Научная статья на тему 'ISLOM MOLIYASI'

ISLOM MOLIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
702
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
islomiy moliya / islom banki / islom iqtisodi / ribo / islom fiqhi / mudoraba / murobaha / mushoraka.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ravshanbek O’ralov, Davronbek Jo’rayev, Jahongir Umaraliyev, Abdulaziz Abdurahimov

Ushbu maqolada ,,Islom moliyasi`` hamda ,,Islom banki`` tushunchasining kelib chiqish tarixi. O’zbekiston Respublikasi uchun islomiy moliya hamda islom banklarining nega kerakligi va nega zarurligi , islom banklari hamda an’anaviy banklarning bir biridan farqi, islom moliyasida mavjud muammo va yechimlar, islom moliyasining maqsadlari va shariatga muofiqligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISLOM MOLIYASI»

ISLOM MOLIYASI

Ravshanbek Davronbek Jahongir Abdulaziz

O'ralov Jo'rayev Umaraliyev Abdurahimov

Qo'qon Universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ,,Islom moliyasi^ hamda ,,Islom banki" tushunchasining kelib chiqish tarixi. O'zbekiston Respublikasi uchun islomiy moliya hamda islom banklarining nega kerakligi va nega zarurligi , islom banklari hamda an'anaviy banklarning bir biridan farqi, islom moliyasida mavjud muammo va yechimlar, islom moliyasining maqsadlari va shariatga muofiqligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: islomiy moliya, islom banki, islom iqtisodi, ribo, islom fiqhi, mudoraba, murobaha, mushoraka.

Har qanday davlat yoki tashkilotni, uni tartibga solib turuvchi qonunlar mavjud bo'lgan taqdirda faoliyat yuritadi. Musulmon insonlarning hayot tarzini tartibga solib turuvchi qonun - qoidalar majmui bu - shariatdir. Shariat bu 1500 yillik ma'naviy, axloqiy va huquqiy hamda iqtisodiy tizim hamdir.Islom moliyasi manashu shariat qonun - qoidalariga asoslangan iqtisodiy tizim hisoblanadi. Avval 622 - 661 - yillarda islom moliyasi tamoyillari Arabistonning yarim Orollarida arablar tomonidan qo'llanilgan. Hatto payg'ambar Muhammad S.A.V ham vahiy tushmasdan avval shu tamoyillardan foydalanib savdo qilganlar. Shu paytlarda ribo [ya'ni foizga asoslangan moliyaviy munosabat] lar ancha avj olgan edi . Shunda olloh riboni xarom qildi, va vahiy tushgandan so'ng esa Muhammad S. A. V birinchi navbatda shu munosabatni taqiqlaganlar. Keyinchalik islom moliyasi bir necha bosqichlardan o'tib xozirgacha yetib keldi.Ushbu qonunlar 4 manbaga ega:

1. Muqaddas qur'on bo'lib , u diniy bilimlarni asl o'zgarmas manbasi hisoblanadi . Qur'on payg'anbar Muhammad S. A .V orqali , Jabroil alayhissalom vositasida yetkazilgan Allohning vahiylarini o'z ichiga olgan bo'lib, butun insoniyatga yo'llangan ilohiy ko'rsatma .

2. Hadis hisoblanadi . Payg'ambar Muhammad S. A . V ning qavmlari yoki ular bilan bog'liq voqeliklarni ifodalovchi rivoyat bo'lib Muhammad S. A. V ning sunnatlari asosini tashkil etadi.

3. Ijmo - bu obroli islomiy olimlar tomonidan aniq bir masala yoki xolat uchun ishlab chiqilgan yechim. Islom an'analarida Qur'on va sunnatdan mustaqil xulosa qilish huquqiga ega inson,,Mujtaxid" deb ataladi.

4. Qiyos-bu atamaning asl ma'nosi o'lchash yoki ikki ashyo o'rtasida taqqoslash o'tkazish so'zlaridan kelib chiqib, Qiyos murakkab va

munoarali masalalar bo'yicha Qur'on va xadislarda bayon etilgan asoslarga ko'ra , mujtaxidlar tomonidan yangi yechimlarni ishlash va hukm chiqarishdir .

Islom moliyasida bir qancha bitimlar bor ulardan asosiylari: Birinchi bitim - "sarf". Sarf bu tomonlar o'rtasida moddiy qiymatga ega bo'lgan mahsulotlarning , masalan dinor ( oltin ) , dirham ( kumush ) yoki shularning zarb qilingan , quyma yoki boshqa ko'rinishlari, hamda hozirda muomalada bo'lgan pul birliklari (valyutalar)ning bir-biriga ayirboshlanishiga ya'ni olib-sotilishiga) aytiladi.

Ikkinchi bitim - "murobaha" Murobaha bu sotuvchi yoki moliya muassasasining biror bir mahsulot (masalan qandaydir uskuna) tannarxiga buyurtma bergan xaridor bilan kelishilgan muayyan ustamani qo'yib , ma'lum bir muddat ichida bo'lib -bo'lib to'lash sharti bilan shu xaridorga sotishidir . Uchinchi bitim -"mudoraba" Mudoraba sherikchilik bitimining bir ko'rinishi bo'lib, bunda sarmoya egasi (rabb-ul mol), ish yurituvchi (mudorib) bilan sherikchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun sarmoya ajratadi . Bunday sherikchilikda tadbirkorlik faoliyati to'liq ravishda mudorib tomonidan boshqariladi . Faoliyat davomida ko'rilgan foyda oldindan kelishilgan nisbatda bo'linadi, zarar esa faqat sarmoya egasi zimmasiga tushadi. To'rtinchi bitim - "salam" Salam mahsulot uchun to'lov darhol amalga oshiriladigan, mahsulot esa keyinroq xaridorga yetkazib berilishini ko'zda tutadigan bitimdir (bunda, sotilayotgan mahsulot bitim tuzilayotgan paytda mavjud bo'lishi ham, mavjud bo'lmasligi ham mumkin). Salam shartnomasi ko'proq qishloq xo'jaligida qo'llaniladi. Beshinchi bitim - " istisna ". Istisna ham salam kabi hali ishlab chiqarilmagan mahsulotni sotish shartnomasidir . Bu shartnoma , ishlab chiqaruvchi buyurtma berilgan mahsulotni o'z xom ashyosidan ishlab chiqarishini ko'zda tutadi. Ushbu bitim huquqiy kuchga ega bo'lishi uchun, ishlab chiqarilishi kerak bo'lgan mahsulotning narxi, sifati va xususiyatlari tomonlar o'rtasida aniq kelishib olinishi kerak . Oltinchi bitim - ,, mushoraka " ikki yoki undan ortiq tomonlar o'rtasidagi mulkiy sherikchilik bo'lib, bunda har bir sherik ma'lum miqdordagi pul yoki mol-mulk shaklidagi sarmoyasini umumiy biznesga tikadi va ushbu biznes doirasida qurilgan foyda tomonlarning kelishuviga asosan zarar esa xar bir sherikning umumiy sarmoyadagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Islom banklarinig an'anaviy banklardan farqi shundaki, Islom banklarida :

1. Foyda yoki zarar bo'lganda investor va tadbirkor o'rtasida qancha ulushlarda bo'linishi kontraktda ko'rsatiladi .

2. Foiz ( ribo ) qat'iyan taqiqlanadi. Uning o'rniga daromaddan ulush oladi, agar tadbirkor foyda emas zarar ko'rsa kontrakt shartlariga muvofiq ulushlarda bank va tadbirkor o'rtasida bo'linadi.

3. Tadbirkor kredit qaytarilishi kerak bo'lgan muddatdan o'tgan har bir kun uchun qo'shimcha foiz ( jarima ) to'lamaydi .

4. Omonatga qo'yilgan pullarni ma'lum muddatda foizi bilan olishni kafolatlamaydi .

Bu bank daromadiga bog'liq. An'anaviy banklarda esa :

1. Investor bankka qo'ygan pulini qancha foiz bilan qaytaribolishni oldindan hisoblab ko'rishi mumkin.

2. Pulni qarzga berish va uni foizi bilan qaytarib olish tijorat bankining asosiy faoliyatidan biri hisoblanadi. Tadbirkorning biznesi muvoffaqiyatli yuradimi yoki bankrot bo'ladimi kreditni foizi bilan bankka to'liq qaytarishi shart.

3. Tadbirkor kredit. qaytarilishi kerak bo'lgan muddatdan o'tgan har bir kun uchun qo'shimcha foiz (jarima) to'laydi .

4. Omonatga qo'yilgan pullarni ma'lum muddatda foizi bilan olishni kafolatlaydi.

Birinchi islom bankga 1963 - yilda misrda asos solingan . Reuter agentligining ma'lumotlariga ko'ra bugungi kunda 300 dan ortiq Islom banklari va 200 dan ortiq islomiy darchalar dunyoning 67 davlatida faoliyat ko'rsatmoqda. Islom banklarining umumiy kapitali 2 tirillion aqsh dolloridan oshdi. Islom banklari saudiya arabistoni, iroq, quvayt, malayziya, BAA, pokiston, bangladesh, turkiyada ancha rivojlangan.

Bundan tashqari Germaniya, Aqsh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Irlandiya, Leyksenburg va boshqa davlatlarda faoliyat ko'rsatmoqda. Dunyoning 130 dan ortiq universitetlarida islom banki va moliyasi bo'yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Shu jumladan, jahonning quyidagi eng mashhur universitetlarida ham maxsus kurslar tashkil qilindi . Ularda bakalavr , magistratura, doktarantura bosqichida talabalar tahsil olmoqda. O'rta osiyo davlatlaridan birinchi bo'lib qozog'istonda 2010 - yil martda birinchi islomiy bank " al-hilol " bank amaliyotini o'tash uchun ruxsatnoma oldi. 2017 - yil 17 - avgustda "zamanbank" islomiy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha litsenziya oldi va o'z faoliyatini boshladi. 2009 -yil aprelda qirg'izistonda " bank va bank faoliyati to'g'risida " gi Qirg'iziston respublikasi qonuniga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish va boshqalar qabul qilindi. Mazkur tuzatishlar islomiy va " islomiy darcha"ga ega bo'lgan an'anaviy banklarda moliyalashtirishning islomiy usullarini qo'llash uchun imkoniyatlar yaratdi.

Islom moliyasidagi eng katta taqiqlardan bin bu ribodir. Ya'ni ,, ribo " -islom moliyasidagi eng asosiy taqiqlardan biri, islom fiqhida esa eng katta gunohi kabiralar qatoriga kiradi. ,,Ribo an-nasiya" qarz munosabati asosidagi almashinuv jarayonida

Kechiktirilgan muddat uchun qo'shimcha qiymat ustam a olish orqali foydaga erishishdir. A'naviy banklarning foiz asosidagi qarz berish amaliyoti ribo an -nasiya ayni o'zi bo'lib , bunda qarzdor kredit shartnomasi bo'yicha pul (foiz) xam to'laydi. Riboning xarom qilinishining xikmati nimada? Quvayt fiqh ensiklopediyasida ushbu savolga javob sifatida quyidagi Muloxazalar keltirgan. Mufassir ulomolar riboning xarom qilinishida bir qancha shar'iy sabablarni keltirishgan: Birinchidan ,,ribo'' -bir inson boshqa bir insonning molini evassiz olishini taqozo etadi. Chunki kimdir bir so'mni ikki so'mga sotsa (almashsa) u xox naqd bo'lsin , xox nasiya xech qanday evassiz ortiqcha bir so'mni qo'lga kiritayotgan bo'ladi.

Musulmon kishining moli uning extiyojlariga bog'liq bo'ladi va uning moli daxlsiz xisoblanadi. Payg'ambarimiz muhammad (s.a.v) ning ,, musulmon molining xurmati uning qoning xurmati kabidir'' ( ya'ni qoniga tajovuz qilish xarom bo'lganidek , uning moliga tajovuz qilish ham xarom ) degan ma'noda xadislari bor. Foyda keltiradigan xar qanday qarz ribodir. Qarz berganda odamlarga yordam berish, ularning xayotini yengillashtirish iroda qilinadi . Shariatimiz qarzni foyda keltiruvchi manba qilib olishdan qaytargan. Shuning uchun qarz beruvchi o'zi bergan qarzning aynan mislini olishgagina xaqqi bo'ladi. Agar qarz berishdan biror foyda shart qilinsa yoki shart qilinmasa xam, biror narsa qo'shib berish urfga kirib qolgan bo'lsa, yoki kimdir qarz olib unga foyda qoshib berishni odat qilib olgan bo'lsa , olingan foyda xarom bo'ladi.

Birinchidan , bank kredit tizimida jiddiy kamchiliklar bor. Masalan , kredit buyurtmalarini ko'rib chiqishning murakkab mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatlarini chegaralamoqda, mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlarni olish darajasini oshirishni ta'minlamayapti , mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari bo'yicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda iste'molchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmoqda. Agar islomiy darchalar tijorat banklari qoshida tashkil qilinsa kredit olishning muqobil variant paydo bo'ladi. Ikkinchidan, mamlakatimiz aholisining asosiy qismi islom diniga e'tiqod qilganligi bois aga r islom banki yoki islom bank xizmatlari tashkil etilsa , bankga omonat qo'yuvchilar soni keskin oshadi. Bu esa o'z navbatida naqd pulning bank orqali aylanishini ta'minlaydi va inflatsiya darajasini kamaytiradi. Uchinchidan , islom banklari orqali moliyalashtirish mablag'lari oshadi. Masalan , birgina islom taraqqiyot banki orqali 2019-2021 -yillarda jami qiymati 2 mlrd 42 mln dollardan ko'proq miqdordagi 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi

mo'ljallangan. To'rtinchidan, qo'shimcha bo'sh ish o'rinlari yaratiladi. Eng muhimi bugungi kunda jahonda shiddat bilan o'sayotgan tizimni o'rganib, uni amaliyotga tatbiq qilib, undan yurtimiz istiqboli uchun manfat olish imkoniyatiga ega bo'linadi. Islom moliyasi va bank tizimini amaliyotga tatbiq qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur .

1. Malakali kadrlar tayyorlash . Oliygohlarda chet el universitetlari bilan qo'shma fakultetlar tashkil qilish ;

2. Tijorat banklari qoshida islomiy xizmatlar darchasini tashkil etish ;

3. Mavjud kadrlarni islom banklarida amaliyot o'tashga yuborish ;

4. Islom sivilizatsiya markazida shariat kengashini tashkil qilish.

Islom iqtisodiyotida foyda me'yori-foiz stavkasidan farqli ravishda, resurslarni taqsimlashning yanada samarali va oqilona mexanizmi zamonaviy iqtisodiyotning ko'plab salbiy tendensiyalari ( monopollashtirish , boylar va kambag'allar o'rtasidagi keskin farq , moliyaviy inqirozlar va boshqalar)ga qarshi turuvchi tizim bo'lganligi uchun ham jiddiy o'rganishga loyiqdir. Islom moliyasi sohasi oldida turgan boshqa qator muammolarni ham sanab o'tish mumkin, negaki ,,murakkablik va muammolar" har qanday tizimga xos. Muammolarni anglab yetish va tan olish samarali yechimlar topish yo'lida boshlang'ich nuqta hisoblanadi. Bu esa tizimning o'zi va uning barcha ,,tarkibiy qisimlarini" sog'lomlashtiradi. Agar soha vakillari yuqorida aytib o'tilgan muammolarning hech bo'lmasa bir qismini hal qilishsa ham, bu- tizimning rivojlanishi va yuksalishida ulkan qadam bo'lar edi.

REFERENCES

1. Ahmed, S. (1989), Islamic Banking and Finance, Journal of Monetary Economics, Vol 24, pp. 157-167.

2. Blitz, R. and Long, M. (1965), The Economics of Usury Regulation. Journal of Political Economy, Dec., pp. 608-619.

3. Ahmadjonov, A Abdullayev, M Mamayusupov, O Umarjonov. (2021). Raqamli iqtisodiyotda boshqaruv muammolari. Science and Education, 2(10), 636-642.

4. AA, Mulaydinov Farkhod Muratovich. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI. ÂXEOPOT-KOMMYHHKAflflX TEXHOmrnmÂPH BÂ TEÏÏEKOMMYHHKÂ^mÂPHHHr 3ÂMOHÂBHH MYÂMMOÏÏÂPH BÂ EHHMÏÏÂPH OHÏÏÂHH PECnYEmKÂ HÏÏMHH-TEXHHKÂHMYMÂHMHMHrMÂrbPY3ÂÏÏÂP TmflÀMH, 2 (6), 794

5. A Abdullaev. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT - KADRLAR TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlari, uning ...

6. Akhmadjonov, A Abdullayev, A Abdupattayev, M Sultonov. (2021). ISLAMIC BANKING MANAGEMENT, ASSETS AND LIBILITIES. Scientific progress, 2 (6), 1525-1532.

7. M Mamadjonov, A Abdullayev, I Abdurahmonov, A Mamadaliyev. (2021). CHALLENGES OF MANAGEMENT IN THE DIGITAL ECONOMY. Scientific progress, 2 (6), 1533-1537.

8. MMQ Tojiyeva, AAU Abdullayev. (2021). THE USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN STATISTICAL DATA COLLECTION. Asian Journal of Multidimensional Research 10 (12), 250-254.

9. O Akhmadjonov, A Abdullaev, B Umarjonov, M Shamsiddinov. (2021). ISLOM MOLIYASINING XUSUSIYATLARI. Scientific progress 2 (8), 634-638.

10. O Akhmadjonov, A Abdullaev, S Yusupuv, J Anvarov. (2021). ISLOM BANKCHILIGIDAGI XAVF. Scientific progress 2 (8), 639-642.

11. O Akhmadjonov, A Abdullaev, M Shamsiddinov, B Umarjonov. (2022). ISLAMIC FINANCE. Scientific progress 3 (2), 48-50.

12. O Akhmadjonov, A Abdullaev, J Anvarov, S Ismoilov. (2022). ISLOM MOLIYASI. Scientific progress 3 (2), 45-47.

13. O Akhmadjonov, A Abdullaev, S Karimova, F Solijonova. (2022). Jahon savdo tashkiloti boshqaruv tizimi. Scientific progress 3 (2), 343-347.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.