Научная статья на тему '“ SADOIY FARG’ONA ” GAZETASIDA E’LON QILINGAN BADIIY ASARLAR VA ULRNING TAXLILI'

“ SADOIY FARG’ONA ” GAZETASIDA E’LON QILINGAN BADIIY ASARLAR VA ULRNING TAXLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
84
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GAZETA / PUBLISISTIKA / NASHR / MAQOLA / TAHLIL / MATBUOT

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Botirov T.

“Sadoyi Farg’ona” gazetasining keng va ko’lamli tarzda qamragan ma’lumotlarni xalqimizga etkazish bugungi kun uchun juda dolzarb hisoblanadi.. Bu esa o’zbek adabiyotshunosligi oldida xali ko’p vazifalar mavjudligini ko’rsatadi. Shu ehtiyojdan kelib chiqib “Sadoyi Farg’ona” gazetasini tadqiq etish dolzarb ilmiy muammo ekanligini takidlash lozim. Maqolada “Sadoyi Farg’ona” gazetasi va adabiy muhit mavzuida qimmatli ikrlar bildirilgan. Shu bilan birgalikda nashr xaqida, gazeta sahifalarida e’lon qilingan badiiy, ilmiy hamda publitsistik asarlarning mualliflari haqida, she’r, fel’eton va adabiyotga doir xabarlar tahlil etiladi va shu asosda “Sadoyi Farg’ona” gazetasi va XX asr boshlaridagi ijodiy, adabiy muxit haqida ma’lum tassavur hosil qilishga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PUBLISHED IN "SADOIY FERGANA" NEWSPAPER ART WORKS AND ANALYSIS OF THEM

It is very important today to provide our people with a wide range of information from the newspaper "Sadoyi Fergana". This shows that Uzbek literature still has a long way to go. Given this need, it should be noted that the study of the newspaper "Sadoyi Fergana" is an urgent scientific problem. The article contains valuable comments on the newspaper "Sadoyi Fergana" and the literary environment. At the same time, news about the publication, about the authors of artistic, scientific and journalistic works, poems, feuilletons and literature published in the newspaper are analyzed, and on this basis, the newspaper "Sadoyi Fergana" and the creative work of the early twentieth century, serves to create a certain image of the literary environment.

Текст научной работы на тему «“ SADOIY FARG’ONA ” GAZETASIDA E’LON QILINGAN BADIIY ASARLAR VA ULRNING TAXLILI»

УДК 374

Botirov T. talabasi Qo'qon universiteti

" SADOIY FARG'ONA " GAZETASIDA E'LON QILINGAN BADIIY ASARLAR VA ULRNING TAXLILI

Annotatsiya: "Sadoyi Farg'ona" gazetasining keng va ko'lamli tarzda qamragan ma'lumotlarni xalqimizga etkazish bugungi kun uchun juda dolzarb hisoblanadi.. Bu esa o'zbek adabiyotshunosligi oldida xali ko'p vazifalar mavjudligini ko'rsatadi. Shu ehtiyojdan kelib chiqib "Sadoyi Farg'ona" gazetasini tadqiq etish dolzarb ilmiy muammo ekanligini takidlash lozim. Maqolada "Sadoyi Farg'ona" gazetasi va adabiy muhit mavzuida qimmatli ikrlar bildirilgan. Shu bilan birgalikda nashr xaqida, gazeta sahifalarida e 'lon qilingan badiiy, ilmiy hamda publitsistik asarlarning mualliflari haqida, she 'r, fel'eton va adabiyotga doir xabarlar tahlil etiladi va shu asosda "Sadoyi Farg'ona" gazetasi vaXXasr boshlaridagi ijodiy, adabiy muxit haqida ma'lum tassavur hosil qilishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: gazeta, publisistika, nashr, maqola, tahlil, matbuot.

Botirov T. student Kokand University

PUBLISHED IN "SADOIY FERGANA" NEWSPAPER ART WORKS AND ANALYSIS OF THEM

Annotation: It is very important today to provide our people with a wide range of information from the newspaper "Sadoyi Fergana". This shows that Uzbek literature still has a long way to go. Given this need, it should be noted that the study of the newspaper "Sadoyi Fergana" is an urgent scientific problem. The article contains valuable comments on the newspaper "Sadoyi Fergana" and the literary environment. At the same time, news about the publication, about the authors of artistic, scientific and journalistic works, poems, feuilletons and literature published in the newspaper are analyzed, and on this basis, the newspaper "Sadoyi Fergana" and the creative work of the early twentieth century, serves to create a certain image of the literary environment.

Keywords: newspaper, journalism, publication, article, analysis, press.

"Sadoyi Farg'ona" gazetasi o'zbek adabiyoti tarixida ham yorqin iz qoldirgan. Chunki uning sahifalarida bir qator iste'dodli adiblarning she'r, hikoya va feletonlari bosilib turgan. Gazeta istedodli va yosh qalamkashlarning ijodiga xamisha katta e'tibor ko'rsatgan va u barcha adiblarning sevimli minbari hisoblangan. Turkuston xalqi aynan shu nashr orqali o'z sevimli adiblarining ijod namunalari bilan tanishib borganlar. Turkiston adiblarining ilmu ma'rifatga chorlovchi she'r, hikoya maqola va feletonlari gazetaning xalq orasida shurhrat topishiga sabab bo'ldi

Ro'znoma garchi Qo'qonda chop etilgan bo'lsada unda bosilgan asarlar mualliflari butun Turkuston o'lkasidan bo'lganlar. Ular orasida Ishoqxon Ibrat, Shokir Muxtorov, Yodgor Davron, Xolid Said, Saidahmad Vasliy, Siddiqiy -Ajziy, Xurshid, Mirmuhsin Shermuhammedov, Ibrohim Davron, Xamza, Cho'lpon, Ashurali Zohiriy, Muxammadjon Xoliqiy, To'lagan Xo'jamyorov, Sharifzoda Xoib, Xalmiy, Shamsiddinbek Xamidiy, Xasanxo'ja Saodadiy, Sayyoh, Darvesh, Axmadjon Mustoqiy, G'ulom Zafariy, Muallim qori, Layli, Axmadzoda, Axmadali Muxammad Yo'ldosh o'g'li, X.M.Akbarov, Mirxaydarzoda Urgutiy, Abdullajon Karimjonov, Maxmudxo'ja Bexbudiy, Kamolov kabilar bor. Biz bu shoirlarni shartli ravishda ikki guruxga : a/ Qo'qon adabiy muhitida yashab qalam tebratgan ijodkorlar ; b/ boshqqa viloyat va shaharlarda yashab, Qo'qonda chiqadigan "Sadoyi Farg'ona" gazetasi bilan aloqa bog'lagan ijodkorlarga bo'ldik.

Birinchi guruhga Hamza, Ibrohim Davron, Muxammadjon Xoliqiy, Ashurali Zohiriy, Abdullajon Karimjonovlarni kiritsak, ikkinchi guruhga taaluqli ijodkorlar sifatida namanganlik Abdulla To'qmulla o'g'li, Dadamirza qori, to'raqo'rg'onlik Isxoqxon Ibrat, samarqandlik Saidahmad Vasliy, toshkentlik Xurshit, G'ulom Zavariy, Mirmuxsin Shermuxammedov, Tavallo, andijonlik Cho'lpon, urgutlik Mirxaydarzoda Urgudiy, Bexbudiylarni tilga olish mumkun. Shuning uchun ham gazeta o'z davri adabiy hayotida alohida o'rin egalladi.

Quyida "Sadoyi Farg'ona" gazetasida bosilgan badiiy asarlarni mazmun va shakl jihatdan tahlil etishga, demakki, ularda ko'tarilgan mavzu va ilgari surilgan g'oyalarni ko'rib chiqishga, shuningdek, ushbu ijod namunalarining tili, syujeti, badiyyati va boshqa tomonlariga ahamiyat berishga harakat qilamiz.Shu asosda ushbu asarlar mualliflarining davr adabiyoti hayotida tutgan o'rni va "Sadoyi Farg'ona" bilan aloqa darajasini belgilaymiz.

Gazeta sahifalarida e'lon qilingan badiiy asarlar janr xususiyatlari jihatidan ham, mavzu va g'oyasi jihatidan ham g'oyat rang - barangdir. Ushbu ijod namunalariga aksariyat she'r, hikoya, fel'etonlar tashkil etgan bo'lib, ularda "Sadoyi Farg'ona"ning dunyo yuzini ko'rganidan quvonib, yorning hajru ishqi ko'yida o'rtanib, jamiyatda mavjud kamchilik va kirdikorlarni tanqid qilib, aziz va taraqqiyotga chorlab din va shariat qoidalarini tahlil etib, uning ruknlari xususida fikr bildirib bitilgan satrlar talaygina.

"Sadoyi Farg'ona" vodiyda chiqqan matbuot qaldirg'ochi bo'lgani bois uning nashr etilishini deyarli barcha ijodkorlar katta xursandchilik bilan qarshi oldilar. Jumladan, Xamzaning "Umid", Tavallo Toshkandiyning "Abyot", Isqohxon To'raning "Tabrik", Saidahmad Vasliyning "Shukrona va tabrik", Obidjon Mahmudovning "Muboraknoma", Yodgor Davronning "Nashraboshlab" she'rlari shular jumlasidandir.

Hamza "Sadoyi Farg'ona"ning tug'ilishi bilan dilda bir olam umid tug'ilgani bois "Umid" deb nomlangan she'rida o'lkada yana bir so'z minbari ko'payganidan, ushbu minbar shoirning o'z oldida - Qo'qondaligidan juda xursand bo'lib, gazetani tabriklaydi, uning ishi muvaffaqiyatli va elga foydali bo'lishiga umid bildiradi. "Sadoyi Turkiston" bilan egizak bo'lib dunyoga kelgan "Sadoyi Farg'ona"ni baxt o'g'loni, ma'rifat koni deb ataydi: Johila ham ajuza pirona, Ikki er tug'dilar ajibona, Ismi o'lindi har ikki o'g'lona, Birisin oti "Sadoyi Turkiston" Birisin oti "Sadoyi Farg'ona" Buzamon axlining jaholatidan, Xabar yo'q ani balog'atidan. Murdaga ruh uluv kamolatidan. Jismning joni "Sadoyi Turkiston" Dilningdarmoni "Sadoyi Farg'ona" Robbim! Ikkisini baqosini ber! Baxt o'g'lonidur! Vafosini ber! Matlaba hodi "Sadoyi Turkiston" Ma'rifat koni "Sadoyi Farg'ona" So'zidan har kim shifo bo'lsin! Nuridan har taraf ziyo bo'lsin! Dahrimiz zulmati fano bo'lsin! Kechaning mohi "Sadoyi Turkiston" Kunduzning tobi "Sadoyi Farg'ona" Qodiro! Umrinid davomat qil! Ofat va margdan salomat qil! Mushtariy talabin ziyodad qil! Jahilning mavhi "Sadoyi Turkiston" Ilimning koni "Sadoyi Farg'ona"

She'rning so'ngi so'ngi bandlarida ko'rinib turibdiki, Turkiston marifatlikparvar adiblar odamlar ongidagi joxilli, nodonli ilmu ma'rifat orqli bartaraf etish mumkin va bu tadbirda "Sadoyi Farg'ona"ning xizmatlari ulkan bo'ladi deb umid qilganlar.

Navbatdagi she'r to'raqo'rg'onlik Isxoqxon Ibrat qalamiga mansub bo'lib, u "Tabrik" deb nomlanadi. Shoirning qulog'iga Eshitildi "Sadoyi Farg'ona"

Kelmagan erdi tosh bu ona.

Endi

Haq muvaffaq etib murodina, Eshitilsun bu sam insona,

Chunki gazeta endi millt uchun "bisotdur", shuning uchun Husni iqbola noil etsun haq, Chiqsa shoyad davom maydona.

"Sadoyi Farg'ona" "millatimizning tili", u bilan endi dadil so'zlash mumkun. Shuning uchun endi

Anbiyoni ibordi xidmat uchun, Solmak elni roxi yazdona. Fuzalo yaxshi fikirlar yozsun. Xohish bo'lsa xalqa ehsona

Gazeta har yerda-masjidda, mayxonalarda, o'qiladi, uning uning yog'dusi musilmonlaraxdu paymon bo'lib tug'iladi. Chunki "Sadoyi Farg'ona" jismi bejonga rux bo'lib kirgani haqiqatdir.

Ushbu mavzudagi yana bir asar Tavallo toshgandiyning "Abyot" she'ridir. Undan ko'rinadiki, Tavallo, garchi o'zi uzoq Toshkentda yashasa ham, "Sadoyi Farg'ona"ning nashr etilishidan benixoya mavnun bo'lgan va o'z fikirlari, tilak - istaklarini she'rda bayon etgan.

She'r shoirning "Sadoyi Farg'ona" va "Sadoyi Turkiston" bilan tanishuv holati bayonidan boshlanadi: Arz budurjam'I yorona, Xoh oshno va xoh begona. Chiqdi ikki sado bu maydona. Ulturdim xayol ko'chasida, Po'chtadin berdilar ikkidona. Biri nomi "Sadoyi Tukiston" Biri budur "Sadoyi Farg'ona"

Shundan so'ng shoir xar ikki nashrni tashbex etib, ularning birini oyga, birini quyoshga qiyoslaydi. Birini "shakarguftor to'ti"deb, yana birini "yuz doston"ga o'xshatadi. Keyin esa har ikki gazetaning kelajagiga umid bildiradi: G'aflat, jahl ketsalar shoyad, Solsalar ko'zi ahli farg'ona. Qildi serob juma kun hammani, Obi rahmat yog'ib bu turona.

"Sadoyi Farg'ona"ning nashr etilishi bilan bog'liq yana bir she'r fors tilida yazilgan bo'lib, u vasiliy qalamiga mansub va "Shukrona va tabrik"deb nomlangan. 1

Eyxudo, deh baqoi Farg'ona, Ravnaqi kun atoyi Farg'ona. Baske, Farg'ona ma'dane ilmast, Dile man mubtaloi Farg'ona.

Tarjimasi:

Eyxudo, Farg'onaga boqiylik ber,

Har kuniga kamolot ber ato et.

Farg'ona ilim ma'danidir,

Mening dilim Farg'onaga Mubtalo.

"Sadoyi Farg'ona" gazetasining nashriga bag'ishlangan har to'rt she'r ham o'ziga xos orginal asarlardir. Ularning har birida nashrni8ng yangi - yangi qirralari bayon etilgan bo'lib, gazetaning ilm - ma'rifat ravnaqi, xalq kimoloti yo'lida xizmat qilishga ishonch tuyg'usi bilan sug'orilgan mushtarak fikr mavjuddir. Har to'rt she'rning ham tili g'oyat sodda, ravon, tushunarli. Ularni o'quvchi qiziqish, ishtiyoq va tashnalik bilan o'qiydi. Har to'rt muallifham o'z she'rini, ayniqsa, sharq shoirlariga xos bo'lgan mohirona san'atkorlik bilan yaratgan. Chunonchi, Hamza o'z she'rida gazetalarni "ikki yer" ga qiyos etib /jonlashtirish/, ulrning murdaga ruh berishini /jonlantirish/ "baxt o'g'loni", ma'rifat koni" /sifatlash/, kecha va kunduzning, oyu quyoshi" /tashbeh/ ekanligini ta'kidlasa, "hayol ko'chisida" o'tirgan Tavallo /sifatlash/ gazetalarini" shakarguftor to'ti va yuz asrga teng doston"ga qiyos etadi, /o'xshatish/ gazetalarini o'qiganlarni esa "parvona" o'xshatish deb ataydi.

Isxoqon to'ra esa "Sadoyi Farg'ona" tufayli

Kirdi bir ruhjismi bejona, deb yozganida Xamza bilan fikrdosh "Sadoyi Farg'ona"da yana, shuningdek, Tavallo Toshkandiyning "to'qmoqda" bir savdogar tilindan, 1 "Faqt g'animat" 2 Mirzajon Mirzaabror o'g'li Komolovning "Nima bo'ldi biz musulmonlarga" 3, "Urguti"nig "Ishtiyoqi ilm" 4, Eyxudo, deh baqoi Farg'ona,

Ravnaqi kun atoyi Farg'ona.

Baske, Farg'ona ma'dane ilmast,

Dile man mubtaloi Farg'ona.

Tarjimasi:

Eyxudo, Farg'onaga boqiylik ber,

Har kuniga kamolot ber ato et.

Farg'ona ilim ma'danidir,

Mening dilim Farg'onaga Mubtalo.

"Sadoyi Farg'ona" gazetasining nashriga bag'ishlangan har to'rt she'r ham o'ziga xos orginal asarlardir. Ularning har birida nashrni8ng yangi - yangi qirralari bayon etilgan bo'lib, gazetaning ilm - ma'rifat ravnaqi, xalq kimoloti yo'lida xizmat qilishga ishonch tuyg'usi bilan sug'orilgan mushtarak fikr mavjuddir. Har to'rt she'rning ham tili g'oyat sodda, ravon, tushunarli. Ularni o'quvchi qiziqish, ishtiyoq va tashnalik bilan o'qiydi. Har to'rt muallifham o'z she'rini, ayniqsa, sharq shoirlariga xos bo'lgan mohirona san'atkorlik bilan yaratgan.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Res'ublikasi Konstitutsiyasi.T.O'zbekiston.I993y.

2. Karimov I. Istiqlol va ma'naviyat.T. 0' zbekiston. 1994y.

3. Karimov N. XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlari va milliy istiqlol mafkurasi.T.1993y.

4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.1994y.

5. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 1994y.

6. O'zbek adabiyoti 4 tomlik, 4 tom. T. 1960y.

7. Milliy uyg'onish. T. 1993y.

8. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti.T. 2004y.

9. Sh. Rizayev. Jadid drammasi. T. 1997y.

10. Karimov G. Muqimiy hayoti va ijodi. T. 1970y.

11. Muqimiy asarlar. T. 1974y.

12. Ahmedov S. O'zbek adabiyotida "Sayohatnoma" 1980y.

13. Haytmatov A. Mavlono Muhiyi. Uzb. Ad. San'ati T. 1912y.

14. Furqat ijodiyoti. T. 1990y.

15. Abdug'afurov A. Zokirjon Furqat. T. 1977y.

16. N. Zavqiy. Tanlangan asarlar. T. 1958y.

17. Anbar Otin. She'rlar. Risola. T. 1970y.

18. Isoqhon Ibrat. Tarihi Farg'ona. T. 1992y.

19. KosimovB. Dolimov U. Ma'rifat darg'alari. T. 1990y.

20. A. Jalolov. Shoir Kamiy. UTA. JVb4 1993y.

21. Yusuf Saryomiy "Sherlar" Sayram. 1990y.

22. To'labayev O. Karimbek Kamiy. UTA Ns4 1993y.

23. Qosimov B. Jadidchilik milliy uyg'onish. T. 1993y.

24. Aliev A. Mahmudho'ja Behbudiy. T. 1994y.

25. Vadum Mahmud. Turk shoiri Ajziy, milliy uyg'onish T. 1993y.

26. S. Ahmad "Munavvar qori" esse "sharq yulduzi" JVb5 1992y.

27. A. Bobohonov. Abdulla Avloniy pedagogic faoliyati. T. 1966y.

28. B. Qosimov. Tavallo "Guliston" № 6 1969y.

29. B. Qosimov. Sidqiy Hondayliqiy "izlay, izlay. topganim" T. 1983y.

30. B. Qosimov. "izlay, izlay topganim" T. 1983y.

31. I. G'aniev. Fitratning tragediya yaratish san'ati. T. 1994y.

32. Qayumov. L Saylanma. Hamza hayoti va ijodi. T. 1981y.

33. M. Qushjonov. A. Qodiriyning tasvirlash san'ati. T. 1966y.

34. O. Sharofiddinov. Cho'lpon. T. 1991y.

35. Naim Karimov. Cho'lpon. T. 1991y.

36. N. Jumaev. Feruz. T. 1995y.

37. B. Qosimov. Maslakdoshlar. T. 1994y.

38. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. T. «Uzbekiston» 2009.

39. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T. «Sharq» 1998.

40. D.A.Alimova. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. II ch. T. «Uzbekiston» 2009.

41.Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. «Universitet» 1999.

42. D. Alimova, U Rashidov XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro - 2009.

43.Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohatlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. T. «Ma'naviyat» 2001.

44. O'zbekistonni yangi tarixi. 1-kitob Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T. «Sharq» 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.