Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
QADIMGI XORAZM DAVLATINING IQTISODIY HAYOTIDA "UZBOY"
O'ZANI AHAMIYATI
Sadaddinov Sharafaddin Xaytbay o'g'li
Urganch davlat universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada Amudaryoning qadimiy irmog'i Uzboyning o'rganish tarixi bayon qilingan. Yunon, rim yozma manbalari va o 'rta asrlardagi allomalar tomonidan berilgan ma'lumotlar tahlil qilingan. Hududni o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar bilan solishtirilgan. Sariqamish ko 'li, Amudaryoning qadimiy o'zanlari Dovdon va Daryoliq havzalarining o'zlashtirilishi masalalari ham yoritilgan.
Kalit so'zlar. Amudaryo, Uzboy, Kaspiy dengizi, Abu Rayxon Beruniy, Strabon, Dovdon, Daryoliq.
DISTRIBUTARY AMU DARYA "UZBOY" AND THE HISTORY OF ITS
STUDY
Sadaddinov Sharafaddin Khaytbay ugli
Teacher of Urganch state university
ABSTRACT
The article describes the history of the study of ancient distributary of the Amu Darya Uzboy. The data of Greek, Roman authors and medieval figures are analyzed. This is compared with the studies conducted of this area. The issues of developing the Sarykamysh Lake, the Dovdon and Daryalyk basins, and the ancient channels of the Amu Darya are also discussed.
Keywords. Amu Darya, Uzboy, Caspian Sea, Abu Raykhan Beruni, Strabo, Dovdon, Daryalik.
KIRISH
Qadimgi Xorazm tarixini o'rganishdagi eng muhim masalalardan biri Amudaryo suvlarining Kaspiy dengiziga quyilishi, ya'ni Uzboy masalasidir. Bu masala tadqiqotchilar tomonidan eng ko'p tahlil qilingan masalalardan biridir, chunki Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyilishi masalasi turli davrga oid yozma manbalarda turlicha ma'lumotlar borligi uchun tadqiqotchilar tomonidan turlicha fikrlar ilgari surilgan. Ularni ilmiy asosda o'rganish va tahlil qilish lozim, chunki Amudaryo o'zanlari o'z yo'nalishlarini o'zgartirib turishi sababini va unga inson omili ta'sirini aniqlash muhim hisoblanadi. Bu tarixiy taraqqiyot jarayonida Orolbo'yi hududlarining insonlar tomonidan o'zlashtirishi masalalarini va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini hal etish imkonini beradi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyilishi haqidagi dastlabki ma'lumot^ yunon manbalarida uchraydi. Aleksandr Makedonskiyning O'rta Osiyoga yuгishi davrida unga hamrohlik qilgan Aristobul dastlab bu haqda yozib qoldirgan. Keyingi davrlarda yashagan yunon mualliflari Arrian, Strabon boshqa olimlar bu ma'lumotlami o'z asariarida qayd qilib o'tganlaг. Stгabon hind tovariari kemalaгda daryo orqali Girkan (Kaspiy) dengiziga olib borilganligini yozib qoldirgan. Mil.avv. I asrda yashagan Rim muallifi Varron asarida ham shunday ma'lumotlaг Ьог. Lekin mil.avv. II asrda yashagan Polibiyning asarida apasiaklar otlar bilan birgalikda Oks daryosini kechib, Girkaniyaga boradilar deb ikki xil vaziyatni yozib qoldirgan. Birinchisida otliqlaг daгyodagi shaгshaгa ostidan o'tgan deb ko'гsatsa, ikkinchisida datyo ma'lum biг hududda yeг ostidan o'tgan deb yozgan. Bu esa, Amudaiyo bo'yida yashagan xalqlaг Kaspiy dengiz bo'yiga qumqlik oгqali bo^a^ik^rim aks ettiгadi. Milodiy IV asrda yashagan Rim tarixchisi Ammian Marselin asarida ham Amudaiyoning Kaspiy dengizi bilan bog'langanligi aytib o'tgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Amudaiyoning iгmog'ining Kaspiy dengizi bilan bog'langanlik masalasi Abu Rayxon Beгuniyning "Geodeziya" asaгida to'liq ma'lumot keltiгgan. Bu haqda o'rta asrlaráa yashagan boshqa allomalaming asaгida, shuningdek, Abulg'ozi Bahodircon ham o'z asaгida shu haqda yozib qoldiïgan.
XIX asr va XX boshlarida Amudaryoning quyi oqimi va Sariqamish bo'ylarining geogгafik tuzilishini ilmiy jihatdan o'гganish uchun max sus ekspeditsiyato tashkil qilingan. П^г Amudaгyoning Kaspiy dengiz bilan bog'lagan o'zanini aniqlab, uning haг doim ham faol bo'lmaganligini va ma'lum Ыг davгlaгdagina suvning mavjud bo'lmaganligini aniqladilar Abu Rayxon Beгuniy tomonidan tasvirlangan geografiya bugungi kunda olib borilgan tadqiqotlar bilan mos ekanligi isbotlandi 1 . Arxeologik tadqiqotlar natijasida ham asoslangan. Amudatyoning quyi havzasidagi iqlim o'zgarishlari va unga inson ta'sirini o'гganish maqsadida "Golotsenda iqlim o'zgaгisЫar va Orol dengizi hududlarining insonlar tomonidan o'zlashtiгilish evolyusiyasi" INTAS loyihasi doiгasida tashkil etilgan arxeologik-geomofologik ekspeditsiyaning faoliyati jarayonida ham asoslangan2.
Mil.avv. IV-III ming yilliklarda Amudaryo suvlari Kaspiy dengizigacha yetib bo^an. Mil.avv. II ming yillik boshlaridan kelib, u yeгda suv oqimi bo'lmagan3. Mil. avv. I ming yillik boshlarida Sariqamishbo'yi deltasi suv bilan ta'minlana boshlagan.
1 Низовья Амударьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения. // МХЭ. Вып. 3. - Москва: Академии наук СССР, 1960. -С.9.
2 Бороффка Н., Оберхэнсли Х. Заселение Приаралья и изменение уровня Аральского моря (новые данные к проблеме Узбоя). /Приаралье на перекрестке культур. -Самарканд. 2013. -С.25.
3 Итина М.А. Новые стоянки Тазабагябской культуры. // МХЭ. - Москва. 1959. Вып. 1. - С. 52 Вайнберг Б.И. Этнография Турана в древности. VII век до н.э. - VIII век н.э. - Москва: Восточная литература, 1999. -С.22.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Mil.avv. VII asr boshlaridan yana Sariqamishbo'yi deltasida suv ko'paygan. Bu holat turli darajada milodiy IV-V asrlargacha davom etgan4. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, shu davrlarda Uzboydan Kaspiy dengiziga kemalar qatnagan5.
Mil.avv. IV-II asrlarda Sariqamish deltasida suvning ko'payishi va doimiy bo'lishi hududning g'arbiy xorijiy mamlakatlar bilan suv orqali o'zaro munosabatlarini yanada jonlantirgan. Uzboyga suvning doimiy quyishi milodiy I ming yillikning boshlaridan to'xtagan. Amudaryo Orol deltasiga quyila boshlagan. Shuningdek, sun'iy sug'orish tizilmasining rivojlanishi ham Sariqamishga boradigan suv hajmi qisqartirgan6.
Uzboy daryosining suv bilan ta'minlanishi Sariqamish ko'liga suvning qay darajada borishi bilan bog'liq. Amudaryoning chap qirg'og'i Sariqamish botig'iga nisbatan 40 metr balandlikda joylashganligi ham uning suv bilan ta'minlanishini murakkablashtiradi. Amudaryoning chap sohilida Qanxadaryo, Tunidaryo, Dovdon, Daryoliq (Qo'xnadaryo) kabi ko'xna irmoqlari mavjud bo'lgan7. Ularning orasidan eng yirik irmog'i Dovdon va Daryoliq hisoblanadi. Dovdon irmog'idan mil.avv. IV asrning birinchi yarmida Ko'hna Uaz kanali8, mil.avv. IV-III asrlarda Chermonyob kanali qurilgan. Bu hududlarda milodiy II-III asrlargacha kanalda suv bo'lgan. Chermonyob kanali havzasida Ko'zaliqir, Qangaqala, Qandumqal'a, Ko'xna Uaz Govurqal'a, Qal'aliqir 2, Shoxsanam, Qo'narliqal'a, Zmuxshir (Zamaxshar), Govurqala kabi qal'alar qurilgan9. Chermonyob va uning irmoqlari bo'ylab ko'plab turar joy izlari qo'rg'onlar, antik davr keramikasi xumdonlarining izlari topilgan. Shoxsanam qal'asi atrofidagi kanalning tuproq kesmasi morfologik tahlili asosida dehqonchilikning barcha bosqichlari aniqlangan.10
Amudaryo irmoqlari o'z yo'nalishlarini tez-tez o'zgartirib turganligi sababli, antik davrning boshlariga kelib, ya'ni mil.avv. IV asrdan Dovdon kanalining suvi kamaya borgan. U faqat Chirmonyob kanalini suv bilan ta'minlagan. Shuning uchun bu davrda faqat Qal'aliqir, Ko'zaliqir vohalari rivojlangan. Lekin suvning kamayishi sun'iy sug'orish tizimini yanada takomillashishiga olib kelgan11. Kichik kanallar birlashtirilib, yirik magistral kanallarga aylantirilgan. Ularning saqasi daryo bilan
4 Вайнберг Б.И. Этногеография Турана в древности, 37-бет Пьянков И.В. Средняя Азия и Евразийская степь в древности. - СПб: Петербургское общество, 2013. -С. 98.
5 Страбон. География. В 17-ти книгах. Перевод и комментари Г.А.Стратоновского. - Москва: Наука. 1964. XI,
6 Андрианов Б.В. Древние оростельные системы Приаралья (в связи с историей возникновения и развития орошаемого земладелия). - Москва: Наука, 1969. -С. 147.
7 Андрианов В.Б. Древние оросительные системы. - С.146; Низовья Амударьи. - С. 147-174
8 Вайнберг Б.И. Экология Приаралья в древности и средневековье. // ЭО. № 1. 1997. - С. 27.
9 Fуломов Я^. Хоразмнинг сугорилиш тарихи, 86 бет
10 Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья, 162-бет.
11 Fуломов Я^. Хоразмнинг сугорилиш тарихи, 80- бет.
VII. 3.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
bevosita bog'langan. Bu ayniqsa, Chermonyob kanali bo'ylarida kuzatilgan12. Bu davrdagi kanallar kengligi va sayozligi tufayli toshqinlar davridagina suv bilan to'lgan.
XIII asrda mo'g'ullar bosqini davrida Amudaryoning quyi oqimidagi hududlardagi irrigatsiya tizimlarining buzilishi natijasida Amudaryoning suvi Sariqamish tomonga burilib ketadi. Natijada bu darvda yana Sariqamish ko'li va uning atroflaridagi daryolarda suv paydo bo'ladi. Ko'llar vujudga keladi.
O'rta asrlar davrida ham Sariqamish deltasi ma'lum bir davrlarda suv bilan ta'minlangan. Shu davrda uning atroflarida aholi ko'chib borib, dehqonchilik bilan shug'ullangan. Bu davr Abulg'ozi Bahodirxon asarida bayon qilingan. XVI asrdan keyin bu yerda suvning sathi pasaya boshlagan. Suvning sho'rligi ham ortib borgan.
Bugungi kunda Amudaryoning eski o'zani Uzboy qurib qolgan. Uning geologik tarixini o'rganish bugungi kunda ham dolzarb masalaga aylangan. Xududning geografik tarixini o'rgangan geogloglar va arxeologlar o'rtasida Uzboy masalasi o'zining oxirgi yechimini topgan emas.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)
1. Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья (в связи с историей возникновения и развития орошаемого земледелия). - Москва: Наука,
2. Бороффка Н., Оберхенсли Х. Заселение Приаралья и изменение уровня Аральского моря (новые данные к проблеме Узбоя). Приаралье на перекрестке культуры. - Самарканд. 2013.
3. Вайнберг Б.И. Экология Приаралья в древности и средневековье. // ЭО. № 1. 1997. - С. 23 - 41.
4. Вайнберг Б.И. Этнография Турана в древности. VII век до н.э. - VIII век н.э. - Москва: Восточная литература, 1999.
5. Гладышев А.И. Путешествие по уснившей реке. / Природа. №9. 2002.
6. Низовья Амудари, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения. // МХЕ. Вып. 3. - Москва: Академия наук СССР, 1960. -С.9.
7. Пьянков И.В. Средняя Азия и Евразийская шаг в древности. - СПб: Петербургское общество, 2013.
8. Страбон. География. В 17-ти книгакс. Перевод и комментарии Г.А.Стратоновского. - Москва: Наука. 1964. XI, VII.
9. G'ulomov Ya.G'. Xorazmning sug'orilish tarixi (qadimgi zamonlardan hozirgacha). - Toshkent: Fan, 1959.
12 Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья, 158-бет.
1969.