Научная статья на тему 'XORAZMLIK SHOIRALAR SHE’RIYATIDA MUMTOZ ADABIY AN’ANALARNING YETAKCHILIK QILISHI'

XORAZMLIK SHOIRALAR SHE’RIYATIDA MUMTOZ ADABIY AN’ANALARNING YETAKCHILIK QILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
118
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muxammas / ichki qofiya / lirik qahramon / badiiy obraz / individual uslub

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Atajanova Nilufar

Ushbu maqolada xorazmlik shoirlar ijodida mumtoz adabiy anʼanarning taʼsiri xususida soʻz boradi va ushbu xususiyat ularning sheʼrlari orqali badiiy tahlil qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZMLIK SHOIRALAR SHE’RIYATIDA MUMTOZ ADABIY AN’ANALARNING YETAKCHILIK QILISHI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

XORAZMLIK SHOIRALAR SHE'RIYATIDA MUMTOZ ADABIY AN'ANALARNING

YETAKCHILIK QILISHI Atajanova Nilufar

UrDU tayanch doktoranti, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7991771

Annotatsiya. Ushbu maqolada xorazmlik shoirlar ijodida mumtoz adabiy an'anarning ta'siri xususida so'z boradi va ushbu xususiyat ularning she 'rlari orqali badiiy tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Muxammas, ichki qofiya, lirik qahramon, badiiy obraz, individual uslub.

Har bir iste'dodli ijodkor borki, boshqalarga o'xshamasligi, o'ziga xos individual uslubi borligi bilan e'tiborga molikdir. Ammo u yuksak iqtidor katta san'atning bosh yo'lidan chetlashgan holda taraqqiy eta olmaydi. Qaysiki ijodkor adabiyot maydonida o'z so'zini aytishga chog'lanar ekan, zinhor o'tmishning bebaho an'analariga bee'tiborlik bilan qaray olmaydi. Shu jumladan, xorazmlik shoiralar ham mumtoz an'analarga hamisha ezgu niyat bilan yondashadilar. Ular o'zbek mumtoz adabiyoti vakillarining ijodini o'z she'rlarining qatlariga yuksak mahorat bilan singdiradilar va bundan avvalo, o'zlari ham yuksak ma'naviy ozuqa oladilar. Adabiyotshunos olim B. Karimov ta'kidlaganidek: "Bir muddat asllikdan uzoqlshgan, ammo taqdir sinovlaridan omon o'tib, ildizi boqiy sarchashmasiga ulangan o'zbek mumtoz adabiyoti namunalari XXI asrda davom etayotgani quvonarli."

O'zbek adabiyoti tarixidan ma'lumki, ustoz shoirlar g'azallariga muxammas bog'lash she'riyatda mahorat qozonishning asosiy omillari bo'lib kelgan. Hozirgi o'zbek she'riyatida ham ijodkorlar muxammaslar yozar ekanlar, bu ular uchun original g'azal yaratish yo'lidagi tajriba vazifasini o'tasa, ajab emas. Quyida xorazmlik shoira G. Ibodullayevaning Navoiy g'azaliga bog'lagan muxammasini keltirar ekanmiz, shu o'rinda adabiyotshunos A. Hayitmetovning qaydlarini keltirishni o'rinli deb bildik: "Hech qayerda muxammaschilikka berilish Xorazmdagichalik ko'zga tashlanmaydi."

Kel bu on hijron quyoshin mansur qil, ey xasta jon, Sipqarib vasl gulobin manzur qil, ey xasta jon, Jilmayib kuygan ko'ngilni masrur qil, ey xasta jon, La'lidin bir-ikki so'z mazkur qil, ey xasta jon, Bori bu bir-ikki damkim, mehmonim sen mening.

Muxammasning mazkur bandida dastlabki misralarni umumlashtirish va ularni Navoiy g'azaliga mantiqan payvand qilish uchun shoiraning badiiy harakati seziladi. Bu o'ziga xos murakkab jarayon bo'lganligi bois ham G.Ibodullayeva "ichki qofiya"dek nozik san'atni ishga solib, misralarning ta'sir kuchini oshirishga erishgan, ya'ni "mazkur" so'ziga "mansur", "manzur", "masrur" so'zlari ichki qofiya sifatida keltirilgan. Muxammasda G.Ibodullayeva misralari Navoiy g'azalidagi kechinmalarni umumlashtirishga, badiiy asoslashga yo'naltirilganligi namoyon bo'ladi. Navoiyning "bir-ikki so'z mazkur qil" misrasida lirik qahramonning qalbini o'rtovchi izhorni ilg'ab olish mushkulligi tushunchasi aks etadi. Biroq G. Ibodullayevaning misralari esa ularni muayyanlashtirishga xizmat qilgan. Dastlabki "Kel bu on hijron quyoshin mansur qil, ey xasta jon" misrasida lirik qahramonni iztirobga soluvchi xijron xususida so'z boradi, Shunisi e'tiborliki, muxammas misralari Navoiy ruhiyatiga hamohang shakl va mundarijani uyg'unlashtirgan holda go'zal ijod namunasini yaratgan.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Xorazmlik shoiralarning ijodini kuzatar ekanmiz, ularning she'rlarida nafaqat ustoz ijodkorlarning g'azallariga taxmis bog'laganliklarini, balki buyuk shoirlarimiz asarlarida ilgari surilgan g'oyani o'z she'rlarining qatlariga badiiy sayqallab, yanada teran ma'no yuklab singdirganliklarining guvohi bo'lamiz. Misol uchun, Navoiyning "Nasoyimul-muhabbat" asarida harom-harish yo'llar bilan topilgan luqmaning homilaga, insoniy umr kechirishga monelik qilishi xususida fikr yuritaladi. Ana shu mulohazani U. Otayeva o'z she'rida yuksak badiiy did va o'ziga xos uslubi bilan takomillashtirgan:

Bugun so'zlarimning sehri yo'qolgan, O'g'limning, qizimning mehri yo'qolgan, Go'yo Sulaymonning muhri yo'qolgan, Shubhali taomdan tatib qo'yibmiz.

Ma'lumki, har qanday badiiy obraz tavsifi hayotdagi insonlarga bog'liq bo'lgan haqiqatlarni ochib berishga xizmat qiladi. Shu ma'noda aytish mumkinki, talmeh san'ati orqali ifodalangan mazkur obraz - Sulaymon muhri tarixiy manbalarda jinlar, hayvonlar, shamol va suv ustidan hokimiyatga ega ekanligini ifodalovchi bebaho vosita ekanligi talqin qilinadi. Sulaymon muhrining yo'qolishi - jinlarning yer ustida hukmronlik qilishlariga sababchi bo'ladi. Tabiiyki, bunda yolg'onchilik, riyokorlik, ikkiyuzlamachilik, zino, adovat singari insoniyatni tubanlikka yetaklovchi illatlar avj oladi. Ullibibi Otayevaning "go'yo Sulaymonning muhri yo'qolgan" misrasi ana shunga ishora edi. Shoira "shubhali taomdan totib qo'ygan"ning dunyosi teskari ketishini ta'kidlar ekan, kimlardir bu taomdan bo'kkanicha totganini, kim bilmay, kimlardir noiloj totganini, kim poklangani-yu, yana kimlar g'aflatda qotganini va uningcha, quyosh hech chiqmas bo'lib botganini qalamga oladi. Ijodkor o'z she'rini "Hayriyat, undan hech totmaganlar bor", deya mardonavor ruhda yakunlaydi. Mazkur satr "bu dunyoni yaxshilar ko'tarib turibdi" hikmatiga hamohangdir. Darhaqiqat, harom luqma yeydiganlar yer yuzida mavjud bo'lganligidan aqli kalta, qalbi sayoz, ruhi esa qashshoq kimsalar yashamoqda va xayriyatki, halol luqmadan dunyoga kelgan ma'naviy va ruhiy kamolotga yetgan insonlarimiz ham mavjud bo'lganligi bois ulug'larimiz ta'biri bilan aytganda, "dunyoni tutib turibdi".

Ullibibi Otayeva nafaqat shoira, balki adabiyotshunos sifatida ham xayrli ishlarni amalga oshirgan. Ayniqsa, mumtoz adabiyotimiz vakillari, xususan, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy g'azallariga yozgan sharhlari 2016-yil ,,So'nggi o'tinch" nomi ostida Toshkentning ,,Istiqlol nuri" nashriyoti tomonidan adabiyot ixlosmandlariga taqdim qilindi. Mazkur qo'llanma Sharq she'riyatining sir-asrorlarini anglab yetishda o'quvchilar uchun muhim qo'llanma bo'lib xizmat qilmoqda.

Go'zal Begim mumtoz adabiyot namoyondalaridan Sayfi Najmiyning "Dunyoda borlig'idan quvonadurman" she'riga hamohang tarzda she'r yaratgan. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki, shoir Matnazar Abdulhakim ham Sayfi Najmiyning shu misrasidan ta'sirlanib, "Otajon og'a diydori" she'rini yaratganligini qayd qilib o'tish lozim. Unda shoir ulug' san'atkorning sohir ovozi olomonning ko'ngliga taskin, ruhiyatiga sokinlik bag'ishlaganligi to'g'risida bo'lsa, aniqrog'i tuyg'u ifodasi xususida bo'lsa, Go'zal Begim she'rida tuyg'uning o'zini ham yangilaydi. Shoira yangicha hissiyotni yangicha ifodalay olish san'atiga erishgan va o'zining ichki kechinmalarini biroz jonlantirgan: Necha bor bukladim bitta ko'ngilni, Kitobdan xatcho'pni qizg'onadirman. Borligingga to'shab kabisa yilni,

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Sening borligingdan quvonadirman.

Hind mifologiyasida o'zini anglagan birinchi odamning ahvoli shunday naql qilingan: "Odam dunyoda paydo bo'lgach, u bir o'zi - so'qqabosh umr kechiravergan. Vaqt o'tib, zamon kechib unda ittifoqo qandaydir qo'rquv paydo bo'lgan. U yolg'izligidan g'oyatda azoblanish tuyg'usini sezgan. Shunda uning qalbida kim bilandir muomala-munosabat istagi yengilmas dardga aylangan. Va ruhida sog'inch hislari yolqinlangan. Natijada nima bo'lgan? Uning vujudi ikkiga bo'linib, yana bir odam yaralgan. Bu odam - Ayol hisoblangan. Muhabbat, bu -sening yarmingni tashkil etadigan ayolni topish va unga ko'ngil bog'lash degan aqida o'shandan boshlab jahonga keng tarqalgan emish". Darhaqiqat, yolg'izlik faqat Yaratganga xos. Shunday insonlar borki, real hayotda yolg'iz, ammo ruhan, qalban yolg'iz emas. Nega borlig'iga kabisa yil (kabisa so'zini keltirishi orqali ma'noni yanada kuchaytirilishiga zamin yaratilgan) to'shaladi-yu, hijronda necha ming kunlar o'tadi-yu, biroq uning borligidan quvonadi? Bu aslida ko'ngilning bog'liqligidan, yorning ruhiyatiga hamnafasligidan o'z-o'ziga dalda berish va qalbining tub-tubidagi umid uchqunlarining tasallisi natijasidir.

Novdalar novdalarning taklifiga bosh qo'shar, Osmonni urib-surib, bir osmon chaqmoq keldi. Xo'rsinsam, quyosh sochgan har bir shul'a ming yashar, Oy ketdi, oftob keldi.

Go'zal Begimning mazkur she'rini mutolaa qilar ekanmiz, Ogahiyning ta'rixlaridagi "Oy ketdi-yu oftob keldi" (Mah rafta(u) oftob omad - 1259 hijriy (1843 m) yil.) misrasiga ishorani kuzatishimiz mumkin. Ulug' ijodkor Olloqulixon vafoti va Rahimqulixonning taxtga chiqishi ta'rixini oy va oftob misolida ana shunday muqoyasa qiladi. Ko'pchilik adabiyotshunoslar G. Begim she'rlarida faqat intim tuyg'ular, kechinmalar talqini mavjudligi borasida fikr-mulohazalar bildiradi. Haq gap, biroq uning shunday she'rlari borki, bir qarashda muallif o'z ichki olami haqida so'zlayotgandek, biroq satrlar chuqur mushohada qilinsa, misralar qatida aslida ijtimoiy tuyg'ular kuylanayotganligini guvohi bo'lamiz. Mazkur she'r fikrimizning yorqin dalili. Unda tariximizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar o'z ifodasini topgan.

Umuman, xorazmlik shoiralar ijodida Navoiy, Rumiy, Ogahiy, Najmiy, Maxtumquli kabi mumtoz adabiyotimizning vakillari ijodidan ta'sirlanish, o'tmishning bebaho an'analariga hurmat bilan qarash va ularga yangicha yondashuvning go'zal ifodasining guvohi bo'lamiz. Binobarin, ijodkorning badiiy adabiyot olamidagi har bir muvaffaqiyatini, uning adabiy asarlaridagi o'ziga xosliklarni necha ming yillar davomida ustozlar yaratgan boy ma'naviy meros, shuningdek, an'anaviy-ijodiy ta'sirsiz tasavvur qilish mushkul. Zero, har bir san'atkor badiiy adabiyotning o'zigacha bo'lgan an'analarini mukammal o'rganishi va rivojlantirishi natijasida novatorlikka erishadi hamda so'z san'atining tadrijiga o'z hissasini qo'shadi. Shu jumladan, Ullibibi Otayeva, Gavhar Ibodullayeva, Go'zal Begim, Shoira Shamslar ham mumtoz she'riyatning an'anaviy xususiyatlarini mukammal o'rganishi, o'zlashtirishi, ustozlari izini davom ettirishi natijasida badiiy mahoratini yanada yuksaltirib kelmoqdalar.

REFERENCES

1. Hayitmetov A. Adabiy merosimiz ufqlari. - Toshkent: O'qituvchi, 1997.

2. Haqqulov I. Zanjirband she'r qoshida. Toshkent: Yulduzcha, 1989.

3. Karimov. B. Ruhiyat alifbosi. Adabiy-ilmiy maqolalar. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2016.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

4. Ibodullayeva G. Yuragimda yashayotgan sir. - Toshkent: Akademnashr, 2012.

5. Otayeva U. Shukrona. - Toshkent: Yozuvchi, 1998.

6. G.Begim. Yoki. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2018.

7. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

8. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

9. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

10. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

11. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

12. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

13. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

14. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

15. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

16. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

17. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

18. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

19. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

20. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

21. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

22. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 883887.

23. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An InternationalMultidisciplinary Research Journal, 11(4), 1588-1594.

77^H

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

24. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

25. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

26. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

27. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.