Научная статья на тему 'XX ASR BOSHLARI O’ZBEK SHE’RIYATIDA YARATILGAN “SABZAZOR” TO’PLAMI MUNDARIJASI, G’OYAVIY YO’NALISHI'

XX ASR BOSHLARI O’ZBEK SHE’RIYATIDA YARATILGAN “SABZAZOR” TO’PLAMI MUNDARIJASI, G’OYAVIY YO’NALISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
94
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Sabzazor” / bayoz / to’plam / ash’or / she’r / ma’rifat / ma’naviyat / milliy ruh / millat / uslub / aruz / barmoq / vazn / ilm – fan / taraqqiyot. / "Sabzazor" / bayaz / collection / poetry / poetry / enlightenment / spirituality / national spirit / nation / style / aruz / finger / weight / science / development.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Do’Salova, Xusniya Rustam Qizi

XX asr boshlari jadid ma’rifatparvarlari jasorati bilan chop etilgan “Sadoyi Turkiston” gazetasi soyasida jamlangan, “Sabzazor” to’plamidan o’rin olgan she’rlarda elgari surilgan g’oyalar, davrning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy muhiti haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENTS, IDEALOGICAL DIRECTION OF THE COLLECTION "SABZAZOR" CREATED IN UZBEK POETRY OF THE EARLY 20TH CENTURY

The ideas put forward in the poems from the ";Sabzazor" collection, collected under the shadow of the "Sadoyi Turkistan" newspaper published with the courage of the modern enlighteners of the early 20th century, the social-political, spiritual-educational issues of the time environment is discussed.

Текст научной работы на тему «XX ASR BOSHLARI O’ZBEK SHE’RIYATIDA YARATILGAN “SABZAZOR” TO’PLAMI MUNDARIJASI, G’OYAVIY YO’NALISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

XX ASR BOSHLARI O'ZBEK SHE'RIYATIDA YARATILGAN "SABZAZOR" TO'PLAMI MUNDARIJASI, G'OYAVIY YO'NALISHI

Do'salova Xusniya Rustam qizi

TerDU magistranti

XX asr boshlari jadid ma 'rifatparvarlari jasorati bilan chop etilgan "Sadoyi Turkiston" gazetasi soyasida jamlangan, "Sabzazor" to'plamidan o'rin olgan she'rlarda elgari surilgan g'oyalar, davrning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy muhiti haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: "Sabzazor", bayoz, to'plam, ash'or, she'r, ma'rifat, ma'naviyat, milliy ruh, millat, uslub, aruz, barmoq, vazn, ilm - fan, taraqqiyot.

The ideas put forward in the poems from the "Sabzazor" collection, collected under the shadow of the "Sadoyi Turkistan" newspaper published with the courage of the modern enlighteners of the early 20th century, the social-political, spiritual-educational issues of the time environment is discussed.

Key words: "Sabzazor", bayaz, collection, poetry, poetry, enlightenment, spirituality, national spirit, nation, style, aruz, finger, weight, science, development.

"Jahondagi turli xalqlar adabiyoti evolutsiyasi ko'rsatadiki, muayyan davrlarga kelib adabiyot yangilanishga ehtiyoj sezadi".1 Shunday ekan XX asr boshlariga kelib o'zbek she'riyati ham yangilana boshladi. Aruz vaznidan barmoq vazniga o'ta boshlandi. Shakl kabi mazmun va mohiyat ham o'zgara boshladi. "Sabzazor"da jamlangan she'rlar ham shu davr mahsulidir. To'plamdan o'rin olgan she'rlarda ma'lum darajada ananaviy shakl saqlangan bo'lsada, mazmun va mohiyat o'zgardi. Bu davrga kelib yaratilgan she'rlar ishqiy mavzuda emas, yoinki, ma'rifatparvarlik ruhida bitila boshlandi. She'rlarda yor vasfi emas, ilm va tarbiyaning ahamiyati haqida kuylandi. Taraqqiyot va rivojlanishga undovchi "ruh" ustuvor vazifa kasb eta boshladi. "H. Boltaboyev yangilanish mumtoz adabiyot negizida sodir bo'ldi desa, N. Afoqova 20-30-yillar she'riyatiga an'ana va yangilik yuzma-yuz kelgan davr sifatida

Tel: 998940167797

e-mail: dosalovahusniya@gmail

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

1 Afoqova N. Jadid she'riyati poetikasi. - Toshkent: Fan, 2005. - B.38.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

yondashadi".2 Mana shu davr mahsuli bo'lgan, "Sadoyi Tm-kiston" gazetasi soyasida jamlangan "Sabzazof' bayozi ham yangilanish va yangi bosqich she'riyatidir

To'plam quyidagi 47 she'ráan tashkil topgan; ("^ismiHa^ Rohшaniг Rohim", "Tashakkuf', "O^ung^ onalaг!", "(Ahvolimiz)", "(Ulomolarimiz)", "(Boylarimiz)", "(Bechoralarimiz)", "(Jahlda qolganlarimiz)", "Qolganlarimiz", "Biz nalaг qilamiz", "Ikki sado", "Tarixi xislat", "Ayzan", "Jarida muhiblarina", "Yongi g'ozitamizga xitob", "Qanday ahvoldamiz", "Ibrat bog'inda", "Tabrik", "Adabiyot", "Namuna ta'suгotim", "Shoiг ila to'ti", "O'z holimizga biг nazaf', "Iffatli insonlaг", "Boг so'zlar", "Gapuгmanglaг", "Adabiyot", "Dunyo ketishiga biг nazaf', "Sadoyi bulbul", "Tabгiknoma", "Muxotibim Qalam", "Millato bil bu sado Haqni biza ihsonidn'", "G'alat", "Talonmak", мIstaгiz", "Muxammas", "Diqqatman", "Jahli dushing millat iгfoning keragomozmi sanga", "Ey jaholat nozi biria yondi jism pokimiz", "Boshqa millat^ va biz", "O'z maishatimizdan", "Millatim", "Bizim millat na holda", "Ohista-ohista", "Ahvolimizdan biг lavha", "Musaddas", "Nima kimniki", "Safohat") 3 ba'zilaгining sariavhasi mavjud emas shu sa'babli sariavhasiz she'гlaгning biгinchi misгasini saгlavha o'mida beгib o'tdim. Quyida she'гlaгning g'oyaviy yo'nalishini tahlil qilishga haгakat qilamiz.

"Sabzazof' to'plamiga kiгitilgan she'гlaгning barchasi "Sadoyi Tuгkiston" gazetasining sahifalaгida "ash^f' deb, so'ngгa she'ming nomi berilib nashг etib boгilgan. She'ming oxirida esa muallifning nomi keltiгilgan. To'plamga kiritilgan she'гlaг, asosan, davг mohiyatini ochib berishga asoslangan. Shu o'rinda gazetaning bosilib chiqarilishi ham jamiyat uchun juda keng miqyosdagi yutuq hisoblangan. Aynan, shu singaгi nashTdan chiqayotgan gazetalaг millatni ma'naviy yuksaltirishga qaгatilgan edi. "Sadoyi Tuгkiston" gazetasi ham atigi bir yil faoliyat yuritdi-yu, o'zidan juda ko'plab manbalami meras qoldirái. "Sabzazof' ham shuto siгasiga kiгadi. To'plam odatiy hamd va na'd "^smi^hn- Rohmaniг Rohim" she'ri bilan boshlangan, undan so'ng esa gazetaning bosilib chiqishiga bag'ishlangan "Tashakkuf' nomli she'г bilan davom etadi. Bu she^ "ST" gazetasining 5-sonida chop etilgan. Shundan ko'rinadiki, bayozdan o'гin olgan she'гlaг gazetada bosilib chiqishi ketma-ketligida emas, balki, g'oyaviy tomonlariga muvofiq to'plamga kiritilgan. She'riaMa ko'tarilgan muoшшolaг va mavzu^ ulaming ketma-ketlik tartibini belgilab bergan desak yanglishmaymiz.

Hali hamon bizni qiynayotgan muommoga bag'ishlangan ash^ esa to'plamning bosh sahifalaгidan o'гin olgan bo'lib, So'fizodaning mashhrn- "O'qunglaг

2 Boltaboyev H. XX asr boshlari o 'zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi: fil.fan.dok .. .diss. - Toshkent, 1996. - B.30. Afoqova N. Jadid she'riyati poetikasi. - Toshkent: Fan, 2005. - B. 7-8.

3 Ca63a3op. Бaёз. Тупловчи Ba нaшргa тяйёрловчи: MyHaBBap кори. - Тошкент: Ильин босмaxонaси, 1914. - 49 б.УзР ФА A6y Ряй^он Берyний номидяги Шлркшунослик институти. Шлрк кyлёзмaлaри xaзинaси, aсосий фонд, тошбосмa. Инв №12891. Улнями 21x13,5. Мятн улчши 11x18. Муковяси оч яшил тусли кяртондян

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

onalar" musaddasidir. Bu musaddas "ST" gazetasining 10-sonida chop etilgan. Shunga qaramay davrning eng dolzarb mavzusini yoritganligi sababli ham to'plamning bosh sahifalaridan o'rin olgan. She'rning har bir misrasi onalarimizni o'qib ilm olishga, bid'at va hurofotlardan yiroq bo'lishga undaydi. Ammo, bu davrda ayollarni o'qitishga emas, ularni o'z nafslari yo'lida qurbon qilishga tayyor insonlar ham yo'q emas edi;

Rasmu rush shul eysa nisvo niyat, Kulsa kerak olama islomiyat, Qoyida shariat qoni haqqoniyat, Qildi sizi johila nafsoniyat, Qumri bilan bulbulu bedonalar, Yaxshi o'qur, siz ham oqing onalar.4

Bu misralardan ko'rinib turibdiki, udum va odatlar ayollarni o'qirtishga to'sqinlik qilibgina qolmay, shariatni o'zicha anglagan ulomolar va avom xalq nazdida ayollarni joriyalarga aylantirish, o'z shahvoniy nafslari yo'lida ularni o'qimishsiz johila onalarga aylantirishgan. Bilamizki, har bir xonadonda farzand tarbiyasi va ta'limida onalarning o'rni beqiyos, shu sababli so'fizoda onalarni o'qimoqqa undaydi:

Boy dodangiz ozgina pul bersa ham, Daftar oling, siz onga yo bir qalam, Bo 'Imasangiz fozila oyim o cham, Qoida bo 'lur o 'ylaringiz muntazim, Qumri bilan bulbulu bedonalar, Yaxshi o'qur, siz ham oqing onalar.5

Bu misralar orqali xalq ichida boylarning ham borligi, ammo o'qish uchun pul sarf etmasliklarini anglaysiz. Shu o'rinda ayollarga xitob ham qilinib agar otalari pul bersa ham o'zlari o'qishga harakat qilishlari ta'kidlanmoqda. Agar o'qimishli bo'lishsa barcha orzu va umidlari (Qoida bo'lur o'ylaringiz muntazim) amalga oshishi ham ko'ylab o'tilgan.

Bayozdan o'rin olgan keyingi she'rlar esa, Hamza Hakimzoda Niyoziy qalamiga mansub bo'lib, "Ahvolimiz", "Ulomolarimiz", "Boylarimiz", "Bechoralarimiz", "Jahlda qolganlarimiz" va "Qolganlarimiz" nomi bilan "ST" gazetasining 9-sonida bosilib chiqqan. "Qolganlarimiz" she'ridan boshqa barcha she'rlarining sarlavhasi

4 So'fizoda Muhammadsharif. O'qunglar onalar. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munawarqori). -Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 3.

5 So'fizoda Muhammadsharif. O'qunglar onalar. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). -Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 3.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

qo'shtirnoq ichida berilgan. Sarlavhalarning qo'shtimoq ichida berilishi ham bejiz emas:

Chiqdi haq so 'z uchun achchig 'larimiz!

Qoraga yopushib sarig 'larimiz!

Bizdami? Ayb yoki dehqonda!

Sho 'ra bo 'lg 'ay chiqib tarig 'larimiz!

Qadiming rasmini tutub sunnat!

Bed'at o 'ldi barcha qilig'larimiz!6

Har bir davrda bo'lgani kabi bu davrda ham insonlar haq so'zni qabul qilisha olmagan. Buni oddiygina shu davrda yaratilgan Behbudiyning mashhur dramasi "Padarkush" orqali ham bilib olishimiz mumkin. Yana bir davrning dolzarb muommosi ham ko'tarilgan bu she'rda, ya'ni qoraga yopushib sarig'larimiz irqparastlik haqida ham so'z boradi. Barcha bu nohaqliklar uchun aybni ziyolilar o'zlaridanmi? Yoki dehqonlardan izlashlarini ham bila olishmaydi. Ayni vaqtda o'tgan ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlarni o'zlari uchun sunnat amal qilib olishgan. Shu sabab ham barcha qilgan ishlarining bed'at va xurofotga yo'g'rilganini ko'yib -pishib kuylashgan. "Ulomolarimiz" nomli she'rida ham "nafs" va "jahl" turiga tushsin deb, ilm dengizidagi balig'larga qiyoslashadi xalqni.

Chiqodur qoshlik va uponi qo 'yib!

Burnidin bexabaryerig 'larimiz!7

Yuqoridagi misralardan ham anglashiladiki, o'zlari yasan-tusan qilib yurishgani bilan dunyodan bexabar, ilmsiz va ma'naviy qoloq ekanliklarini Hamza "yerig'larimiz" so'zi orqali ochib bergan.

Hamzaning quyidagi she'riga e'tibor beraylik:

Har kuni bir qabat tushar etidin!

Semiz o'lmay hamon arig'larimiz!8

Har doim ham og'ir davrlar kambag'allarni yana ham og'ir va tushkun holga tushuradi. Bu she'rdan ham ko'rinib turibdiki, barcha yuk va qiyinchiliklar yana kambag'allar zimmasiga tushgani, soliqlar va mehnat ularni kundan kunga ham ma'nan ham jismonan ozdirib yuborgani anglashiladi.

"XX asr boshlari o'zbek adabiyotining g'oyaviy -mavzuviy va poetik jihatdan yangilanishida Avloniyning ham o'rni beqiyos. Uning sheriyatisiz, ehtimol, yangi

6 Hamza Hakimzoda Niyoziy. Ahvolimiz. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). - Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 5.

7 Hamza Hakimzoda Niyoziy. Ulomolarimiz. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). - Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 5.

8 Hamza Hakimzoda Niyoziy. Bechoralarimiz. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). -Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 6.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

o'zbek she'riyati yuzaga chiqmagan bo'lar edi". 9 Bayozdan Avloniyning juda ko'plab she'rlari o'rin egallagan. Bayozning keyingi sahifasidan esa, G'oyaviy jihatidan yuqorida tahlil qilganimiz Hamzaning she'rlariga yaqin ma'no kasb etuvchi Avloniyning "Biz nalar qilamiz?" nomli g'azali o'rin egallagan. Quyida g'azalning ba'zi baytlari ma'nosini tahlil qilamiz:

Xayol aylamakim, xayri beriyo qilamiz, Ilum hosil edub o 'zni peshvo qilamiz. Xolus niyat ila hech isha kirishmaymiz, Yetushsa bir amali, daf'atan o 'zni peshvo qilamiz.10

Qarangki, yaxshi ishlarni ikkiyuzlamachilik qilmasdan, riyosiz qilyapmiz deb xayol qilamiz. Ammo ozgina ilmimiz ziyodalashsa, o'zimizni "peshvo" (rahbar, ustoz, rahnomo) deb bilamiz. Biron ishni yaxshi, ezgu niyat bilan boshlamaymiz va biror amalga erishsak, daf'atan o'zimizni rahnamo qilamiz deb keltiradi baytlarida. Keyingi baytlarga ham yuzlanib o'tamiz; hamisha oldanamiz, oldamoqdir niyatimiz, o'zgalarning gaplariga va amallariga aldanamiz, o'zimiz ham aldash va yolg'on bilan niyatlarimizni amalga oshirishga harakat qilamiz degan ma'no bor deb olishimiz mumkin. Tushunmay ish tubiga jangu mojoro qilamiz. Qilayotgan ishimizning nima ekanligini va qanday foyda yoki zarar berishini, oxiri nima ekanini tushunmasdan janjal qilamiz. Qolgan baytlarda ilgari surilgan g'oyalar ham o'sha davrning eng dolzarb muommolarini kuylab chiqadi. Ilm va fanga yondashuv, tijorat va sarmoya, ta'lim va tarbiyada orqada qoloq ekanliklari haqida kuylaydi. Agarda farzandlari biror aytganini qilishmasa, "juvonmarg yuqol" deb yomon duo qilamiz deydi. Ilm va hunar o'rganish o'rniga kayf -safo qilamiz deydi. Boshqa millatlar "hikmatli kimyogarlik" qilishsa, biz "gardkam" (nard o'yini) deb "misni kimyo qilamiz" degan jumlalarni keltiradi. So'nggi misralarda:

Yetar bu damg'acha (hijron)lig', ey musulmonlar, Keling, hayotimiza ilmni rahnamo qilamiz.11

Shu damgacha barcha narsalardan yiroqlik yetadi, endi hayotimizga ilmni ustoz, rahnamo qilaylik degan bayt bilan yakunladi. Bu she'r xalq ichidagi kamchilik va qusurlarni, millatning qaysi jabhalarda qoloq ekanliklarini yaqqol ochib bergandir. Bundan tashqari to'plamdan Avloniyning "Ikki sado", "Jarida muhiblarina", "Shoir ila to'ti", "Iffatli insonlar", "Gapurmanglar", "Sadoyi bulbul", "Muhotibim qalam", "G'alat", "Diqqatman", "Ey jaholat nozi birla yondi jism pokimiz", "O'z maishatimizdan", "Nima kimniki", "Safohat" singari she'rlari o'rin egallagan. Bu

9 Nazarova Sh. XX asr boshlari... - Toshkent, 2023. - B.31

10 Abdulla Avloniy. Biz nalar qilamiz. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). - Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 7.

11 Shu manba. - B. 7.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

she'rlarning barchasi mushtarak bir g'oyani ilgari suradi. Ya'ni ilm-fan taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya ahamiyati, ma'naviy va madaniy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va bed'at va xurofotdan chikinish kabi g'oylarni targ'ib etadi. Birgina "Jarida muhiblarina" she'ri esa, gazetaning mushtariylariga bag'ishlangan:

Dundi fasli bahori xoriston, Gul ochildi bo 'ib bahoriston, Qundi bulbul chaman ochub bo 'ston, Eshiting aylayur siza doston, Chiqdi boshlab "Sadoyi Turkiston ", O 'qingiz shavq birla, ey do 'ston.12

Bu misralardan ma'lumki, gazeta chiqishi millatning bir yutug'i bo'lib, xoristonlarga bahor keldi va gullar ochildi deyish orqali, xalqni ma'naviyatga va taraqqiyotga yetaklovchi bahorga qiyoslanmoqda gazeta. Gazeta millatning holidan va jahon yangiliklaridan xabar beradi. Shu sabab ham xalqqa gazetaning qancha vaqtda chiqishi va qancha pul ekani haqida aytib olib zavq bilan o'qishlari aytiladi. "Shoir ila to'ti" sherida esa, shoir to'tiga yuzlanib u bilan yangiliklar va kizgan yurtlaridagi o'zgarishlarni so'raydi:

Kel ey, to 'ti ikkovlon suylashaylik hol millatdin, Eshitdim kam emassan, baxabar ahvol millatdin. Ko 'rib Makka, Madina, Misr, Istanbulu eroni ' Nelar ko 'rding, eshitding so 'yla jonim sarvatdin. Kezub Fosu Yaman, Afg 'onu Hindiston jazirasini, Ridodin, xirqadin, tasbehdin so 'yla ibodatdin.13

Islom mamalakatlarida qanday diniy yangiliklar borligi va Yevropada ilm-fan doirasida qanday yangiliklar borligi, ziroat, sanoat, hunar va ilm fan haqida so'raydi. To'ti esa javob berib, xo'roz hamma joyda berdik qichqirayotgani va islom mamlakatlari va boshqa mamlakatlar ham hali hamon g'aflatda ekanliklarini aytadi.

To'plamga kiritilgan she'rlarning yana bir katta qismini Tavalloning she'rlari egallaydi. "Ibrat bog'inda", "Bor so'zlar", "Dunyo ketishiga bir nazar", "Millato bil bu sado haqni bizga ihsonidir", "Talonmak", "Muxammas", "Boshqa millatlar va biz" singari she'rlari to'plamga kiritilgan. Tavallo she'rlaridagi ilgari so'rilgan g'oyalar ham boshqa she'rlar singari ilm-fan va taraqqiyothaqida kuylaydi. Xalqning urf-odat va bed'atlarga berilib qolganini, bekor bo'lsa choyxonama - choyxona

12 Abdulla A. Jarida muhiblarina! Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). - Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 7.

13 Abdulla A. Shoir ila to'ti. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). - Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 7.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

yurishlari haqida aytib o'tadi. Boshqa millatlar taraqqiyotidan xabar beradi. Quyida "Muxammas"idan bir parcha keltiramiz:

Ko 'ro 'ldi ko 'r sahro rahm edub ko 'zimiz och, Duosin aylama sen kam bu darda yo'qtur iloj, Bedinga bomayurimyo'qtur qonimda rivoj, Zamona ko 'rmadi chun ilma bizga bir muhtoj, Edub bu bed'at amallar ko 'ring oqardi soch.14

Ko'rinib turganidik, Allohdan rahm qilishini va ilm yo'liga kiritishi, yomon amallarning hech qanday naf bermayotgani va bu amallarni bajaraman deb tez qariyotganini ta'kidlaydi.

Bundan tashqari to'plamdan Sayid Hibbatulloh Xo'ja Xislatning "Tarixi xislat" nomli she'ri "ST" gazetasining 6-sonida bosilib chiqqan. She'rda gazetaning chiqishini orziqib kutilgani haqida kuylanadi. M. Rasuliyning "Ayzan" nomli she'ri gazetaning 3-sonida bosilib chiqadi. Mo'minjon Toshkandiyning "Yangi g'ozetamizga xitob" nomli she'ri gazetaning 8-sonida nashr etiladi. Bu she'r ham Xislat she'ri singari gazeta gazetaning bosilib chiqishiga bag'ishlanadi: Chiqding emdi: (Sadoyi Turkiston), Har quloqqa tovush yetar bu on. (Uxlamang emdi bas) debon qichqir, Qo 'rqmayin qichqirishga yetdi zamon.15

Ash'orda barcha mavzuga to'xtalib o'tiladi. Gazetaning chiqishi millatning ozgina bo'lsada erkinlikka erishganidan darak beradi. Shu sababli ham endi g'aflatda yotmasdan, o'qish va izlanishga harakat qilish kerakligi haqida aytiladi. Eng kerakli ishlar bu, albatta, ilm-fan va tarbiya, taraqqiyot shulardan boshlaylik deydi. Bundan tashqari bir oilada ham ota-ona o'qimishli bo'lishi kerakligi aytib o'tiladi. Hamma ishlarni og'zaki gapirib emas amalda bajarishga undaydi. Oldin o'qishga shariyat qo'ymagan bo'lsa, endi keng yo'llar ochdi. Har bir mahallaning boy odamlari yig'ilib ikki xil maktab ochinglar deydi. Ta'lim olish uchun qizlarga alohida, o'g'il bolalarga alohida o'qituvchi yollab o'qiting deydi. Chunki, o'qigan yigitga o'qimagan tarbiyasiz nodon qiz kerak emas deb ta'kidlaydi. Ayol uyning ziynati, uyning ustuni shu sabab ham ayollar ham o'qigan bo'lishi kerakligini aytadi. So'zlarni tugatgandan yana ko'zlaringiz uyquga ketgan. Borib turt, uyg'ot ko'p zamonlarsdan beri o'zga millatlarning mustamlakasi bo'lib keldik endi o'z erking uchun uyg'on degan ma'no bor.

14 Muxammas. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). - Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. -

15 Yangi g'ozetamizga xitob. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). - Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 13.

B. 7.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Axtariyning "Qanay ahvoldabiz", "Ohista-ohista" nomli she'rlari ham millatga murojat va shikoyat tarzida bitilgan.

Gazeta nashriga bag'ishlangan yana bir ash'or Sidqiyning "Tabrik" nomli she'ridir. Bu she'rda forsiy va usmonli turk so'zlaridan juda ko'p foydalanilgan. Bu she'rda ham gazeta orqali barcha yangiliklardan xabardor bo'lishlari va gazeta yordamida ozgina bo'lsada xalq boshqa millatlardan o'rnak olib taraqqiy eta boshlashadi degan ma'no bor.

Mir Mullo Shermuhammad O'g'lining "Adabiyot" beb nomlangan she'ri "ST" gazetasining birinchi sonida chop etilgan. Bu she'r ham g'oyaviy mazmun jihatidan to'plamdan o'rin olgan boshqa she'rlar singari millatning hol-ahvolini yozadi va bu jaholat ko'chasidan boshqa millatlar singari qachon ma'rifat ko'chasiga kirasan deb millatga yuzlanadi:

Olib ibrat, san ey millat, hama obod millatdan, Qachon ko'z ochmaki g'ayrat qilursan xuvob g'aflatdin.16 Xolid Said(Hayoli)ning "Namuna ta'surotim" nomli she'ri "ST" gazetasining sakkizinchi sonida chop etilgan. Jamiyat va millatning holidan olgan ta'surotlari bilan tanishtirib; yig'la millat "xor" va "zor" bo'lding, "jahl" va "g'aflat"dan "toru mor" bo'lding deydi. O'zga millatlar ilm bilan hashamatga erishdi, jahlning orqasidan "hokisor" bo'lding degan murojaat va shikoyatlar bilan davom etadi.

Mulla Qo'shoq(Miskin)ning "O'z holimizga bir nazar" nomli musaddasi "ST" gazetasining ikkinchi sonida chop etilgan. Bundan tashqari to'plamdan "Istariz" nomli va "Musaddas" nomli musaddaslari o'rin olgan. Bu she'rlar ham g'oyaviy jihatdan yuqoridagi she'rlarga yaqin. Xalqni ma'naviyatga chorlash va o'zlarining holidan xabar mazmunida bitilgan. To'plamdan yana Afandixonning "Adabiyot", laylixonimning forscha "Tabriknoma" nomli she'rlari o'rin olgan. Bundan tashqari "Jahli dushing millat irfoning kerogomozmi sanga", "Bizim millat na holda" va "millatim" nomli she'rlar o'rin olgan.

To'plamga kiritilgan barcha she'rlarning janri bir xil bo'lmasada, ularda qalamga olingan mavzu g'oyaviy jihatdan bir-biriga juda yaqin. Barchasida millatning holi bayon qilinib, ularni taraqqiyotga boshlash, ilm va fanga yo'naltirish g'oyasi ustuvor vazifa kasb etgan.

Aynan mustaqillikka erishganimiz O'zbekistonliklarga, o'zbek adiblari oldiga yangidan - yangi vazifalar qo'ydi,. Badiiy ijodda qalam tebratayotgan ijodkorlarning

16 Mir Mullo Shermuhammad O'g'li. Adabiyot. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to'plovchi Munavvarqori). -Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. - B. 17.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

va olimlaming jadidlar asarlarini o'rganishi millatning ijtimoiy-siyosiy ongini, ma'naviy, axloqiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

"Sabzazor" boshdan oxir millatgamurojaatdan iborat bo'lib, u millatni ilmga targ'ib qiladi. Eski oyoqlarda kishan bo'lib qolgan urf-odatlardan xalos bo'lishga da'vat etuvchi asarligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Afoqova N. Jadid she'riyati poetikasi. - Toshkent: Fan, 2005. - B.38.

2. Boltaboyev H. XX asr boshlari o'zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi: fil.fan.dok...diss. - Toshkent, 1996. - B.30. Afoqova N. Jadid she'riyati poetikasi. - Toshkent: Fan, 2005. - B. 7-8.

3. Nazarova Sh. XX asr boshlari... - Toshkent, 2023. - B.31

4. Сабзазор. Баёз. Тупловчи ва нашрга тайёрловчи: Мунаввар кори. - Тошкент: Ильин босмахонаси, 1914. - 49 б.УзР ФА Абу Райхрн Беруний номидаги Шаркшунослик институти. Шарк кулёзмалари хазинаси, асосий фонд, тошбосма. Инв №12891. Улчами 21x13,5. Матн улчами 11х18. Муковаси оч яшил тусли картондан

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.