Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
O'ZBEKISTON KULOLCHILIK SAN'ATIDA BADIIY KULOLCHILIK
SAN'ATI MAKTABLARI TARIXI
Karimov Hasanboy Maxamadjon o'g'li Tuxtamatov Soyibjon Sirojiddin o'g'li
Namangan Davlat Universiteti Tasviriy va amaliy bezak San'ati 2- kurs magistrantlari xasanbekk@. gmail.com Tohktamov2211 gmail. com
ANNOTATSIYA.
Ushbu maqolada kulolchilik san 'ati va faoliyatini paydo bo 'lishi xususiyatlari, rivojlanishi bu yo 'nalishda ijod qilgan olim va san 'at arboblari haqida ilmiy namuna va fikrlar bilan kengaytirilib tushuntirib berildi.
Kalit so'zlar: Badiiy kulolchilik, Qoshg'orga, gilbo'taga, Yevropa ekvivalentlari, ,Me 'mor san 'ati, Denov ustalari.
ИСТОРИЯ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ГОНЧАРНЫХ ШКОЛ В ГОНЧАРНОМ
ИСКУССТВЕ УЗБЕКИСТАНА
АННОТАЦИЯ
В данной статье на научных примерах и мнениях подробно изложены особенности возникновения искусства и деятельности керамики, развития ученых и художников, творивших в этом направлении.
Ключевые слова: Художественная керамика, Кашгар, гильбота, европейские аналоги, Искусство архитектуры, деновские мастера.
HISTORY OF ARTISTIC POTTERRY SCHOOLS IN THE POTTERY ART
OF UZBEKISTAN ABSTRACT
In this article, the characteristics of the emergence of the art and activity of ceramics, the development of scientists and artists who created in this direction were explained in detail with scientific examples and opinions.
Key words: Artistic pottery, Kashgar, gilbota, European equivalents, Art of architecture, Denov masters.
KIRISH
Xalq ommasining ijodkoñigi, daholarining ilmu-tafakkuri va yuksak ma'naviyati asosida dunyo o'zgaradi va yangilanadi. Xalq amaliy san'ati ijodkoñigida qadimdam shakllangan buyum^ yaratish va bezatish mehnati - kasbi
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
bilan shug'illanib, bu sohadagi turli maktablarni ko'rib, o'rganib kelgan amaliy san'at ustalari va dizaynerlardir. Ular orasida hunarmandchilik san'ati ijodkorlari o'z mehnatini ilmi tafakkuri va kasblarni san'at darajasiga olib chiqa olgan rassomlardir.
O'rta Osiyoning qadimiy g'oyat nafis chiroyli shaklga ega bo'lgan gul va nuqtalar bilan bezatilgan kosa, piyola, tovoq, choynak, vaza, ko'za, xurmacha, kuvalak, zeb-ziynatlar va boshqa kulolchilik-keramik buyumlari qadim-qadimdan dunyo ahli e'tiborini o'ziga tortib kelgan. Chunki, O'rta Osiyo amaliy san'ati ustalarining kulolchilik buyumlari o'zining konstruktsion qulayligi, jarangdorligi, jilolanuvchi tabiiy bo'yoqlari, gullar va tabiat ramzini bezab, g'oyat nozik badiylashtirilgan tasvirlari dunyoni barcha millat vakillariga yoqqan. Chunki «San'at - millat va odam tanlamaydi». Kulolchilik xalq amaliy san'ati turlaridan bo'lib, hunarmandchilikning loydan, gildan turli buyumlar, idishlar, qurilish materiallari tayyorlaydigan sohaiga kiradi. Kulolchilikda asosiy xom ashyo tabiiy tuproq bo'lib, loy qancha ko'p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi bo'ladi. Kulolchilikning bezak san'ati bo'lgan koshinkorlik san'ati Markaziy Osiyoning me'morchiligida keng rivojlandi. Mamlakatimiz hududida kulolchiliknig ko'plab asosiy maktab va markazlari mavjud. Rishton, Buxoro, G'urumsaroy, Toshkent, Xorazm, Samarqand va Qashqadaryo kulolchilik maktablarini sanash mumkin. Ushbu kulolchilik maktablari bir biridan yaratilgan mahsulotlarni tayyorlanish uslubi, naqsh-gullari, rangi va pardozi bilan biri-biridan farqlanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Kulolchilik san'ati qadimgi Misr, Ossuriya, Bobil, Yunoniston va Xitoyda yuksak taraqqiyotga erishgan. Kulolchilik buyumlari sopol va keramika deb atalmish chinni, fayan va mayolikalardan tayyorlanadi. Badiiy kulolchilik atamasi XIX asrning oxirlarida paydo bo'lgan va odatda faqat o'sha davrdan boshlab ishlab chiqarilgan sopol idishlar uchun ishlatiladi. U zavod sharoitida ishlab chiqarilgan, ammo dizayner yoki badiiy rahbarning hech bo'lmaganda yaqin nazorati ostida malakali ishchilarni ishlatgan holda nisbatan kam miqdorda ishlab chiqariladigan keramika uchun ishlatiladi. Studiya idishlari bu ishlab chiqarish bosqichlarini ko'pincha yoki ko'p qismini bajaradigan rassom-kulolning amaliy ishtiroki bilan yanada kichikroq hajmda ishlab chiqarilishi kerak bo'lgan qadamdir. Badiiy kulolchilik buyumlarini ishlab chiqaradigan eng muhim mamlakatlar Angliya va Frantsiya bo'lib, tez orada AQSh. Amerika badiiy sopol idishlari ko'p o'xshashliklarga ega, ammo ba'zi farqlar,Evropa ekvivalentlari bilan farqlanadi. Ushbu atama G'arb dunyosidan tashqarida tez-tez ishlatilmaydi, faqat "xalq ijodi sopol idishlar ", ko'pincha ba'zi qishloqlarda ishlatiladi. Kulolchilikning nodir sohasi, bu - chinni buyumlar tayyorlash tarmog'i bo'lib hisoblanadi. Odatda bo'yoq berib bo'yalgan sopol
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
buyumga rangsiz sir berish chinnigarlik deb atalib, Sharqiy Osiyoda kuchli rivojlandi. Bu hunar O'zbekistonning Rishton tumanida XIX asr o'rtalaridan paydo bo'lgan deyishadi. Faqat XIX asr oxirida ko'k naqshli xitoy chinnisining qimmatlashuvi oqibatida bu mahsulotga bo'lgan talab kuchaydi. Natijada xitoy mahsulotlariga o'xshatib o'z buyumlarini tayyorlayotgan mahalliy ustalar idishlarga "chinni" buyumlarga qo'yiladigan belgilar qo'ygan holda yasay boshladilar. Bu esa "chinni" deb atalgan buyumlarni o'lkada ko'payishiga olib kelgan. Lekin bu tarmoq rus chinni buyumlari bilan raqobatlashuvi natijasida tarmoq ishlab chiqarishi birmuncha qisqardi. Ustalarning bildirishicha, chinni yasash uchun 60% gilbo'taga 40 kvars (sang) yoki yana 10% loy qorilishi kerak bo'ladi. Tarmoqni vujudga kelishi aka-uka usta Jalil va Quri Abdujalil nomi bilan bog'liq. Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, usta Jalil Qoshg'orga boradi va sirlash, chinni loy tayyorlash sirlarini o'rganadi. Ayrimlar esa usta Quri Abdujalil savdogarlik bilan Mashhad va Qashqarga borib, bu hunarni o'zlashtirgan degan taxminni bildiradilar. Jumladan, chinni tayyorlash jarayonini xitoyliklarining uslubiga o'xshashligini hisobga olib, tadqiqotchi A.A.Grebenkin ham buyum yasash usulini Sharqiy Turkiston maktabi an'analari bilan bog'liqligini ta'kidlaydi.
TAHLIL VA NATIJALAR
P.Zohidov o'zining "Me'mor san'ati" kitobida qadimda ustalar naqshning etti xil turga bo'lishganini aytib o'tadi. Bular quyidagicha: islimi, xitoy, abr, voq, nilufar, farangi va bandi rumiy. P.Zohidov buni ta'kidlab shunday yozadi: "Ko'rinib turibdiki, naqqoshlarni tashkil etuvchi elementlarni belgilashda musavvirlarda yagona tartib, uzviylik bo'lmagan. Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur va shular singari boshqa ko'p o'rta asr mutaffakkirlari binolarni bezagida islimi va xitoy naqshlar ishlatilganini ta'kidlashadi. Lekin, keng tarqalgan va qo'llangan bu ikki xil naqshlarning ta'rifini hech qaerda uchratmaymiz. Buxoro - Samarqand maktabi kulolchiligining asosiy xususiyati texnologik omil - qo'rg'oshin-lojuvard va yashil-sariq hamda jigarrang bo'yoqlardan foydalanish bilan bog'liq . Bu ko'p hollarda buyumlarning ramziy jarang kasb etishini belgilaydi. 1990- yillarda bu maktab buyumlarida o'z shakl jihatidan oldinga rivojlangani seziladi. Bu an'analar G'ijduvondagi kulollar sulolasi vakillari aka-uka Alisher va Abdulla Narzullaev yasagan buyumlarda yaqqol ko'rinadi. Buxoro - Samarqand maktabining turli markazlarida gul tushirish yo'sini o'ziga xos xususiyatga ega. Masalan, G'ijduvon va Shahrisabz ustalari, asosan, mo'yqalamda naqshikor chizadilar. Urgut va Denov ustalari esa ko'pincha o'yma gullardan foydalanadilar. Umuman o'tgan asrdagi an'anaviy kulolchiligida ishlab chiqarish markazlari, ustalar miqdori kamayib ketishi, ishlab chiqarilgan buyumlar turi va ular texnik sifati pasayishi kuzatiladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Raimberdi Matjonovdir. Raimberdi Matjonov Xorazmning qadimiy kulolchilik markazlaridan biri Madir qishlog'ida 1909 yili kulolchilar oilasida dunyoga kelgan. O'sha davrda Madir qishlog'ida o'nbesh kulolchilik ustaxonasi bo'lib, ularda saksondan ortiq kulollar ishlar edi. Koshin pishirishda o'sha davrda nom qozongan ustalar Usta Bolta Matrizaev, Bolta Vaisov, Matjon Qulmatovlar bor edi. Matjon kulolning o'g'li Raimberdi o'z otasidan kulolchilik sir asrorlarini o'rgana boshlagan. U avval loydan har xil o'yinchoqlar, shakllar yasagan bo'lsa, keyinchalik ixcham bodiya, koshinni o'rgangan. Kulolchilik sir asrorlariniolti yil deganda o'rganib, Eshim kulolningoqfotihasini olgan. O'zi mustaqil idish va koshinlar ijod qila boshlagan. 1930 yili R.Matjonov kooperativ arteliga kirib kulolchilik ishlarini davom ettirdi. O'sha davrda kulollar juda kamayib ketgan edi. Uning bu og'ir ishlariga turmush o'rtog'i yordam bergan.1990yillarda Xorazm ustalarining ijodida kadimiy o'simliksimon naqshlarni o'zlashtirish jarayoni kuchayib bordi. Ayniksa, bu jarayon Raimberdi Matjonov ijodida namoyon bo'lgan. R.Matjonov ko'pincha sopol buyumlariga to'q ko'k rangni ishlatgan. Shuning uchun ham uning asarlarining aksariyatida xavorang ko'k rangning o'ziga xos to'q tusi ustunlik qiladi. Usta naqqoshlik sir asrorlarini mukammalo'rgangan. U shu o'rgangan naqshlarini kulollikbuyumlariga qo'llashga astoydil intilib,XIX -XX asr Xiva koshinkorlik an'analarini boyitadigan buyumlarni yaratdi. Kulol ishlab chiqarayotgan buyumlarda ham, koshinda ham uch xil oq, yashil, lojuvard ranglardan foydalangan. Xorazm kulolchiligi tarixi, uning an'anaviy texnologiyasi hamda mahsulot ishlab chiqarish tarixiy negiziga oid ma'lumotlar juda chuqur va qadimiydir. Sobiq Ittifoq FA Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi ma'lumotlariga ko'ra ko'p yillik ilmiy izlanishlar tahlili natijalari shuni ko'rsatdiki, Xorazmning kulolchilik tarixi, uning kelib chiqishi ibtidoiy davrlarga borib taqalishi fanga ma'lum qilindi. Qolaversa Xorazm kulollari yaratgan kulolchilik mahsulotlari o'zining nafisligi va betakrorligi, shuningdek o'ziga xos ishlab chiqarish texnologiyasi bilan dunyo e'tirofiga sazovor bo'ldi va hozirgacha butun dunyo san'at ixlosmandlarini lol qoldirib kelmoqda. Xorazmning kulolchilik sohasi o'sha davrdagi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy taraqqiy etishi va rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Markazlashgan feodalizm davrida, ayniqsa XV asrdan boshlab, to XIX asrlargacha Xorazm o'z boshidan iqtisodiy taraqqiy otni va o'z navbatida iqtisodiy inqirozni ham kechirganligi tarixiy ma'lumotlardan ma'lum, lekin Xorazmning (Xiva) kulolchilik ishlab chiqarish sohasi bilan bog'liq hayoti o'sha davr nuqtainazaridan iqtisodiy hayotni yanada ko'tarilishiga turtki ham bo'lgan.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
San'at faoliyatning yetakchi faoliyatga aylanishi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga, kishilarning ma'naviy ongi rivojlanishiga bog'liq. Bu kulolchilik san'atini puxta o'rganish uchun insonda, avvalo, iste'dod bo'lishi kerak, - deydi usta kulol. - Mana shu hunar sir-asrorlarini qunt bilan, erinmay o'rgatgan ustozim, rahmatli usta kulol Umar Jo'raqulovdan bir umr minnatdorman. Albatta, ushbu san'atni o'rganish mumkin, ammo o'z yo'li, uslubiga ega bo'lish juda murakkab jarayon. Xalq xunarmandchiligi va amaliy san'atining tur va shakllari haqida ham ayrim ma'lumotlarga ega bo'lish biz uchun zaruratdir. Bizning davrimizga kelib katta-katta shaharlardagi axolining ko'pchilik qismini hunarmandlar tashkil etmokda. "Hunar-hunardan unar" qabilida yoshlarimiz uchun maxsus san'at maktablari va boshka turdagi o'quv yurtlarining tashkillanishi ham asosiy omillardan biriga aylanib kelmoqda. Bu masalada davlatimiz olib borayotgan ijtimoiy-maishiy turmush tarzimizni yuksaltrishga qaratilgan ishlarning mohiyatini baholash ancha quvonarli holdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. S.Bulanov. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. T., 1991 yil.
2. M.Rahimov. O'zbekiston badiiy keramikasi. T., 1961 y.
3. A.Turg'unov.O'zbek kulolchilgi san'atining hududiy xususiyatlari.T. 2001.
4. B.Oripov. Tasviriy san'at asoslari. N., 1994 y.
5. E.Xoxlova. Badiiy keramika. M., 1978 y.
6. E.Sayko. Keramika ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasining tarixiy-taraqqiyoti. M., 1982 y.
7. B.Oripov. Jahon san'ati tarixi. 3 qismli. N., 2004-2007 y.
8. B.Oripov. San'at tarixidan qisqacha izohli lug'at. N., 2004 y.
9. Y.Qosimov Qadimgi Farg'ona sirlari. N., 1992 y.