruza, qora va jigarrang, sariq, moviy bo'yoqlarni tayyorlashadi. Rishton an'anaviy kulolchiligida qizil rang deyarli qo'llanilmaydi.[6] Asosan tabiatdan olingan islimiy naqshlar, qalampir, anor, chorgul (dunyoning to'rt tomoni ramzi), parizox (qush pati) kabi bezak turlari ishlatiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Kulolchilikning eng muhim jarayoni sirlashdir. Qirqbo'g'im, guloba kabi giyohlar me'yoriga yetib yashil tusga kirganida uyum qilib yig'iladi va o'sha joyning o'zida yoqiladi.[7] Bu jarayonda giyohlar tarkibidagi tuzli suvlar shiraga aylanib, qotishma holiga keladi. Qotishmalar 1200 S° qizdirilgan pechkaga solinsa, shishasimon modda hosil bo'ladi. U bilan idishlar ishqorlanadi, ya'ni sirlab chiqiladi. Sir buyumdagi ranglarni jilodor ko'rsatib berishga xizmat qiladi. Necha ming yillik tarixga ega Rishton kulolchiligi buyumlari ikki yo'nalishda: mahalliy ustozlardan meros an'anaviy usulda hamda sovg'abop qilib (kimyoviy komponentlar bilan) tayyorlanadi. Mazkur buyumlar takrorlanmas islimiy uslubda chizilgan naqsh-u nigorlari va jilodor moviy ranglari bilan mashhur. Necha ming yillik tarixga ega Rishton kulolchiligi buyumlari ikki yo'nalishda: mahalliy ustozlardan meros an'anaviy usulda hamda sovg'abop qilib (kimyoviy komponentlar bilan) tayyorlanadi. Mazkur buyumlar takrorlanmas islimiy uslubda chizilgan naqsh-u nigorlari va jilodor moviy ranglari bilan mashhur.

1. Rishton sopol mahsulotlarining xaridorbop bo'lishi va dunyo brendiga aylanishida hududdagi soz tuproqning ahamiyati katta. Bu tuproqdan tayyorlangan loy shakl berish osonligi, shiradorligi va olovga chidamliligi bilan ajralib turadi.

2. Rishtonda kulolchilik an'analarini o'n ikki sulola vakillari davom ettirib kelayotir. Sopol buyum tayyor bo'lgunga qadar jarayonga butun oila jalb etiladi. Demakki, kulollarning barcha oila a'zolari azaldan bu hunardan boxabar bo'lgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 25, 2024

3. Usta soz tuproq va suvni teng miqdorda olib, loyqa tayyorlaydi va elakdan o'tkazadi. Loyqa maxsus qurilmada loy holatiga keltirilib, ichidagi havosi chiqariladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

4. Loy maxsus matoga o'ralib, uch kun tindiriladi. Tobiga kelgan xomashyo bilan charxda ishlash oson kechadi. Dastgohda yasalgan idish bir kun quritiladi. Rishton kulolchiligida XV-XVI asrda ishlatilgan shakllar hozirgi kunda ham kulollar ijodida qo'llanadi.

Rishtonda kulolchilik an'analarini o'n ikki sulola vakillari davom ettirib kelayotir. Sopol buyum tayyor bo'lgunga qadar jarayonga butun oila jalb etiladi. Demakki, kulollarning barcha oila a'zolari azaldan bu hunardan boxabar bo'lgan.

8. Hunarmandlar turli metall oksidlaridan yashil, feruza, qora va jigarrang, sariq, moviy bo'yoqlarni tayyorlashadi. Rishton an'anaviy kulolchiligida qizil rang deyarli qo'llanilmaydi. Asosan tabiatdan olingan islimiy naqshlar, qalampir, anor, chorgul (dunyoning to'rt tomoni ramzi), parizox (qush pati) kabi bezak turlari ishlatiladi.

9. Kulolchilikning eng muhim jarayoni sirlashdir. Qirqbo'g'im, guloba kabi giyohlar me'yoriga yetib yashil tusga kirganida uyum qilib yig'iladi va o'sha joyning o'zida yoqiladi. Bu jarayonda giyohlar tarkibidagi tuzli suvlar shiraga aylanib, qotishma holiga keladi.

10. Qotishmalar 1200 S° qizdirilgan pechkaga solinsa, shishasimon modda hosil bo'ladi. U bilan idishlar ishqorlanadi, ya'ni sirlab chiqiladi. Sir buyumdagi ranglarni jilodor ko'rsatib berishga xizmat qiladi.[8]

11. Kulolchilik hunarini puxta o'rgatish uchun shogirdlar 12 yoshdan qabul qilinadi. Usta yoshlar orasidan loyga tezda aniq va chiroyli shakl berishiga qarab iste'dodlilarini tanlab oladi. Tirishqoq bolalar nafaqat ko'zagar bo'lishi, balki keyingi bosqichlarda mohir naqqosh ustaga ham aylanishi mumkin. Kulol Alisher Nazirov shogirdlarining ko'zini bog'lab, shakl va loyni his qilishga o'rgatadi.

12. Rishton kulolchilik namunalari ko'rgazmasi ilk marta 1897 yili Fransiyaning Parij shahrida o'tkazilgan. Bugungi kunda AQSH, Angliya, Norvegiya, Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya, Gollandiya, Rossiyaning jahonga mashhur muzeylarida Rishton kulolchilik san'at asarlari saqlanadi. Hozir Rishtonda 648 nafar kulol bo'lsa, ulardan 12 nafari an'anaviy yo'nalishda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

ish olib boradi. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug'ullanib, bir yilda 350 million so'mdan 1 milliard so'mgacha daromad olayotgan kulollar bor.[9]

1. Rishton sopol mahsulotlarining xaridorbop bo'lishi va dunyo brendiga aylanishida hududdagi soz tuproqning ahamiyati katta. Bu tuproqdan tayyorlangan loy shakl berish osonligi, shiradorligi va olovga chidamliligi bilan ajralib turadi.

2.Rishtonda kulolchilik an'analarini o'n ikki sulola vakillari davom ettirib kelayotir. Sopol buyum tayyor bo'lgunga qadar jarayonga butun oila jalb etiladi. Demakki, kulollarning barcha oila a'zolari azaldan bu hunardan boxabar bo'lgan.

3. Usta soz tuproq va suvni teng miqdorda olib, loyqa tayyorlaydi va elakdan o'tkazadi. Loyqa maxsus qurilmada loy holatiga keltirilib, ichidagi havosi chiqariladi.

4. Loy maxsus matoga o'ralib, uch kun tindiriladi. Tobiga kelgan xomashyo bilan charxda ishlash oson kechadi. Dastgohda yasalgan idish bir kun quritiladi. Rishton kulolchiligida XV-XVI asrda ishlatilgan shakllar hozirgi kunda ham kulollar ijodida qo'llanadi.

5. Keyingi bosqichda buyumning tag qismi kajkord (kashkord) pichog'ida tekislanadi va kerakli shakl beriladi. So'ng sopol yana quritilib, tayyor mahsulot ko'rinishiga keltirish jarayoni boshlanadi. Kulol yaratgan buyum sifatli chiqishida quyosh nuri muhim omil sanaladi.[10]

6. An'anaviy kulolchilikda ranglar yorqin bo'lishi uchun fon berilishi kerak. Ustalar tilida bu loyalash deyiladi. Tog'li hududlardan olingan oq tosh, ya'ni kvars maydalanadi va suyuq loy holiga keltirib, buyum yupqa loyalanadi.

7. Hunarmandlar turli metall oksidlaridan yashil, feruza, qora va jigarrang, sariq, moviy bo'yoqlarni tayyorlashadi. Rishton an'anaviy kulolchiligida qizil rang deyarli qo'llanilmaydi. Asosan tabiatdan olingan islimiy naqshlar, qalampir, anor, chorgul (dunyoning to'rt tomoni ramzi), parizox (qush pati) kabi bezak turlari ishlatiladi.

8. Kulolchilikning eng muhim jarayoni sirlashdir. Qirqbo'g'im, guloba kabi giyohlar me'yoriga yetib yashil tusga kirganida uyum qilib yig'iladi va o'sha joyning o'zida yoqiladi. Bu jarayonda giyohlar tarkibidagi tuzli suvlar shiraga aylanib, qotishma holiga keladi.

9. Qotishmalar 1200 S° qizdirilgan pechkaga solinsa, shishasimon modda hosil bo'ladi. U bilan idishlar ishqorlanadi, ya'ni sirlab chiqiladi. Sir buyumdagi ranglarni jilodor ko'rsatib berishga xizmat qiladi.

10. Kulolchilik hunarini puxta o'rgatish uchun shogirdlar 12 yoshdan qabul qilinadi. Usta yoshlar orasidan loyga tezda aniq va chiroyli shakl berishiga qarab iste'dodlilarini tanlab oladi. Tirishqoq bolalar nafaqat ko'zagar bo'lishi, balki keyingi bosqichlarda mohir naqqosh ustaga ham aylanishi mumkin. Kulol Alisher Nazirov shogirdlarining ko'zini bog'lab, shakl va loyni his qilishga o'rgatadi.

11. Rishton kulolchilik namunalari ko'rgazmasi ilk marta 1897 yili Fransiyaning Parij shahrida o'tkazilgan. Bugungi kunda AQSH, Angliya, Norvegiya, Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya, Gollandiya, Rossiyaning jahonga mashhur muzeylarida Rishton kulolchilik san'at asarlari saqlanadi. Hozir Rishtonda 648 nafar kulol bo'lsa, ulardan 12 nafari an'anaviy yo'nalishda ish olib boradi. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug'ullanib, bir yilda 350 million so'mdan 1 milliard so'mgacha daromad olayotgan kulollar bor.

Xulosa qilib aytganda, milliy hunarmandchilik mahsulotlari turizm tarmog'iga o'ziga xos xususiyatlarni olib keladi. An'anaviy texnika va materiallardan foydalanish, mahalliy madaniyat va tarixni o'z ichiga olish, malakali hunarmandlarning mavjudligi, barqarorlik va haqiqiylikka e'tibor berish orqali ushbu mahsulotlar bozorda ajralib turadi va haqiqiy tajribaga intilayotgan sayyohlarni jalb qiladi. Qolaversa, milliy hunarmandchilik mahsulotlari o'z o'rni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

hissini uyg'otadi, madaniy almashinuv imkoniyatlarini yaratadi va mahalliy hamjamiyatlarning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shadi. Ushbu o'ziga xos xususiyatlarni tushunish va undan foydalanish orqali yo'nalishlar o'zlarining hunarmandchilik mahsulotlarini samarali targ'ib qilishlari va sotishlari, tashrif buyuruvchilar tajribasini oshirishlari va barqaror va inklyuziv turizm rivojlanishini rag'batlantirishlari mumkin. Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotish mahalliy hunarmandlar uchun foydali biznes bo'lishi bilan birga, mamlakatga ko'proq sayyohlarni jalb etish va ularning madaniy merosini kashf etishda yordam berishi mumkin.Bundan tashqari, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini asrab-avaylash va ommalashtirish madaniy merosni asrab-avaylash va mahalliy hunarmandlarning imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, milliy hunarmandchilik mahsulotlarining turizm tarmog'idagi qiymati va ahamiyatini tan olish muvaffaqiyatli va ta'sirli madaniy turizm tajribasiga erishish uchun juda muhimdir.

REFERENCES

1. Bakhromov, A., Juraeva, N., Nurfayzieva, M., Oppokkhonov, N., & Egamnazarov, K. (2023). Sun'iy intellektning turizm sohasida xizmat ko'rsatish sifatini oshirishdagi o'rni.

2. Egamnazarov Kh., Bakhromov A., Nurfayzieva M., & Oppokkhonov N. (2023). Tourism Potential Of The Republic Of Karakalpakstan: An Exploration Of Cultural Heritage And Natural Beauty // Экономика и социум, (7 (110)), 104-110.

3. Egamnazarov, K. (2023). The Role of the Cities of the Great Silk Road of Uzbekistan in the Tourism of Uzbekistan // European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630).

4. Khalilullayevna, D. M. (2023). Current Problems in Improving the Practice of Financing Investments in the Field of Tourism // European Journal Of Innovation In Nonformal Education, 3(6), 147-152.

5. Matkabulova, D. (2022). The Relationship Between Investment And Tourism: Insights From The Literature // Theoretical & Applied Science. Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (3), 871-878.

6. Raximova, D. (2023). O'zbekistonda ziyorat turizmi rivojlanishining hozirgi tendensiyalari // Engineering problems and innovations.

7. Rustamovich, Dehkonov Burhon. "Analysis of the Development of Tourism in Uzbekistan." Journal of International Business Research and Marketing 5.6 (2020): 28-33.

8. Rustamovich, Dehganov Burkhan. Financing Domestic Tourists And Export Of Tourism Services // Fan, ta'lim, madaniyat va innovatsiya, 2.3 (2023): 35-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.