Научная статья на тему 'ISLOMIY MOLIYA VA O’ZBEKISTON MOLIYA TIZIMIDA UNDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

ISLOMIY MOLIYA VA O’ZBEKISTON MOLIYA TIZIMIDA UNDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1077
202
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shariat / islom moliyasi / fiqh al Muamalat / sudxo’rlik / ribo / tijoriy muamalat / notijoriy muamalat / murobaha / mushoraka / salaam / istisna / ijara / sukuk / mudoraba / zakot / sadaqa / qarz ul-Hasan / vaqf / takoful / moliyaviy kapitalizm. / Sharia / Islamic finance / fiqh al-muamalat / usury / usury / commercial issue / non-commercial issue / murobaha / musharaka / salam / exclusion / rent / sukuk / mudoraba / zakat / sadaka / debt ul-hasan / foundation / takoful / financial capitalism.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Melikov Otabek Maxmadaminovich, Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzoda

Ushbu maqolada islomiy moliya tushunchasi, uning oddiy moliya tizimidan farqlari va afzalliklari bayon qilingan. Dunyo islomiy moliya bozori holati, unda islom banklarining tutgan o’rni tahlil qilingan. Xalqaro tajribalar o’rganilib, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish muammolari ko’rsatilgan va ularni bartaraf etish yo’nalishlari taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the concept of Islamic finance, its differences and advantages from a simple financial system. The state of the global Islamic financial market, in which the role of Islamic banks is analyzed. International experience was studied, the problems of the population's access to financial services were identified and ways to solve them were suggested.

Текст научной работы на тему «ISLOMIY MOLIYA VA O’ZBEKISTON MOLIYA TIZIMIDA UNDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

ISLOMIY MOLIYA VA O'ZBEKISTON MOLIYA TIZIMIDA UNDAN

FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Melikov Otabek Maxmadaminovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Moliya va bank ishi kafedrasi o'qituvchisi, E-mail: o.mel [email protected]

Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzoda

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Bank ishi yo'nalishi II-kurs talabasi, E-mail: [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada islomiy moliya tushunchasi, uning oddiy moliya tizimidan farqlari va afzalliklari bayon qilingan. Dunyo islomiy moliya bozori holati, unda islom banklarining tutgan o'rni tahlil qilingan. Xalqaro tajribalar o'rganilib, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish muammolari ko'rsatilgan va ularni bartaraf etish yo'nalishlari taklif etilgan.

Kalit so'zlar: Shariat, islom moliyasi, fiqh al - Muamalat, sudxo'rlik, ribo, tijoriy muamalat, notijoriy muamalat, murobaha, mushoraka, salaam, istisna, ijara, sukuk, mudoraba, zakot, sadaqa, qarz ul-Hasan, vaqf, takoful, moliyaviy kapitalizm.

Abstract: This article describes the concept of Islamic finance, its differences and advantages from a simple financial system. The state of the global Islamic financial market, in which the role of Islamic banks is analyzed. International experience was studied, the problems of the population's access to financial services were identified and ways to solve them were suggested.

Key words: Sharia, Islamic finance, fiqh al-muamalat, usury, usury, commercial issue, non-commercial issue, murobaha, musharaka, salam, exclusion, rent, sukuk, mudoraba, zakat, sadaka, debt ul-hasan, foundation, takoful, financial capitalism.

Аннотация: В данной статье описывается концепция исламских финансов, ее отличия и преимущества от простой финансовой системы. Состояние мирового исламского финансового рынка, на котором проанализирована роль исламских банков. Изучен международный опыт, выявлены проблемы доступа населения к финансовым услугам и предложены пути их решения.

Ключевые слова: Шариат, исламские финансы, фикх аль-муамалат, ростовщичество, ростовщичество, коммерческая проблема, некоммерческая проблема, муробаха, мушарака, салам, исключение, рента, сукук, мудораба, закят, садака, долг уль-хасан, основание, такофул, финансовый капитализм.

Kirish. Dunyoda ikki miliarddan ortiq musulmonlar yashaydi[1] va ular uchun foizlardan foydalanish mumkin emas. Lekin, hozirgi dunyomizda insonning e'tiqodi uni moliya xizmatlaridan foydalanishdan to'sa olmaydi. Kimdir an'anaviy kredit olishni istamasa, u inson uchun dunyoning ko'p mamlakatlarida muqobil variantlar taklif etiladi. Sababi, hamma teng imkoniyatlardan foydalanishi kerak (demokratiya tamoyili) va jamiyatda paydo bo'ladigan bunday imkoniyatlar inklyuziv rivojlanish, ya'ni jamiyat a'zolari o'rtasida adolat bilan taqsimlangan va barcha uchun teng imkoniyatlar beruvchi iqtisodiy rivojlanishga yo'l ochadi[2].

Respublikamizda ham aholining asosiy qismi, ya'ni 90 foizdan ortig'i musulmonlardan iborat ekanligini e'tiborga olsak, Islom moliyasi xizmatlarining joriy etilishi va rivojlanishi Xalqimizning moliyaviy xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, O'zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 apreldagi "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida" O'RQ-765-son qonuni[3]ning qabul qilinishi va bu qonunga asosan islom moliya xizmatlarining nobank moliya muassasalarida joriy etilishi bu boradagi amalga oshirilayotgan islohotlardan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Islom iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo'lgan islomiy moliya tizimi haqida fikr yuritilar ekan, so'z an'anaviy nuqtai-nazardagi moliya tizimi haqida emas, balki islomiy moliyaviy muassasa va vositalarning uyg'unligi talqinidagi tizim haqida borayotganini nazarda tutish lozim bo'ladi. An'anaviy tushunchadagi moliya tizimi haqida so'z yuritishning so'z yuritishning yanglishligi shundaki, jahonda faqat bir mamlakat - Sudanda moliyaviy sektor butkul islomiylashtirilgan. Aksariyat mamlakatlarda islomiy moliya muassasalari mavjud an'anaviy tizimning bir qismi hisoblanadi[4].

Islomiy moliyaning tuzilishi qarzdan olingan har qanday daromadni (riba) taqiqlash va daromadning qonuniyligi atrofida aylanadi. Ribo - qarzdordan mukofot sifatida olinadigan o'sishdir. Bu pulni pulga almashtirish yoki to'lovni kechiktirish hisobiga ssuda qarzlarni sotish bo'yicha kelishilgan narxga qo'shish bilan bog'liq operatsiyalar bo'yicha daromadni anglatadi. Iqtisodiyotda nomutanosiblik keltirib chiqaradiganligi sababli shariat buni man qilgan. Chunki foizlarni to'lash bilan bog'liq barcha operatsiyalar qat'iyan man etilad[5]

Riboning mohiyatini iqtisodiy ko'rsatkichlar orqali yana ham aniqroq tushunish mumkin. Qo'shimcha qiymat - sotib olingan mahsulot qiymati (ya'ni har bir ishlab chiqaruchi (firma) boshqasidan sotib olingan tovarning qiymati) va uni sotishdan kelib tushgan umumiy tushum o'rtasidagi farqdir. Pulga doir qo'shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog'liq. Pulga doir qo'shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog'liq. Voqelikdagi tovar yoki xizmatlarning to'lovini ta'minlamaydigan moliyaviy vositalarni olish va sotish ham unga kiradi. Moliyaviy vositalar xarid bahosi va ularni sotish bahosi o'rtasidagi farq o'zida pullik qo'shimcha qiymatni ifodalaydi. Bu bitimlar YAIM (yalpi ichki mahsulot) miqdorini o'zgartirmaydi hamda iqtisodiy agentlar o'rtasida pul mablag'larini qayta taqsimlash natijasi hisoblanadi. Mana shu pullik qo'shimcha qiymat ribboning o'zidir (bir valyutani ikkinchi valyutaga almashtirish va pul o'tkazmalari bundan mustasno) [6].

Islom yo'l-yo'riq ko^satuvchi tartiblami taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoida^ majmuiga noya etishga amr qiladi. Faqat so'nggi biг necha o'n yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me'yoñami zamonaviy tahliliy atamalaг nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy sa'y-harakatlar amalga oshirilganiga qaramay va ko'plab tadqiqot^ chop etilgan bo'lsa-da, baribiï «islomiy moliya» yoki «islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo'shilgan turii ijtimoiy fanlaгga nisbatan aniq ta'rifni qo'llash yuzasidan ayгim chalkasЫiklaг saqlanib turibdi. Mana shunday tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko'ribchiqish tendensiyasi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi [7].

Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda statistik jadval va grafiklar, mantiqiy va taqqoslama tahlil, guruhlash usullari hamda mavzuga oid xorijiy, mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari va rasmiy statistic internet saytlaridan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. Islom huquq tizimida, musulmonlar turmush tarzini tartibga soluvchi qonun-qoidalaг yig'indisi - Shariat orqali davlat boshqaruvi va jamiyat faravonligi ta'minlanadi. Bu huquq tizimida asosiy manba sifatida Qw'on va sunnatga tayaniladi. Hukumlaг aynan Qufon va sunnatdan olinadi. Bundan tashqari, ijmo ham huquq manbasi sifatida foydalaniladi.

Har qanday davlatda huquq tizimlari mavjud va ularni uchta katta guruhga bo'lish mumkin (1-rasm):

1-rasm. Huquq oilalari [14]

Islom moliyasi islom huquqshunosligining biг bo'lagi hisoblanadi. Islomiy moliyasining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat[8]:

• Boylik qonuniy savdo va aktivlarga asoslangan investitsiyalardan yaratilishi;

• Investitsiyalar, shuningdek, sof foydadan tashqari kengroq jamiyat uchun ijtimoiy va axloqiy foyda keltirishi;

• Havfni taqsimlash;

• Barcha zararli ishlardan (harom) qochish kerakligi;

Islom moliyasi bu hozirgi kunda butun boshli bir zamonaviy tizim, o'z ichiga turli xil banklarni, sug'urta korxonalari, konsalting kompaniyalari va hokozolarni qamrab oladi. Bunday muassasalarning moliyalashtirish amaliyoti ostida savdo (mijoz talabiga ko'ra: bino qurib berish, asbob - uskunalar, tovar va xomashyo materiallar) yotadi. An'anaviy banklarning savdo amaliyoti bilan shug'ullanis hi esa qonunan ta'qiqlangan.

Islom moliyasi bu dunyoviy masala, undan hamma birdek foydalanishi mumkin. Muhim jihati shundaki, islomiy moliya - bu "axloqiy-ijtimoiy moliya" degani. Bu moliyada insonlar birgalikda bitta jamiyat qurishadi, boylar alohida, kambag'allar alohida bo'lib qolishmaydi.(3-rasmga qarang)

Sudxo'rlikka qadimdan barcha dinlarda ta'qiq qo'yilgan, xususan qadimgi yunon faylasuflari Aristotel va Aflotun ham. Keyinchalik erkin bozor kapitalizmi va davlatning iqtisodiyotga aralashmaslik siyosati tarafdori bo'lgan Adam Smit ham, sudxo'rlikni tartibga solib turilishini yoqlagan. To'g'ri u sudxo'rlikka butkul qarshi chiqmagan, ammo foizlar bo'yicha chegaralar qo'yilishi tashviqotchisi bo'lgan. Bundan tashqari S.Gezell, J.Keyns va Duglas (1924), Fisher (1935), Simons (1948) larni ham sudxo'rlikka qarshi yo'nalish islohotchilari sifatida sanashimiz mumkin. Ular banklarning hech qanday xarajatlar yoki talofatlarsiz foiz hisoblashishlari noaxloqiy va qalloblik deb hisoblashgan [9].

Islom moliyasi axloqiy-ijtimoiy moliya hisoblanadi. Chunki kapitalistik davlatlar madaniyati individualistik madaniyat hisoblanib, shaxs xohishlari hamma narsadan ustun turadi. Islom moliyasi diqqat markazida esa jamoa turadi. Islom moliyasi ijtimoiy - axloqiy moliya deyilishining yana bir sabablaridan biri shuki -unda tijoriy va notijoriy moliyalar bor.

Islom va moliyaning bog'lanishi. Islom huquqida qonun qoidalarni o'rganuvchi yo'nalish - Fiqh deb ataladi. Moliyaviy masalalarga javob beruvchi fiqh esa Fiqh al - Muamalat deb ataladi. Fiqh al - Muamalat - bu jamiyatda qanday mumuomalar bo'lsa o'sha muomalalarni hal qiladigan qonun-qoidalar yig'indisidir. (2-rasm)

2-rasm. Islomda moliyaviy qoidalar asosi [15]

Uning bir qismi moliyaviy muamalat bo'lib, u insonlar o'rtasidagi moliyaviy aloqalarni, bir-birlari bilan savdo-sotiq, pul bilan bog'liq oldi-berdi muomalalari qamrab oladi. Moliyaviy muomalatni ham ikki guruhga bo'lishimiz mumkin:

A. Tijoriy muomala - bu real iqtisodiy fiqh, bunda oldi - sotdilar bo'lib o'tadi. Har qanday foyda va naf keltiradigan amaliyotlar bajariladi.

Islom moliyasida kredit berib pul topish ta'qiqlanganligi sababli, iqtisodiyot rivojiga xizmat qiluvchi bir necha alternativ instrumenrtlar yaratilgan va ular orqali pul oxir oqibat real iqtisodiyotga tarqaladi. Quyida islom moliyasi asosiy muomala turlari keltirilgan:

1) Murobaha - bu savdoning bir ko'rinishi. Unda aktiv sotib olinadi va sotiladi;

2) Ijara - aktiv sotib olib ikkinchi tomonga ijaraga beriladi. Bunda ijaraga beruvchi ijaraga berib foyda oladi, ijaraga oluvchi undan foydalanishdan manfaatdor bo'ladi.

3) Istisna - yo'q narsaga pul tikish. ( loyihani moliyalashtirish). Qurilayotgan (paydo bo'layotgan) hali yaratilmagan aktivlarni moliyalashtirish.

4) Salaam - qishloq xo'jaligini moliyalashtirish, ya'ni hosilni fermerdan oldindan sotib olish;

5) Musharaka - sherikchilik;

6) Mudoraba - bunda niznes qilish qobiliyatiga ega bo'lmagan, lekin mablag'i bor shaxs bilan biznes qilish qobiliyatiga (biznes sir-asrorlarini biladi) ega bo'lgan shaxslarning shartnoma tuzib birlashishidir. Bunda bir shaxs biznesga pulini tikadi, ikkinchi tomon esa qobiliyatini tikadi;

7) Sukuk - qimmatbaho qog'ozlar, ya'ni investitsiyalar.

B.Notijoriy muomala - bunda, asosan kambag'allarga yordam beriladi. Dunyoviy jihatdan, boylik insonga tegishli hisoblanadi. Islomda esa, boylik har bir insonga vaqtincha berilgan va shu vaqtincha berilgan boylikning ham bir qismi kambag'allarning haqqi hisoblanadi. Bunday qarash, o'z navbatida iqtisodiyotda juda katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Sababi bir tarafdan kambag'allarning ahvoli yaxshilansa boshqa tarfdan kambag'allar u pullarni bozorda ishlatadi (tovar yoki xizmatlardan foydalanadi). Shu tariqa pul yana real iqtisodga qaytadi va aylanishda davom etadi.Yoki ana'naviy moliya tizimda baland kredit reytingdagi kompaniya va korxonalar mablag'larni arzon narxlarda jalb qilishadi. Biroq oddiy jismoniy yoki kichik bizneslar uchun bank va moliya institutlari katta foizlardagi kreditlar berishadi. Ular qilayotgan daromadlari foiz to'lash bilan tamom bo'ladi. Umuman olganda, yangi Startuplar, kichik biznes (mikro darajadi), beva yoki ajrashgan ayollar va muhtojlarga bank kredit bermaydi.

Islomiy moliyadagi notijoriy instrumentlar orqali yuqoridagi muammolarni yechish mumkin. (3-rasmga qarang)

1) Zakot - Har yili (bir yilda bir marta, asosan Ramazon oyida) boylarning 2,5 foizgacha bo'lgan boyligi to'g'ridan to'g'ri kambag'allarga beriladi.

2) Sadaqa -Boylar kambag'allarga sadaqa qilishadi (har oy, har hafta va h.k.). Sodda qilib aytganda, bu instrument qayta taqsimlash vazifasini bajaradi.

3) Qarz ul Hasan - bu kafolatlangan foizsiz qarz. Ma'lum muddatga hech qanday foizlarsiz jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladi.

4) Vaqf - makroiqtisodiy ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Bu pullarga tarixdan yo'llar, o'quv markazlar, karvonsaroylar qurilgan.

5) Takoful - bu jamoaviy bir - biriga o'zaro yordam. Oddiy moliyadagi sug'urta kompaniyalariga o'xshaydi.

i i

Real iqtisodiyot

V 9

/ \

m" • •

Tijoriy muomala

Notijoriy muomala

3-rasm. Islom moliyasining ijtimoiy jihati [16]

Jahon islomiy moliya bozorlarining aktivlari umumiy qiymarti qariyb 2,88 trillion AQSH dollarini tashkil qildi. Jahon islom moliya bozorlari uchun 2024-yilga borib 3,69 trillion AQSH dollarini tashkil etishi prognoz qilinmoqda (2019yil). Islom moliya sektori 15 foizdan 25 foizgacha yiliga o'sayapti. [13]

2020-yil yakunlariga ko'ra,global jihatdan islom banklarining aktivlari 2 349 milliard AQSh dollariga, Sukuk 631 milliard AQSh dollariga, islom fondlarining aktivlari 178 milliard AQSh dollariga, boshqa islomiy moliya institutlarining aktivlari 154 milliard AQSh dollariga, Takoful aktivlari esa milliard AQSh dollarini tashkil etgan.(4-rasm)

2 500 2 000 1 500 1 000 500 0

1 2 349

631 ■

178 154 62

Islom banklari

Sukuk

Islom fondlari

Boshqa IMI

Takaful

4-rasm. Islomiy moliya institutlarining aktivlari miqdori [10] (Milliard AQSH

dollarida)

Agar,2020-yil yakunlariga ko'ra, islomiy moliya institutlari aktivlarini foizlarda ko'radigan bo'lsak, islom banklari 70%, Sukuk 19%, islom fondlari 5%, boshqa islomiy moliya iinstitutlari 4% va Takaful 2% ni tashkil etgan.(5-rasm)

5-rasm. Umumiy islomiy moliya aktivlarida islomiy moliya institutlarining

ulushlari miqdori[11]

Yuqoridagi grafikdan ko'rinib turibdiki, islomiy moliya instrumentlarining eng yuqori potensialga ega bo'lgan instituti - bu islom banklaridir.

Islom banklari Xalqaro bank bozorining 6 foizdan ortiqrog'ini tashkil etmoqda.(2020). Hozirgi kunda 80 dan ziyod mamlakatlarda islomiy moliya ishlab turibdi va ularda mazkur soha uchun uchun me'yoriy-huquqiy asoslar yaratilgan. Biroq islom dunyosining 10ta mamlakatlari islom moliyasining deyarli 95 foiziga egalik qiladi. Birinchilarda Eron 29% bilan, Saudiya Arabistoni (25%), Malaziya (11%), BAA (8%), Quvayt (6%), Qatar (6%), Turkiya (2.6%), Bangladesh (2.1%), ndoneziya (2%) va Baxrain (1.8%). (4-rasm)

Boshqa davlatlar Baxrayn Indoneziya Bangladesh Turkiya Qatar Quvayt BAA Malaziya Saudiya Arabistoni Eron

0%

5%

10%

15%

20%

25%

30%

35%

6-rasm.2020-yil 5-noyabr holati bo'yicha global islomiy moliyada katta ulushga

ega mamlakatlar [12] Islomiy va an'anaviy moliyalashtirish o'rtasidagi farq. Iqtisodiyotning ijtimoiy yo'naltirilganligi bu xo'jalik faoliyati natijalarini adolatli taqsimlashdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun iqtisodiyotning real sektori rivojlangan va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishilgan bo'lishi kerak. Yuqorida ta'kidlanganidek,

islom moliyasi bozor iqtisodiyotini rad etmaydi va xususiy mulkchilikni tan oladi va rag'batlantiradi. Shunday ekan ikki xil: islomiy va kapitalistik iqtisodiyotlarni farqlashimiz mumkin.

Kapitalistik iqtisodiyotda shaxs :

• Istalgan qarorlarni qabul qiladi;

• Erkinligi cheklanmaydi;

• Agar biror cheklov bo'ladigan taqdirda ham undan biror demokratik qonunchilik vositasida xalos bo'ladi.

Cheklovlarning mutlaqo yo'qligi jamiyatda nomuvofiq ishlarni keltirib chiqaradi:

• Foizlar;

• Qimor o'yinlari;

• Boylikni kamchilik insonlar qo'lida to'planib monopoliya ko'rinishiga kelishi;

• noaxloqiy va zararli vositalar ko'magi bilan bir - birlarini eksplatatsiya qilish;

• Bir guruh insonlarning boqmandalikka berilib ketishi;

• noqonuniy tovar va xizmatlar bilan amaliyotlar bajariladi;

• qisqa sotuvlar rivojlanadi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• pul o'zidan o'zi ko'payadi;

• inflatsiya yildan yilga oshadi;

• jilovlab bo'lmaydigan darajadagi foyda olish monopoliyalari paydo bo'ladi.

Yuqoridagi omillar sababli iqtisodiyotda bozorning ta'siri yo'qoladi, yoki hech

bo'lmaganda kuchsizlanib ketadi.

Moliyaviy kapitalizmda bank va moliyaviy muassasalar faqat pullar, yoxud monetar majburiyatlarni oldi - sotdisi bilan shug'ullanishadi. Islom moliyasida esa, voqelikdagi (real) aktivlar moliyalashtiriladi. Bunda, pul savdo predmeti sifatida tan olinmaydi. Pulning o'zi hech qanday qiymatga, yoki naflilikka ega emas. U shunchaki tovar yoki xizmatlarning puldagi ifodasidir. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, tovar (qalam, kitob, biror bir texnika, oziq-ovqat) va xizmatlar (sartaroshlik, tikuvchilik, ma'lum tovarni yetkazib berish) oxir oqibat qandaydir qiymat yaratadi. Ulardan foydalanamiz. Pulni o'zini esa hech nima qilib bo'lmaydi. Iste'mol qilolmaymiz, ishlarimizni yengillashtira olmaymiz. Oddiy banklarda kreditlar tovar aylanmasidan tashqarida ko'payuvchi qo'shimcha pul massasini yaratishi real sektorga nisbatan pul massasining ko'payib ketishiga sabab bo'ladi, bu esa o'z navbatida inflatsiyani kuchaytiradi va bunday nomuvofiqlik hisobiga xom ashyo va xizmatlarning bahosi o'sadi. Shuning uchun ham, kredit-qarz amaliyotlaridan olingan foyda (pulning qo'shimcha qiymati) man etilgan. Shunday qilib, real aktivlarga asoslangan muqobil islomiy moliyalashtirish jarayonida voqelikdagi (real) qo'shimcha qiymat yuzaga keladi.

Bundan tashqari 2007-2009 yillardagi moliyaviy inqiroz natij asida iqtisodiyotda real sektorini moliyalashtirish bilan bog'liq bir qancha muammolar yuzaga keldi. Ushbu yo'nalishda ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog'liq va mavjud xatarlarni bartaraf etish imkonini beruvchi islom moliyaviy vositalar muhim

o'rin egallamoqda [13]. Shunday ekan, ushbu tizim moliyaviy xizmatlami ko'гsatish jaгayonida xosil bo'ladigan konfliktlami samaгali baгtaгaf etishlaгi va jahon iqtisodiyotida kamayib borayotgan real tovarlar va xizmatlaг segmentlaгini qo'llab-quvvatlashni yiгik islom koгpoгatsiyalaгi o'zlaгining siyosiy va iqtisodiy qarariarida e'tiboгga olishi lozim.

Xulosa va takliflar. O'zbekistronda islomiy moliya tizimini keng joriy etish, aholi va yuгidik shaxslami islom moliya xizmatlaгiga bo'lgan ehtiyojlarini qondirilishida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

- Islom banklari faoliyati va islom bank xizmatlari bo'yicha mavjud xorijiy davlatlarning tajribalaridan foydalanilgan holda zudlik bilan milliy qonunchilik va me'yoгiy h^jatla^an qabul qilish;

- Ushbu sohada istiqbolli kadriami oliy ta'lim tizimida alohida yo'nalisЫaг ochgan holda tayyorlash;

- Ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridan keng foydalanilgan holda aholining savodxonligini oshirish;

- Yangi davr banki sifatida ochilayotgan istiqbolli raqamli (Anor bank, TBS bank, Apelsin bank) banklar singari alohida milliy islom banklarini ochish;

Xulosa qilib aytganda, haг biг inson o'zining e'tiqodidan kelib chiqqan holda moliya xizmatlaridan foydalanishga haqli va hozñgi kunda dunyo bo'ylab an'anaviy moliya xizmatlariga alternativ yechim^ yaratilgan zamonda yashayapmiz. Ya'ni, islom moliyasi xizmatlari shariat qoidalariga asoslangan va ularga ribo aralashmaydi. Shuningdek, o'tkazilgan tadqiqotlaг natijasida islom moliyasi aktivlari yildan-yilga ko'payib boгayotganini ko'rishimiz mumkin.

Umuman olganda, islomiy moliya xizmatlaridan foydalanish bir tomondan foydalanuvchi e'tiqodini hrnmat qilish bo'lsa, ikkinchi tomondan jamiyatda axloqiy me'zonlami ushlab tuгishdiг, uchinchi tomondan esa katta moliyaviy mablag'lar jalb qilishning bir usulidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. www.worldpopulationreview.com

2. OECD ta'rifi.

3. O'zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 apreldagi "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida" O'RQ-765-son qonuni. www.lex.uz.

4. www.islommoliyasi.uz;

5. O.Akhmadjonov, A.Abdullaev, J.Anvarov, S.Ismoilov. ISLOM MOLIYASI// scientific progress. Vol 3. Issue 2. 2022y. 45-b

6. Islomiy moliya asoslari - E.Baydaulet, H.Hasanov. Toshkent: O'zbekiston NMIU.2019.17.18-b.

7. M.Pulatova, M.Mehmonaliyev. Islom moliyasi va uning rivojlanish evolyutsiyasi // Science and Education. 2022. №2.

8. www.accaglobal.com.

9. Wayne A.M.Visser and Alastair Mclntosh; 180-pp.

10. https://www.statista.com - Global No.1 Business Data Platform.

11. https://www.refinitiv.com/en/resources/special-report/islamic-finance-development-report

12. https://www.gfmag.com/topics/blogs/islamic-finance-íust-muslim-maíority-nations#:~:text=Islamic%20finance%20is%20today%20a,concentrated%20in%20ver y%20few%20markets

13. Islomiy moliya asoslari - E.Baydaulet, H.Hasanov. Toshkent: O'zbekiston NMIU.2019.17.18-b.

14. 15. 16. Mualliflar ishlanmasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.