Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEK YARATGAN MAKTAB VA UNING FAOLYATI HAQIDA'

MIRZO ULUG‘BEK YARATGAN MAKTAB VA UNING FAOLYATI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Altiboyev Y.E.

Dunyo ilm faniga sharqning ikkinchi renessansi deya ta’rif bilan kirgan XIV – XV asrlarda ijod etgan mutafakkir-u, allomalar orasida temuriy hukmdor Mirzo Ulug‘bek ham bor edi. Amir Temurdagi ilm-fan, san’atga bo‘lgan e’tiborni farzand va nabiralarida ham ko‘rish mumkin. XV asr boshida Samarqandda Movarounnahr taxtini shoh va olim Mirzo Ulug‘bek (1409-1449) boshqardi. Bu davrda Samarqand yirik siyosiy, ilmfan, madaniy markazga aylandi. Ulug‘bek olim, ma’rifatparvar sifatida ilm-fanga katta e’tibor berib, Samarqandda yirik olimlarni jamlashga urindi. Samarqand, Buxoro, G‘ijduvonda ko‘plab madrasalar qurdirdi. Mirzo Ulug‘bek davlat ishlari bilan birgalikda ilm-fan homiysiga ham aylandi. U astronomiyaga oid “Ziji jadidi ko‘ragoniy”, tarix fani ilmiga oid “Tarixi arba ulus” kabi asarlarni yozib qoldirdi. Ulug‘bek o‘z navbatida bir qancha shaharlarda ilm-fan ahliga o‘z bag‘rini ochgan “Madrasalar bunyodkori” deyish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEK YARATGAN MAKTAB VA UNING FAOLYATI HAQIDA»

MIRZO ULUG'BEK YARATGAN MAKTAB VA UNING FAOLYATI

HAQIDA

Altiboyev Y.E.

talaba,

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11167069 Dunyo ilm faniga sharqning ikkinchi renessansi deya ta'rif bilan kirgan XIV -XV asrlarda ijod etgan mutafakkir-u, allomalar orasida temuriy hukmdor Mirzo Ulug'bek ham bor edi. Amir Temurdagi ilm-fan, san'atga bo'lgan e'tiborni farzand va nabiralarida ham ko'rish mumkin. XV asr boshida Samarqandda Movarounnahr taxtini shoh va olim Mirzo Ulug'bek (1409-1449) boshqardi. Bu davrda Samarqand yirik siyosiy, ilm- fan, madaniy markazga aylandi. Ulug'bek olim, ma'rifatparvar sifatida ilm-fanga katta e'tibor berib, Samarqandda yirik olimlarni jamlashga urindi. Samarqand, Buxoro, G'ijduvonda ko'plab madrasalar qurdirdi. Mirzo Ulug'bek davlat ishlari bilan birgalikda ilm-fan homiysiga ham aylandi. U astronomiyaga oid "Ziji jadidi ko'ragoniy", tarix fani ilmiga oid "Tarixi arba ulus" kabi asarlarni yozib qoldirdi. Ulug'bek o'z navbatida bir qancha shaharlarda ilm-fan ahliga o'z bag'rini ochgan "Madrasalar bunyodkori" deyish mumkin.

Ushbu bunyodkorlik ishlari orasida eng mashxurlari Samarqandda joylashgan. Ulug'bek madrasasining qurulishi 1417-yilda boshlangan va uch yil mobaynida qurib bitkazilgan. Bu ilmgohda dars bergan mudarrislar orasida Qozizoda Rumiy va Taftazoniy kabi mashhur olimlar ham bo'lgan. Qozizoda Rumiy maslahati bilan Ulug'bek G'iyosiddin Jamshid Koshoniyni Samarqandga taklif qiladi.

1420-yilda madrasaning ochilishi vaqtida bu erga to'plangan olimlar soni 100 dan ortib ketadi. O'z davrida Samarqanddagi ushbu ziyo maskani "Madrasayi oliya" degan nom bilan ulug'langan [2, B. 535]. Zayniddin Vosifiy "Badoiy ul-vaqoi" kitobida yozishicha "...bosh mudarris sifatida Shamsiddin Muhammad Havofiy tayinlangan", degan ma'lumot beradi. Shuningdek, madrasada Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Koshiy, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchilar asosiy ma'ruzalarni o'qiganlar. Ushbu madrasa hozirgi kunda ham "Registon ansambli"da o'zining qadimiyligi va ulug'vorligi bilan jahon hamjamiyati e'tiborini o'ziga tortib kelmoqda. Yana shunday madrasalar ro'yxatida 1417-yil Buxoroda, 1433-yil G'ijdivonda qad rostlagan madrasalar ham bor edi. Ular tolibi ilm peshvolari uchun ziyo maskani sifatida faoliyat yuritgan.

Samarqanddagi madrasada ustozi Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid ibn Ma'sudlar bilan birga, Ulug'bekning o'zi ham dars bergan. Madrasa binosidagi "Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir", - degan so'zlar xalqni ilm olishga chaqiruvchi chuqur ma'noli da'vat bo'lgan. Ulug'bek nafaqat o'z

zamoni, balki bashariyat olimi sifatida dunyo tarixida qoldi. Ulug'bekning ilmiy faoliyati va umuman, ilm-fan yo'lidagi harakatlari Yevropada "Samarqand akademiyasi" deb shuhrat topgan. Ushbu akademiya o'sha davr talablariga to'la javob berar, uning qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va o'z davrining oliy o'quv yurti - madrasa bor edi.

Mirzo Ulug'bek rasadxona yonida, ya'ni Kuhak tepaligining Farbiy qismida orombaxsh bir bog' ham qurdirgan. Mazkur bog' o'z davrida Bog'i Maydon nomi bilan shuhrat topgan. Bog'i Maydon haqida "Boburnoma"da shunday deyilgan: "(Ulug'bek Mirzo) yana pushtayi Kuhakning domanasida Farb sari bog'e solibtur. Bog'e Maydonga mavsum. Bu bog'ning O'rtasida bir oliy imorat qilibtur, Chilsutun derlar, du oshyona, stunlari tamom toshdin." [3, B. 368].

Ulug'bek boshchiligidagi ushbu "akademiya" olimlari o'sha davr mezoni bilan olganda, astronomik kuzatishlarda ajoyib muvaffaqiyatlarga erishganlar. Jumladan, ekliptikaning og'maligini, beshta sayyoraning - Zuhra (Venera), Zuhal (Saturn), Mirrih (Mars), Mushtariy (Yupiter) va Utorud (Merkuriy)ning yillik harakatini, yulduz yilining uzoqligini, 1018 yulduzni o'z ichiga olgan jadval va nihoyat, aholi yashaydigan punktlardan 683 tasining geografik koordinatalarini tuzganlar. Ulug'bek Ali Qushchi, Chalabiy va boshqa shogirdlari bilan koinot sirlarini ilmiy o'rganib, "Ziji Ko'ragoniy" ilmiy asarini yozdi. U bir yil 365 kun, olti soat, 8 minut, 12 sekunddan iborat ekanligini aniqlab, bugungi kun fan taraqqiyoti hisobi bo'yicha 58 sekundga adashgan xolos. 1449-yilda Ulug'bek vafot etgandan so'ng bu rasadxona xodimlari turli hududlarga ilm yog'dusi sifatida tarqalib ketganlar.

Ulardan biri Ali Qushchi edi. Mirzo Ulug'bekning sevimli shogirdi Aloviddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi haqida to'xtaladigan bo'lsak shuni aytish o'rinliki, u taxallusi singari serg'ayratliligi bilan rasadxona faoliyaida ham jiddiy ishlarni olib borgan. Qozizoda Rumiy va Jamshid al-Koshiy vafotidan so'ng rasadxonadagi ilmiy ishlar butunlay Ali Qushchi zimmasiga tushgan va u bu vazifalarni muvaffaqiyatli uddalagan. 1438-yili Mirzo Ulug'bek Ali Qushchini o'zining ishonchli vakili sifatida Xitoy imperatori huzuriga elchi sifatida yuboradi. Xitoydan qaytgach Ali Qushchi o'zining "Matematik va astronomik jug'rofiya" asarini yozadi. Unda keltirilgan ma'lumotlar va yangiliklarning barchasi bir necha yillik ilmiy izlanishlarning natijasi bo'lgan.

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, Mirzo Ulug'bekni tarix ilmlari sohasida ham qalam tebratgan olim sifatida bilamiz.Uning tarix fani ilmiga oid "Tarixi arba' ulus" asari u yaratganasarlar orasida alohida o'rin tutadi. Shuni aytish kerakki, "Tarix-i arba' ulus" Mirzo Ulug'bekning ilmiy rahbarligi va shaxsan ishtirokida yaratilgan. Asar 1425-yili yozib tamomlangan. Ushbu asar «Ulus-a arba'-yi Chingiziy» ("Chingiziylarning to'rt ulusi") va "Tarix-i arba' ulus" ("To'rt ulus tarixi") nomlari

bilan ham mashhur. Lekin, Yevropa sharqshunoslari orasida ushbu asarni birinchilar qatori o'rgangan va uning qisqartirilgan inglizcha tarjimasini e'lon qilgan polkovnik Mayls, etarli asosi bo'lmagani holda bu kitobni "Shajarat ul-atrok" ("Turk (hoqon)larining shajarasi") deb ataydi [5, B. 4]. Chuqur va atroflicha o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, asarning faqat Yofas o'g'lon va uning o'g'li Turkxon hamda farzandlari tatar-mo'g'ul bilan turk tabaqalari, shuningdek, ularning podsholarigina "Shajarat ul-atrok" asosida yozilgan, xolos. Asarni Chingizxonning ulug' ajdodi Buzunjor qoondan va Movarounnahrni XIII - XIV asrning birinchi yarmida idora qilgan Chig'atoyxon avlodi tarixini o'z ichiga olgan qismi "Ulus-i arba'-yi Chingiziy" yoki "Tarix-i arb'a ulus" deb ataladi. Bu qism Mirzo Ulug'bek va uning yordamchilari tarafidan yozilgan.

"Tarix-i arba' ulus" ma'lum darajada "Shajarat ul-atrok"ga asoslangan. Yana bir joyda esa bunday deyilgan: "Chingizxonning to'rt ulusi tarixi" nomli ushbu majmu'ada Turkxon ibn Yofas ibn Nuh alayhissalom avlodidan bo'lmish podishohlar nomi zikr etiladi. Mazkur risolada keltirilgan Turkistonzamin hoqonlarining nomlari Sulton as-Sa'id Ulug'bek mirzoyi shahid tarafidan bitilgan to'rt ulus hoqonlari haqidagi majmu'adan olindi". Bu qaydlar, ayniqsa so'nggisi birinchidan, asarning aniq nomi "Ulus-i arba'yi Chingiziy" ekanligini, ikkinchidan uning butunlay Mirzo Ulug'bekning qalamiga mansubligini ko'rsatib turibdi.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga tayanib aytish mumkinki, "Tarix-i arba' ulus" Rashiduddining mashhur "Jami' ut-tavarix" asari singari tarixchi olimlar jamoasi tarafidan, Mirzo Ulug'bekning bevosita ishtiroki va rahbarligi ostida yozilgan. "Tarix-i arba' ulus"ning nusxalari juda kam. Tadqiqotchi olim B.Axmedovning aytib o'tganidek, asarning to'liq nusxasi hali topilganicha yo'q. Bugungi kunda uning qisqartirilgan (mijmu'a) to'rtta nusxasi saqlangan bo'lib, uning ikkitasi Angliyada, bir nusxasi Hindistonning Bankipur shahri kutubxonasida, to'rtinchi nusxasi AQSHning Xarvard universitetida saqlanadi.

Mirzo Ulug'bek zamonida Muvarounnahrda dunyoviy fanlardan tashqari tarix, adabiyot va san'at, ayniqsa, tasviriy san'at taraqqiy etgandi. Ulug'bekning ukasi Boysunqur bilan o'zaro yozishmalarida ham ilmiy adabiyot mavzularida mubohasa borgani ma'lum. Ulug'bek she'riyatda ozarbayjon shoiri buyuk Nizomiy Ganjaviy uslubi va maktabini ustun deb isbotlamoqchi bo'lsa, Mirzo Boysunqur genial shoir va mutafakkir Amir Xusrav Dehlaviy ijodiyotining haqiqiy mahsuli sifatida bahs qilardi. Ulug'bek o'z ona tili (o'sha davrda chig'atoy-turkiy tili)dan tashqari arab va fors tillarini mukammal bilardi. Muhammad Haydar o'zining mashhur "Tarixi Rashidiy" asarida Mirzo Ulug'bek "tarixnavis donishmand edi va "To'rt ulus" tarixini ham yozib qoldirgan edi", - deb yozadi. Bu asar Ulug'bekning "Tarixi arba'

ulus" kitobi bo'lib, unda bir vaqtlar Chingizxon bosib olgan mamlakatlaming XIII asr - XIV asming birinchi yarmidagi siyosiy hayoti aks ettirilgan edi [6, B. 28].

Mirzo Ulug'bek bilan bir davrda, Amir Temur davlatining ikkinchi qismi Xuroson (Afg'oniston, G'arbiy Erondan Dehligacha bo'lgan yerlar) poytaxti Hirot adabiyot, tasviriy san'at va madaniyatning yirik markaziga aylandi. Xurosonni Ulug'bekning otasi Shoxrux Mirzo (1409-1447) boshqarar edi. U o'ta dindor kishi bo'lishi bilan birga, Hirotda ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga bosh bo'ldi.

Buyuk Alisher Navoiyning ta'rifiga ko'ra, Ulug'bek ajoyib shoir ham bo'lgan. "Tuxfatu surur" kitobi esa uning buyuk musiqa bilimdoni ekanligidan dalolatdir. "Muhit attafviq" kitobida Ulug'bekning "Bilujiy" "Shodiyona" (bu asar bizgacha etib kelgan), "Axloqiy", "Tabriziy", "Usuli ravon", "Usuli bahriy" singari katta musiqa asarlarini ijod etganligi ko'rsatilgan. "Muhit ut-tavorix" asarida yozilishicha, Ulugbek Mirzo zo'r shinavanda musiqashunos ham bo'lgan. U katta va kichik naqoralarda ijro etiladigan bulujiy, shodiyona, axloqiy, ulusiy va usuli ravon kabi musiqa asarlarini yaratgan. Shuningdek, "Tarixi Rashidiy"ning muallifi Muhammad Haydar Mirzo Ulug'bek Mirzoning yetuk olim bo'lganligini ta'riflab, "Mirzo Ulug'bek tarixnavis donishmand edi va "Tarixi arba' ulus" (To'rt ulus) tarixini yozib qoldirgan edi", - deydi. Bu haqida tarixchi Fiyosiddin Xondamir (1475-1534) ham ma'lumot bergan [5, B. 308].

Ulug'bek homiyligida Samarqandda Darvesh Ahmad Samarqandiy, Sulton Ahmad Noiy, Hosimi Abuvafo, Muhammad Ali G'aribiy, Yusuf Burxon Naqqorachi (Navoiyning amakisi), Mavlono Sohib Balxiy, Abul baraka va boshqa san'atkorlar ijod bilan band bo'lganlar. Shuningdek, Ulug'bek madrasasining ko'zga ko'ringan mudarrislari - qomusiy olimlar Mavlono Muhammad Havofiy, Said Imomiddin, mashhur tib olimi Hoja Burhoniddin Nafis, yirik adabiyotshunos va tilshunos olim Hoja Fazlulloh hamda Abulqosim Samarqandiy zamonasining peshqadam olimlari sifatida dong taratdilar [7, B. 67-71].

Ulug'bek Mirzo yirik olim bo'lish bilan birga, o'z davrida fan taraqqiyotiga rahnamolik qilib, ilmu fan ahliga homiylik qilgan. Uning davrida Samarqand shahri ilm-u fan va madaniyat markaziga aylanib, ko'plab yetuk olimlar, o'nlab hassos shoirlar va suhandon adiblar saroyda o'zlariga munosib mavqega ega edilar. Chunonchi, yirik matematik va astronom Qozizoda Rumiy, Fiyosiddin Jamshid, mavlono Mu'iniddin Koshoniy va Ali Qushchi, yetuk mudarrislar Said Imodiddin va Mavlono Muhammad Xavofiy,mashhur sharhchi va tib olimi Burxoniddin Nafis ibn Avaz Kirmoniy, zabardast shoirlar Sakkokiy, Mavlono Hiyoliy, Ismatullo Buxoriy, Kamol Badaxshiy, yirik adabiyotshunos, hamda tilshunos Xoja Fazlullox Abullaysiy shular jumlasidandir. Ulug'bek Mirzo turk tilida yozilgan qadimiy yodgorliklarni o'rganish va ularning xalq o'rtasida tarqalishida ham katta xizmat

qildi. Jumladan, 1444-yilda Ahmad Yugnakiy (XI - XII asr)ning mashhur "Hibat ul

- haqoyiq" (haqiqatlar tuhfasi) nomliasari yangidan ko'chirilgan. Shuningdek, usha vaqtdaUlug'bek Mirzo saroyida tarjimonlik ishlari ham yaxshi rivojlanib, bir necha qimmatli asarlar arab va fors tillaridan turkiy tiliga tarjima qilingan [8, B. 306-311].

Mirzo Ulug'bek nafaqat zamondosh adiblar,balki o'z davridan bir necha asr oldin yashab o'tgan ko'plab shoirlar ijodini ham o'qib o'rganib , she'riyatning benazir muxlisi va bilimdoni sifatida nom qozongan. Diqqatga sazovor jihatlardan biri shuki Ulug'bek kitoblarini juda sevinib o'qigan ba'zi shoirlar asarlarida astronomik tushunchalar bayoni, yulduzlar va sayyoralar nomlari hamda ta'rif tavsiflari ko'p uchraydi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Mirzo Ulug'bek yaratgan akademiya o'z ilmiy faoliyati bilan hamda unda faoliyat yuritgan bir qator olimlarning mehnati evaziga bugungi kun uchun faxrli hisoblanadi. O'sha davrda yaratilgan bir qator asarlar bugungi kun nuqta'i nazaridan ham o'z ahamiyatini yo'qotmay kelayotgani fikrimizning yorqin dalilidir. Shunday ekan, tarixiy burilish pallasida yashagan buyuk insonlar amalga oshirgan ishlari bilan har doim faxrga munosibdirlar. Mirzo Ulug'bekni haqli ravishda yulduzlar ilmining yetakchisi deyish mumkin. O'z davri ilm-faniga ham hukmdor ham olim sifatida qo'shgan ulkan hissasi esa avlodlar xotirasida umrbod yashaydi va ular o'z ilmiy ishlarida hali ko'p marotaba Ulug'bekning boy ilmiy merosiga murojaat qilishadi.

Adabiyotlar:

1. Мирзо Улугбекнинг жахон тамаддунига кушган хиссаси ва унинг хозирги кундаги ахамияти / 2023 йил 25 апрелда утказилган "Мирзо Улугбек

- буюк мутафаккир олим ва давлат арбоби" мавзусидаги илмий-амалий анжуман. - Б. 64-66.

2. Абдусаттор Жуманазар. - Бухоро: Академнашр. - Т., 2017. - Б. 535.

3. Бобурнома. - Тошкент: Юлдузча. 1989. - Б. 368.

4. Суюнова К. Улугбек академияси ва унинг жахон фанининг ривожига кушган хиссаси. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12.

5. Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. - Тошкент: Чулпон, 1994. Б. 4.

6. Ашраф Ахмад. Улугбек Мухаммад Тарагай. - Т., 1994. - Б. 28.

7. Мирзо Улугбек академиясининг илмий фаолияти / 2023 йил 25 апрелда утказилган "Мирзо Улугбек - буюк мутафаккир олим ва давлат арбоби" мавзусидаги илмий-амалий анжуман. - Б. 67-71.

8. Файзиев Т. Темурийлар шажараси. - Тошкент: Ёзувчи, 1995. - Б. 306310.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.