Научная статья на тему 'XORAZM VOHASIDAGI IBTIDOIY JAMOA TUZUMI DAVRI YODGORLIKLARINING ARXEOLOGIK JIHATDAN O‘RGANILISH TARIX'

XORAZM VOHASIDAGI IBTIDOIY JAMOA TUZUMI DAVRI YODGORLIKLARINING ARXEOLOGIK JIHATDAN O‘RGANILISH TARIX Текст научной статьи по специальности «История и археология»

758
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZM VOHASIDAGI IBTIDOIY JAMOA TUZUMI DAVRI YODGORLIKLARINING ARXEOLOGIK JIHATDAN O‘RGANILISH TARIX»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

XORAZM VOHASIDAGI IBTIDOIY JAMOA TUZUMI DAVRI YODGORLIKLARINING ARXEOLOGIK JIHATDAN O'RGANILISH

TARIXI

Ollabergan Arslanbekovich Allaberganov

Insoniyat tarixida ibtidoiy jamoa tuzumi, yer kurrasida odamzod paydo bo'la boshlagan vaqtdan boshlab ibtidoiy gala, urug', urug'chilik tuzumining vujudga kelishi, urug'chilik tuzumining yemirilishi, mulkiy tengsizlik, tabaqalar va davlatning vujudga kelishigacha bo'lgan katta tarixiy davrni o'z ichiga qamrab oladi. Ibtidoiy jamoa tuzumi o'zidan keyingi barcha davrlarga nisbatan mehnat qurollarining soddaligi, binobarin ishlab chiqarish kuchlarining nihoyat darajada past bo'lishi bilan belgilanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar tosh, yog'och, suyak va boshqa buyumlardan yasalgan juda sodda qurollarga ega edilar. Ular yerda mavjud bo'lgan narsalarni terib yeb ovchilik va termachilik bilan tirikchilik qilganlar.

Bu davrda insoniyat o'z ehtiyoji uchun zarur bo'lgan barcha mehnat qurollarni qaysidir xomashyodan tayyorlanishiga qarab "tosh, bronza va temir asri" kabi davrlashtirish tizimlari ishlab chiqilgan. Amerikalik olim Lyuis Genri Morgan o'zining "Qadimgi jamiyat" asarida (1977-yil) ibtidoiy jamoa tuzumi ancha batafsil qilib tasvirlagan.1

Xorazm vohasidagi ibtidoiy jamoa tuzumi davri yodgorliklarining arxeologik jihatdan o'rganilishida Xorazm arxeologik ekspeditsiyasining tashkil qilinishi ham (1945 yildan-arxeologiya-etnografik ekspeditsiyasi) O'rta Osiyo ilmiy hayotida katta voqea bo'lgan va bu jarayon o'tgan asrning 30-yillar o'rtalarida mintaqa xalqlari tarixini o'rganish masalasini yechishda yangi arxeologik ma'lumotlami yig'ish maqsadi bilan chambarchas bog'landi.

Xorazm ekspeditsiyasining ishlari dastlabki arxeologik qidiruv tadqiqotlardan

"5

boshlandi. Bu ishlar 1937-yilda A.I.Terenojkin tomonidan amalga oshirildi. Keyingi uch yil mobaynida turli davrlarga oid (neolit, bronza, ilk temir asri, antik davri)

1 Kosven M.O. Ibtidoiy madaniyat 1811x1 ocherklari.-T.: O'zbekiston SSR fanlar akademiyasi nashriyoti, 1990. 9-Ье1

2Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта. -М.:ИВЛ,1962. - С.5-6; Итина М.А. Хорезмская экспедиция - основные итоги и перспективы исследований// Культура и искусство древнего Хорезма. - М.: Наука,1981. - С.4.

3Тереножкин А.И. Археологические разведки в Хорезме//СА. - М.,1940.№6.

December 16

264

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

bugungi kunda jahon arxeologiyasi mashhur yodgorliklar - Jonbos 4, Kuzaliqir, Jonbosqal'a, To'proqqal'a va boshqalar kashf etildi.4

1948-yilda S.P.Tolstovning «Древний Хорезм» («Qadimgi Xorazm») va «По следам древнехорезмской цивилизации» (o'zbek tilidagi bu asar «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab» nomida ilova bilan to'ldirilgan holda 1964-yilda chop etildi) degan monografiyalari nashr qilindi.5

Mazkur monografiyalarda Qadimgi Xorazm madaniyati, hunarmandchilik, me'morchilik, san'at sohalariga tegishli fanda noma'lum bo'lgan ko'pdan-ko'p materiallar ilk bor tavsiflandi. Shuningdek, Xorazm vohasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixi bo'yicha fikr -mulohazalar bildirildi hamda o'rganilgan arxeologik yodgorliklar alohida madaniy majmualar sifatida quyidagi davrlarga ajratildi:

I. Ibtidoiy Xorazm :

1. Kaltaminor madaniyati - mil.avv.IV-III mingyilliklar

2. Tozabog'yob madaniyati - mil.avv. II mingyillik

3. Amirobod madaniyati - mil.avv. I mingyillikning birinchi yarmi

II. Antik Xorazm:

1. «Devorlar ichida odam yashaydigan shaharlar» madaniyati. Ahamoniylar davri mil.avv. VI-IV asrlar

2. Qang'uy madaniyati.Ellinistik davri mil.avv. IV asr - milodiy I asr.

3. Kushon madaniyati. Rim davri. Milodiy II-III asrlar.

4. Kushon-afrig'iylar madaniyati. III-V asrlar. Xorazm antik madaniyatining inqirozi.

III. O'rta asrlar davri Xorazm.6

O'rta Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi davrida shimoliy va markaziy hududlarida ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug'ullangan neolit davri jamoalari istiqomat qilganlar. Aynan, shu davrga tegishli yodgorliklar XX asrning 30-40 yillarida S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi havzasida topilgan va fanga "Kaltaminor madaniyati" nomi bilan kiritilgan. Yodgorlik Amudaryoning Oqchadaryo o'zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani

Толстов С.П. Хорезмская экспедиция(предварительный отчет)//КСИИМК. - М.,1940.Вып.У[. - С.70-79; уша муаллифлар. Древности Верхнего Хорезма (Основные итоги работ Хорезмской экпедиции ИИМК . 1939 г.)// ВДИ. - М.,1941. №1. - С.155-184.

5Толстов С.П. Древний Хорезм.Опыт историко-археологического исследования. - М.: МГУ,1948. -С.352.;уша муаллиф. По следам древнехорезмской цивилизации.

- М.-Л.:АНСССР,1948.-С.328.

6 Толстов С.П. Древний Хорезм.Опыт историко-археологического исследования.

- М.: МГУ, 1948. с.32-33

Щ December 16 Republican Scientific and Practical Conference

265

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

uchun shu nom berilgan. Kaltaminor madaniyati ba'zi bir manbalarda mil. avv. IV

7

ming yillikga oid deb qayd qilingan.

Kaltaminor madaniyati (mil.avv. 7-3 ming yillik) O'rta Osiyoning g'arbiy va shimoliy-g'arbiy tomonidagi yerlarida keng tarqalgan. Uning shimoliy-g'arbiy chegarasi Ural daryosining o'rta va quyi oqimlarigacha, g'arbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha borib taqalgan. Janubda Qoraqum va Qizilqum etaklarigacha, sharqda esa, Orol dengizining shimoliy, sharqiy va janubiy tomonidagi quyi Sirdaryogacha borib taqaladi. Qizilqum va Ustyurtning katta hududida ham Kaltaminor madaniyati ancha keng tarqalgan8.

Kaltaminor madaniyatini o'rganish jarayonida olimlar (1939-1940-yillar va 1945-yil Xorazm arxeologiya va etnografiya ekspeditsiyasi) uning rivojlanish bosqichlarini aniqladilar - Daryolisoy (mil.avv. VI-IV ming yilliklarga oid), Jonbos (mil.avv. IV-III ming yilliklarga oid) va Saksovul (mil.avv. III ming yillik oxiri -II ming yillik boshlariga oid).

Oqchadaryo havzasidan ko'plab Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar topilgan. Ularning 3-4 ta manzilgohining madaniy qatlami buzilmasdan saqlanib qolgan. Bular Jonbas-4, Qavat-7, Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik qabristonidir.

Kaltaminor madaniyatini taalluqli bo'lgan Daryolisoy yodgorliklari qadimgi Zarafshon daryosining eng qadimgi o'zanlardan biri - Daryolisoy bo'ylaridan topilgan makonlar hisoblanadi. Daryolisoy sohillaridan ilk neolit davriga oid qirg'ichlar, tarashlagichlar, paraqalar va trapetsiyalar topilgan. Bu yerdan boshqa joylarga xos bo'lmagan o'ziga xos shoxdor trapetsiyalar topildi. Makondan naqshli sodda sopol idishlarining parchalari ham topilgan. Neolit davri odamlari daryo sohilida makon qilib, baliqchilik, ovchilik bilan shug'ullanganlar.

Neolit davri yodgorliklari Qizilqumning Chinkeldi, Echkiliksoy, Xo'ja Gumbaz, Qoraqat degan joylardan ham topilgan. U joylardan topilgan arxeologik manbalar Daryolisoy topilmalariga o'xshash bo'lganligi sababli uni Daryolisoy tipidagi ilk neolit davri yodgorliklari qatoriga kiritadilar.

Kaltaminor madaniyatini taalluqli bo'lgan yana bir yodgorlik bu Jonbos-4 makoni hisoblanib bu manzilgoh Oqchadaryo qirg'oqlaridan topilgan. Uni S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi a'zolari o'rgangan. Makondan chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollari, sopol parchalari, hayvon va baliq

Artsixovskiy A.V. Arxeologiya asoslari.-T.: O'qituvchi, 1970, 55-56-betlar 8 Xolboyev Z., Alimov A. O'zbekistonning arxeologik yodgorliklari. -T.: Tafakkur qanoti, 2014. 40-41-betlar.

December 16

266

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

suyaklari bilan birga katta chayla qoldig'i ham topilgan. Chaylada neolit davrida yong'in bo'lganligi aniqlangan. U qalin loyqa ostida qolgan9.

Jonbos-4 makonidan so'nggi neolit davriga xos nayza paykonlari, qirg'ich, o'q uchlari va tosh qurollar topilgan.

Jonbos-4 atrofidagi taqirlardan neolit davriga oid ikkita qabr topilgan. Marhumlar g'ujanak holda, ya'ni oyoq-qo'llarini bukib ko'milgan. Qabrlarning har xil joylaridan turli taqinchoqlar, chaqmoqtosh qurollar, sopol idishlar siniqlari va qizil bo'yoq qoldiqlari topilgan. Bu topilmalar Kaltaminor madaniyatiga xos edi.

Tolstov manzilgohini A.V.Vinogradov Jonbos-4 makoniga yaqin joydan topgan va ustozi S.P.Tolstov sharafiga "Tolstov manzilgohi" nomini bergan. Tadqiqotlar natijasida makonning rivojlangan neolit davriga to'g'ri kelishi va mil.avv. IV ming yilliklarga oid ekanligi aniqlandi.

Makondan ikkita xona qoldig'i topilgan bo'lib, ulardan birining maydoni 110120 kv.m. Xonaning konussimon tomi avval qamish, so'ngra daraxt qobig'i bilan yopilgan. Xonadan ustun qoldiqlari va o'choq izlari aniqlandi. Tolstov manzilgohidagi tosh qurollarning Darvozaqir I, II va Katta Tuzkon makonlaridagi qurollar bilan o'xshash tomonlari aniqlangan. "Tolstov makoni" deb atalgan neolit davriga oid Jonbos 31 yodgorligida, maydoni 13x9 m kulbasimon uy-joyning o'rganilishi diqqatga sazavordir.10

Kaltaminor madaniyatining ijtimoyi rivojlanishida matriarxat davri bo'lib, juft oilalar shakllagan edi. Bundan Jonbos-4 makonidan topilgan 100 ga yaqin mayda o'choqlar darak beradi. Shuningdek, kaltaminorliklar o'z faoliyatlarida tabiatga butunlay qaram edilar. Ular yashash joylari- kulbalarini daryo va ko'l bo'ylarida qurganlar. Daryolar o'z o'zanini o'zgartirishi bilan ular ham o'z manzilgohlarini o'zgartirganlar.

Hozirgi kunda Kaltaminor madaniyati izlari Sirdaryoning quyi oqimi, Qizilqumning ichki hududlari va Zarafshonning quyi havzalarida topilgan.11

Tumek-kichidjik qabristoni - so'ngi neolit davriga oid muhim yodgorlik bo'lib, u 1972-yilda Amudaryoning quyi oqimidan topilgan. U yerda tadqiqotlar 1973-1974-yillarda olib borildi. Qazishmalar vaqtida 27 ta qabr ochib o'rganildi. Qabrga dafn etilganlar chalqanchasiga yotqizilgan, boshlari esa, asosan, shimoliy-sharqqa qaratib

Sobirov Q va boshqalar. Xorazm vohasining ibtidoiy madaniyati va sug'orma dehqonchilikning kelib chiqishi.-Urganch.: 2006.12-bet.

10 Виноградов А.В. Раскопки стоянки Джанбас 31// АО 1976.-М.: Наука, 1977. -С.525-526; уша муаллиф. Раскопки стоянки Толстова// АО 1977.-М.: Наука, 1978. -С.520-523.

11 Egamberdieva N.A. Arxeologiya. -Т.: Fan va texnologiya, 2011, 57-bet.

December 16

267

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

qo'yilgan va kiyim boshlari bilan ko'milgan. Skletlar ustida taqinchoqlar saqlanib qolgan. Tosh qurollar va sopol buyumlarning parchalari qo'yilgan. Qabrdagi suyaklarda qizil rang izlar mavjud. Bu ularning diniy e'tiqodlari bilan bog'liq bo'lgan12.

O'zbekiston hududida Amudaryo etaklaridagi eneolit davri yodgorliklarini S.P. Tolstov, quyi Zarafshon hududlarini Ya.G'. G'ulomov, A. Asqarov, O'. Islomovlar tadqiq qilishgan.

O'zbekistonda eneolit davri Ibtidoiy jamoa tuzumi manzilgohlari kam o'rganilgan. Lekin mavjud arxeologik manbalar asosida eneolit davrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlarini aniqlab olish mumkin. Bu davrda O'zbekistonning shimoliy hududlarida hali neolit davri ibtidoiy jamoalari, ya'ni Kaltaminor madaniyati jamoasi yashab kelardi. Lekin ularning janubiy hududlar bilan aloqasi ularning iqtisodiy hayotlariga o'zgarishlar olib keldi. Jumladan, 3 ming yillikning oxirlarida metall bilan tanishdilar, ilk chorvachilik va dehqonchilik xo'jaliklari paydo bo'la boshladi. Bu o'zgarishlar O'zbekiston hududida bronza davrida ijtimoiy - iqtisodiy hayotni jadal rivojlanishiga asos yaratdi.

Xulosa o'rnida shuni takidlash joizki, ilk sivilizatsiya o'choqlaridan biri bo'lgan Xorazm vohasi turli tarixiy davrlarga oid moddiy madaniy yodgorliklarga boyligi bilan ajralib turadi. Xalqmizning uzoq o'tmishidan, tarixidan ma'lumotlar beruvchi (jumladan ibtidoiy jamoa tuzumi) ko'plab yodgorliklarni o'rganish XIX asrning so'nggi choragidan boshlandi. Sho'rolar davrida Xorazm vohasida ko'plab arxeologik tadqiqotlar amalga oshrilgan bo'lsada, lekin arxeologik tadqiqotlar va moddiy madaniy yodgorliklarni ilmiy asosda chuqur tadqiq va tahlil qilish mustaqillik davriga to'g'ri keladi.

Keng ko'lamda olib borilgan arxeologok, ilmiy tadqiqot ishlari, qadimgi madaniyat markazlaridan bir hisoblangan Xorazm vohasi hududidagi Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ko'plab madaniy yodgorliklarni topib tekshirilishiga sabab bo'ldi. Bular sirasiga: Kaltaminor madaniyati, Tozabog'yob madaniyati, Amirobod madaniyati, Daryolisoy yodgorliklari, Jonbos-4 makoni, Jonbas-4, Qavat-7, Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik qabristoni kabi bir qator yodgorliklarni kiritishimiz mumkin.

Yuqoridagi arxeologik ma'lumotlarga tayangan holda, Xorazm vohasi tarixi naqadar uzoq o'tmishga borib taqalishiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Вайнберг Б.И. Новая культура раннего железного века в левобережном Хорезме// АО 1971.-М.: Наука, 1972.-С.530-531; уша муаллиф. Новые памятники Куюсайской культуры в Северной Туркмении / АО 1974.-М.: Наука, 1975.-С.519-520.

December 16

268

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.