Научная статья на тему 'O‘ZBEK QISSALARIDA KONFLIKT'

O‘ZBEK QISSALARIDA KONFLIKT Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
918
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konflikt / syujet / realism / detal / xarakter / qahramon / epizot / persanaj.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raximov Shuxratbek Amanboyevich, Mamadaliyeva Mashhuraxon Erkinjon Qizi

Ushbu maqolada konflikt asarning janr xususiyatlariga va muallifning maqsad va uslubiga qarab turli-tuman ko‘rinishlarga ega ekanligini hozirgi o‘zbek qissalari misolida ko‘rib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK QISSALARIDA KONFLIKT»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

O'ZBEK QISSALARIDA KONFLIKT

*

>

Raximov Shuxratbek Amanboyevich Mamadaliyeva Mashhuraxon Erkinjon qizi

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 44-IDUMning ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7295875

P-<\ > Cj )><#

Annotatsiya: Ushbu maqolada konflikt asarning janr xususiyatlariga va muallifning maqsad va uslubiga qarab turli-tuman ko'rinishlarga ega ekanligini hozirgi o'zbek qissalari misolida ko'rib chiqildi.

Kalit so'zlar: konflikt, syujet, realism, detal, xarakter, qahramon, epizot, persanaj.

W2Í

T c^iw,™™ ^t^™"1 A^™ U^aïu.

I Sultonning 'TConffikt - syujetning c^arn"1 - degan gapidan taflUctnmg badiiy

asarda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini bilib olsa bo'ladi. Agar badiiy asar ziddiyatlar asosiga qurilmasa, bunday asarning saviyasi yuqori bo'lmasligi bizga tarixdan malum. Masalan, sotsialistik realizmning ilk bosqich davrini olaylik,

»

m?

hukmron mafkura tomonidan sotsialistik realizm metodining o'ylab chiqarilishi adabiyot uchun juda katta salbiy tasir ko'rsatdi. Bu davrga kelib badiiy asarlarda konfliktning kuchsiz ko'rinishga kelganligini o'sha davrda yaratilgan asarlardan hammaga malum. Akademik Matyoqub Qo'shjonov o'sha davrlarni keyinchalik

yodga olar ekan, quyidagi fikrni bildiradi. "Qirqinchi yillarning oxirlari, elliginchi

........... , ., ..... . . .

yilning boshlari. Adabiyot va sanatda mashum "konfliktsizlik nazaryasi"ning ayni

avjiga chiqqan bir paytlari. "Hayotni real aks ettirish kerak" deyishning o'rniga uni "mana bunday ko'rsatish kerak, mana unday aks ettirish kerak" deydigan davolarning oshib-toshib yotgan davri. Yozuvchi qaysi tomonga qaramasin "mumkin emas" degan belgilar katta harflar bilan yozib qo'yilgan bo'lar edi. Bu

m

xildagi y°zuvlar qatorida nimalar mumkin ekani ham ko'rsatilgan bo'lar edi. Yozuvchi shularga qarab asar yozishga majbur edi"2. Olimning fíkrlariga tayanib shuni aytish mumkinki, mavjud tuzum nafaqat adabiyotni, balki sanatning barcha J-jt turlarini bosim ostida ushlab turishi sanatning barcha turlari uchun katta salbiy ta'sir ko'rsatdi. Millat ruhini ko'rsatib beruvchi adabiyotni madhiyabozlikka aylantirishga harakat qilindi. Buning natijasida adabiyotda "konfliktsizlik nazaryasi" vujudga keldi. Misol uchun, o'sha davrda yaratilgan G'. G'ulomning "Yodgor" qissasini

! !>»

ko'rib chiqsak, unda konfliktsizlikni yaqqol ko'rishimiz mumkin. Masalan, qissada ;-

. Izzat Sulton. Adbiyot nazaryasi. Oliy va o'rta mahsus talabalari uchun datslik. T: O'qutuvchi nashryot-Matbaa ijodiy uyi. 2005-y. B. 109.

M. Qo'shjonov "Abdulla Qahhor mahorati". Monografiya. T: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san at nashryoti. 1988-y. B. 181.

slr^ P d J^jW-

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

uylanmagan yigit Jo'rani uyiga bir begona bolani o'z o'g'lim deb ko'tarib kelish

voqealarini o'qiyotgan o'quvchi bu narsa katta zidiyatlarga sabab bo'lishi mumkinligini xayolidan o'tkazadi, ya'ni bu narsa bizning mintaletimizga to'g'ri

kelmaganligi uchun oila a'zolari undan yuz o'giradi yoki qattiq tanqidiga uchraydi,

3N)

degan taxmin xayolizdan beixtiyor jonlanadi, ammo siz kutgan natija yuz bermaydi, uning oila a'zolari nomigagina norozi bo'lib, bolani qabul qilishadi. Ammo qissada butunlay konflikt yo'q deb ham bo'lmaydi. Qissada ziddiyatlari ham uchrab turadi.

! \m-

Ammo bu zidiyatlar o'ta keskinlashmasdan o'z yechimini topib ketadi. Shunday qilib, sotsialistik realizmning ilk davri prinsipiga binoan, har qanday odamlarni asarlarda baxtli deb tasvirlanishini, ziddiyatlarni o'ta keskinlashib ketmasligini "Yodgor" qissasi misolida ko'rishimiz mumkin.

Mustaqillik davri o'zbek adabiyotida epik turning rivojlanib borayotgani quvonarli hol, albatta. Bugungi kun o'zbek xalqining hayotida yuz berayotgan hodisalarni badiiy yo'sinda adabiyotda aks etib borishi epik turning bir janri sifatida

mfPnAnl 1 l/^rl n n o m \t-<-w cm fo n n I onnrli r\iofin1ar r\mia+irln +n1nm ml rv o n V/^n "M 1

qissachlikda ham ko'zga tashlanadi. Qissalar syujetida talqin qilinayotgan konflikt,

avvalo, insonning ong oqimiga tasir o'tkazmoqda. Bu qissalarda hayotning murakkab qirralari, shaxs va jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlar, insonning botiniy olamidagi konfliktlar teran talqin etilmoqda. Sanatkorlar davr talabidan kelib chiqan

holda ijod qilmoqdalar. Ularning ijodiga nazar solsangiz, avvalo, shunga amin bo'lasizki, ular inson muammolarini ko'tarib chiqishdan to'xtab qolgani yo'q. Bu o'rinda hozirgi o'zbek adabiyotida malum darajada o'rin tutayotgan Abduqayum Yo'ldoshevning "Yurakdagi iz" qissasini qisqacha ko'zdan kechirib o'taylik.

Qissada inson taqdiri bir maromda kechmasligi, u hayot davomida turli sinovlarga uchrab, shu sinovlar oldida ojiz qolishi mumkinligi ko'rsatilib o'tiladi.

Oi nnn nnlirnmAm Unimf Innrl 1-r* r\\r\-tr\f^ aut aaIo^i nmnrr Kit* m o rrv m rl o Va aIt ot rrvf n-n-n

Qissa qahramoni Erjigit taqdir oldida ojiz qoladi, uning bir maromda kechayotgan hayoti kutilmaganda turli muammolar girdobida qoladi. Erjigit obro'li oilada tug'ilib o'sgan, boshqa yoshlar kabi uning ham qalbi orzu-umidlarga to'la edi, ammo uning bobosidan meros qolgan qobiliyat, uning hayotini zulmatga qarata otib tashladi (bobosi odam ko'rmasa kasal bo'li qolardi, ya'ni u hozirgi til bilan aytganda ekstrasens edi). Erjigitga avvallari yaxshi munosabatda bo'lgan atrofdagi kishilar uning dardi nimadaligini tushunmay turib, Erjigitni jinniga chiqarib qo'yishi uning

rv^-f iT-nrrtVinT r rv T r-»V\ n 1 I I /~l n I'i'i I n I'll 1 n rr kllM/lrtir m I 111 n n K r>+1 /~l n 11 -ril Knu

ruhiyatiga tasir o'tkazmay qo'ymadi. U odamlarning bunday munosabatidan ruhan

azob chekadi. Hatto, turmush o'rtog'i ham unga "jinniga" qaraganday munosabatta bo'lishi, uning oilasini tashlab sarson kezishiga sabab bo'ldi. Erjigitni hayotidagi bu kabi muammolar uning hayotga va insoniyatga bo'lgan munosabatini butunlay

1W"

! K*

o'zgartirib yubordi va uning qarashlarida konflikt yuzaga keldi. Bu konflikt uning ichki olamini ko'rsatib turadi. Asar kulminatsiya tomon borar ekan, unda Erjigitning

IVI IIV I Wl Cll I 111 11 JVW 1 JCllI U I Lll OXU . JCll IV Lll I I II I ICllJIJ CI IUIIIUII UUI Cll VJVClll, UJ.1U.CI -L^IJ Igl llllUg

ruhiy olamini sezib boramiz. Erjigitning o'zi bilmagan holda bir oilani badnom

qilishi va shu qilgan ishi natijasida ruhiyatida kuchli ichki konfliktning yuzaga keladi.

31><}>

u>,* ^ №

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

Tabiatan sodda, halol bo'lgan Erjigitni taqdir o'z izmiga solib, uni har tomonga

#

>

uloqtiradi. U taqdir izmidan qochib qutilishning ilojsizligidan qiynaladi, bu qiyinchiliklardan qutulishning faqat bir yo'li, ya'ni u ham bo'lsa, o'lim ekanligini tushunib yetadi. Erjigitni atrofidagilari unga ishonchsizlik bilan qarashidan, u ishongan odamlar esa o'z manfaatlari uchun undan foydalanishga uringanligidan azoblanib yashadi va shu azoblardan qutilish uchun o'limni tanladi. Ko'rib turganimizdek, "Yurakdagi iz" qissasining syujetini harakatga keltiruvchi asosiy ziddiyat bu ichki konflikt, bunday o'tkir ziddiyatli ruhiy konfliktlarni biz Nazar

j j j j

Eshonqulning "Tun panjaralari" va "Qora kitob" kabi qissalarida ham kuzatamiz.

Kulman Ochilning "Qasd" qissasini ko'zdan kechirsangiz unda konfliktning o'tkir qirralariga duch kelasiz. Qissaning nomi va epigrafi (Bul odam o'lmay qo'lga tushmaydi) orqali ham qissaning naqadar o'tkir syujetga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin. Qissadagi personajlarning o'rtasidagi o'zaro ziddiyatlar, qissa personajlarining ichki dunyosini ochishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi.

r^innn гл о nt*n mrvm Trill or nm rAmi/in r\ ' n 1 ли m о К I/ al rrnn птлпм nrmi 11 m 1

Qissa qahramoni yillar davomida o'zini qiynab kelgan azobli xotiralarini o'limi

oldidan matbuotga maktub qilib yo'llaydi. Qahramonni yoshlikda qilgan mudxish jinoyati umri davomida uni vijdon azobida qiynab kelgan. U qilgan ishidan pushaymonlik ruhida ekanligini "Qasd va alam o'tida yonib, o'zimni hadsiz ranj-u

»

m?

alamlarga giriftor qildim. Aql idrok bilan qilgan tadbirim meni adolat va hidoyat yo'liga olib chiqadi, deb o'ylagan edim. Kushoyim topish o'rniga, talvasa girdobiga cho'kib ketdim.

*<j I > | к "

Bu kun g'am va anduh, xastalik va keksalik ham vujudimni, ham shuurimni beayov yemirmoqda. Yo'q, kemirmoqda", -degan gaplaridan ko'rib turamiz. Qissadan olingan bu parcha konfliktning ilk ko'rinish tugun vazifasini ham o'taydi.

Uning bir maromda kechayotgan hayotini ukasi Bobodo'stning Qambar bilan to'qnashuvidagi halokatli o'limi alg'ov-dalg'ov qilib tashladi. Domla, avvaliga, "ukamning xunini olaman, deb o'lib turganim ham, bunday dardisarliklarga tobi toqatim ham yo'q edi", - deydi, ammo uni aka-ukalardan ukasi uchun qasd olishga

'M

undagan bir necha omilar bor. Qambarning akasi Bozor ukasining bu jinoyatini amal kursisidan foydalanib, bosti-bosti qilib yuborishi, domla na ichki ishlar, na aka-ukalardan sado chiqmagandan so'ng, yuqoriga yozganida yuqoridan ham tuzukroq

J-jt

l-\ 1л Г» ' 1 «Tl n /vn 11 1 n in l-\ n -I 11 ГГ ГГ/Л 'т ГГ» "/Л/1 r»mr>1 /ЛШПП 1 "1 О 1"Ч "111 7~-f\ 1 тпп1лп17" -t--» ;--

javob bo'lmagani, Qambarning go'yo "odamni emas, besar mushukni, mushuk nima,

ko'lmakdagi qurbaqani bosib ketgan kabi. Hech vaqo bo'lmaganday ishiga - elektr

tarmoqlari idorasiga qatnab, avvalgiday to'yma-to'y ichib yurishi, otasini va i 1 > '-ifr''' ^^ I 1 >

yaqinlarini dashnomlari, mahalla oqsoqoli Eshon sho'ro elchi bo'lib borganda

! И*

Bozorning "Qoraqo'ng'izdan ham, bolasidan ham qo'rqadigan joyim yo'q", - deb otasini va o'zini haqorat qilishi, Bobodo'stning xotini bilan Bozorning o'ynash tutingani haqida mish-mish tarqalishi kabilar akaning nafaqat Qambarga, balki uning

, 1 •____• ,___________,-u _ j: л /г ____J • ;JJ: ___:

akalariga nisbatan ham qasos olish uchun yetaklaydi. Muallif asardagi ziddiyatlarni

Ы> 3 ]> <}>

а j

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

shunday holatlar bilan isbotlab boradi. Bu esa asar voqealarini ishonarli chiqishini

#

ta'minlaydi.

"Qasd" qissasi qahramoni kabi o'z jigarini ayanchli taqdiri uchun achchiq alamlar girdobida qolib, uning xunini olishga bor vujudi bilan kirishgan qahramonni biz Xurshid Do'stmuhammadning "Chayongul yoxud quyi qishloqcha qotillik" qissasida ham uchratishimiz mumkin. Hali maktabni bitirishga ulgurmagan yosh Gulshodning Ashur tomonidan zo'rlanishi va Ashurning oilasidagilar uning Ashurga

! Ш-

olib berishdan bosh tortishi, Gulshodning oriyat kuchidan o'z joniga qasd qilishiga olib keladi. O'z jigarini bunday xo'rlangan holda vafot etishiga tabiatan badjahl bo'lgan Gulgun tek qarab turolmaydi, avvaliga u ham domla kabi ichki ishlar xodimlariga murojaat qiladi, ulardan hech qanday naf chiqmagandan so'ng singlisi uchun o'zi o'ch olishga kirishadi. G'azab va alam Gulgunni qo'liga qurol olib Ashurlar xonadoniga yetaklaydi natijada Ashurlar oilasida ham bir kishining umri ayanchli tarzda yakun topadi.

С^К.Ч- П',лпг t,,r,,rmiO" nirrnmrln A.lnlomM^, r,

Sobir O'nar "Dunyo shundoq tururmi?" qissasida yosh oilalarning arzimagan

sabablar buzilib ketishi tanqid ostiga olinadi. Asarda yuz bergan ziddiyatlar ,asosan, er-xotin o'rtasida yuz beradi. Yozuvchi shu bir kichkina oila orqali hozirgi vaqtda yosh oilarida yuz bergan muammolarni ko'tarib chiqdi. Mag'rifatni xonadonni pokiza

»

tutmasligi, kirlarni bir haftalab, kerak bo'lsa oylab yuvilmasdan tog'orada turishi, eri cho'ntagini tikib ber - deb bergan shimini bir hafta bo'lsa ham tikib qo'ymagani Shirinqulning xotiniga nisbatan sovuq munosabatda bo'lishiga sabab bo'ladi, natijada er-xotin o'rtasida janjal chiqadi. "Dunyo shundoq tururmi?" qissasida S. O'nar er-xotin o'rtasidagi murakabli o'zaro munosabatlarini tasvirlash orqali ijtimoiy konfliktni badiiy tarzda mahorat bilan ko'rsatib bera olgan. Bu kabi oilada ya'ni er-xotin o'rtasida yuzaga kelgan ziddiyatli to'qnashuvlarni biz O. Yoqubovning "Qanot juft bo'ladi" qissasida ham kuzatamiz. "Qanot juft bo'ladi" qissasida oltmishinchi yillarda yoshlarning zamonaviylikka intilishi garchan oilali bo'lishiga qaramasdan Sayyorani ham chetlab o'tmaydi, uning qalbida yuzaga kelgan yengil-yelpi hayotga bo'lgan muhabbat oilaviy tuyg'ulardan ustun keladi. Shu tufayli u Akramning rashki kelishiga qaramasdan har xil bazm-jamshidlarga borishdan o'zini tiya bilmaydi. Akram tabiatan og'ir bosiq bo'lganligi tufayli xotinining bu qiliqlari uning uchun

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

J-jt

—— n n 1л 'I 11л it nl ЛЛ1 С1лп Im 1л 1 +nnHiiiiiv»AT7r\Uil ilrmi* пп1лг>1л1 1 i i I n i- г» ' nm /1 n тп

ahmoqona bo'lib tuyiladi. Shu kabi tushunmovchiliklar sababli ular o'rtasida yuzaga

ш

kelgan konflikt qahramonlar xarakterini ochib boradi. "Qanot juft bo'ladi" qissasida

Akram va Sayyora bir-birini tushunmasdan oila tinchligiga putur yetgan bo'lsa ham,

J "1 > ' ^^ \ "1 >

ular hayotning o'zi o'ylaganday emasligini tushunib yetadilar va asarning yechimida

iw-

! и*

ularning oilasi tiklanganini ko'ramiz. "Hayot shundoq tururmi?" qissada Shirinqul bilan Mag'rifatning zil ketgan oilasi qayta tiklangani bilan uning oxiri fojia bilan, ya'ni Mag'rifatning o'limi bilan yakun topadi. Qissa syujeti shu kabi ijtimoiy konfliktlar asosida harakatlanib boradi.

за g > j

ы> >>

* : >

PV

>>

Ы J> 1

Я>

>3» Ы y! J>i> >j*

>

)>

Ы* Ы>

! >i>

i i

J>

i >4>

+И >

Щ »

ш

j

-иф *ф>

Ы > i >i>

* - i>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, konfliktsiz badiiy asar yasholmaydi, yozuvchining asosiy maqsadi ham o'z asarlarida ma'lum bir davrning ijtimoiy konfliktlarini ifodalashdan iborat. Shu ijtimoiy konfliktlar orqali san'atkor asar yoritayotgan davrga o'z munosabatini bildiradi, davr kishilarining xarakterini ochib beradi. Yuqorida keltirilgan qissalarimiz ham ma'lum bir davr va muhit kishilarining turmush-tarzi, o'y-xayollarida yuz berayotgan ijtimoiy konfliktlarni yoritib bergan. Bu qissalarida yoritilayotgan konliktlar teran va ahmiyatli ekanligi, shubhasiz. Masalan, A. Yo'ldoshevning "Yurakdagi iz" qissasida konflikt,asosan, inson va muhit orasida yuz beradi, Erjigit kelajagida amalga oshirmoqchi bo'lgan orzu-umidlari birgina bobosining o'limidan oldin, uning og'ziga tupurib qo'yish bilan sarobga aylanadi. Shu kichkina detal orqali qahramon orzulari chilparchin bo'ladi. U bu taqdirga qanchalik qarshi chiqib o'zgartirishga harakat qilmasin, buning uddasidan chiqa olmaydi. Q. Ochilning "Qasd" va X. Do'stmuhammadning "Chayongul yoxud quyi qishloqcha qotillik" qissalarida esa konflikt,asosan, shaxslar o'rtasida yuz berib, g'azab va alam ko'zlarni ko'r qilishi, odamni insoniylik yiroqlashtirib qo'yishi mumkin ekanligini ko'rish mumkin. S. O'narning "Hayot shunday tururmi" qissasida esa bugungi hayotimizda yuz berayotga ijtimiiy konfliktlar teran badiiy ravishda yoritilib berilgan. Shunday qilib konflikt badiiy asarlar ko'lamini belgilab turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I. Sulton. Adabiyot nazaryasi. - T.: O'qituvchi nashriyot - Matbaa ijodiy uyi, 2005.

2. M. Qo'shjonov. Abdulla Qahhor mahorati. Monografiya - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti, 1988.

3. U. Rasulova. Qissalar tahlili. Maqola. // Sharq yulduzi, 2016, 4-son. B, 128-131.

4. Odil Yoqubov. Saylanma. Uch jiltlik ikkinchi jilt. Roman va qissa. - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1986.

5. X. Do'stmuhammad. Chayongul yoki quyi qishloqcha qotillik. Qissalar. - T.: "Sharq" nashryot - matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2011.

6. Q. Ochil. Qasd. Qissa. // Sharq yulduzi, 2016, 10-son. B, 16-38.

7. A. Yo'ldoshev. Alvido go'zallik. Qissalar, hikoyalar. - T.: O'zbekiston, 2011.

8. Sobir O'nar. Bibisora. Qissalar, hikoyalar, esselar. - T.: O'zbekiston, 2011.

9. N. Eshonqul. Yalpiz hidi. Qissalar, hikoyalar. - T.: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2008.

J

i ш

Щ >

J >

У

m

>

я

Ы >

LíSf

Щъ

Ъй*

^Н i

5 >j

ы >

Щ >

ут*

]>Ж *ф>

1 ж*

Щз>

Qj^f^S).

34

йй )

q :

q

Щ >

q i

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.