Научная статья на тему 'UKRAINADA GUMANITAR INQIROZNING SHARQIY YEVROPAGA TA’SIRI'

UKRAINADA GUMANITAR INQIROZNING SHARQIY YEVROPAGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
104
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qochoqlar / vaqtinchalik himoya / diskriminatsiya / gumanitar viza / yashil yo'lak. / беженцы / временная защита / дискриминация / гуманитарная виза / зеленый коридор.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — I.R. Iskandarov

Ushbu maqola hozirgi kunda Ukraina va Rossiya o'rtasida kelib chiqqan konflikt va uning mintaqa demografiyasiga ta'siri haqida bo'lib, Yevropa Ittifoqi xavfsizligi va migratsion siyosatini qayta ko'rib chiqishga sabab bo'ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЛИЯНИЕ ГУМАНИТАРНОГО КРИЗИСА В УКРАИНЕ НА ВОСТОЧНУЮ ЕВРОПУ

Эта статья посвящена текущему конфликту между Украиной и Россией и его влиянию на демографию региона, что приводит к обзору политики ЕС в области безопасности и миграции.

Текст научной работы на тему «UKRAINADA GUMANITAR INQIROZNING SHARQIY YEVROPAGA TA’SIRI»

Oriental Journal of History, Politics and Law

ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND

LAW

journal homepage: https://www.supportscience.uz/index.php/oihpl

THE IMPACT OF THE HUMANITARIAN CRISIS IN UKRAINE ON EASTERN

EUROPE

I.R. Iskandarov

Master's student

Tashkent University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan

ABOUT ARTICLE

Key words: refugees, temporary protection, discrimination, humanitarian visa, green corridor.

Received: 14.05.22 Accepted: 16.05.22 Published: 18.05.22

Abstract: This article is about the current conflict between Ukraine and Russia and its impact on the region's demographics, leading to a review of the EU's security and migration policies.

UKRAINADA GUMANITAR INQIROZNING SHARQIY YEVROPAGA TA'SIRI

I.R. Iskandarov

Magistratura talabasi

Toshkent sharqshunoslik universiteti

Toshkent, O'zbekiston

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: qochoqlar, vaqtinchalik Annotatsiya: Ushbu maqola hozirgi

himoya, diskriminatsiya, gumanitar viza, kunda Ukraina va Rossiya o'rtasida kelib yashil yo'lak. chiqqan konflikt va uning mintaqa

demografiyasiga ta'siri haqida bo'lib, Yevropa Ittifoqi xavfsizligi va migratsion siyosatini _qayta ko'rib chiqishga sabab bo'ldi._

ВЛИЯНИЕ ГУМАНИТАРНОГО КРИЗИСА В УКРАИНЕ НА ВОСТОЧНУЮ

ЕВРОПУ

И.Р. Искандаров

Магистрант

Ташкентский университет востоковедения Ташкент, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: беженцы, Аннотация: Эта статья посвящена

временная защита, дискриминация, текущему конфликту между Украиной и гуманитарная виза, зеленый коридор. Россией и его влиянию на демографию

региона, что приводит к обзору политики _ЕС в области безопасности и миграции.

KIRISH

Ukraina Yevropada hududi jihatidan Rossiyadan keyingi ikkinchi eng katta davlatdir (603,550 kv/km). Ukrainada taxminan 44 million aholi bo'lib, ular 24 viloyatda istiqomat qiladi.

2014-yilda Ukrainaning Krim yarim oroli Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilindi va sharqiy Ukraina hududida dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinmagan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari tashkil qilindi. 8 yil davomida Ukraina g arb davlatlaridan moliyaviy va harbiy yordamlar olib potensial urushga tayyorlandi. Ukrainaning NATO (Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti)ga a'zo bo'lish orzusi va NATOning sharqqa qarab kengayishi Rossiya milliy xavfsizligiga zid edi. Shuning uchun 2022-yil 24-fevral kuni Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasini boshladi. Natijada urushning dastlabki xaftasida 1 milliondan ortiq ukrainalik qochoqlar Polsha, Vengriya, Moldova, Ruminiya va Slovakiyaga qochib o'chishga majbur bo'lishdi.

ASOSIY QISM

2022-yil 3-martda Yevropa Ittifoqidagi Ukrainadan kelgan qochoqlar Yevropa Ittifoqi boshpana tizimidan o'tmasliklari uchun o'z tarixida birinchi marta Vaqtinchalik Himoya Direktivini qo'llashga kelishib oldilar. Germaniya va Avstriya kabi bir qancha mamlakatlardagi temir yo'l kompaniyalari ukrainalik qochoqlarga poyezdda bepul harakatlanishiga ruxsat berishdi. Butun dunyodan Ukraina xalqiga Rus agressiasiga qarshi kurashda harbiy va insonparvarlik yordamlari kela boshladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi 27-fevral kuni hisob-kitobiga ko'ra, ikki oy ichida Ukrainada 7,5 million mahalliy qochoqlar Yevropaga kirib kelishini, 18 milliondan ortiq odam mojarodan jabr ko'rishini bashorat qildi. 2022-yil 8-mart holatiga ko'ra, 2 milliondan ortiq qochoqlar Ukrainadan qo'shni davlatlarga qochganligi munosabati bilan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar bo'yicha agentligi (UNHCR) bu vaziyatni "Yevropadagi 21 asrdagi eng yirik qochoqlar inqirozi"ga aylanib

ketishidan xavotir bildirdi. Polsha 2 milliondan ortiq, Vengriya esa 730 mingdan ortiq ukrainalik qochoqlarni ro'yhatdan o'tirgan bo'lib, hozirgi kunda ularga boshpana va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlashga harakat qilyabdi. Shu bilan bir qatorda 250 mingdan ortiq Ukrainalik qochoqlar Donetsk va Lugansk viloyatlaridan Rossiya tomonga boshpana izlab yo'l olgan.

Vaqtinchalik himoya qilish direktivasiga asosan qochoqlarga an'anaviy ravishda boshpana berish tartibini chetlab o'tib, Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lgan davlatlar himoyasiga kirishning tez va soddalashtirilgan yo'li taklif qilinadi. Ukrainalik qochoqlarga Yevropa Ittifoqida kamida bir yil qolish uchun yashash ruxsatnomalari beriladi, bu muddat avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytiriladi. Agar urush mamlakatni vayron qilishda davom etsa, a'zo davlatlar istisno chorasi tariqasida bu muddatni yana bir yilga uzaytirishga qaror qilishlari mumkin.

Ukraina Shengen hududiga kirmasa ham, uning fuqarolari 90 kungacha vizasiz sayohat qilish huquqiga ega. Yevropa Ittifoqi sxemasi 90 kunlik cheklov tugagach ham, muammoga doimiy yechim taklif qilmoqchi.

2001-yilda Yugoslaviya va Kosovo urushlaridan keyin tasdiqlangan Vaqtinchalik himoya direktivasi Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan mamlakatlardan kelgan ko'chirilgan odamlarga zudlik bilan va vaqtinchalik himoyani ta'minlaydigan favqulodda sxemadir. Direktiva Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar ichida qonuniy yashash huquqidan tashqari, ta'lim tizimi, mehnat bozori, sog'liqni saqlash, uy-joy, professional yordam va ijtimoiy ta'minotdan foydalanish imkonini beradi. Bu maxsus himoya Ukraina fuqarolari va ularning qarindoshlariga, shuningdek, o'z vataniga xavfsiz qaytib kela olmayotgan boshqa millatlarga ham amal qiladi.

Pasportlari yoki shaxsiy identifikatsiya qilishning boshqa vositalarisiz uylarini tark etganlar uchun Komissiya a'zo davlatlar chegara nazoratini yumshatib, o'z hududiga kirishiga ruxsat berishlari mumkin, shunda ular ID tekshiruvlari o'tkaziladigan xavfsiz joyga yetib borishlari mumkin. Ko'chirilgan ukrainaliklar o'zlarining shaxsiy narsalarini an'anaviy bojxona to'lovlarisiz olib kelishlariga imkoniyat yaratildi. Vaqtinchalik himoya qochoqlarga boshpana berilishini anglatmaydi, ammo maxsus sxema bo'yicha yashash vaqtida istalgan vaqtda boshpana so'rab murojaat qilishlari mumkin

Polshada allaqachon 2 millionga yaqin ukrainaliklar istiqomat qiladi, ularning aksariyati 2014 yilda Rossiya Qrimni egallab olgani va Ukraina sharqida 8 yillik urush boshlanganidan keyin u yerga ko'chib o'tgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga ko'ra, ularga yana 2 milliondan 3 milliongacha ukrainalik qo'shilishi mumkin.

Vengriya va Slovakiya kabi boshqa qo'shni davlatlar qochoqlarni qabul qilishda yordam berish uchun o'z chegaralariga qo'shin yubormoqda. Ruminiyada ko'ngillilar oziq-ovqat va bepul

turar joy taklif qilishyabti. Shengen hududiga kirmaydigan Irlandiya va Uels hukumatlari ukrainaliklar uchun viza talabidan voz kechishga qaror qildi.

2022-yil 11-martda Shvetsariya hukumati rasman Ukrainalik qochoqlarni qabul qilishni e'lon qildi. Syurix shahrida Ukrainalik qochoqlarni ro'yhatdan o'tkazib, zarur oziq-ovqat mahsulotlari va turar joy bilan ta'minlaydigan markaz tashkil qilindi. Shvetsariyada 1-marta Kollektiv qochoqlar maqomi dasturi yo'lga qo'yilgan bo'lib, unga ko'ra bu dasturga murojaat qilgan har bir Ukraina fuqarosi o'zining qochoq ekanligini isbotlashi shart emas. Oldin Shvetsariyada chet ellik fuqarolarga qochoq maqomini olish juda murakkab bo'lgan. Bu dasturga ko'ra Ukraina fuqarolariga 1 yilgacha yashash va ijtimoiy imkoniyatlardan foydalanish huquqi berildi.

14-martdan Britaniyada "Ukrainaliklar uchun uylar" dasturi ishga tushirildi. Mamlakat hukumati undan urush boshlanganidan so'ng Ukrainani tark etgan o'n minglab aholi foydalanishini kutmoqda.

Dasturga ko'ra, endi Ukraina fuqarolari Britaniya vizasini olish uchun elchixonaning konsullik bo'limlariga murojaat qilmasdan viza olishlari mumkin. Bunda elektron so'rov va hujjatlar nusxasini yuborish kifoya, javob ham elektron pochta orqali keladi.

Ukraina fuqarolari biometrik ma'lumotlarni topshirishlari va muhrni Buyuk Britaniyaga kirish vaqtida olishlari mumkin bo'ladi. Ushbu viza ularga Britaniyada kamida uch yil qolish imkonini beradi.

Dasturning ikkinchi bandi — Buyuk Britaniya hukumati mulk egalari hisobidan oyiga 350 funt sterling ajratadi — bu ham jismoniy shaxslar, ham kompaniyalar yoki xayriya jamg'armalari bo'lishi mumkin. Bu qochqinlar qolishi mumkin bo'lgan uy-joy uchun sarflanadi. Sog'liqni saqlash vaziri Sajid Jovidning ma'lum qilishicha, dastur kamida olti oy davom etadi, vaziyat taqozo etsa, uzaytiriladi.

Yaqin kunlarda uy-joy berishga tayyor bo'lganlar va olmoqchi bo'lga nlar uchun veb-sayt ochiladi. Mahalliy hokimiyat organlari har bir qochoq uchun hukumatdan 10,5 ming funt sterling oladi. Bu pul, masalan, maktablarda muhojir bolalarni o'qitish uchun ishlatiladi. 40 dan ortiq Britaniya kompaniyalari Ukraina fuqarolariga ish taklif qilishga tayyor. Ular orasida Morrisons, Sainsbury's va Marks & Spenser chakana savdo tarmoqlari mavjud.

Avvalroq Yevropa davlatlari millionlab qochqinlarni qabul qilgan bir paytda Britaniyaga bor-yo'g'i yuzlab odamlar kira olgani uchun hukumat qattiq tanqid qilingan edi. Hatto bugungi kungacha bor-yo'g'i 4000 nafar ukrainalik viza olgan. Bosh vazir Boris Jonson bugun taqdim etilgan tizimni yaratish uchun hukumat 24/7 rejimida ishlaganini ta'kidladi.

BMT bolalar jamg'armasi UNICEF malumotlariga ko'ra, Ukrainadagi mojaro boshlangandan beri Ukrainani 1 milliondan ortiq bolalar tark etgan. UNICEF hamkorligida

Ukrainadagi mojaro zonalarida bo'lgan bolalar va onalarga insonparvarlik yordamlari ko'rsatilyabti.

Xalqaro Migratsiya Tashkiloti malumotlariga ko'ra fevral oyi oxirida Rossiya istilosi boshlanganidan beri 15-mart holatiga ko'ra 3 milliondan ortiq odam qo'shni mamlakatlarga qochishga majbur bo'lgan. Bu gumanitar inqiroz nafaqat Sharqiy Yevropa, balki Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat migrantlari uchun ham muhimdir.

Bu vaziyatda ushbu davlatlar migratsiya bo'yicha boshqa alternativ variantlar topishlari maqsadga muvofiq bo'lar edi. Masalan katta miqdordagi ishsizlikni boshqarish qiyinchilik tug'diradi. Shuningdek Markaziy Osiyo davlatlariga kirib kelayotgan tashqi mablag'larni katta qismlaridan biri aynan migrantlar tarafdan jo'natilar edi. Shunigdek rubl kursing tushib ketishi ham ahvolni bir muncha qiyinlashtiradi. Shu bilan bir qatorda bu vaziyatda Markaziy Osiyo davlatlari uchun yutuq tarafi ham bor bo'lib, bu Rossiya tarafdan kiritilgan taqiqlar yumshatiladi yoki butunlay olib tashlanadi. Markaziy Osiyo davlatlaridan tovar import qilish hajmi ortishi Rossiyaga iqtisodiy bog'liqligini bir muncha kamaytiradi. Geosiyosiy jihatdan ta'siri bir muncha kamayadi. Bu vaziyatda, ushbu mintaqada Xitoy va Turkiyaning faolligi oshadi.

Slovakiya rasmiylari mamlakatga ko'chirilgan ukrainaliklarni qo'llab-quvvatlayotgan va uy-joy bilan ta'minlovchi slovakiyaliklarga oylik stipendiyalar berishini aytd i. Biroq, 2015-yilda Slovakiya hukumati suriyalik qochoqlarni nasroniy bo'lmaganligi uchun qabul qilmasligini e'lon qilgan edi. Bunday nomutanosiblik qochoqlar himoyachilarining g'azabiga sabab bo'ldi. Ular uzoq vaqtdan beri Yevropa rahbarlarini qochoqlarni moliyalashtirish dasturlarini yetishmayotganliklari va nomaqbul cheklovlarni saqlab qolishganligi uchun tanqid qilib kelishadi.

Rossiya bosqini ortidan Ukrainani tark etayotgan xorijliklar orasida afrikalik ishchilar va talabalar avtobuslar, poyezdlar orqali chegara o'tish punktlarida ularga nisbatan to'siq qo'yilayotganidan va birinchi navbatda Ukraina fuqarolariga ustuvorlik berilayotganidan shikoyat qilmoqda.

Ukraina hukumati mamlakatni tark etmoqchi bo'lgan ukrainalik ayollar va bolalarga ustuvor ahamiyat qaratmoqda, lekin afrikaliklarga boshqa chet elliklardan qanchalik farqli munosabatda bo'lganligi noma'lum. Jang qilish yoshidagi ukrainalik erkaklarga mamlakatni tark etishga ruxsat berilmagan.

Shunga qaramay, ba'zi afrikaliklar Ukrainani tark etishg a urinayotgan yuz minglab odamlar orasida irqiy kamsitishga uchraganini da'vo qilmoqda. Bu Ukraina rasmiylari tomonidan rad etilgan bo'lsa-da, AQSh va xalqaro tashkilotlarning xavotirlariga sabab bo'ldi.

Ukraina g'arbidagi Ternopil shahrida tibbiyot fakultetida tahsil olayotgan liberiyalik Avgustin Kolli Ukraina-Ruminiya chegarasini kesib o'tishni kutayotganda irqiy kamchilikka duch kelganini ta'kidladi. Rasmiylar birinchi navbatda ukrainalik ayollar va bolalarni o'tkazib afrikalik

ayollarni ortda qoldirishgan. So'nggi yillarda Yevropa davlatlari Yaqin Sharq, Afg'oniston va Afrikadagi boshqa mojarolardan qochib, boshpana izlovchilar oqimini zo'ravonlik bilan to'xtatishni odat qilgan.

XULOSA

XX asr insoniyat uchun juda ko'p qayg'u keltirdi. XXI asr davlatlar o'z milliy manfaatlarini himoya qilishdan ko'ra Xalqaro huquq prinsiplarini hurmat qilishga e'tibor qaratishlari maqsadga muvoffiq bo'lar edi. Ukraina atrofidagi vaziyat Uchinchi jahon urushiga aylanib ketmasligi uchun harakat qilinayotgan bo'lsa-da, uning oqibatlari yer yuzi urushdan keyin boshdan kechirgan eng murakkab vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Hozirdanoq bu keskin vaziyat dunyo oziq-ovqat, energo resurslar, ishlab chiqarish va metall sanoatlarida aks-sado berishni boshlagan.

Bu gumanitar inqiroz butun dunyo xalqlarining agressor davlatga qarshi birlasha olishi va Ukraina xalqiga qo'lidan kelgan yordamni ayamasligini ko'rsatib berdi. Rossiya xar tomonlama izolyatsiyaga olindi va tashqi dunyodan uzib qo'yildi. Ukrainalik qochoqlarga deyarli barcha davlatlar o'z birdamligini namoyon etib, vizasiz rejim orqali yashil yo'laklar tashkil qilindi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. https://www.theguardian.com/world/2022/mar/02/ukraine-refugees-right-to-live-in-eu-plan

2. https://www.euronews.com/my-europe/2022/03/03/eu-countries-agree-to-trigger-a-never-used-law-to-host-ukrainian-refugees

3. https://www.washingtonpost.com/world/2022/02/26/europe-welcomes-refugees-ukraine-russia

4. https://www.amerikaovozi.com/a/6468079.html

5. https://data2. unhcr. org/en/situations/ukraine

6. https://frontex.europa.eu/media-centre/news/news-release/eu-justice-and-home-affairs-agencies-joint-statement-on-ukraine-FTBm0j

7. Madaminova, D. I., & Fayzullaev, S. A. (2021). The important aspects of uzbekistan's initiatives in central Asia. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 324-328.

8. Sayfullaev, D. (2016). Parliamentary Diplomacy In Making Of Foreign Policy. The

Advance Science Journal of International Relations, 1(1), 52-54.

9. Madaminova, D. I. (2021). Uzbekistan as a leading initiator in central Asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1045-1049.

10. Sayfullaev, D. B. (2020). CONCEPTUAL BASIS OF THE MODERN WEST AND EAST

DIPLOMACY STUDY. Journal of Legal, Ethical and Regulatory Issues, 23(2), 1-10.

11. САЙФУЛЛАЕВ, Д. Б. (2017). ДИПЛОМАТИЧЕСКИЕ И ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ ИНДИИ И УЗБЕКИСТАНА В ИСТОРИЧЕСКОЙ ПЕРСПЕКТИВЕ. Восток. Афро-Азиатские общества: история и современность, (1), 142-148.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.