Научная статья на тему 'ABDURASHID IBROHIM YOHUD YAPONIYADA ISLOM'

ABDURASHID IBROHIM YOHUD YAPONIYADA ISLOM Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
126
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abdurashid Ibrohim / Rossiya musulmonlari / Usmonli davlati. Yaponiya / Islom / Sayohat / Jurnal.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Elyorbek Abduqayum Oʻgʻli Turdimirzayev

Abdurashid Ibrohim oʻzining gʻoyalari, diniy-siyosiy faoliyati va sayohatlari bilan turk, tatar va usmonli tarixidagi ajoyib shaxsiyatdir. U 1908-yilda Osiyoga qilgan uzoq safarida Yaponiya alohida oʻrin tutadi. U 1909 -yili qish va bahor oylarini Yaponiyada oʻtkazgan. Abdurashid Ibrohim oʻzining ajoyib shaxsiyati tufayli Yapon xalqi bilan samimiy munosabat oʻrnatadi. U Yaponiya hukumati tomonidan maxsus mehmon sifatida qabul qilingan. U Yaponiyada yashagan vaqti davomida Yaponiyani diniy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan oʻrganishga harakat qilgan. U yerda deyarli har bir uchrashgan, muloqot qilgan yaponlarga Islom haqida gapirib berishni oʻz burchi deb bilgan. Oʻz navbatida, u islomlashgan Yaponiya, Rossiya tomonidan bosib olingan tatarlar, turkistonliklar uchun kuchli tayanch boʻladi deb oʻyladi. Yaponlarning ma’naviy yetukligi, turk va musulmon xalqlariga yaqin boʻlganligi, sharq xalqi sifatida jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi uni ruhlantirgan omillardan edi. Abdurashid Ibrohim Yaponiyada davlat arbobi, harbiylar va jurnalist kabi jamiyatning koʻzga koʻringan kishilari bilan muloqot oʻrnatdi va ularning koʻpchiligiga Islom bilan tanishish imkonini berdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDURASHID IBROHIM YOHUD YAPONIYADA ISLOM»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ABDURASHID IBROHIM YOHUD YAPONIYADA ISLOM

Elyorbek Abduqayum o'g'li Turdimirzayev

O'zbekiston Xalqaro islom akademiyasi 1-kusr magistranti

Abdurashid Ibrohim o'zining g'oyalari, diniy-siyosiy faoliyati va sayohatlari bilan turk, tatar va usmonli tarixidagi ajoyib shaxsiyatdir. U 1908-yilda Osiyoga qilgan uzoq safarida Yaponiya alohida o'rin tutadi. U 1909 -yili qish va bahor oylarini Yaponiyada o'tkazgan. Abdurashid Ibrohim o'zining ajoyib shaxsiyati tufayli Yapon xalqi bilan samimiy munosabat o'rnatadi. U Yaponiya hukumati tomonidan maxsus mehmon sifatida qabul qilingan. U Yaponiyada yashagan vaqti davomida Yaponiyani diniy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan o'rganishga harakat qilgan. U yerda deyarli har bir uchrashgan, muloqot qilgan yaponlarga Islom haqida gapirib berishni o'z burchi deb bilgan. O'z navbatida, u islomlashgan Yaponiya, Rossiya tomonidan bosib olingan tatarlar, turkistonliklar uchun kuchli tayanch bo'ladi deb o'yladi. Yaponlarning ma'naviy yetukligi, turk va musulmon xalqlariga yaqin bo'lganligi, sharq xalqi sifatida jadal sur'atlar bilan rivojlanib borishi uni ruhlantirgan omillardan edi. Abdurashid Ibrohim Yaponiyada davlat arbobi, harbiylar va jurnalist kabi jamiyatning ko'zga ko'ringan kishilari bilan muloqot o'rnatdi va ularning ko'pchiligiga Islom bilan tanishish imkonini berdi.

Kalit so'zlar: Abdurashid Ibrohim, Rossiya musulmonlari, Usmonli davlati. Yaponiya, Islom, Sayohat, Jurnal.

"Mana, mening farzandlarim shu yerda, o'z nasllarini saqlab qolar degan umid bilan o'z tarjimayi holimni yozishni ixtiyor qildim.

Bir erkak kishiga o'z tarjimayi holini yozish har ne qadar qiyin bo'lsa ham, matbuotning bu darajada soni ko'p bo'lgan zamonda uni o'z farzandlarimizga meros o'laroq qoldirishni munosib ko'rdim". [1, P.16]

Abdurashid Ibrohim 1857-yil 23-aprel bugungi Rossiya Federatsiyasi hududiga qarashli Sibirning Tobolsk viloyati Tara qishlog'ida tug'ilgan. U Buxorodan Sibirga ko'chib kelgan asli bir o'zbek oilasining farzandi edi. 7 yoshidan madrasada tahsil ola boshlagan. 14-15 yoshida ketma-ket onasidan ham, otasidan ham ayrilgan. Oilasi kambag'al bo'lgani va unga biror meros qoldirmaganliklari uchun u o'qishni ishlash orqali davom ettirishga majbur bo'ldi.

Qozon shahri atrofida sarson-sargardon bo'lib yurganida qo'lga olinib, qamoqqa tashlangan; 1 yildan keyin ozodlikka chiqdi. Bu orada u bir boy qozoq dehqonining

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bolalariga dars bergan. Oradan bir yil o'tib (1879) Oqmolla viloyatiga borib, bir muddat imomlik qildi. O'qishni davom ettirish niyatida badavlat bir dehqon yordami bilan Madinaga borish uchun Istanbulga keladi (1879) va puli qolmagani uchun shu yerda bir muddat istiqomat qiladi. U haj ziyorati uchun Rossiyadan kelgan badavlat tatar xizmatini o'z zimmasiga olib, dengiz orqali Arabistonga yo'l oldi. Makkada bir necha kun qoladi. Abdurashid Ibrohim makkada bo'lgan vaqtida mujohidlarning eng buyugi Shayx Shomil bilan tanishadi1. Shayx Shomil o'zidan hayotidagi qahramonliklari hikoyalarini tingladi. Bu hikoyalar Abdurashid Ibrohim jasoratiga jasorat qo'shdi, azm-u qarorini mustahkamladi va unda qiyinchilik va mashaqatlar oldida bukilmaydigan takrorlanmas shaxsiyatni paydo qildi. [5, P.7] Undan keyin Madinaga (1880) borib, u yerda 5 yilga yaqin ilm oladi.

Keyin Madinani tark etib, Rossiyaga borish uchun dengiz orqali Istanbulga keldi (1884); Ahmad Vafik Posho, Muallim Naji, izmirlik Ismail Hakki kabi ko'plab insonlar bilan uchrashdi. Keyin u Odessa orqali o'z Vatani Taraga qaytib keldi (1885); Xalqning talabi bilan bu yerdagi madrasada dars o'ta boshladi. O'sha yili u Taraning taniqli kishilaridan birining qizi bo'lgan Afifa xonimga uylandi. Bu nikohdan Munir Ahmad, Qadriya va Favziya ismli uch farzand dunyoga keldi.

Tara shahrida 6 oy qolgach, ukasi Ismoil va qarindoshlaridan 5 nafar bolasini olib, Madinada ta'lim olishlari uchun Tarani tark etadi va Odessa orqali Istanbulga keladi. Bu yerda u Maorif vaziri Munif Posho bilan bir necha bor uchrashdi. Bu uchrashuvlardan keyin Munif Posho Istanbulda chiqadigan "Umran" gazetasida "Rossiya musulmonlarining kelajagi" sarlavhali turkum maqolalarini chop etdi. Ukasini va qarindosh bolalarini Madinaga olib borib, yana Istanbulga kelib to'xtadi. Bir muncha vaqt o'tgach, u Taraga qaytib keldi (1885).

U bir tomondan bu shahardagi madrasalarni obodonlashtirishga, ikkinchi tomondan yangi maktablar ochishga harakat qilgan. O'zi bir "usuli jadid" maktabini ochib ta'lim berishni boshlagan. Bu maktablarda o'qitiladigan darsliklar Qrimdagi yangi ta'lim usullari bo'yicha tayyorlangan do'sti Ismoil Gaspiralidan oldi. [4, P.23] Tara shahrida 7 yil dars bergan. Ayni paytda Turkiya, Hijoz, Misr va ba'zi Yevropa davlatlaridagi do'stlari bilan yozishmalarini davom ettirdi. Ulardan Shahobiddin Marjoniy, Rizoiddin B. Fahriddin, Ismoil Gaspirali va Jamoliddin Afg 'oniy kabi shaxslar ham bor edi. U taraliklardan (1890) 10 nafar talaba bilan Istanbulga kelib, ularni Dor-ush-shafak va Dor-ut-Tadris maktablariga joylashtirdi. Istanbulda bir necha

1 Shayx Shomil Kavkaz mitaqasida Rus hukumatiga qarshi kurash olovini alangalatgan kishi edi. U kishi buyuk qahramonlardan biri edi. Bir necha marta rus qo'shinlari ustidan g'alaba qozongan qomondon edi. U o'zining hayotini vatani uchun bag'ishladan kishi hisoblanardi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

oy qolgach, Tara shahriga qaytib, ta'lim berishni davom ettirdi. Shu vaqtdan so'ng Istanbulga talabalar olib kelishni ham davom ettirdi.

U 1891-yilda Ufada rus tilidan imtihon topshirdi. 1886-yilda Rus hukumati bir qonun chiqardi. Unga ko'ra 1891 yilga qadar qozilik va imomlik qiladigan kishilar rus tilini bilishga majbur edilar. Muftilik qila olish uchun ham unversitetni bitirgan bo'lishlari shart edi. Bundan ko'zlangan maqsad Rus hukumatining manfaatlarini himoya qilinishi kerak edi. [2, P.18] 1892-yili Orenburg ulamolar kengashi tomonidan qozi etib tayinlandi. O'zi a'zo bo'lgan Orenburg shariat mahkamasi rahbari hajga ketganidan keyin mahkama boshliqligiga olib kelingan Abdurashid Ibrohim bu lavozimda 8 oy o'tirdi. Bu orada u yetimlar va kambag'allar uyushmalarini tuzdi va bu uyushmalarda o'z ixtiyori bilan ishladi. Peterburgga borib, ichki ishlar va maorif vazirlari bilan uchrashib, musulmonlar muammolarini hal qilishga urinib ko'rdi, natijaga erisha olmadi. Bu orada mufti bilan orasida ixtilof paydo bo'ldi, so'ng mahkama boshlig'i vazifasidan voz kechib, Istanbulga keldi. [6, P. 295] (1887) Ufada yozgan "Liva ul-hamd" risolasini shu yerda nashrdan chiqarib, Rossiyaga olib borib tarqatgan. U bu risolada mazlum turklarni Turkiyaga ko'chishga chaqirgan. Shundan so'ng Istanbulga qaytib, "Cholpan Yildizi" nomli risolasini nashr ettirdi. [2, P.20] Istanbulda qariyb 2 yil qolgach, Buxoroga borib, u yerdagi rahbarlar bilan uchrashib, Istanbulga qaytib keladi. So'ngra V. Amfiteatr bilan uchrashish uchun Shveytsariyaga boradi va bir necha oydan so'ng Istanbulga qaytib keladi (1897). Bir muncha vaqt o'tgach, Istanbulni tark etib, Misr, Hijoz, Falastin, Italiya, Avstriya, Fransiya, Bolgariya, Yugoslaviya, G'arbiy Rossiya, Kavkaz, Transoksiana, G'arbiy Turkiston, Sharqiy Turkiston, Yettisuv viloyatlari va Sibir viloyatlariga borib, Tara shahriga qaytib keldi. Bu yerda bir muddat turgach, Yaponiyaga boradi, bir qancha aloqalardan so'ng Peterburgga kelib (1900) "Mir'at" nomli jurnal chiqara boshlaydi. Bu jurnalda rossiya musulmonlari masalalarini yangittan ko'taradi. 1902-1903 yillar orasida yana Yaponiyaga borgan Abdurashid Ibrohim u yerda ruslarga qarshi "propaganda"da qatnashadi. Rossiya elchixonasi Yaponiya hukumatidan Abdurashid Ibrohim Yaponiyani tark etishini so'ragan. Abdurashid Ibrohim Yaponiyadaligida Sulton Abdulhamidxonga maktub yozib, Yaponiyada islomni yoyish uchun undan yordam so'raydi.

Abdurashid Ibrohim 1901-1903 yillar oralig'ida Yaponiyaga qilgan safari haqida hech narsa yozmagan. "Olami Islom" kitobida 1907-yilda Yaponiyaga qilgan sayohatini Yaponiyaga qilgan birinchi sayohati sifatida ko'rsatadi. Abdurrashid Ibrohim 1904-yilning bahorida Istanbulga keladi. Biroq Yaponiya va Istanbulda rus musulmonlari foydasiga va Rossiyaga qarshi faoliyatidan bezovta bo'lgan Rossiya hukumati, Usmonli davlatidan elchisi orqali Abdurashid Ibrohimning hibsga olinishini talab qiladi. Shundan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

so'ng hibsga olinib, rus amaldorlariga topshirilgan va Odessaga olib ketilgan va qamoqqa tashlangan. (1904) Abdurashid Ibrohim, taxminan ikki hafta qamoqda bo'lganidan so'ng Rus musulmonlarining Rossiya hukumatiga qilgan bosimi natijasid a ozod qilindi. Bu yerdan Qozonga borib, tatar ziyolilari bilan uchrashdi. 1904-yil oxirida Qozonni tark etib, Peterburgga joylashdi va bosmaxona ochdi. Avvalo, Rossiyada yashayotgan musulmonlar orasida siyosiy va diniy birlik o'rnatish maqsadida "Ulfat" nomli jurnal chiqarishga kirishdi. Ko'pchilikning e'tiborini tortgan jurnal politsiya hujjatlarida "zararli matbuot" sifatida qayd etilgan. [3, P.352] Jurnal mualliflari orasida Sankt-Peterburgda huquq fakultetida tahsil olgan Musa Jarulloh Bigi ham ishtirok etdi. Bir tomondan, Peterburgda nashriyot faoliyatini davom ettirayotgan Abdurashid Ibrohim, boshqa tomonda Rossiya musulmonlarining siyosiy huquqlari uchun harakat qilardi.

1908-yil 16-sentyabrda Qozondan buyuk sayohatini boshlagan Abdurashid Ibrohim daryo orqali Ufaga, u yerdan temir yo'l orqali Chilyabinsk, u yerdan Petropavlovskga (Qizilo'rdaga), keyin Omsk, Tomsk va Irkutsk orqali Mo'g'ulistonga boradi. Bu yerdan Manjuriyaga borib, ba'zi shaharlarni borib, Harbin provinsiyasiga, u yerdan Viladivostokga, u yerdan esa kemada Yaponiyaga ko'chib o'tadi. Abdurashid Ibrohim sayohatining eng muhim qismi uning Yaponiyaga qilgan sayohatidir, buni asarda ham ko'rish mumkin. Yaponiyaning ayrim shaharlarini ziyorat qilib, Tokioga kelgan Abdurashid Ibrohim bu yerda 7 oy qoldi. Abdurashid Ibrohim 1909- yil 15-iyunda Yaponiyadan Koreyaga jo'nab ketdi va 1909-yil 19-iyunda Koreyaga ko'chib o'tdi. Koreyada bir hafta qolgach, 1909-yil 27-iyunda poyezdda Mukdenga jo'nab ketdi va u yerda bir hafta qoldi. Keyin Xitoyning ba'zi viloyatlariga sayohat qildi, keyin Pekinga keldi. Pekinda ikki hafta qolgach, Xankov Xitoyning Shanxay kabi shaharlarini ham aylanib chiqdi. Avgust oyi boshida Singapurga jo'nab ketdi. U musulmon orollarini bir muddat kezib yurdi. Puli tugab qolgani uchun bir muddat Singapurda qolishiga to'g'ri keldi. Vaziyatni anglagan singapurlik musulmonlar uning chiptasini sotib olib, Hindistonga jo'natishdi.

U birinchi bo'lib Kalkuttada to'xtadi, u erda bir necha kun yashaganidan so'ng Bambeyga ko'chib o'tdi. Uning butun Hindiston bo'ylab sayohat qilish g'oyasi bor edi, lekin ingliz askarlari Abdurashid Ibrohimni ruxsatsiz Bombeydan ketayotganligi sababli bir hafta davomida kuzatuv ostida ushlab turishdi. Do'stlari yordamida kuzatuvdan qutulib qolgan sayohatchimiz butun Hindiston bo'ylab sayohat qilish fikridan voz kechishga majbur bo'ldi.

1909-yil 7-oktabrda sayohatchimiz Yamaoka [Umar] bilan Bombaydan Hijozga suzib ketdi. Haj ziyoratini ado etib, temir yo'lda Bayrutga, u yerdan esa kemada Istanbulga keladi. [4, P.29] (1910). U tashqi ishlar vazirligiga ariza bilan Usmonli

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

fuqaroligini olish istagini bildiradi va 1912 yilda unga Usmonli fuqaroligi beriladi. "Sirot-ul Mustaqim" idorasi tomonidan uyushtirilgan anjumanlarda qatnashgan Abdurashid Ibrohim, tashrif buyurgan mamlakatlardagi musulmonlarning ahvoli, Yevropa davlatlarining Osiyo musulmonlarga qilgan vahshiyliklari haqida gapirdi. Abdurrashid Ibrohim Sulton Ahmad masjidi atrofidagi uyga joylashib, nashr faoliyatini boshladi. Ayniqsa Mehmed Akif bilan o'rtalarida chuqur do'stlik paydo bo'ldi. Italiyaning Tripolini bosib olishi ortidan Abdurashid Ibrohim dastlab Rimga italiyaliklarga qarshi norozilik bildirish uchun borishni o'yladi, keyin Tripoliga borish foydaliroq bo'ladi degan fikr bilan Tripoliga borishga qaror qildi. U bir necha do'stlari bilan kemaga o'tirib, Misrga yo'l oldi va inglizlar qirg'oq yo'lini to'sib qo'yganliklari sababli ular Qohiraga borib, arablarcha kiyinib, yo'lboshchi va tuya yolladilar. Misr cho'llari bo'ylab taxminan bir oylik hayot uchun xavfli sayohatdan so'ng, ular Liviya va Misr o'rtasida joylashgan Sollum shahriga etib kelishdi va u yerdan Dernega yo'l olishdi. Abdurash Ibrohim Derne, Bing'ozi, Tobruk va Tripoli jabhalarida bo'lib, vaqti-vaqti bilan janglarda qatnashgan.

Bing'ozi frontidaligida Anvar posho bilan samiymiy do'stlik paydo bo'lgan. Abdurashid Ibrohim Tripolida qariyb 5 oy qolgach, Istanbulga qaytdi va Tripoli urishi mavzuda ma'ruzalar o'qidi. [4, P.30] Abdurashid Ibrohim Edirna dushman qo'liga o'tgach, o'zi chiqarayotgan "Islom dunyosi" jurnalida dunyo musulmonlarini birlashishga, Usmonli davlatiga yordam berishga chaqirdi. U Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Singapur, Yava va Malayziyadagi do'stlariga xat yozib, ularni muqaddas urushga chorlagan. 1912-yil 15-martda Tokioda nashr etilgan ba'zi gazetalar Edirnaning ishg'ol qilinganligini qora ramkalarda ommaga e'lon qildi. Bu narsa esa Abdurashid Ibrohimning Yaponiyada Turkiya foydasiga shakllangan jamoatchilik fikrining hajmini ko'rsatishi jihatidan muhim edi. Abdurashid Ibrahim bu yillar davomida vaqti-vaqti bilan Onado'lia sayohat qilib, turli odamlar bilan uchrashib turardi. 1914-yil 1-noyabrda ruslar Shimoliy-Sharqiy Onado'lini bosib olgandan keyin Abdurashid Ibrohim Anvar posho huzuriga borib, front ortidagi turk askarlarining ruhiyatini oshirishga harakat qildi. Qolaversa, u Rossiya tomonida jang qilayotgan rus musulmon turklarini Usmonlilar qo'shini safiga qo'shishga harakat qildi, ammo bu muvaffaqiyatga erisha olmadi. Istanbulga qaytgan Abdurashid Ibrohim Turk-Tatar delegatsiyasini tashkil etishda ishtirok etdi. U bu delegatsiyaning ba'zi a'zolari bilan Sofiya, Budapesht va Venaga ziyorat qilish uchun bordi va u davlatlar bilan aloqalar o'rnatadi. Birinchi jahon urushi davrida nemislar tomonidan ruslardan tortib olingan asirlar orasida Rossiya musulmon turklari ham anchagina edi. Anvar posho Abdurashid Ibrohimdan Germaniyaga borib, bu asirlarni Usmonli qo'shini safida jang qilishga ko'ndirishini so'radi. Abdurashid Ibrohim mamnuniyat bilan qabul qilib, asirlar bilan uchrashdi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Mahbuslar lagerida masjid ochilishini ta'minlab, bu masjidda, ayniqsa, juma kunlari imomlik qilgan. U o'z va'zlarida bu g'oyani musulmon asirlarga taklif qilgan. Natijada, mahbuslarning aksariyati Usmonli qo'shinida jang qilishni qabul qildi. Germaniya hukumati yordamida bu asirlardan "Osiyo bataloni" deb nomlangan batalyon tuziladi va ular 1916-yil 7-mayda Istanbulga keltirilib, Iroq frontida inglizlarga qarshi urushga kiritiladi. Stokgolmda tashkil etilgan "Rossiyadagi Xorijiy Millatlar jamiyati uni Rossiya Musulmonlari vakili etib tayinlaganini bilgan Abdurashid Ibrohim Stokgolmga bordi. [4, P. 31] Ushbu jamiyat Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Vilsonga bir telegramma yo'lladi. 1916-yil 18-mayda Rossiyada yashagan xalqlar yo'q bo'lib ketish xavfi borligini e'lon qildi. So'ngra Berlinga qaytdi. Bu orada Qozonda bo'lgan oilasi Berlinga keldi. U Istanbulga qaytib, rim papasiga Rossiyada yashayotgan musulmonlarga qilinayotgan zulmlar haqida xat yozdi. Biroz vaqt o'tgach, u Istanbulga kelib, Bebekdagi jamoat ishlari vaziri Abbos Halim poshoning saroyiga joylashdi. U 1918-yilda Tashkilot-ul- Mahsusa tomonidan Shveytsariyada Rossiya musulmonlari bilan aloqador bir idora ochish uchun vazifalantirildi. U Kiyevda ochilayotgan elchixonani tashkil qilishda ham ishtirok etgan. Mondoros sulh bitimi imzolangandan keyin u Istanbulga keldi. Undan yana Sabil-ur-Rashod jurnalida maqolalar yoza boshladi. Turmush o'rtog'idan ayrilib (1918), oilasini Berlindan Istanbulga olib kelish uchun harakat qildi.

U 5 yillik uzoq sayohatga chiqdi. U Moskvadagi turk rahbarlari va bolsheviklar bilan aloqa o'rnatib, bu og'ir kunlarda vatandoshlariga yordam berishga harakat qildi. Shuningdek, u Lenin va Stalin bilan yaqin munosabatlar o'rnatgan. Turkiya, Eron va Afg'onistondan Kremlga kelganlar uchun tarjimonlik ham qilgan. 1920-1923-yillar orasida Abdurashid Ibrohim bilan bolsheviklar orasida biror muammo yo'q edi, biroq kutilmaganda Bolshevik harakatining bir rus shovenizimining fikri bilan Rus hukumati Turklarga oldingidan ko'proq zulm qila boshladi. Ayni paytda turklar yashaydigan hududlarda qilingan og'ir zulmlar natijasida Rossiyada besh million kishi hayotdan ko'z yumgan edi. [2, P. 94] Abdurashid Ibrohim bolsheviklar bosimi tufayli Moskvani tark etishga majbur bo'lgan. U Istanbuldagi oilasini olib, Koniyaning Jihanbeyli tumaniga qarashli Bog'urdelik qishlog'iga (1925-1933) o'rnashib, o'zining bir qancha asarlarini shu yerda yozadi. ammo bu orada Istanbul, Misr va Hijozga sayohat qilishdan tortinmadi. 1933 yilda yana Yaponiyaga borishga qaror qilib, Istanbuldan yo'lga chiqdi. Misrda bir oy turgach, Hijozga, u yerdan Mukdenga (Xitoy) kemada, u yerdan Yaponiyaning Kobe shahriga, u yerdan Tokioga (1933 yil 12 oktyabr) boradi. Abdurashid Ibrohim u yerda ham tezda faoliyatini boshlab yubordi. Yer maydoni ancha oldin berilgan, lekin qurilmayotgan Tokio masjidining rejalarini tayyorlab, poydevor qo'ydi. Masjid 4 yilda qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi (1937). Ayni paytda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Abdurashid Ibrohim, yapon gazetalari va Qozonlik Qurbon Ali tomonidan chop etilgan Yangi Yapon Muxbiri jurnalida maqolalar chop etdi. Abdurashid Ibrohimning islom dini uchun qilgan eng katta xizmatlaridan biri Yaponiya parlamentida islomning rasmiy din sifatida tan olinishi (1939) bo'lsa, yana biri yapon darsliklarida islomga oid bo'limlar paydo bo'ldi. U Yaponiyada islom dinini yanada kengroq tanitish maqsadida ingliz-arab jurnalini chiqarishni o'ylardi, ammo umri yetmadi. Keksayib borayotgan Abdurashid Ibrohim 1944-yil 17-avgust kuni 87 yoshida Tokioda olamdan o'tdi. Dafn marosimiga Yaponiyaning turli hududlari va yaqin davlatlardan kelgan odamlarning ko'p bo'lganligi tufayli uning jasadi faqat uch kun kutishdan keyin dafn etilishi mumkin edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdürre§it Ibrahim, Tercüme-i Halim Ya ki Ba§ima Gelenler, Haz: Ismall Türkoglu, Mac Medya, Istanbul, (2017).

2. Ismail Türkoglu, Sibiryali Me§hur Seyyah Abdürre§id Ibrahim, istanbul (1997).

3. Ahmed Zeki Velidi Togan, Türkistan, Istanbul (1981).

4. ABDURRE§tD iBRAHiM, ALEM-I ISLAM ve JAPONYA'DA ISLAMIYETIN YAYILMASI, Haz: Ertugrul Ozalp, i§aret Yayinlari 2012

5. Abdurrashid Ibrohim, Al-Alam al-islamiyyu fi availi al-qorni al-ishriyna, taqdiymun va tarjamatun, va taliqun: Ahmad Muvad Matviliy, Huvayda Muhammad Fahmiy, al-majlis al-a'la as-saqofa, Istanbul (1998).

6. ISLAM ANSIKLOPEDtSi 1. CILT, TURKIYE DIYANET VAKFI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.