Научная статья на тему 'BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI VA ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR. TASHKILOT ISLOHATGA MUHTOJMI?'

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI VA ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR. TASHKILOT ISLOHATGA MUHTOJMI? Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2189
174
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BMT / islohat / Xavfsizlik kengashi / xavfsizlik / Veto / UN / reform / Security Council / security / veto

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yergashbayev, Meyerbek

Maqolada Birlashgan Millatlar Tashkilotining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni yoritilgan.Tashkilotning turli organlari faoliyatini takomillashtirish, Xavfsizlik Kengashini qayta tashkil etishning murakkabligiga e’tibor qaratilgan. Islohatlar bo‘yicha davlatlar pozitsiyasidan misollar keltiriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNITED NATIONS AND MODERN INTERNATIONAL RELATIONS. DOES THE ORGANIZATION NEED REFORM?

The article discusses the role of the United Nations in the modern system of international relations. Examples are given from the position of states on reforms.

Текст научной работы на тему «BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI VA ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR. TASHKILOT ISLOHATGA MUHTOJMI?»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI VA ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR. TASHKILOT ISLOHATGA MUHTOJMI?

Meyerbek Yergashbayev.

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi.

ANNOTATSIYA

Maqolada Birlashgan Millatlar Tashkilotining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o'rni yoritilgan.Tashkilotning turli organlari faoliyatini takomillashtirish, Xavfsizlik Kengashini qayta tashkil etishning murakkabligiga e'tibor qaratilgan. Islohatlar bo 'yicha davlatlar pozitsiyasidan misollar keltiriladi.

Kalit so'zlar: BMT, islohat, Xavfsizlik kengashi, xavfsizlik, Veto

ABSTRACT

The article discusses the role of the United Nations in the modern system of international relations. Examples are given from the position of states on reforms.

Keywords: UN, reform, Security Council, security, veto

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается роль Организации Объединенных Наций в современной системе международных отношений. Приведены примеры с позиции государств по реформам.

Ключевые слова: ООН, реформа, Совет Безопасности, безопасность, право вето.

KIRISH

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik va xafsizlikni ta'minlash, insonparvarlik yordami kabi sohalardagi erishgan muvaffaqiyatlari yaxshi ma'lum. Tashkilotning faoliyati ko'p qirralari bo'lib, insoniyat, olamning muhim masalalarni qamrab oladi: barqaror rivojlanish va terrorizmga qarshi kurash, demokratiya va boshqaruvni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va global sog'liqni saqlash muommolarini hal qilishdan oziq-ovqat ishlab chiqarishni rivojlantirishgacha. Shu maqsadlarga erishish va global xafsizlik va kelajak avlodlar taqdiri bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtirish yo'lida juda ham ko'p ishlar qilmoqda.

Biroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti o'zining a'zo davlatlari va hozirgi dunyo xalqlari uchun foydali vosita bo'lib xizmat qilishi uchun, yigirma birinchi asr talablariga mos bo'lishi kerak. Shu munosabat bilan uzoq vaqtdan beri BMTda keng qamrovli islohotlar o'tkazish zarurligi haqida keng muhokamalar yuzaga kelmoqda. Tashkilotni isloh qilish uning jahon siyosatidagi markaziy muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish, zamonaviy dunyo sharoitlariga moslashish va barcha sohalardagi

730

Scientific Journal Impact Factor

faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Islohot keng ko'lamli masalalarni o'z ichiga oladi, ular ichida eng dolzarbi Xavfsizlik Kengashini isloh qilishdir.

BMT islohoti nima?

Islohot ob 'ektning tabiiy, bosqichma-bosqich, tarkibiy va tubdan o 'zgarishidir. Shunga asoslanib, BMT islohoti tashkilotning hozirgi davrdagi taraqqiyotga moslashuvidir.

Dekolonizatsiya jarayoni natijasida xalqaro maydonda jahon iqtisodiyoti va siyosatiga ta'siri kuchayib borayotgan yangi sub'ektlar turkumi paydo bo'ldi. So'nggi bir necha yil ichida ular global o'sishning dvigateliga aylandi. Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand, Malayziya, Singapur, Hindiston, Braziliya, Chili, JAR, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa mamlakatlarning iqtisodiy yuksalishi jahon iqtisodiy taraqqiyoti markazining sharqiy yo'nalishda harakatlanishiga olib keldi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning BMT tuzilmalarida, ayniqsa Xavfsizlik Kengashida faolroq ishtirok etishi masalasi ko'tarildi. Bugungi kunda bu davlatlar ko'p tomonlama institutlarda mustahkam o'rin egallab, global arxitekturani o'zgartirmoqchi. Shunday qilib, BRIKS, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, G7, Xalqaro valyuta jamg'armasi BMT islohotlarining amalga oshirilishini faol ravishda qo'llab-quvvatlamoqda, bu esa rivojlanayotgan mamlakatlarga qarorlar qabul qilish jarayonida ko'proq vaznga ega bo'lish imkonini beradi.

BMT islohoti tarafdorlarining noroziligiga nafaqat Xavfsizlik Kengashining tarkibi, balki uning ish uslublari, xususan, veto huquqi sabab bo'lmoqda. Tanqidchilar buni davlatlarning suveren tengligi va demokratiya tamoyillarini buzuvchi anaxronizm deb atashadi. Xavfsizlik Kengashi islohoti tarafdorlari fikricha, u hozirgi ko'rinishida Ikkinchi Jahon urushi artefakti bo'lib, 1945 yildagi global kuchlar muvozanatini aks ettiradi va besh doimiy a'zo o'z maqomidagi imtiyozlarga ega. Bundan tashqari, BMT faoliyatining o'nlab yillari davomida uning boshqaruv tizimida katta hajmdagi resurslarni o'zlashtirish, shaffoflik va javobgarlikning yo'qligi, turli komissiyalar, qo'mitalar va idoralar funksiyalarining takrorlanishi kabi turli muammolar to'planib qolgan.

XXI asrdagi globallashuv jarayonlari tufayli xalqaro xavfsizlik yangi tahdidlarga duch kelmoqda. Mamlakatlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikning chuqurlashishi, transmilliy terrorizm va diniy ekstremizm, yangi xalqaro nizolarning paydo bo'lishi va mavjudlarning keskinlashuvi, nazoratsiz migratsiya oqimlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, kiberxavfsizlik muammolari, ommaviy qirg'in

BMTni isloh qilish zaruriyati

Scientific Journal Impact Factor

qurollarining tarqalish xavfi, xavfli yuqumli kasalliklar, tabiiy resurslarning kamayishi, iqlim o'zgarishi - yangi yechimlar va jahon hamjamiyatning birlashishini talab qilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti mavjudligining yettinchi o'n yilligi xalqaro keskinlik va dunyoda beqarorlikning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Ushbu qisqa tarixiy davr Afg'oniston va Iroqda ko'plab to'qnashuvlar, Liviya va Suriyada, "Arab bahori" voqealari, Ukrainadagi urush, Rossiya va G'arb o'rtasidagi qarama-qarshiliklarning keskin kuchayishi kabi hodisalarning paydo bo'lishi bilan ajralib turadi. Xalqaro hamjamiyatning ushbu muammolarning oldini olish va hal etishga qodir emasligi Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilish, uning ish uslubi va yondashuvlarini takomillashtirish muhimligidan dalolat beradi.

Tashkilotning tuzilishi, vazifalari va roli bizning zamonamiz ehtiyojlarini to'liq qondirmaydi, ortiqcha byurokratiya, sovuq urush davridagi saqlanib qolgan elementlar uning muvaffaqiyatli ishlashiga to'sqinlik qilmoqda. Islohot ba'zan munosabatlarda keskinlik olib keladi, bir qator davlatlar tomonidan tanqidga uchrashi va bir qator to'siqlar bo'lishi, bu jarayon uzoq davom etishi mumkin, lekin nima bo'lsa ham unga yechim topilishi zarur.

Sovuq urushning tugashi va AQShning jahon siyosatining nominal gegemoni sifatida paydo bo'lishi natijasida tashkilotni isloh qilish masalasi ayniqsa dolzarb bo'lib qoldi.1990-yillarda BMT dunyoning turli burchaklaridagi mojaralarni hal qilish uchun qattiy chora ko'ra olmagan masalan, Ruandadagi Tutsi halqining genotsidi va Afrikadagi boshqa mojarolarga (Kongo urushlari, Darfur, Eritreya mojarolari va boshqalar).

Ayniqsa, Bolqon inqirozining jiddiy va og'riqli sinovlari va Yaqin Sharq inqirozi, Iroq, Afg'aniston va Liviyaga harbiylarning kirib kelishi, Livan va G'azodagi Isroil operatsiyalarini qayd etib o'tish zarur.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbariyati bir necha bor tashkilotni yangilash va qayta tashkil etish mumkin bo'lgan hujjatni ishlab chiqishga urinishgan. Shunday qilib, 2004-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi K.Annan tomonidan tashkil etilgan yuqori darajadagi hay'atning "Xavfsiz dunyo: bizning umumiy mas'uliyatimiz" hisoboti nashr etildi. Hujjat XXI asrda kollektiv xavfsizlikning tubdan yangi qarashlarini belgilab berdi. BMT yangi tahdidlarga muvaffaqiyatli dosh bera olishi uchun uni mustahkamlash bo'yicha shoshilinch choralar ko'rish zarur degan xulosaga kelindi.

BMT islohati: yutuq va kamchiliklar

Scientific Journal Impact Factor

2005-yilda K.Annanning "Erkinlikda: barcha uchun taraqqiyot, xavfsizlik va inson huquqlari sari" ma'ruzasida BMTga a'zo davlatlarga xalqaro munosabatlar tizimini isloh qilish bo'yicha harakat dasturini taklif qilgan edi. 2006-yilda Bosh kotibning "Birlashgan Millatlar Tashkilotiga sarmoya kiritish: Butun dunyoda kuchliroq tashkilot sari" hisoboti nashr etildi, unda inson resurslarini boshqarish, BMT boshqaruv tuzilmasi, axborot texnologiyalari tizimlari, byudjet va moliyaviy operatsiyalar sohalarida qator islohotlar tashabbuslari taklif etildi. Afsuski, ushbu hujjatlar tashkilotga a'zo davlatlarni uni isloh qilish masalasida birlashtira olmadi.

Davlatlar BMTni isloh qilish bo'yicha o'z pozisiyalariga ega. Xususan, Rossiyaning BMTni isloh qilishdagi yondashuvi quyidagi tamoyillarga asoslanadi[1].

- Birinchidan, bu butun tizimni mustahkamlash va samaradorligini oshirish fonidagi islohot bo'lishi kerak.

- Ikkinchidan, bu jarayon xalqaro huquq tamoyillari va BMT Nizomiga asoslanishi kerak. Agar ikkinchisi o'zgartirishlarni talab qilsa, bu ham Nizomning o'zida nazarda tutilgan tartiblarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

- Uchinchidan, BMT islohoti xalqaro hamjamiyatni parchalashi emas, balki birlashtirishi kerak, shuning uchun fundamental masalalar bo'yicha qarorlar a'zo davlatlar o'rtasida qabul qilinishi kerak.

Rossiya Federatsiyasining 2013 yilgi Tashqi siyosat konsepsiyasida XXI asrda xalqaro munosabatlarni tartibga solish va jahon siyosatini muvofiqlashtirish markazi sifatida BMT qolishi kerakligi ta'kidlangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining islohoti xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun asosiy mas'uliyat yuklangan organ sifatida uning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Tashkilotni oqilona isloh qilish jarayonida Xavfsizlik Kengashi ko'proq vakillikka ega bo'lishi va o'z ishida zarur bo'lgan tezkorlikni ta'minlashi kerak. Xavfsizlik Kengashida qo'shimcha o'rinlar yaratish bo'yicha har qanday qarorlar keng muhokamalar asosida qabul qilinishi va uning doimiy a'zolari maqomi saqlanib qolishi kerak [2].

AQSh Prezidenti B.Obama Prezident kichik Jorj Bushning kursini davom ettirdi, unda Xavfsizlik Kengashini isloh qilish muammosiga emas, balki kundalik ish va moliyaviy boshqaruv sifatini, BMTning javobgarligi, shaffofligi va boshqaruvchanligini oshirishga, qaratilgan ma'muriy islohotlarga ustuvor ahamiyat berildi. B. Obama, shuningdek, BMTning shaffoflik va javobgarlik tashabbusi deb nomlangan dasturning ikkinchi bosqichini ishga tushirib, "Yanada samarali, faol, shaffof va ishonchli BMT tizimini targ'ib qilish bo'yicha davom etayotgan sa'y-

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

harakatlami" (United Nations Transparency and Accountability Initiative, UNTAI) o'zining asosiy ustuvor yo'nalishi sifatida belgiladi [3]. Dastur kichik Jorj Bush davrida amalga oshirila boshlangan edi va sakkiz yo'nalishni qamrab olgan [4].

Shu bilan birga, agar Rossiyaning yondashuvi BMTda ustuvor va ustuvor bo'lmagan islohotlarga ajratmaslik prinsipiga asoslansa, Qo'shma Shtatlar tashkilotni yanada boshqariladigan va mas'uliyatli qilishga qaratilgan ma'muriy islohotga ahamiyat beradi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining byudjet sohasida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish chora-tadbirlari, mansabdor shaxslarning daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish dasturini kengaytirish kompleks islohotlar jarayonining natijalari bo'ldi. Nazorat va audit tizimlari kuchaytirildi, ichki nazorat xizmatlari boshqarmasiga qo'shimcha mablag'lar ajratildi. Etika boshqarmasi tashkil etildi, tergov vositalari takomillashtirildi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari tuzilmalari takomillashtirildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va Ayollar huquqlarini kengaytirish bo'yicha tashkiloti ichki tahlilni yaxshilash bo'yicha choralar ko'rdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida davom etayotgan islohot kelajakda ko'proq diplomatik sa'y-harakatlarni talab qiladi. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili V.Churkin Kotibiyatni demokratlashtirishga chaqirib, tashkilotda AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya muhim o'rinlarni egallab olganini ta'kidladi. U "Uchta muhim lavozim - Bosh kotibning tinchlikni saqlash, siyosiy, gumanitar masalalar bo'yicha o'rinbosarlari haqiqatda uchta davlat tomonidan tortib olinganida, bunday vaziyatni normal deb hisoblash mumkin emas. Ishonchimiz komilki, Kotibiyat faoliyatining samaradorligi va qonuniyligini ta'minlash uchun BMTga a'zo barcha davlatlar o'rtasida Kotibiyatdagi ushbu va boshqa ba'zi yuqori lavozimlarni rotatsiya qilish zarur. Ularni tayinlanish jarayonini yanada shaffof qilish muhim" dedi [5].

Ta'kidlash joizki, BMT a'zolarining uchdan bir qismini tashkil etuvchi "77 guruhi"1 va Xitoy uzoq vaqtdan beri Kotibiyatdagi lavozimlarni geografik va gender jihatdan teng taqsimlash masalasini ko'tarib kelgan. Ular ushbu organda barcha

1 "77 гурухи" (Group of Seventy Seven) (2013-йилда G133)- ривожланаётган мамлакатларнинг БМТ ва унинг органлари доирасида фаолият юритувчи энг йирик хукуматлараро ташкилоти. Гурух тузиш тугрисидаги карор 1964-йилда Осиё, Африка ва Лотин Америкасидаги ривожланаётган мамлакатлар вазирларининг йигилишида кабул килинган ва худди шу йилнинг 15-июнь куни Женевада булиб утган БМТ Савдо ва тараккиёт конференциясининг 1-сессиясида расман расмийлаштирилган. Дастлаб янги ташкилотга аъзо давлатлар сони 77 тани ташкил этган булса, БМТ аъзолигига купрок давлат аъзо булгач, уларнинг сони ортиб борди.

734

Scientific Journal Impact Factor

mamlakatlar fuqarolari vakilligini ta'minlaydigan islohotni talab qilmoqdalar. Misol uchun, 2008-yilgi "77 guruhi" va Xitoyning BMT boshqaruv islohoti bo'yicha pozisiyasi hujjatida shunday deyilgan edi: "Muhim departamentlardagi yuqori boshqaruv lavozimlari faqat BMTga a'zo bo'lgan ba'zi davlatlarning ixtiyorida. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining bir qator rezolyusiyalariga zid keladi va shoshilinch choralar ko'rishni talab qiladi" [6].

Qayd etish joizki, tashkilot mandatlarini ko'rib chiqish - eskirgan, bir-birini takrorlaydigan samarasiz dasturlarni qayta ko'rib chiqish lozim. Bu zaruratdan kelib chiqib, 2005-yilda Bosh Assambleyaning yubiley sessiyasida qaror qabul qilindi, ammo amalda uni amalga oshirish ortga surilib kelmoqda.

Uzoq vaqt davomida Rossiya BMT Nizomida nazarda tutilgan Xavfsizlik Kengashining yordamchi organi - Harbiy shtab qo'mitasi faoliyatini jonlantirishni talab qilmoqda. Rossiya delegatsiyasining BMTdagi uzoq sa'y-harakatlaridan so'ng, shtab o'zining amaliy faoliyatini faollashtirdi. Shunday qilib, Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolarining harbiy maslahatchilari Gaiti va Malidagi operatsiyalarga jalb qilindi [7].

BMT Bosh Assambleyasi faoliyatini jonlantirish masalasi muntazam muhokama qilinmoqda. 2005-yilda bo'lib o'tgan yubiley Butunjahon sammitidan so'ng uning faoliyatini jonlantirish uchun maxsus ishchi guruhi tashkil etildi. Unda Bosh Assambleya Raisining Bosh kotib va Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashlar raislari, yordamchi organlar raislari bilan muntazam uchrashuvlarini o'tkazish va ushbu uchrashuvlar natijalari bo'yicha a'zo davlatlar uchun brifinglar, xalqaro hamjamiyat uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan dolzarb masalalar bo'yicha interaktiv har tomonlama tematik munozaralar tashkil etib borish amaliyotini joriy etish kelishib olindi [8].

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvar faoliyati doimiy evolyusiya holatida: tinchlikparvar operatsiyalarni tahlil qilish amalga oshirilmoqda, bugungi kunda va keyingi yillarda BMT tinchlikparvar kuchlari salohiyatini ro'yobga chiqarish va BMT missiyalari samaradorligini oshirish bo'yicha hal qilinishi kerak bo'lgan asosiy taktik va strategik muammolar tahlil qilinmoqda va to'liq ta'minlash imkoniyatlari o'rganilmoqda. Ushbu sohadagi tendensiya "ko'k dubulg'alar"ning profilaktika maqsadida kuch ishlatish huquqiga ega bo'lishini anglatadi. Bu tinchlikparvar kuchlar joylashtiriladigan davlatlardagi qiyin vaziyat tufayli missiya a'zolariga qarshi hujumlar sonining ko'payishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan tinchlikparvar kuchlarning xavfsizligini ta'minlash masalasi ayniqsa keskinlashdi [9].

Scientific Journal Impact Factor

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining kamchiliklaridan biri mandatni berish bilan bog'liq bo'lgan va uni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan funksiyalar o'rtasidagi tafovut juda keng ekanligidir. Xavfsizlik kengashi a'zolari Xavfsizlik Kengishi mandatlarini amalga oshirish uchun siyosiy va moddiy ko'mak berishda yetakchilik qilishlari kerak. Xavfsizlik Kengashi islohotini amalga oshirishda BMT a'zolari Xavfsizlik Kengashiga a'zo bo'lish nafaqat qo'shimcha imtiyozlarni balki, qo'shimcha mas'uliyatni ham nazarda tutishini yoddan chiqarmasligi kerak.

Muhim bir jihatni ta'kidlash joiz: BMTning har qanday islohot loyixasi 2 ta muhim shart bajarilmasa,tug'ri amalga oshirilgan bo'lmaydi:

1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolari va tashkilotni isloh qilish loiyhasi tashkilotning asosiy xujjati- BMT Ustavining prinsiplariga mos kelishi kerak.

2. Loyiha zamonaviy halqaro munosabatlarning tabiatiga mos kelishi kerak.

Tinchlikni saqlashning yangi jihati ilg'or texnik jihozlardan, xususan, qurolsiz,

uchuvchisiz apparatlaridan foydalanish bo'lib, ulardan foydalanish, nazorat qilish va olingan ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashning huquqiy asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Tinchlikni saqlash operatsiyalarining yana bir xususiyati ularning tinchlik o'rnatish vazifalari bilan bog'liq ko'p komponentli xususiyatidir. Ularning vakolatlariga reintegratsiyani rag'batlantirish, xavfsizlik sektorini isloh qilish va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini tiklash kabi ijtimoiy, gumanitar, huquqiy xarakterdagi komponentlar kiritila boshlandi. Ko'rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, BMTning tinchlikparvar operatsiyalari samaradorligi hali ham yetarli darajada emas, ularni qo'llab-quvvatlash uchun moliyaviy xarajatlar ortib bormoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi K.Annan taklifi bilan 2005 yilda nizolar oqibatlarini bartaraf etish, ularning sabablarini bartaraf etish va tinch hayot tarzini targ'ib etish, mamlakatlarga ko'maklashish maqsadida Tinchlikni o'rnatish komissiyasi tashkil etildi. Bir yil o'tgach, konflikt yuzaga kelgan mamlakatlarga resurslarni tezlik bilan taqsimlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tinchlik qurish jamg'armasi tashkil etildi.

Qo'shma Shtatlar Tinchlik o'rnatish komissiyasini tuzish bo'yicha muzokaralarda bu g'oyani qo'llab quvvatladi va ushbu tuzilma BMT Xavfsizlik Kengashi nazorati ostida maslahat organi sifatida tashkil etildi. Rivojlanayotgan mamlakatlar Tinchlik o'rnatish komissiyasini Bosh Assambleya nazorati ostidagi ishchi tuzilmaga aylantirish istagida edi. Shunday qilib, Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi vakolatlariga nisbatan g'arb davlatlari va rivojlanayatgan

BMTning yangi tuzilmalari

Scientific Journal Impact Factor

davlatlar o'rtasida "arqon tortish" jarayoni boshlandi. Tinchlik o'rnatish komissiyasi Xavfsizlik Kengashi tarkibida qoldi.

Bugungi kunda Tinchlik o'rnatish komissiyasi moliyaviy resurslarning yetishmasligi, faoliyatining aniq yo'nalishlarini belgilash, mehnat taqsimotida muvofiqlashtirishdagi qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Liberiya va Serra Leonedagi barqarorlik Komissiyaning samarali faoliyatiga misol bo'la oladi. Gvineya-Bisauda, Markaziy Afrika Respublikasida, Janubiy Sudanda istalgan natijalarga erisha olmadi.

2006 yilda Inson Huquqlari Kengashi tuzildi, unga tegishli mamlakatlarda inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilishning ob'ektiv mexanizmi sifatida Universal davriy sharhning yangi funksiyalari berildi. Oldindan mavjud bo'lgan Inson huquqlari bo'yicha komissiya AQShning tanqidlari ostida qoldi. Bu Isroilga qarshi rezolyusiyalar va uning a'zolik maqomi bilan bog'liq edi, kichik Jorj Bush ma'muriyatining fikriga ko'ra, bu organni butunlay obro'sizlantiradi. Inson huquqlari bo'yicha kengashni tashkil etish to'g'risidagi rezolyusiya loyihasining yakuniy matni Qo'shma Shtatlar kutganiga zid bo'lgani uchun ular ushbu tuzilmaga a'zo bo'lishdan bosh tortgan edilar. Prezident B. Obama ma'muriyati Inson huquqlari bo'yicha kengashga qaytib, o'z siyosatida "strategik ko'p tomonlama" va "prinsipial ishtirok etish" yondashuvlarini e'lon qildi [10].

Biroq, Vashingtonga ko'ra, Kuba va Eron kabi nodemokratik davlatlar Inson Huquqlari Kengashida mavjudligi noroziliklarni keltirib chiqardi. Da'volar, shuningdek, Isroilni tanqid qilishga bag'ishlangan ko'plab maxsus sessiyalarga tegishli. Qo'shma Shtatlar Eron va Suriyani Inson huquqlari bo'yicha kengashga kirmasligi uchun harakat qildi. Ular Inson Huquqlari Kengashidagi vaziyatni o'z foydasiga o'zgartirishga muvaffaq bo'lishdi: Isroilga e'tibor darajasini pasaytirish va Kengash ishining boshida bekor qilingan Erondagi inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni qayta ko'rib chiqishni tiklash; Suriyada maxsus tergov komissiyasini tashkil etish; Shimoliy Koreya va Belarus bo'yicha maxsus ma'ruzachilar lavozimini yaratish; Shimoliy Koreyadagi inson huquqlari masalasini Xavfsizlik Kengashida muhokama qilish imkoniyati;.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo'yicha tuzilmasi o'z nomini o'zgartirib, avvalgidek muammolarga duch keldi, ya'ni davlatlar guruhlari manfaatlarining qutblanishi va u yerda ko'rib chiqilayotgan masalalarning siyosiylashuvi. Masalan, Ukraina, Suriya, Myanma, Shimoliy Koreya bo'yicha muhokamalar qizg'in va umumiy yondashuvlar mavjud emas. 2008 yil, Kengash ishining boshlang'ich davrining o'zida uning faoliyatidagi muammolarni muhokama

Scientific Journal Impact Factor

qilgan ekspertlar Inson huquqlari kengashini "siyosiy futbol" deb atashgan [11, 348 b.]. Rossiya Inson Huquqlari Kengashiga "inson huquqlarini siyosiylashtirishga va bu sohadagi xalqaro me'yorlarning umuminsoniy me'yorlar niqobi ostida tor talqin qilinishiga qarshi"ligi uchun a'zo bo'ldi. Uning yondashuvi har bir davlat va jamiyat o'z yo'lidan borish huquqiga ega ekanligiga asoslanadi. Rossiya Federatsiyasi inson huquqlari muammolaridan siyosiy bosim vositasi sifatida foydalanishga yo'l qo'yilmaslik prinsipiga tayanadi [12].

2005-yilda Prezident Jorj Bushning taklifi bilan BMT Demokratiya jamg'armasi tashkil etildi. Fond loyiha faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolik jamiyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, hukumatlar va xalqaro tashkilotlarga grantlar ajratadi. Loyihalar inson huquqlari, demokratlashtirish vositalari, ayollar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari erkinligi, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash kabi yo'nalishlarda amalga oshirilmoqda. Jamg'arma mablag'larini birinchilardan postsovet va Afrika davlatlari olishdi. Jami 120 ga yaqin davlat jamg'armadan mablag' oldi. Demokratiya jamg'armasi hozirda Ukraina, Boliviya va Kongo Demokratik Respublikasida faoliyat yuritadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, "demokratiya va inson huquqlarini qo'llab-quvvatlash" faoliyati noaniq bo'lib, davlatlarning ichki ishlariga aralashish, muayyan siyosiy manfaatlarga xizmat qilish, davlat hokimiyati o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan muxolif guruhlar va harakatlarni qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi. 2015 yilda Rossiyada xorijiy agentlar sifatida faoliyat yurituvchi notijorat tashkilotlari ro'yxatiga boshqa xorijiy manbalar qatorida BMTning Demokratiya jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar ham kiritilgan.

2015-yil 16-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 70-yubiley sessiyasi boshlanishi munosabati bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida uning Bosh kotibi Pan Gi Mun BMTning ayrim missiyalari xatolarining jiddiyligini, ular yuborilgan mamlakatlardagi vaziyat yanada murakkablashganini e'tirof etdi.

Umuman olganda, BMTda turli masalalar bo'yicha ishlar, jumladan, uni isloh qilish Shimol va Janub qutblanishi fonida olib borilmoqda. Shunday qilib, Qo'shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi boshqaruvni modernizatsiya qilish va moliyaviy resurslarni yanada samaraliroq sarflash muhimligi haqida gapirib, tashkilotning ma'muriy islohotini o'zlarining ustuvor yo'nalishlari deb biladi. Bular moliyaviy menejment, xodimlarni boshqarish, xaridlar tizimi, xulq-atvor normalari va axloq qoidalari, ichki audit va tergov vositalarini kuchaytirish kabi masalalardir. G'arb delegatsiyalarining faoliyati asosan BMTda yadroviy qurollarni tarqatmaslik, terrorizm, qurolsizlanish va inson huquqlari kabi muammolarni hal qilishga

Scientific Journal Impact Factor

qaratilgan. Qo'shma Shtatlar BMTning rivojlanish tuzilmalarida moliyaviy va boshqaruv islohotlarini ilgari surish tarafdori. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotida ham islohotlar rejalashtirilgan [13].

"77 guruxi" va Xitoy Birlashgan Millatlar Tashkilotida boshqaruvni yaxshilash tarafdori, shu bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlarning Kotibiyatda vakillik qilishi muhimligini ta'kidlab, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy arxitekturani isloh qilish, qashshoqlikni bartaraf etish va barqaror rivojlanish kabi iqtisodiy va ijtimoiy masalalarga ustuvor ahamiyat beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlanish sohasidagi moliyaviy resurslarning qisqartirishidan juda havotirda. "77 guruhi" delegatlaridan biri shunday deydi: "Bizning qashshoqlikdagi hayotimizni boshqalar tushuna olmaydi. Biz uchun bu haqiqat: odamlar oziq-ovqat va boshpanasiz yashaydilar. Ular uchun bu faqat nazariy munozaradir" [14].

"77 guruhi" shuningdek, AQSh tomonidan faol ilgari surilayotgan tashkilotning ma'muriy islohoti rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlariga tajovuz qilish va BMTning asosiy moliyaviy donorlari hisoblangan davlatlarning ta'sirini kuchaytirishga qaratilgan, deb hisoblaydi. Ularning tashvishi gumanitar masalalardan xavfsizlik masalalariga o'tish ehtimoli bilan bog'liq [15]. Shu bilan birga, "77 guruhi" va Xitoy BMT Taraqqiyot dasturi faoliyatiga alohida e'tibor qaratadi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasiga yo'naltirilayotgan moliyaviy resurslar hajmini oshirish tarafdori, a'zo davlatlar, ularning moliyaviy imkoniyatlaridan qat'i nazar BMT tizimida teng huquqli ekanligini ta'kidlaydi.

Islohotga eng jiddiy to 'siq- siyosiy kelishuvning yuqligi. Islohotlar faqat kichik bir guruh siyosatchilari va tor mutaxassislarning qarashlarini aks ettirsa,samarali bo 'la olmaydi.Ular keng kelishuvga asoslangan va umumiy qadriyatlarni ifodalashi kerak. Bunday kelishuvga erishish dunyo hamjamiyatining asosiy va umumiy vazifasiga aylanishi kerak.

1993 yilda BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish masalalari bilan shug'ullanish uchun ochiq ishchi guruhi tuzilgan edi. 2000-yilda Ming yillik sammitida deklaratsiya qabul qilindi, unda davlat va hukumat rahbarlari Xavfsizlik Kengashini keng qamrovli isloh qilish bo'yicha sa'y-harakatlarini faollashtirish qat'iyatini bildirdilar. 2005-yil sentabr oyida bo'lib o'tgan yubiley Jahon sammitida a'zo davlatlar o'rtasidagi keskin kelishmovchiliklar tufayli bu borada bir qarorga kelinmadi.

Bugungi kunga kelib, bu sohada o'zgarishning yo'qligi BMT Xavfsizlik Kengashida vakillik qilish imkoniyati uchun kurashayotgan davlatlar guruhlari

BMT islohotini amalga oshirishdagi qiynchiliklar

Scientific Journal Impact Factor

o'rtasida bir-birini istisno qiluvchi yondashuvlaming mavjudligi bilan bog'liq. "Bir guruh davlatlar mutlaqo yangi doimiy o'rinlar yaratilishini talab qilmoqda, yana biri esa yangi doimiy o'rinlarni yaratishga yo'l qo'yish mutlaqo mumkin emas va doimiy bo'lmagan a'zolar sonini ko'paytirish orqali yechim izlash kerak, deb hisoblaydi. Ayni paytda ikkala guruh ham BMT Xavfsizlik kengashini kengaytirish tarafdori", — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri S.Lavrov [16].

Hindiston, Braziliya, Germaniya va Yaponiya yoki bu o'rinlarga da'vogar "To'rtlik guruhi" (G4) Xavfsizlik kengashini doimiy a'zolar toifasiga kengaytirish tarafdori. Pokiston, Janubiy Koreya, Argentina, Turkiya, Ispaniya va boshqalarni o'z ichiga olgan "Konsensus uchun birlashish" guruhi o'zlarining "BMT Xavfsizlik Kengashi faoliyatini kengaytirish bo'yicha yo'riqnomasi"ni ilgari surdi. Ular Xavfsizlik Kengashining doimiy bo'lmagan a'zolari sonini kengaytirish orqali isloh qilishni taklif qilmoqdalar. Bu mamlakatlarning bir guruhi Xavfsizlik Kengashida yangi doimiy o'rinlar tashkil etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi.

Ushbu qarama-qarshi guruhlarning hech biri hozirgacha taklif qilingan taklif maksimal darajada qo'llab-quvvatlanishini va Xavfsizlik Kengashi islohoti uchun asos bo'lishini ta'minlay olmadi. Boshi berk ko'chadan chiqish va murosaga kelish uchun oraliq formulani ishlab chiqishga harakat qilindi, ammo BMTga a'zo davlatlarning fikrlaridagi keng farqlar tufayli muvaffaqiyat qozonmadi.

Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Yevroatlantika xavfsizligi markazi direktori A. Nikitin vaziyatni quyidagicha baholaydi: "A'zolar sonini ko'paytirish mumkin, lekin Rossiya ba'zi nomzodlarni, G'arb davlatlari boshqalarni qo'llab-quvvatlaydi, ba'zilari esa bir-biri bilan bog'langan. Masalan, Hindistonni Pokistonsiz, Braziliyani Argentinasiz qabul qilib bo'lmaydi va hokazo. Bu yerda, boshqa ko'plab sohalarda bo'lgani kabi, buyuk davlatlarning manfaatlari faqat texnik masalalarga qaratilgan va bu BMT Xavfsizlik Kengashining islohotini o'nlab yillar davom etadigan jarayonga aylantiradi" [17].

2015-yil 25-sentabr kuni Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 70 yilligiga bag'ishlangan BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasi ochildi, unda ko'plab xalqaro muammolardan tashqari, Xavfsizlik Kengashining islohoti ham muhokama qilindi. Braziliya, Germaniya, Hindiston va Yaponiya qo'shma bayonot chiqarib, yil davomida Xavfsizlik Kengashini kengaytirish uchun islohot qilish zarurligini ta'kidladilar. Shunday qilib, Braziliya Prezidenti D. Russeff shunday dedi: "Katta to'rtlik mamlakatlari yirik iqtisodiyot va Yer aholisining muhim qismini tashkil qiladi. Albatta, biz nafaqat o'zimiz a'zo bo'lishni, balki Xavfsizlik Kengashining doimiy va nodoimiy a'zolari sonining kengayishini istaymiz" [19].

Scientific Journal Impact Factor

Rossiya Prezidenti V.Putin 70-sessiyada so'zlagan nutqida shuni ta'kidladi: "Birlashgan Millatlar Tashkiloti qonuniylik, vakillik va universallik nuqtai nazaridan tengi bo'lmagan tuzilmadir. Albatta, dunyo o'zgarmoqda va BMT bu tabiiy o'zgarishlarga mos bo'lishi kerak. Rossiya keng konsensus asosida barcha hamkorlar bilan BMTni yanada rivojlantirishga tayyor, ammo biz BMTning nufuzi va qonuniyligiga putur yetkazishga urinishlarni o'ta xavfli deb hisoblaymiz. Bu xalqaro munosabatlarning butun arxitekturasining qulashiga olib kelishi mumkin. Shunda bizda haqiqatan ham kuch qonuniyatidan boshqa hech qanday qoida bo'lmaydi" [20].

Rossiya Hindiston va Braziliyaning Kengashga doimiy asosda a'zo bo'lish to'g'risidagi arizalarini, shuningdek, Afrika qit'asining ushbu tuzilmada doimiy bo'lishini qo'llab-quvvatlaydi. "Ammo bularning barchasiga qaramay, BMT Xavfsizlik Kengashini boshqarib bo'lmaydigan, haddan tashqari amorf va shishgan organga aylantirmaydigan islohotlarni ilgari surish kerak. Jahon taraqqiyotining barcha hududlari, barcha markazlarini to'g'ri ko'rsatish bilan birga, uning faoliyatidagi samaradorlik yana bir asosiy tamoyildir. Mintaqada 20 kishidan iborat oz sonli a'zolar - menimcha, bu siz diqqatni qaratishingiz kerak bo'lgan chegaradir ", - S. Lavrov [21].

Xavfsizlik Kengashiga yangi doimiy a'zolarni kiritish tarafdori bo'lgan BRIKS guruhi mamlakatlari qo'shma pozisiyani bildirdi. "Birlashgan Millatlar Tashkiloti, xususan, uning Xavfsizlik Kengashi global muammolarga eng yaxshi javob bera olishi uchun uni yanada samaraliroq vakillik qilish uchun keng qamrovli islohot qilish zarurligini e'lon qiling. Xitoy va Rossiya- Braziliya, Hindiston va Janubiy Afrikaning xalqaro munosabatlardagi maqomi va roliga katta ahamiyat berishlarini va ularning BMTda muhimroq rol o'ynash istagini qo'llab-quvvatlashlarini yana bir bor ta'kidlaydilar", - deyiladi Ufa deklaratsiyasi matnida [21].

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Qo'shma Shtatlar Xavfsizlik Kengashini isloh qilish masalasida past darajadagi pozisiyani egallaydi. Ular uni kengaytirish bo'yicha takliflarni olqishlaydilar, lekin Rossiya kabi veto huquqini o'zgartirishga qarshi. 2015-yil noyabr oyida Prezident B. Obama Hindistonga tashrif buyurdi va AQShning Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi bo'lish istagini qo'llab-quvvatlashini e'lon qildi [22]. U Hindistonni birinchi marta 2010-yilda rasman qo'llab-quvvatlashini bildirgan. Bu qadamlar, ehtimol, xalqaro kun tartibini taklif etuvchi taniqli va nufuzli o'yinchiga aylangan BRIKS guruhi mamlakatlari birligini buzishga qaratilgandir.

Prezident B. Obama ham Xavfsizlik Kengashiga Afrika qit'asidan vakilni kiritish tarafdori edi. Uning ta'kidlashicha, "AQSh BMT Xavfsizlik Kengashi tuzilmasini o'zgartirish konsepsiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Menimcha, prinsipial

Scientific Journal Impact Factor

jihatdan Kengashda Afrika qit'asidan kamida bitta vakil, shuningdek, dunyoning boshqa mintaqalari va boshqa yetakchi davlatlar bo'lishi kerak "[23].

Bu borada Geosiyosiy muammolar akademiyasi vise-prezidenti K.Sokolov ta'kidlaydi: "Barak Obamaning BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish bo'yicha takliflari juda shaffof: nisbatan kam rivojlangan mamlakatlardan yangi a'zolarning kiritilishi dominant kuch- AQShga qo'shimcha ovozlar beradi. Bundan tashqari, ularga veto huquqini berish ba'zi qarorlar uchun javobgarlikni AQShning tashqi bosimi ostidagi uchinchi davlatlarga o'tkazish imkonini beradi." [24].

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yanada rivojlanishi uchun islohotlarga muhtoj va Germaniya yordam berishga tayyor, sobiq kansler Angela Merkel tashkilotning 75 yilligiga bag'ishlangan BMT Bosh Assambleyasining tantanali yig'ilishida shunday bayonot berdi. Shu bilan birga, Germaniya tashkilotda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga va BMT Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan a'zosi sifatida keng ko'lamli muammolarni hal qilishda ishtirok etishga tayyor. "Global muammolar kelishuv va hamkorlikni talab qiladi",- dedi Merkel. Afsuski, Xavfsizlik Kengashi muhim qarorlar qabul qilinishi kerak bo'lganda ishlamaydi. Tashkilot va biz islohotlarga muhtojmiz. BMT XXI asrning global muammolariga javob berish uchun rivojlanishda davom etishi kerak. "Germaniya hali ham kengaytirilgan Xavfsizlik kengashida ishtirok etishga tayyor". Xalqaro yig'ilishda Hindiston bosh vaziri BMTni isloh qilishni taklif qilgan bo'lsa, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qurol-yarog' nazorati tizimini kuchaytirishni taklif qildi. Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Birlashgan Millatlar Tashkilotini dunyoni o'nlab yillar davom etgan inqirozdan olib chiqishga chaqirdi [25].

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on BMT Xavfsizlik kengashining amaldagi tuzilmasini tanqid qilib, tashkilotni isloh qilish zarurligini ta'kidladi. Erdo'g'on, Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zosi -AQSh, Rossiya, Xitoy, Britaniya va Fransiyani nazarda tutib, dunyo besh davlatdan iborat emasligini qayd etdi. "Insoniyat taqdiri Ikkinchi jahon urushida g'alaba qozongan bir nechta mamlakatlarning rahm-shafqatiga tushib qolishi mumkin emas va bunday bo'lmasligi kerak", - dedi siyosatchi. Uning qo'shimcha qilishicha, diplomatiya, savdo va xalqaro aloqalar tubdan o'zgarib borayotgan bir paytda global xavfsizlik arxitekturasining o'zgarishsiz qolishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi [26].

2021-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida nutq so'zlagan Yaponiyaning o'sha paytdagi Bosh vaziri Yosixide Suga Xavfsizlik Kengashini isloh qilish bo'yicha aniq muzokaralarni boshlashga chaqirdi, shundagi bu organ XXI asr realliklarini aks ettirishini, qurol nazorati va qurolsizlanish jarayonlari yanada shaffof

Scientific Journal Impact Factor

bo'lishi zarurlini ta'kidladi. Xuddi shu sessiyada Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrarda besh doimiy a'zoning veto huquqini tartibga solish yoki doimiy bo'lmagan a'zolar sonini ko'paytirishni taklif qildi [27].

Hozirda Xavfsizlik Kengashiga yangi nomzodlar bo'yicha konsensus yo'q, qo'shimcha o'rinlar va ularning toifalari aniq belgilanmagan. Xavfsizlik Kengashiga yangi a'zolarni tanlash mumkin bo'lgan aniq va kelishilgan mezonlar mavjud emas. Kengashning hozirgi tuzilmasi Ikkinchi jahon urushi natijalariga asoslangan bo'lib, uning doimiy a'zo davlatlari urushdan keyingi jahon tartibi shartlarini belgilab bergan g'olib davlatlarning merosxo'rlari hisoblanadi. Agar Xavfsizlik Kengashiga doimiy o'rinlar qo'shilsa, a'zolik qanday mezonlarga asoslanadi?

2005-yildayoq ushbu masalani muhokama qilish samaradorligini oshirish maqsadida Qo'shma Shtatlar Xavfsizlik Kengashiga a'zolik mezonlarini taklif qildi, ular quyidagi parametrlarni o'z ichiga oladi: milliy iqtisodiyot ko'lami; aholi; harbiy kuch; demokratiya va inson huquqlariga sodiqlik; mamlakat qurolli kuchlarining BMT tinchlikparvar missiyalarida ishtirok etish imkoniyati; tinchlikparvarlik faoliyatida moliyaviy ishtirok etish imkoniyatlari; BMT tizimiga moliyaviy hissa va mamlakatning terrorizm va ommaviy qirg'in qurollarining tarqalishiga qarshi kurashdagi faoliyati [28]. Shu o'rinda savol tug'iladi, bu mezonlarni kelajakda ham kengaytirish kerakmi, qaysidir davlat kerakli ko'rsatkichlarga erishsa, ma'lum vaqtdan keyin Xavfsizlik Kengashini yana kengaytirish joizmi va bu oxir-oqibat nimaga olib keladi? Ayni paytda bu mezonlar BMTga a'zo davlatlarning Xavfsizlik Kengashini kengaytirish masalasi bo'yicha konsensusiga asos bo'la olmadi.

Yuqoridagi muammolar bilan bog'liq holda BMT Xavfsizlik Kengashi faoliyatining samaradorligi to'g'risida savol tug'iladi. Unga a'zo davlatlar soni ko'paygan taqdirda, ishtirokchilarning keng doirasi konsensusga kelishi kerak. Ayniqsa, kechikishga toqat qilmaydigan o'tkir inqirozli vaziyatlarda qaror qabul qilish tezligi muhim ahamiyatga ega. Rossiyaning BMTdagi delegatsiyasi, ekspertlar va siyosatshunoslar e'tiborini shu nuqtaga qaratmoqda. Xususan, F.Fukuyamaning fikricha, Xavfsizlik Kengashining veto huquqiga ega bo'lgan ko'p sonli a'zolardan iborat kengroq tarkibi bu organning yanada falajlanishiga, konsensus tamoyilini ko'pchilik ovoz berish prinsipiga o'zgartirishga olib keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi uning har bir a'zosi uchun kutilganidan ko'ra faol xarakter kasb etadi [28, 214 b.].

Veto huquqi

Scientific Journal Impact Factor

Tashkilotning 77 yillik tarixi davomida doimiy bo'lmagan a'zolar soni oltitadan o'ntaga ko'paydi. BMT Ustaviga tegishli o'zgartishlar 1963 yilning 17 dekabrida BMT Bosh Assambleyasining qarori bilan kiritilgan.

Ayni paytda BMT Xavfsizlik Kengashi islohoti eng ko'p muhokamalarga sabab bo'ladigan masaladir. Keyngi yillarda BMT reformasini intensivlashtirish muommosi doimiy ravishda ko'tarilmoqda. BMT Xavfsizlik Kengashi hajmi 1965 yilda 11 dan 15 gacha oshirildi. Biroq, doimiy a'zolar soni o'zgarmadi va ularning maxsus vakolatlari, jumladan Veto huquqi ham. Bugungi kunda ba'zi davlatlar Xavfsizlik Kengashi a'zolari sonini 20 tadan 23 a'zoga kengaytirish tarafdori bo'lsa, boshqalar 27 a'zoni kiritishni taklif qilmoqda [29].

Vetoni cheklash va bekor qilish bo'yicha takliflar qizg'in bahs-munozaralar ostida. So'nggi paytlarda biz Ikkinchi jahon urushi natijalarini va undan keyin tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro arxitekturaning markaziy mexanizmi sifatida maqomini qayta ko'rib chiqishga faol urinishlarning guvohi bo'lmoqdamiz. Shunday qilib, 2013 yilda Fransiya ommaviy jinoyatlarni to'xtatish uchun shoshilinch choralar ko'rish zarur bo'lgan hollarda Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolarining veto huquqini cheklash bo'yicha muhokamani boshladi. Bu taklif Rossiya va Xitoy Suriyadagi vaziyatni Xalqaro jinoiy sudga topshirish to'g'risidagi rezolyusiyaga veto qo'yganidan keyin ommalashdi.

Rossiya Donbass osmonidagi Malayziyaning Boing yo'lovchi samolyoti halokati bo'yicha tribunal tashkil etish bo'yicha rezolyusiya loyihasiga veto qo'yganidan so'ng, veto huquqi masalasi yanada muhokama qilindi. Shu tariqa, Ukraina Prezidenti P.Poroshenko veto huquqini cheklash va uni keyinchalik bekor qilish istiqbollari haqida gapirdi va shunday dedi: "Xalqaro huquq normalari va prinsiplariga xizmat qilishga mo'ljallangan institutlar va vositalarni isloh qilish va takomillashtirish bo'yicha sa'y-harakatlarimizni birlashtirish vaqti keldi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi bu mexanizmning kamchiliklarini yaqqol namoyon qildi" [30].

Veto huquqini cheklash tashabbusi Avstraliya, Avstriya, Niderlandiya, Polsha, Litva, Latviya, Gruziya va boshqa davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Niderlandiya qiroli shunday dedi: "Tashkilot ommaviy vahshiylik qarshisida qat'iyroq harakat qilishi kerak. Veto huquqidan foydalanishda ko'proq dadillik bunga yordam beradi va biz Fransiyaning bu boradagi tashabbusini (ayrim hollarda veto huquqini cheklash) qabul qilamiz" [31].

Rossiyaning veto huquqidan foydalangani uchun qator davlatlar tomonidan bildirilgan tanqidlarga javoban Tashqi ishlar vaziri S.Lavrov shunday dedi: "Tez-tez

Scientific Journal Impact Factor

tanqid qilinadigan veto aslida har qanday demokratik tizimda zarur bo'lgan nazorat va muvozanatning asosiy kafolatidir. Yana bir jihati, ular veto huquqidan foydalanishga to'g'ri keladigan vaziyatlarni ba'zan siyosiy maqsadlarda ishlatishga harakat qilmoqdalar" [32].

Prezident F. Ollandning veto huquqini cheklash haqidagi taklifini tushuntirib, Fransiyaning Moskvadagi elchisi J.M. Riperning aytishicha, bu BMT Nizomiga o'zgartirish kiritishni talab qilmaydigan ixtiyoriy majburiyatdir. U genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va keng ko'lamli harbiy harakatlarda qo'llanilishi kerak. Unga ko'ra, BMT Bosh kotibi bunday jinoyatlar faktini aniqlay oladi. "Shunga qaramay, real qarasak, biz ushbu loyiha qanday qiyinchiliklarga olib kelishini bilamiz. Shuning uchun Fransiya Meksika bilan birgalikda ushbu qoida Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolaridan birining hayotiy manfaatlariga bevosita daxldor bo'lgan hollarda qo'llanilmasligini taklif qildi", — deya ta'kidladi elchi [33].

Rossiya va Xitoy bu tashabbusga qarshi chiqdi. Veto huquqini cheklash taklifini izohlar ekan, V.Churkin shunday dedi: "Liviya masalasida veto qo'llanilmagan. Iltimos, natijani yoqtirganlar, qo'llaringizni ko'taring. Gap veto haqida emas, balki mojarolarni qo'zg'atishga olib keladigan avantyuristik siyosat haqida ketmoqda" [34]. Natijada, BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi doirasidagi veto huquqini cheklash bo'yicha muhokamada aniq natija bo'lmadi, davlatlar veto huquqidan foydalanish maqsadga muvofiq emasligini ta'kidlab, bir-birlarini noto'g'ri xatti-harakatlari uchun qoralashdi xolos.

Germaniya, Yaponiya va zamonaviy dunyoning boshqa yirik davlatlariga tashrif buyurgan BMTning sobiq bosh kotiblari Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zoligiga ushbu davlatlar nomzodligini qo'llab-quvvatlashga va'da berishdi. Ular bu ularning vakolatlariga kirmasligini, ularning missiyasi BMTning Kotibiyati va boshqa organlari ishini aniq tashkil etish va uning faoliyati haqida jahon hamjamiyatini o'z vaqtida xabardor qilish ekanligini unutib qo'ydilar. Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi arafasida sobiq Bosh kotib Kofi Annan ham Xavfsizlik Kengashining doimiy va o'zgaruvchan a'zolari tarkibini kengaytirish zarurligi haqida yozgan edi.

Boshqa bir tomondan, Yaponiya va Germaniya BMTni moliyalashtirish bo'yicha AQShdan keyingi ikkinchi va uchinchi o'rinlarda turadi. AQShning BMTdagi muntazam byudjetidagi ulushi 22%, Yaponiya - 16,6 foiz, Germaniya -mos ravishda 8,6% [35]. Germaniya va Yaponiya BMT Xavfsizlik Kengashidagi islohotlar natijasida o'z pozisiyalarini yaxshilashga urinmoqda. Bu davlatlar hozirdanoq Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi sifatida o'z nomzodliklarini saqlab qolish uchun hamkorlari bilan norasmiy muzokaralar olib bormoqda.

Scientific Journal Impact Factor

Veto huquqi BMT Nizomining asosiy tamoyillaridan biridir. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti samaradorligining asosi, bu huquq Millatlar Ligasida bo'lmagan. Bu Tashkilotning global tuzilmasidagi markaziy elementi bo'lib, Xavfsizlik Kengashi a'zolarini o'zaro maqbul kelishuvlarga erishishga undaydi va shubhali xarakterdagi qarorlarni bekor qilishning oldini oladi. Veto huquqining bekor qilinishi xalqaro maydonda bir tomonlama va tajovuzkor harakatlar uchun erkinlik yaratadi va xalqaro majburiyatlarga e'tibor bermaslikka olib keladi. Veto huquqidan foydalanish halokatli oqibatlarga olib keladigan xavfli qarorlarni xalqaro qonuniylashtirishga bir necha bor to'sqinlik qildi. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashi 1999-yilda Yugoslaviyaga, 2003-yilda Iroqqa harbiy bostirib kirishga rozilik bermagan va Suriyada ham xuddi shunday ssenariyning oldini olishga yordam bergan. 2014-yilda Rossiya Qrimda Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo'shilish bo'yicha referendumning noqonuniyligi haqidagi rezolyusiya loyihasiga veto qo'ygan edi. Agar BMT va uning Xavfsizlik Kengashiga putur yetkazilsa, xalqaro xavfsizlik 1999 va 2003 yillarda bo'lgani kabi maxsus koalisiyalarning ixtiyorida qolishi xavfi katta.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining zamonaviy xalqaro muammolarni hal qilishda mavjud salohiyatini ochish va kengaytirishga e'tibor qaratish muhimdir. Kengashning Suriyadagi kimyoviy qurollarni yo'q qilishga qo'shgan hissasi, Eron yadroviy muammosini hal etish, shuningdek, terrorizmga qarshi kurash sohasidagi chora-tadbirlari kengashning bunday muvaffaqiyatli faoliyatiga misol bo'la oladi. Davlatlarning samarali hamkorligi faqat ularning bir-biriga xurmat, teng huquqli sheriklik, o'zaro manfaatlarni hisobga olish, ikki tomonlama standartlarning yo'qligiga asoslangan yondashuvga asoslanishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yangi, adolatli global arxitekturani qurish bo'yicha muloqot uchun universal forumdir. Rossiyalik diplomat va BMT islohoti muammolari tadqiqotchisi V. Zaemskiyning BMT mukammal emas, lekin insoniyatda bundan yaxshi tashkilot yo'q, degan fikriga qo'shilmasdan bo'lmaydi [36, 77b.].

Birlashgan Millatlar Tashkilotining imkoniyatlari har doim ham amalga oshirilmaydi va bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. Muammoning zamirida a'zo davlatlarning BMT va uning tuzilmalaridan o'z milliy manfaatlari yo'lida foydalanish, geosiyosiy maqsadlarga erishish, raqiblarga ta'sir o'tkazish va bosim o'tkazish, ularni noto'g'ri xatti-harakatlarda ayblash istagi yotadi. Shimol va janub davlatlarining muhim xalqaro muammolar, jumladan, BMTni isloh qilish va uning

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

faoliyatining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha qarashlaridagi farqlar vaziyatni murakkablashtirmoqda.

Xavfsiz va adolatli dunyo tartibini barpo etish va BMT tizimini isloh qilishdagi muvaffaqiyat mafkuraviy aspektlarga borib taqaladi. Ong va axloqning yuqori darajasiga o'tish, global birlik va o'zaro zaiflikni tushunish, dushmanlik va qarama-qarshilikni rad etish, iste'mol jamiyati ideallaridan uzoqlashish, ijtimoiy munosabatlar va atrof-muhitni boshqarishning boshqa modellarini o'zlashtirish kerak. Bu boradagi muvaffaqiyatlar a'zo davlatlarning siyosiy irodasiga, murosaga kelish va erishilgan kelishuvlarni birgalikda amalga oshirish qobiliyatiga bog'liq bo'ladi.

Birlashgan Millatlar tashkilotining konseptual asoslarini tahlil qilish islohotning muhim qismi bo'lishi kerak. Kuch ishlatmaslik, suvernitet, qonuniylik, rahbarlarining hisobdorligi, birdamlik va ma'suliyat kabi tamoyillar muhim ahamiyatga ega. Ularni hozirgi voqealikka moslashtirish, Xavfsizlik Kengashi va BMTga a'zo davlatlar faoliyati yuzasidan yangi siyosiy qarashlar ishlab chiqish kerak. Shu munosabat bilan, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar halqaro maydonda aktorlar tomonidan tanlangan instrument sifatida BMT bilan qanday harakat qilishi, uning potensiyalidan qanday foydalanishi haqida oldindan aytib beradigan yo'l haritasi-kodeksga ehtiyoj bor.Ushbu qoidalar majmui BMTni Yer yuzidagi tinchlik va barqarorlikning kafolati sifatida mustaqkamlash vazifasini bajarishi mumkin.

Isloxot natijasida tashkilotning turli organlari o'rtasidagi ichki muvozanat saqlanishi kerak. Albatta, Xavfsizlik Kengashi markaziy o'rinda bo'ladi lekin, Bosh Assambleyaga ham yanada faol rol berilishi kerak. Bu ikkisi o'zaro bir-birini to'ldiruvchi va bir-birining samaradorligi oshiruvchi jism deb qaralishi lozim. Shu bilan birga, Bosh Assambleya salohiyatidan samarali foydalanish va uning ishini yaxshilash uchun a'zo davlatlar o'z faolligini mutlaqo oshirishi kerak. Bosh Assambleya forumlari muommolarning chinakam munozara maydoniga aylanishi kerak.

Takliflar:

- Islohotni keng konsensus bilan ikki tamoyil asosida qullab-quvatlash muhim:

1. Demokratik yondashuv bilan;

2. Transparentlikni ta'minlagan holda;

- Mintaqaviy tashkilotlar, hususan Afrika Ittifoqi, Osiyo-Tinch Okeani Iqtisodiy Hamkorligi Tashkiloti, ASEAN va boshqalar faoliyatini qo'llab-quvvatlashni oshirish zarur.

- BMT Nizomining o'zi ham yangilanishi kerak. Unda qayd etilgan «dushman davlatlar» jumlasi ustida bosh qotirish kerak;

Scientific Journal Impact Factor

- Vasiylik Kengashi va Xarbiy Shtab Komiteti bilan bog'liq moddalarni ko'rib chiqish lozim.

Xavfsizlik Kengashi tarkibi:

- Faqat yoki asosan betaraf mamlakatlardan tuzilgani ma'qul, bu uning nufuzi, dunyoda betaraflik maqomining salmog'i va ta'sirini oshiradi;

- O'rinlarni taqsimlashda geografik omilga qat'iy rioya qilish lozim;

- Doimiy va muvaqqat a'zolar maqomisiz, belgilangan muddaddan so'ng almashadigan tizimni yo'lga qo'yish mumkin.

REFERENCES

1. Интервью заместителя Министра иностранных дел России Ю.В. Федотова агентству "Интерфакс" 23 марта 2005 г. [Interview of Deputy Minister of Foreign Affairs of Russia Y.V. Fedotov, the Agency "Interfax," March 23, 2005 (In Russ.)] Available at: http://archive.mid.rU//brp_4.nsf/0/4506123D2741BCFDC3256FCD003F467E (accessed 04.04.2016).

2. Концепция внешней политики Российской Федерации. Утверждена Президентом Российской Федерации В.В. Путиным 12 февраля 2013 г. [Foreign Policy Concept of the Russian Federation. Approved by the President of the Russian Federation V.V. Putin on 12 February 2013 (In Russ.)] Available at: http://archive.mid.ru//brp 4.nsf/0/6d84ddededbf7da64 4257b160051bf7f (accessed 04.04.2016).

3. 2014 UN Participation Report. Available at http://www.state.gov/p/io/rls/rpt/2014/participation/249006.htm (accessed 22.01.2016).

4. UN Transparency and Accountability Initiative. Available at: http://usun.state.gov/about/2196/6657 (accessed 22.01.2016).

5. Чуркин: Великобритания, США и Франция узурпировали ключевые посты в ООН [Churkin: UK, USA and France had usurped key positions in the UN (In Russ.)] Available at: http://tass.ru/politika/2363856 (accessed 15.01. 2016).

6. Statement on Behalf of the Group of 77 and China by H.E. Dr. John W. Ashe, Ambassador and Permanent Representative of Antigua and Barbuda to the United Nations, at the Informal Thematic Debate of the General Assembly on the Theme "Toward a Common Understanding on Management Reform". Available at:http://www.g77.org/statement/getstatement.php?id=080408 (accessed 15.01.2016).

Scientific Journal Impact Factor

7. Интервью Постоянного представителя Российской Федерации при ООН В.И. Чуркина М.С. Гусману. [Interview with Permanent Representative of the Russian Federation to the UN V. Churkin, M. Gusman (In Russ.)] Available at: http:// russiaun.ru/ru/news/intrv_tsrg (accessed 03.02.2016).

8. Активизация работы Генеральной Ассамблеи. [The Revitalization of the General Assembly (In Russ.)] Available at: http:// www.un.org/ru/ga/revitalization/revital_bkg.shtml (accessed 20.01.2016).

9. Выступление Первого заместителя Постоянного представителя Российской Федерации при ООН П.В. Ильичева на заседании Специального комитета Генеральной Ассамблеи ООН по операциям по поддержанию мира. [Statement by the Deputy Permanent Representative of the Russian Federation to the UN P. Il'ichev at the Meeting of the Special Committee of the UN General Assembly on Peacekeeping Operations (In Russ.)] Available at: http://russiaun.ru/ru/news/ga_pc (accessed 20.01.2016).

10. The Obama Administration and International Law. Available at: http://www.state.gov/s/l/releases/remarks/139119.htm (accessed 22.01.2016).

11. Rivlin B. The United Nations Human Rights Council: A U.S. Foreign Policy Dilemma. American Foreign Policy Interests, 2008, vol. 30, no 5, pp. 347-372. DOI: 10.1080/10803920802435427

12. Комментарий Департамента информации и печати МИД России в связи с участием Министра иностранных дел России С.В. Лаврова в очередной сессии Совета ООН по правам человека. [Comment Information and Press Department of the Foreign Ministry of Russia in Connection with the Participation of Russian Foreign Minister Sergey Lavrov at the Regular Session of the UN Human Rights Council (In Russ.)] Available at: http://www.mid.ru/rossia-prava-celoveka/-/ asset_publisher/Z02t0D8Nkusz/content/id/2115986 (accessed 06.04.2016).

13. UN Transparency and Accountability Initiative. Available at: http://usun.state.gov/about/2196/6657 (accessed 22.01.2016).

14. Swart L., Lund J. The Group of 77: Perspectives on its Role in the General Assembly. Available at: http://www.centerforunreform.org/node/437 (accessed 17.01.2016).

15. Managing Change at the United Nations. Available at: http://www.centerforunreform.org/sites/default/files/Managing%20Change%20-%204.%20Secretariat.pdf (accessed 28.01.2016).

16. Лавров: реформа СБ ООН требует компромисса между двумя подходами по категориям расширения. [Lavrov: UN Security Council Reform Requires a

Scientific Journal Impact Factor

Compromise Between the Two Approaches by Category Extensions (In Russ.)] Available at: http://tass.ru/politika/2254950 (accessed 13.01.2016).

17. Андреева Д. Совбез ООН хотят сделать ручным. [Andreeva D. Sovbez OON khotyat sdelat' ruchnym [The UN Security Council is Wanted to Become Manual]] Available at: http://rusplt.ru/policy/sovbez-oon-hotyat-sdelat-ruchnyim-18205.html (accessed 13.01.2016).

18. Руссефф: Бразилия добивается членства в СБ ООН, чтобы помочь предотвращать конфликты. [Rousseff: Brazil is Seeking Membership in the UN Security Council to Help to Prevent Conflicts (In Russ.)] Available at: http://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/2294979 (accessed 13.01.2016).

19. 70-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. [70-th Session of the UN General Assembly (In Russ.)] Available at: http://kremlin.ru/events/president/news/50385 (accessed 17.01.2016).

20. Лавров: реформа СБ ООН требует компромисса между двумя подходами по категориям расширения. [Lavrov: UN Security Council Reform Requires a Compromise Between the Two Approaches by Category Extensions (In Russ.)] Available at: http://tass.ru/politika/2254950 (accessed 13.01.2016).

21. VII саммит БРИКС. Уфимская декларация (Уфа, Российская Федерация, 9 июля 2015 года). [VII BRICS Summit. Declaration Ufa (Ufa, Russian Federation, 9 July 2015) (In Russ.)] Available at: http://brics2015.ru/load/382553 (accessed 24.12.2015).

22. Obama Visits India and Talks UN Security Council Reform. Available at: http://globalsolutions.org/blog/2010/11/0bama-VisitsIndia-and-talks-UN-Security-Council Reform#.VCgXn2P4Y9Y (accessed 26.12.2015).

23. Барак Обама высказался в поддержку реформы Совета Безопасности ООН. [Barack Obama Spoke in Support of the Reform of the UN Security Council (In Russ.)] Available at: https://russian.rt.com/article/107077 (accessed 26.12.2015)

24. Андреева Д. Совбез ООН хотят сделать ручным. [Andreeva D. Sovbez OON khotyat sdelat' ruchnym [The UN Security Council is Wanted to Become Manual]] Available at: http://rusplt.ru/policy/sovbez-oon-hotyat-sdelat-ruchnyim-18205.html (accessed 13.01.2016).

25. https://sn.kz/worldnews/73329-birikken-ulttar-uiymyna-reforma-kazhet-merkel

26. "Turkiye'yi hedeflerine ula§tirmak, sorunlara fozumler uretmek ifin var gucumuzle ?ali§maya devam ediyoruz" Recep Tayyip Erdogan. https://www.tccb.gov.tr/en/news/542/130983/-we-will-continue-to-stand-by-angola-on-its-development-journey-#

Scientific Journal Impact Factor

27. https://www.vedomosti.ru/politics/news/2021/10/19/891816-erdogan-vistupil-protiv-gorstki-chlenov-sovbeza

28. U. S. Priorities for a Stronger, More Effective United Nations. Bureau of Public Affairs, Washington, DC, September 8, 2005. Available at: http://www.state.gov/r/pa/scp/2005/52982.htm (accessed 11.11. 2006).

29. Доклад Рабочей группы открытого состава по вопросу о справедливом представительстве в СБ.

30. Порошенко надеется на лишение России права вето в Совбезе ООН. [Poroshenko Hopes to Deprive Russia of the Right of Veto in the UN Security Council (In Russ.)] Available at: http://ru.tsn.ua/politika/poroshenko-nadeetsya-na-lishenie-rossiiprava-veto-v-sovbeze-oon-485052.html (accessed 16.01.2016).

31. Нидерланды и Мексика высказались за ограничение права вето в СБ ООН. [The Netherlands and Mexico were in Favour of Limiting the Veto in the UN Security Council (In Russ.)] Available at: http://www.vz.ru/news/2015/9/28/769321 .html (accessed 16.01.2016).

32. Сергей Лавров: Право вето в Совбезе ООН - гарант обеспечения сдержек и противовесов. [Sergey Lavrov: the Right of Veto in the UN Security Council - the Guarantee of Checks and Balances (In Russ.)] Available at: https://russian.rt.com/ article/115141 (accessed 16.01.2016).

33. Франция предложила членам СБ ООН добровольно не использовать право вето. [France Proposed that the UN Security Council Members to Voluntarily not to Use the Veto (In Russ.)] Available at: http://vz.ru/news/2015/9/25/768746.html (accessed 16.01.2016).

34. Выступление Постоянного представителя Российской Федерации при ООН В.И. Чуркина на заседании по итогам работы Совета Безопасности ООН в августе 2014 г. [Statement by the Permanent Representative of the Russian Federation to the UN V.I. Churkin, at the Session on Results of Work of the UN Security Council in August 2014 (In Russ.)] Available at: http://russiaun.ru/ru/news/sc_aug (accessed 03.02.2016).

35. Информация официального сайта Организации Объединенных Наций -http://www.un.org/russian/question/contrib.htm

36. Заемский В.Ф. Новейшая история реформы ООН. Москва, МГИМО-Университет, 2008. 84 с. [Zaemskii V.F. Noveishaya istoriya reformy OON [The Recent History of United Nations Reform]. Moscow, MGIMO-University, 2008. 84

p.]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.