Научная статья на тему 'O’zbekistonda Islom moliyaviy instrumentlaridan foydalanish orqali korporativ sektorni rivojlantirish istiqbollari'

O’zbekistonda Islom moliyaviy instrumentlaridan foydalanish orqali korporativ sektorni rivojlantirish istiqbollari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
318
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Islom banki / investitsiya fondi / sherikchilik / muzoraba / murobaha / mushoraka / ijara / vakala / bitim / tranzaksion bitimlar / salam / sukuk

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — M.I.Yodgorova, O.Hamdamov

Islomiy moliya va Islom bank tizimi butun dunyo bo‘ylab tarqalgan moliya tizimi uchun umid bo‘lib kelayotgan va moliya sanoatidagi foizlarga asoslangan tizimning zararlarini bartaraf etishning eng yaxshi varianti sifatida qaralayotgan tizim hisoblanadi. Maqolada Islomiy moliya tizimi asoslari, ahamiyati, rivojlanish istiqbollari keltirib o’tilgan va mavjud muammolarni hal etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistonda Islom moliyaviy instrumentlaridan foydalanish orqali korporativ sektorni rivojlantirish istiqbollari»

O'zbekistonda Islom moliyaviy instrumentlaridan foydalanish orqali korporativ sektorni rivojlantirish istiqbollari

M.I.Yodgorova Ilmiy rahbar: O.Hamdamov Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Islomiy moliya va Islom bank tizimi butun dunyo bo'ylab tarqalgan moliya tizimi uchun umid bo'lib kelayotgan va moliya sanoatidagi foizlarga asoslangan tizimning zararlarini bartaraf etishning eng yaxshi varianti sifatida qaralayotgan tizim hisoblanadi. Maqolada Islomiy moliya tizimi asoslari, ahamiyati, rivojlanish istiqbollari keltirib o'tilgan va mavjud muammolarni hal etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Islom banki, investitsiya fondi, sherikchilik, muzoraba, murobaha, mushoraka, ijara, vakala, bitim, tranzaksion bitimlar, salam, sukuk.

Prospects of corporate sector development using Islamic financial instruments in Uzbekistan

M.I.Yodgorova Research advisor: O.Hamdamov Tashkent Institute of Finance

Abstract: Islamic finance and Islamic banking system is the hope for the financial system spread all over the world and is considered as the best option to overcome the disadvantages of the interest based system in the financial industry. In the article, the foundations, importance, development prospects of the Islamic financial system are mentioned, and proposals and recommendations for solving existing problems are developed.

Keywords: Islamic bank, investment fund, partnership, mudharabah, murabahah, musharakah, ijarah, wakalah, deal, transaction agreement, salam, sukuk.

Kirish

Hozirgi kunda islom banki va moliyalashtirishning umumiy hajmi global miqyosda 2,6 trillion dollardan oshdi va 2024 yilga kelib bu ko'rsatkich 3,5 trln dollarga oshishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda "Islom darchalari"ni G'arb mamlakatlarida islom banki ishini rivojlantirish uchun boshlang'ich maydon sifatida ko'rish mumkin, chunki kelajakda ma'lum o'sish zaxiralari mavjud bo'lsa, ular

mustaqil islom banklariga aylantirilishi mumkin. Yangi islomiy banklar, sug'urta tashkilotlari, investitsiya jamg'armalari tashkil qilinib, hatto ushbu tizim musulmon bo'lmagan mamlakatlarda ham keng rivojlanayotgani e'tiborga molik.

Islom moliya tizimi, bu yaxlit tizim bo'lib undagi barcha moliyaviy faoliyat islom huquqi (shariat) doirasida amalga oshiriladi. Bu tizimda eng asosiy e'tibor xatarlar ham, foyda ham biznes loyiha ishtirokchilari o'rtasida adolatli ravishda taqsimlanishiga qaratiladi. Bunday yondashuv iqtisodiyotda pul mablag'larining aylanishini ta'minlashga, iqtisodiy faollikni kuchaytirishga, va katta miqdordagi pul mablag'larining muayyan kichik guruhlar qo'lida jamlanishini oldini olishga yordam beradi.

So'nggi yillarda Moliya bozorini islom modeli asosida tashkil etish nafaqat islomiy banklarda balki islomiy bo'lmagan banklarda ham rivojlanib bormoqda.

Islomiy moliya tashkilotlari aktivlarining qariyb 60 foizi Islomiy moliya hissasiga to'g'ri keladi. Eron, Pokiston va ushbu mintaqadagi boshqa mamlakatlar islomlashtirilgandan so'ng, barcha banklar va moliya tashkilotlari rioya qilishi kerak bo'lgan to'liq islomiy standartlar yuzaga kela boshladi. Bundan tashqari bugungi kunda aralash moliyaviy tizimlar ham ajralib turadi, bu erda ikkala turdagi moliyaviy tizimlarning banklari ham an'anaviy, ham islomiy faoliyatni amalga oshirishi bilan ajralib turadi. Ushbu turdagi moliyaviy tizimga ega bo'lgan mamlakatlarga Malayziya, Indoneziya, BAA kiradi. Eron dunyoda Islomiy moliya sanoati bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Islomiy moliya muassasalarining asosiy mijozlari musulmonlardan iborat. Biroq, Yevropa, Amerika va Avstraliyadagi mamlakatlar ham islomiy banklarning mahsulotlari va xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Chet ellik olimlar Greys va Iqbol islomiy moliya vositalarini: bitimni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan tranzaksion bitimlar va bank moliyaviy vositachi sifatida ishtirok etadigan bitimlarga ajratadilar. Tranzaksion bitimlar real sektordagi ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lib, savdo, ayirboshlash va iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirishni qamrab oladi. Vositachilik bitimlari tranzaksion bitimlarning bajarilish shaffofligi va samaradorligini yengillashtiradi1.

O'z navbatida, malayziyalik olim Sudin Xorun islomiy bank tizimida ishlatiladigan besh toifadagi vositalarni keltiradi: birinchi toifaga foyda va zararlarni aqsimlashga asoslangan vositalar, ikkinchisiga esa oldi-sotdiga asoslangan vositalar, uchinchisiga - yig'im va komissiyalarni o'z ichiga olgan vositalar kiradi. To'rtinchi toifa bepul xizmatlarni, beshinchisi esa - yordamchi xizmatlarni o'z ichiga olgan vositalarni bayon etib beradi2.

1 Zamir Iqbal Abbas Mirakhor. An Introduction to Islamic Finance: Theory and Practice, Edition 2 / Zamir Iqbal Abbas Mirakhor, 2011. - P. 1.

2 Судин Хорун, Ван Нурсофиза Ван Азмий. Исломий молиялар ва банк тизими: фалсафаси, тамойиллари ва амалиёти. Козон: Линова- Медиа, 2012. - 536-б.

Ibrohim Varde islomiy moliyaviy mahsulotlarni mazkur vositalardan foydalanishda vujudga keladigan huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar majmuiga asoslanib tasniflaydi. Shunga muvofiq ravishda u sotishga asoslangan murobaha, musovama, istisno', salam, tavarruq va iyna kabi bitimlar kiradigan mahsulotlarni ajratib ko'rsatadi. Ikkinchi guruhdagi vositalar ijara (yollash)ga asoslangan mahsulotlardir. Uchinchi guruhga esa foyda va zararlarni bo'lishish hamda ulushli ishtirokka (muzoraba va mushoraka) asoslangan mahsulotlar kiradi3.

Islomiy moliya sohasidagi rossiyalik mutaxassis R.I.Bekkin islomiy moliyaviy mahsulotlarning quyidagi tasnifini keltiradi:

- foyda va zararlarni taqsimlash mexanizmiga asoslangan vositalar yoki moliyalashtirishning investisiyaviy vositalari: muzoraba, mushoraka;

- qarz bilan bog'liq moliyalashtirishga asoslangan vositalar: murobaha, salam, shuningdek, istisno' va ijara4.

R.R.Vohidov moliyaviy vositalarning eng ko'p tarqalgan ikki guruhini ko'rsatib o'tadi: kapitalda ishtirok etishga asoslangan vositalar va qarz bilan bog'liq moliyalashtirishga asoslangan vositalar.

Kapitalda ishtirok etishga asoslangan vositalarga R.R.Vohidov muzoraba va mushorakani, qarz bilan bog'liq moliyalashtirishga asoslangan vositalarga - murobaha, ijara, salam va sukukni kiritadi.

Islomiy moliyalashtirishning bunday jadal rivojlanishi quyidagi omillar sabab bo'lmoqda. Birinchidan, AQSh va Yevropadagi musulmonlarning dinamik ravishda ko'payib borayotgan sonidan shariat tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladigan moliyaviy xizmatlar va operatsiyalarga bo'lgan talab doimiy ravishda o'sib bormoqda. So'nggi yillarda Yevropada va Amerikada Islomga rioya qilish tobora o'sib bormoqda. Shunday qilib, faqat so'nggi 5-10 yil ichida Yevropada yashovchi 18 729 nasroniylar Islomni qabul qildilar. Ularning 38 foizini ayollar, 24 foizini tadbirkorlar, 8 foizini universitet bitiruvchilari, 19 foizini talabalar, 3 foizini ruhoniylar, 8 foizini ishsizlar tashkil etadi.

Ikkinchidan, jahon bozorlarida neft narxining tobora o'sib borishi Fors ko'rfazi mamlakatlari neft sanoati investitsiyalarining jozibadorligini oshiradi.

O'zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan va aholi soni bo'yicha mintaqadagi eng katta davlat bo'lib, 90 foizdan ortig'i musulmon bo'lgan va savodxonligi 99,99 foizni tashkil qiluvchi 35 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Islom diniga e'tiqod qiluvchilar ko'pchilikni tashkil qilishiga qaramay, O'zbekistonda shu vaqtgacha Islomiy moliya sohasi Markaziy Osiyodagi qo'shni mamlakatlarga qaraganda deyarli rivojlanmagan, vaholanki ushbu sohaning rivojlanishida mamlakat juda katta

3 Ibrahim Warde. Islamic Finance in the Global Economy / IbrahimWarde. 2010. - P. 52.

4 R.I.Bekken. "Islom iqtisodiy modeli va zamon", "O'zbekiston" Toshkent 2019y.

salohiyatga ega. Mamlakatimizda kichik va o'rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 70 foizini tashkil qilgan holda, bandlikning 78 foizini ta'minlaydi. Ammo shunga qaramasdan kichik va o'rta biznes vakillari o'z biznes faoliyatlari davomida juda ko'p muammolarga, ayniqsa moliya mablag'lari jalb qilish bilan og'liq muammolarga duch kelishadi. Bank kreditlari bo'yicha murakkab talablarning mavjudligi, foiz darajasining yuqoriligi, kafillik yoki garov bilan bog'liq muammolar shular jumlasidandir. Xuddi shu kabi, aholi ham banklar bilan bog'liq muammolarga, xususan banklar tomonidan taklif qilinadigan omonatlar bo'yicha foizlarning yuqori emasligi, barcha banklarda omonatlar bo'yicha shart-sharoit va taklifning bir xil ekanligi, banklar tomonidan faqat bir biriga o'xshash omonat turlari taklif qilinishi, ya'ni turli innovatsion yechimlar taklif qilinmasligi, investitsiya jamg'armalarining mavjud emasligi kabi muammolarga duch kelishadi. Bularning hammasi o'z navbatida banklarda tadbirkorlarni moliyalashtirish uchun mablag'lar yetishmovchiligiga sabab bo'lmoqda. Bu sharoitda, aholisining 90 foizdan ziyodi musulmon bo'lgan mamlakatimizda an'anaviy bank-moliya tizimiga muqobil ravishda islom moliya tizimini joriy qilish mavjud muammolarni hal qilish yechimlaridan bo'lishi va muayyan ijobiy natijalar berishi mumkin.5

Shu bilan birga, so'nggi yillarda xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu yo'nalishda ba'zi bir ishlar amalga oshirildi. Jumladan: Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) va uning guruhi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, xususan Xususiy Tarmoqni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (ICD), Xalqaro islom savdo moliya korporatsiyasi (ITFC) va Islom tadqiqotlar va treninglar instituti (IRTI) mamlakatda islom moliyasi rivojlanishida o'z hissalarini qo'shgan holda, hozirgi kunga qadar 2 milliard AQSh dollaridan ziyod mablag'ni Islomiy moliya tamoyillari asosida moliyalashtirish maqsadlariga yo'naltirgan. Kichik va o'rta biznes O'zbekistonda 81 foiz bandlikni ta'minlash barobarida, so'nggi 10 yil ichida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) yillik o'rtacha 5 foizdan yuqori darajada o'sishiga va Markaziy Osiyodagi iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatga aylanishiga katta hissa qo'shib kelmoqda. Kichik va o'rta biznes vakillari tomonidan Islom moliyasiga bo'lgan ehtiyojni inobatga olib, O'zbekiston 2003 yilda IsDBga va 2004 yilda esa ICDga a'zo davlat sifatida qabul qilindi. Ushbu tashkilotlar va hukumat o'rtasidagi o'zaro manfaatli munosabatlar Islom moliyasining O'zbekiston bozoriga kirib kelishiga zamin yaratdi va ushbu sohaga birinchi qadamni qo'yib berdi.

2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi doirasida «O'zbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili» bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqot va uning doirasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, bank kreditlaridan foydalanmaslikning asosiy sabablari sifatida avvalambor, diniy qarashlar,

5 Islom moliya mahsulotlarini O'zbekistonda tatbiq qilish va qo'llash yuzasidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari bo'yicha tahliliy hisobot. 17.06.2020

kreditlar bo'yicha yuqori foiz darajasi va kreditlashtirishning murakkabligi ko'rsatilgan bo'lib, agar mamlakatda islom moliya muassasalari tashkil etilsa, yuqoridagi so'rovnomada ishtirok etgan qatnashuvchilarning aksariyati ushbu muassasa xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligini ta'kidlaganlar. Hatto, an'anaviy banklar ham O'zbekistonda islom moliya muassasalari tashkil qilish, moliya tarmog'ida halol va shaffof raqobat yuzaga kelishi, natijada mamlakatga sarmoyalar oqimi o'sishi va diversifikatsiyasiga olib kelishi haqida o'z fikrlarini bildirganlar. "Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo'yicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi"6.

O'zbekistonda islom moliya xizmatlari sanoatining keng qamrovli joriy etilishi mamlakat uchun quyidagi imkoniyatlarni ochishiga olib keladi:

- xorijdan kelayotgan investitsiyalar hajmini oshirish va diversifikatsiyalash;

- bank tarmog'ida halol va shaffof raqobat muhitini yaratish hamda bank tizimi aktivlarini diversifikatsiyalash imkoniyatini yaratish;

- aholi va biznes vakillari ixtiyorida bo'lgan bo'sh pul mablag'larining iqtisodiyot rivojlanishida maksimal ishtirokini ta'minlash;

- mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish va diversifikatsiyalash;

- ko'plab yangi ish o'rinlari yaratish;

- aholining moliyaviy savodxonligini oshirish orqali, moliya bozoridagi faolligini ko'tarish;

- Islom moliya xizmatlari industriyasini rivojlantirish orqali mamlakatda infratuzilmani muvofiqlashtirish va yangilash;

- yangi moliyaviy muassasalar tashkil qilish;

- kambag'allikka qarshi kurashish davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo'shish;

- yangi yo'nalishda kadrlar tayyorlash dasturini yaratish.

O'zbekistonda Islomiy moliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga oshirish 2004 yildan boshlangan va bu O'zbekistonning 2003 yil sentyabrda Islom taraqqiyot bankining a'zoligiga qo'shilishi bilan bog'liq. 2004 yilda Islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan energetika va sog'liqni saqlash sohasida loyihalarni moliyalashtirish uchun «ijara» va «murobaha» shartnomalaridan foydalanilgan. Biroq ITB O'zbekistonda o'z faoliyatini mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlagan va bu a'zo bo'lmagan davlatlarning musulmon jamoalarini qo'llab-quvvatlash dasturi orqali grant loyihalarni amalga oshirishda namoyon bo'lgan.

O'zbekistonda islom bank-moliya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha Islom bank-moliya tizimini joriy qilish va rivojlantirish kengashi tuzish

6 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr.

maqsadga muvofiq. Kengashning ishchi organi sifatida quyidagi asosiy vazifalari bilan shug'ullanuvchi nodavlat tashkilot shaklidagi Islom bank-moliya tizimini rivojlantirish fondi tashkil etish:

- O'zbekistonda islom bank-moliya infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish istiqbollarini o'rganish va shu masala yuzasidan Kengashga takliflar taqdim etish va kerakli tashkiliy ishlarni amalga oshirish;

- islom moliya tizimini shakllantirish va rivojlantirish uchun turli manbalardan (jumladan xususiy tarmoqdan) moliyaviy mablag'lar jalb qilish (bunda moliya mablag'larini faqat shaffoflik siyosati talablariga javob beradigan manbalardangina jalb qilish asosiy mezon bo'lishi shart);

- kelajakda O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan barcha turdagi islom moliya muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish (Markaziy bank yoki boshqa davlat idora va tashkilotlarining vakolat va vazifalarini takrorlamagan holda);

- muntazam ravishda islom bank-moliya tizimi buyicha tijorat banklari xodimlari uchun xorijdan sohaning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda maxsus o'quv kurslari tashkil etish;

- islom bank-moliya tizimi yaxshi rivojlangan chet davlatlarida (masalan Malayziya va Buyuk Britaniyada) maxsus trening va seminarlar tashkil qilish;

- O'zbekiston tijorat banklari, lizing va investitsion kompaniyalari xodimlari uchun dunyoning yetakchi islom banklari, lizing va investitsion kompaniyalarida amaliyotlar (internship) tashkil qilish;

- xalqaro nufuzga ega olim va mutaxassislarning kitoblarini o'zbek va rus tillariga o'girish, ular asosida islom bank-moliya tizimi bo'yicha qo'llanmalar tayyorlash va chop etish;

- aholining moliyaviy savodxonligini, shu jumladan islom moliya tizimi sohasidagi tushuncha va bilimlarini shakllantirish va oshirish borasida amaliy ishlar olib borish, jumladan ilmiy-ommabop maqola va kitoblar tayyorlash va chop etish, radio, televideniye va internetda shu mavzuda maxsus eshittirish va ko'rsatuvlar tashkil qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli tanlovlar o'tkazish va h.k.z.

Xulosa

O'zbekistonda xalqaro islom tashkilotlari, ilmiy hamjamiyat, ta'lim muassasalari, islom bank-moliya muassasa va guruhlari o'zlarining tor milliy doirasidan tashqariga chiqishi va islom moliyasini muvaffaqiyatli joriy qilgan davlatlar tajribasini aholi va milliy muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar, moliya bozori ishtirokchilari va amaldorlar orasida keng targ'ib qilishi va shu orqali islom moliyasi mohiyatini qabul qilish va tushunib yetish darajasini oshirishi zarur. Islom moliyasi xizmatlari joriy etilgan davlatlarda samarali va mutadil ishlab kelmoqda. Islom bankchiligini tashkil etish orqali ko'pchilik qismi musulmon bo'lgan davlatda, samarali faoliyat yuritish va davlat

iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta'sir etishi mumkin. O'zbekistonda islom moliyasini tashkil etish bo'yicha quyidagilar yechim bo'lishi mumkin:

- avvalo mamlakatimizda alohida markaziy islom bankini tashkil etish;

- mukammal bo'lgan huquqiy-asosiy bazani yaratish bo'yicha ommaviy muhokamaga quyish;

- islom banklarida shar'iy kengashlarni va turli xalqaro muvofiqlashtiruvchi markazlar (idoralar) tashkil qilish;

- islom bank-moliya tizimini joriy etgan va islom moliyasi rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratgan mamlakatlarning muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar bilan keng ko'lamdagi sherikchilik aloqalarini bog'lash.

Har bir yaratilayotgan yangilikni nazorat qilish orqali uni muvofiqlashtirib turiladi. Ya'ni O'zbekistonda markaziy islom bankini tashkil etish orqali uni tartibga solish, muvofiqlashtirish va samarali faoliyat yuritishda ko'makchi bo'lib turmog'i darkor. Mazkaziy tashkilotda nafaqat ichki balki, tashqi aloqa qilish orqali sohada yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topilishi va yangiliklarni joriy etilishi orqali soha rivojida muhim qadam bo'lishi mumkin. Shar'iyat kengashini tashkil etish orqali halol va to'g'ri bitimlar bo'layotgani, yangi sheriklar bilan tushuntirish ishlarini olib borish samarali yechim bo'ladi. Muammolarni anglab yetish va tan olish samarali yechimlar topish yo'lida boshlang'ich nuqta hisoblanadi. Bu esa tizimning o'zi va uning barcha "tarkibiy qismlarini" sog'lomlashtiradi. Agar yuqorida aytib o'tilgan muammolarning hech hal qilishsa, bu - tizimning rivojlanishi va yuksalishida ulkan qadam tashlangan bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr

2. E.A.Baydaulet. "Islom moliya asoslari", "O'zbekiston" Toshkent 2019y.

3. B.Jurayev. (tarj.) "Islomiy moliya va bank tizimi", "O'zbekiston" Toshkent 2019 y.

4. R.I.Bekken. "Islom iqtisodiy modeli va zamon", "O'zbekiston" Toshkent 2019

y.

5. Ahmad, M. Abu-Alkheil (2012) «Ethical Banking and Finance: A Theoretical and Empirical Framework for the Cross-Country and Inter-bank Analysis of Efficiency, Productivity, and Financial Performance» Ltd. Germany

6. Bekkin R.I., 2009, Islamic economic model and modernity. Marjani Publishers, Moscow.

7. Mufti Taqi Usmoniy. Al-Azhar Fatwa declaring interest permissible.www.albalagh.net/qa/azhar_fatwa_interest.html.

8. Zamir Iqbal Abbas Mirakhor. An Introduction to Islamic Finance: Theory and

Practice, Edition 2 / Zamir Iqbal Abbas Mirakhor, 2011. - P. 1

9. Судин Хорун, Ван Нурсофиза Ван Азмий. Исломий молиялар ва банк тизими: фалсафаси, тамойиллари ва амалиёти. К,озон: Линова- Медиа, 2012. -536-б.

10. Ibrahim Warde. Islamic Finance in the Global Economy / Ibrahim Warde. 2010. - P. 52.

11. Хдйдаров Н.Х,. Молия: умумдавлат молияси-Т. Укув кулланма. 2009. Б,

2018

12. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Молия: умумдавлат молияси. Тошкент^дШОБ-МОиУА, 2009

13. A.V. Vaxabov, Sh. A. Tashmatov, N.X. Xaydarov, A.V.Vaxabov. Moliyaviy savodxonlik asoslari: o'quv qo'llanma/-Toshkent- 2013

14. Хдйдаров Н., Т. Маликов - Бюджет: тизими, тузилмаси, жараёни. Укув кулланма, 2007

15. Т.С. Маликов, Н.Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009

16. Н. Хайдаров. Давлат молиясини бошкариш. Т.:«Академия, 2005

17. Uchqun Yunusovich Urokov, Zulayho Abdujobir Qizi Tursunova. Actual issues in the management of external debt. Science and Education, 2022

18. У. Уроков. Бюджет маблаРларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари. 2017

19. U.Y.O'roqov, M.B.Moyliyev. Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro kapitalni jalb qilish masalalari. Science and Education, 2022

20. U O'roqov, Sh A Rayimqulova. O'zbekistonda qulay investitsiya muhitini shakllantirish masalalari. Science and Education, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.