XURSHID DO'STMUHAMMAD QISSALARIDA XARAKTERLAR TASVIRI
SABIRDINOV Akbarali
filologiya fanlari doktori, Farg 'ona davlat universiteti professori MAHMUDBEKOVA Hilolabonu
Farg 'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti
d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-352-357
ANNOTATSIYA Maqolada Xurshid Do'stmuhammad qissalarining zamonaviy
o 'zbek adabiyotida tutgan o 'rni yoritilgan. Yozuvchi asarlarining o'ziga xos jihatlari, badiiy mahorat qirralari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: qissa, epik tur, psixologik tahlil, ruhiyat, syujet, badiiy g'oya, konflikt, proza, mahorat.
Fergana State University Fergana, Uzbekistan Abstract The article ABSTRACT describes the role of Khurshid Dostmuhammad's short stories in modern
Uzbek literature. The unique aspects of the writer's works and the facets of his artistic skills are highlighted.
Key words: short story, epic type, psychological analysis, psyche, plot, artistic idea, conflict, prose, skill.
KIRISH (Introduction)
Qissa janri keyingi davrda milliy adabiyotlarda adabiy jarayon manzarasini belgilab bermoqda. O'zbek adabiyotida esa ushbu janrning gullab -yashnashi o'tgan asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Qissa obyekti bo'lgan qahramon jamiyat bilan faol munosabatga kirishgan payt o'zini nimalar kutayotgani haqida hech qanday tasavvuri bo'lmaydi. U kelajakka qanchalik ishonch bilan qaramasin, o'z taqdirining qanday hal bo'lishini oldindan bilolmaydi. Shunday ekan, shaxsning muhit bilan to'qnashuvi yuz beradi. Qissaga xos yana bir xususiyatlardan biri shundaki, bu janr talabiga ko'ra asar markaziga qo'yilgan muammo yoki masala faqat bir shaxs bilan bog'liq bo'ladi. Ana shu muammo hal bo'lishi bilan asar sujeti ham o'z nihoyasiga yetadi.
A. Xolmurodov "O'zbek qissachiligi: taraqqiyot muammolari" nomli filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasida realistik qissa qahramonlari aksar asar mualliflari bilan zamondosh bo'lib, bunday qissalarda badiiy
352
to'qima, tipiklashtirish elementlari ustunlik qiladi. Bu esa ushbu tipdagi qissalarda naturalizm emas, realizmning o'rin egallashiga zamin bo'ladi. Mumtoz qissalarda an'anaviy qahramonlar asosan romantik ideal nuqtayi nazardan tasvirlangan. Zamonaviy qissalarning qahramonlari esa tevarak-atrofímizdagi real hayotdan olingan oddiy odamlardir. XX asrda yaratilgan qissalarda hayotga yaqinlik, ijtimoiy-psixologik tasvir prinsplariga murojaat etish paydo bo'la boshladi" [1;14] deya yozadi. Haqiqatan ham so'nggi paytlarda yaratilayotgan qissalarda oddiy odamlarning hayotini tasvirlashga e'tibor qaratilayotganini ko'ramiz. Ana shunday qissanavislarimizdan biri Xurshid Do'stmuhammaddir.
Adib bu janrga mehri tushgani, unga ishtiyoqi balandligini quyidagicha ta'kidlaydi: "Badiiy adabiyotda janrning yaxshi-yomoni yo'q. Roman salmoqdorligi bilan hikoya ixchamligi bilan o'ziga xos. Qissa esa romanga, hikoyaga nisbatan erkinroq, erkaroqligi bilan jozibali, ko'ngilga yaqin. Bir taqdir, biror voqea-hodisa, birorta g'oya yoki faraz haqida so'zlashga kirishdingizmi, qissa yaratilyapti deyavering!..." [3;7]
MUHOKAMA
Adib barcha qissalarida qahramon qiyofasini, uning xarakteri qirralarini keng tasvirlashga alohida e'tibor qaratadi. U turmush voqealarini personajlarning turli vaziyatdagi holatlari, kechinmalari bilan bog'lab tasvirlaydi. "Nigoh" dagi Bek ham, "Panoh"dagi Ahmadali ham, "So'roq"dagi Bozorboy ham, "Oromkursi" dagi Ko'klam Tongotarov ham ko'pchilikning biri bo'lib oramizda yashamoqda. Muallifning boshqa qissalaridagi adabiy qahramonlarning hayoti va kechinmalari ham har birimizga tanish holatlarni eslatadi. Muallif yaratgan qahramonlar uzoqda emas bizning oramizda ekanligini anglaymiz. Ularning boshidan o'tayotgan hodisalar, o'y-fikrlar har birimizning ichimizda bo'lgan va bo'lishi mumkin bo'lgan holatlar ekanligini his qilamiz. Adib asarlaridagi bu kabi tasvir uslubi o'zbek adabiyotida hayot hodisalari va inson obrazini gavdalantirish, insonning ichki olamiga kirib borishda dadil izlanishlar kechayotganidan darak beradi.
Xurshid Do'stmuhammadning "Nigoh" qissasi ham psixologik tasvirlarga to'la ekanligi bilan diqqatimizni tortadi. Qissaning bosh qahramoni Bek ismli tramvay haydovchisi. Asar voqealari tramvayning "Volga"ga urilishi bilan boshlanadi. Avvaliga Bek bu voqeaga zarracha aloqasiz odamdek pinagini buzmadi. "Qoziqdan otilib oyog'I ostiga tushgan haltasiga, undan yarmi ko'rinib qolgan qora muqovali qalin kitobga beparvo qaradi... Vagon ichidagi, tashqaridagi g'ala-g'ovur, shovqin quloqqa elas-elas chalinayotganday bazo'r eshitilardi. Kabina eshigi oynasiga tumshug'i bilan kelib urilgan o'rta yoshlardagi semiz kishi gavdasini tutolmay yon tomonga ag'darildi. Bek sekinlatib ko'rsatilayotgan teletasvirni tomosha
353
www.birunijournal .uz
qilayotganday uni bamaylihotir, hatto qiziqib kuzatdi".[3;26] Asardan keltirilgan parchadan ham bilinib turibdiki Bek loqayd, beparvo kishi. Volga ichidagi ayolning kasalxonada yotganini bila turib undan hol -ahvol so'rashi kerakligini his qilmasligi jamiyatdagi insonlarga nisbatdan ham beparvoligini ko'rsatadi. Lekin shunday bo'lsa-da u oilasiga farzandlariga nisbatan mehribon. Yozuvchi ushbu qahramonni salbiy jihatlarini ham ijobiy tomonlarini ham mahorat bilan tasvirlaydi. Qahramon xarakteridagi bu jihatlar har birimizning ichki olamimiz mukammal emasligini, hammaning ham yaxshi va yomon tomonlari borligini yodimizga soladi. Muhimi shu salbiy jihatlarimizni vaqtida anglab, tuzata olishimizda. Qissa qahramoni Bek ham "o'suvchi" personaj hisoblanadi. Ya'ni asar boshidagi beparvo, loqayd Bek qissa so'nggida o'z-o'zini taftish qiluvchi obrazga aylanganligining guvohi bo'lamiz. Zero, "Psixologik tahlil va obrazning o'z-o'zini taftish qilishi singari usullar ham ruhiy tasvir puxtaligiga xizmat qiladi".[2;206] Qissada muallif o'z fikrlarini Amaki obrazi orqali ifodalaydi: "Qayoqqa qochasan o'g'lim?.. Ta'qib etuvchi nigohlarni unutish mumkin, ammo ulardan qochib qutulishning chorasi yo'q. Uqdingmi?.. Hech kim... Biron lahza bo'lsin, o'sha nigohlarni unutdingmi-bas, noqobil ishlar kelib chiqaveradi... har kim umr bo'yi qandaydir nigohlar kuzatuvida yuradi, ularni unutgan imonidan ayriladi, qadr-qimmatini oyoq osti qilgan odamgina ulardan qochadi, qochmoqchi bo'ladi..."[3;93] Bu fikrlar har birimizni o'ylashga majbur qiladi.
" Nigoh" - ko'p jihatlari bilan yangi ruhdagi qissa. Dil jarayonlarini tasvir markaziga olib chiqish, ulardagi o'zgarishlarning qatlamlariga yanada chuqurroq kirishga intilish, majoz va ramzlardan foydalanish va bu vositalar yordamida inson qalbidagi kechinmalarni izchil o'rganish asar badiiyligini o'ziga xos belgilaridir.
X.Do'stmuhammad asarlarida, xususan qissalarida asosiy g'oyalar qahramonlar xarakteri orqali insonning ko'ngliga kirib borishi bilan ta'sirlidir. Ijodkor ham milliy adabiy an'analarni, ham jahon adabiyoti tajribalarini puxta o'zlashtirib adabiyotimizga yangicha uslublar olib kirayotgan adiblarimizdan hisoblanadi. U o'z so'ziga, o'z uslubiga ega bo'lib, yaratgan qahramonlari orqali insonning ichki olamini ochib bera oladi.
Xurshid Do'stmuhammadning "Xijronim mingdir mening" qissasi oshiq va mashuqaning ko'ngil izhorlari bitilgan maktublardan iborat. Adabiyotimizda maktublardan iborat asarlar talaygina. Lekin "Xijronim mingdir mening" qissasi konfliktlarning yo'qligi bilan ulardan farq qiladi. Bu haqida Umarali Normatov shunday deydi: "Biz ko'p yillar "konfliktsizlik nazariyasi"ga qarshi jang qilib keldik, har bir asarda albatta jiddiy "konflikt", "jang uchun asos" bo'lishi zarur degan da'voda yurdik. Endi o'ylab qarasak, bu shart emas ekan; jahon adabiyotida shunday
354
www.birunijournal .uz
noyob badiiy obidalar borki, ular tayinli hayotiy ziddiyatlardan, o 'tkir konflikt-intrigalardan holi; shunga qaramay ularda inson tabiati, qalbi qoyilmaqom qilib ochilgan" [4;199] Haqiqatan ham ushbu qissada konfliktni uchratmaymiz. Yigit va qiz bir -birlariga ezgu tuyg'ularni izhor qiladilar. Qissani o'qigan kishi ikki oshiq orasidagi baxtiyor damlarni kuzatar ekan ko'nglining bir chekkasida ajib xavotir sezadi. Go'yo ular visolga emas, hijronga mahkumdek, bordiyu ular visolga erishishsa barchasi barbod bo'ladigandek tuyuladi. Ushbu qissa va uning mantiqiy davomi hisoblangan "Men- Sensiz, Sen-mensiz" qissasini nafaqat yozuvchi ijodi, balki hozirgi o'zbek lirik prozasining ham go'zal namunalari deyishimiz mumkin. Yozuchining sevgi falsafasiga doir ushbu qissalari o'zbek badiiy nasrida ruhiy hayotga e'tabor kuchayganini ko'rsatadi.
XULOSA (Conclusion)
Xulosa qilib aytganda, iste'dodli yozuvchi Xurshid Do'stmuhammadning qissalari yangicha uslubda yaratilganligi bilan istiqlol davri o'zbek nasri taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotshunos Marhabo Qo'chqorova ta'kidlaganidek: " Xurshid Do'stmuhammad nasri o'quvchini mudom o'ylantirib , mulohaza yuritishga , kitobxonni faol fikrlashga o'rgatuvchi intellektual jihatdan baland ijod"
ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)
1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),
2. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).
3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).
4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.
5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.
6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.
7. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного
556-559.
355
www.birunijournal .uz
университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.
8. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.
9. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.
10. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.
11. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.
12. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.
13. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.
14. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.
15. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).
16. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.
17. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.
18. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.
19. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.
20. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.
21. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.
356
22. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.
23. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.
24. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.
25. Sabirdinov, A. (2019). Sketches to the novel "Night and day" by Chulpan. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 119-120.
26. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of Characters in Utkir Hoshimov's Story "Yanga" International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(6), 196-200.
27. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664.
28. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.
357