Научная статья на тему 'TURKISTONDA JADIDCHILAR JAMIYATLARINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

TURKISTONDA JADIDCHILAR JAMIYATLARINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
3486
267
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadidlar / Turkiston / jamiyat / majlis

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — R.Xolmatov

Ushbu maqolada jadidlar tomonidan Turkiston O’lkasida tashkil etilgan “Jamiyati atfol”, “Jamiyati hayriya”, “Birlik”, “Madoro”, “Marifat”, “Jamiyati Ishtihod” kabi dastlabki jamiyatlar hamda ularning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, o’lka hayotida tutgan o’rni haqida keng ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA JADIDCHILAR JAMIYATLARINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

TURKISTONDA JADIDCHILAR JAMIYATLARINING PAYDO BO'LISHI

VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

R.Xolmatov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidlar tomonidan Turkiston O'lkasida tashkil etilgan "Jamiyati atfol", "Jamiyati hayriya", "Birlik", "Madoro", "Marifat", "Jamiyati Ishtihod" kabi dastlabki jamiyatlar hamda ularning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, o'lka hayotida tutgan o'rni haqida keng ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: jadidlar, Turkiston, jamiyat, majlis

EMERGENCE AND DEVELOPMENT STAGES OF JADID SOCIETY IN

TURKESTAN

R.Xolmatov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides a comprehensive overview of the first establishment of the Jedids in Turkistan and their role in the socio-economic development of the country.

Keywords: Jadids, Turkestan, society, assembly

XIX asr oxiri XX asr boshlarida jadidchilarning eng birinchi yangiligi ular tomonidan turli xil iqtisodga bog'liq jamiyatni tuzishdir. Pedagog, teatrshunos, muallif, jadidchilar sardori Munavvar qori Abdurashidxonov xotiralarida "Jamiyatlar qanday ochilur?" maqolasida "jamiyatni" tuzishdan maqsad - yurtimizni hayriya orqali rivojlantirish edi.

Munavvar qori "milliy maktab" asoschisi bo'lib qolish bilan birga chet elga bolalarni o'qishga yuborish masalasini ham yeshishga intildi. Keksa san'atkor Abdurahmon Akbarov xotiralariga ko'z tashlaylik. U quyidagicha yozadi:

"To'dadagi jadidlarning bosh rahbari bo'lgan Munavvar qori bir kun to'daning majlisiga kelib: "Ziyoli yoshlardan bir nechtasini Germaniyaga yuborib o'qitish kerak", deb uzoq nutq so'zladi. Shundan keyin to'daning rahbarlaridan 7-8 kishi Orifxo'jaboyning Yangi shahardagi hovlisida shu haqida birinchi marta majlis o'tkazdilar. Ammo Toshkent boyonlarining ko'pchiligi bo'lishi maslahati ko'rildi, deb ikkinchi kattaroq yig'in majlisini shayxxovandtahurlik Kattaxo'ja Xo'jayevning uyida o'tkazishga qaror qildilar"

XX asr boshi Turkiston tarixida erk va ozodliq xurriyat va istiqbol uchun

kurashgan Vatan va millat fidoiylarining pok nomlari orasida Qo 'qonlik jadid Obidjon Abduholiq o'g'li Mahmudov (1858-1936) ning ham ismi bor. Obidjon Mahmudov 1930 yilda GPU ga bergan ko'rgazmasida shunday deydi: "1917 yil yozida Bokudan ozarbayjonli Muhammadamin Afandizoda keldi. U "Ismoiliya" tashkilotidan maxsus yuborilgan bo'lib, Qo'qonda bir qator mitinglar o'tkazdi. Bir kuni mening uyimga keldi. Majlisda 11 kishi yig'lidi: men, fors Pirimursalzoda, Abbosxo'ja Kalonxo'jayev, Muhammadamin Muhamadjonov, Nosirjon Ziyoyev, Mirzohid Miroqilov, Mahmudxo'ja Xoliqiy, Mahmudjon Ahmadjonov, Abdurauf Abdurahmonov. Muhammadamin Afandizoda majlis ishtirokchilariga "Ittihodiy taraqqiy"ning programmasini so'zlab berdi hamda Qo'qonda bu tashkilotni tuzishni taklif etdi. Tashkilotga rais etib men, Miyon Qudrat hazrat birinchi muovin, Abbosxo'ja Kalonxo'jayev ikkinchi muovin qilib saylandi. Yangi a'zolarni tanlab qabul qilish ularning zimmasiga yuklandi.

Abduraufxoji Abdurahmonov - xazinachi, Mahmudxo'ja Xoliqiy kotiblikka saylandi.

Muhammadamin Afandizoda Qo'qonda "Ittihod va taraqqiy"ni tashkil qilib, Toshkentga keldi. U Munavvar qorining hovlisida joylashdi. Munavvar qorini unga biz tavsiya etdik va xat berdik. Toshketda Munavvar qorining uyida o'tgan tashkiliy yig'ilishda tashkilot prezidiumiga saylanganlar: Munavbvar qori Abdurashidxonov -rais, Ubaydulla Xo'jayev - birinchi muovin, Miyonbuzruk Miyonsolihov - ikkinchi muovin, Miyonxo'ja Xonxo'jayev. So'nggi ikki kishi a'zolarni qabul qilishni bajardilar. Tolibjon Musaboyev prezidiumga kirdi. Afandizoda muhim ko'rsatmalarni berib, Buxoroga ketdi.U yerda ham "Ittihod va taraqqiy"ni tashkil qildi. Buxoro tashkilotining raisi - Mirzo Abduvohid Munzim edi. Prezidiumga Usmonxo'ja Xo'jayev, Fayzulla Xo'jayev, Sadriddin Ayniy, Mirzo Abduqodir Mihiddinov saylandilar"

Turkiston mustaqilligi yo'lida faoliyat ko'rsatgan taraqqiyparvar, ma'rifatparvar - Obidjon Mahmudov o'zining jadidchilik faoliyati bilan xalqimizning ozodlik va mustaqilligiga katta hissa qo'shgan. O'z sarmoyasi bilan xalqimizni ma'rifatli qilish uchun faol kurashgan. U mazlum xalqimizni jahondagi ilg'or, taraqqiy topgan millatlar qatorida ko'rishni orzu qilgan va bu yo'lda o'z umri davomida tinmay say-harakat qilgan buyuk vatanparvarlarimizdan biri edi. U Turkiston xalqlarini ayanchli ahvolini, mustamlakachilarni beayov zulmi va talonchiligini ko'rib, bu mudhish ahvolga chek qo'yishning yo'llarini izlay boshladi. Obidjon Mahmudov boy savdogarlarimiz ichida birinchilardan bo'lib jadidchilarga ma'naviy va moddiy jihatdan ko'mak bera boshladi.Uning harokati va xarijati bilan H.H.Niyoziy "Doril -ul yetim" maktabini, Brohim Davron esa "Madoro"jamiyatini, Mirzo Ho'qandiy "Ma'rifat" jamiyatini tuzdilar. Jumladan, u millatdoshi muallim Po'latjon Abdulqayum o'g'liga 1911 yilda jadid maktabi tashkil etib, o'quv dargohi uchun

zarur bo'lgan barcha o'quv qurollari va ashyolarini olib berdi, darslar o'tish uchun maxsus bino ajratdi. Ularni darslik va o'quv jihozlari bilan ta'minladi. 1914 yil 3-aprelda Farg'ona vodiysi tarixida ilk o'zbekcha gazeta bo'lgan "Sadoi Farg'ona" ni tashkil etdi. Yana shu yili "G'ayrat" nomli shirkat ochib, unda ma'rifatparvarlik ishlarini davom ettirdi.

Qo'qonda "Birlik", "Madora", "Ma'rifat" va "G'ayrat" kabi jamiyatlar ochilib, kitob va nashriyotchilik ishlarini yo'lga qo'ydilar. "G'ayrat" jamiyati a'zolari ko'plab ziyoli, ma'rifatparvar, mahalliy xalq vakillari va Turkistonga surgun qilingan Georgiy Pavlyuchenko kabi rus ziyolilari bo'lgan.

"G'ayrat" jamiyatida dastlab kitob savdosi va noshirlik yo'lga qo'yilgan. Ishlar juda qiyinchilik bilan siljigan. 1915 yilda bor-yo'g'i 136 pay sotilib, bor sarmoyasi 3975 so'mni tashkil qilgan. Paychilarning aosiy qismi mayda savdogarlar bo'lib, butun umrini kitob va uning savdosiga bag'ishlagan. Turkiston o'lkasining barcha joylari, hatto Konstitantinopolda ham kitob savdo qilgan Abbosxo'ja Kalom Hojiyev bu jamiyatga rahbarlik qilgan.

"G'ayrat" shirkat jamiyati hissadorlar jamiyatigina emas, balki demokratik asosga qurilgan izchil artel sifatida o'zini namoyon qila olgan jamiyatdir. Buning natijasida mustamlakachi ma'murlar bu birodarlik faoliyat egalarini muhofaza bo'limi tomonidan doimo ko'z-quloq bo'lib turishlikka majbur etgan. Mustamlakachi ma'murlar va muhofaza bo'limi doimo ular bilan hisoblashishga majbur bo'lganlar.

Muhofaza bo'limining bir tomoni polkovnik Volkovga shunday axborot yo'llagan: "Chaykin fikricha bosh maqsadi mahalliy aholi manfaatlarini himoya qilish bo'lgan "Turkistanskaya golos" gazetasi o'zining paylaridan ko'pini Qo'qon shahridagi "G'ayrat" deb atalmish mahalliy musulmon ma'rifatchilar jamiyatiga joylashtirishga muvofaaq bo'ldi. (85 000so'mlik). Bu jamiyat Andijon shahrida 1916 yil oktayabr oyi boshlarida "Turkistanskiy golos" redaksiyasi rahbarligida barcha matbuot organini nashr qilishga kirishmoqchi. Mazkur masalani uzil-kesil hal qilish uchun oktyabr oyida "G'ayrat" jamiyati a'zolari shoshilinch majlisga chaqirildi. Majlisda jamiyat ustaviga ba'zi o'zgarishlar kiritish, pay kapitalini 12 500 so'mdan, 50 000 so'mga ko'paytirish, xususiy bosmaxona sotib olish va musulmon gazeta chiqarish masalalari muhokama qilindi. "Turkistanskaya golos" gazetasi redaksiyasi "G'ayrat" jamiyatiga o'zining xususiy nashr organini Andijonda emas, balki Qo'qonda "Turkistanskiy kray" gazetasi redaksiyasi rahbarligida chiqarishni taklif qildi. Agar "G'ayrat" jamiyati bu gazeta paylarini ma'lum qismini oladigan bo'lsa, uning bosmaxonasidan foydalanishi mumkniligi ham aytilgan. Bu masala hal bo'lishi arafasida "G'ayrat" jamiyati hozircha "Turkistanskiy golos" gazetasining 25 000 so'mlik paylarini sotib oldi.

"Turkistanskiy golos" gazetasiga obuna yig'ish uchun Andijondan gazeta kotibi Nikolay Mixaylov Norinskiy (tahallusi Turkistanskiy, Samamatin) Qo'qonga jo'nab

ketgan. U Namangan, Skobelevda ham bo'lib, "G'ayraf' jamiyati a'zolaridan tashqari boshqa ko'plab obunachilarni topgan.

Agentura ma'lumotlariga ko'ra, Qo'qonda 9-oktyabr kuni Obidjon Abduxoliq o'g'li Mahmudov uyida "G'ayrat" jamiyati a'zolarining xususiy 2-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Qo'qonda xususiy bosmaxona ochish, sart tilida musulmoncha gazeta chiqarish masalasi muhokama qilingan. Boy sartlar bu tadbirga mablag' berish haqida rozilik bildirishgan. Bu ishda 1914-yilda ilg'or yo'nalishdagi "Sadoi Farg'ona" gazetasini nashr qilgan Obidjon Abduxoliq o'g'li Mahmudov salmoqli ta'sirga ega. U boy va mulkdor, tadbirkor kishi... Panislomizm g'oyalariga juda berilgan. U ko'p martda yig'inlarda turkiston o'lkasi ruslardan ozod bo'lishi kerakligi haqida gapirgan.

"Turkistanskiy golos" gazetasida 1916-1917 yillardagi muhim voqealar o'z aksini topgan.

Obidjon Mahmudovning gazeta chiqaruvchilik sohasidagi yaqin yordamchisi, Qo'qonda yashovchi muallim Ashurali Zohiriy va iste'fodagi guberna kotibi Sarenbay Jumaqulov Okayevdir.

Mustamlakachi ma'murlar bunday shirkatlar faoliyatidan ehtiyot bo'lishni va ularga ko'z-quloq bo'lib turishni "josus" larga topshirishdi.

"G'ayrat" shirkati o'z ishini davom ettirib, 1917-yil sentyabr oyidan boshlab "El bayrog'i" gazetasini nashr eta boshladi. Qo'qonda milliy burjuaziyaning fikr tarqatuvchisi bo'lib chiqsa ham, shaharda muxtoriyat hukumati e'lon qilingach, uning (muxtoriyat hukumatining) rasmiy nashr afkori bo'lib chiqa boshladi. Shiori: "Yashasin Turkiston muxtoriyati!", "Yashasin qo'shma xalq jumhuriyati" edi. O'zgacha qilib aytsak "turk elining moddiy va ma'naviy ehtiyojidan baxs etadi, muvaqqat hukumatning tadbir va siyosatlaridan yozadi"

Bu gazeta, Qo'qon muxtoriyatining fikrini tashib, unga ko'p xizmat qiladi, mehnatkashlarning ko'zini ochdi, ko'pchilikda bolsheviklarga nafrat tuyg'usini tug'dirishga urindi.

Fikrini, til va imlosini bilish uchun gazetani o'zini tinglaylik: "Turk elining ichida yashagan turli din, muxtalif millatlar barchasi ham yaxshi nazarlarini bildirdilar, faqat birgina partiya, g'oyat o'z xalq - bolsheviklargina bu kungacha qarshi so'zlab, qarshi yozdilar. Bulargina muxtoriyatni turli bahona birlan soya va qaro qilmoqqa harakat etdilar...Turkistonda paxta o'rniga habobot (g'alla) ekilur."

"Alhamdulilloh, biz buyuk Turkiston xalqi, shonli turk avlodi, bu sevikli vatanimizni muxtoriyatli deb e'lon qildik. Aholisining 75 % sof turk irqidan iborat bo'lgan bu buyuk qit'a Russiyaning boshqa qit'alari qatorida o'ziga muxtoriyat oldi. Qorni och kishi taomga naqadar ruju qilsa, Turkistonning har bir rukunidagi aholi ham muxtori - shu darajada husni tavajjuh bilan qarshi oldilar."

Bu gazeta jamiyatda katta o'rin tutdi, deb bo'lmaydi. Chunki bu gazeta faqat tor doiradagina tarqalar edi.

Gazetaning tutgan maqsadi - Turkiston musulmonlarini milliy hukumat, milliy davlat bayrog'i ostida to'plamoq va shu yo'lda tashviqot yurg'izmoqdan iborat ekanini ochib bersa kerak. Bu gazeta o'zining 20 nomerlik umrini Qo'qon muxtoriyatining ideyasini tarqatishga sarf qilib, oxirida o'zi Qo'qon mehnatkashlarini yondirish uchun ochgan o'tida kuyib kul bo'ldi.

Muharrir Bo'tol Soliyev va Ashurali Zohiriy, yozuvchilari: Sardor, Abdulla Begiy, Nushiravon Yovushev, Abdulla Hayrulla o'g'li, Ubaydulloxon, O'g'izxon, Teshaboy, Ismoil Odiliy, Nosirjon, Xoji Hofiz Nurmuhammedov, Uyg'un, Shokirjon Rahimiy va boshqalar edi. Mix bosmada bosilar, haftada 2 marotaba berilardi.

Jamiyatlar o'lkamizning barcha viloyatlariga ko'chirildi. Jumladan, Buxoroda 1904 - yili "Jamiyati atfol", Munavvar qori "Milliy ittihod" markazini Buxoroga ko'chirdi. Validiy, F.Xo'jayev, A.Muhiddinov, Munzim va boshqalar yig'lib, navbatdagi kurashni rejalashtiradilar. "Jadid" partiyasi tuziladi. Bunga A.Muhiddinov ishlab chiqqan dastur asos qilib olinadi.

"Milliy ittihod", "Nashri maorif" jamiyatlari orqali Turkiston xalqini Istiqlol, Hurriyat degan najotga yetaklamoqchi bo'ldi. Samarqandda, Xorazmda, Xivada "Nashri maorif", "Jamiyati xayriya", "Milliy ittihod" kabi jamiyatlar yuzaga keldi.

Tarixchilarimizning hozirgi kundagi dolzarb vazifalaridan biri, o'tmishimizdagi har bir hodisa va voqea ma'lum ijtimoiy-siyosiy, g'oyaviy muhit ta'sirida yuz berganligini hisobga olgan holda, asosli hujjatlarga tayanib, ushbu voqea, hodisalarni har tomonlama chuqur o'rganish hamda tahlil qilishdan iboratdir. O'z davrida jadidlar ko'targan muammolar, bugungi kunimiz uchun ham hamohangdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jo'rayev. N O'zbekiston tarixi: (Turkiston Chorizm mustamlakachligi davrida). 1-kitob. - T.: Sharq 2011 yil . 409 bet.

2. G'ofurov I. Milliy hayollar va fiboiy Turkiston // O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 1998 yil 11 mart.

3. Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917)- Akademiya. T.: 2000 yil

4. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

5. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

6. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

7. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

8. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

9. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

10. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАВДИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

11. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ХАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

12. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

13. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

14. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

15. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

16. угли Хдбибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200-206.

17. Хдбибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

18. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

19. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

20. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

21. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

22. Рузиева, Г., & ^абибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

23. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L. Oriental Art and Culture, (6).

24. Угли, X. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

25. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

26. Солиева, X. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

27. Омоновна, С. X. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

28. Омоновна, С. X. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахдмияти. Современное образование (Узбекистан), (5).

29. Омоновна, С. X. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса»... Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.

30. Омоновна, X. С. (2020). ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЯИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, (V).

31. Омоновна, С. X. (2021). Глобаллашув жараёнида ахборот окдмининг ёшлар маънавиятига таъсири хусусида. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

32. Омоновна, С. X. (2021). Маданият ва маънавият масалаларида тарихий илдизлар излари. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

33. Парпиев, А. (2021). ЖАДИДЧИ ОБИДЖОН МАДМУДОВНИНГ ФАОЛИЯТИДАГИ ЯНГИ КИРРАЛАР. Oriental Art and Culture, (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.