Научная статья на тему 'Xorijiy davlat misolida Islom moliyasini O‘zbekistonda rivojlantirish, Malayziya-xalqaro islom moliya markazi'

Xorijiy davlat misolida Islom moliyasini O‘zbekistonda rivojlantirish, Malayziya-xalqaro islom moliya markazi Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
49
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Islom moliya bozori / Islom moliaysi rivojlantirih indikatori / Islom banklararo pul bozori / Malayziya Islom Moliya markazi / Malayziya Markaziy Banki / Markazlashtirilgan shariat maslahat organlari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nozima Rustam Qizi Tashmatova, Sherali Sultonov

Maqolada islom moliyasining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirilgan bo‘lib, uning rivojlanishi raqamlar asosida keltirilgan. Bundan tashqari, islom moliya markazi hisoblangan Malayziyaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, islom moliyasida hozirgi kungacha erishgan yutuqlari batafsil yoritilib, statistic ma’lumotlar bilan to‘ldirilingan. Barcha ma’lumotlar jamlanib, O‘zbekistonda islom moliaysini rivojlatirish uchun takliflar keltirilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Xorijiy davlat misolida Islom moliyasini O‘zbekistonda rivojlantirish, Malayziya-xalqaro islom moliya markazi»

Xorijiy davlat misolida Islom moliyasini O'zbekistonda rivojlantirish, Malayziya-xalqaro islom moliya markazi

Nozima Rustam qizi Tashmatova Sherali Sultonov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Annotatsiya: Maqolada islom moliyasining asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari keltirilgan bo'lib, uning rivojlanishi raqamlar asosida keltirilgan. Bundan tashqari, islom moliya markazi hisoblangan Malayziyaning iqtisodiy ko'rsatkichlari, islom moliyasida hozirgi kungacha erishgan yutuqlari batafsil yoritilib, statistic ma'lumotlar bilan to'ldirilingan. Barcha ma'lumotlar jamlanib, O'zbekistonda islom moliaysini rivojlatirish uchun takliflar keltirilingan.

Kalit so'zlar: Islom moliya bozori, Islom moliaysi rivojlantirih indikatori, Islom banklararo pul bozori, Malayziya Islom Moliya markazi, Malayziya Markaziy Banki, Markazlashtirilgan shariat maslahat organlari

Development of Islamic finance in Uzbekistan on the example of a foreign country, Malaysia-International Islamic Finance

Center

Nozima Rustam kizi Tashmatova Sherali Sultanov Tashkent State University of Economics

Abstract: The main economic indicators of Islamic finance are presented in the article, and its development is presented on the basis of numbers. In addition, the economic indicators of Malaysia, which is considered the center of Islamic finance, and the achievements made in Islamic finance up to now are covered in detail and filled with statistical data. All the information has been collected and suggestions have been made for the development of Islamic finance in Uzbekistan.

Keywords: Islamic financial market, Islamic financial development indicator, Islamic interbank money market, Islamic Financial Center of Malaysia, Central Bank of Malaysia, Centralized Shariah advisory bodies

KIRISH

Mamlakat iqtisodiyotiga yangi soha, yangi loyihalar va innovatsiyalar kirib kelar ekan, ularni to'g'ridan to'g'ri qo'llash, kutilmagan vaziyatlarni, iqtisodiy inqirozlarni

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 606 [M^^^Hl

kelib chiqarishi mumkin. Aynan shunday holatlarni oldini olish maqsadida rivojlanayotgan davlatlar, asosan, iqtisodiyotda bo'layotgan yangiliklarni amaliyotga joriy qilgan mamlakatlar tajribasidan o'tgan andozani qo'llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. xorij tajribasida muvaffaqiytatsiz tugallangan loyihalarni, endigina rivojlanayotgan mamlakatda qaytadan qo'llash mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu sababdan, O'rta Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlar xorij tajribasidan o'tgan moliya instrumentlarini qo'llashi, ayrim xatarlarni oldini olishga yordam beradi.

Islom moliyasi, bu atamaning qo'llanilishiga ko'p bo'lmagan bo'lsa ham, islom shariatlariga amal qilgan holda moliyaviy munosabatlarni yo'lga qo'yilishi 1 400 yil oldin boshlangan. Musulmonlarning muqaddas kitobi hisoblangan "Qur'oni Karim", hadislar va shariatga asoslangan islom moliyasi o'zining haloligi, adolatliyligi va barqarorligi bilan hozirgi kunda ko'plab musulmon bo'lmagan mamlakatlarni ham jalb qilmoqda. Islom dini VI-VII asrlarda paydo bo'lgan va dunyo bo'yicha juda keng tarqalib hozirda dunyoning eng yirik uchta dinidan biri hisoblanadi. Bu esa, o'z o'zidan e'tiqodi islom dini bo'lgan insonlar soni ancha ko'pligidan darak beradi. An'anaviy iqtisodiyotta qo'llaniladigan ma'lum bir moliya instrumentlari islom dinida ta'qiqlanganligi sababli, ko'plab musulmonlar an'anaviy banklar va boshqa moliya institutlariga o'z jamg'armalarini, pullarini va qarzlarini an'anaviy tarzda boshqara olmas edi. Hozirda esa, shariat qonun qoidalari asosida davlat byudjetini shakllantirgan ko'plab mamlakatlarni bilamiz. Saudiya Arabistoni, Malayziya, Indoneziya shular misolida.

ASOSIY QISM

O'n yil davomida islom moliyasini rivojlantirish indikatori (ko'rsatkichi) global islom moliya sanoatining ko'tarilish va pasayishlarini aks ettirdi. 2022-yilda jahon moliya sanoati turli omillar, jumladan, tovar bozoridagi o'zgaruvchanlik va foiz stavkalarining oshishi tufayli kuchli stress davrlariga duch kelmoqda. Muhim o'zgarishlarga qaramay, global islomiy moliya sanoati 2021 yildan beri o'z aktivlari hajmini 11 foizga oshirib, 4,5 trillion AQSh dollariga yetdi. O'tgan o'n yil ichida sanoat 163 foizga o'sdi.1

Sanoat o'sishda davom etishi kutilmoqda, aktivlar 2027 yilga kelib 6,7 trillion AQSh dollariga yetishi prognoz qilingan. Ko'rfaz mamlakatlari, Malayziya va Indoneziya kabi yirik islomiy moliya bozorlari o'zlarining ichki islomiy moliyaviy industriyalarini mustahkamlashda davom etishlari va Pokiston o'z moliyaviy tizimini federal shariat asosida foizsiz tizimga aylantirish talablarini qondirish kabi bir qancha asosiy omillar bu istiqbolga hissa qo'shadi. Dunyoning boshqa mamlakatlarida turli

1 ICD - LSEG ISLAMIC FINANCE DEVELOPMENT REPORT 2023 I NAVIGATING UNCERTAINTY. Islom moliyasini rivojlanish hisoboti 2023

yurisdiktsiyalar G'arbiy Afrika mamlakatlari tartibga solish orqali islomiy moliya sanoatini yanada kengaytirish ustida ishlamoqda.

Jahonda hozirgi vaqtda Malayziya va Saudiya Arabistoni islom moliyasining rivojlanishida yetakchilik qilmoqda, ammo e'tibor butunlay islomiy moliya tizimiga o'tayotgan Pokistonga ham qaratilgan. Ko'rsatkichlarga asoslanib, Malayziya, Saudiya Arabistoni va Indoneziya 136 mamlakat orasida eng rivojlangan islomiy moliyaviy yurisdiksiyalar qatorida joy olgan desk bo'ladi.

Birinchi o'nta davlat orasida Pokiston IFDI(Islamic Finance Developing Indicator) 2023 Islom moliyaisni rivojlantirish ko'rsatkichi 2023 reytingida sakkizinchi o'rindan oltinchi o'ringa ko'tarildi. Bu ko'rsatkichlarning yaxshiligining asosiy sababi shundaki, 2022-yil aprel oyida Federal Shariat Sudi (F.S.C.) riboni taqiqlagan. Bu esa, Pokistoning 2027-yilgacha foizsiz iqtisodiyotga o'tishiga mos kelishi bilan mos keladi, ya'ni, riboni harom teb topilgani, mamlakatning yangi iqtisodiyotga o'tishini tezlashtiradi va osonlashtiradi. Pokistonning yaxshilangan reytingi islomiy moliya institutlarining moliyaviy faoliyati va xabardorlik ko'rsatkichlari yaxshilanganini aks ettiradi. IFDI reytingida sezilarli o'zgarishlarga ega bo'lgan boshqa mamlakatlar qatoriga Nigeriya, Filippin va Tojikiston kiradi.

Islomiy moliyani rivojlanishidagi asosiy voqealarga quyidagilardir:

•Yangi yoki rivojlanayotgan islomiy moliya bozorlarida: Rossiya va Uganda 2023-yilgacha o'z moliyaviy tizimlariga islomiy bank faoliyatini joriy etishga intilishdi;

•Jazoir va Efiopiya islom kapital bozorlari uchun me'yoriy-huquqiy baza va yo'l xaritalarini ishlab chiqishni boshladi;

• Shariatga mos keladigan bozorlarda: B.A.A. da islomiy moliya tijorat operatsiyalari to'g'risidagi qonunga kiritilgan. Pokiston va Saudiya Arabistoni shariat boshqaruvini mustahkamlashda davom etmoqda.

O'rta Osiyo davlatlaridan biri hisoblangan Tojikistonning islom moliyasiga qiziqishi, islom moliyasining yaqin vaqt ichida u davlatta joriy qilinishidan darak beradi. 2021- yildan 84% o'zgarishlar bilan Islom moliyasini rivojlantirish 2022 hisobotida ta'kidlanib o'tilgan bu mamlakat qayta Islom moliyasini rivojlantirish 2022 hisobotida o'z o'zgarishlari bilan muhokama qilinayapti. Endilikda, ikki qo'shni davlatda Qozog'iston va Tojikistonda qo'llanilishni boshlagan islom moliyasi mamalkatimizga ham kirib kelishi osonlashishi mumkin. qos'shni davlatlar bilan aloqadorligimizni, xalqaro islom moliya tashkilotlari, institutlari bilan xamkorlik aloqalarini mustahkamlashimiz uchun ham islom moliyasini rivojlantirishimiz maqsadga muvofiqdir. Quyida islom moliyasining o'sish sur'atlari keltirib o'tiladi.

Islom moliyasida yuqorida keltirilgan o'zgarishlar, o'sishlar bo'lganligi aniq. Endi, ayni shu ma'lumotlarni raqamlarda ifodalasak va yillar kesimida islom moliyasi ko'rsatkichlarini tahlil qilsak.

Islom moliysi kapitalining o'sish ko'rsatkichi (2018-2022,A.Q.Sh. dollari, milliardda)

6,667

4,066 4,508

3,029 3,387

2018 2019 2020 2021 2022 2027 (PROGNOZ) «2018 ■ 2019 ■ 2020 «2021 «2022 ■ 2027 (prognoz)

1-rasm. Islom moliysi kapitalining o'sish ko'rsatkichi.2 Yuqoridagi diagrammadan shuni ko'rsak bo'ladiki, islom moliyasining umumiy kapitali yildan-yilga tobora o'sib bormoqda. Xatto, 2020-yil pandemiy davri bo'lsa ham 11% ga oshgan. Bundan tashqari, so'nggi yillarda, 2021 va 2022 yillarda ko'rsatkichlar umiy kapitalning oshishi yarim milliardga tengligini ko'rsatmoqda. Bu esa, albatta kata ko'rsatkich hisoblanadi. agar, fors-major holatlari bo'lmasa, va barqarorlik shu tarzda davom etsa, 2027-yilga kelib islom moliyasi kapitalining umumky miqdori 6 milliard 667 million A.Q.Sh. dollariga teng bo'lishi mumkinligi prognoz qiligan.

Kapitalning dunyo bo'yicha eng ko'p qo'llaniladigan mamlakatlarni quyidagi rasmimizda ko'rsak bo'ladi. Islom moliyasi aktivlarining mamlakatlar kesimidagi grafikni tahlil qilsak.

Islom moliyasi aktivlariga ega top mamlakatlar (2022, A.Q.Sh. dollari, milliard) ■ Eron Saudiya Arabistoni ■ Malayziya Birlashgari Arab Amirliklari ■ Qatar

Qatar J 2Q8

M lashgan Arab Amirliklari 277

Malayziya 666

Saudiya Arabistoni 1017

Eron | 1522

2-rasm. Islom moliyasi aktivlariga ega top mamlakatlar.3

2 ICD - LSEG ISLAMIC FINANCE DEVELOPMENT REPORT 2023 I NAVIGATING UNCERTAINTY. Islom moliyasini rivojlanish hisoboti 2023

3 3 ICD - LSEG ISLAMIC FINANCE DEVELOPMENT REPORT 2023 I NAVIGATING UNCERTAINTY. Islom moliyasini rivojlanish hisoboti 2023

Yetakchi mamlakatlar bo'lib, Malayziya, Saudia Arabistoni, Eron kiradi. Yuqoridagi jadvaldan shuni ko'rsak bo'ladiki, islom moliyasining deyarlik 3 dan 1 qism kapitali Eron davlatiga tegishlik bo'lib (1.522 milliard A.Q.Sh. dollari), Saudia Arabiston, Malayziya ikkinchi va uchunchi o'rinda (1.017 va 666 milliard A.Q.Sh. dollari). 2022-yida islom moliyasining asosiy ko'rsatkichlarini tahlil qilsak. Eron o'tgan yilgi ko'rsatkichlarga qarasak ham birinchi o'rinni egallab turganini ko'rsak bo'ladi. 1 milliard 39 million A.Q.Sh. dollari bilan 2021- yilda peshqadamlikni olgan Eronning bu yil ham deyarlik yarim baravarga aktivlarini oshirish orqali eng yirik aktivi bor mamlakat bo'lib qolmoqda. Sa'udiya Arabistonida ham xuddi shu holat kuzatilgan desak bo'ladi. 606 million aktivlar bilan yilni tugatgan Saudiya Arabistoni 2022-yilga kelib salkam 2 baravarga o'z aktivlarini ko'paytira olgan. Uchinchi o'rindagi Malayziya davlati esa eng tez aktivlarni ko'paytirgan deb hisoblasak bo'ladi. 2021-yilga nisbatan roppa rosa uch barobarga aktivlarni ko'paytira olgan mamlakatdir.

2022-yida islom moliyasining asosiy ko'rsatkichlarini tahlil qilsak. Umumiy ko'rsatkichlar uch turga bo'lib o'rganilgan bo'lib, moliya ko'rsatkichlari, boshqaruv ko'rsatkichi va bilim ko'rsatkichlaridan iborattir. Har bir o'zichiga kichik ko'rsatkichlarini olgan holda o'rganilgan.

1-jadval.

Islomiy moliyaning asosiy ko'rsatkichlari.4

No. Ko'rsatkichlar Ko'rsatkichlar

Moliyaviy ko'rsatkichlar:

1. Islom moliyasining umumiy aktivlari 4.5 milliard A.Q.Sh. dollari

2. Islomiy moliya ko'rsatkichlarining o'sishi 11%

3. Islomiy moliya institutlari 1 871 ta

Davlatlarning aralashuvi (boshqaruv)

1. Islomiy moliyani tartibga solishning kamida bitta turiga ega mamlakatlar 56 ta

2. FinTech Sandbox bor mamlakatlar 55 ta

3. Markaziy shariat qo'mitasi mavjud bo'lgan mamlakatlar 20 ta

4. Shariat olimlari soni 1 325 ta

Bilim ko'rsatkichlari:

1. Islomiy Moliya Ta'lim Provayderlari 882 ta

2. Islom Moliya Tadqiqot Ishlari Ishlab Chiqarilgan 3 831 ta

3. Islomiy moliya jurnallari 129

Yuqoridagi 1-jadvalda shuni ko'rib turibmizki, Islom moliyasining asosiy o'sish ko'rsatkichlari, aktivlarining ko'rsatkichlari oshgan, 4.5 millirad va 11% ga. O'z mamlakatida kamida 1 ta turdagi regulatorga ega mamlakatlar 56 ta bo'lishiga qaramay, markaziy shariat qo'mitasiga ega mamlakatlar soni 20 tadir. Bilim ko'rsatkichlarida esa, 129 ta islom moliya jurnallari borligini ko'rsak bo'ladi va 2022-yilda 3 831 ta Islom moliya tadqiqot ishlari ishlab chiqarilgandir.

4 Muallif tomonidan ma'lumotlar asosida yasalgan.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 610 [M^^^Hl

Yuqoridagi tahlillarimiz shuni ko'rsatadiki, 2022-yilda islom moliyasi sezilarli darajada rivojlangan va bu ko'p mamlakatlar uchun qulay hisoblanib kelinmoqda. Saudiya Arabistoni, Malayziya, Eron kabi mamlakatlar ko'plab ko'rsatkichlarda yetakchilik qilmoqda. Demak, u mamlakatlarning tajribasini amaliyotimizda o'zimizga moslashtirib qo'llashimiz ko'zga ko'rinarlik natijalarni olib kelishi mumkin. shu maqsadda, quyida Malayziya mamlaktining islom moliyasidagi bosqichlarini ko'rib chiqib, Malayziyaning islom moliyasidagi asosiy ko'rsatkichlarini tahlil qilamiz.

Malayziya, hozirgi kunda islom moliya markaziga aylanib ulgurgan halol iqtisodiy maydon (bozor) hisoblanadi. o'tgan asrning 50-60 yillarida mustaqillikka erishgan bu mamlakat, sekin-astalik bilan o'z iqtisodiyotini oyoqqa turgaza boshladi. O'tgan asrning o'rtalarida Buyuk Britaniyadan mustaqil bo'lib chiqqan davlatlardan bir hisoblangan Malayziya, hozirgi kunda islom moliya markazi hisoblanadi. Mustaqillikka erishgach ko'plab mamlakatlarning qo'lida pul mablag'lar paydo bo'la boshlaydi va ularni to'g'ri boshqarish mamlakat oldidagi vazifa hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyot tizimini tubdan o'zgartirish esa, katta risk hisoblanib, aniq hisoblab chiqilgan va prognozlangan ko'rsatkichlar ham ba'zida fors major oqibatida barbot bo'lishi mumkin. An'anaviy iqtisdoiy tizimdan islom iqtisodiy tizimiga o'tish uchun Malayziya yarim asirdirki turli qonunchilik hujjatlari, jalbqiluvchi insvestitsiyon loyihalari va adolatli moliyaviy instrumentlarni ishlab chiqish orqali hozirgi kunda islom moliya markazlaridan biri bo' lib yetakchilik qilmoqda.

Malayziyaning islom moliyasining rivojlanishiga qo'shgan hissasi ilk bor 19701980 yillarda davlat tomonidan qabul qilingan turli qonun hujjatlarini, ilk islom banki, shariat qo'mitasi, ilk islom suquqi ochilishi va Ziyorat fondi tomonidan omonatni safarbar qilish (1963) kabi o'zgarishlar orqali ko'rishimiz mumkin. Yuqorida ta'kidlaganimdek, islom moliyasi avval musulmonlarni jalb qilgan bo'lsa, hozirda musulmon bo'lmaganlarni ham jalb qilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida 2008-yil butunjahon iqtisodiy inqirozida islom moliya instrumentai boshqa an'anaviy instrumentlarga nisbatan ancha bardavom bo'lganidir. Chunki foyda va zararning teng taqsimlanish sharti shariat qonun qoidalaridan biri hisoblanadi

1990-yillarga kelib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan Ya.I.M. miqdori 59% ga oshdi. Buning asosiy sababi mamlakat qishloq xo'jaligidan ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotga o'tishi edi. Bundan tashqari o'sha yillarda, mikrochip va yarim o'tkazchiklar ishlab chiqarish eksportning 80% ga to'g'ri kelganligi uchun, Osiyodagi Xitoydan keying eng yirik iqtisodiyotga ega 2- mamlakatga aylandi. Malayziyada islom moliyasining rivojlanishiga qo'yilgan keyingi qadam 1990-yillarga to'g'ri keladi. Islom moliya darchalari, takafful kompaniyalari, Islom pul bozori (1994), Shariat maslahat kengashi kabi islom moliya bozorini yanada boyitadigan kompaniyalar, moliya institutlari ochilishi Malayziyada islom moliyasini rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Islom banklararo pul bozori (IIMM) 1994-yil 3-

yanvarda shariat tamoyillariga asoslangan qisqa muddatli investitsiya vositalarining tayyor manbasini ta'minlash uchun platforma sifatida joriy etilgan bo'lib, unda ishtirokchilar moliyalashtirish talablarini samarali va samarali tarzda moslashtira oladilar. Islom pul bozori islom bank tizimi faoliyatining ajralmas qismi bo'lib, birinchidan, islom moliya institutlarini qisqa muddatda moliyalashtirish va portfellarni to'g'rilash imkoniyatini beradi, ikkinchidan, pul-kredit siyosatini o'tkazish uchun kanal bo'lib xizmat qiladi.

So'ngi va hozirgi kungacha bo'lgan davr 2000-yillarga tog'ri keladi. Bunda Malayziya xorijiy islom banklari, islom sho'ba korxonalari, yangi takaful va retakaful litsenziyalari, soliq betarafligi siyosatini yo'lga qo'yish orqali hozirgi kunda islom moliya markaziga aylanib kelmoqda. Shuni qo'shimcha qilib aytish mumkinki, Malayziya Islom Moliya Markazi (Malaysia Islamic Finance Center) ayan shu uchunchi bosqichda ochilgan (2006-yil) bo'lib, dunyodagi eng katta islom moliya bozori hisoblanadi.

Aynan shu bosqichlar, qonun-hujjatlarining o'zgarishlari, siyosatning olib borilishi hozirgi kunda Malayziyani islom moliya rivojlanish indikatorida yuqori o'rinlarda ekanligi bilan ko'rilsa bo'ladi. Quyida Malayziyaning islom moliya rivojlanish indikatorlarida tutgan o'rinlari haqida jadvalni ko'rib chiqamiz.

2-jadval.

Malayziyaning islom moliya rivojlanish indikatorlarida tutgan o'rinlari

No. Ko'rsatkichlar O'rinlari Ko'rsatkichlari

1. Moliyaviy samaradorlik 1 84

2. Boshqaruv indikatori 1 95

3. Barqarorlik ko'rsatkichi 1 124

4. Bilim ko'rsatkichlari 2 112

5. Xabardorlik ko'rsatkichi 1 152

Malayziyanining 2022-yildagi islom moliyasini rivojlanishidagi in dikatorlari.5

1. Moliyaviy samaradorlik ko'rsatkichi islomiy moliya xizmatlarini hamda islom kapital bozorlarini ishlab chiqaruvchi har bir mamlakat bo'yicha islom moliya institutlarining (IFI) vaznli indeksidir. SAudiya Arabistoni ikkinchi o'rinda 56 vazn bilan, Eron esa, 8 vazn pastroq natij bilan uchinchi o'rinni egallagan 2022-yilda.

2. Boshqaruv indikatori me'yoriy hujjatlar, korporativ boshqaruv va shariat boshqaruviga oid ilg'or amaliyot standartlarining vaznli indeksidir. Boshqaruv indikatorining bir birlik kamroq natija bilan, Yaman ikkinchi o'rinni egallagan. Bahrayn esa, 80 birlik indicator bilan uchinchi o'rinda.

3. Barqarorlik indikatori barcha islomiy moliya sektorlari va aktivlar sinflari uchun K.S.M. (korporativ ijtimoiy mas'uliyat) va E.I.B.(ekologik, ijtimoiy, boshqaruv) amaliyotlarining vaznli indeksidir. Bu indekssda, 2 vazn bian ortta qolgan holda Saudiya Arabistoni ikkinchi o'rinda.Iordaniya esa, 109 vazn bilan uchinchi o'rindadir.

5 Muallif tomonidan ma'lumotlar asosida yaslgan.

4. Bilim ko'rsatkichi har qanday bilimga asoslangan sanoat uchun asosiy qurilish bloklari bo'lgan ta'lim va tadqiqotning vaznli indeksidir. Indoneziya bu ko'rsatkichda peshqadamlik qilib, 200 vaznga ega bo'lgan bo'lsa ham, Malayziya 112 vazn bilan ikkinchi o'rinda. Shunga qaramay, uchinchi o'rin deyarlik yarim vaznga kam bo'lib, Saudiya Arabistoni 54 vazn bilan egallab turibdi.

5. Xabardorlik ko'rsatkichi islomiy moliya bozori xabardorligining vaznli indeksi bo'lib, ikki komponentni baholaydi: voqealar va yangiliklardir. Quvayt va Bahrayn ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallagan va 142,120 vazn bilan top uchlikka kirgan.

Yuqoridagi jadvaldan shuni ko'rib turibmizki, Malayziya hozirgi kunda islom moliya markazi va eng yirik islom moliya bozoridir. Deyarlik hamma ko'rsatkichlarda yetakchi o'rnlarni egallab kelmoqda. Bu esa, mamlakatning siyosati islom moliyasiga qaratilgani va bu siyosat muvaffaqiyatlik o'tayotganidan darak beradi. Nafaqat ilmiy, nazariy yoki qonun hujjatlarida, balki amaliyotta va real hayotta islom moliyasi yuksak darajada qo'llay olinganligi sababidan Malayziya yuqori pog'onalarni zabt etgan.

Bundan tashqari, Malayziyaning top reytinglardan joy olishiga halol mahsulotlar ishlab chiqarishi ham kata turtki bo'lgan. Malayziyada halol iqtisodiyotning eng katta tarkibiy qismi oziq-ovqat xizmatlari sektori bo'lib, 2021-yilda sektordagi biznes daromadi 31 milliard AQSh dollarini (128,8 milliard RM) tashkil etadi va 2025-yilga borib 47,6 milliard dollarga (201,02 milliard RM) yetishi kutilmoqda. Halol farmatsevtika mahsulotlari ham o'sib bormoqda, biznes daromadi 2021-yilda 4,0 milliard AQSh dollarini tashkil etadi va 2025-yilga kelib 4,8 milliard AQSh dollariga yetishi kutilmoqda. Dunyoda birinchi halol farmatsevtika standartini o'rnatganligi sababli Malayziya halol farmatsevtika sohasida jahon miqyosida yetakchi hisoblanadi. Malayziyaning islomiy moliya landshafti yaxshi rivojlangan va yetarlicha tartibga solingan.

Halol taraqqiyot korporatsiyasining (Halal Developing corporation) rasmiy statistik ma'lumotlariga ko'ra, halol eksporti 2020-yildagi 30.5 milliard RM (Malayziya ringiti) dan 2021-yilda 36.3 milliard RM-ga 19.0 foizga ko'tarilib, Malayziya umumiy eksportining 2.9 foizini tashkil qiladi. Mamalakatning halol eksporti Xitoy, Singapur, A.Q.Sh., Yaponiya va Indoneziyadir. Oziq-ovqat va ichimliklar, shuningdek, halol ingredientlar, kosmetika va shaxsiy parvarishlash, palma yog'i hosilalari, sanoat kimyoviy moddalari va farmatsevtika mahsulotlari 2021-yilda eng yuqori mahsulot toifalari hisoblanadi. 2021-2025 yillarga mo'ljallangan O'n ikkinchi Malayziya rejasi (12 MP) doirasida hukumatning strategik va yuqori ta'sir ko'rsatadigan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish (inklyusiv halol sanoat) va ularning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga qo'shgan hissasini qo'shish bo'yicha ustuvor vazifalari doirasida hukumat raqobatbardoshligini oshirish strategiyasini ishlab chiqdi. 2025 yilga borib halol mahsulotlarning eksport qiymatini 56 milliard RMga,

halol sanoatining yalpi ichki mahsulotga qo'shgan hissasini 2020-yildagi 7,5 foizdan 8,1 foizga oshirish mo'ljallanmoqda.

2006-yilda tashkil etilgan Malayziya islom moliya markazi, Malayziyaning islom moliya bozoriga xizmat ko'rsatadi. MIFC hamjamiyati-bu mamlakat moliya sektori regulyatorlari tarmog'i, shu jumladan bank Negara Malayziya (Malayziya Markaziy banki), Malayziya qimmatli qog'ozlar komissiyasi, Labuan moliyaviy xizmatlar idorasi va Bursa Malayziya (Kuala-Lumpur Fond birjasi), hukumat vazirliklari va idoralari, sanoat ishtirokchilari Islomiy bank, takaful, re-takaful va Islomiy kapital bozori sanoati, inson kapitalini rivojlantirish institutlari, shuningdek, yuridik firmalar va shariat maslahatlaridan tortib soliq va auditorlik firmalari va tadqiqot kompaniyalariga qadar bo'lgan professional yordamchi xizmatlar kompaniyalaridir.

Malayziya Islom Moliya markazining asosiy vazifasi- Islomiy moliyani global miqyosda targ'ib qilish. M.I.F.C. (Malaysia International Islamic financial centre) bank ishi, kapital bozorlari, takaful (islom sug'urtasi), boylikni boshqarish va islomiy ijtimoiy moliya kabi bir qator moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. U xalqaro tashkilotlarni Malayziyada o'z faoliyatini yo'lga qo'yishga jalb qilish uchun biznes uchun qulay rag'bat va tashabbuslarni taqdim etadi. MIFC, shuningdek, Malayziyaga investitsiyalarni jalb qilish uchun bir qancha xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar bilan o'zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Malayziyada islom moliyasining rivojlanishini raqamlarda ko'rib chiqsak. Quyida Malayziya ringgitida mamlakatning o'sishni ko'risimiz mumkin. 2022-yilda islom moliyasini qiymati o'tgn yilga nisabatan taqriban 10% ga oshganini ko'rishimiz mumkin.

Islom moliyasining qiymati Malayziya ringgitida, milliard

1000 980 960 940 920 900 880 860 840 820

3-rasm. Malayziyada islom moliyasining qiymati.6

6 www.mifc.com

Rasmda Malayziyada islom moliyasiga bo'lgan ahamiyatning raqamlardagi ifodasini ko'rishimiz mumkin. 2022-yilda 974 milliard Malayziya ringgiti islom moliyasining qiymatiga teng bo'lgan bo'lsa, bu hol 2021-yilda 879 milliard Malayziya ringgitiga teng edi. Bu sezilarli ko'rsatkich 10% ga oshganidan dalolat beradi.

Islom moliyasida yana bir tashkilot borki, uni islom moliyasidan alohida holda ko'rib bo'lmaydi. Bu shariat qo'mitasi hisoblanadi. Shariat qo'mitalari islom moliyasida qabul qilnmoqchi bo'lgan qarorlarni tasdiqlash uchun, yangi instrumentlarni qo'llashdan oldin shariat qonun qoidalariga mosligini tekshirish uchu, mahsulot halol yoki haromligini aniqlab, litsenziya va sertifikatlar berish uchun xizmat ko'rsatadi. Mana shu kabi shariat qo'mitalari davlat ko'pincha davlat tomonidan tashkil etiladi. Nazorat qilish, tartibga solish kabi vazifalarni bajaruvchi qo'mita hisoblanadi. Malayziyada ham shunday qo'mita mavjud bo'lib, Malayziya Markaziy banki qoshida ochilgandir.

Malayziya Markaziy Banki boshchiligi Markazlashtirilgan shariat maslahat organlari (C.S.A.A. Centralised Shariah Advisory Authorities) tashkil topgan bo'lib, shariat qonun qoidalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Butun dunyo bo'ylab markaziy shariat organlarini to'playdigan xalqaro tarmoq platformasi. Malayziya Markaziy banki boshchiligidagi uning asosiy maqsadi global aloqalarni mustahkamlash va shariat nuqtai nazarlariga nisbatan o'zaro hurmatni rivojlantirishdan iborat bo'lib, markazlashgan shariat maslahat idoralari (CSAA) umumiy shariat masalalarini ko'rib chiqadi. Masalan, shariat boshqaruvi va qarorlar qabul qilish asoslari, barqarorlik kun tartibi, pandemiya, tegishli tartibga solish choralari va haja (favqulodda vaziyatlar) bo'yicha shariat parametrlari va boshqalarni.

CSAA bir qator almashinuvlar orqali paydo bo'layotgan shariat muammolarini birgalikda hal qilishga intiladi: bilim, tajriba va eng yaxshi amaliyotni.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

CSAA yig'ilishlarida asosiy ahamiyat ikki narsaga qaratilgan bo'ladi. Ular:

1. Umumiy shariat masalalari, masalan, shariat boshqaruvi va qarorlar qabul qilish asoslari, barqarorlik kun tartibi, pandemiya bilan bog'liq tartibga solish choralari va haja (favqulodda vaziyatlar) bo'yicha shariat parametrlari.

2. Islomiy moliyaning o'sishi, innovatsiyalari va barqarorligiga uzoq muddatli rivojlanish ta'siri bilan tanqidiy shariat siyosatlari.

O'zbekistonda esa hozirgi kunda, islom moliyasini rivojlantirish "O'zbekiston-2030" strategiyasiga kiritilgan maqsadlardan biri hisoblanib, kamida 3 ta tijorat banklarida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, islom moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish7 maqsad qilib qo'yilgan. Xorijiy tajribadan shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda islom moliyasini rivojlantirish uchun avvalambor, qonuniy-me'yoriy hujjatlarni joriy qilish, islom moliyasi va shariat qonunlari bo'yicha

7 "0'zbekiston-2030" strategiyasi. 50-maqsad

ishlay oladigan yetuk kadrlar yetishishi, islom moliya darchalarini ochilshi islom moliyasiga qo'yishimiz mumkin bo'lgan ilk qadamlardir.

Xulosa va takliflar

Mamlakatimizda islom moliyasini rivojlantirish uchun ma'lum bir takliflar beriladigan bo'lsa, avvalo, islom moliyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri haqida to'xtalib o'tamiz.

1. Yangi ish o'rinlari paydo bo'lishi bilan ishsizlik darajasini pasayishi va aholining turmush darajasi ko'tarilishi mumkin. Islom moliya kompaniyalari, banklari ochilishi bilan. albatta, u yerda ishlaydigan mutaxasislarga bo'lgan extiyoj oshadi. Bu esa, yangi ish o'rinlari degani. 36 mln aholisiga ega bo'lgan davlat o'z aholisini himoya qilish uchun ham yangi sohani olib kirishi va rivojlantirishi davlatning maqsadlaridan biri hisoblanadi. O'z ishiga ega bo'lgan mamlakatning ma'lum bir qatlami yashash darajasi o'rtadan yuqori bo'ladi albatta.

2. Aholining 95% i islom diniga e'tiqod qilayotganligi e'tiborga olsak, an'anaviy banklardagi xizmatlar e'tiqodlariga ziddir. Aynan shu sabab ham, aholi o'z qo'lidagi bo'sh pul mablag'larini halol yo'l bilan to'g'ri investitsiya qilishhga harakat qiladi. Ammo, islom moliya darchalari va kompaniyalari kam bo'lganligi sababdan ularning qo'lida bo'sh pul mablag'lari ko'p qolib ketadi va bu o'z-o'zidan inflatsiya darajasining oshishiga ta'sir qiladi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda islom moliyasini rivojlantirishda xorij tajribasidan olingan ma'lumotlar asosida bersam:

1. Islom bankchiligi mamlakat iqtisodiyotida real raqobatni kuchayishiga olib keladi. Islom bank xizmatlari shariat asosida bo'lganligi uchun va musulmon bo'lganlarning e'tiqodiga zid bo'lmaganligi uchun aholisining 95% I musulmon bo'lgan mamlakatimizning islom bankiga bo'lgan talabi alabtta oshadi. Buning uchun albatta islom moliyasiga zid bo'lmagan qonuniy hujjatlar ishlab chiqilishi lozim. Qonuniy huquqiy asosi bo'lmagan faoliyatta ko'pgina chunmovchiliklar yuzaga kelib, ish sifatini pasaytirishi mumkin.

2. Aholini islom moliya instrumentlaridan to'g'ri foydalanishni o'rgatish maqsadida, dastlabki bosqichda islom moliya darchalarini ochish tavfsiya qilinadi. Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, hamda ularni islom moliya instrumentlari qanday ishlashini o'rgatish maqsadida islom moliya darchalari ochilsa, ma'lum bir vaqt o'tib, aholining qo'liga daomad kela boshlaganida bu sohaga bo'lgan talab oshadi. Bundan tashqari, katta kompaniya yoki bank ochilishida albatta katta ustav kapitaliga ega bo'lishi kerak. Bu esa, islom moliyasi deyarlik yo'q bo'lgan joyda ochilayotgan islom moliya kompaniyasiga katta risk hisoblanadi. Shu sababdan ham, islom moliya darchalari ochilishi tavfsiya qilinadi.

3. Islom moliyasi to'g'risida yosh avlodga to'g'ri va to'liq ma'lumot yetkazish, ularni ham diniy ham moliyaviy savodxonligini oshiradi va bu yangi soha uchun yangi

kadr deganidir. Islom moliyasi hali yosh bo'lishiga qaramay, dunyoda tez rivojlanishi va stabillik darajasi bilan hammani qiziqtirib kelmoqda. Bu sohada ishlayotgan, malaka oshirayotgan, o'qiyotgan va ilmiy tadqiqot olib borayotgan insonlar nafaqat o'ziga yoki mamlkatiga balki umumiy iqtisodiyotga ham o'z ta'siririni ko'rsatadi. Yosh olimlar berayotgan taklifi, tavfsiyalar orqali islom moliyasini t o'g'ri qo'llash undagi kamchiliklarni to'ldirish orqali islom moliya sohasida o'z izini qoldirishi mumkin. Bu esa, mamlakatdagi aholining savodxonlik darajasi yuqori bo'lishiga va yangi kadr, yangi sohada yetilib chiqishidan darak beradi. Demak, islom moliyasi sohasini ilmiy darajada rivojlantirish tavfsiya qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son. "0'zbekiston-2030" strategiyasi.

2. ICD - LSEG ISLAMIC FINANCE DEVELOPMENT REPORT 2023 I NAVIGATING UNCERTAINTY. Islom moliyasini rivojlanish hisoboti 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.