Научная статья на тему 'ROSSIYANING UKRAINAGA BOSQINI KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNING DUNYO TARTIBOTIGA TAʼSIRI'

ROSSIYANING UKRAINAGA BOSQINI KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNING DUNYO TARTIBOTIGA TAʼSIRI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
3755
328
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rossiya / Ukraina / Sovet Ittifoqi / AQSH / NATO / “Katta Yevrosiyo” / Heartland / Sharqiy Yevropa. / Россия / Украина / СССР / США / НАТО / Большая Евразия / Хартленд / Восточная Европа.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Jahongir E. Aliyev

Butun dunyo hamjamiyatining asosiy eʼtibori Rossiya va Ukraina harbiy mojarosiga qaratilgan. Albatta, bu bejizga emas. Ikkinchi jahon urushidan soʻng bir demokratik davlat hududiga ikkinchi bir davlat harbiy intervensiya uyushtirishi kuzatilmagandi. 1945-yil BMT tashkil topganidan soʻng oʻrnatilgan yangi dunyo tartiboti oʻzagarish arafasida turibdi. Rossiyaning Ukraina bosqini gʻarb davlatlari, AQSH va NATO tomonidan keskin tanqid qilnmoqda va Rossiyaga agressiyasini jilovlash uchun unga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar paketini qollamoqda. Bu esa Rossiya iqtisodiyoti jar yoqasiga olib bor qoʻyishi mumkin. Rossiya nima uchun iqtisodiyotini izdan chiqarishi mumkin boʻlgan sanksiyalarga ham eʼtibor bermasdan Ukraina hududiga bostirib kirdi? Maqolada Rossiya va Ukraina harbiy mojarosining tub sabablari va uning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan katta geosiyosiy jarayonlar tahlil etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРИЧИНЫ РОССИЙСКОГО ВТОРЖЕНИЯ В УКРАИНУ И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА МИРОВОЙ ПОРЯДОК

Основное внимание мирового сообщества сосредоточено на российско-украинском военном конфликте. Конечно, это не напрасно. После Второй мировой войны не было военной интервенции на территорию ни одного демократического государства. Новый мировой порядок, установленный после основания Организации Объединенных Наций в 1945 году, находится на пороге перемен. Вторжение России в Украину подверглось резкой критике со стороны Запада, США и НАТО, которые ввели пакет экономических санкций против России, чтобы обуздать ее агрессию. Это может поставить российскую экономику на грань. Почему Россия вторглась в Украину, проигнорировав санкции, которые могли повредить ее экономике? В статье анализируются первопричины российско-украинского военного конфликта и основные геополитические процессы, которые могли к нему привести.

Текст научной работы на тему «ROSSIYANING UKRAINAGA BOSQINI KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNING DUNYO TARTIBOTIGA TAʼSIRI»

Oriental Journal of History, Politics and Law

ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND

LAW

journal homepage: https://www.supportscience.uz/index.php/oihpl

CAUSES OF RUSSIA'S INVASION OF UKRAINE AND ITS IMPACT ON THE

WORLD ORDER

Jakhongir E. Aliyev

Master's student

Tashkent State University of Oriental Studies

Tashkent, Uzbekistan

E-mail: [email protected]

ABOUT ARTICLE

Key words: Russia, Ukraine, Soviet Union, USA, NATO, "Great Eurasia", Heartland, Eastern Europe.

Received: 14.05.22 Accepted: 16.05.22 Published: 18.05.22

Abstract: The main focus of the world community is the military conflict between Russia and Ukraine. Of course, this is not in vain. After World War 2, there was no military intervention in the territory of a democratic state by another state. After the founding of the United Nations in 1945, the new world order was on the verge of change. Russia's invasion of Ukraine has been sharply criticized by Western countries, the United States and NATO, who have imposed a package of economic sanction on Russia to curb its aggression. This could put the Russia economy on the brink. Why did Russia invade Ukraine, ignoring sanctions that could hurt its economy? The article analyzes the root causes of the Russian-Ukrainian military conflict and the major geopolitical processes that can lead to it.

ROSSIYANING UKRAINAGA BOSQINI KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNING

DUNYO TARTIBOTIGA TA'SIRI

Jahongir E. Aliyev

Magistratura talabasi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Toshkent, O'zbekiston

E-mail: [email protected]

MAQOLA HAQIDA

Kalit so'zlar: Rossiya, Ukraina, Sovet Ittifoqi, AQSH, NATO, "Katta Yevrosiyo", Heartland, Sharqiy Yevropa.

Annotatsiya: Butun dunyo

hamjamiyatining asosiy e'tibori Rossiya va Ukraina harbiy mojarosiga qaratilgan. Albatta, bu bejizga emas. Ikkinchi jahon urushidan so'ng bir demokratik davlat hududiga ikkinchi bir davlat harbiy intervensiya uyushtirishi kuzatilmagandi. 1945-yil BMT tashkil topganidan so'ng o'rnatilgan yangi dunyo tartiboti o'zagarish arafasida turibdi. Rossiyaning Ukraina bosqini g'arb davlatlari, AQSH va NATO tomonidan keskin tanqid qilnmoqda va Rossiyaga agressiyasini jilovlash uchun unga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar paketini qollamoqda. Bu esa Rossiya iqtisodiyoti jar yoqasiga olib bor qo'yishi mumkin. Rossiya nima uchun iqtisodiyotini izdan chiqarishi mumkin bo'lgan sanksiyalarga ham e'tibor bermasdan Ukraina hududiga bostirib kirdi? Maqolada Rossiya va Ukraina harbiy mojarosining tub sabablari va uning keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan katta geosiyosiy jarayonlar tahlil etildi.

ПРИЧИНЫ РОССИЙСКОГО ВТОРЖЕНИЯ В УКРАИНУ И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА

МИРОВОЙ ПОРЯДОК

Джахонгир Э. Алиев

Магистрант

Ташкентский государственный университет востоковедения

Ташкент, Узбекистан

E-mail: [email protected]

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Россия, Украина, Аннотация: Основное внимание СССР, США, НАТО, Большая Евразия, мирового сообщества сосредоточено на Хартленд, Восточная Европа. российско-украинском военном

конфликте. Конечно, это не напрасно. После Второй мировой войны не было военной интервенции на территорию ни одного демократического государства. Новый мировой порядок, установленный после основания Организации Объединенных Наций в 1945 году, находится на пороге перемен. Вторжение России в Украину подверглось резкой критике со стороны Запада, США и НАТО, которые ввели пакет экономических санкций против России, чтобы обуздать ее агрессию. Это может поставить российскую экономику на грань. Почему Россия вторглась в Украину, проигнорировав санкции, которые могли повредить ее экономике? В статье анализируются первопричины российско-украинского военного конфликта и основные геополитические процессы, _которые могли к нему привести._

KIRISH

Bugungi kunda dunyo siyosatshunoslari va analitiklar tomonidan Rossiya va Ukraina harbiy mojarosining tub sabablari va uning oqibatlari borasida turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Rasmiy Moskvaning urush boshlashining asl sabablari hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda. Geosiyosiy nuqtai nazardan Rossiyaning bu ushrushni boshlash uchun bohona va sabablar yetarlicha. Birinchi ingliz olimi H.Makkinder 1904-yili chop etilgan "Tarixning geografik o'qi" nomli maruzasida quydagicha konseptsiyani ilgari suradi: "Dunyoning markazi Yevrosiyo , uning markazi esa "heartland". Kim Sharqiy Yevropa ustidan hukmronlik qilsa, u heratland ustidan hukmronlik qiladi, kim heratland ustidan hukmronlik qilsa, u dunyo orollarini boshqaradi. Dunyo orollarini boshqaragan butun dunyo ustidan hukmronlik qiladi". Makkinderning ushbu konseptsiyasidan kelib chiqib AQSHning Milliy xavfsizlik bo'yicha prezident maslahatchisi Z.Bjeniskiy o'zining "Buyuk shaxmat doskasi" nomli kitobida AQSHning XX asrning 90-

yillaridagi asosiy vazifa Sharqiy Yevropani o'z ta'sir doirasiga olish kerakligini ta'kidlaydi. Sharqiy Yevropaning yuragi esa Ukrainadir. Demak AQSH va Rossiya manfaatlari Sharqiy Yevropa va Ukraina hududida to'qnashishligi muqarrar edi.

Rossiya Federatsiyasining siyosiy elitasi va geosiyosatchilari tomonidan ham Yevrosiyoni birlashtirish uchun alohida "Katta Yevrosiyo" konseptsiyasini ishlab chiqilgan. V.Putin boshchiligidagi rasmiy Moskvaning "Katta Yevrosiyo" konseptsiyasini amalga oshirish uchun Ukraina ta'sir doirasida bo'lishligi kerak. Chunki Ukraina va Belorussiya Rossiyani Yevropa bilan bog'lovchi "oltin ko'prik" sanaladi. Agarda bu hududlar Rossiya ta'sir doirasidan chiqsa, geosiyosiy jihatdan Rossiya Osiyo davlatiga aylanib qoladi. Bu esa Kremlning katta orzularidan biri bo'lgan "Katta Yevrosiyo" konseptsiyasini amalga oshirishni sarobga aylanishligini anglatadi.

Ikkinchi Sobiq Ittifoqi parchalanib ketganidan so'ng AQSH va NATO boshchiligidagi g'arb o'z ta'sir doirasini sharqqa tomon kengaytirishda davom etdi. NATOning to'rtinchi, beshinchi va oltinchi kengashligi natijasida Sharqiy Yevropaning 11ta davlati unga a'zo bo'ldi. 2004 -yilgacha bo'lgan davrda Rossiya suvosti kemalari Qora dengiz hududida mavjud emas edi. Lekin Bolgariya, Slovakiya, Ruminiya va Boltiqbo'yi respublikalarining NATOga a'zo bo'lishligi natijasida Rossiya o'z suvosti kemalarini Qora dengiz hududiga kiritdi

2008-yil Gruziya va Janubiy Osetiya voqealari, shuningdek 2014-yilgi Qirimning anneksiya qilinishligi Donetsk va Lugansk hududidagi voqelar natijasida Ukra ina va Gruziya NATOga a'zo bo'lish uchun bor e'tiborini qaratdi. Rossiya esa NATOning yana bir bor Rossiyaning hayotiy manfaatlari mavjud bo'lgan hudud tomon kengayishiga jim qarab tura olmasdi. Ukraina va Gruziyaning NATOga a'zo bo'lishligi Rossiyaning hududi va yaxlitligi uchun real tahdid sanaladi. V.Putin boshchiligidagi Kreml 2022-yil boshida AQSH va G'arbdan NATOning sharqqa boshqa kengaymasligi, shuningdek Ukraina va Gruziyaning NATOga a'zoligiga qabul qilinmasligi to'g'risida kafolat so'rab murojaat qildi. Lekin kollektiv g'arb davlatlari va AQSH tomonidan bunday kafolat berilmadi. Natijada rasmiy Moskva oldida ikki o'g'ir yo'ldan birini tanlash imkoni bor edi.

1. Rossiya Ukraina hududiga qo'shin kiritishligi va uning oqibatida AQSH va g'arb davlatlari tomonidan ulkan iqtisodiy sanksiyalar paketiga duchor bo'lishlik;

2. Ukraina va Gruziyaning o'z ta'sir doirasidan chiqarib NATO va Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lishligini jimgina kuzatib turishlik.

Rossiya uchun birinchi yo'ldan ham ikkinchi yo'l o'ta o'g'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. NATOning Ukraina hududigacha kengayishli Rossiya yaxlitligi uchun falokatli bo'lishligi mumkin. Kollektiv g'arb Rossiyani o'ta qiyin vaziyatga olib kelib qo'ydi. Natijada esa, dunyo geosiyosatida yangi jarayon bir qutubli dunyo va ko'p qutubli dunyo tartiboti o'rtasidagi kurash

keskinlashdi.Demak, xalqaro munosabatlar tizimida yangi dunyo tartibi shakillanishi uchun qadam tashlandi.

ASOSIY QISM

Ukraina Sovuq urush davrida AQShning azaliy raqibi bo'lgan Sovet Ittifoqining tamal toshi edi. Faqat Rossiyadan keyin u aholi soni bo'yicha o'n besh Sovet respublikasi ichida ikkinchi va qudratli bo'lib, u ittifoqning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, mudofaa sanoati va harbiy qismlari, shu jumladan Qora dengiz floti va yadro arsenalining bir qismiga ega edi. Ukraina ittifoq uchun shu qadar muhim edi.

Mustaqilligining o'ttiz yillik davrida Ukraina G'arb institutlari, jumladan, Yel va NATO bilan yaqinroq aloqada bo'lishga intilib, suveren davlat sifatida o'z yo'lini yaratishga intildi. Biroq, Kiyev o'zining tashqi aloqalarini muvozanatlash va chuqur ichki kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kurashdi. Mamlakatning g'arbiy qismlarida ko'proq millatchi, ukrain tilida so'zlashuvchi aholi odatda Yevropa bilan ko'proq integratsiyani qo'llab-quvvatlagan bo'lsa, sharqdagi asosan rusiyzabon jamoa Rossiya bilan yaqinroq aloqalarni qo'llab-quvvatlagan.

Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirish qarori chegaralarning muqaddasligi haqidagi taxminlarni bekor qildi va dunyoni butunlay yangi vaziyatga olib keldi, deydi xavfsizlik ekspertlari.

Nemis xavfsizlik ekspertlarining fikricha, Rossiyaning bosqinchiligi nafaqat Ukraina suverenitetiga tahdid soladi, balki butun geosiyosiy tartibni buzadi. "Bugun deyarli hamma narsa kechagidan farq qiladi", dedi DW nashriga Halle universiteti siyosatshunosi Yoxannes Varvik. "Biz endi bloklarning o'ziga xos qarama-qarshiligiga qaytdik, faqat G'arbiy blokning chegaralari sovuq urush davriga nisbatan sharqqa siljidi. Yevropada tinchlik o'tmishda qoldi, Rossiyaga ishonch esa butunlay yo'q qilindi. G'arb va Rossiya o'rtasidagi ishonchni tiklash uchun o'nlab yillar kerak bo'ladi". [1]

Yevropa tashqi aloqalar kengashining (ECFR) xavfsizlik siyosati bo'yicha mutaxassisi Rafael Loss DW nashriga uning fikricha, hozirgi inqirozda uzoq muddatli oqibatlarni baholash hali ham qiyin, ammo "hech bo'lmaganda Yevropaning ayrim qismlarida shunday ko'rinadi. 1990 yildan keyingi tartib vayron bo'ldi. [2]

Putin Rossiyasi revanshist kuch sifatida ta'riflanadi, u o'zining avvalgi qudrati va obro'sini qaytarishga intiladi. Virjiniya Tech universitetining xalqaro aloqalar professori Jerar Toal "Yaqin xorij" kitobida "Rossiyani Yevroosiyo shimolidagi buyuk davlat maqomiga qaytarish har doim Putinning maqsadi edi", deb yozadi. "Yakuniy maqsad Sovet Ittifoqini qayta tiklash emas, balki Rossiyani yana buyuk qilish edi". [3]

2014-yilda Qrimni qo'lga kiritish orqali Rossiya Qora dengizdagi strategik tayanch nuqtasi ustidan nazoratni mustahkamladi. U yerda kattaroq va murakkabroq harbiy mavjudligi bilan

Rossiya o'z kuchini O'rta er dengizi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga chuqurroq yo'naltirishi mumkin, bu yerda u an'anaviy ravishda cheklangan ta'sirga ega bo'lgan. Ba'zi tahlilchilarning ta'kidlashicha, G'arb davlatlari Qrimning anneksiya qilinishiga javoban Rossiyaga jiddiy xarajatlar yuklay olmagan, bu esa Putinning o'z tashqi siyosiy maqsadlari yo'lida harbiy kuch ishlatish istagini oshirgan, xolos. 2022-yilda bostirib kirgunga qadar Rossiyaning Donbasdagi strategik yutuqlari ancha zaif edi.

2021-yil iyul oyida Putin Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mushtarak tarixni, ruslar va ukrainlarni "bir xil tarixiy va ma'naviy makonni" amalda egallagan "bir xalq" deb ta'rifladi.[4]

O'sha yil davomida Rossiya o'n minglab qo'shinlarini Ukraina bilan chegarada, keyin esa ittifoqdosh Belarusga harbiy mashg'ulotlar homiyligida to'plandi. 2022 yil fevral oyida Putin yirik shaharlarni egallash maqsadida janubdan (Qrim), sharqdan (Rossiya) va shimoldan (Belarus) Ukraina hududiga ikki yuz mingga yaqin qo'shinni kesib o'tib, keng ko'lamli bostirib kirishni buyurdi. Putinning aytishicha, keng maqsadlar Ukrainani "de-nazifikatsiya" va "de-militarizatsiya" shuningdek poytaxt Kiyevni va hukumatni ag'darishdan iboratdir.

Biroq, bosqinning dastlabki haftalarida Ukraina qo'shinlari qat'iy qarshilik ko'rsatdi. Ko'pgina mudofaa tahlilchilarining ta'kidlashicha, Rossiya qo'shinlari ruhiy ahvoli past, moddiy-texnika ta'minoti yomonligi va Ukraina tez va oson qulab tushadi, degan o'ylangan harbiy strategiya no'tg'iri bo'lib chiqdi.

Mart oyiga kelib, ba'zi g'arblik kuzatuvchilar, jang maydonida yuz bergan kutilmagan muvaffaqiyatsizliklarni hisobga olgan holda, Moskva o'z maqsadlarini cheklab qo'yishi va 2014 -yilda Donbasdagi kabi Ukraina janubini, masalan, Xerson viloyatining bir qismini kesib tashlashga harakat qilishi mumkinligini aytishdi.

Rossiyaning siyosiy maqsadlari

Kreml bu urush va uning natijasidan quydagicha narsani xohlaydi: NATO kengayishiga chek qo'yish, oldingi kengayishning orqaga qaytishi, Amerika yadroviy qurollarining Yevropadan olib tashlanishi va Rossiyaning ta'sir doirasi belgilash. Kremlning asosiy maqsadi Belorussiya, Ukraina va Gruziya hech qachon Moskva nazorati ostidagidan boshqa harbiy yoki iqtisodiy blokka kirmasligini va Rossiya har uchala davlatning tashqi va xavfsizlik siyosatining yakuniy hakami bo'lishini kafolatlashdir.

Putinning nuqtai nazari

Putin nazarida bosqinni NATOning postsovetdan keyingi dastlabki yillarda kengayishi va AQShning Iroq va Afg'onistondagi keyingi intervensiyalari bilan to'liq oqlaydi. "Putin chegaralarni kuch bilan ko'chirishni oqladi, deb hisoblaydi, chunki uning fikricha, NATO ham shunday qilgan", - deydi Loss DW nashriga. Uning fikricha, NATO 1990-yillar davomida sobiq

Yugoslaviyadagi chegaralarni qayta chizish, Kosovoni Serbiyadan ajratib olish uchun Rossiyaning zaifligidan foydalangan.

G'arb esa, Rossiyaning so'nggi bir necha yil ichida xalqaro tartibni ko'plab buzganini, jumladan, Kreml 2008 yilda Abxaziya va Janubiy Osetiya davlatlarni tan olganini, Gruziya ichki ishlariga aralashgani va Rossiyaning Qrimni Ukrainadan anneksiya qilganiga ishora qilishi mumkin. Oxirgi harakat 1975 yildagi Xelsinki Yakuniy Aktini buzdi, bu esa chegaralarning muqaddasligini ta'minlashga qaratilgan edi.[5]

2004 yilda NATOga sobiq Sovet Boltiqbo'yi respublikalari Estoniya, Latviya va Litva qo'shildi. To'rt yil o'tgach, u yaqin kelajakda Ukrainaga a'zo bo'lishni taklif qilish niyatini e'lon qildi -bu Rossiya uchun qizil chiziqni kesib o'tilishi edi.

Putin NATOning kengayishini ekzistensial tahdid, Ukrainaning G'arb harbiy ittifoqiga qo'shilish istiqbolini esa "dushmanlik harakati" deb hisobladi -u chiqishlarida Ukrainaning harbiy alyansga qo'shilish intilishi dahshatli ekanini aytdi.

AQShning Ukrainadagi ustuvorliklari nima edi?

Sovet Ittifoqi parchalanganidan so'ng darhol Vashingtonning ustuvor yo'nalishi Ukrainani - Belarus va Qozog'istonni - yadroviy arsenalidan voz kechishga undash edi, shunda sobiq ittifoq qurollari faqat Rossiyada qoladi. Shu bilan birga, Qo'shma Shtatlar Rossiyadagi titroq demokratiyani mustahkamlashga shoshildi. O'sha paytdagi ba'zi taniqli kuzatuvchilar Qo'shma Shtatlar Rossiya bilan bunday uchrashishda barvaqt bo'lgan va u sobiq Sovet Ittifoqining qolgan qismida geosiyosiy plyuralizmni rivojlantir ish ustida ko'proq ishlashi kerak edi, deb hisoblashgan.

1994 yil boshida AQShning Milliy xavfsizlik bo'yicha sobiq maslahatchisi Zbignev Bjezinski sog'lom va barqaror Ukrainani Rossiyaga qarshi muhim qarama-qarshilik va AQShning Sovuq urushdan keyingi yangi bosh strategiyasi bo'lishi kerakligini ta'rifladi. "Ukrainasiz Rossiya imperiya bo'lishdan to'xtaydi, lekin Ukraina bo'ysunib, keyin unga bo'ysunishi bilan Rossiya avtomatik ravishda imperiyaga aylanadi", - deb yozgan u. [6] Bjezinskiyning maqolasi chop etilganidan bir necha oy o'tgach, Qo'shma Shtatlar, Buyuk Britaniya va Rossiya Budapesht referendumi orqali Ukrainaning yadrosiz davlatga aylanishi evaziga uning mustaqilligi va suverenitetini hurmat qilishga va'da berishdi.

Yigirma yil o'tgach, Rossiya kuchlari Qrimni egallab olishi bilan Ukraina suverenitetini tiklash va mustahkamlash AQSh va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatidagi asosiy ustuvor yo'nalish sifatida qayta paydo bo'ldi. 2022 yilgi bosqindan keyin AQSh va NATO ittifoqchilari Ukrainaga mudofaa, iqtisodiy va gumanitar yordamni keskin oshirdi, shuningdek, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi.

Ukraina bugun dunyoning eng qaynoq geosiyosiy maydonlaridan bir bo'lib qoldi. Bu geosiyosiy qarama-qarshiliklar natijasida ikkinchi jahon urushidan so'ng o'rnatilgan dunyo taribotini o'zgartirishi mumkin.

Quyidagi rasm orqali Rossiyaning Ukraina hududiga bo'lgan davolari ko'rsatib o'tilgan.

XULOSA

Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga keng ko'lamli bostirib kirishi sakkiz yildan beri davom etayotgan mojaroning keskin kuchayishini va Yevropa xavfsizligi uchun tarixiy burilish nuqtasini belgiladi. G'arb yordamini kengaytirib, Ukraina Rossiya hujumining ko'p jihatlarini puchga chiqarishga muvaffaq bo'ldi, biroq uning ko'plab shaharlari vayronaga aylandi va fuqarolarining to'rtdan bir qismi boshqa hududlarga ketishga majbur bo'ldi.

Xulosa qilib aytganda, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi zamonaviy xalqaro tizimning asosini tashkil etuvchi hisob-kitoblar va dinamikani hamda Sovuq urush tugaganidan keyin uni asos qilib olgan institutsional mantiqni tubdan o'zgartirdi. Ukraina butun dunyo, jumladan Markaziy Osiyo uchun burilish nuqtasidir. Ikkinchi jahon urushidan keyin o'rnatilgan zamonaviy dunyo tartiboti shakillanishi yangi bosqichga ko'tarildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 1. m.dw.com (2022) Russia launches massive invasion of Ukraine — as it happened Available at: https://m.dw.com/en/russia-launches-massive-invasion-of-ukraine-as-it-happened/a-60893588 (accessed:24.02.2022 ).

2. m.dw.com Russia launches massive invasion of Ukraine — as it happened Available at: https://m.dw.com/en/mssia-launches-massive-invasion-of-ukraine-as-it-happened/a-60893588 (accessed:24.02.2022 ).

3. Gerard Toal (2017) Abroad: Putin, the West and the Contest over Ukraine and caucasus Availableat: https://www.amazon.com/Near-Abroad-Contest-Ukraine-Caucasus/dp/01902533 (accessed:17.01.2017).

4. https://en.wikisource.org/wiki/On_the_Historical_Unity_of_Russians_and_Ukrainians

5. m.dw.com (2022) Russia launches massive invasion of Ukraine — as it happened Available at: https://m.dw.com/en/russia-launches-massive-invasion-of-ukraine-as-it-happened/a-60893588 (accessed:24.02.2022 )

6. Z.Bjezinski(1994)The Grand Chessboard Available at: https://www.foreignaffairs.com/-partnership ( accessed:01.03.1994)

7. Liz Truss (2022) Ukraine war marks paradigm shift on the scale of 9/11,Available at: https://www.theguardian.com/politics/2022/mar/09/ (accessed:9.03.2022 )

8. Marc Champion (2022) Ukraine Is Changing the World Order, Just Not How Putin Hoped Available at: https://www.bloomberg.com/news/articles/2022-03-22/ukraine-war-world-order-is-changing-as-nato-counters-russia-threat (accessed:22.03.2022 ).

9. Madaminova, D. I., & Fayzullaev, S. A. (2021). The important aspects of uzbekistan's initiatives in central Asia. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 324-328.

10. Sayfullaev, D. (2016). Parliamentary Diplomacy In Making Of Foreign Policy. The

Advance Science Journal of International Relations, 1(1), 52-54.

11. Madaminova, D. I. (2021). Uzbekistan as a leading initiator in central Asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1045-1049.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.