ilmiy-uslubiy jumaU
Will ACR IkkIVriII \ AIi\II VIV ACRFIA Un<s<sI V A \ I \Y: k' A Vk' A Y
XVIII ASR IKKINCHI YARMI XIX ASRDA ROSSIYANING KAVKAZ
HUDUDIDA AMALGA OSHIRGAN HARBIY HARAKATLARI
* : i>
»
Nasimova Umida Hamdam qizi
Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7238827
' t
1> TlP*
Annotatsiya: Ushbu maqolada Rossiyaning imperiyaga aylanishi natijasida uning sarhadlari kengayib borishi bu orada uning muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan Kavkazni egallashga intilishi kuchayib borishi aks ettirilgan. Rossiyani egallashga qaratilgan harbiy harakatlar Pyotr I davrida boshlanadi va bu harbiy harakatlarni Yekaterina I va Yekaterina II,Pavel I davrida bir qadar jiddiy tus olishi bayon etilgan. Ayni Kavkaz masalasida Umonli imperiyasi,Eron va Rossiya manfaatlarining to'qnash kelishi bu holatda Rossiyaning mintaqani egallashda o'ziga
vAfi trAtinof nin n KmrAti fron V alr n+an ti n TT rlnT rn n o I lo m An I 1 rurl/l nrnn Anrrni i lAro
xos yondashuvi bayon etilgan.Yekaterina II davrida Usmonli Turklarga qarshi Qora
>
dengiz va Kavkaz uchun olib borilgan harbiy harakatlar va Kuchukqaynarja shartnomasiga ko'ra Rossiyaning Kavkazda qo'lga kiritgan imtiyozlari bayon etilgan. Rossiya Shimoliy Kavkazda o'z pozitsiyasini mustahkamlash uchun yuborgan
»
m?
vakillari Zubovning Gruziyadagi olib borgan faoliyati general Pyotr Takem va Shametovlar faoliyati yoritilgan.
Kalit so'zlar: Shimoliy Kavkaz, Pyotr I, Yekaterina II. Adel Grey, Kuchukqaynarja shartnomasi, Abbos Mirzo, Qorabog' xonligi, G.V.Rozen, Eron, Pavel I, Shametov.
11 1>
Rossiyaning imperiyaga aylanishi natijasida Pyotr I ning Kavkazga nisbatan olib borgan siyosati va bu hududga nisbatan qiziqishning ortib borishini Yekaterina II davrida keng ko'lam yoyishi Shimoliy Kavkazga yuborilgan imperiya harbiylarining Shimoliy Kavkazda olib borgan faoliyatlari va bu harakatlarga qarshi yuzaga kelgan milliy ozodlik guruhlarining faoliyati yoritilgan.Kavkaz masalasida Rossiya, Eron va Usmonli Turklar manfaatining to'qnash kelishi va buning oqibatlari mavzu dolzarbligini oshiradi.
J-jt
XVIII asr ikkinchi yarmidan XIX asr o'rtalariga qadar Rossiyaning Kavkazni egallashga nisbatan harakatlarining nihoyatda kengayganini ko'rish mumkin. Rossiyaning Kavkazga nisbatan olib borgan siyosati va uning natijalari bo'yicha ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu borada M.Beliyev, V.Dagayev,
! j>:*-
V.A.Runov, A.S.Kulikov, V.Gutakov, V.Potto, N.E.Pokrovskiy,A.K.Kazimbek kabi mutaxassislarning faoliyatlari ahamiyatlidir.
> | :
:>q> q >■:>
• > >
>q ] - > >
U>,* ^ «KQs
№2 2022
ilmlyuslubly jurnali
Miiiif-iwuuif juiiian
Pyotr I davrida Rossiya imperiyaga aylanishi asosida uning sarhadlari ham juda
kengayib ketdi. Pyotr I olib borgan harbiy harakatlari natijasida Kavkazning bir qancha hududlari Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi.
Rossiya Kavkazni egallash borasida Pyotr I davrida bir qancha muvaffaqiyatga erishgan bo'lsada, lekin uning vafotidan keyin bu hududlarda ruslarning tasiri tushib keta boshlagan. Kavkazda ruslarni tasirini saqlab qolishga harakat qilgan Pyotr I ning rafiqasi Yekaterina I hisoblanadi. 1725-yilning ozida Kavkazdagi vaziyatni
J»
! Ш-
qo'lga olish maqsadida Astraxan gubernatori Matyushkinga topshiriq beradi. 1725-yilning oktyabr oyida general-mayor Kropotov va Shemetovlar boshchiligidag qo'shin Shimoliy Kavkazga qarab harakatlanadi. Ularning maqsadi Pyotr I vafotidan keyin ruslarga qarshi bosh ko'targan Adil Greyni jazolash bo'lgan. Adil Grey 3 ming kishilik qo'shini bilan ruslarga bas kela olmasligini tushungan holda 1726-yilning 20-may sanasida Shemetovga taslim bo'lgan.1
1762-yil 28-iyunda Rossiyada saroy to'ntarishi natijasida hokimiyatga
Val^n fan n о TT г» Л f 1 rrrn n о TT \лг\\т~л mn rnf rrn I/ al 1 о ni ml n-n D аопп m n 1 n rv -foc* nm
Yekaterina II o4irgan. Yekaterina II hokimiyatga kelishi bilan Rossiyaning tashqi
siyosatdagi faoliyati ham keskin o'zgardi. U asosiy e'tiborini yangi hududlarni egallashga qaratdi. Uning bu siyosati dastlab Turkiya bilan ziddiyatga borishiga sabab bo'lgan.2 Yekaterina II Rossiyaning tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlaridan
»
biri sifatida Qora dengiz mintaqasi va Kavkaz hududida gegemonlik qilish deb hisoblagan.
1768-yili avgust oyida Imetri va Gruziyaning nasroniy qirollari Rossiya hukumatiga murojaat qilib turklar zulmiga qarshi kurashishga yordam so'ragan. Ularning bu takliflarini Yekaterina II juda mamnuniyat bilan kutib olgan. Ruslar Mozdok qalasida Gotlib Genrixovich (Gotlib Kurt) boshchiligida qo'shin tuzadi. Bu qo'shinga Gruziya va Imerit hududlarini ruslar nazorati ostiga o4kazish vazifasi topshirilgan. Rus qo'shinlari 1769-yil kuzida Terek va Avargi vodiylari bo'ylab Kavkaz tog'larini kesib o4ib Gruziyaga kelib tushadi. Ammo bu yeda mahalliy aholi ruslarni yaxshi kutib olishmagan. Gruziya qiroli Erkle II oz hududiga kirib kelgan
m.
ruslarni yaxshi kutib olib ularni turklar bilan kurashishga yo naltirdi. Rus generali Totliben boshchiligida gruzinlarning otliq qo'shinlari bilan birgalikda turklar tasiri ostida bo'lgan Axaltsixen qaFasiga hujum qiladi. Ruslarning Portiga qilgan hujumi
J-jt
l-ч n m I r/^-f/~11 / _î Г71 т r n /~l n I г-ж I n n /vn n mn/inn/imn At*i n 1л n r»lrv\nrrr>r> -гм 1 fi /ч г» ппил nfi
ham besamar ketdi. Gruziyada kozlangan maqsadiga erisha olmagan rus qo'shinlari
ш
1771-yil fevral oyida egallagan hududlarida ozgina qo'shin qoldirib asosiy qism ortga chekindi.3
Rus qo shinlarining Gruziya hududida qolishi nafaqat mahalliy hukmdorlarni
! !>»
balki Turkiyani ham xavotirga solib qo'ydi. Vaziyatni o'zi tarafiga ogMirish
J> __3 J>;>
1-
Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.-C.74.
2 В. А. Рунов, А. С. Куликов. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -С.79.
3 В. А. Рунов, А. С. Куликов. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -С.82.
Sp^ J^ ' J "
№2 2022
ilmlyuslubly jurnali
Miiiif-iwuuif juiiian
maqsadida Turk hukmdori Shimoliy Kavkaz hududida istiqomat qiladigan bir qancha
mahalliy xalqlarni rus hukmronligiga qarshi gij-gijladi. Oqibatda Qrim tatarlari va cherkaslar qo'shinlari ruslarga qarshi kurashga kirishdi. Bu birlashgan qo'shinga qarshi general-mayyor Madem xon Ubash qarshi chiqqan. 1771-yil 29-aprelda Kalaus daryosi sohilida bo'lib o'tgan jangda ruslar g'alaba qozongan. Bu g'alaba ruslarga mintaqadagi tasir doiralarini saqlab qolishga katta yordam bergan. Bu g'alaba natijasida general Madem va ko'plab qalmiqlar rus hukmdori tomonidan
! Ш-
qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Yekaterina II Kavkaz hududini faqat harbiy kuch bilan egallash qiyin ekanligini tushungan holda o'z yo'nalishini malum darajada o'zgartirishga harakat qilgan. U endilikda Kavkazning mahalliy aholisi tarkibidagi katta tasir doiraga ega bo'lgan shaxslarni ruslar tomoniga og'dirish siyosatini ham qo'llay boshlagan. Bundan tashqari rus ta'siri ostida bo'lgan Kavkaz xalqlariga bir qancha erkinliklarni ham bergan.
Valrn+an-nn TT П1ПГГ Ki i ci-it глго+i Ii о m V Iii m г» I it r l/^ от пап тг! n m irmurn+m D /лстлгп
Yekaterina II ning bu siyosati ham Shimoliy Kavkazdagi vaziyatni Rossiya
foydasiga tom ma'noda o'zgartira olmadi. Endilikda Kavkaz xalqlarining bir-biri bilan kurashi kuchayib ketdi. Shimoliy Kavkazda katta qudratga ega bo'lgan Kabardiyaliklar va qalmiqlar o'rtasidagi munosabatlar ziddiyatlashib, xatto, urush
»
m?
bo'lishiga ham olib keldi. Urush natijasida 1771-yil yanvarida 28 mingdan ortiq qalmiqlar dastlab Ural daryosi bo'ylariga, keyinchalik esa Xitoyga ketishga majbur bo'lgan4. Kavkazdagi vaziyatdan yana turk sultoni foydalanib qolishga harakat qilgan. U bir qancha harbiylarni Shimoliy Kavkaz hududiga yuborib harbiy harakatlarda mahalliy aholiga bosh bo'lishga harakat qilgan. Lekin 1768-1774-
haiakanaida mahalliy aholiga uosn uo lishga harakat qilgan. Lekin 1/68-1//4-yillarda bo'lib o'tgan urushda Rossiyadan mag'lubiyatga uchrashi turklarning Kavkazdagi harakatlarini to'xtatishga majbur qilgan.
1774-yil 10-iyulda Rossiya va Turkiya o'rtasida imzolangan Kuchuk-Qaynarji shartnomasiga ko'ra Qrim xonligi Usmonli imperiyasidan mustaqil bo'ldi. O'z navbatida Qrim xonligi Rossiya ta'siriga tushdi. Buning natijasida Rossiya Qrim orqali Kubanga_cherkas va qorachoy xalqlariga o'z ta'sirini o'tkaza olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu shartnomaga ko'ra Usmonli davlati Kabardiya xalqlariga amaliy yordam ko'rsatishdan butkul voz kechdi. Usmonlilar sultonining Shimoliy
J-jt
Kavkaz xalqlari ishlariga aralashmasligi bu yerda yashayotgan ingush, ositen va
ш
chechenlarni Rossiya ta'siri doirasiga tushishiga rozilik sifatida qabul qilindi.
Shuningdek Rossiya shartnoma bandlarida Usmonlilarni Gruziya va Imereti
11 > ^^ \ "1 > davlatlarining ichki ishlariga aralashmasligini ham kiritdi. Bunga Usmonlilar sultoni
îf-'
! И*
rozi bo'ldi, lekin bu hududlar Rossiya ta'siri doirasiga kiritilmasligi talabini ham qo'ydi. Kuchuk-Qaynarji shartnomasiga ko'ra Rossiya va Usmonlilar o'rtasidagi
chegara Azov qal'asidan chizilgan liniya bo'ylab Terek daryosi bo'yidagi Mozdok _
-
4 В. А. Рунов, А. С. Куликов. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -С.85.
Sw I -J l^Sw
_____
№2 2022
ilmlyuslubly jurnali
Miiiif-iwuuif juinan
qal'asi bo'ylab o'tishi belgilandi. Rossiya bu g'alabadan keyin Kavkazdagi
harakatlarini yanada jonlantirib yubordi. 1774-yilda general Madem boshchiligidagi rus qo'shinlari Dog'iston orqali rasman fors shohlariga qaram bo'lgan Darbandga yurish qildi. General Medem harakatlaridan norozi bo'lgan uning o'rniga general Yakobini tayinladi. Unga asosiy vazifa sifatida Shimoliy Kavkazdagi Rossiya tasiri doirasidagi hududlarni saqlab qolish va vaziyatga qarab kengaytirish imkoni ham berilgan edi. Lekin Yakobi vaziyatni to'g'ri tushungan holda asosiy e'tiborini mavjud
J»
hududlarni saqlab qolishga qaratgan.5
Rossiya 1776-yildagi muvaffaqiyatsiz yurushdan keyin malum vaqt Kavkazdagi harakatlarni to'xtatdi. Asosiy e'tiborni oz chegaralarini mustahkamlash va rus fuqaroligiga o'tgan xalqlarni muhofaza qilishga qaratdi. 1787-yilga kelganda Kavkaz va Kuban qo'shinlariga qo'mondon etib Pyotr Avramovich Tekelli tayinlandi. Unga dastlab qo'shinni kuchaytirish va vaziyat tug'ilganda Kavkazda harbiy harakatlarni boshlash vazifasi topshirildi. Tekelli ixtiyoriga topshirilgan armiyaning ahvoli xavas qilar darajada emasdi. Uning ixtiyorida 4 ta alohida, 9 ta
! Ш-
m I
piyoda polk, 5 ta kazaklar polka, 3 ta otliq qo'shin polka, 2 ta dragun va 6 ta chiziqli polklar bor edi. Qo'shinning umumiy soni 41 800 kishi va 120 ta arteleriya qurolidan iborat bo'lgan. Bu qo'shinlar Grigoripolis, Prochniy, Okop, Stavropol shaharlarida
»
m?
joylashgan boisa, Gregivsk va Grebenskiy atrofida kazak polklari joylashtirilgan edi. Bundan tashqari Kaspiy dengizida bor yo'g'i 9 ta rus kemasi bo'lib, shundan 3 tasi yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Qo'shin tarkibidagi askarlar urushdan charchagan, jangavor kayfiyati yo'q edi. Xullas, Kavkazdagi rus qo'shini yomon holatga tushib
qolgan edi. Tekelliga Yekaterina II tomonidan qanday boisa ham Kavkazdagi , , .........
vaziyatni yaxshilash va yangi hududlarni egallash vazifasi yuklatilgan edi.
XVIII asr 90-yillari boshlariga kelganda Eronning Gruziyaga bo'lgan munosabati o'zgara boshladi. Eronda hokimiyat tepasiga kelgan Oga Muhammad Sharqiy Gruziya hududlarini egallashga harakat qila boshladi. Eron qo'shinlari Ozarbayjonda ham harbiy harakatlarini boshlab yubordi. 1795-yilda fors qo'shinlari
m.
Tbilisi shahrini qamal qilishni boshladi. F^kmmg harbiy jihatdan ustunligi Gruziya qirolining mag'lub bo'lishiga sabab bo'ldi. Natijada Sharqiy Gruziya hududi Eron ta'siriga tushdi. Bu xabarni Kavkazdagi rus qo'shinlari qomondoni Valerian J-* Aleksandorovich Zubov Peterburgga yubordi. Yekaterina II forslarning bu harakatiga keskin e'tiroz bildirdi. Kavkazdagi pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida tezlikda Rossiya yangi yurishni tashkil qilishga shoshildi. Lekin bu yurish Gruziya hududi orqali emas Kaspiy dengizi sohili bo'ylab amalga oshishi lozim edi. Yekaterina II Pyotr I tomonidan boshlangan ishni oxiriga yetkazish lozim deb o'yladi. Shuning
uchun ham bu yurushga puxta tayyorgarlik ko'rishga buyruq berdi. _
-
5 Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.-C.127.
№2 2022
ilmlyuslubly jurnali
Miiiif-iwuuif juinan
Kavkazga tashkil qilinadigan bu safargi yurish ham quruqlik ham suvda amalga
oshirilishi belgilandi. Qo'shinga umumiy qo'mondon sifatida Yekaterina II 24 yoshli graf V.A. Zubovni tayinladi. 1796-yilning mart oyiga kelganda yurish uchun
, .XX. -----XXX ^xxxx^x. х,_^ххххххх& xxx_ ^x^ ^xx.xx _xx_x
mo'ljallangan qo'shin Mozdok qal'asiga to'plandi. 1796-yil 8-aprelda rus qo'shinlari
аи j
Terek daryosini kechib o'ta boshladi. Bu ulkan qo'shin forslar vassaliga aylangan Darband xonligiga qarab harakat qilardi.6
Darband ruslarga taslim bo'lgach Shayx Ali ruslarga asir tushdi.Rossiyaning yangi imperatori Pavel I ham Kavkaz siyosatiga alohida e'tibor qarata boshladi. U dastlab Kaspiy sohillari bo'ylab ruslarning janubga qarab harakatlarini to'xtatdi. 1798-yilda Gruziya qiroli Erekle II vafot etdi. Uning o'rniga taxtga Jorj XII o'tirdi7. Mamlakatda boshlangan siyosiy vaziyatdan foydalangan Turk qo'shinlari va Dog'iston legionlari Gruziya shaharlarini birin-ketin vayron qila boshladi. Bundan tashqari Eronning Gruziyaga bo'lgan bosimi ortib ketdi. Jorj XII bunday vaziyatdan chiqishning yagona yo'li sifatida Rossiya hokimiyati ostiga o'tish degan qarorga kelishga majbur bo'ldi. 1801-yil 12-sentyabrda Pavel I Gruziya qirolligini rasman
*
tugatilganligini e'lon qiluvchi qonun qabul qildi. Endilikda Gruziya o'rnida Rossiyaning alohida provensiyasi tashkil qilindi. Shunday qilib Gruziya Rossiyaning rasman mustamlaka hududiga aylantirildi.8
XIX asr boshlariga kelganda Rossiyaning Kavkaz hududiga bo'lgan qiziqish har qachongidan ham ortdi. Shu vaqtgacha Kavkaz asosan Rossiya, Turkiya va Eron o'rtasida bahsga sabab bo'lgan hudud bo'lib kelgan bo'lsa, endilikda Angliya va Fransiya ham bu hududda o'z qiziqishini bildira boshladi. Misol sifatida 1801-yilda
Fransiya elchisi Malkolm Tehronda bo'lib Eron shohi bilan uchrashdi. Bu
, „ . ...... ......... , ,
uchrashuvda Fransiya vakili shohga Kavkazdagi harbiy harakatlarda har tomonlama
yordam berishga tayyor ekanligini bildirgan. Lekin bu kelishuv bu vaqtda amalga oshmay qoldi.
XIX asr boshlarida Yevropadagi siyosiy vaziyat Napaleon I harakatlari natijasida o'zgarib ketdi. Napaleon I ning harbiy yurushlari natijasida Rossiya ham asosiy e'tiborini mudofaani kuchaytirishga qaratdi. Lekin shunday bo'lsa ham Rossiya Kavkazdagi harbiy harakatlarni butunlay to'xtatmadi. 1804-yilda 3-yanvarda rus qo'shinlari Ganja xonligini bosib oldi. Bu harbiy harakatlarda rus qo'shinlaridan J-jt
46 kishi halok bo'lgan bo'lsa, 243 kishi yaralangan. Ganja egallangandan so'ng u
ш
Gruziya okrugi tarkibiga qo'shilib, poytaxti Yekaterina II sharafiga Yekaterinapol deb o'zgartirildi.
1804-yilda Napoleon Kavkazda o'z manfaatlarini ko'zlab Eronning Rossiyaga
qarshi gij-gijlay boshladi. Eron shohi Fatohali o'z elchilarini Parijga yubordi. Uning -
6 Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.-C.134.
7 В. А. Рунов, А. С. Куликов. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -С.93.
8 Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.-C.142.
№2 2022
ilmlyuslubly jurnali
»
Miiiif-iwuuif juman
ko'zlagan maqsadi fransuzlardan ruslarga qarshi urushda yordam olish bo'lgan. Fors
elchilarini Parijda Napoleon I yaxshi kutib olgan. Bu elchilikka javob tariqasida to'rt nafar fransuzni qo'shib yuborgan. Eronga kelgan fransuz vakillari qo'shinni ruslarga
j----" —-
qarshi tayyorgarligiga boshchilik qila boshlaydi. Natijada 1804-yilning may oxirida
Eron qo'shinlari Qorabog' xonligida to'plana boshlaydi. Bu ulkan qo'shinga Abbos Mirzo boshchilik qilishi belgilandi. Ruslar bilan birinchi jang 20-iyun sanasida Gruziya hududida bo'ldi. Bu to'qnashuvda ruslar g'alaba qozondi. Bu g'alaba
J»
! Ш-
natijasida rus qo'shinlari oldinga qarab harakatni davom ettirib 40 ming kishilik qo'shin bilan 16-iyul sanasida Yerevanni qamal qila boshladi. Ruslar qo'shinga Sitsinov boshchilik qilar edi. Ruslarning bu harbiy harakatlari natijasida Qorabog' xoni 80 yoshli Ibrohim o'z ixtiyori bilan Rossiya tarkibiga qo'shilishini e'lon qildi. 1805-yil 6-fevralda Qorabog' xoni rasman Rossiya imperatoriga sodiqlik qasamyodini qabul qilgan. Natijada Qorabog' xonligi har yili Rossiya xazinasiga 8 ming chervonest miqdorda o'lpon to'lashi belgilandi. Rossiya esa buning evaziga xonlik chegaralarini himoya qilishni o'z zimmasiga olgan.9
1806-yil kuziga kelganda rus qo'shinlari forslarni egallagan hududlaridan chekinishiga muvaffaq bo'la boshladi. Fors qo'shiniga qarshi kurash bo'layotgan bir vaqtda Shimoliy Kavkazning bir qancha hududlarida ruslarga qarshi bosh ko'tarishlar
»
m?
sodir bo'ldi. Misol uchun 1806-yilning noyabr oyida bosh ko'targan chechenlarni tinchlantirish ishiga general S.A. Bulgakov boshchilik qildi. Natijada mahalliy aholiga qarshi shavfqatsiz harakat boshlandi. Juda qiyinchilik bilan rus qo'shinlari chechenlar isyonini bostirdi.
1812 yilda Rossiya Fransuzlarni mag'lubiyatga uchratgandan keyin Kavkazdagi yo'qotilgan hududlarni qaytarib olish uchun harbiy harakatlarni boshlab yubordi.
Ruslar dastlab ishni Kavkaz hududida boshlangan qo'zg'olonlarni bostirishdan boshladi. Dog'iston va Kaxetiyadagi qo'zg'olonlar bostirilgandan so'ng janubga qarab harakatlandi. 1816-yilda Rossiyaning Kavkaz korpusi qo'shinlariga qo'mondon sifatida A.P. Yermalov tayinlandi. Yermalov ishni dastlab Gruziyadagi rus qo'shinlarini kuchaytirishdan boshladi. Uning ixtiyoridagi armiyada askarlar soni 50 mingdan ziyod edi. Chechenlar isyonini bostirish maqsadida Terek daryosi tomon harakatlandi. 1818-yilda rus qo'shinlari Grozniya qal'asini qaytadan egalladi. Harbiy
J-jt
harakatlarni davom ettirib ruslar 1819-yilda avarlar isyonini bostirdi.10
Eron ham Kavkazda o'z pozitsiyasini mustahkamlash harakatlarini boshlab yubordi. Fors qo'shinlari 1826-yildan Gruziya va Yerevan hududlariga bostirib kirishgan. Forslarga qarshi rus qo'shiniga I.F.Pastkevich boshchilik qildi. 1827-
i J>:*-
yildan harbiy harakatlarda rus qo'shinlarining ustunligi ko'rina boshladi. Shu yili -
9 В. А. Рунов, А. С. Куликов. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -С.98. Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 -C.43.
IJ>
№2 2022
ilmlyuslubly jurnali
»
Miiiif-iwuuif juiiian
1 liml 'm 's
kuzda rus qo'shinlari forslar tomonidan egallangan Yerevan shahriga yaqinlashdi. 10-
oktyabr kuni rus qo'shinlari shahar devorlarini vayron qilib bostirib kirdi. Natijada rus qo'shinlar tezda shaharni egalladi. Bu xizmatlari uchun Pastkevich II darajali Avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlandi. Oktyabr oyining o'rtalarida N.N. Muravyov boshchiligidagi rus qo'shinlari Tabriz shahriga bostirib kirdi. Shundan so'ng Eron shohi sulh so'rashga majub bo'ldi. Ikki o'rtadagi kelishuv 1828-yil 13-fevralda Turkmanchoy shahrida imzolandi. Bu shartnomaga ko'ra Yerevan va Naxechevan xonliklari Rossiyaning abadiy mulki deya e'lon qilindi, bundan tashqari Eron 20 mln
J О J J 1 , 1
rub miqdorida o'lponni kumush bilan to'lashi belgilandi.
Rossiya Eronni mag'lubiyaga uchatgan bo'lsada hali Shimoliy Kavkazdagi isyonni to'liq bostira olmagan edi. Rosiya imperatori Nikolay I ning qarshilikka bosh bo'layotgan ikki xonga polkovnik unvoni va yiliga 2000 rubl miqdorda maosh to'lash taklifi ma'lum ma'noda qo'l keldi. Faqat qarshilik harakatlarini chechenlarning bir nechta guruhlari davom ettidi. Shunday ekan Nikolay I ning tog'liq aholining sotib olish siyosati ham u darajada qo'l kelmadi.12
1831-yilda Kavkazdagi rus qo'shinlariga 60 yoshli Grigoriy Vladimirovich Rozen qo'mondon etib tayinlandi. Unga dastlab Shimoliy Kavkazdagi qarshilik ko'rsatayotgan xalqlarni bo'ysundirish vazifasi to'pshirildi. Lekin u ham berilgan
»
m?
topshiriqni butunlay bajara olmagan. Bunga bo'ysunmas Shimoliy Kavkaz xalqning kurashi sabab bo'lgan.
1837-yil oktyabr oyida Nikolay I Kavkazga tashrif buyuradi. U bu yerdagi rus qo'shinlarini holati bilan tanishadi.
Rossiyaning XIX asrdagi harbiy harakatlari asosan mahalliy xalq tomonidan ko'tarilgan qo'zg'alonlarni bostirish va Turkiya va Eron bilan mintaqada gegemonlik uchun kurashdan iborat bo'lgan. XIX asr o'rtalariga kelganda Kavkaz hududining juda katta qismi Rossiya ta'siri ostida edi. Xullas Rossiyaning Kavkaz hududiga amalga oshirgan harbiy harakatlari natijasida mintaqa xalqlari navbatma-navbat bo'ysundirildi. Rossiyaning harbiy sohadagi ustunligi mahalliy aholining qarshilik
ш
haraJraÜarim bostinUühi^ sabab boWt
-if>
Adabiyotlar ro'yxati:
1 f TTT TfFTl»A U A { Í\TT Г» /ЛT"«TTTT Л U 1 ЛЧ...........___n
1.Снытко В. А., Собисевич А. В. Франко-советский полевой
Ш
географический симпозиум Альпы — Кавказ // Вестник Академии наук т, Чеченской Республики. 2017. Т. 35
2. Откупщиков Ю. В. Очерки по этимологии. — СПб.: Изд. С.-Петербургского университета, 2001. — 479 с. — С. 310.
--
11 В. А. Рунов, А. С. Куликов. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -С.112.
12 Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 -С.52.
Шл'
1 |><1
г.^ТАЮ^ ¥А »ТАОО'ООНАЯ
Ит«у-и*1иЫу ¿ит&Н
№2 2022
эй* Ы>
зй*
Ы )> 1
эй*
Ы у-
эй* щу
ЭЙ*
В1'
Ы )>
ы>
I >3-
Н -
3.Фасмер М., Кавказ // Этимологический словарь русского языка: В 4-х т.
4.Снытко В. А., Собисевич А. В. Франко-советский полевой географический симпозиум Альпы — Кавказ // Вестник Академии наук Чеченской Республики. 2017. Т. 35 № 2. С. 94.
5.Ююкин М. А., О происхождении названия Кавказ // Индоевропейское языкознание и классическая филология-ХУ1 (материалы чтений, посвященных памяти профессора И. М. Тронского, 18-20 июня 2012 г.). — СПб.: Наука, 2012. — С. 894-895.
6.Никонов В. А. Рец. на кн.: М. С. Боднарский. Словарь географических названий. М., 1954 // География в школе. № 3, 1955. — С. 89.
7.Снытко В. А., Собисевич А. В. Франко-советский полевой географический симпозиум Альпы — Кавказ // Вестник Академии наук Чеченской Республики. 2017. Т. 35, № 2. С. 98.
8.Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.-С.25.
9.Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 -С.15.
10.В. А. Рунов, А. С. Куликов. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -
С.9.
11.Гутаков В. Русский путь к югу. Часть 2 // Вестник Европы, №21, 2007, -С. 19-20.
12.Захарова Л. Г. Россия и Кавказ: Взгляд их XIX века. / Милютин Д. А. Воспоминания. 1856—1860 / Под ред. Л. Г. Захаровой. — М., 2004. -С.28.
• >4>
ы >
щ
Ш>
ЗЭИ*
ЭЙ*
>
эй* *ф>
Ы з> Ы >
3 >4»
ЭЙ*
* - 1>
¡1
•ЯГ У
3 >>
ЩУ>
!>3*:
»
Ыщ
* I ]>
■; Н
Ыэ>
)Й* ¡й*
д
шъ
3 )Й*
5 ] >Ъ
; ¡й* ы >
)й* *ф>
]>Ж
1Й*
ц >р
р\>
|:Н>
а > >
Ы >
Ыэ>