Научная статья на тему 'XX ASRNING IKKINCHI YARMI – XXI ASRNING BOSHIDA ATROF MUHIT MUAMMOLARINING NAZARIY – FALSAFIY MASALARI'

XX ASRNING IKKINCHI YARMI – XXI ASRNING BOSHIDA ATROF MUHIT MUAMMOLARINING NAZARIY – FALSAFIY MASALARI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

CC BY
114
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biotexnologiya / tabiat / o’rmonlar qurishi / tuproq nurashi / ekologik inqiroz / Global barqaror taraqqiyot / Rim klubi / Ekologik barqarorlik. / biotechnology / nature / deforestation / soil degradation / ecological crisis / Global sustainable development / Club of Rome / Ecological sustainability.

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Boboeva, Mohim Shukurovna

Mazkur maqolada jahon miqyosida XX asr ikkinchi yarmida atrof – muhitni asrash va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning integratsiyasi tahlil qilingan. Ekologik muammolarni global miqyosda anglashning boshlanishidan “Barqaror rivojlanish yo’liga” o’tish jarayonlari orqali nomoyon bo’ladi. Sayyoramizda atrof – muhit muammosi nazariyasi bilan bog’liq holda uning ijtimoiy – falsafiy muammolari ham rivojlanib bordi. Insoniyatning bugungi kundagi ushbu global muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borgan metodiklalari va ularning istiqbollari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND PHILOSOPHICAL ISSUES OF ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN THE SECOND HALF OF THE 20TH CENTURY THE BEGINNING OF THE 21ST CENTURY

This article analyzes the integration of environmental protection and social economic development in the second half of the 20th century on a global scale. From the beginning of understanding of environmental problems on a global scale, it becomes invisible through the processes of transition to the "Path of Sustainable Development". In connection with the theory of environmental problems on our planet, its socio-philosophical problems were also developing. Humanity's methods of identifying and solving these global problems today and their perspectives are highlighted.

Текст научной работы на тему «XX ASRNING IKKINCHI YARMI – XXI ASRNING BOSHIDA ATROF MUHIT MUAMMOLARINING NAZARIY – FALSAFIY MASALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

XX ASRNING IKKINCHI YARMI - XXI ASRNING BOSHIDA ATROF MUHIT MUAMMOLARINING NAZARIY - FALSAFIY MASALARI

Boboeva Mohim Shukurovna

Toshkent davlat taransport universiteti mustaqil tadqiqotchisi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi katta o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada jahon miqyosida XX asr ikkinchi yarmida atrof - muhitni asrash va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning integratsiyasi tahlil qilingan. Ekologik muammolarni global miqyosda anglashning boshlanishidan "Barqaror rivojlanish yo'liga" o'tish jarayonlari orqali nomoyon bo'ladi. Sayyoramizda atrof - muhit muammosi nazariyasi bilan bog'liq holda uning ijtimoiy - falsafiy muammolari ham rivojlanib bordi. Insoniyatning bugungi kundagi ushbu global muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borgan metodiklalari va ularning istiqbollari yoritilgan.

Kalit so'zlar: biotexnologiya, tabiat, o'rmonlar qurishi, tuproq nurashi, ekologik inqiroz, Global barqaror taraqqiyot, Rim klubi, Ekologik barqarorlik.

ABSTRACT

This article analyzes the integration of environmental protection and social economic development in the second half of the 20th century on a global scale. From the beginning of understanding of environmental problems on a global scale, it becomes invisible through the processes of transition to the "Path of Sustainable Development". In connection with the theory of environmental problems on our planet, its socio-philosophical problems were also developing. Humanity's methods of identifying and solving these global problems today and their perspectives are highlighted.

Key words: biotechnology, nature, deforestation, soil degradation, ecological crisis, Global sustainable development, Club of Rome, Ecological sustainability.

KIRISH

Bugungi kunda BMT tomonidan ilgari surilayotgan Global barqaror rivojlanish dasturlari jahon hamjamiyati tomonidan eng yuqori o'rinlarda qaralayotgan rivojlanish dasturlari sirasiga kiradi. Barqaror rivojlanish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali butun insoniyatning hayot tarzini yaxshilash va turmush farovonligini oshirishga, adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan global faoliyatdir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Insoniyat o'z evolyutsiyasida tabiat bilan munosabatlarda mutanosiblikni o'z ichidan chiqargan davr XX asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi.Sayyoramizdagi fan va texnika taraqqiyoti insoniyatni tabiatga boshqacha ko'z bilan qarashga olib keldi. Insonning tabiat imkoniyatlaridan va uning rivojlanish qonuniyatlarini inobatga olmay,jadal yuritgan xo'jalik faoliyati,Rim klubining "XXI asr yo'li" mavzusidagi tadqiqotlarida ko'rsatilganidek, Yer yuzida tuproq nurashi, o'rmonlardan mahrum bo'lish, baliqlarning haddan tashqari ko'p ovlanishi, tuzli yomg'irlar, atmosfera ifloslanishi, ozon qatlami yemirilishi va hokazolarning ro'y berishiga olib keldi. Shuni ta'kidlash joiz, ijtimoiy taraqqiyotning istiqbolli konsepsiya va nazariyalarini belgilashda aynan, texnika va texnologiyalar o'z ta'sirini o'tkazuvchi asosiy omilga aylandi. Bu jarayonda biotexnologiya alohida o'rin tutgani holda, tabiatni inson qo'li ostidagi vositaga aylantirdi. Agar XVII asrda tabiatga "oqil yaratuvchi tomonidan barpo etilgan organik shakllar katalogi" deb qaralgan bo'lsa, XIX asrda u "tirik mavjudodlarning yashash uchun kurash maydoni" sifatida talqin etildi. Oqibatda tabiatda katta ko'lamdagi ekologik o'zgarishlar yuz bera boshladi va XX asrning boshlarigacha yer yuzidagi ekotizimlarning 20 foizi buzildi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, qisman va to'la buzilgan ekotizimlar hissasi 63 foizdan oshdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mutaxasislarning baholashlaricha, bugun o'rmonlar egallab turgan maydon quruqlikning 1/6 qismigagina to'g'ri keladi, ammo 1950 yilda ular butun yer yuzi quruqlik yuzasining 1/4 qismini tashkil qilgan. Jahon okean suvlarining esa ifloslanish darajasi record natijani tashkil qilib, ular qayta mahsuldorlik sifati esa pasaymoqda. Tez rivojlanayotga urbanizatsiya jarayoni esa shaharlar aglomeratsiyasini eng yirik ifloslanish manbasiga aylantirib ulgurdi. Aynan shu kabi va shunga o'xshash muammolar sababli bugungi kunda jahon ekotizmlarini muhofaza qilish va asrash umumsayyoraviy tadbirlarni va ahamiyatni kasb etmoqda.

Ma'lumki, ekologik inqiroz tushunchasi atrof -muhitga inson ta'sirining ortishi natijasida "tabiat - inson - jamiyat" o'zaro munosabatlarining o'zaro keskinlashuv holatlarini ko'rsatibgina qolmay, insoniyatning ham kelajakda kelishi mumkin bo'lgan insoniylik inqirozini ham ifodalaydi. Jumladan buyuk fizik olim Albert Eynshteny insoniyatning keyingi taraqqiyoti texnikaviy taraqqiyot emas, balki uning axloqiy qadriyatni taraqqiy ettirishga bog'liq ekanligini ta'kidlagani bejizga emas.

1960 yillar oxirida rivojlangan G'arb mamlakatlarida atrof - muhitning ifloslanishiga qarshi kuchli jamoatchilik harakati vujudga keldi, dastlabki ekologik qonunlar qabul qilinib, 1 mingga yaqin ekologiya va rivojlanish masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar tuzildi. 1968 yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes sohasi vakillari "Rim klubi" deb nomlangan nodavlat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

tashkiloti tuzishdi. Rim klubi o'z faoliyatini turli yig'ilishlar simfozium va seminarlar, taniqli olimlar va siyosiy arboblar bilan uchrashuvlarni tashkil etish shaklida olib borib, quyidagi masalalarga o'z e'tiborini qaratdi :

1. Jamiyatga muayyan metodikani taqdim etish orqali, insoniyat oldidagi "qiyinchiliklar"ni tahlil qilish imkoniyatini yaratish va uni amalga oshirish.

2. Turli sohalar va yo'nalishlar kesimida inqirozli holatlarning tahlilini insoniyatga yetkazish (ogohlantirish).

3. Jamiyatga global muvozanatga erishish yo'lida "to'g'ri" yo'l yo'riqlarni ko'rsatish.

Birinchi masala yuzasidan bugungi kunda suvni tejovchi, havoni ifloslanish darajasini aniqlovchi va tozalovchi smart texnologiyalar, o'rmonlarni va tuproq nurashiga qarshi global birlik harakatlari tashkil qilingan.Ushbu maqsadlarni amalga oshirish yo'lida Rim klubi a'zolari 30 dan ortiq ilmiy ma'ruzalarni e'lon qilishdi. Klub a'zolari hozirgi zamon global muammolarini shartli ravishda quyidagi muammolarga ajratishdi. :

1. "Jamiyat - tabiat" tizimidagi jamiyat va atrof muhit o'rtasidagi ziddiyatlar bilan bog'liq muammolar.

2. Jamiyatdagi ichki ziddiyatlar bilan bo'g'liq muammolar (inson - jamiyat tizimi).

Bugungi kunda atrof - muhitni muhoafaza qilish bo'yicha ekologik barqarorlik ta'minlangan dunyoning yetakchi davlatlari bo'lib ular o'zining bir qator metodikalari bilan dunyoda ekologik barqarorlik bo'yicha yetakchilik qilib kelishmoqda. Masalan Kosta - Rika - atrof-muhit va biologik xilma-xillikni muhofaza qilishga katta e'tibor qaratadigan etakchi ekologik barqaror mamlakatdir. Kosta - Rika datslab asosiy eksport tovari yog'och hisoblangan, ularda o'rmonlarni qisqarishi global tus ola boshlagan, keyinchalik Kosta - Rika davlati va hukumati yog'ochlarni kesishdan ko'ra ularni asrash va ekoturizmni rivojlantirishga etibor berdi. Natijada bugungi kunda Kosta - Rika - dunyoning yetakchi ekologik barqaror davlatiga aylandi. Shvetsiya issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o'tish bo'yicha faol chora-tadbirlar ko'rayotgan davlatdir. Norvegiya dunyodagi eng ekologik toza mamlakatlardan biri bo'lib, energiyani tejash va barqaror transport tizimlariga muntazam sarmoya kiritadi.Finlyandiya energiyaning katta qismi qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqariladigan va atrof-muhitni saqlash uchun ko'plab innovatsion texnologiyalar yaratilgan mamlakatdir.

1972 yil mart oyida "Rim klubi" uchun tayyorlangan "O'sish chegaralari" ma'ruzasi e'lon qilindi. Ma'ruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

qilish bo'yicha global model tahlil qilindi. Modelda sayyorada o'sishni va uning chegarasini belgilaydigan besh asosiy omil : aholi soni, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi, tabiiy resusrlar, sanoat ishlab chiqarishi va atrof muhit ifloslanishi asos qilib olindi. Ma'ruzada aholi sonining ortish sur'atlari va istemol modeli o'zgarmasa, keyingi 100 yil ichida chuqur ekologik inqirozlar bashorat qilindi "Rim klubi"ning elon qilingan keyingi global modellarida yangi sharoitlar hisobga olinib, o'sish istiqbollariga ekologik halokat xavfiga qarashlar o'zgardi. Jumladan, 1991 yilda Rim klubi rahbariyati tomonidan klubning birinchi hisoboti - "Birinchi global inqilob" ma'ruzasi tayyorlandi. Ma'ruza ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qism - dunyoda yuz berayotgan o'zgarishlar, global muammolar va ularning salbiy oqibatlari tahliliga bag'ishlangan bo'lsa, ikkinchi qism - insoniyatning eng xavfli "qiyinchiliklari"ni bartaraf etish bo'yicha aniq tavsiyalardan iborat. Jumladan, ma'ruzada "...ko'pchilik mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tishi iqtisodiy sohadagi muhim o'zgarishlardan biri sifatida baholansada, jamiyatdagi munosabatlarning faqat bozor imkoniyatlari asosida amalga oshirilishiga asoslangan mexanizmining yakka o'zi energetika muammolari, atrof - muhit muhofazasi, ijtimoiy adolat va boshqa ko'plab masalarning yechimini topishga qodir emas. Bu jarayonda davlatning roli muhim", - deya ta'kidlanadi.

Rim klubi faoliyatini tahlil qilar ekanmiz, klubning dastlabki yillardagi o'rtaga tashlangan fikrlari oradan o'tgan qisqa vaqt ichida o'z tasdig'ini topdi. Jumladan , 1992 yilda klub a'zolarining 20 yillik izlanishlari natijasi elon qilinib, unda nafaqat dastlabki xulosalar tasdiqlanganligi, balki insoniyat bu davrga kelib, o'sish chegarasi doirasidan chiqib bo'lganligini bayon qilindi. 2004 yilda esa insoniyatning "o'sish chegaralari" masalasiga bag'ishlangan kitobning uchinchi nashri chop etildi. Unda 30 yil oldin o'rtaga tashlangan gipotezalar, ijtimoiy hayotning turli jihatlarini aniqlab beruvchi omillarga aylanganligi bayon etilgan.

1972 yil 5 iyunda Stokgolmda BMTning Atrof - muhit bo'yicha birinchi Umumjahon Konferensiyasi o'tkazildi. Unda 113 ta davlat vakillari qatnashdilar. Konferensiyada ekologik yo'naltirilgan ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish g'oyasi ilgari surilgan bo'lib, unga ko'ra aholi turmush darajasining ortishi yashash muhitining yomonlashishi va tabiiy sistemalarning buzulishiga yo'l qo'ymasligi lozim. Konferensiyada 5 ta muhim qaror va hujjatlar qabul qilindi. Bular : Stokgolm deklaratsiyasi; Tadbirlar rejasi,UNEPni tashkil etish to'g'risidagi tavsiyanoma; Butunjahon atrof - muhit bo'yicha jamg'armasi tashkil etilishi va 5 iyunni "Butunjahon atrof - muhit kuni" deb elon qilinishi.

Dunyoda XX asr ikkinchi yarmida atrof - muhitni asrash va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning integratsiyasi ekologik muammolarni global miqyosda anglashning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

boshlanishidan "Barqaror rivojlanish yo'liga" o'tish jarayonlari orqali nomoyon bo'ladi. Sayyoramizda atrof - muhit muammosi nazariyasi bilan bog'liq holda uning ijtimoiy - falsafiy muammolari ham rivojlanib bordi.

Ishlab chiqarishda tabiiy resurslardan toboro ko'proq foydalanilishi va ularning kamayib ketish xavfi ko'rina boshlagan sayin tabiatni muhofaza qilish tushunchasi va tabiatni muhofaza qilish vazifasi kengayib bordi va XX asrning o'rtalariga kelib tabiatni muhofaza qilish kishilik jamiyatining muhim vazifalaridan biriga aylandi. Ekologik muammolar global tus olgan bir sharoitda, Markaziy Osiyo davlatlari misolida Sovet Ittifoqida bu muammoga "sinfiylik" nuqtai nazaridan yondashuv mustahkam o'rin olgan bo'lib, ekologik inqiroz faqat kapitalistik dunyoga xos xususiyat bu muammolar sotsiolistik davlatlarda paydo bo'lmaydi degan qarash bilan yashalgan. Ko'pgina tarixiy tadqiqotlarda ekologik jihatlar nomoyon bo'lsada, ular ikkinchi darajali hisoblanib, tabiatga falsafiy tadqiqotlar obyektidan tashqaridagi voqelik sifatida qaralgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Global barqarorlik bo'yicha say harakatlar o'tgan asrning yarmidan boshlanib bugungi kunda olib borilgan to'g'ri ishlar natijasida o'zining samarasini bermoqda. Ekologik inqiroz va tahdidlar o'zining ko'lami va insoniyatga keltiradigan ta'sirlariga ko'ra mintaqaviy va global ko'rinishni hosil qilib, bu esa insoniyatni birgalikda harakat qilishga chaqiryapti. "Rim klubi" tomonidan ishlab chiqilgan gipozelaraning bugungi kundagi o'z tasdig'ini topishi ham aynan insoniyatning "jamiyat - tabiat -inson" uchligining birgalikdagi mutanosibligini ta'minlashdagi umumjahon xarakterni kasb etishini ko'rsatyapti. O'zbekiston sharoitida ekologik global barqaror rivovlanishni ta'minlashda quyidagi tendensiyalarni ilgari surish va istiqbolini ta'minlash zarur :

- issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va barqaror texnologiyalarni rivojlantirish bo'yicha milliy darajada choralar ko'rish.

- tabiiy resurslarning ulkan zahiralarisi asrash, bioxilma-xillikni saqlash va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, aholi ekologik savodxonligini oshirish va ekologik madaniyatni kuchaytirish.

- qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarishni kuchaytirish, ular suvni tozalash va chiqindilarni yo'q qilish bo'yicha zamonaviy metodikalarni ishlab chiqish va qo'llash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Karimov I. O'zbekiston XXI asr bo'saga'sida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.- Toshkent;O'zbekiston, 1997. - B .11

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

2. Лосев А.В., Провадкин Г.Г. Социальная Экология. - М.: Гуманит.изд.центр.Владост, 1998. - С.66

3. Tursunov X.T, Raximov T.U. Ekologiya. Toshkent. Chinor ENK, 2006. - B. 129.

4. Einstein A. The World As I See It. New York: Quality Paperback Books, 1990. -P.44

5. Римский клуб/Club of Rome/. (www.ecoteco.ru)

6. Davletov S.R. XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshida O'zbekistondagi ekologik vaziyat va uning ijtimoiy muammolari.Dissertatsiya. Urgench, 2018. - B.21

7. Гвашиани Д.М. Пределы роста - первый доклад римскому клубу (www.alt-future.narod.ru)

8. Meadows D. et.al.The Limits to Growth.A.Report for the Club of Rome's Project on Predicament of Mankind. - N.Y.,1975. - P.29.

9. Кинг А. Шнайдер Б. Первая глобальная революция. Доклад Римского клуба.-М.:Политике,1991. - С.39

10. Медоуз Д. и др. Предели роста 30 лет спустя. Пер.с англ.М.:ИКЦ Академкнига, 2007. - С.7.

11. Nig'maltov A. O'zbekiston Respublikasi ekologiya huquqi.-Toshkent:TDYI,2004.-B.248.

12. Alixanov B. Samoylev S. Ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va tubdan yaxshilashni ta'minlash. 09.06.2015// www.eco.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.