Научная статья на тему 'XORAZM VOHASI QADIMGI DUNYOSI TABIIY-GEOGRAFIK MANZARASI, AHOLI TURAR-JOYLARI JOYLASHISH XUSUSIYATLARIGA DOIR BA’ZI CHIZG‘ILAR (MIL.AVV. X-V ASRLAR)'

XORAZM VOHASI QADIMGI DUNYOSI TABIIY-GEOGRAFIK MANZARASI, AHOLI TURAR-JOYLARI JOYLASHISH XUSUSIYATLARIGA DOIR BA’ZI CHIZG‘ILAR (MIL.AVV. X-V ASRLAR) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vaynberg B.I / Durdiyev D / Baratov B / Vishnevskaya O.A / Vorob‟eva M.G. / Bolelov S. / Itina M.A / Sobirov Q / Matyaqubov X.X / Lapirov-Skoblo M.S / Nerazik Ye.Ye / Tolstov S.P. Quyi Amudarya / Qizilqum / Qoraqum / Dovdon / Kuzaliqir / Qalaliqir / Qang„qala / Quyisoy / Bozorqala / Ding„ilja / Xumbuztepa / Xazorasp / Vainberg B.I / Durdiev D / Baratov B / Vishnevskaya O.A / Vorob'eva M.G. / Bolelov S. / Itina M.A / Sobirov Q / Matyaqubov Kh.Kh / Lapirov-Skoblo M.S / Nerazik E.E / Tolstov S.P. Lower Amudarya / Kyzylkum / Karakum / Dovdon / Kuzalikir / Kalaliqir / Kang„kala / Kuyisoy / Bozorkala / Ding„ilja / Khumbuztepa / Khazorasp

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shahnoza Soliyeva

Maqolada Quyi Amudaryo tabiiy-iqtisodiy xududlarida arxeologik yodgorliklari joylashishi, etnik munosabatlar chegaralari masalalari taxlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article analyzes the location of archaeological monuments in the natural and economic regions of the Lower Amudarya, the issues of the boundaries of ethnic relations.

Текст научной работы на тему «XORAZM VOHASI QADIMGI DUNYOSI TABIIY-GEOGRAFIK MANZARASI, AHOLI TURAR-JOYLARI JOYLASHISH XUSUSIYATLARIGA DOIR BA’ZI CHIZG‘ILAR (MIL.AVV. X-V ASRLAR)»

XORAZM VOHASI QADIMGI DUNYOSI TABIIY-GEOGRAFIK MANZARASI, AHOLI TURAR-JOYLARI JOYLASHISH XUSUSIYATLARIGA DOIR BA'ZI

CHIZG'ILAR (MIL.AVV. X-V ASRLAR)

Shahnoza Soliyeva

UrDU Tarix kafedarsi 2-kurs magistranti zaynab 74 2011@mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada Quyi Amudaryo tabiiy-iqtisodiy xududlarida arxeologik yodgorliklari joylashishi, etnik munosabatlar chegaralari masalalari taxlil qilingan.

Kalit so'zlar: Vaynberg B.I, Durdiyev D, Baratov B, Vishnevskaya O.A, Vorob'eva M.G., Bolelov S., Itina M.A, Sobirov Q, Matyaqubov X.X, Lapirov-Skoblo M.S, Nerazik Ye.Ye,Tolstov S.P. Quyi Amudarya, Qizilqum, Qoraqum, Dovdon, Kuzaliqir, Qalaliqir, Qang'qala, Quyisoy, Bozorqala, Ding'ilja, Xumbuztepa, Xazorasp.

Annotation: The article analyzes the location of archaeological monuments in the natural and economic regions of the Lower Amudarya, the issues of the boundaries of ethnic relations.

Key words: Vainberg B.I, Durdiev D, Baratov B, Vishnevskaya O.A, Vorob'eva M.G., Bolelov S. , Itina M.A, Sobirov Q, Matyaqubov Kh.Kh, Lapirov-Skoblo M.S, Nerazik E.E, Tolstov S.P. Lower Amudarya, Kyzylkum, Karakum, Dovdon, Kuzalikir, Kalaliqir, Kang'kala, Kuyisoy, Bozorkala, Ding'ilja, Khumbuztepa, Khazorasp.

KIRISH

Mil. avv. X-V asrlar Xorazm vohasi jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy va etnik-madaniy rivojlanishida yuz bergan o'zgarishlari bilan O'zbekiston tarixida geografik xususiyatlari bilan farqlanish xususiyatlariga ega. Bu xususiyatning o'ziga xo sligini Qizilqum sharqida, g'arbida esa Qoraqum saxroi sharoiti, qum uyumlari barxanlari namoyon qilgan. Qadimgi davrdan (mil.avv. X-V asrlar) .O'zbekiston madaniy-xo'jalik xududlarda sodir bo'lgan tarixiy jarayonlar, o'tmishdan xilma-xil atamali urug', qabila, qavm va elatlarni biriktirgan, etnik munosabatlarning rivojlanishiga sabab bo'lgan rang-barang siyosiy birlashmalar, ular ichki siyosatida turar-joylar qurilishida ustunlik qilishi, uni qo'llab-quvvatlagan aholi tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy obidalarning jamiyatda o'rin olishi, jaxon sivilizatsiyasini kuxna markazlaridan biri O'zbekistonning shimoli-g'arbida joylashgan, afsonalarga boy bo'lgan Xorazm vohasi bilan bog'liq. O'lkamizda tosh davrining so'nggi bosqichidan mil.avv-gi V asrgacha sug'orma dexqonchilik, ko'p tarmoqli xunarmandchilikni rivojlantirish asosida shaxarsozlik madaniyatini yuksak darajaga olib chiqqan o'troq ziroatkor aholi

May, 2024

100

yozma manbalarda qanday nomga ega bo'lishidan qat'iy nazar, O'zbekistonning ilk davlatchiligi tarixi rivojlanishi, uni yanada yuqori bosqichiga olib chiqishda katta hissa qo'shganligini qayd qilish joiz. Ushbu maqolada, mil.avv.X-V asrlarda Amudaryo o'ng va so'l xududlarida shimoliy Baktriyada o'troq va ziroatkor aholi binokorlik bilimini yangi xududlarda namoyon qilish maqsadida maxalliy aholi bilan omuxtalashishi natijasida bu yorug' olamga chiqqan avlodlarning turar-joylarni bunyod qilish sohasida erishgan natijalarini yoritish nazarga olingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XX asr 30 yillar o'rtalaridan boshlab, Quyi Amudaryo xududida temir davrida aholi tomonidan bunyod qilingan arxeologik yodgorliklarni ro'yxatga olish, ularni kartografiyasini tuzish ishlari olib borildi, ba'zilarida esa qazishma ishlari olib borilishi natijasida noyob moddiy va ma'naviy ashyolar olingan. S.P.Tolstov, M.A.Itina, B.I.Vaynberg, D.Durdiyev, S.Bolelov, R.Baratov, Q.Sobirov, X.Matyaqubov tadqiqotlarida mil.avv.X-V asrlarga oid arxeologik yodgorliklarni topografik joylashishi, qurilish uslublari, mudofaa inshootlari to'g'risida qimmatli ma'lumotlar qayd qilingan. Xorazm vohasida mil.avv.I ming yillik boshlari va o'rtalari arxeologik yodgorliklarning ziroatkor aholi tomonidan qad ko'tarilishi ikki tarixiy davrga ajratgan xolda, ularning joylashish xususiyatlarini yoritish mumkin.

- Birinchi tarixiy davr mil.avv-gi X-VI asr birinchi yarmi:

-Ikkinchi tarixiy davr mil.avv-gi VI-IV asrlarda shaxarlar maqomiga ega bo'lgan Ko'zaliqir ilk madaniy qatlamli Bazarqalani jalb kilishi mumkin.Ko'zaliqir to'rt tomoni uch yo'lakli mudofaa devor o'rab olinishi (1000x400m) to'g'riburchak burji va nayza o'qli shinaklarga ega ekanligi eslab o'tiladi. Kuzaliqir 40 gektarni egallab, u aholi chorva mollari saqlanishiga mo'ljallangan. Shu bilan birga Kuzaliqirdan 20 km uzoqlikda baland qirida joylashgan Qalaliqir maydon xajmi 70 ga rejaviy tuzilishi to'g'riburchak.Qalaliqir yodgorligi ikki qator mudofaa devor bilan o'rab olinganligi, yodgorlik sharqiy janubiy va g'arbiy devorlari o'rtasida kirish qismi joylashgan, oldi maydoni bir tirsakli to'g'riburchak labirint joylashganligi, tashqi devor yon bo'ylab, oldinga o'sib chiqqan to'g'riburchak burjlari qayd qilinib, mil. avv VI-IV asrlarga oid bo'lganligi qayd qilingan. [1,92] Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, Amudaryo Dovdon irmog'i quyi xavzasida Qang'aqirda shu atamada turar-joy yodgorlik barpo qilinib, mil.avv.VII-VI asr o'rtalariga oidligi qayd qilingan [2]. Yodgorlik yer sathidan 20 m balandlikka qad ko'tarilgan [3, 31]. B.I.Vaynberg Ko'zaliqir yodgorligidan 20 km janubi-g'arbiy xududda Davdon irmogi kuyi xavzasida joylashgan Quyisoy turar - joyi (12 ga)

balandlikda bino qilingan, mil.avv.VII-VI asrlarga oid bo'lgan [4, 120].

May, 2024

XX asr 70-80 yillarida O.A.Vishnevskaya Kuzaliqirda qazishma ishlarini olib borishi natijasida, uning topografik joylashishi (25 ga), uch qatorli yo'lakli devor emas, yulakli ikki qator paxsa va to'g'riburchak xom g'ishtdan devor yodgorlikni o'rab olganligi, tashqi devor yarim aylana burji oralig'i 36 m. Yarim aylana burjlar devordan old tomonga o'sib chiqishi-6 m, devor va burjlar to'g'ri burchak shinaklarga ega ekanligi aniqlangan. Shu bilan birga, yodgorlik ichki qismida 20 ta uy-xonalari, arxeologik jixatidan o'rganilgan. Yodgorlik ichki "yuqori" va "pastki" qismlardan iborat bo'lgan [5, 544].

M.G.Vorob'eva raxbarligida arxeologik guruh Janubiy Xorazmda Toshsoqa balandligida Amudaryodan to'g'ri chiqarilgan magistral sug'orish inshooti janubi-g'arbiy tomon yo'nalishida (18 sm) tekislikda yodgorlik qad ko'tarilgan, umumiy maydon (10,8 ga). Kvadrat to'rt tomoni ikki qatorli yulak bilan (2,5m) o'rab olingan, ular yon qismida to'g'riburchakli burjlar joylashgan oraliq-55m. Mil.avv.IV asr bilan belgilangan. [6, 121].

S.B.Bolelov Xumbuztepada qazishma ishlari olib borilishi munosabati bilan uning atrofida mil.avv.VII asr oxiri -V asrlargacha mansub bo'lgan Qoratosh va Toshsoqa yodgorliklari mikrovohalar faoliyat olib borishini qayd qilgan [7, 197].

Tadqiqot metodologiyasi:

-Ilmiy xolislik;

-Xronologik izchillik

-Asoslash

-Umumlashtirish, mantiqiy xulosa;

-arxeologiya, etnografiya, geografiya fanlari yutuqlaridan foydalanish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muxokama. Maqolada Quyi Amudaryo xududida mil.avv.X-V asrlarda o'troq ziroatkor aholi tomonidan bunyod qilingan turar-joylarni topografik joylashishi Muhokama qilinadi.

Natijalar. Amudaryo o'ng va so'l sohili xududlarida mil.avv.X-V asrlarda binokorlik bilimini puxta o'zlashtirib olgan Shimoliy Baktriyadan ko'chib kelgan xunarmandlarni turar-joylar qurilishi natijalari yoritildi.

XULOSA

Xulosada mil.avv.X-V asrlarda Xorazm vohasida geografik muhit, iqlim sharoit ta'siriga ko'nikkan o'troq aholining bunyodkorlik faoliyatlari natijalari xul osa qilinadi.

Takliflar. Amudaryo o'ng va so'l xududlarida ajdodlarimiz tomonidan qad ko'tarilgan ba'zi yodgorlikdan (Xiva, Hazorasp)

May, 2024

102

qadimiy xolati avaylab saqlab, kelajak avlodga yetkazish, Oliy o'quv yurtlari talabalarini mazkur yodgorliklarga olib borish bilan ichki turizmni rivojlantirish taklif qilinadi.

Arxeologik adabiyotlarda qayd qilingan tarixiy ma'lumotlarni nazariy-qiyosiy taxlil qilishda vujudga kelgan mantiqiy xulosa asosida Temir davri yodgorliklari topografik joylashishi quyidagicha manzarada bo'lgan:Geografik o'rin. O'troq aholi tarkibida turar-joy qurilish bilimini puxta o'zlashtirib olgan xunarmandlar doimiy tarzda hizmat qiladigan o'ringa katta e'tibor bergan.

Geografik o'rnini qulaylik tomonlari:

-Tabiiy manbalardan foydalanish aholi uchun qulayligi;

-Tevarak-atrofda vaziyatni kuzatish;

-Dehqonchilik vohalarini xududiy chegaralarini belgilab berishi, ko'chmanchi qabilalarni xarbiy xarakatlariga mudofaa markaz xamda tevarak-atrofda joylashgan turar-joylarda aholisini boshpano topishi.

Shu ma'noda Xorazm vohasida aholi markazlari Temir davridan boshlab balandlikka bino qurilishi boshlangan. Balandlik joylashishi xususiyatidan kelib chiqib, uni quyidagi tiplarga ajratish mumkin:

1-tip. Tog'oldi tizimi:

2-tip. Tekisliklarda tabiiy balandliklar

3-tip. daryo sohili etagiga tutashgan balandlik.

-1-tipda Temir davrida tog'tizmasida turar-joylari o'troq aholi tomonida bino qilingan emas.

-2-tip. Tabiiy tekislik balandligi qiriga qad ko'tarilgan qalalar.

l.Dovdon irmog'i o'rta qismidan Charmanyob sug'orish inshootidan shimoliy xududida shaxobcha chiqarilib, uning etagida joylashgan balandlik qiriga Kuzaliqir va Qalaliqir yodgorliklari bunyod qilingan;

-Dovdon irmog'i janubi-g'arbiy xududdagi balandlikka Quyisoy, Janubi sohil etagiga ulangan Qang' balandligiga Qang'qa-2 qurilgan;

-Amudaryo o'rta qismi so'l sohiliga etagiga ulangan balandlikka Qushsaqaqala-1 bino qilingan;

-Amudaryo o'ng sohili xududida Kaltaminor sug'orish inshooti g'arbiy tomon chiqarilgan shaxobcha etagida tekislikka Bozorqala, mazkur sug'orish inshooti sharqiy xududida tekislikka Dingilja bunyod qilingan.

Shu tariqa, yuqorida qayd qilingan fikr-mulohazalar quyidagi yakuniy xulosani qayd qilish mumkin:

-Amudaryo o'ng va so'l sohili xududlari geografik xolati,

Qizilqum va Qoraqum saxrosi sharoitida aholi tomonidan

May, 2024

o'zlashtirishi jihatidan O'zbekistonning Surxon vohasi, Farg'ona vodiysi aholidan ancha kech boshlangan.

-Mil.avv.X-VI asr ikkinchi yarmigacha Xorazm vohasi turar-joylari yarim yerto'la shaklida bo'lgan (Yakkaparson-2, Quyisoy, Qang'-2).

-Mil.avv.VI-V asrlarda Amudaryo Dovdon irmog'i o'rta qismi Charmanyob magistral kanali tizimidagi balandlik qiriga Ko'zaliqir va Qalaliqir bunyod qilingan.

-Mil.avv. VI asr so'nggi choragi- V asrda Amudaryo o'ng sohil xududida tekislikka Bozorqala, Dingilja yodgorliklari bino qilingan.

REFERENCES

1. Tolstov S.P.Drevniy Xorezm-M,MGU, 1948-S 80, ris-19-S.81.Ris 20. O'sha muallif. Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii-M-D, Nauka, 1948-S.92. Ris.21.

2. Vaynberg B.I, Durdiyev D,Yusupov X. Razverchnie raboti v Severnom Turkmenii //AO.1970-M,Nauka, 1971.

3. Durdiyev D. Kanga-2 Poseleniye epoxi pozdney bronzi //Problemi arxeologii Turkmenistana-Ashxabad. ilim, 1984-S.31-37.

4. Veynberg B.I. Skotovodcheskiye plemena v drevnem Xorezme \\ kultura i iskusstvo derevnogo Xorezma-M.Nauka, 1981-C.121-130.

5. Vishnevskaya O.A.Raskopki na gorodishe Kyuzeligir //AO 1971-M, Nauka, 1972-

5. 532-533. O'sha muallif. Raskopki gorodisha Kyuzeligir //AO 1977-M, Nauka, 1978-S.544-545.

6. Vaynberg B.I.Skotovodcheskiye plemena v drevnem Xorezme //Kultura i iskusstvo drevnego Xorezma-M. Nauka, 1981-S.121-130.

7. Vorob'eva M.G. Lapirov-Skoblo M.S.Ye.Ye.Nerazik. Arxeologicheskiye raboti v Xorezme //MXE, -M ,Nauka, 1963, Vip-6-S.197-200.

8. Bolelov S.P.Nekotorie itogi arxeologicheskix rabot na Xumbuztepe //ONU-Tashkent S.1999.Vip 9-10-S.85-90.

May, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.