Научная статья на тему 'XUSUSIY TADBIRKORLIK VA ISHBILARMONLIK YOSHLAR MA’NAVIY MADANIYATI O‘ZGARUVCHANLIGINING IJTIMOIY MOHIYATI'

XUSUSIY TADBIRKORLIK VA ISHBILARMONLIK YOSHLAR MA’NAVIY MADANIYATI O‘ZGARUVCHANLIGINING IJTIMOIY MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat / ma’naviyat / ma’naviy madaniyat / yoshlar / tadbirkorlik / ishbilarmonlik / xususiy tadbirkorlik / oilaviy tadbirkorlik / bandlik / jinoyatchilik / Madaniyat / ma’naviyat / ma’naviy madaniyat / yoshlar / tadbirkorlik / ishbilarmonlik / xususiy tadbirkorlik / oilaviy tadbirkorlik / bandlik / jinoyatchilik

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jamoliddin Mamanov

Ushbu maqolada yoshlar ma’naviy madaniyati shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan iqtisod, tadbirkorlik, ishbilarmonlik sohalari, ushbu sohalarda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar va ularning natijalari, yoshlarning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, yoshlar daftarining tashkil etilishi va yoshlar daftari jamg‘armasi tomonidan ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar yo‘nalishlari falsafiy tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning sabablari, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRIVATE ENTREPRENEURSHIP AND ENTREPRENEURSHIP THE SOCIAL ESSENCE OF THE CHANGE OF SPIRITUAL CULTURE OF YOUTH

Ushbu maqolada yoshlar ma’naviy madaniyati shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan iqtisod, tadbirkorlik, ishbilarmonlik sohalari, ushbu sohalarda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar va ularning natijalari, yoshlarning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, yoshlar daftarining tashkil etilishi va yoshlar daftari jamg‘armasi tomonidan ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar yo‘nalishlari falsafiy tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning sabablari, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi takliflar berilgan.

Текст научной работы на тему «XUSUSIY TADBIRKORLIK VA ISHBILARMONLIK YOSHLAR MA’NAVIY MADANIYATI O‘ZGARUVCHANLIGINING IJTIMOIY MOHIYATI»

XUSUSIY TADBIRKORLIK VA ISHBILARMONLIK YOSHLAR MA'NÄVI Y MADANIYATI O'ZGARUVCHANLIGINING IJTIMOIY MOHIYATI

PhD. Jamoliddin MAMANOV Alfraganus universitety ORCID: 0009-0009-6842-2158

Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlar ma'naviy madaniyati shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillardan iqtisod, tadbirkorlik, ishbilarmonlik sohalari, ushbu sohalarda O'zbekiston Respublikasi rahbariyati va hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar va ularning natijalari, yoshlarning bandligini ta'minlash borasidagi ishlar, yoshlar daftarining tashkil etilishi va yoshlar daftari jamg'armasi tomonidan ehtiyojmand yoshlarni qo'llab-quwatlash borasidagi islohotlar yo'nalishlari falsafiy tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada yoshlar o'rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning sabablari, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi takliflar berilgan.

Bugungi O'zbekiston sharoitida yoshlarni bandligini ta'minlash borasida qonunchilikga bir qancha o'zgartirishlar kiritildi. Xususan oirgi yillarda 10 ga yaqin yangi qaror va farmonlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq qilindi. Jumladan maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quwatlash va bandligiga ko'maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» farmoni bilan yoshlarga berilayotgan yangi imkoniyatlar, oilaviy tadbirkorlik, ayollarni xususiy tabdirkorlikka jalb qilish masalalari tahliliga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Madaniyat, ma'naviyat, ma'naviy madaniyat, yoshlar, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, bandlik, jinoyatchilik.

Kirish

Yoshlar ko'p tomondan jamiyatning barcha sohalaridagi yangiliklarni faol o'zlashtiruvchi ijtimoiy qatlamligini inobatga oigan holda juda ko'p faylasuflarning tadqiqot obyektiga aylangan. Yoshlar ma'naviy madaniyatining o'ziga xos tomonlarini tadqiq etish esa har bir jamiyatning bugungi islohotlarining samarasini sarhisob qilish bilan barobar. Shuni hisobga olidagan bo'lsak, kelgusi avlod ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarning bugungi iste'molchisi hamda kelajak avlodlarga qoldiriladigan ma'naviy merosning yaratuvchisi, ya'ni ijtimoiy hayotda yoshlar madaniyatlararo dialog, ma'naviy madaniyat uzatuvchisi sifatida namoyon bo'ladi. Viloyat, shahar, davlat va umuman jamiyatning kelajagi bevosita yangi avlodga bog'liq. Uning qanday bo'lishi, umumiy ijtimoiy yo'nalishi qandayligi, hozirgi hayot sharoitiga moslashishi yoki butun dunyoni o'zgartirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yishiga bog'liq.

Yoshlar ma'naviy madaniyati davr o'zgarishi bilan o'zgarib, moslashib borishi tufayli bu sohada doimiy tadqiqotlar olib borishni taqozo qiladi. Shu munosabat bilan yoshlar ma'naviy madaniyatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni ilmiy o'rganish, zamon ruhi bilan taqqoslash har qachongidan dolzarb hisoblanadi.

Adabiyotlar sharhi

Yoshlar ma'naviy madaniyatiga ta'sir ko'rsatadigan omillardan biri iqtisoddir. O'zbekistonda so'ngi yillarda iqtisodiy islohotlar jadal suratlarda hayotga tadbiq qilinmoqda. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish, jamiyatning turli qatlamlari uchun tadbirkorlikka keng sharoitlar yaratish, yoshlarning ishbilarmonlik qobiliyatlarini oshirish, mazkur sohaga xorijiy investisiyalarni olib kiritish bo'yicha ulkan amaliy ishlar qilinmoqda. Buning oqibatida so'ngi yillarda mamlakat iqtisodiyoti bir necha barobarga ko'tarilishiga erishildi. Har bir millatning keyingi taqdiri albattada shu mamlakatda tarbiyalanayotgan yoshlarning har tomonlama, xususan, iqtisod, ishbilarmonlik va tadbirkorlik sohasida egallayotgan bilimlari darajasi, olayotgan amaliy ko'nikmalariga bog'liqdir. Bu haqda millat kelajagi uchun jon kuydirgan bobolarimizdan M. Behbudiy o'zing «Ehtiyoji millat» nomli maqolasida «Kontur va rasmiy daftar tutib, kassa qurib tijorat etmoq lozim. Ilm tijorat bila turgan buxgalterik hisobi yuritadurg'on boylarimizga kerak, ul dam o'zimizdan bir nafar topilmaydur» deb millatining iqtisod va tadbirkorlik sohasidagi bilimsizligini tanqid ostiga oladi [Behbudiy, 1999: 200]. Bundan tashqari

X.Xamroyevning "Tadbirkorlik asoslari" nomli kitobida O'zbekistonning mustaqillik yillarida tadbirkorlik faoliyatiga berilgan e'tibor masalasi yoritib berilgan [Xamroyev, 2010: 67].

Metodologiya

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida bu sohada bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, yoshlarni tadbirkorlikka o'rgatish va ularga bu borada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 10 dan ortiq O'zbekiston Rspublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va bandligiga ko'maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlarto'g'risida»farmoni orqali yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishlari uchun bir qancha imkoniyatlar yaratildi [2021: 20 aprel]. Mazkur qarorda yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni doimiy ish bilan band qilish, qo'shimcha daromad olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha quyidagi tartib joriy qilindi. Birinchidan, ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg'armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to'liq qaytarib berilishi, bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytarilishi belgilandi [2021: 20 aprel].

Shuningdek, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o'zini o'zi band qilishga zarur bo'lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda «Yoshlar daftari» jamg'armalari hisobidan subsidiya ajratilishi joriy qilindi. «Yoshlar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarini ijaraga oigan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo'lgan miqdori «Yoshlar daftari» jamg'armalari hisobidan kompensasiya tizimi joriy qilindi. Bundan tashqari professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko'rsatish korxonalarida amaliyot o'tagan vaqtida, biroq olti oydan ko'p bo'lmagan muddatda professional ta'lim tashkilotlari tomonidan Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladigan bo'ldi. Bu kabi amaliy ishlar natijasida mamlakatimizda oxirgi yiIlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilarsoni bir necha borabarga ortganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarning 22,9% (106,574) yosh tadbirkorlar (31 yoshdan kichik) tashkil etadi [2023:12 may].

Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan respublikaning barcha mahallalarida yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi lavozimlarining joriy qilinishi yoshlarni qo'llab-quwatlash maqsadida joriy etilgan «Yoshlar daftari» tizimi bilan kunlik ishini amalga oshiruvchi institut yaratilganligining dalilidir. Xususan, bugungi kunda joylarda yoshlar yetakchilari hokimlik organlari bilan hamkorlikda:

- «Yoshlar daftari» bilan ishlarni samarali tashkil qilish;

- yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlik va ishbilarmonlik borasidagi bilim va amaliy ko'nikmalarini oshirish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish;

- mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bandligini ta'minlash, yoshlar o'rtasida turli sport musobaqalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

- yoshlarning hayotda o'z o'rnini topishlarida ko'maklashish, turli sohalarga qiziquvchi yoshlarni aniqlash va ularning iste'dodi va tashabbuslarini yuzaga chiqarish kabi amaliy ishlar 9309 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida tizimli ravishda yo'lga qo'yildi.

Bugungi kunda respublikada jami 62 mingdan ziyod qo'shimcha ko'makka muhtoj yoshlar «Yoshlar daftari»ga kiritilgan.

Samarqand viloyatida 9 573 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 279 nafar, Farg'ona viloyatida 6 122 nafar, Qoraqalpog'iston Respublikasida 5 787 nafar, Andijon viloyatida 4 778 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 504 nafar, Toshkent viloyatida 4 288 nafar, Namangan viloyatida 3 896 nafar, Xorazm viloyatida 3 609 nafar, Navoiy viloyatida 3 282 nafar, Jizzax viloyatida 2 993 nafar, Buxoro viloyatida 2 957 nafar, Sirdaryo viloyatida 2 477 nafar, Toshkent shahrida 2 230 nafar.

Joylarda amalga oshirilgan ishlar natijasida 2022-yilning o'zida yoshlar yetakchilari tashabbusi ostida:

-1 589 nafar yoshlar doimiy ish o'rinlari bilan ta'minlangan;

-1 951 nafar yoshlarga kredit ajratilgan;

-19 398 nafar yoshlarga yer ajratilgan;

- 691 nafar yoshlar «ustoz-shogird» an'anasi asosida hunarmandlarga biriktirilgan;

- 5 642 nafar yoshlarga subsidiya ajratilgan;

- 7 246 nafar yoshlarga (21%) ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko'rsatilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda jami 50 738 nafar (80,8 %) yoshlar ro'yxatdan chiqarildi. 2022-yilning noyabr oyi holatida «Yoshlar daftari»da 12 037 nafar fuqarolar ro'yxatga olingan. Bundan tashqari, o'tgan davrda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning 2 619 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o'tash badali hamda 1 506 nafariga haydovchilarni tayyorlash kurslarida o'qish xarajatlari qoplab berilgan. Shu bilan birga, «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning 390 nafariga ijara xarajatlari, 5 642 nafariga esa mehnat qurollari xarid qilish uchun bir martalik subsidiya ajratilishida yaqindan ko'mak ko'rsatilgan. Bundan tashqari, ishsiz yurgan yoshlarning bandligini ta'minlash masalasiga ham kun tartibida turgan asosiy masaladir. Bu borada, 3-sektor rahbarlari tomonidan mahalladagi hokim yordamchilari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida 64 379 nafar yoshlar va 12 483 nafar bitiruvchilar doimiy ish o'rinlari bilan ta'minlangan. Shuningdek, 32 666 nafar yoshlarga oilaviy tadbirkorlik bilan shug'ullanishiga, 63 026 nafariga esa tomorqadan foydalanishiga ko'maklashilgan. Bu ishlar mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning bir kichik qismi xolos.

Mazkur yuqoridagi amaliy ishlar oqibatida va jahonda yuz berayotgan globallashuv, madaniy almashinuvlar, iqtisod, ilm-fan, sport sohasidagi o'zaro aloqalarning kuchayishi va tezlashuvi, ko'plab aholi vakillarining ish, o'qish va turizm sohasida boshqa davlatlarga borish va chet el fuqarolarining bizning davlatimiz turmush-tarzi bilan yaqindan tanishish holatlarining kuchayayotganligi oqibatida o'zbek milliy mentalitetida, shu orqali ma'naviy-madaniyatida ko'plab o'zgarishlarga olib kelmoqda. Xususan, bugungi o'zbek yoshlarida ilm-fan bilan shug'ullanish, o'zini iqtidorini namoyon qilishga bo'lgan intilish, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lish uchun zamonaviy madaniyat namunalari bilan tanishish oqibatida ularda individualizmning ortishini yuzaga keltirmoqda. Bugungi jamiyat hayotida yoshlar hayot poygasida o'zining manfaatlarini jamiyat, jamoa manfaatlaridan ustun qo'yishi ko'plab kuzatilmoqda. Xususan, mahalla va oilada yosh avlodning o'zini kattalar oldida erkin tutlshi, ularning nasihatlaridan ko'ra o'z fikr va mulohazalarini to'g'ri deb hisoblashga urinishlarning ortishi kuzatilmoqda. Shuningdek, yoshlar mentalitetida axloqdan ko'ra huquqning ustunlikka erishayotganligi ham jamiyatda tup o'zlarishlarning amalga oshirilayotganligi bilan bog'liqdir.

Ma'lumki, zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda individual mehnat faoliyati bandlik muammosini yechishning samarali usullaridan biri hisoblanadi. Sh. Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag'ishlangan marosimdagi nutqida «Biz bundan buyon ham aholimizning daromadi va turmush darajasini muntazam yaxshilab borishga jiddiy ahamiyat qaratamiz. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning o'ziga xos yangi tizimi yaratilgan. «Ternir daftar», «ayollar daftari», «yoshlar daftari», «mehr daftari», «mahallabay» ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda» deb ta'kidlaydi. Mehnat jabhasiga mustaqil yo'l olgan yoshlar xarakteridagi ayrim o'zgarishlar professional faoliyatning yangi tamoyillarini yuzaga kelishiga sabab bo'lib, hulq-atvorning noan'anaviy strategiyasini namoyon qiladi. Shuning uchun, u faqatgina oilaviy shart-sharoitni yaxshilash vositasi hisoblanmay, balki iqtisodiyotni rivojlantirish mexanizmi sifatida ham namoyon bo'ladi. «Oilaviy biznes»da yoshlarning ijtimoiylashuvi ota-ona ta'siri doirasida ro'y berganligi bois, ulardagi iste'molchilik munosabatlari ko'lami kichik darajada bo'lishi mumkin. Shuningdek, ijtimoiylashuv jarayonida mehnatsevarlik, mas'uliyatlilik, muvaffaqiyatga erishish motivi kabi tushunchalarni anglanilishi o'spirinlardagi ijobiy shaxsiy sifatlarning shakllanishiga asos bo'ladi. Yoshlarning «oilaviy biznes»dagi ishtiroki ta'lim olishga xalaqit bermaydi, aksincha, ularga pul ishlab topish imkoniyatini yaratadi. «Oilaviy biznes» turli xil darajada sivilizasiyalashgan tadbirkorlikning shakllanishiga turtki beruvchi ijtimoiy muhitni yaratishi mumkin. Jumladan, oila a'zolari o'rtasida bandlikni samarali taqsimlash, ularni har birining qobiliyati, bilimi, tafakkuri, ma'lumotlilik darajasi va imkoniyatlarini ijobiy baholash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu bois, oila a'zolarining birida tadbirkorlik faoliyati uchun layoqat va tashkilotchilik qobiliyati bo'lishi shart. Tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatga erishish - maqsadga

intilishdagi matonat, tavakkalchilikka tayyorlik, o'ziga ishonch, moslashuvchanlik, shaxsiy javobgarlik hissi, kirishuvchanlik, turli ma'lumotlarni tez yig'ish va ulardan foydalanish qobiliyati kabi shaxsiy sifatlar majmuasining shakllanishiga bog'liqdir. Buning uchun, "oilaviy biznes» sharoitida, barcha shaxsiy sifatlarni o'zida jamlagan alohida bir kishining bo'lishi shart emas. Oiladagi har bir a'zoning kuchli va kuchsiz jihatlarini hisobga oigan holda, ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan rolini hamda shaxsiy salohiyatini maksimal darajada ochib berishga xizmat qiladigan bandlikni maqbul ravishda taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, yosh avlod kuch-quvvati bilan kattalar tajribasini muvofiqlashtirish ham samarali mexanizmlardan bin hisoblanadi. Xususan, yoshlardagi tez o'zlashtirish qobiliyati va innovasion salohiyat mavjud muammoni hal etish jarayoniga nisbatan standartlashmagan yondashuvni keltirib chiqarishi mumkin.

Natijalar

Tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo'naltirilgan dasturlar doirasida so'nggi yillarda 600 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga 15 trillion so'mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilgan. Aytish joizki, yurtimizda oilaviy tadbirkorlikning huquqiy asoslari bir qator me'yoriy - huquqiy hujjatlarda belgilangan. Yangi taxrirda qabul qilingan konstitusiyamizning 65-moddasida, fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste'molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga oigan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi Qonunning 7-moddasida jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshirish mumkinligi nazarda tutilgan. Qonunda belgilanishiga ko'ra, oilaviy korxonalar faoliyati sohasida yuridik shaxslar uchun belgilangan soliq yoki yagona yer solig'i to'lash nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin. Bunda oilaviy korxonalar faoliyatining asosiy sohalari iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, xizmatlar ko'rsatish va servis bo'yicha faoliyat hisoblanadi. Faoliyat turlari ro'yxatiga hunarmandchilik faoliyati ham kiritiladi. Oilaviy tadbirkorlikda mikrofirmalar va kichik korxonalarga o'xshash moliyaviy xujjatlar va statistik hisobotlar yuritadi. Oilaviy biznes ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro mehnat munosabatlari ular tomonidan mehnat qonunchiligiga asosan mustaqil ravishda tartibga solinadi. Oilaviy biznes va yollangan ishchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar esa mehnat qonunchiligida belgilangan mehnat shartnomasi bilan amalga oshiriladi. Oilaviy biznes ishtirokchilari esa nafaqat mol-mulki negizidagi er-xotinlar, balki O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksida belgilanganidek (57-59-moddalar) karindoshlik hamda quda-andachilik munosabatlarida bo'lgan mehnatga layoqatli yoshga yetgan oilaning boshqa a'zolari ham bo'lishlari mumkin [Ochilova, 2022:167]. Shuningdek, oilaviy biznes, hukumat tomonidan aniqlangan ro'yxatga ko'ra, o'zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'ati buyumlarini sotishdan olingan tushumlar bo'yicha yagona soliq to'lovini to'lashdan ozod qilinadilar.

Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini takomillashtirish kelajakda nafaqat oila rivojiga, balki mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik sohasida, ayniqsa qishloq joylarida barqaror yangi ish joylarini tashkil etish hisobiga, hozirgi vaqtda norasmiy sektorda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ishchi kuchlarni, shu jumladan mehnat shartnomasini rasmiylashtirmasdan tadbirkorlarga yordam berayotgan oila a'zolarini rasmiy bandlik sohasiga bosqichma-bosqich jalb etishni ta'minlaydi.

Bizning fikrimizcha, bugungi globallashuv jarayonlari davom etayotgan bir davrda, oilaviy biznesni rivojlantirish va ushbu sektorda ayollar mehnatining rolini oshirish masalalari davlatimiz iqtisodiyotining har tomonlama yuksalishida alohida ahamiyat kasb etadi. So'nggi yillarda ayollar mehnatidan foydalanish va bunday mehnatni samarali amalga tatbiq etish maqsadida bir qator me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ayollar mehnatini kengaytirish va imkoniyatlar yaratib borish borasidagi me'yoriy hujjatlar asosida iqtisodiyotni boshqarishni yangicha tashkil etishning eng zamonaviy uslub va qulayliklariga erishilmoqda. Shu nuqtai nazardan ayollarning jamiyatdagi o'rni, ularni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi hissasi to'g'risida mulohazalar bugungi kunda o'ziga xos dolzarbligicha qolmoqda.

Demak, bugungi kunda oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar mehnatining rolini oshirish va uni amalda keng qo'llashning huquqiy jihatlari bo'yicha orttirilgan ijobiy tajriba mavjud, ammo ayollarning mehnat faoliyatlarini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshiriladigan vazifalar ko'lamini kuchaytirish, qolaversa, eng muhimi uni huqumat tomonidan qo'llab-quwatlash tizimini kengaytirish zarur.

Ayollar mehnatini erkaklar bilan teng tarzda tashkil etish hamda ularga teng sharoitlar yaratish bo'yicha huquqiy asos albatta yangi taxrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilab qo'yildi. Xususan, yangi taxrirda qabul qilingan Konstitutsiyaning 53 moddasida «Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi» deb belgilab qo'yildi [Korneyeva, 2005:184].

Yoshlar bandligini ta'minlash, ularni ertaroq biror faoliyat, ayniqsa tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun ko'maklashilsa ularning bo'sh vaqti bo'lmaydi. Aynan doimiy ravishda biror faoliyat bilan band bo'lgan yoshlar turli buzg'unchi g'oyalar ta'siriga tushmaydi hamda jamiyat uchun namuna bo'ladigan, ijobiy natijalar olib kiradigan namunali shaxs bo'lib shakllanishiga imkoniyat poydo bo'ladi [Amirovna, 2022: 7]. Tahlillarning ko'rsatishicha jamiyatimizda yoshlar o'rtasida sodir etilayotgan ko'plab jinoyatlar aynan bandligi ta'minlanmagan yoshlar o'rtasida sodir etilmoqda. Shu sababli ham yoshlarning ma'naviy madaniyatini shakllantirishda tadbirkorlik omilini xisobga olish lozim.

Xulosa

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, yoshlarning ma'naviy madaniyati - bu jamiyatda qaror topgan tarbiya vositalari orqali shakllangan, shuningdek, yoshlar tomonidan ijobiy qabul qilingan, ularning hayotiy faoliyat ko'rinishiga aylangan ma'naviy madaniyatning ajralmas qismi xisoblanadi. Bu yoshlarning ma'naviy madaniyatini yuksaltirishda xususiy tadbirkorlik va ishbilarmonlikning o'rni o'zaga xos xisoblanadi. Sababi yoshlar ertaroq iqtisodiy bilimlarni egallasa ularni jamiyat hayotida sodir bo'layotgan iqtisodiy islohotlarni ongli va chuqur anglab olish imkoniyati paydo bo'ladi va ular jamiyat uchun ijobiy shasga anglanadi.

Yoshlarning ma'naviy madaniyatini yuksaltirishda, ularning jahon yoshlari orasida raqobatbardosh avlod bo'lib voyaga yetishida iqtisodiy islohotlarning o'rni katta. Yoshlarning hayotda o'z-o'ziga ishonch xissi orqali faoliyat olib borishlarida, ularning iqtisodiy bilimlari, égal lagan ko'nikmalari yetakchi o'rin tutadi. Shu sababli ham mamlakatimizda yoshlarning iqtisodiy bilim olishlari va jahon iqtisodiyotida, tadbirkorlik faoliyatida qanday yangi o'zgarishlar sodir bo'layotganligini doimiy ravishda yetkazib borish va bu bilimlar bilan qurollantirish zarur va shartdir.

Adabiyotlar ro'yxati

1. Behbudiy M. (1999). Ehtiyoji millat. -Toshkent: Ma'naviyat.

2. Xamroyev X. (2010). Tadbirkorlik asoslari. - Toshkent: Yangi nashr.

Mlrziyoyev, Sh. (2021, aprel 20). Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quwatlash va bandligiga ko'maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida. https://lex.uz/docs/5382151

3. Mlrziyoyev, Sh. (2021, aprel 20). Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quwatlash va bandligiga ko'maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida. https://lex.uz/docs/5382151

4. Yosh tadbirkor. https://voshtadbirkor.uz/

5. Ochilova G. (2022). Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarda tadbirkorlik qobiliyatlarini shakllantirish mexanizmlari. Arxiv nauchnbix issledovaniy. 1.167.

6. O'zbekiston Respublikasi Konstitutisiyasi. (2023). https://lex.uz/docs/6445145#6445421

7. Korneyeva T.S. (2005). Mentalitet kak sosiokulturnbiy fenomen: Filosofskiy analiz: dissertatsiya ... kandidata filosofskix nauk. - Yekaterinburg: 184.

8. Amirovna, Z. A. (2022). Theoretical and Practical Aspects of Environmental Ethics of their Manifestation in Society. 7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.