Научная статья на тему 'QO’QON XONLIGIDA SHAKLLANGAN MOVIY KULOLCHILIK MAKTABLARI'

QO’QON XONLIGIDA SHAKLLANGAN MOVIY KULOLCHILIK MAKTABLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
59
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Qo‘qon xonligi / Farg‘ona kulolchilik san’ati / laganlar / ko‘zagarlik / kulolchilik maktablari aloqalari / kulolchilikdagi naqshlar / chinnipaz / usta kulollar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilnozaxon Madaminovna Mo‘ydinova

Maqolada Qo‘qon xonligi davriga kelib Farg‘ona vodiysidagi kulolchilik san’atining shakllanishi, rivojlanishi va unga hissa qo‘shgan usta kulollar haqida batafsil bayon qilingan. Shuningdek, mahalliy markazlarning o‘zaro aloqalari va texnologik jarayonlar, Farg’ona va Xo’jand maktablarining o‘ziga xos tomonlari haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO’QON XONLIGIDA SHAKLLANGAN MOVIY KULOLCHILIK MAKTABLARI»

QO'QON XONLIGIDA SHAKLLANGAN MOVIY KULOLCHILIK

MAKTABLARI

Dilnozaxon Madaminovna Mo'ydinova [email protected]

NamDU

Annotatsiya: Maqolada Qo'qon xonligi davriga kelib Farg'ona vodiysidagi kulolchilik san'atining shakllanishi, rivojlanishi va unga hissa qo'shgan usta kulollar haqida batafsil bayon qilingan. Shuningdek, mahalliy markazlarning o'zaro aloqalari va texnologik jarayonlar, Farg'ona va Xo'jand maktablarining o'ziga xos tomonlari haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: Qo'qon xonligi, Farg'ona kulolchilik san'ati, laganlar, ko'zagarlik, kulolchilik maktablari aloqalari, kulolchilikdagi naqshlar, chinnipaz, usta kulollar

BLUE POTTERY SCHOOLS FORMED IN THE KOKAND KHANATE

Dilnozaxon Madaminovna Mo'ydinova [email protected]

NamDU

Abstract: The article details the formation, development and master potters of the art of pottery in the Far Valley during the Qocan Khanate. It is also written about the relationship of local centers and technological processes, the specific aspects of Fargona and Xojand schools

Keywords: Kokand Khanate, Fargona pottery, lagans, kozagari, pottery school connections, patterns in pottery, chinnipaz, master potter

Temuriylar davlati parchalanib ketgach, XVI asrga kelib O'rta Osiyoning ikki daryo oraliq atrofidagi hududlarda xonliklar tashkil topa boshlagan. Hududlarning bir biridan siyosiy nuqtai nazardan ajrab qolishi o'z navbatida badiiy jarayonlarning tobora mahalliylashishiga olib kelgan. Dastlab Buxoro va Xiva xonligi, so'ngra 1805-yilga kelib baland tog' tizmalari bilan o'ralgan hamda Sirdaryoning o'rta oqimida joylashgan vodiy hududida Qo'qon xonligi tashkil topgan.

Xonlik o'z hududiga Qo'qon, Namangan, Marg'ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlarni qamrab olgan.

Qadimgi zamonlardan bizga ma'lumki, Farg'ona vodiysida o'troq aholining faol qatlami yashagan va O'rta Osiyoning asosiy madaniy markazlaridan biri hisoblangan.

fTTTyiS^^™] 243 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

XIX asrga kelib, barcha xonliklar qatori Qo'qon xonligida ham mumtoz islom madaniyatining so'nggi bosqichi kech klassika davri kuzatiladi. Aynan shu davrga kelib, xalq amaliy san'atining turli jabhalari: Marg'ilon ipak matolari, Chust pichoqsozligi, Qo'qon yog'och o'ymakorligi qatorida kulolchilik san'atining ham asosiy maktablari va markazlari shakllanadi. G'urumsaroy, Andijon, Namangan va Rishton kulolchilik markazlari shular jumlasidandir.

Hozirgi kunda ham Farg'ona vodiysining bir qancha viloyatarida badiiy kulolchilik san'ati faol rivolanib kelmoqda. "XIX asrda vodiy kulolchiligi 2 ta katta maktablarga, Farg'ona va Xo'jand maktablariga bo'lingan. Farg'ona maktabi markazlari Rishton va G'urumsaroy qishlog'i, hamda Qo'qon, Namangan va Andijon shaharlari hududlarida joylashgan. Xo'jand maktabi markazlari esa Konibodom shahri va Chorku qishlog'i hisoblangan. O'ra-tepa shahri ham kulolchilikning yirik markazlaridan biri bo'lgan u yerda 20dan ortiq katta ustaxonalar bolgan, lekin vaqtlar ta'sirida katta ustaxonalar yo'qolib ketgan, keyinchalik esa, O'ra tepa o'zining spool o'yinchoqlari bilan mashxur bo'lgan"1. Hozirgi kunda Tojikiston hududida joylashgan bir nechta kulolchilik ravnaq topgan shaharlar Qoqon xonligi tarkibiga kirgan va badiiy kulolchilikning Farg'ona maktabi markazlari hisoblangan va har ikkala maktablarning o'zaro aloqalari juda mustahkam bo'lgan, bu an'ana xonlik istilo qilinganidan so'ng ham XX asr ohirigacha davom etgan.

Asosiy naqsh turlari, idishlarning shakli, koloriti, sirlash texnologiyasi va naqshlardagi motivlar bo'yicha vodiyning har ikkala maktabida ham umumiylik juda ko'p bo'lgan. Maktablarning o'zaro aloqasi va bir biriga ta'siri qadimdan kuchli bo'lgan. Ranglarning keng an'analaridan foydalanib bezak naqshlarini tanlash va uni buyumlarga tushurishda ustalar o'ziga xoslikni namoyon etganlar va noyob mahsulotlarni yaratganlar. Umumiylik shunda ediki barcha maktab va markazlarda texnologik jarayonlar taxminan bir xil edi, lekin loyning va bo'yoqlarning tarkibi turlicha bo'lganligi Sirlangan buyumlarning shakl va bezaklari ham turlicha maxalliy xususiyatarni namoyon qilishiga sabab bo'lgan.

Farg'ona va Xo'jand maktablarida chinakam ma'noda ijod qiluvchi usta hunarmandlarning o'zaro a'loqalari judayam muvaffaqiyatli yo'lga qo'yilgan. "XIX asrda Konibidomdagi Tojik qishlog'iga Rishton kulollari ko'chib kelib ishlashgan, Konibodom ustalari ham Rishtonda va Qo'qonda tez-tezmexmon bo'lar va shu yerda ishlashar edi"2. Usta kulollar asosan yoz mavsumida Konibodom va Chorku qishlog'iga borib bir necha oy mobaynida xo'jalik buyumlari, kozalar, kosalar, laganlar va shunga o'xshash bir necha turli bozori chaqqon, ro'zg'or buyumlari, talabgir mahsulotlarni ko'p miqdorda yasab hizmat haqlarini olib qaytishgan.

1 Жадова Л. А., Дервиз Г.Г., Митлянский Д. Ю., Жданко И. А. (1974) Современная керамика народных мастеров средней Азии. Москва, Советский художник.

2 Жадова Л. А., Дервиз Г.Г., Митлянский Д. Ю., Жданко И. А. Современная керамика народных мастеров средней Азии.-Т.: Советскийхудожник. Москва, 1974

ПТТТВ^^Н] 244 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Xo'jand ustalari bo'lsa bu mahsulotlarni yil davomida bezatish va sirlash bilan shug'ullanishgan. Tayyor bo'lgan mahsulotlarni sekin astalik bilan avvaliga maxalliy bozorlarida keyin esa Vodiy bo'ylab sotishgan.

Kulollar o'z marsulotlarini o'sha davrda vodiyning hamda Qo'qon xonligining madaniy va iqtisodiy markazi bo'lgan Qo'qon shahriga borib sotar edilar. Qo'qon xonligida o'sha vaqtlarda ham Farg'ona vodiysi moviy kulolchiligining eng muhim markazi bu Rishton, tojik kulolchiliogida esa Chorku hisoblangan, hamda boshqa kulolchilik markazlariga ta'siri kuchli bo'lib markazlar orasida o'z o'rni bo'lgan.

Shuningdek, XIX asrda Farg'ona vodiysi xususan Qo'qon xonligida vaziyat juda beqaror bo'lgan va bu vaziyat mamlakatning madaniy hayotiga ham kata ta'sir ko'rsatgan. Dastlab xonlik o'z hududiga Xitoyning bir qanchahududlarini qo'shib olgan. Bu esa o'z navbatida badiiy jarayonlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Xitoyning bir nechta shaharlari xonlikka bo'ysundirilishi bilan u yerdagi mahalliy mahsulotlarning ham kirib kelish oqimi kengayishiga sabab bo'lgan.

Qo'qon xonligi davrida ham kulolchilikning Temuriylar davridagi an'anaviy uslub saqlanib qolgan, lekin mahsulotlarning shakllari va naqshlarning nafisligida biroz o'zgarishlar kuzatilgan. Oldingi davrga xos bo'lgan sirlangan kulolchik buyumlarida xitoy chinnisiga bo'lgan taqlidlarni Sharq san'atiga xos bo'lgan o'rdak, chumchuq, turnalar, bug'u, quyon, pionlar kabi motivlarni an'anaviy islimiy o'simlik naqshlari bilan almashgani va yoki naqshlarning tarkibiga biriktirilganini ko'rishimiz mumkin.

"XVIII-XX asrlar Turkiston kulolchiligida Y.Kalter to'rtta uslubni aniqladi: 1) mahalliy, 2) xitoy chinnisiga taqlid, 3) kech Usmon Turkiya kulolchiligini aksettiruvchi, 4) Safaviy Eron kulolchiligi an'analari bilan bog'liq. O'zbekiston muzey to'plamlarida kech Usmoniy va Eron kulolchiligi ta'siri bilan bog'liq biror buyum topilmadi. Ehtimol bu ta'sirlar qimmatbaho, marosimlar yoki saroy kulolchiligida ko'proq sezilgan, ularning namunalari kamdan-kam uchraydi. Xitoy uslubiga kelsak, biz Temuriylar davridagi "chinnisimon kulolchilik" an'analari haqida gapiramiz, ularningizlari XIX asr oxirlari XX asr boshlaridagi sirlangan kulolchilikning birqator namunalarida seziladi. Bundan tashqari ba'zi hollarda ustalar nafaqat Xitoy naqshlaridan foydalanganlar, balki Xitoy ustaxonalari tamg'alarini nusxalashga harakat qilishgan".3

Tarixiy manbalar hamda kolleksiyalarda yig'ilgan namunalarga ko'ra, O'zbekiston sirlangan kulolchigining eng gurkiragan vaqti XIX asrning oxiriga to'g'ri keladi. Aynan ushbu davrga kelib O'zbekistonda asosiy an'anaviy sirlangan kulolchilik maktablari va markazlari shakllangan. Kulolchilik buyumlari shakli va o'lchamlariga ko'raturli ko'rinishda bo'lgan; yassi lagan, tovoqvabadiya; ro'zg'orda ishlatiladigan idishlar-katta kichik kosa, shokosa, piyola, choynak, murg'oba; ko'zalar

3Кальтер Й. 1997.Украшения 18 и 19 веков//Узбекистан. Наследники шелкового пути. Штутгарт. ПТТТЙ^^Н] 245 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

va vazalar - xumlar, oftoba, qumg'on, guldon; katta jomashov, tog' oralar va boshqalar. Laganlar, dumaloq piyola va kosalar, guldon va ko'zalar, xumlar eng kattalaridan tortib eng mo'jazigacha ishlatishga qulay, shaklan esa nafis qilib yasalgan.4

XIX asrda Farg'ona maktabida boshqa markazlardan farqli o'laroq Rishton usta kulollar ishlab chiqaradigan mahsulot turiga qarab 4 turga bo'lingan: 1) kozagar-asosan katta hajmli sirlanmagan don va suv saqlash uchun xumlar, suv va sut mazsulotlari uchun ko'zalar yasashgan; 2) xazrakipaz- asosan oddiy aholining to'y, bayram marosimlarida foydalanish uchun bir muncha sodashakl va bezakli ko'p mashtabli buyumlar yasash bilan shug'ullanishgan, ular yasagan idishlar rangi asosan jigarrang bo'lgan; 3) zarpaz- aholining zodagon va o'rta tabaqali vakillariga ro'zg'or idishlari yasashgan, mahsulotlarga fon sifatida asosan sariq rang (zar, tillorangi) tushurilingan shuning uchun ham ustalarga shunday nom berishgan; 4) chinnipaz -faqatgina xon saroyi va zodagon qatlam uchun chinnisimon hamda nafis shakl va bezakli mahsulotlar yasash bilan shugullanishgan, shuningdek saroy, masjid va madrasalarni bezashda ishlatiladigan koshinkorlik ishlari bilan ham aynan chinnipazlar shug'ullanishgan, ularni "oqpaz" deb ham atashgan chunki ular yasagan idishlar asosan oq fonda bo'lgan5.

Bu davrda Rishtonda ustalar juda ko'p bo'lib ularning kata usta deya tan olingan vakillari Aka-uka Abdu Jalol Usta Jalil laqabi bilan tanilgan 1798-yil tug'ilgan va Abdu Jamil laqabi- Usto Qo'ri bo'lgan 1805-yil tug'ilgan ustalar edilar. Ularning yana bir ko'zga ko'ringan shogirdi usta Abdullo (kalli Abdullo) edi. Abdu Jalol XIX asrda mashhur kulol. Akasi Abdu Jamil (Usta Qo'ri) bilan Qoshg'ar hamda Eron o'lkalariga borib, o'sha yerning kulol ustalaridan maxsus loy-chinni yasash sirlarini o'zlashtirib qaytishadi, Rishtonda qadimiy yo'qolib borgan ishqorli sirlash texnikasini qayta tiklashadi. Bundan tashqari shogirdi Abdullo Kulol (Kali Abdullo)ga ham chinnisimon sopol yasash sirlarini o'rgatishgan. Yangi keramik bezak berish usuli yaratishda, rishtonlik kulollar nafaqat bezaklarni yaratish malakasini balki maxsus loy tayyorlash texnologiyasini ham kulolchilikka olib kirishgan. Asosan bu rangli koshinlar turli ko'rinishdagi: rombli, to'rtburchak, yulduzchali ko'rinishlarda bo'lgan. 10 tadan kalligrafik yozuvlar, oq g'isht yordamida kufi yozuvi yurgazilishi o'z go'zalligi bilan judayam katta mashhurlikka erishgan. Buyuk kulolar - Usta oqsoqollar sifatida Farg'ona vodiysi barcha kulolchilari uchun ustozdirlar.

XIX asrning arxitektura yodgorliklaridan biri O'rda saroyi bo'lib, unda o'sha davr Qo'qon hukmdori Xudoyorxon farmoni bilan barpo etilgan va Xon o'z oilasi bilan istiqomat qilgan. Ushbu saroy qurilishida 16 mingdan ziyod ustalar ishlashgan va u 1863-1870-yillar mobaynida qurilgan. Saroyni fasad qismini bezashda

4Morozova A.S., Avedova N.A., Maxkamova S.M. 1979 O'zbekiston xalq san'ati. Toshkent.

5 Sharofiddin Yusupov. (2023) Intervyu. Rishton.

fTTTyiS^^™] 246 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Abdujamol, Abdujalol va Abdulla Kulollar kata xizmat ko'rsatishgan. Ular saroyni bezash ishlarini 1873-yili nihoyasiga yetkazishadi. Saroyni bezash mobaynida qadimiy Rishton uslubida yuqori texnologiyalarni qo'llagan holda bajarishgan. Unda keramik texnikasidan samarali foydalanilgan bo'lib, kichik-kichik rangli koshinlar turli shakllarda - kvadrat, romb, yulduzsimon ko'rinishida ishlab chiqilgan. Yana shuni ta'kidlash lozimki, har bir yozuvlarni ishlab chiqishda kufiy shriftidan foydalanganligi chiroy ustiga yana chiroy qo'shib turadi. Xudoyorxon uchchala ustalarni Abdujamol, Abdujalol va Abdulla Kulollar ishini yuqori baholab, ularni munosib taqdirlagan.

Ushbu oqsoqol ustalarga munosib shogird bo'lgan yana bir kulol usta Abdullo rishton kulolchiligi rivojiga ulkan hissa qo'shgan va o'z nomini tarix zarvaraqlariga "Ustalarning Ustozi" sifatida muhrlagan usta hisoblanadi.Abdulla Kulol 1797-yili Rishtonda, Norbuta-biy xonligi davrida ganchkorlar oilasida tug'ilgan. O'zbekiston xalq rassomi, xalq ustasi, Davlat mukofotlari lauriyati Usta Ibrohim Komilovning bobosi. Farg'ona vodiysidagi ustalarning ustozi bo'lgan.

Usta Abdulla Kulolning asarlari O'zbekiston davlat muzeyida va Moskva, Sankt-Peturburgdagi muzeylarda saqlanib kelinmoqda.

Xulosa. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, XIX asrda Farg'ona vodiysi, xususan, Qo'qon xonligida vaziyat juda beqaror bo'lganligiga qaramasdan, xalq amaliy san'ati, shu qatorida kulolchilik san'ati gurkirab yashnagan va asosiy mahalliy markazlar aynan shu davrda tashkil topgan. Unga hissa qo'shgan usta kulolarning sa'y-harakatlari bilan zamonamizga kelib butun dunyo bo'ylab Farg'ona kulolchilik san'ati o'z o'rni va mavqeiga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hakimov A.A.(2022). O'zbekiston san'ati tarixi. Qadimgi davrlar, o'rta asrlar, xozirgi zamon. Toshkent. Zilol buloq

2. Жадова Л. А., Дервиз Г.Г., Митлянский Д. Ю., Жданко И. А. (1974) Современная керамика народных мастеров средней Азии. Москва. Советский художник.

3. Кальтер Й. (1997) Украшения 18 и 19 веков//Узбекистан. Наследники шелкового пути. Штутгарт.

4. Morozova A.S., Avedova N.A., Maxkamova S.M. (1979). O'zbekiston xalq san'ati. Toshkent.

5. Sharofiddin Yusupov bilan intervyudan. (2023). Rishton.

247

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.