AMIR TEMURNING HARBIY FAOLIYATI
Do'stmuhammad Shavqatulloyev Zarif Shuhrat o'g'li Toshboltayev Islombek Gulshanbek o'g'li Jo'ramurodov
ma6069054@gmail.com
Sohibqiron Amir Temur o'zining 35 yillik hukimronligi davrida yurtining tinchligi va osoyishtaligi uchun o'z davrining qudratli hukmdorlariga qarshi kurashishga tayyor turgan. Temur harbiy yurishlar davomida dushmanlariga tinim bermagan va bu uning g'alabalarida katta rol o'ynagan. Ko'pchilik tarixchilar uch buyuk sarkardalar qatoriga Aleksandr Makedonskiy bilan Chingizxonlar qatoriga Amir Temurni ham qo'shishadi va ular ichida Temurni faoliyatiga yuqori baho berishadi. Bu to'g'ri fikr , sababi Aleksandr uchun ham, Chingizxon uchun ham o'z davrida munosib raqib topilmagan. Amir Temurning raqiblari esa o'z davrida butun Yevropa va Rusni tahlikaga solgan hukimdorlar edi. Temur o'z davridamag'lubiyatga uchragan vaqtlari ham bo'lgan, lekin o'zida kuch topib doim yurti tinchligi uchun qayta olgan.
Kalit so'zlar: Loy jangi, Xuroson, Kepakxon, Chirchiq, Chinoz, Anqara, Xiva, Seyiston, Chistopl, Gruziya, Armaniston, Samara, O'tror, Terek, Qunduzcha.
Amir Temur Vatznimiz tarixida , o'zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko'rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashxur sarkarda sifatida rtirof etilgan buyuk siymodir. Afsuski , Amir Temur nomi mustamlakachilik davrida inkor etilib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelingan edi. Biroq o'z zamonasida o'zbek davlatchiligini qayta tiklagan, uni yuksak rivojlanish pog'onasiga ko'targan, jahonga shuxrat taratgan Amir Temurning tarixiy xizmatini jahon afkor ommasi nazaridan yashirish, uni qatag'onlik zanjirida ushlab turish vaqti o'tdi. Milliy istiqlol tufayli o'z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temor bobomizning nomini, nuroniy qiyofasini tiklash baxtiga muyassar bo'ldik.[1]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Amir Temur qadim zamon va o'rta asrlarda faoliyat
ANNOTATSIYA
KIRISH
ko'rsatgan uch buyuk sarkardalarning biri hisoblanadi. Bular:
April, 2022
Aleksandr Makedonskiy, Chigizxon va Amir Temurlardir. Ular turli davlarda, bir-biridan tubdan farq qiluvchi tarixiy sharoitlarda faoliyat ko'rsatishgan. Shu sababli ularni solishtirish qiyin. Shunday bo'lsada fransuz va rus tadqiqotchilari bu buyuk sarkardalarning hayotini o'rganib, eng yuqori bahoni Amir Temurga berganlar. Fikrimizcha buning sabablari quydagilardan iborat:
Aleksandr Makedonskiy taxtni otasidan meros qilib olgan bo'lsa , Chingizxon katta farzand bo'lganligi tufayli taxtga da'vogarlik qilish huquqiga ega edi. Amir Temur barlos urug'ining nufuzli beki oilasida tug'ilgan bo'lsada, tengdoshlari nazarida taxtni egallash huquqiga ega emasdi. U nimaga erishgan bo'lsa, bu uning harakati, intilishi, tashkilotchilik va harbiy qobilyatining natijasi bo'ldi.
Aleksandr Makedonskiy o'z harbiy faoliyati davrida birorta ham o'ziga munosib raqib uchratmagan. U asosan 1 ta davlat, ya'ni Ahamoniylar saltanatiga qarshi kurashgan. Munosib raqib bo'lishi mumkin bo'lgan Spitamenning ixtiyoridagi qo'shin son jihatdan ham, salohiyat jihatdan ham yirik bo'lmagan. Chingizxon o'ziga munosib raqib sifatida faqat Sulton Jaloliddinni hisoblagan. Amir Temur esa Oltin O'rda va rus knyazligini egallagan To'xtamishni, Yevropaning birlashgan qo'shinini yengan Usmonlilar Sultoni Boyazidni va o'z davrining qudratli hukmdorlaridan biri , Shimoliy Afrika va G'arbiy Osiyo hududlarini bosib olgan Misr sultoni Faradjni mag'lubiyatga uchratib, tarixiy taraqqiyot jarayonlarini boshqa yulga burib yuborgan edi. [2]
Kepakxon vafotidan so'ng ko'chmanchi qabilalarning xonlari va beklari o'rtasida hokimyat uchun o'zaro kurashlar boshlanib ketadi. So'nra hokimyat tepasiga qozonxon kelib, Kepakxonning siyosatini davom ettiradi. Lekin Chig'atoy urug'ining boshliqlari bu siyosatga qarshi chiqishdi. Kurash yana avj olib ketdi. Qozonxon uldirildi. Movarounnahrga Qozog'on egalik qilib, Hirotni bosib olishga harakat qiladi. Lekin u ov vaqtida uldirildi. Shundan keyin Movarounnahrda kuchli hukimdor qolmadi. Nizoyu adovat yil sayin kuchayib borar, davlat parokandalikka uchragan edi. Bu hol Mug'uliston xoniga Movarounnahrni egallab olish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Tug'luq Temur 1360-1361- yillarda Movarounnahrga bostirib kelganida o'zaro urushayotgan xonu beklar unga qarshilik ko'rsata olmadi. Yosh Temur ham dastlab bunga jurat qilolmadi, aksincha, uning xizmatiga kiradi. Mug'uliston xoni Xurosonga qochgan Hoji Barlos o'rniga 25 yoshli Temurni kichik , lekin boy bo'lgan Shahrisabz tumaniga hokim etib tayinlaydi. [3]
Tug'luq Temur o'ziga nisbatan Temurbekning sadoqatini his eta boshlagach, Mug'ulistondagi amirlar isyonini bostirish maqsadida Movarounnahrni boshqarib turish yorlig'ini Temurga
April, 2022
979
berib, o'zi Jeta tomonga ketadi. Ammo Temur mug'ullarga uzoq vaqt xizmat qilmaydi. Vaqt o'tib Tug'luq Temur o'z ahdini buzib, Movarounnahrga ikkinchi marta qo'shin tortib kelib, hokimyatni Temurdan olib, tajribasiz yosh o'g'li Ilyosxo'jaga topshiradi. Temur ana shu davrdan boshlab mug'ullarga xizmat qilishdan bosh tortib , markazlashgan mustaqil davlat barpo qilish uchun mug'ullar istibdodiga qarshi kurashadi. Temur o'z yigitlari bilan birga Badaxshonga chekinib , maslakdoshlar qidiradi va Badaxshondan Xorazmga tomon harakatlanadi. Xorazm tomon yul olgan yul-yulakay Balxda to'xtab uncha katta bo'lmagan qo'shin bilan viloyat hokimi Amir Husayinni o'z yuliga tortadi. Amir Temurni Xorazmda paydo bo'lganidan xabar topgan va uni o'ldirish to'g'risida Ilyosxo'jadan maxsus topshiriq olgan Xiva hokimi To'kal Bahodir 1000 otliq jangchilar bilan Temurga hujum qiladi. Bu jangda Temur oz sonli yigitlari bilan To'kal Bahodirning ming kishilik qo'shinini tor-mor keltiradi. Jang oqibatida Xorazm askarlaridan 50 kishi, Amir Temur kuchlaridan esa 10 kishi - 7 ta otliq va 3 ta piyoda xurosonlik qoladi. Temur yana o'z qo'shinlari sonini oshirish maqsadida turli viloyatlar buylab harakalanadi va janubdagi bazi bir hududlarni egallaydi . [4]
1361-yilda Temur Amir Husayn bilan yaqinlashib ikki hokim birlashgan holda, mug'ul xonlariga qarshilik ko'rsatish imkoniga ega bo'ladilar. Temur hayotida ro'y bergan va bir umrga unga tan jarohatini muhrlagan voqea 1362-yilda Seyistonda bo'lib o'tgan. Amir Temur jang vaqtida o'ng qulining tirsagidan va o'ng oyog'idan kamon o'qi tegishidan qattiq jarohatlanadi.
Tug'luq Temur o'limidan so'ng, 1363-yilda Movarounnahr tuprog'idan haydalgan mo'g'ul xoni Ilyosxo'ja yangidan katta lashkar bilan avvagi mulklarini egallab olish maqsadida Movarounnahr tomon harakat qila boshlaydi. Mug'ul xoni ayniqsa o'zining raqiblariga nisbatan qahr kayfiyatida ekanligi ham ma'lum edi. 1363-1364-yillarda Temur va Husayn mug'ullarni uch marotaba mag'lubiyatga uchratishdi. Temur va Husayn bo'lg'usi qaqshatqich to'qnashuvga imkon boricha harbiy kuchlarni yig'ishdi. Tarixda " Loy jangi " nomi bilan kirgan mazkur jang Chinoz bilan Toshkent o'rtasida 1365-yilning 22-may kuni bo'lgan. Jangda Amir Temur Husaynning sust va layoqatsizligi sabali mag'lubiyatga uchraydi va Samarqandga qaytib ketadi. Bu sharoitda Samarqand mudofasini sarbadorlar o'z qullariga olishadi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mug'ul istilochilari va zulm o'tkazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi. Mudofa rahbarligiga Mavlonzoda qatoriga Xo'rdak Buxoriy va Abu Bakr Kalaviy ham qo'shildilar. Shaharni mudofalanganligidan xabarsiz qolgan
mug'ullar uni bir urinishdayoq egallab olishlariga ishonar edilar.
April, 2022
Hujum boshlanishi bilan mug'ullar qo'shiniga Mavlonzoda boshliq sarbadorlar kamonlar yordamida dushmanga katta talofat yetkazishadi. Keyingi qamalga tayyorgarli paytida Ilyosxo'ja lashkarlari orasida yuqumli kasallik tarqala boshlaydi. Buning natijasida zaiflanib qolgan ilyosxo'ja dastlab Samarqandni , keyinchalik butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo'ladi. [2]
Amir Temurning keying jushqin faoliyati davomida uning Amir Husayn bilan dustligi, ittifoqi mustahkam bulmaydi. Tabiatan shuhratparast , hokimyatparast Amir Husayn qanday qilib bulmasin Amir Temurga pand berish, unga xiyonat qilishdan qaytmaydi. Vaziyat taqazosi bilan Amir Temur Amir Husayn o'rnashib olgan Balxga 1370-yil bahorida qo'shin tortib bordi va uni mag'lubiyatga o'chratadi. Shundan so'ng Amir Temur Movarounnahrning yagona hukumdori bo'lib qoladi. Temur hukmronligining dastlabki davrlarida yani 1370-yil oxiri va 1371-yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurush qiladi. Mug'ul xoni Kepak Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasidan Farg'ona mulklari va boshqa hududlarni egallaydi. Tarixiy manbalarda Temur Mo'g'uliston tomon 7 martda yurush qilganligi aytib o'tilgan.
O'z tasarrufida Qashqar, Issiqko'lva Yettisuv vohasini birlashtirgan hamda 1369-yili Ilyosxo'jani taxtdan ag'darib , Mo'g'uliston xoni bo'lib ko'tarilgan Qamariddin bilan 1370-1389-yillar davomida Amir Temur hayot-mamot janglarini olib boradi. Bu janglardagi g'alaba Movarounnahrga qarashli asosiy sharqiy hududlarni Temur yana o'z tarkibiga qo'shib oladiki, bu o'zbek davlatchiligining vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. [1]
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Amir Temur Xorazmni ham qaytadan Movarounnahrga kiritishga intildi. 1372-yilda Husayn So'fi Amir Temurga boj to'lamasdan, buning ustiga Temur tomonidan yuborilgan elchiga shunday javob berdi: << Men mamlakatni qilich bilan fath etganman , shuning uchun ham uni faqat qilich bilan olish mumkin >>. Usha yili Amir Temur Xorazimga qo'shin tortib keldi. Urganchga borish uchun Qiyot shahridan o'tish kerak edi. Bu shahar biroz qarshilikdan so'ng Temur qo'shini tomonidan ishg'ol qilinadi. Buni eshitgan Husayn So'fi Amir Temurga itoat qilishga rozi bo'ladi. Biroq Husayn bir qancha vaqtdan keyin yana bosh ko'taradi va yana mag'lubiyatga o'chrab Urganch qal'asiga berkinadi va tez orada vafot etadi. Undan so'ng akasi Yusuf So'fi hokimyatga keladi va Temur bilan tinchlik shartnomasini tuzadi. Ammo u ham keyinchalik Temurga qarshi bosh ko'targanidan so'ng 1373-1374-yillarda Amir Temur ikkinchi martda Xorazmga yurush qiladi va g'alaba qozonadi. Shunday
April, 2022
981
qilib Amir Temur Xorazmni uzil-kesil bosib olish uchun jami besh marotama yurush qilishga majbur bo'ladi va nihoyat 1388-yilda to'liq bosib oladi [2]
1388-yili Temur Urganchni egallab Sulaymonni va So'fiylar sulolasini yo'qotdi, Urganch aholisini Samarqandga ko'chiradi. 1391-yili Temur shaharni tiklashni buyurdi, ammo faqat bitta dahani tiklash mumkin bo'ldi xolos. Shunday qilib 1390-yili O'rta Osiyoning butun hududi Temurning qo'l ostida birlashdi.
1389, 1391 va 1394-95-yillari Temur To'xtamishga qarshi uch martda yurush qildi, ora-orada Eron, Kavkaz, Rusning janubiy chegaralariga qo'shin tortib to'rdi. 1391-yili Temur 200 ming kishilik qo'shin bilan hozirgi Qozog'iston cho'llariga yul oldi. 18-iyun kuni u hozirgi Samara va Chistopl shaharlari orasidagi Qunduzcha degan joyda To'xtamishni tor-mor keltiradi. To'xtamish 1395-yili Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi vodiysida ham mag'lubiyatga uchraydi. Shundan so'ng Temur poytaxt Saroy Berkani bosib oldi , taladi va o't quyadi moddiy boyliklarni o'z yurtiga olib ketadi. Saroyning 1395-yildagi halokati 1380-yildan keying yakunlovchi zarba bo'ladi. Shundan so'ng Oltin O'rda o'zini o'nglay olmadi. Zamondoshlar Temurning Rus uchun bu xizmatini baholay olishmadi, rus yilnomachilari Janubiy Rusning bir qancha shaharlarini vayron qilgani uchungina u haqida nihoyatda salbiy fikr bildirishadi.[3]
Amir Temurning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush voqealari ko'rsatib turadi. Amir Temur Ozarbayjonga bir necha bor yurish qilib va 1387-yilda uni buysundirishga muyassar bo'ladi. Armaniston va Gruziyani Temur 1392-yilda buysundiradi. Temurning uzoq Hindistonga yurishi 1398-yilda yakunlanadi. Sohibquron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o'z dushmanlarini erkin nafas olishga qo'ymagan. 1400-yilda Amir Temur qo'shini Turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib boradi. 1402-yilda Amir Temur Anqara yaqinida Boyazid bilan ikkinchi martda to'qnashadi va uni tor-mor etadi. Amir Temur 1404-yilning oxirida Xitoyga qarab yulga chiqadi. O'sha yili qish O'rta Osiyo tarixida eng qahraton qish bo'ladi. Sirdaryoning suvi 1 metrga muzlagan, askarlardan ko'pini , quloq- burunlarini, qul-oyoqlarini sovuq olgan edi. Temur ham shamollab qoladi va O'trorda to'xtashga majbur bo'ladi. !405-yil 18-fevralda Temur O'trorda vafot etadi.
XULOSA
April, 2022
REFERENCES
1. Q. Usmonov, M. Sodiqov, N. Oblamurodov, O'zbekiston Tarixi: Toshkent- 2002
2. R. Xoliqulov, K. G'aniyev, M. Nasrullayev, O'zbekiston Tarixi: Samarqand -2019
3. O'zbekiston Xalqlari Tarixi, Toshkent-1992.
4. O'quv uslubiy majmuasi, O'zbekiston Tarixi, Denov-2020
April, 2022