Научная статья на тему 'HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING “SADOYI FARG’ONA” GAZETASIDA CHOP ETILGAN MAQOLALARI HUSUSIDA'

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING “SADOYI FARG’ONA” GAZETASIDA CHOP ETILGAN MAQOLALARI HUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
152
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MATBUOT / PUBLISISTIKA / GAZETA / NASHR / SAHIFA / JADIDCILIK

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qodirova M.S.

Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Sadoyi Farg’ona” gazetasida chop etilgan maqolalari hususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HAMZA HAKIMZODA ON NIYAZI ARTICLES PUBLISHED IN THE NEWSPAPER "SADOI FERGANA"

The article examines the articles by Hamza Hakimzod Niyazi published in the newspaper "Sadoi Fergana".

Текст научной работы на тему «HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING “SADOYI FARG’ONA” GAZETASIDA CHOP ETILGAN MAQOLALARI HUSUSIDA»

УДК 374

Qodirova M.S.

Bosshlang'ich ta'lim kafedrasi Dotsenti Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING "SADOYI FARG'ONA" GAZETASIDA CHOP ETILGAN MAQOLALARI HUSUSIDA

Annotatsiya: Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning "Sadoyi Farg'ona" gazetasida chop etilgan maqolalari hususidafikryuritilgan.

Kalit so'zlar: Matbuot, publisistika, gazeta, nashr, sahifa, jadidcilik.

Kodirova M.S. associate professor Primary Education Kokand State Pedagogical Institute

HAMZA HAKIMZODA ON NIYAZI ARTICLES PUBLISHED IN THE NEWSPAPER "SADOI FERGANA"

Resume: The article examines the articles by Hamza Hakimzod Niyazi published in the newspaper "Sadoi Fergana".

Key words: press, journalism, newspaper, edition, page, jadidism.

O'zbek adabiyotining yorqin siymolaridan biri bo'lgan Xamza Xakimzoda Niyoziy ham boshqa shoirlar qatori "Sadoyi Farg'ona" gazetasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib borgan. Natijada, nashr sahifalarida shoirning she'rlari muntazam bosilib turgan. Hamza she'riyatidagi jangovorlik, taraqqiyot va yangilikka tashnalik uning she'rlari orqali halq diliga yetib borgan va bining natijasida odamlar ongida ma'lum o'zgarishlar yuz bergani muqarrardir . Chunki ijodkorning bbarcha asarlari yuksak mahorat va teran mazmun bilan bitilgandir. Misol uchun shoirning "Ana o'zgalar- mana biz " nomli she'rini ko'rib chiqamiz. Ushbuasarda millat uchun chin dildan qayg'urgan shoir o'zbeklar hulq-atvoridagi ayrim holatla, turmushdagi ba'zi nojoiz tartiblarni o'zga millatlardagi ko'rinishlari bilan taqqoslaydi va kuyunchaklik bilan achchiq,xulosalar yasaydi. She'rni bitar ekan, shoirning ko'zidan durdonalar tomad, chunki

Biz oyoq ostida qoldik hor o'lub Boshni bosib o'tgusi begonalar. Bizda hayvondek maishatni ko'rib, O'zga millat qolgusi hayronalar O'zgalar solsa maorifga bino, Bizdaobod o'lgusi mayxonalar

O'zgalar qilsa musahhar ilmni, Bizga g'aflat o'ig'usi hamxonalar O'zgalar topsa sanoat mahzanin Bizni kasolat bo'lg'usi ming donalar. O'zgalar bo'lsa fido millat uchun Bizni qurbon etgusi jononalar. O'zgalar davlatga molik bo'lsalar, Bizda qismat o'lgusi uzronalar. O'zgalar donishga yetsa aql ila, Bizda kasrat topqusi devonalar. O'zgalar shavkat-la sohib bo'lsalar, Bizda qotil o'lgusi mardonalar. O'zgalar topsa maishat, chin hayot, Bizda badat - qayg'usi mastonalar. O'zgalar til siltasa ozordan, Bizni so'zda yurgusi kufronalar.

Yoki shoirning fikricha, millat qardoshlar gazeta va jurnallar o'qisa, bizning xalq bedoni o'yini bilan ovora. O'zgalar qiroatxonalar qursalar, bizning xalq bangxona qurish bilan banddir. Yana: O'zgalar chalsa sadoyi ma'rifat, Bizda karnay cholg'usi to'yxonalar. O'zga millatlar yo'lin takmil etar, Bizni millat qo'g'usi uryonalar. Biz hamon kunduz bila uyqudamiz, O'zgalar tong otmayin uyg'onalar. Endi xalqdan katta harakat va intilish zarur. Chunki: Manzila yetmay qolur bo'lsak agar, Ko'p pushaymonlar biza armonalar.

She'r yakunida shoir millat poklanmog'ining asoiy yo'li sifatida ilm yo'lini ko'rsatadi:

Ko'z oching, ibrat oling, maktab oching, O'qisin sibyon ila sibyonalar. Din uchun sarf etsangiz bir - ikki yuz, Kuymagay haq yo'lida poyonalar. Eshiting millat rijosin raxm eting, Ey sahovapesha Farg'onalar. deb yozadi.

She'rda ko'tarilgan masala va ilgari surilgan fikrlar o'z davri uchun ham, hozirgi davr ijtimoiy muhiti uchun ham g'oyat dolzarbdir. Chunonchi, harakatdan ko'ra hayol surishni, jangovarlikdan ko'ra mungli qo'shiq tinglashni, tiyraklikdan uyquni afzaol biluvchi xalqning kosasi hech qachon oqarmasligi haqida yozilgan kuygunchak she'r va maqolalar, aytgan dardli fikrlar hizirda ham mavjud. Yosh munakkid Bobur To'xtaboyevning "Erksizlik kasali"

maqolasi Hamzaning biz yuqorida ko'rib chiqqan she'ri bilan g'oyat hamohangdir. Ushbu maqola muallifi ham shoir Hamza kabi erkdan ko'ra qullikni, ma'rifatdan ko'ra jaholatni afzal biluvchi millarning hech qachon ma'naviy mustaqillik yuksak kamolotga erisha olmasligini qayta - qayta ta'kidlab o'tadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, shoir Hamza asarimiz boshlaridayoq millar psixologiyasida va jamiyatda sohta qoidalar asosida mavjud bo'lgan islohotlar haqida ro'y - rost yozgan, ularning tub mohiyati, kelib chiqish sabablarini aniqlay olgan.

"Ana o'zgalar - mana biz" she'ri masnaviy usulida aruzningramalimu saddasi mahzuf bahrida yozilgan bo'lib, 56 misra, 285 baytdan iborat yhamda a -a, b-a, v-a tarzida qofiyalangan. Asar misralarida o'ziga hos qofiyadosh so'zlar - begonalar durdonalar, so'zonalar, giryonalar, hayronalar, ha mxonalar, donalar, jononalar, uzronalar, devonalar, mardonalar, kufronalar, pironalar, bangxonalar, to'yxonalar, uryonalar, uyg'onalar, peshonalar, yonalar, armonalar, ponalar, sibyonalar, poyonalar, farg'onalar ishlatilgan va ular she'rning jozibadorligin i yanada oshirgan.

Hamza Hakimzodaning "Sadoyi Farg'ona" sahifalarida bosilgan she'rlaridan biri "Muxammas bar g'azali Avloniy Toshkandiy" deb nomlanadi. Ushbu muxammas ham shoirning millat qayg'usi bilan bitilgan asarlari jumlasiga kiradi:

Ochmodik ko'z uyqudan, bo'ldik hamisha mastu xob,

Etmadik g'ayrat bila yo'lga jigarlarni kabob.

Ochmadik ibrat, tutib nomus or, o'ldik xarob,

O'zga millatlar o'lub ilmu adabdan kamiyob,

Molu davlat ham edub quvlandilar amniyata.

Millat ahvolidan qayg'u urgan shoir yana xalqqa murojaat qiladi:

Gar bashorat vor esa, fikr aylagil, holina boek,

O'zga millatda nalar vor o'lsa, biz andin yiroq.

Doimo bizlar haqiqat so'ziga solmasdan quloq,

Taeqadi nohaqdan bizim o'rtamiza buzg'u nifoq,

Ittihodi tur etib qildik havas ziddiyata.

Besamardir bu yotib qilgan bizim afg'onimiz,

Ko'z ochib g'ayrat eting, aylab fidolar jonimiz.

Shug'l etaylik ma'rifatga ozuqib ko'z qonimiz,

Jam o'ling bir yerda akmal aylaylik nuqsonimiz,

Jam o'ling bir yerda akmal aylaylik nuqsonimiz.

Bu esa Bobur To'xtayev fikrlarini yana bir bor yodga olib, mehnatkash ommani ekka, ilmli, ma'rifatli bo'lishga chaqirish g'oyasi Hamzaning 17 -yildan avvalgi ijodining asosini tashkil etadi deb xulosa qilishga olib keladi.

Darhaqiqat, shoirning "Biz va jum'a bayramimiz" she'rida ham xalq ahvolini ko'rib qayg'urgan insonning kuyuk yuragi va kelajakda bo'ladigan saodatbaxsh kunlardan umidi aks etadi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Res'ublikasi Konstitutsiyasi.T.O'zbekiston.I993y.

2. Karimov I. Istiqlol va ma'naviyat.T. 0' zbekiston. 1994y.

3. Karimov N. XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlari va milliy istiqlol mafkurasi.T.1993y.

4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.1994y.

5. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 1994y.

6. O'zbek adabiyoti 4 tomlik, 4 tom. T. 1960y.

7. Milliy uyg'onish. T. 1993y.

8. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti.T. 2004y.

9. Sh. Rizayev. Jadid drammasi. T. 1997y.

10. Karimov G. Muqimiy hayoti va ijodi. T. 1970y.

11. Muqimiy asarlar. T. 1974y.

12. Ahmedov S. O'zbek adabiyotida "Sayohatnoma" 1980y.

13. Haytmatov A. Mavlono Muhiyi. Uzb. Ad. San'ati T. 1912y.

14. Furqat ijodiyoti. T. 1990y.

15. Abdug'afurov A. Zokirjon Furqat. T. 1977y.

16. N. Zavqiy. Tanlangan asarlar. T. 1958y.

17. Anbar Otin. She'rlar. Risola. T. 1970y.

18. Isoqhon Ibrat. Tarihi Farg'ona. T. 1992y.

19. KosimovB. Dolimov U. Ma'rifat darg'alari. T. 1990y.

20. A. Jalolov. Shoir Kamiy. UTA. JVb4 1993y.

21. Yusuf Saryomiy "Sherlar" Sayram. 1990y.

22. To'labayev O. Karimbek Kamiy. UTA Ns4 1993y.

23. Qosimov B. Jadidchilik milliy uyg'onish. T. 1993y.

24. Aliev A. Mahmudho'ja Behbudiy. T. 1994y.

25. Vadum Mahmud. Turk shoiri Ajziy, milliy uyg'onish T. 1993y.

26. S. Ahmad "Munavvar qori" esse "sharq yulduzi" JVb5 1992y.

27. A. Bobohonov. Abdulla Avloniy pedagogic faoliyati. T. 1966y.

28. B. Qosimov. Tavallo "Guliston" № 6 1969y.

29. B. Qosimov. Sidqiy Hondayliqiy "izlay, izlay. topganim" T. 1983y.

30. B. Qosimov. "izlay, izlay topganim" T. 1983y.

31. I. G'aniev. Fitratning tragediya yaratish san'ati. T. 1994y.

32. Qayumov. L Saylanma. Hamza hayoti va ijodi. T. 1981y.

33. M. Qushjonov. A. Qodiriyning tasvirlash san'ati. T. 1966y.

34. O. Sharofiddinov. Cho'lpon. T. 1991y.

35. Naim Karimov. Cho'lpon. T. 1991y.

36. N. Jumaev. Feruz. T. 1995y.

37. B. Qosimov. Maslakdoshlar. T. 1994y.

38. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. T. «Uzbekiston» 2009.

39. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T. «Sharq» 1998.

40. D.A.Alimova. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. II ch. T. «Uzbekiston» 2009.

41Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. «Universitet» 1999.

42. D. Alimova, U Rashidov XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro - 2009.

43.Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohatlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. T. «Ma'naviyat» 2001.

44. O'zbekistonni yangi tarixi. 1-kitob Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T. «Sharq» 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.