Научная статья на тему 'AFG'ONISTON ISLOM RESPUBLIKASI DAVRIDAGI SIYOSIY ARBOBLAR VA ULARNING FAOLIYATIGA QISQACHA NAZAR (2001-2021 YY.)'

AFG'ONISTON ISLOM RESPUBLIKASI DAVRIDAGI SIYOSIY ARBOBLAR VA ULARNING FAOLIYATIGA QISQACHA NAZAR (2001-2021 YY.) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

278
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Afg‟oniston / tolibon / AQSh / siyosiy yetakchilar / Bonn konferensiyasi / Muvaqqat hukumat / prezident / saylov / vazir / “Shimoliy alyans” / BMT / siyosiy partiyalar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xushvaqt Eshnazarovich Norqochqarov, Abdimomin Shaxanovich Tursunov

Maqolada ikki tolibon rejimi oralig‟ida ya‟ni 2001-yildan 2021-yilgacha bolgan 20 yil vaqt oralig‟ida mavjud bo‟lgan, jahon hamjamiyati tashabbusi bilan qayta tiklana olgan Afg‟oniston Islom Respublikasi davrida faoliyat olib borgan yirik siyosiy arboblar: Muvaqqat hukumati vakillari, prezidentlar, saylovlardagi prezidentlikka nomzodlar, vazirlar, etnik guruhlarning siyosiy va harbiy yetakchilari hamda boshqa muhim lavozimlarda faoliyat olib borgan afg‟on davlati liderlari va ularning hayot faoliyati haqida ma‟lumotlar atroflicha tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AFG'ONISTON ISLOM RESPUBLIKASI DAVRIDAGI SIYOSIY ARBOBLAR VA ULARNING FAOLIYATIGA QISQACHA NAZAR (2001-2021 YY.)»

AFG'ONISTON ISLOM RESPUBLIKASI DAVRIDAGI SIYOSIY ARBOBLAR VA ULARNING FAOLIYATIGA QISQACHA NAZAR

(2001-2021 YY.)

Xushvaqt Eshnazarovich Norqo'chqarov

Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti (PhD) xushvaqtnorqochqarov@mail .ru

Abdimo'min Shaxanovich Tursunov

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada ikki tolibon rejimi oralig'ida ya'ni 2001-yildan 2021-yilgacha bolgan 20 yil vaqt oralig'ida mavjud bo'lgan, jahon hamjamiyati tashabbusi bilan qayta tiklana olgan Afg'oniston Islom Respublikasi davrida faoliyat olib borgan yirik siyosiy arboblar: Muvaqqat hukumati vakillari, prezidentlar, saylovlardagi prezidentlikka nomzodlar, vazirlar, etnik guruhlarning siyosiy va harbiy yetakchilari hamda boshqa muhim lavozimlarda faoliyat olib borgan afg'on davlati liderlari va ularning hayot faoliyati haqida ma'lumotlar atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Afg'oniston, tolibon, AQSh, siyosiy yetakchilar, Bonn konferensiyasi, Muvaqqat hukumat, prezident, saylov, vazir, "Shimoliy alyans", BMT, siyosiy partiyalar.

KIRISH

Uzoq vaqtdan beri turli qurolli mojarolar: "Savr inqilobi", SSSR qo'shinlarining kiritilishi va sovet-afg'on urushi, mujohidlar kurashi, tolibon bosqini kabi harbiy harakatlar markazi sifatida dunyo hamjamiyati e'tiborini tortib kelayotgan Afg'oniston davlatidan XX asrning 80-yillari oxiri - 90 yillarida turli terroristik tashkilotlar ham panoh topa boshladi. Ularning orasida butun dunyo uchun eng katta xavfga aylangani bu Usoma bin Loden boshchiligidagi "Al-Qoida" terroristik tashkiloti edi. AQSh hokimiyatining ta'kidlashicha, Nyu-Yorkda 2001-yil 11-sentabrda savdo markazi binosiga amalga oshirilgan hujum huddi shu tashkilot tomonidan amalga oshirilgan va Afg'oniston hududini deyarli qo'lga kiritish arafasida turgan tolibon harakati bilan mustahkam aloqaga ega hamda prezident Bush bunga nisbatan antiterroristik urushni e'lon qildi. 2001-yil 7-oktabrda Amerika va Britaniya samolyotlari Afg'onistondagi jangovar nishonlarni bombardimon qildi. Terroristlarni

June, 2022

1110

tayyorlagan barcha lagerlar tor-mor etildi. Toliblarning barcha bazalari vayron qilindi, ularning asosiy qo'shini tog'larga va Pokistonga qochdi. Shu tarzda Afg'onistondagi terrorchilar yo'q qilindi hamda tolibonlar hokimiyati va rejimi ag'darildi. Shundan so'ng mamlakatda yangi hokimyatni qaror toptirish masalasi butun dunyo hamjamiyati tomonidan ko'rib chiqila boshlandi. Mana shu maqsadda 2001-yil Bonnda konferensiya bo'lib o'tdi va unda bundan keyingi Afg'onistonning taqdiri hamda yangi hukumat tuzilib, prezident saylovi o'tkazilgunga qadar Muvaqqat hukumat tarkibini aniqlash masalalari ko'rib chiqildi. Afg'onistonda 2002-yil yanvarda mamlakatda qayta tiklash ishlarini boshlagan Muvaqqat hukumat ish boshladi. Mamlakatni qayta tiklash dasturi jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilindi. Hamid Karzay hukumat boshlig'i etib saylandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tolibonlar rejimi ag'darilgan vaqtdan to hozirgi kungacha bo'lgan qisqa vaqt ichida Afg'onistonning siyosiy hayotida o'zining sezilarli ta'siriga ega bo'lgan, Hamid Karzay, Muhammad Qosim Fahim, Abdulla Abdulla, Zalmay Rasul, Ashraf G'ani Ahmadzoy va boshqa bir qancha siyosiy arboblar yetishib chiqdi. Shuningdek, sovet-afg'on urushi, mujohidlar kurashi va tolibon bosqiniga qarshi kurash davrida ham afg'on davlatchiligi qurilishida faol bo'lgan siyosiy arboblar va harbiy yetakchilarning bir qismi bu davrda ham ushbu mamlakatda yuz berayotgan siyosiy jarayonlarda o'z ta'sir kuchiga ega yetakchilar hisoblanishar edi. Bularga sobiq prezdent Burxoniddin Rabboniy, Abdurashid Do'stim, Gulbiddin Hikmatyor va boshqa bir qancha siyosiy va harbiy yetakchilarni sanab o'tishimiz mumkin. Albatta, ularning eng birinchisi, 2004-yildagi saylovdan keyin, Afg'oniston Islom Respublikasining qonuniy prezidenti etib saylangan siyosiy yetakchi Hamid Karzay hisoblanadi.

Hamid Karzay - 1957-yil 24-dekabrda Qandahor provinsiyasidagi Karz qishlog'ida 8 bolali pushtun oilasida tug'ilgan, durroniy qabilalar birlashmasi popolzay qabilasi karzay qavmiga mansub. Popolzay qabilasi boshlig'i Axad Karzay oilasida to'rtinchi o'g'il farzand. Otasi 1964-73-yillarda deputat va senat raisi lavozimida ishlagan, qirol Zohirshohning do'sti. Karzay oilasi 1761-yilda birinchi afg'on qiroli Ahmadshoh Durroniyga Qandahor shaxri qurilgan yerlarni sovg'a tariqasida berishgan.

Karzayning bolaligi o'zining ona qishlog'ida o'tgan. U Xabibiya litseyi va Simladagi universitetni tamomladi. Karzayning otasi 1973-yilda Dovudning hokimiyatga kelishi bilan to'ng'ich og'illari bilan Pokistonga qochib o'tadi. 1978-yilda AXDP ning hokimiyatga

June, 2022

1111

kelishi va sovet armiyasining Afg'onistonga kirishi bilan davlatning ichki siyosati yanada qiyinlashdi. Pokistonga yetib kelgan H.Karzay Afg'onistonni qutqarish milliy fronti lideri (AQMF) Sibhatullo Mojaddadiy davrasiga qo'shildi, matbuot bilan aloqalarga javob bergan va tarjimonlik qilgan, keyin AQMF va amerikaliklarning qurol yetkazib berishidagi muhokamalarida qatnashgan, 1987-yildan AQMF siyosiy departamenti direktori lavozimiga tayinlandi. Afg'oniston hududidagi harbiy harakatlarda umuman qatnashmagan. Mujohidlarning g'alabasi va 1992-yilda Najibullo tuzimi qulaganidan keyin Karzay Rabboniy hukumatining Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari etib tayinlandi. 1994-yilda Rabboniy hukumatidan chiqadi va Qandahorga boradi. U yerda endigina "tolibon" harakatini mustahkamlayotgan Mulla Umar bilan tanishadi. Toliblar 1996-yilda hokimyatga kelishi bilan unga Afg'onistonning BMT dagi doimiy vakili bo'lishini taklif qilishgan, lekin Karzay bu taklifni rad etgan. Shundan so'ng, u Pokistonning Kvetta shahrida yashayotgan otasining oldiga jo'nab ketadi.

1999 yil iyulda otasi Haj safaridan qaytayotganda Kvetta rezidensiyasi ostonasida noma'lum shaxslar tomonidan otib ketiladi. Otasining o'limida Hamid Karzay toliblarni ayblaydi. Otasining o'limidan keyin u popolzay qavmi oqsoqoli etib tanlandi. 2001-yilda Yevropaga safarlaridan birida uning prezident Musharraf haqidagi kritikasi va toliblar bilan hamkorlikda ayblanib Pokiston vizasidan mahrum qilindi, lekin bir necha oydan keyin AQSH iltimosiga ko'ra bekor qilindi. Faol harbiy harakatlar tugashi va Kobulda yangi hukumat rivojlanishi boshlanishi bilanoq Karzaydan shunchaki pushtun siyosatchisi emas, balki oliy qabila vakili bo'lish talab qilindi.

2001-yilning dekabridagi Bonn konferensiyasida Karzay Afg'oniston Muvaqqat hukumati boshlig'i etib tayinlandi. 2002-yil iyunda Loyi Jirg'a (Afg'onistonning barcha xalqlari, qabilalari va guruhlari boshliqlari kiruvchi oliy mahkama) uni vaqtinchalik prezident qilib sayladi. Karzay o'zining boshqaruvida "Shimoliy alyans"ning tolibonlarga qarshi kurashgan arboblariga suyangan (Panjsher provinsiyasi tojiklari - Mudofa vaziri Muxammad Faxim, Tashqi Ishlar vaziri Abdulla Abdulla, Ma'naviyat vaziri Yunus Kanuniy).

Bora-bora "Shimoliy Alyans" arboblari Karzayga prezidentlik saylovlarida raqobatchilarga aylandi. Hamid Karzayga nisbatan ikki marta suyiqasd uyishtirildi. 2002-yil sentabridagi birinchi suyiqasddan keyin o'zining xavsizligini faqat amerikaliklarga ishonib qoldi va poytaxt Kobuldan tashqariga chiqmay qo'ydi.

2003-yil dekabrida Loyi Jirg'a mamlakatning yangi Konstitutsiyasini taqdim etdi va 2004-yil yanvarda afg'on qabilalarining Loyi Jirg'asi yangi davlat Konstitutsiyasini qabul

June, 2022

1112

qildi. Mamlakat demokratik jamiyat qurish yo'lini boshladi. 2004-yilgi prezidentlik sayloviga Karzay o'z nomzodini qo'ydi.

Saylov kompaniyalari boshlanishi bilan Hamid Karzay poytaxtdan chiqib ketishga majbur bo'ldi, u o'tirgan vertolyotga o'q uzishdi va shu tarzda ikkinchi suyiqasd uyishtirildi.

2004-yilgi prezidentlik saylovida Hamid Karzay 55,3 % ovoz bilan g'alaba qozondi va Afg'oniston Islom Respublikasi prezidenti etib saylandi. Marhum Shimoliy alyans lideri Axmad Shoh Mas'udning ukasi Ziyo Mas'udga vitse-prezident lavozimini taklif qilgan.

U 2010-yilgi saylovlarda ham g'alaba qozondi va o'zining ikkinchi prezidentlik muddatiga saylandi hamda 2014-yilgacha mamlakatni boshqardi.

Afg'onistondagi siyosiy jarayonlarning eng mashhur siyosiy arboblaridan biri bu albatta Burhoniddin Rabboniy hisoblanadi. Uning hayoti Afg'onistonda XX asrning so'nggi choragi va XXI asrning birinchi birinchi dekadasida o'rnatilgan tuzum va yuz bergan siyosiy voqealar bilan chambarchas bog'liq hisoblanadi.

Burhoniddin Rabboniy - "Afg'oniston islom jamiyati" (AIJ) partiyasining rahbari. 1940-yilda Badaxshonning shimoliy provinsiyasi Fayzobodda diniy oilada tug'ilgan. Tojik millatining Yaftali qabilasiga mansub bo'lgani uchun ko'pchilik pushtun bo'lmaganlarni o'z atrofida birlashtira olgan. Umum ta'lim maktabida diniy ta'limga qiziqish uyg'ondi. 1956-yilda Kobuldagi "Abu- Xanafiya" teologiya litseyiga o'qishga kiradi. 1958-yildan boshlab "Musulmon birodarlari" tashkiloti a'zosi. 1959-yilda litsey va 1963-yilda Kobul universitetining teologiya va huquq fakultetini tamomladi. Keyin Kobul universitetida ta'lim berdi. Afg'onistonda "Musulmon birodarlari' tashkiloti liderlaridan biri bo'lgan. Tashkilot boshqarmasining buyrug'iga ko'ra universitet qoshidagi "Musulmon yoshlari" guruhiga boshchilik qilgan. 1965-yilda Misrdagi Al-Azhar universitetiga o'qishga kiradi. 1968-yilda islom falsafasi doktori ilmiy unvoniga ega bo'ladi. Afg'onistonga qaytishi bilan Kobul universiteti o'qituvchisi etib tayinlandi. Islom diniga oid bir qancha ilmiy maqolalar va adabiyotlar chop ettirdi. Boshqa musulmon mamlakatlari dindorlari orasida teologiya professori sifatida tanilgan. Rabboniy Misr, Saudiya Arabistoni, Eron diniy arboblari va Pokistondagi "Jamiyat-i islomiy" va "Jamiyat-i ulamo" tashkilotlari bilan aloqalarni qo'llab- quvvatlaydi. Arab, fors, urdu, ingliz va turk tillarini yaxshi bilgan. 1973-yilda "Musulmon birodarlari' tashkiloti boshlig'i etib saylandi va 1976-yilgacha boshqardi. Muhammad Dovud hokimiyatga kelishi bilan hukumat dushmaniga aylandi. 1974- yilda qamoqdan qochib Muhammad Dovud tuzumiga qarshi kurashayotgan qabilalarga borib qo'shiladi. Keyin Pokistonga qochib o'tib u yerda

June, 2022

1113

"Musulmon yoshlari" tashkilotida o'zining "Afg'oniston islom jamiyati" partiyasini tuzadi. Sovet harbiy harakatlari vaqtida u Afg'onistonda shariyat qonunlari ustuvor bo'lgan Islom respublikasini barpo etish uchun kurashgan, musulmon davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashga katta e'tibor qaratgan, bir vaqtning o'zida "Alyans-7"da Gulbiddin Hikmatyor bilan raqobatida AQSH va G'arb davlatlarining yordamidan imkon qadar foydalanishga harakat qildi. AIJ ning Axmad Shoh (Panjsher), Zabeullox (Balx), Ismoilxon (Hirot) boshchiligidagi qurolli kuchlari AXDP tuzumi bilan kurashida katta yordam berdi. 1992- yilning iyun oyi oxirida Mujohidlar hokimiyatga kelganidan so'ng 4 oy davomida vaqtinchalik hukumatni boshqargan, keyin bu muddat 6 oyga uzaytirildi va dekabrda Afg'oniston Islom davlatiga 2 yil muddatga prezident etib saylandi. Prezidentlik sayloviga sharoit bo'lmagani sababli o'z prezidentlik vazifasini davom ettirdi. 1996-yilning sentyabrida toliblar Kobulni olgandan keyin davlatni Afg'onistonning shimolida quvg'inda yurib boshqardi. Tolibonlar hukumati ag'darilgandan keyin 2001-yilning 22-dekabrida boshqaruvni tantanali ravishda Hamid Karzayga topshirdi. Rabboniy mamlakatning markaziy va shimoliy viloyatlari aholisi o'rtasida o'zining katta ta'siriga ega. U prezidentlikni Hamid Karzayga topshirgandan so'ng, xalqaro tashkilotlar tomonidan tuzilgan Oliy Tinchlik Kengashi raisi etib tayinlangandi. Bu kengash afg'on hukumatining tolibonlar bilan muzokaralar olib borish harakatlariga boshchilik qilib kelayotgan edi. 2011-yil 21-sentabrida Burhoniddin Rabboniy o'z uyida Tolibon rahbarlari bilan uchrashuv paytida ulardan birining boshidagi sallasiga o'rnatilgan bombaning portlab ketishi natijasida halok bo'ldi.

Burhoniddin Rabboniy Afg'onistondagi juda katta hurmatga sazovor siyosiy arboblardan biri hisoblanar edi. Uning eng yaqin shogirdi va safdoshlaridan, Afg'onistondagi muxolifat rahbarlaridan biri prezidentlik saylovida o'z nomzodini qo'ygan doktor Abdulla Abdulla: "Janob Rabboniyning o'limi butun Afg'oniston xalqi uchun katta yo'qotish" ekanini aytib, sobiq prezidentni "so'nggi nafasiga qadar tinchlik uchun kurashgan shaxs"-deb ta'riflagan. Xalqaro Tinchlikni Saqlash kuchlari (ISAF) qo'mondoni general Jon Allen Burhoniddin Rabboniyning o'limini, "Tinchlik tashabbusining yuzi hujumga tutildi", deb aytib o'tgan edi.

Gulbiddin Hikmatyor ham Afg'oniston siyosiy hayotida muhim o'ringa ega bo'lgan, mamlakatdagi Xalqaro Kuchlarning saqlab turilishiga butunlay qarshi bo'lgan, tolibonlarga ham qattiq qarshilik ko'rsatgan, o'zining radikal qarashlari bilan ajralib turadigan siyosiy arboblardan biri hisoblanadi.

GubiddinHikmatyor - Afg'oniston siyosiy jarayonlari markazida yetakchi o'rin egallagan shaxslardan biri bo'lgan. Afg'on - sovet urushida qatnashgan, afg'on "jihod" rahbarlaridan

June, 2022

1114

biri edi. U 1947-yilning noyabrida Shimoliy Afg'onistondagi Qunduz viloyatida tug'ilgan. O'rta ma'lumotdan so'ng, Kobul universitetining injinerlik fakultetiga o'qishga kirdi, ammo o'qishni oxirigacha davom ettirmadi, 1-kurs oxirida o'qishni tashladi va o'zi yoqtirgan siyosat sohasiga kirdi, 1970-yilda "Yosh musulmonlar" jamiyatiga a'zo bo'ldi. Hikmatyor 1972-yildan 1973-yilgacha qamoq jazosini o'tadi va Muhammad Dovud hukumati o'rnatilgandan so'ng Pokistonga ketadi. 1978-yilgi "Savr inqilobi"dan keyin Hikmatyor Pokiston ko'magida hukumatga qarshi partizanlik kurashini boshladi. U o'sha yili Afg'oniston xalq demokratik partiyasi (AXDP) rahbari etib saylandi.

Gulbiddin Hikmatyor bu partiyani Burhoniddin Rabboniy rahbarlik qilayotgan "Jamiyati islom" (Afg'oniston Islom jamiyati) partiyasidan ajratib oldi va uning yangi dasturini ishlab chiqdi. Bu partiya a'zolarining asosini pushtunlar tashkil etardi. Partiyaning asosiy moliyaviy va harbiy homiysi Pokiston armiyasi generali Ziyoulhaq edi.

Afg'onistondan sovet qo'shinlari chiqib ketganidan so'ng Hikmatyor Afg'oniston sharqidagi Jalolobod shahriga o'rnashadi va shu yerda siyosiy faoliyat olib bora boshlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1992-yilda Kobulda mujohidlar hukumati o'rnatilgandan so'ng Hikmatyor poytaxtga keladi. Bu vaqda Burhoniddin Rabboniy ham hokimiyatni egallash maqsadida poytaxtga yurish qilgandi. Dastlabki to'qnashuvlarda Hikmatyor Ahmad Shoh Mas'ud qo'shinlaridan yengiladi. Natijada, u o'z qurolli qo'shini bilan Kobul janubidagi Chorosyob rayoniga chekinadi. Shu yerdan turib Hikmatyor Burhoniddin Rabboniy hukumatiga qarshi urushni davom ettiradi.

1995-yil Afg'onistonning eng katta qismi bo'lgan janubiy va sharqiy rayonlarida tolibonlar o'z nazoratini o'rnatganda, Gulbiddin Hikmatyor o'z raqibi Burhoniddin Rabboniy bilan birlashishga majbur bo'ladi va hukumat bosh vaziri etib tayinlanadi. Lekin bu uzoq davom etmadi. Tez orada tolibonlar Kobulni katta kuch bilan qamal qildi. Hikmatyor noiloj Eronga yashirindi.

2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so'ng, Hikmatyor kuchsizlanayotgan Tolibonlar rejimiga qarshi chiqdi va Afg'onistondagi chet el qo'shinlariga qarshi urush boshladi. Hikmatyor AQSH qo'shinlarining Afg'onistonga kiritilishini "tajovuzkorlik" deb baholadi va ularga qarshi urush e'lon qildi. U 2010-yildagi Prezidentlik sayloviga ham o'z noroziligini bildirdi. Bundan

tashqari Gulbiddin Hikmatyor 2019-yilgi prezidentlik saylovlarda

June, 2022

ham Ashraf G'ani va Abdulla Abdulladan keyingi o'rinni egalladi.

Afg'onistondagi hokimyat uchun bo'lgan siyosiy kurashlarda o'zining mohir qo'mondonligi va boshqaruvchilik qobilyati bilan ajralib turgan, Afg'onistondagi o'zbeklar yetakchisi Abdurashid Do'stum ham yetakchi siyosiy arboblardan hisoblanadi. U Afg'oniston Milliy Islom harakati (AMIH) asoschisi, millati o'zbek bo'lgan. Afg'on-sovet urushida ishtirok etgan. Sovet qo'shinlari Afg'onistonni tark etgach Abdurashid Do'stum turli xil guruhlar o'rtasidagi siyosiy kurashlar maydonida 1990-yilning o'rtalarida paydo bo'ldi. U Milliy Afg'oniston Islom harakatiga asos solganidan so'ng, bu tashkilotga ko'plab Afg'onistonlik o'zbeklar a'zo bo'ldilar.

General Do'stum 1952-yilda Afg'oniston shimolidagi Juzjon viloyatida tug'ilgan. Sovet qo'shinlari Afg'onistonning shimoliga kiritilganda u Afg'onistonlik o'zbeklardan iborat bo'lgan qurolli guruh tuzadi va ularga keskin qarshiliklar ko'rsatadi. Kommunistlar tarafdori bo'lgan Najibullo hukumatiga qarshi chiqadi. 1980-yil o'rtalarida general Do'stum qo'l ostidagi qurolli guruh 20 000 kishini tashkil etadi va u Afg'onistonning shimolidagi bir nechta rayonlarni qo'lga kiritadi. 1992-yilda Do'stum o'z siyosiy orientatsiyasini o'zgartiradi va mujohidlar bilan birlashadi. Qisqa vaqt mavjud bo'lgan Burhoniddin hukumatini qo'llab quvvatladi va bir qancha vaqt Afg'oniston Islom partiyasi rahbari Gulbiddin Hikmatyorga xizmat qildi. Keyinchalik Do'stum o'zining asosiy harbiy kuchlari joylashgan Afg'oniston shimoliga qaytadi va u yerda o'z nazoratini o'rnatadi. Uning qo'l ostida 5 mln aholisi bo'lgan 6 ta viloyat mavjud edi. 1997-yil general Do'stum hokimiyatining eng gullagan davri bo'lib, u Afg'oniston shimolida o'zining alohida mustaqil hukumatiga asos soldi va bu hududdagi barcha ishlar ustidan nazorat o'rnatadi. Aynan shu yillarda tarafdorlari unga "Buyuk hukumdor" nomini berishgan. 1998-yil tolibonlarning Shimoliy Afg'onistondagi asosiy shaharlarni egallab olishi natijasida Do'stumning "Buyuk hukumdor"lik davri tugadi. U tolibonlar bilan asosiy boshqaruv markazi hisoblangan Balx viloyatining Mozori Sharif shahridagi to'qnashuvidagi mag'lubiyatidan so'ng Turkiyaga ketadi. Keyinroq u Afg'onistonga qaytadi, qo'mondon Ahmad Shoh Mas'ud bilan uchrashdi va ular tolibonlarga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldilar. Do'stum tolibonlarga qarshi qattiq kurashlar olib bordi va tolibonlarga qarshi "Shimoliy alyans"ga qo'shildi, Mozori-Sharif shahrini tolibonlardan qaytarib olishga erishdi.

2001-yil sentyabrda bomba portlashi natijasida Ahmad Shoh Mas'ud halok bo'lganidan so'ng, General Do'stum uning yaqin safdoshlaridan biri bo'lgan Muhammad Qosim Fahimni antitolibon fronti qo'mondonligiga oladi va ular tolibonlarning bu jinoyati uchun qasos olishga kirishadi. Afg'onistonga AQSH

June, 2022

111б

harbiylarining kiritilishi, tolibonlar hokimiyatining kuchsizlantirilishi natijasida Hamid Karzay hokimiyati o'rnatiladi. General Do'stum AQSH yordamida Oliy Harbiy Kengash rahbari va Shimoliy Afg'onistonda Karzay hukumatining vakili etib tayinlanadi. Keyinchalik Afg'oniston Mudofaa vazirining o'rinbosari lavozimiga ko'tariladi.

2004-yilgi Prezident saylovida o'z nomzodini qo'ydi, Hamid Karzayning asosiy raqibi bo'ldi. Saylovda Karzay nomzodi ustun keldi. Lekin, Do'stum Karzayning yangi hukumatida Afg'oniston Qurolli kuchlar shtabi birlashmasining rahbari etib tayinlandi.

2008-yil fevralida Abdurashid Do'stum o'zining sobiq o'rinbosari "Afg'onistondagi turkiy tilli xalqlar" uyushmasining rahbari Akbar Baya bilan kelisha olmaydi va Turkiyaga ketadi. Oktyabr oyida prezident Hamid Karzayning tashabbusi bilan ular yarashishadi. 2009-yilda Do'stum yana Afg'onistonga qaytadi. 2014-yilgi saylovda u Ashraf G'ani Ahmadzoy nomzodini qo'llab-quvvatladi. Ashraf G'ani Ahmadzoy Afg'oniston prezidenti etib saylangan taqdirda, Abdurashid Do'stum uning birinchi o'rinbosari lavozimini egallashi kutilgandi va shunday bo'ldi.

Bundan keyingi davrlada ham Abdurashid Do'stim afg'on armiyasidagi faoliyati va president Ashraf G'anining asosiy tayanchi sifatida Marshal unvoniga sazovar bo'ldi. Ammo, 2021-yil yozida AQSh qo'shinlarining chiqib ketishi va afg'on qo'shinidagilarning tolibonga qattiq qarshilik ko'rsatmasligi yoki ko'rsatishni istamasligi natijasida Marshal Do'stim Afg'onistonni tark etdi.

Afg'onistonda yangi hukumat tuzilgandan so'ng, tolibon tuzumiga qarshi kurashda o'zini ko'rsata olgan yetakchi siyosiy liderlar, boshqaruvning turli bo'g'inlarida o'z faoliyatini davom ettirdi va ularning ko'pchiligi bugungi kunga kelib yirik davlat siyosiy arboblariga aylanishdi. Shunday siyosiy arboblardan biri marshall Muhammad Qosim Fahim hisoblanadi.

Muhammad Qosim Fahim - Hamid Karzay boshqaruvi davrida marshall oliy harbiy unvoniga ega bo'ldi. Ahmad Shoh Mas'ud o'limidan so'ng, u birlashgan antitolibon kuchlari bosh qo'mondoni sifatida ancha tanildi. Suyiqasd natijasida Ahmad Shoh Mas'ud halok bo'lgandan keyin tolibonlarga qarshi jang qilayotgan mujohidlar guruhlariga boshchilik qildi. U Amerika harbiy aviatsiyasi yordamida tolibon rejimining ag'darilishida asosiy ro'l o'ynadi.

Afg'onistonning siyosiy sahnasida Muhammad Qosim Fahim tolibon rejimi ag'darilgandan keyin, muhim o'ringa ega bo'ldi. (Dastlab, Hamid Karzay prezidentligining birinchi besh yilligida u mamlakat hayotida o'zining faolligini amalga oshiruvchi ro'lga ega emasdi va hukumat tarkibiga ham kiritilmagan edi).

June, 2022

111?

Muhammad Qosim Fahim 1957-yil Panjsher viloyatining Omraz qishlog'ida tug'ilgan. Qishloq maktabini tugatib oliy ma'lumotga ega bo'lish uchun Kobulga jo'nadi va Kobul universitetining teologiya fakultetida o'qidi.

1978-yil hukumat almashinuvidan keyin sobiq sovet ittifoqi yordamida hukumatda oppozitsiya paydo bo'ldi, buning natijasida u Pokistonga ketishga majbur bo'ldi. U Pokistonda uzoq qolmadi va Afg'onistonga qaytganidan keyin, yangi hukumatga va SSSR ga qarshi qurolli kurash boshlagan (asosan Ahmad Shoh Mas'ud guruhida) mujohidlar guruhiga qo'shildi. Dastlab u mujohidlar kuchlarining bo'limlaridan biriga boshliq etib tayinlandi, lekin bir qancha vaqt o'tib, o'z qo'l ostidagi hududlarni kengaytirib bordi. Muhammad Qosim Fahim Badahshon, Bog'lon, Tohar va Qunduz viloyatlaridagi mujohidlar guruhlarining shakillanishida asosiy ro'l o'ynadi.

Najibullo hukumati qulagandan keyin, 1993-yilda u Kobulga keldi va bu yerdagi mujohidlar kuchlari bilan birlashdi. Yangi hokimiyat, Burhoniddin Rabboniy hukumatida xavfsizlik vaziri lavozimini egalladi. Tolibonlar hujumlari natijasida poytaxt Kobul va mamlakatning boshqa hududlari egallangandan so'ng, u shimoldagi tolibonlarga qarshi kurashayotgan Ahmad Shoh Mas'ud guruhlariga borib qo'shildi. Ahmad Shoh Mas'ud o'limidan keyin, Muhammad Qosim Fahim mujohidlar guruhlarini boshqardi va o'sha vaqtda tolibonlarga qarshi kurashayotgan barcha mujohidlar guruhlarini birlashishga chaqirdi.

Tolibonlar rejimi ag'darilib, Bonn konferensiyasi otkazilgandan keyin tuzilgan Afg'oniston Muvaqqat hukumati tarkibida Muhammad Qosim Fahim Mudofaa vaziri va hukumat harbiy kuchlari bosh qo'mondonining o'rinbosari etib tayinlandi. 2004-yilda o'tkazilgan birinchi prezidentlik saylovida Muhammad Qosim Fahim prezidentlikka o'z nomzodini qo'ydi va agar saylovda g'alaba qozonsa, Ahmad Shoh Mas'udning ukasi Ahmad Ziyo Mas'udni o'zining o'rinbosari bo'lishini ta'kidlab o'tdi.

Bu qadam, ko'plar uchun kutilmagan bo'lganligi uchun, Hamid Karzay va Muhammad Qosim Fahim o'rtasidagi aloqalarni yomonlashtirdi. Shunga qaramasdan Hamid Karzayning birinchi prezidentligi davri davomida u o'z lavozimini saqlab qoldi, ammo prezidentni ko'plab marotaba tanqid ostiga olganligi sababli, hukumat boshqaruvidan mujohidlarning uzoqlashtirilishiga sababchi bo'ldi. Oxirgi besh yil davomida marshall Muhammad Qosim Fahim Afg'onistonning birinchi vitse-prezidenti vazifasini bajarib keldi va 2014-yil 9-mart kuni vafot etdi.

2014-yilda amaldagi prezident Hamid Karzayning ikkinchi prezidentlik davri muddati ham tugaydi. Shuning uchun 5-aprelda o'tadigan prezidentlik saylovga 11 ta nomzod: Ashraf G'ani

June, 2022

1118

Ahmadzoy, Zalmay Rasul, Abdulla Abdulla, Qayum Karzay, Dovud Sultonzoy, Sardor Muhammad Naim, Abdul Rab Rasul Sayyof, Qutbiddin Hilol, Abdul Rasul Vardak, Hidoyat Amin Arsalox, Gul Og'a Sherzoy ro'yxatdan o'tdi. Saylov natijalariga ko'ra, hech qaysi nomzod o'tish ovozi, 50% dan yuqori ovozni to'play olmadi. 26-apreldagi saylov komissiyasining qaroriga ko'ra, eng yuqori ovoz to'plagan 3 ta nomzod: 44,5% ovoz bilan Abdulla Abdulla, 31,5% ovoz bilan Ashraf G'ani Ahmadzoy va 11,5 % ovoz bilan Zalmay Rasullar 28-mayda bo'ladigan, keyingi tur sayloviga o'tishdi. Saylovda Afg'onistonda saylash huquqiga ega bo'lgan saylovchi erkaklarning 64%i va ayollarning 36%i ishtirok etishdi.

Prezidentlik saylovlarida eng yuqori ovoz to'plagan doktor Abdulla Abdulla bugungi kunda Afg'onistondagi eng yuqori mavqedagi siyosiy arboblardan biri. Afg'onistondagi muxolifat guruhlar va afg'on xalqi o'rtasida eng obro'li shaxslardan hisoblanadi.

Doktor Abdulla Abdulla 1959-yil (ba'zi ma'lumotlarga ko'ra 1960-yil) Kobul shahrida tug'ilgan. Otasi pushtun va onasi tojik millatiga mansub. Otasi G'ulom Mhyauddin Xon Zamriyaniy, Muhammad Zohirshoh davrida Milliy Kengashning Qandahor viloyati senatori etib saylangan edi. O'rta ta'limni "Nodiriya" litsey-internatida oldi. 1977-yil Kobul tibbiyot institutiga oqishga kirdi va 1984-yilda uni muvaffaqiyatli tamomladi. Oliy ma'lumotga ega bo'lgach, ikki yil Kobuldagi "Nur" nomli ko'z kasalliklari shifoxonasida ishladi. Shundan so'ng, u Pokistonga jo'nab ketdi.

Ko'p o'tmay vataniga qaytgan doktor Abdulla Abdulla Panjsherda mujohidlar shifokori sifatida juda tez tanildi va taniqli mujohidlar boshlig'i Ahmad Shoh Mas'ud ishonchini qo'lga kiritdi. 1992-1996-yillarda Kobulda hokimyatga mujohidlar keldi va Mudofaa vaziri lavozimini egallagan Ahmad Shoh Mas'ud doktor Abdullaga Mudofaa vazirligining rasmiylashtirish va kanselariya (yozuv-chizuv ishlari) bo'limiga rahbarlik qilishni taklif etdi.

1996-2001-yillarda shimoliy Afg'onistonda Burhoniddin Rabboniy boshchiligida hukumat tuzilgan vaqtda, doktor Abdulla o'rinbosar va Tashqi Ishlar vaziri vazifasini amalga oshirgan. Shu yillarda u Rabboniy hukumatining tashqi aloqalarini ta'minlashda asosiy ro'l o'ynadi va o'zining ko'plab marotaba chet davlatlarga safari davomida bu hukumatga xalqaro yordamlarni jalb etishga harakat qildi.

Rabboniy hukumatining nazorati ostida mamlakat hududining 10% ga yaqin qismigina qolganiga qaramasdan, Afg'onioston BMTda ham, boshqa dunyo mamlakatlari orasida ham yagona qonuniy

hokimyat sifatida tan olinishida doktor Abdulla Abdullaning ro'li

June, 2022

beqiyosdir. 2001-yil Ahmad Shoh Mas'ud vafotidan keyin ham tolibonlarga qarshi kurashda faol qatnashdi va Shimoliy Alyansning vakili sifatida bir qancha xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashdi.

Bonn konferensiyasi shartnomasiga muvofiq u Hamid Karzay muvaqqat hukumatining tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi va keyinchalik 2004-yilda prezidentlikka saylovlar o'tkazilib, yangi hukumat tuzilgandan so'ng ham o'z o'rnida qoldi, ammo ko'p o'tmay, Hamid Karzay tomonidan tuzilgan hukumat kabineti tarkibiga kiritilmadi va rasmiy davlat ishlaridan uzoqlashtirila boshlandi. Shundan so'ng, Hamid Karzayning ikkinchi prezidedntlik davrida doktor Abdulla Abdulla siyosiy oppozitsiyaga kelib qo'shildi va "O'zgarishlar va umidlar" nomli koalitsiya tuzdi. Doktor Abdulla Abdulla ikkinchi prezidentlik saylovi vaqtida Hamid Karzayning asosiy raqibiga aylandi. Bu saylovda nomzodlarning hech biri g'alaba qozonish uchun yetarlicha ovoz to'play olmadi va saylov komissiyasi Hamid Karzay va Abdulla Abdullani ikkinchi tur saylovida ishtirok etishini e'lon qildi, ammo doktor Abdulla Abdulla saylovlarning ikkinchi turida ishtirok etishdan bosh tortdi, bu esa amalda saylovlarning davom etmasligini ko'rsatar edi. Saylov komissiyasi Hamid Karzayni g'olib deb topdi.

O'tgan saylovda doktor Abdullaning bosh shiori parlament tizimini tashkil etish edi. U prezidentlikka saylangan taqdirda, konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritishini va korrupsiyaga qarshi kurashish uchun qat'iy choralar ko'rishini ta'kidlab o'tdi. 2010-yilgi saylovlardan keyin, "O'zgarish va umid" siyosiy kaolitsiyasi o'z nomini "Milliy kaolitsiya"ga almashtirdi va uning tarkibi kengayib, bir qancha siyosiy guruhlar va shaxslar unga a'zo bo'lib kirdi.

"Afg'oniston islom jamiyati", "Islom milliy birligi" partiyasi, "Milliy islom harakati" partiyalari birlashgan holda Milliy frontni tashkil etgungacha, Milliy kaolitsiya asosiy siyosiy oppozitsiyaligicha qoldi.

2014-yilgi saylovlarda g'alaba qozongan holatda, uning birinchi va ikkinchi o'rinbosarlari sifatida Muhammad Xon va Muhammad Muhakkik tayinlanishini e'lon qildi.

Saylovlar paytida doktor Abdulla Abdullani Abdulhodiy Argandival boshchiligidagi "Islom" partiyasi, "Jamiyati islomiy" partiyasining asosiy qismi, "Islom milliy birligi" partiyasi va boshqa bir qancha siyosiy tashkilotlar siyosiy yetakchi sifatida qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

Afg'onistonning bugungi kundagi siyosiy elitasi orasida o'zining yuqori mavqeiga ega bo'lib, Hamid Karzayning ikkinchi prezidentlik davrida, bu hukumatning tashqi aloqalarini muvofiqlashtirib turgan siyosiy arboblardan yana biri Zalmay Rasul hisoblanadi.

June, 2022

1120

Zalmay Rasul 2010-yil yanvaridan 2013-yil oktyabrigacha Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishladi. U 1943-yil Kobulda tug'ilgan, millati pushtun , muhammadzoy qavmidan. Zalmay Rasul dariy, pushtu, arab, fransuz, ingliz va italyan tillarida bemalol so'zlasha oladi.

Agar Zalmay Rasul prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonsa, uning birinchi va ikkinchi o'rinbosarlari sifatida Ahmad Ziyo Mas'ud va Habiba Sarabiy tayinlanishini aytib o'tdi.

Zalmay Rasul Afg'onistonda muvaqqat hukumat tuzish bo'yicha 2001-yilda Germaniyada o'tgan birinchi Bonn konfirensiyasining ishtirokchisi hisoblanadi. U Afg'onistonda tolibon rejimi ag'darilgandan so'ng, Hamid Karzay bilan birgalikda Kobulda yangi hukumat tuzishda qatnashgan shaxslar qatorida edi. 2002-yilda hokimyatga yangi hukumat kelganidan keyin, Hamid Karzay Fuqaro aviatsiyasi vaziri lavozimiga Zalmay Rasul nomzodini ko'rsatdi va bu taklif kabinet tarafidan bir ovozdan ma'qullandi.

Zalmay Rasul 2002-yilning o'zida qisqa muddat Fuqaro aviyatsiyasi vaziri lavozimida ishlagach, Afg'oniston prezidentining xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi etib tayinlandi va u bu lavozimda 2010-yilgacha o'tirdi. Uning vazifasi xususan, "tashqi siyosatchilar va ularning xavfsizlik sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish" hisoblangan. 2010-yil yanvarida Afg'oniston prezidentligiga qayta saylangan Hamid Karzay Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Zalmay Rasul nomzodini parlamentga taqdim etdi va uni parlament quyi palatasining ko'pchilik ovozi bilan ushbu lavozimga tayinladi.

So'nggi 12 yil davomida mamlakat boshqaruvida Zalmay Rasul bilan Hamid Karzay o'rtasidagi shaxsiy munosabatlar juda yaxshi kechdi va ular ko'plab muhim rasmiy davlat safarlariga birga borishadi.

Saylovlarda yaxshi ovozga ega bo'lgan va uzoq tortishuvlardan so'ng prezidentlikka saylangan hamda Doktor Abdulla Abdulla bilan raqobatda yana bir bor yutib chiqib ikkinchi muddatga ham prezident sifatida saylangan Afg'onistonning siyosiy hayotida yuqori e'tiborga ega siyosiy arboblardan biri, Ashraf G'ani Ahmadzoy hisoblanadi.

Ashraf G'ani Ahmadzoy-1953-yilda Kobulning janubidagi Logar viloyatida tug'ilgan. Bayrutdagi Amerika universitetida va AQSHdagi Kolumbiya universitetida ta'lim oldi va antrapologiya sohasi bo'yicha fan doktori darajasiga ega bo'ldi. Hamid Karzay hukumati davrida Ahmadzoy "afg'onlashtirish" xavfsizlik rejasini ishlab chiquvchi asosiy mutaxassislardan biri hisoblandi.

U o'zining prezidentlikka nomzodini qo'yganiga juda ko'p vaqt bo'lmadi. Afg'onistondagi prezidentlik saylovlarida g'alaba

June, 2022

1121

qozonsa, Abdurashid Do'stum va Ahmad Donish uning birinchi va ikkinchi o'rinbosarlari etib tayinlanishini e'lon qildi. Ahmadzoy ko'p yillar Jahon bankida ishladi va Afg'oniston masalasi bo'yicha tahlilchi va mutaxassis sifatida ommaviy axborot vositalari muhbirlari bilan suhbatlar o'tkazdi. Shuningdek, u AQSHdagi Jon Xopkins universitetida va Daniyaning Orxusskom universitetida ham dars berdi. Ashraf G'ani Ahmadzoy 2001-yil oktabr oyidan BMTning Afg'onistondagi maxsus vakili Axzar Ibrohimiyning maslahatchisi etib tayinlandi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Biroq, bir necha oy o'tgach Ahmadzoy Afg'onistonning muvaqqat hukumati davridagi prezidenti Hamid Karzayning bosh maslahatchisi lavozimini egalladi. Bir vaqtning o'zida u Afg'oniston bo'yicha xalqaro yordamni muvofiqlashtirish boshqarmasini ham boshqardi.

Ashraf G'ani Ahmadzoy 2002-yil iyunidan 2004-yil dekabrigacha Hamid Karzay rahbarligidagi Muvaqqat hukumat kabinetida Moliya vaziri vazifasini ham bajardi. Shu davrda u pul-moliya islohatini boshladi va bu yo'nalishda bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi, ammo shundan keyin uning islohatlari siyosiy doirada tanqidga uchray boshladi. Ashraf G'ani Ahmadzoy 2004-yilgi prezident saylovlaridan keyin yangi tuzilgan hukumat tarkibiga kiritilmadi. U Kobul davlat universitetining rektori etib tayinlangan edi. Bu lavozimda ikki yil ishlagach, Hamid Karzay hukumatini tanqid qilgandan so'ng iste'foga chiqdi. Uning bayonatiga ko'ra, Hamid Karzay hukumatining hukumat muassasalarida amaldorlarning pora bilan sotilishi va korrupsiyaga qarshi o'tkazgan dasturlari muvaffaqiyatsiz chiqqanini tanqid ostiga oldi. 2006-yilda BMT bosh kotibi Kofe Anan o'zining Afg'onistondagi rasmiy vakili sifatida Ahmadzoy nomzodini ko'rsatdi, ammo uning BMTning o'sha paytdagi bosh kotibi Pan Gi Mun bilan aloqalari yuqori darajada emas edi.

Afg'onistonda o'tkazilgan 2010-yilgi prezident saylovlarida amaldagi prezident Hamid Karzayga raqobatchi bo'ldi, lekin u yetarli darajada ovoz to'play olmadi.

Hamid Karzayning ikkinchi prezidentlik boshqaruvi davrida Ashraf G'ani Ahmadzoyga ichki kuchlar qo'lida tashqi kuchlar xavfsizligini taminlash dasturini boshqaruvchi ya'ni, ichki va tashqi kuchlar muvazzanatini ushlab turish vazifasi topshirildi. Ushbu dastur bo'yicha Afg'nistondan tashqi kuchlarning asosiy qismi 2014-yilda chiqib ketishini yakunlashi kutilgan edi. Ammo AQSh boshchiligidagi tashqi kuchlar to'liq ravishda faqat 2021-yil yozida mamlakatdan to'liq chiqib ketdi.

Ashraf G'ani Ahmadzoy 2014-yilgi saylovlarda dastlab g'alaba qozongan bo'lsa, 2019-yil dekabrida uzoq tortishuvli tarzda o'tdi va unda Afg'oniston mustaqil saylov komissiyasi raisi Havo Nuristoniy prezidentlik saylovining so'nggi natijasi e'lon qilindi. Natijalarga

June, 2022

1122

ko'ra, Muhammad Ashraf G'aniga 50,6 foiz saylovchilar ovoz bergan. Uning asosiy raqibi - bosh vazir Doktor Abdulla Abdulla 39,52 foiz olgan. Keying o'rinlarni -Afg'oniston Islom partiyasi raisi Gulbiddin Hikmatiyor hamda Rahmatilloh Nabil egallagan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Afg'onistonda tolibonlar rejimi ag'darilgandan keyin, mamlakatda tinchlikni ta'minlash, hokimyat boshqaruv organlarini muvofiqlashtirish va yangi hukumat va uning tarkibini tuzish maqsadida ko'plab Xalqaro tashkilotlar va jahon hamjamiyatining nigohi ushbu hududga qaratildi. 2002-yilda Afg'onistonda Hamid Karzay boshchiligida Muvaqqat hukumat tuzildi va mamlakat Afg'oniston Islom Respublikasi deb e'lon qilindi. Biroq, xalqaro xavsizlikka ko'maklashuvchi kuchlar mamlakatni tark etgach, dunyo hamjamiyati nigohidagi ushbu davlat ular o'ylagan darajadagi mustahkam davlatga aylana olmaganligini ko'rsatdi. 2021-yil yozida mamlakatda yana to'liq tolibon rejimi o'rnatildi. Shunday bo'lsada o'tgan yigirma yil davomida mamlakatda bir qancha ijobiy sezilarli o'zgarishlar yuz bergan edi. Xususan, ko'plab afg'on qochoqlari o'z uylariga qaytdi, ta'lim tizmida, jamiyatda ayollarga bo'lgan munosabatda va umuman insoniy qadriyatlarning ba'zi jihatlarida ma'lum o'zgarishlar ro'y berayotgandi. Ushbu davrda ham ko'plab siyosiy arboblar yetishib chiqdi. Ular mamlakatning ichki va tashqi siyosiy faoliyatini ta'minlashda o'zlarining oqilona va odilona fikrlari bilan hissalarini qo'shishga harakat qilishdi.

REFERENCES

1. P.P. Сикоев. Талибы (религиозно-политический портрет). М., 2002. 160 c.

2. Conrad Schetter. Ethnicity and the Political Reconstruction in Afghanistan. Center for Development Studies (ZEF), University of Bonn, Germany.2003.

3. Омар НЕССАР«Хамид Карзай». //http : //www.afghanistan.ru/doc // Опубликовано: 11.04.2004 .

4. Muhammad Ibrohim Atoiy."Negohi muxtasar ba torix-e maoser-e Afg'oneston", Kobul. 2010.s.583-584.

5. «Бурханиддин Рабаний» //http://www.afghanistan.ru/doc // Опубликовано: 23.11.2011.

6. «Гульбеддин Хекматьяр» //http://www.afghanistan.ru/doc // Опубликовано: 18.10.2013.

7. «Абдул Рашид Дустум» //http : //www.afghanistan.ru/doc

XULOSA

//Опубликовано: 16.10.2013.

June, 2022

8. «Мохаммад Касим Фахим». //http://www.afghanistan.ru/doc //Опубликовано: 17.03.2014.

9. НИК ИРА: «Афганистан ждёт второй тур президентских выборов» //http://www.afghanistan.ru/doc // Опубликовано: 26.04.2014.

10. «Доктор Абдулла». //http://www.afghanistan.ru/doc //Опубликовано:

02.12.2013.

11. «Доктор Абдулла выдвинут в качестве единого кандидата от НФА» //http://www.afghanistan.ru/doc // Опубликовано: 16.04.2009.

12. «НИК: Кандидат в президенты Абдулла Абдулла сохраняет лидерство в президентской гонке» //http: //www.afghanistan.ru/doc // Опубликовано:

24.04.2014.

13. «Абдулла Абдулла усомнился в необходимости второго тура выборов» //http://www.afghanistan.ru/doc // Опубликовано: 27.04.2014.

14. «Ашраф Гани Ахмадзай» //http://www.afghanistan.ru/doc //Опубликовано: 25.11.2013.

15. «Ашраф Гани Ахмадзай» //http://www.afghanistan.ru/doc //Опубликовано: 25.11.2013.

16. «Залмай Расул» //http://www.afghanistan.ru/doc // Опубликовано: 01.12.2013.

17. https://kun.uz/uz/news/2019/12/22/afgonistonda-prezidentlik-saylovi-3 -oy-avval-otkazilgandi-ilk-natijalar-endi-elon-qilindi

18. https: //daryo .uz/2021/08/15/afgoniston-tolibonga-qanday-taslim-boldi/

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.