Научная статья на тему 'XX ASR RASSOMLARI IJODIDA TEMURIYLAR DAVRI ILM-FAN RAVNAQINING AKS ETISHI'

XX ASR RASSOMLARI IJODIDA TEMURIYLAR DAVRI ILM-FAN RAVNAQINING AKS ETISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Movarounnahr / rassom / astranomiya / tarix / rasadxona / tasviriy san’at / janr / madrasalar / davr / maktab / miniatura / portret / shahzoda / ilm-fan / rangtasvir / kompozitsiya / muzey / san’at / fond / me’morchilik. / Movarounnahr / painter / astranomiya / history / Observatory / fine arts / genre / madrasas / period / School / miniature / portrait / Prince / science / painting / composition / Museum / Art / Foundation / architecture.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — N.I.Mirjonova

Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan rivoji va uning XX asr rassomlari tomonidan tasviriy san’atda aks etishi haqida soʻz yuritilgan. Xususan, Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan tasviriy san’at asarlari “Amir Temur ilm-fan homiysi”, “Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi rasadxonada”, “Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro” kabi bir qator asarlarda g‘oya, xis-tuyg‘u, mazmun, shakl va kompozitsiyaning oʻrni va ularning qoʻllanilishi, perspektiva, rang, nur-soya, yorug‘lik kabi badiiy echim vositalarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, san’atshunoslik nuqtai nazaridan tahlillar, tasniflar, shu bilan birga asar mualliflarining ijodini oʻrganish boʻyicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFLECTION OF SCIENCE IN THE TEMURID PERIOD IN PAINTERS CREATIVITY OF THE 20th CENTUARY

This article talks about the development of science during the reign of Amir Temur and the Temurids and its reflection in visual art created by artists of the 20th century. Also, the works of visual art kept in State Museum of the Temurid History: “Amir Temur patron of science”, “Mirzo Ulukhbek and Ali Qushchi in the observatory”, “Alisher Navoi and Hussein Boiqaro” in a number of works such as “presenting”, the meaning of idea, felling, content, form and composition and their application, the importance of artistic solution tools such as perspective, color, light, shadow, lighting are highlighted. As well as analyzes and classifications from the point of view of art studies, at the same time, information on the creative learning of the authors of the work is presented.

Текст научной работы на тему «XX ASR RASSOMLARI IJODIDA TEMURIYLAR DAVRI ILM-FAN RAVNAQINING AKS ETISHI»

иI)К 75.049:001(5-191.2)653

XX ASR RASSOMLARIIJODIDA TEMURIYLAR DAVRI ________________________ILM-FAN RAVNAQINING AKS ETISHI_________________________________

N.I.Mirjonova*

Kalit so ‘zlur: Movarounnahr, rassom, cistranomiya, tarix, rasadxona, tasviriy san 'at, jam, madrasalar, daw, maktab, miniatara, portret, shahzoda, ilm-fan, rangtasvir, kompozitsiya, muzey, san 'at, fond, me ’morchilik.

Ilm-fan va madaniyat aksari musulmon olamida yangidan gurkirab rivojlanishi Amir Temur nomi va faoliyati bilan uzviy bogTiqdir. 0‘sha davrda Markaziy Osiyoda ilmiy va adabiy faoliyat uchun qulay sharoit yaratilganligi tufayli kcfplab olimlar bu yerda xotirjam yashab, barakali ijod qildilar.

Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fanga bcflgan qiziqishning cfsishi ma’naviy madaniyatning umumiy yuksalishiga, ishlab chiqarish va hunarmandlikning cfsishiga yordam berdi. Ayni vaqtda irrigatsiya, shaharsozlik, me’morlikning ildam rivojlanishi fandagi turli yo‘nalishlaming yuksalishiga turtki bo‘ldi. Tarix fani Amir Temur hayotligidayoq ravnaq topdi [1,51-52b], Temur va Temuriylar davrida tarixiy majmualar yozish keng tarqalgan boTib, ularda o‘sha davrning qaror topgan an’analariga muvofiq dunyo yaratilishidan to asar yozilgan davrgacha bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar sana tartibida berilgan. Hirotlik tarixchi Fasih Axmad ibn Jaloliddin Muhammad al-Xavofiy (1375-1442) qalamiga mansub, 1442 yilda yozilgan “Mujmali Fasihiy” asari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Asaming oxirgi qismida muhim tarixiy voqealar, atoqli davlat arboblari, o‘sha davrning mashhur olimlari, shoirlari to‘g‘risida qisqacha maTumot berilgan. Unda eng yirik qurilishlar, inshootlar masjid va madrasalar, xonaqohlar va saroylar, bog‘ va karvonsaroylar, hammomlar xususida hikoya qilingan. Temur va uning avlodlari hayoti, faoliyati, shajarasiga oid maTumotlar ham berilgan.

Xondamir nomi bilan mashhur Xumomiddin Muhammad Hirotda tug‘ilib, ta’lim olgan. Xondamir Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va Humoyun saroyida xizmat qilgan. U tarixga o‘zining o‘n uch asari bilan kirib kelgan, lekin ulardan atigi sakkiztasi, shu jumladan uning mashhur “Xulosat al-axbor fi bayon al-ahvol al- axyor”, “Habib us-siyar fi axbor va afiroz al-bashar” asarlari bizgacha etib kelgan [2, 156 b], Ularda olimlar (tarixchi va matematiklar, astronom va tabiblar, qonunshunos va din ahli, shoir va yozuvchilar, san’at arboblari va xattotlar, rassom va musiqachilar, sozandalar) to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berilgan. Xondamir o‘z asarlarida Temur va Temuriylar Xorazm, Hirot, Balx va boshqa shaharlarda amalga oshirilgan qurilish hamda ta’mirlash ishlarini yoritishga katta e’tibor bergan.

Amir Temur buyuk bunyodkor va san’at homiysi bo‘lgani, uning bu sohadagi an’analarini avlodlari Mirzo Ulug‘bek, Boysung‘ur Mirzo, Sulton Xusayn Mirzo, Zaxiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davom ettirgani 1987 yilda Amerikada yuksak matbaa usulida chop etilgan, Tomas Lens va Glen Laurining to‘rt yillik mehnati samarasi boTgan albom-tadqiqoti: „Amir Temur va shahzodalar qarashi: XV asr san’at va madaniyati" nomli fundamental asarida juda yorqin ifodalangan. Bu asar temuriylar davri san’ati va madaniyati jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganini yanabir karra tasdiqlaydi [3, 1 lb].

* Nodira Ilhom qizi Mirjonova - Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi.

Astronomiya va Matematika sohasida erishilgan buyuk muvaffaqiyatlar Temuriylar davlatiga katta shuhrat keltirdi. Bu shuhrat, birinchi navbatda, Ulug‘bek nomi bilan bog‘liqdir. Ulug‘bek Movarounnahrda ilm-fanni tashkil etish borasidagi faoliyati bilan musulmon olami ko‘plab olimlarining diqqat-e’tiborini o‘zigajalb etdi. Qozizoda Rumiy ham shujumladan [2, 336 b], Kichik Osiyoda, Mannar dengizi janubidagi Bursa shahrida (taxminan 1360 yilda) tug‘ilgan bu olim dastlabki maTumotni ona shahrida olgach, Shamsiddin Fanoriydan matematika va astronomiyadan saboq oldi. Qozizoda Fanoriydan Xuroson va Movarounnahr matematiklari hamda astronomlarining shuhrati to‘g‘risida ko‘p hikoyatlarni eshitdi, taxminan yigirma yoshida (XIV asr 80-yillarining boshlari) ona shahrini bir umrga tark etib, sharqqa yo‘l oldi [4, 186b], Manbalarda Qozizoda Rumiy Ulug‘bekni ilk bor qachon ko‘rganligi xususida maTumot yo‘q. Lekin Ulug‘bek o‘zining “Z ” asariga yozgan muqaddimasida uni ustozim deb ataydi [5, 32b], 1413 yilda, Ulug‘bek Movarounnahr hukmdori bo‘lgandan keyin, ustozini Hirotdan Samarqandga olib keldi va u umrining oxirigacha shu yerda qoldi. Ulug‘bek madrasasi binosi va rasadxonasi Qozizodaning bevosita ishtirokidabarpo etildi [2, 157b],

Qozizoda Ulug‘bek madrasasida dars berishdan tashqari ilmiy ish bilan ham shug‘ullangan, rasadxonada kuzatishlar olib borgan. U astronomiya va matematika bo‘yicha bir qancha mashhur asarlar yaratdi. Ular orasida quyidagi ikki asar ayniqsa katta shuhrat qozondi.

Qozizoda Rumiyning birinchi asari “Sharh askol at-ta’sis” bo‘lib, unda Rumiy Samarqandlik olim Shamsiddin ibn Muhammad as-Samarqandining (XIII asr) geometrik risolasiga izlar bergan. Bu risola Movarounnahr madrasalarida geometriya bo‘yicha darslik vazifasini o‘tardi. Mazkur izoh yuzasidan ko‘plab qo‘lyozmalar saqlanib qolgan.

Qozizodaning ikkinchi asari “Sharx al-mulaxxas fi-l-xay’a va-nujum” Xorazmlik olim Maxmud ibn Umar al-Chag‘miniy (1220 yilda vafot etgan) risolasiga yozilgan sharhdir. Qozizoda shu asar asosida Ulug‘bek madrasasida astronomiyadan dars berardi. Asaming ruscha taijimasi chiqqan [6]. Mazkur asar keng tarqalgan bo‘lib, dunyoning ko‘pgina kitob xazinalarida saqlanmoqda.

Mirzo Ulug‘bek 0‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pog‘onasiga olib chiqdi. Uning qilgan eng buyuk ishi - Samarqand ilmiy maktabini o‘sha davr akademiyasini barpo etganligi bo‘ldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy edi. Ulug‘bekning ilmiy maktabi o‘z faoliyatida o‘rta osiyolik mashhur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abul Abbos al-Javhariy, Ibn Turkal-Xuttaliy, Xolid al-Marvarudiy, Ahmad al-Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylar boshlab bergan ilmiy an’anaga asoslanar edi. Ulug‘bek Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi. Ulug‘bek akademiyasidagi yirik olim Ali Qushchini “Zij”ining so‘z boshisida “farzandi arjumand”, ya’ni “aziz farzandim” deydi. Aslida u Ulug‘bekning sadoqatli shogirdi bo‘lib, “Zij” ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan. Ulug‘bek Samarqandda ikkita madrasa: biri Registon ansambli tarkibida va ikkinchisi Go‘ri Amir ansambli tarkibida barpo qilgan. Boshqa yirik olimlar qatorida Ulug‘bekning o‘zi ham bu madrasalaming har birida haftada bir marotaba ma’ruza o‘qigan. Boshqa vaqtini ko‘proq astronomik kuzatishlarga, “Zij” ustida ishlashga va davlat ishlariga bag‘ishlagan. Ulug‘bekning yana bir matematik asari “Risolai Ulug‘bek” deb ataladi va uning bir nusxasi Hindistonda Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi, hali o‘rganilmagan. Balki u ham ham hisoblash matematikasiga aloqadordir [7, 174b],

“Mirzo Ulug'bek va Ali Oushchi rasadxonada” 1996 yili rassomlar M.Azlarxo‘jaev, B.Olimjonov va SH.Baxriddinovlar katta hajmdagi asar yaratdilar, asar 0‘zR FA Temuriylar davlat muzeyida saqlanmoqda.

Asar moybo‘yoq bilan sintetik grunt ishlov berilgan matoga chizilgan. Katta o‘lchamli ushbu san’at asarida syujet va shakl, shuningdek, kompozitsion yechim uyg‘unligi yaqqol seziladi, Ulug‘bek maktabining olimlari-astronom, matematik va faylasuflar muhiti yaxshi ko‘rsatilgan. Kartina markazida Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi tasvirlangan. Ular kompozitsiyaning oltin kesishuvidan bir oz o‘ngda joylashtirilgan. Hajm jihatdan katta bo‘lgan bu asarda kompozitsiya shakli va syujeti uyg‘un holda idrok etiladi. Unda Mirzo Ulug‘bek maktabiga mansub bo‘lgan astronom,

104

matematik va faylasuf olimlar ishlagan muhit aniq tasvirlab berilgan. Mirzo Ulug‘bekning qomati tomoshabinga nisbatan to‘rtdan uch qismda burilib turibdi. U qo‘llarini orqaga qilib o‘zining birodari va shogirdi Ali Qushchining gaplarini o‘ychan va diqqat bilan tinglayapti. Hukmdoming qomati o‘zining ulug‘vorligi, botiniy quvvati va afzalligi bilan tasavvur uyg‘otadi. U shogirdining barcha savollariga o‘ylab javob berayotganligini his qilish mumkin. Mirzo Ulug‘bekning boshida chetlari naqshlangan pat qadalgan oq salla. U yirik oltinsimon islimiy naqshlari tushirilgan och zumrad rangdagi shohona choponda tasvirlangan. Libosning etaklari qizil oq rangli marmar yotqizilgan polga yirik buklamlari bilan tegib turibdi. Ali Qushchi pushti shoyi xalat kiygan. U o‘ng qo‘lida yulduzlar jadvali tushirilgan katta, och yashil rangdagi kitobni ushlab turibdi. Boshqa qo‘li yuqoriga ko‘tarilgan. Ko‘rsatkich barmog‘i ishorasidan u hukmdorga matematik hisob-kitoblar yoki yangi astronomik kashfiyotga tegishli bo‘lgan muhim axborot beryapti.

Kartinaning old burchagidagi naqshinkor yog‘och kursida Mirak Chalabiy o‘tiribdi. U belbog‘ bogMangan uzun shoyi libosda tasvirlangan. Shuningdek u tungi osmon haqida ma’lumot bo‘lgan planshetdan axborotlami qog‘ozga ko‘chirib yozyapti. Planshetni esa moviy libos kiygan Jamshid Koshiy ushlab turibdi. Kichikroq, pastak stolda qo‘lyozmalar va Mirzo Ulug‘bekning eng yaxshi ilmiy asarlaridan biri “Astronomiya bo‘yicha risola” asari yotibdi. Asarning ichkarisidagi kitob jovoni yonida uch olim sekingina suhbat quryapti. Ulardan ikkitasi oq matodan arabcha kiyimda. Guruh o‘rtasida turgan olim chuqur o‘yga cho‘mgan.

Observatoriyaning ichki tomoni sirli sopol koshinlar bilan bezatilgan. Bezaklari asosan o‘simlik va geometrik shakllarda. Devorlar mehrobiga astronomik asboblar, qo‘lyozmalar va kitoblar uchun tokchalar qilingan. Rasadxonaning ichki tomonidagi chap burchakda zarlangan taglikka globus o‘matilgan. Globus ikkita tillasimon metall bilan ikssimon shaklda o‘ralgan. Yog‘och loklangan panjara ortidagi maydonda rasadxonaning birinchi qavatiga tushadigan zinapoya o‘rnatilgan, u olimlar tungi osmondagi yulduzlar va sayyoralar kuzatadigan yuqori maydonga olib chiqadi. Rasadxona binosi Samarqand shahrining shimoliy-sharqidagi Ko‘xak tepaligida Obi Rahmat arig‘i yonida joylashgan va XV asming noyob arxitektura asarlaridan biri hisoblanadi. Rasadxona o‘ttiz metrdan ortiqroq balandlikdagi uch qavatli bino bo‘lgan edi va bu yerda yulduz va sayyoralar tadqiq etilar edi. U yerda o‘z o‘lchamlariga ko‘ra inshoot va kvadrant bo‘lgan, manbalar darak berishicha qirq metr diametrli juda katta sekstant qurilgan edi. Rasadxonaning pastki qismida balandligi 11 metrdan iborat kvadrant bo‘lgan.

Mirzo Ulug‘bekning vafotidan keyin rasadxonadagi uning ishini yana bir necha o‘n yilliklar davomida uning sodiq shogirdlari Muhammad Ali Qushchi va Mirak Chalabiy davom ettirdilar.

M.Azlarxo‘jaev, B.Olimjonov, Sh.Baxriddinovlaming “Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi rasadxonada” asarigacha mazmunan asosli, ranglarga boy va ijro texnikasiga ko‘ra yaxshi asar bo‘lgan emas. Keyinroq Leonardo da Vinchining (1452-1519) ranglar to‘g‘risidagi “Ranglar qonuniyatlari” risolasidan o‘rin olgan yorug‘lik havo, shuningdek, - rang - havo perspektivasi ham mazkur asarda yaxshi berilgan. Ushbu asami 0‘zbekiston tasviriy san’atidagi tarixiy janrning yangi, muhim bosqichi deb hisoblash mumkin. U tasviriy san’atning tarixiy janrida yaratilgan mumtoz namunalarning barcha talablariga har tomonlama javob beradi. Ushbu asarni 0‘zbekiston tasviriy san’atidagi tarixiy janming yangi, muhim bosqichi deb hisoblash mumkin. “Mirzo Ulugbek va Ali Qushchi rasadxonada” asarini tarixiy haqqoniyligi va falsafiy mazmuniga ko‘rajahon tasviriy san’ati tarixidan munosib o‘rin olgan italyan rassomi Rafael Santining (1483-1520) “Afina maktabi” (1508) asari bilan qiyoslash mumkin. Zero, “Afina maktabi” asarida ham har bir siymo biror fanning majoziy timsoli sifatida: qadimgi yunon olimlari Sukrot (Sokrat, mil. av. 470/469-399) va Aflotun - (Platon, haqiqiy ismi Aristokl, mil. av. 427-347) falsafani, Evklid (Evklid, mil. av. Ill asr) matematika va geometriyani tasvirlanadi.

Asarda qahramonlar va ular orasidagi munosabat haqqoniy tasvirlangan, ya’ni unda muhrlangan holat tarix haqiqatiga mosdir. 0‘zbek tasviriy san’atining tarixiy janrida yaratilgan “Mirzo Ulugbek va Ali Qushchi rasadxonada” asarida mualliflar tomonidan 0‘zbekiston amaliy (dekorativ) san’atining an’analari qayta o‘zlashtirilib, G‘arbiy Evropa rassomlik maktablarining

tasviriy san’at asarlarini yaratish tamoyillaridan a’lo darajada foydalanilgan va tatbiq qilingan [8, 77b],

“Amir Temur ilm-fcm homiysi” rassom R.Rizomuhammedov tomonidan ishlangan ushbu asarda Sohibqiron bir qator fan fidoiylari orasida tasvirlangan. Tasvir markazida Amir Temurning qo‘l qovushtirib turgan holati kcfrsatilgan. Uning nigohida: Barcha qilgan ishlarim mendan keyingi avlodlarim uchun degan fikmi o‘qish mumkin. Uning qarshisida esa turli me’morlar, olimlar qog‘oz, qalam bilan aks ettirilgan. Amir Temurning orqasida, hamda tashqarida ikki-uch soqchilar bor. Sohibqironning qarshisidagi xon taxta ustida esa qaysidir bir imoratning loyihasi turibdi. Amir Temur va olimlar aftidan shu imorat qurilishi ustida bahs-munozara qilishmoqda.

Shu o‘rinda aytish joizki, Amir Temur olimlarga mehribon bo‘lib, sayyidu shariflami o‘ziga yaqin tutar va qadrlar edi. Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. U davlat ahamiyatiga ega boTgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi. Odatda, u tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot ilmi namoyandalari, shuningdek, ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar o‘tkazardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va ma’naviyat ahliga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi haqida shunday degan: ”Agar Temur qayerda fan, madaniyat va san’at ahlini uchratsa, ulami o‘z homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom ko‘rsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan o‘z oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi”. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur “Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yeming ham zoe boMishini ravo ko‘rmasdi”. Tarix bu ko‘hna dunyoda o‘tgan ko‘p jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bu borada L. Keren: “Bir tomonda butun-butun shaharlarni zabt qiluvchi fotih Temur bo‘lsa, ikkinchi tomonda obidalar, madrasalar va bogTar barpo ettiruvchi bunyodkor Temur turardi. Bir tomonda qattiqqo‘l Temur tursa, ikkinchi tomonda ilm ahlini qo‘llab-quvvatlab, himoyasiga oladigan ma’rifat peshvosi - Temur turar edi” deb yozgan. Bugun ma’rifatli Movarounnahr ruhi, Temuriylar davrida fan va san’atning gullab-yashnagani Yevropada uyg‘onish jarayoniga xayotbaxsh ta’sir etganini, umumjahon taraqqiyotiga ko‘maklashganini anglab faxrlanamiz [7, 36-3 7b],

“Alisher Navoiy va Hiisayn Boyqaro”. Ushbu asar rassom T.Sa’dullaev qalamiga mansub boTib, tarixiy-maishiy janrga xosdir. Asar markazida saroy hovlisidagi taxtda Xusayn Boyqaroning diqqat nazari bilan o‘tirgan holati tasvirlangan. Uning qarshisida esa Alisher Navoiy navbatdagi yozilgan asarini do‘sti hisoblanmish, HusaynBoyqarogataqdim etish uchun olib kelgani ko‘rsatilgan. Asaming pastki tomonida esa kanizak sozandalarning kuy chalayotganlari aks ettirilgan. 0‘ng tomondagi bir kanizak qo‘lida meva to‘la lagan bilan tasvirlangan. Chap tomonda esa bir yigit qo‘lida kitob ushlab turibdi. Orqa fonda esa chiroyli tabiat manzarasi tasvirlangan.

Temuriylar saltanatida - Movarounnahrda Ulug‘bek boshchiligida ilm-fan va XV asrning oxirgi choragida Xurosonda Alisher Navoiyning sa’y-harakati bilan madaniy hayotda katta o‘zgarishlar yuz berdi, ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha sermazmun ilmiy meros yaratildi. Temuriylar miniatura san’ati Hirotda Husayn Boyqaro hukmdorligi va uning benazir vaziri Alisher Navoiy faoliyat olib borgan vaqtda yuksak rivoj topdi.

Alisher Navoiy asarlarida qator ezgu g‘oyalar olg‘a surilgan. Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham, g‘oyaviy-badiiy kamolot jihatidan ham yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. 0‘zbek adabiy tili shakllandi. 0‘zbek nazmi va nasrida o‘ziga xos “xuroson uslubi” paydo bo‘ldi [9,232b],

“Mirzo Ulug'bek bobosiga kitob taqdim etmoqda” (23-rasm) K.Nuriddinov Ushbu asarda yoshgina Mirzo Ulug‘bekning, bobosi hisoblanmish Amir Temurga kitob taqdim etayotgan holati tasvirlangan. Asar markazida, taxtda Amir Temur o‘tiribdi. Nigohlarida faxr tuyg‘usi aks etgan. Chap tomonida Bibixonim turibdi. Pastda esa saroy a’yonlari ko‘rsatilgan. Sohibqiron qarshisida chamasi 6-7 yoshdagi Mirzo Ulug‘bek qoTida katta bir kitobni ushlab turibdi.

Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eron Ozarbayjonidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan. Buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. U Shoxrux Mirzoning

106

to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi. Sohibqironning “besh yillik” yurishida (1392-1396) Iroqdagi Mordin qal’asini qamal qilish chog‘ida tug‘ilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib Ulug‘bekning tug‘ilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham xukmdor boTishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qal’asi qamalini to‘xtatib, uning xalqiga yuklangan to‘lovni bekor qiladi. Uning o‘z nabirasiga Muhammad Tarag‘ay va Ulug‘bek deb ism qo‘yganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bogTash mumkin.

Amir Temur Ulug‘bek tarbiyasiga alohida e’tibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixoning qayd etishicha, Ulug‘bek bobosining xorijiy elchilami qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. Ulug‘bek bolalik yillarida buvisi Saroymulkxonim tarbiyasida boTgan. Ulug‘bekning nomi Yevropada va umuman G‘arb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temurning shuhrati tufayli ancha ilgari maTum bo‘lgan. Yevropa Amir Temur va uning oila a’zolari haqida birinchi boTib Samarqandga 1403-1405 yillar sayohat qilgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixodan eshitgan. Klavixoning “Kundaliklar”i 1582 yil Sevilyada va 1607 yil Parijda nashr etilganidan so‘ng yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila a’zolari bilan qiziqqanlar. Ulug‘bek nomi XVII asr boshidanoq (1601 yildan) Amir Temurga bag‘ishlangan asarlarda eslatiladi. Yaqin yillargacha Ulug‘bek faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin XX asr oxirida uning ijodi serqirrabo‘lib, u tarix, she’riyat va musiqabobida ham qalam tebratgani aniqlandi. Bu benazir alloma o‘zida minglab yulduzlaming harakatini jamlagan mukammal astronomik jadvalni yaratdi. Ushbu jadvalda zikr etilgan ilmiy maTumotlarning naqadar aniq va to‘g‘ri ekanini bugungi eng zamonaviy asboblar ham tasdiqlaydi. Ulug‘bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyatining poydevoriga qo‘yilgan tamal toshlaridan biri bo‘lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlami rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berilganini ko‘rsatadi [7, 176b],

Adabiyotlar:

1. Бартольд B.B. Улугбек и его время. С. 51-52.

2. Amir Temur jahon tarixida / Mas’ul muharrir: R. Qosimov. Mualliflar jamoasi: S. Saidqosimov (rahbar), A.Axmedov, B.Ahmedov vaboshq. T.: «Sharq», 2006. 336 b.

3. Rahimov J. Adolat va qudrat timsoli (Amir Temur): [Matn]/J. Rahimov. Toshkent: 0‘qituvchi NMIU, 2017. -384 b.

4. SolihZakiy. Osori boqiya. T.I, Istambul, 1911, s.186.

5. Улугбек Мухаммад Тарагай. Зидж. Новый гурагановы астрономические таблицы / Вступит, статья, пер., коммент. И указ. А.А. Ахмедова. Ташкент, 1994, s. 32.

6. Казн Заде Руми. Комментарий на «Компендий Чагмини астрономия» / Предисл., пер. с араб. И премии. П.Г. Булгакова.Ташкент, 1993.

7. B.A.Matlyubov. Sh.R.Qobilov, M.A.Rustamov. “Buyuk siymolamingboqiy qudrati” Toshkent.: 0‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017,- 240 b.

8. Ulug‘bek Mamatov. XX asr oxiri - XXI asr boshi o‘zbek tasviriy san’atida Temuriylar davri ilm-fan taraqqiyotining in’ikosi. 77 b. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat/to‘plovchi A.Sharipov; mas’ul muharrir N.Habibullaev. Akademnashr, 2013. - 232 6. Toshkent:

9. Qurbonova D. Temuriylar davri kitobat san’ati va xorijiy muzeylarda saqlanayotgan Alisher Navoiy asarlariga ishlangan ba’zi miniaturalar xususida. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat/to‘plovchi A.Sharipov; mas’ul muharrir N.Habibullaev.Toshkent: Akademnashr, 2013. - 232 b.

“XXASR RASSOMLARIIJODIDA TEMURIYLAR DA VRI ILM-FAN RA VNA QINING AKS ETISHI

Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida ilm-fcm rivoji va wring XX asr rassomlari tomonidan tasviriy san ’atda aks etishi haqida so ‘z yuritilgcm. Xususcm, Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan tasviriy san 'at asarlari “Amir Temur ilm-fan homiysi ”, “Mirzo Ulug'bek va Ali Oushchi rasadxonada”, “Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro” kabi bir qator asarlarda g‘oya, xis-tuyg‘u, mazmun, shakl va kompozitsiyaning о‘mi va и laming qo'llanilishi, perspektiva, rang, nur-soya, yorughk kabi badiiy echim vositalarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, san ’atshunoslik naqtai nazaridan tahlillar, tasniflar, shu bilan birga asar mualliflarining ijodini о ‘rganish bo ‘yicha та ’lamotlar kelhrilgan.

ОТРАЖЕНИЕ НА УКИ ПЕРИОДА ТЕМУРИДОВ В ТВОРЧЕСТВЕ ХУДОЖНИКОВ XX ВЕКА

В данной статье говорится о развитии науки в период правления Амира Темура и Темуридов и ее отражении в изобразительном искусстве, созданном художниками 20 века. Также в Государственном музее истории Темуридов хранятся произведения изобразительного искусства: «Амир Темур покровитель науки», «Мирзо Улугбек и Али Кушчи в обсерватории», «Алишер Навои и Хусейн Бойкаро» в ряде произведений типа «изложение», смысл идеи, вырубки, содержания, формы и композиции и их применения подчеркивается значение таких средств художественного решения, как перспектива, цвет, свет, тень, освещение. А также анализы и классификации с точки зрения искусствоведения, одновременно представлены сведения о творческой образованности авторов произведения.

REFLECTION OF SCIENCE IN THE TEMURID PERIOD IN PAINTERS CREATIVITY OF THE 20th CENTUARY

This article talks about the development of science during the reign of Amir Temur and the Temurids and its reflection in visual art created by artists of the 20th century. Also, the works of visual art kept in State Museum of the Temurid History: “Amir Temur patron of science ”, “Mirzo Ulukhbek and Ah Oushchi in the observatory ”, “Alisher Navoi and Hussein Boiqaro ” in a number of works such as “presenting”, the meaning of idea, felling, content, form and composition and their application, the importance of artistic solution tools such as perspective, color, light, shadow, lighting are highlighted. As well as analyzes and classifications from the point of view of art studies, at the same time, information on the creative learning of the authors of the work is presented.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.