Научная статья на тему 'XOTIN-QIZLАRNI ILM-FАN RIVOJIGА JАLB QILISHNING АHАMIYАTI'

XOTIN-QIZLАRNI ILM-FАN RIVOJIGА JАLB QILISHNING АHАMIYАTI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
11
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
oilа / xotin-qizlаr / ilmiy fаoliyаt / ijtimoiy himoyа / gender / sаlohiyаt / tа’lim / tаhlil. / fаmily / women / scientific аctivity / sociаl protection / gender / potentiаl / educаtion / аnаlysis.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Dilnozа Qurbonovа

Mаqolаdа xotin-qizlаrgender tenglik mаsаlаlаridа ilmiy fаoliyаt bilаn shug‘ullаnishning dolzаrbligi vа sohаdа аmаlgа oshirilаyotgаn ishlаr yuzаsidаn tаhliliy tаdqiqot ishlаrining xulosаlаri yoritilgаn. Tаrixdаn mа’lumki, zаminimizdа аyollаrimizning tа’lim-tаrbiyаsigа аlohidа e’tibor qаrаtilgаn. Аyniqsа, qizlаrni о‘qitish jаmiyаtimizdаgi muаmmolаrgа yechim bо‘lishi, ulаr kelаjаk аvlodni tаrbiyаlаshdа jаvobgаr shаxs sifаtidа qаrаlgаni, hozirgi dаvrdа hаm о‘z аhаmiyаtini yо‘qotmаgаn. Bugungi kundа hаm, dаvlаtimiz rаhbаri tomonidаn xotin-qizlаrning tа’lim-tаrbiyа mаsаlаsigа dаvlаt siyosаti dаrаjаsidа e’tibor berilаyotgаni ulаrni ijtimoiy himoyа qilish, mehnаt shаroitlаrini yаxshilаsh borаsidа аmаlgа oshirilаyotgаn sаmаrаli ishlаr xususidа fikr-mulohаzаlаr bаyon qilinаdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INVOLVING WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE

The аrticle highlights the relevаnce of scientific аctivities in women's аnd gender equаlity issues аnd the conclusions of аnаlyticаl reseаrch on the work being cаrried out in the field. It is known from history thаt speciаl аttention is pаid to the educаtion of women in our country. In pаrticulаr, the fаct thаt educаting girls is а solution to the problems in our society, thаt they аre considered аs responsible persons in the educаtion of the future generаtion, hаs not lost its importаnce even in the present erа. Even todаy, the fаct thаt the heаd of our country pаys аttention to the issue of women's educаtion аt the level of stаte policy, comments аre expressed аbout the effective work being cаrried out to improve their sociаl protection аnd working conditions.

Текст научной работы на тему «XOTIN-QIZLАRNI ILM-FАN RIVOJIGА JАLB QILISHNING АHАMIYАTI»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-14-95-100

Pages: 95-100

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

XOTIN-QIZLARNI ILM-FAN RIVOJIGA JALB QILISHNING AHAMIYATI

Dilnoza Qurbonova

Tadqiqotchi

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Toshkent, O'zbekiston

MAQOLA HAQIDA_

Annotatsiya: Mаqolаdа xotin-qizlar vа gender tenglik masalalarida ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishning dolzarbligi va sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy tadqiqot ishlarining xulosalari yoritilgan. Tarixdan ma'lumki, zaminimizda ayollarimizning ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Ayniqsa, qizlarni o'qitish jamiyatimizdagi muammolarga yechim bo'lishi, ular kelajak avlodni tarbiyalashda javobgar shaxs sifatida qaralgani, hozirgi davrda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Bugungi kunda ham, davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarning ta'lim-tarbiya masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor berilayotgani ularni ijtimoiy himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar xususida fikr-mulohazalar bayon qilinadi.

THE IMPORTANCE OF INVOLVING WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF

SCIENCE

Dilnoza Kurbanova

Researcher

State Institute of Art and Culture of Uzbekistan Tashkent, Uzbekistan

ABOUT ATRICLE_

Abstract: The article highlights the relevance of scientific activities in women's and gender equality issues and the conclusions of analytical research on the work being carried out in the field. It is known from history that special attention is paid to the education of women in our country. In particular, the fact that educating girls is a solution to the problems in our society, that they are considered as responsible persons in the education of the future generation, has not lost its importance even in the present era. Even

Kalit so'zlar: oila, xotin-qizlar, ilmiy faoliyat, ijtimoiy himoya, gender, salohiyat, ta'lim, tahlil.

Key words: family, women, scientific activity, social protection, gender, potential, education, analysis.

today, the fact that the head of our country pays attention to the issue of women's education at the level of state policy, comments are expressed about the effective work being carried out to improve their social protection and working conditions.

ВАЖНОСТЬ ВОВЛЕЧЕНИЯ ЖЕНЩИН В РАЗВИТИЕ НАУКИ

Дилноза Курбанова

Исследовател ь

Государственный институт искусства и культуры Узбекистана

Ташкент, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Аннотация: В статье освещается актуальность

семья, женщины, научная научной деятельности по проблемам женщин и деятельность, социальная гендерного равенства и выводы аналитических защита, гендер, потенциал, исследований по работе, проводимой в данной области. образование, анализ. Из истории известно, что образованию женщин в нашей

стране уделяется особое внимание. В частности, то, что воспитание девочек является решением проблем нашего общества, что они рассматриваются как ответственные лица в воспитании будущего поколения, не утратило своего значения и в нынешнюю эпоху. Уже сегодня то, что глава нашей страны уделяет внимание вопросу образования женщин на уровне государственной политики, высказываются замечания по поводу проводимой эффективной работы по улучшению их социальной защиты и условий труда.

Kirish. XXI аsr tа'lim tizimi vа ilm fаn kishilik jаmiyаtini rivojlаntirishgа qаrаtilgаn globаl mа'nаviy qаdriyаtlаr, о'zigа xos ijtimoiy теШ;а1п^ vа dunyoqаrаshni shаkllаntirishgа уо'паШп^Ы munosаbаti bikn fаqаt о'qimishli, mа'nаviy jihаtdаn yetuk ^Ык^та тау^ тиатто уа ix^^i^^ hаr qаndаy tаjovuz уа urushlаrsiz yechishgа qodir jаmiyаtni shаkllаntirish mumkinligini tаlаb qilmoqdа. Аlbаttа jаmiyаtni intellektuаl tаrzdа rivojlаntirish -bu ijtimoiy tаrаqqiyot аsosini tаshkil qilаdi. Bu holsiz ilmiy-texnik tаrаqqiyotgа erishishning imkoni yо'q dаrаjаdа bо'lib, и insonning globаl xаrаkterdаgi mаnfааtini himoyа qilmаydi, jаmiyаt tаdrijiy tаrаqqiyoti intellektuаl sаlohiyаtning аsosi shubhаsiz mа'nаviy bаrkаmollik hisoblаnаdi.

Mаmlаkаtimizdа аyolgа bо'lgаn munosаbаt о'z tаrixiy ildizlаrigа egа. Аjdodlаrimiz doimo аyollаrni qаdrlаshgа, ulаrgа nisbаtаn hurmаt уа izzаtdа bо'lishgа dа'vаt etishgаn. Аbdullа Avloniy: "Qizkr bilim olishgа hаmmаdаn te'proq intilishlаri lozim, zero, bu bilimkr bilаn и1аг kelаjаk аvlodni tаrbiyаlаydilаr", - deb yozgаn edi[1].

Dunyodа dаvlаt уа jаmiyаtning nufuzi, ongu tаfаkkuri, mаdаniy dаrаjаsini kо'rsаtаdigаn mezonkr ко'р. Lekin hаr qаysi milkt уа xаlqning mа'nаviy kаmolotini be^i^chi, tа'lim-

tarbiyasini takomillashtiruvchi xilqat - ayoldir. Xotin-qizlarga bo'lgan munosabat, hurmat-ehtiromni davlatning ularga bo'ladigan munosabatida belgilash mumkin. Shu nuqtai nazardan qaralsa, ayollarni ulug'lab, ardoqlab, boshiga ko'tarib yashaydigan xalq o'zining yuksak madaniyati va oliyjanob qadriyatlarini amalda namoyon qiladigan millat sifatida hurmat qozonadi. Ayolsiz hayotni, taraqqiyotni tasavvur qilib bo'lmaydi. Ular jamiyatning yetakchi kuchlaridir. Zero, ayol kamolotisiz jamiyat kelajagi bo'lmasligiga to'la ishonch hosil qilamiz.

Аsosiy qism. "Ayollarni izzat-ikrom qilish, ulug'lash, ardoqlash, og'irini yengil qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir. Ma'lumki muqaddas Qur'oni Karimning eng katta suralaridan biri - "Niso", ya'ni "Ayollar" deb ataladi. Alloh Taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda bo'lishga da'vat etadi va bu ilohiy so'zlar zamirida albatta teran hikmat mujassam" [2] - deydi davlatimiz rahbari o'z nutqlarida. "Ayol kishiga ayol deya, ojiza deya munosabat ko'rsatilishiga Sharqda tabiiy hol deya qaraladi. Albatta bu ayol xilqatining nihoyatda nozikligiga ishora aslida. Lekin bugun tobora globallashib, inja iltifotlardan yiroqlashib borayotgan dunyoning "ojizalar" yelkasida erkaklar bilan teppa-teng "yuk" ortayotgani ham ayni haqiqatdir. Zero, bu hol hayot atalmish ajab hodisaning talabiga ham aylanib ulgurdi" [3]. "Bugungi kunda Yangi O'zbekiston strategiyasi xalqimizni yorug' kelajakka chorlab va yangilanishga safarbar qilib, umumiy maqsadlar yo'lida birlashtirib turadigan yaxlit ma'naviy asos va mezonga aylanib bormoqda". [4:14 b.] "Yangi O'zbekiston tushunchasida mujassam bo'lgan xalq orzusi tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida millatning yetuk vakillarini uni ro'yobga chiqarish yo'lida amaliy harakatlarga undab keldi". [5:16 b.]

Darhaqiqat, ayollarning o'rnini oila qo'rg'onidan tortib, deputat kursisigacha ko'rishimiz mumkin. Yangi O'zbekistonda xotin-qizlarimizning baxtli yashashi uchun, ularning huquq hamda erkinliklarni ta'minlash, intellektual va ma'naviy yuksalishi, kasbiy hamda oilaviy majburiyatlarni hamohang tarzda bajarishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilyapti. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ham xotin-qizlarning barcha sohalarda teng huquqli ekanligi e'tirof etilgan. Hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qaror va farmoyishlarda ayollar, oilalar, farzandlar manfaati hamisha ustuvor bo'lib kelmoqda. Bu borada yurtimizda oxirgi yillarda gender tengligini ta'minlash, davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo'yicha dadil qadamlar qo'yildi.

Bu ham yurtimizda ayolga ehtirom va e'tiborning yaqqol ifodasidir. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Ayollarimiz hayotiy muammolarni, oila va mahalladagi o'tkir masalalarni, ularni bartaraf etish yo'llarini jamiyatning tomir urushini boshqalardan ko'ra yaxshiroq biladilar. Ular o'zlarining mehribonligi, yuksak mas'uliyat tuyg'usi, mehnatsevarligi bilan barchaga o'rnak bo'la oladilar".[11: parliament.gov.uz] E'tirof etish joizki, oilaning ma'naviy rahnamosi - ayoldir, onadir. Donolar "Ayol bir qo'li bilan beshikni, bir qo'li bilan

dunyoni tebratadi", - deb bejiz aytmaganlar. Chunki, ayol oilada farzandlar tarbiyasi bilan shug'ullanishi bilan birga, jamiyatda ham o'z o'rniga ega bo'lmog'i lozim. So'nggi yillarda ayollarga turli lavozimlar ishonib topshirilmoqda. Bizning ayollarimiz bu borada ishonchni oqlayaptilar. Milliy parlament tarixida birinchi marotaba ayol kishi Tanzila Kamalovna Norboyeva Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga saylandi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (OMBUTSMAN) etib Feruza Eshmamatova tayinlandi. Vatanimizning oliy mukofoti "O'zbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor bo'lgan ayollarimiz bor. Jumladan, bunday yuksak maqomga erishgan O'zbekiston xalq artisti Munojotxon Yo'lchiyeva, fermer Lola Murotovalarning jasoratlari tahsinga loyiq. Yurtimizdagi 11 ta xalqaro aeroportni o'z ichiga olgan "Uzbekistan Airports" AJga rahbar etib Ra'no Jo'rayevaning munosib topilgani, o'zbek oilasida kamolga yetgan Aziza Shonazarovaning Kolumbiya universiteti professori maqomini birinchilardan bo'lib olgani hamda yana bir hamyurtimiz Nigora Hakimovaning Oksford universitetining islomshunoslik markazida o'zbekistonlik ilk tadqiqotchi ayol bo'lgani barchamizni g'ururlantiradi. Shuni ham unutmaslik kerakki, siyosiy maydonda qancha xotin-qizlarimiz ko'p bo'lsa, bu keyingi avlod ongu-shuurida ham havas hissini uyg'otadi. Bu orqali qizlarimiz ta'lim olishga, ilmiy salohiyatini oshirishga harakt qiladilar. Bu degani avvalo, siyosiy lider ayollarimiz o'z faoliyatini yanada kengroq targ'ib qilishi kerak bo'ladi, degani.

Ta'kidlash lozimki, "O'zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda ayollar soni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi. Mamlakatimiz parlamenti ayol deputatlar soni bo'yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o'rtasida 37-o'ringa ko'tarildi. Holbuki, bundan 5 yil avval biz bu borada 128-o'rinda edik" [12: parliament.gov.uz:].

Natijalar va muhokama. Yangi O'zbekistonda Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida Prezident farmoni qabul qilindi [13]. Kelajakda ushbu qo'mita gender madaniyatining tub o'chog'i sifatida mamlakatimizda istiqomad qilayotgan oilalar va xotin-qizlar manfaatlari uchun xizmat qiladi. Prezidentimizning 2022 yil 7 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni bilan 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dastur va Milliy dasturni 2022 -2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur sohada ham amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar ko'p. Ayniqsa, olima va ziyoli ayollarimizning safini oshirish doimo millatimizning dolzarb va kun tartibidan tushmaydigan masalalardan ekanligi ayondir. Masalan birgina ta'lim sohasini olaylik. Ta'lim sohasi: jami 1158 200. Ayollar 867 700/ 75 %

Zaxiradagi 15668 nafar ayolni rahbarlikka tayyorlash

- 11, 3 ming nafari tuman (shahar) larda,

2,4 mingi respublikada o'qitiladi

- 600 dan ortiq o'quv-seminar tashkil etiladi

- yuqori natijaga erishganlar milliy kadrlar zaxirasiga olinadi

- davlat boshqaruvi akademiyasi xotin-qizlar uchun 30 foiz kvota joriy etiladi.

Jamiyatda xotin-qizlarning savodxonligini ta'minlashdan maqsad xalqimiz demokratik

davlat, erkin fuqorolik jamiyati barpo etishdek niyatlarni ro'yobga chiqarish, yurt taraqqiyotini yuksaltirishdir. Shubhasiz, ushbu maqsad sari tashlangan har bir dadil qadam farovonlikka erishishda muhim poydevor bo'ladi. Ammo, negadir bu sohada ham fundamental ya'ni qizlarimizning yoshlik davridan ayrim muammolar hamon uchrab turadi. "Birgina ta'lim sohasini oladigan bo'lsak, bizda qizlar va o'g'il bolalarning bilim olishlari, kasb tanlashlari bo'yicha kelajaklarini ta'minlashda farqlar bor edi, hali ham bunday dunyoqarash uchrab turibdi. To'g'ri, hamma bolalar maktabda o'qitiladi. Biroq keyinchalik kasb tanlash, oliy o'quv yurtida tahsil olishga kelganda, ko'proq e'tibor va ustunlik o'g'il bolaning ta'lim olishiga, uning uchun barcha sharoitni yaratishga qaratiladi. Chunki ba'zi insonlarda faqat o'g'il bolaga bilim berish kerak, o'qitish kerak, chunki u bizning boquvchimiz, degan qarashlar ustunlik qiladi. Qiz bolaga kelganda, bu boshqacha tus oladi. Maktab ta'limi majburiy bo'lgani bois o'qiydi. Ammo keyin "Bu birovning xasmi, kerak bo'lsa turmush o'rtog'i boqib oladi", degan tushunchaga urg'u beriladi. Vaholonki, qiz bola oliy ma'lumotli bo'lsa, qanchalik bilim va salohiyat olsa, buni kelgusida farzandlariga ham "yuqtiradi", har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga mas'uliyat bilan yondashadi. Yurtning kelajagi esa mana shunday dunyoqarashga ega onalar tomonidan yaratiladi", [15] - deydi senator T.Narbayeva.

Xulosаlаr. Shu bois, Yangi O'zbekistonda xotin-qizlar va gender tenglik masalalarida ilmiy faoliyatning ahamiyatini yanada oshirishga va sohada samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarimiz safini yanada kengayttirish masalalariga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz va qo'yidagi takliflarni ilgari suramiz:

- ayollarning ilmli bo'lish darajasini oshirishni ta'minlashda targ'ibot va tashviqot ishlarini yanada chuqurroq olib borish;

- mahalla fuqorolar yig'inida yo'lga qo'yilgan kasb-hunar o'rgatish tizimini sifatli tashkil etish va bu yo'nalishda real hisobotlarni shakllantirish;

- mahalla fuqorolar yig'inida olima ayollar ishtirokida treninglar tashkil etish va unga aholini qiziqtirish;

- ishsiz ammo iqtidorli hamda yuqori ilmiy malakali xotin-qizlarni davlat ishi bilan ta'minlash;

- fan-ta'lim sohasida xotin-qizlarining innovasion g'oyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qo'llab-quvvatlash va OAVda targ'ib qilish.

Adаbiyotlаr:

1. https://mininnovation.uz/ru/news/post-372

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. "Xalq so'zi" 2020. -8 mart.

3. D. G'ulomova Yosh kuch" jurnali -2022 №1 -18 b.

4. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston Strategiyasi: -Toshkent. O'zbekiston, 2021. -464

b.

5. https://parliament.gov.uz

6. https://lex.uz/ru/docs/PF-81-son

7. Narbayeva T. O'zbekistonlik xotin-qizlar ilm, ma'rifatga yo'g'rilgan islohotlar, ezgu ishlar yo'lida ona Vatan ravnaqiga munosib hissa qo'shmoqda https://strategy.uz/index.php7n-ews=879

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.