Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON HUDUDIDA HUNARMANDCHILIKNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA ISTIQBOLLARI (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)'

O’ZBEKISTON HUDUDIDA HUNARMANDCHILIKNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA ISTIQBOLLARI (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1778
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hunarmandchilik / Soppolitepa madaniyati / tikuvchilik / toʻquvchilik / temirchilik / kulolchilik / ijtimoiy-iqtisodiy hayot / savdo-iqtisodiy va madaniy markazlar. / ремесла / сопполитепинская культура / портняжное дело / ткачество / кузнечное дело / гончарное дело / социально-экономическая жизнь / торгово-экономические и культурные центры.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Pulatov, Sardorbek Parmonboy Oʻgʻli

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda aholining moddiy maʼnaviy hayotida hunarmandchilikning oʻrni va taraqqiyoti, hunarmadchilik markazlari ahvoli va ularning savdo munosabatlarini kompleks jihatdan oʻrganish, Sopollitepa madaniyati tarixi va undagi hunarmadchilik sohasi holati va rivojiga taʼsir koʻrsatgan omillarni tarixiy va mantiqiy izchillikda ilmiy tahlili aytib oʻtilgan. Termiz shaxarlarining ahamiyati, hunarmandchilik shaharlarining vujudga kelishi, turlari, rivojlanishi, hamda savdo aloqalarining muhim oʻrin tutgan Buyuk Ipak yoʻli taʼsiri haqida baʻzi maʼlumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ МАСТЕРСТВ В УЗБЕКИСТАНЕ (НА ПРИМЕРЕ СУРХОНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ)

В данной статье роль и развитие ремесел в материальной и духовной жизни населения Узбекистана, всестороннее изучение состояния ремесленных центров и их торговых связей, история сополлитепинской культуры и научный анализ факторов, повлиявших на в исторической и логической последовательности упоминаются состояние и развитие в ней ремесленного производства. Приводятся некоторые сведения о значении термезских городов, возникновении, типах, развитии ремесленных городов, влиянии Великого шелкового пути, сыгравшего важную роль в торговых отношениях.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON HUDUDIDA HUNARMANDCHILIKNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA ISTIQBOLLARI (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON HUDUDIDA HUNARMANDCHILIKNING TARIXIY

TARAQQIYOTI VA ISTIQBOLLARI (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)

Pulatov Sardorbek Parmonboy o'g'li

Termiz Davlat Universiteti Tarix yo'nalishi II bosqich magistranti

Mazkur maqolada O'zbekistonda aholining moddiy ma'naviy hayotida hunarmandchilikning o'rni va taraqqiyoti, hunarmadchilik markazlari ahvoli va ularning savdo munosabatlarini kompleks jihatdan o'rganish, Sopollitepa madaniyati tarixi va undagi hunarmadchilik sohasi holati va rivojiga ta 'sir ko 'rsatgan omillarni tarixiy va mantiqiy izchillikda ilmiy tahlili aytib o'tilgan. Termiz shaxarlarining ahamiyati, hunarmandchilik shaharlarining vujudga kelishi, turlari, rivojlanishi, hamda savdo aloqalarining muhim o 'rin tutgan Buyuk Ipakyo 'li ta 'siri haqida ba'zi ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: hunarmandchilik, Soppolitepa madaniyati, tikuvchilik, to'quvchilik, temirchilik, kulolchilik, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, savdo-iqtisodiy va madaniy markazlar.

В данной статье роль и развитие ремесел в материальной и духовной жизни населения Узбекистана, всестороннее изучение состояния ремесленных центров и их торговых связей, история сополлитепинской культуры и научный анализ факторов, повлиявших на в исторической и логической последовательности упоминаются состояние и развитие в ней ремесленного производства. Приводятся некоторые сведения о значении термезских городов, возникновении, типах, развитии ремесленных городов, влиянии Великого шелкового пути, сыгравшего важную роль в торговых отношениях.

Ключевые слова: ремесла, сопполитепинская культура, портняжное дело, ткачество, кузнечное дело, гончарное дело, социально-экономическая жизнь, торгово-экономические и культурные центры.

Markaziy Osiyo xalqlari turmush hayotida hunarmandchilik muhim va qadrlanadigan soha hisoblangan. Xalq orasida hunar egasini e'zozlab, usta deb chaqirishgan. "Yigit kishiga etti hunar ham oz " maqolining tez-tez tilga olinishi bejiz emas. Hatto kasb-hunarli kishilarning hunar kuchi, aql-idroki bilan hayotdagi turli

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mashaqqatlarni bartaraf qilishlari og'zaki ijodga ko'chib, afsonalardan ertaklarga o'tgan. Surxon vohasi qadimdan hunarmandchilik markazlaridan biri bo'lib ketgan. Hunarmand bobolarimiz yasagan buyumlar shu bois jahon bozorida raqobatga asrlar osha bardosh berib kelgan.

Surxondaryo viloyati boy madaniy va moddiy an'analariga ega qadimiy tarixiy jug'rofiy makon hisoblanadi, ayniqsa inson qo'li bilan yaratilgan milliy hunarmandchilik buyumlari o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. 2017- yilning noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining " Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab- quvvatlash chora -tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon ijrosi o'laroq Surxondaryo viloyatida hunarmanchilik hunarmandchilik madaniyati tarixi keng ko'lamda o'rganilish va ilmiy izlanishlar olib borilmoqda bugungi kunda ham.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, taraqqiy etdi, yuksaldi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, o'ymakorlik, kashtado'zlik, ko'nchilik, tikuvchilik, to'quvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo'zlik, bo'yoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi.

O'zbekiston hududida neolit davridayoq hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmog'i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va to'qimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va boshqalar).

Dastlabki qo'lda ishlangan sopol buyumlari neolit davriga xos bo'lib, yurtimizda Kaltaminor madaniyati bu borada bizga nihoyatda ahamiyatli ma'lumotlarni taqdim qiladi. Sopollar qo'lda ishlangan bo'lib olovda kuydirib pishirilgan. Sopol buyumlariga turli xil botiq shakldagi naqshlar solingan, arxeologlar e'tiborini tortgan yana bir jihat sopollardagi mato izlaridir, bu sopolning yasalish texnikasi bilan bog'liq bo'lib, quritilgandan so'ng yonib ketgan matodan "yodgorlik" hisoblanadi.

Miloddan avvalgi II asrdan boshlab hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yo'li muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ushbu davrda Surxon vohasida mavjud bo'lgan qadimiy davlatlar( Yunon- Baqtriya, Kushon podsholigi )da hunarmandchilikning kandakorlik yuqori darajada rivojlandi. Dalvarzintepadan fil

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan. Kushon san'atida mahalliy an'analar, Qadimgi Sharq va Qdimgi Yunoniston ellinistik san'ati uslublari muvofiqlashgan.

Surxon vohasi javhari bo'lmish Termiz hunarmanchilik madaniyati yuklagan o'choqlaridan biri bo'lgan. Shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga to'g'ri keladi. Bu davrda Termiz hududiy jihatdan kengayib, shimoliy Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid me'morchilik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metal va toshlardan tayyorlandan tayyorlangan zargarlik buyumlari, kabi topilmalarning ko'plab qayd qilinishi buning dalilidir. Masalan, Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari (fil va ho'kiz - zebu shaklida) hozirgi kunda yer yuzida aniqlangan eng qadimgi shaxmat donalari (miloddan avvalgi II asr) hisoblanadi. O'sha davrda Termiz Kushonlar davlatining muhim shahri va buddizmning markazlaridan biri bo'lgan.

Keyingi O'rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (Arab xalifaligida po'lat, O'rta Osiyo va Hindistonda shoyi, chinni, qog'oz) Yevropa bozorlarida qadrlandi. Hindistonda paxtadan nafis mato, Xitoyda ipak mato to'qiydigan dastgohlar vujudga keldi, Xitoy va O'rta Osiyoda shisha tayyorlash texnologiyasi takomillasha bordi. Surxon vohasi ushbu davrlarda Buyuk Ipak yo'lining janubiy tarmog'i yo'lida joylashib, hunarmanchilik taraqqiyotining qorishuv uslublarini o'zida aks ettirdi va yuksaltirdi.

So'nggi o'rta asrlar shaharlarining jamiyat hayotidagi o'rnini aniqlashda ularning hunarmandchilik va savdo markazlari sifatidagi roli aloxida diqqatga sazovor. Shaharlarda odatda turli xil kasb-hunar egalari istiqomat qilganlar.

To'quvchilar ishlab chiqargan ip matolar ichida chit aloxida o'rin tutgan. Bu hunar turi bilan shug'ullanuvchilar "chitgarlar" deb atalgan. Ular bo'z yoki karbasga turli rangdagi gullarni bosganlar. Gurli qoliplar yordamida matoga gul bosish ancha murakkab ish jarayonini tashkil etgan va hunarmanddan katta mahoratni talab etgan. Maxalliy kiyim tikuvchilar orasida po'stindo'zlar o'z ishining moxir ustalari hisoblanib, ular tikkan po'stinlarning dovrug'i ketgan edi.

Duradgorlarning ustaxonalari odatda shaxarning markazida - bozorlarda joylashar va ular aholining buyurtmasiga binoan sandiqlar, eshiklar, beshiklar va boshqa narsalarni, mehnat qurollari, matolarni to'qish uchun charxlar, gazlamalarga gul bosishda asosiy qurol bo'lgan qoliplar va shuningdek zirk daraxtidan to'qimachilikda ishlatiladigan "kudung" ham yasar edilar. Daryolar, ularning xavzalari va kanallar yaqinida joylashgan shaxarlarda qayiqsozlik va kemasozlik keng rivojlangan edi. Bunday hunarmandchilik ustaxonalari shaxar chekkalarida,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

suvga yaqin yerlarda joylashar edi. O'rta Osiyo shaxarlarida kemasozlik rívojlanganligidan habar beruvchi ko'pgina ma'lumotlar o'sha davr manbalarida ham saqlanib qolgan. Xususan, Fazlullox Ibn Ruzbexon Isfaxoniy Muhammad Shayboniyxonning Marvga yurishi haqida yozar ekan, Amudaryo bo'yida xon qo'shini to'xtab turgan chog'ida podsho askarlarining yasavullariga qo'shinni daryodan olib o'tish uchun kema va qayiqlarni yig'ish topshirilganligini qayd etib, ular "Jayxunning yuqori va quyi oqimi bo'yidagi yerlarni tekshirib, topish mumkin bo'lgan hamma kemalarni olib keldilar", - deydi. XVI asrdagi bu ma'lumotni Mir Muhammad Amin Buxoriy xam tasdiqlab, Balxga yurishga otlangan Buxoro hukmdori Ubaydullaxon Ashtarxoniy kemalar va qayiqlarni tayyorlashni buyurgani haqida yozadi. O'zbekistondagi hunarmandchilik chuqur ixtisoslashgan bo'lib, o'zida xilma-xil kasb- korlarni birlashtirgan. Masalan, terini qayta ishlash sohasida ko'nchilar, etikdo'zlar, maxsido'zlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar, po'stinchilar, kamarchilar, to'qimachilik sohasida bo'zchilar, atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar; metallni ishlash sohasida temirchilar, taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar bo'lgan. Bular hunarmandchilikning tarmoq strukturasini belgilangan. Sharqdagi musulmon ustaxonalarida bo'lgani kabi O'zbekistonda, xususan, Surxon vohasida chevarlik, kashtachilik bilan ayollar uyda o'tirib shug'ullanishgan. Hunarmandchilikning ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud bo'lgan. Hunarmandchilikning ichki tartib va qoidalarini uning nizomi sifatidagi "Risolalar" belgilab bergan. Har bir kasbning o'z rahnamosi, ya'ni piri va "Risolasi" bo'lgan, avloddan-avlodga o'tuvchi odatlari va udumlariga rioya etilgan. Masalan, ish boshlashdan oldin usta o'z pirini yodga olib undan madad so'rash, shogirdiga fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan.

Moddiy madaniyatning ajralmas bir qismi bo'lmish hunarmandchilik taraqqiyoti uzoq tarixiy davrni o'z boshidan o'tkazib, O'zbekiston hududida bronza davri madaniyati sanalmish Sopolli madaniyati yodgorliklari hunarmandchilik taraqqiy etgan madaniy makon sifatida ko'zga tashlanadi. Sopollitepa madaniyati Surxondaryo viloyatining Sherobod va Sho'rchi tumanlarining 3 zonasi hudularida joylashgan. Yodgorliklarning 1- guruhi eski Ulanbuloq daryosining o'zanlari hududlari bo'ylab joylashgan, 2- tipdagi yodgorliklar Boston daryosining bo'ylarida paydo bo'lgan, 3- guruhdagi yodgorliklar esa Qizilsoy daryosining ozani bo'ylab joy olgan. Ulanbuloq guruhi yodgorliklari uch manzilgohdan tashkil topgan: Sopollitepa, Kultepa va kichiktepa yodgorliklaridir, ular orasida eng keng miqyosda o'rganilgan yodgorlik Sopollitepa hisoblanadi. Boston daryosining o'ng qirg'og'ida joylashgan yodgorliklar Jarqo'ton, chap qirg'oqdagilari esa Bo'ston deb

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yuritiladi. Bu yodgorliklar manzilgohlar xarobalari va qabristonlardan iborat. Uchinchi guruhda tilga olingan Mo'lali tipida ham qabristonlar ham aholi yashagan hududlar joylashgan, biroq, asosiy qazish ishlari qabristonlar hududlarida olib borilgan.

Sopollitepa madaniyati moddiy ishlab chiqarish va hunarmandchilik borasida bir qator yutuqlarga erishgan. Bu vaqtda kishilari mehnat qurollari, jang aslahalari, taqinchoq vauzuklar, boshqa bezak buyumlari hamda kulolchilik mahsulotlari yasash kasblarini mukammal bilishgan. Ishlab chiqarishda birinchi o'rinda mehnat qurollarinin yasash turgan. Mehnat qurollari va janggovar qurollarning asosiy qismi toshlardan, bronza, suyaklar va yog'ochlardan tayyorlangan. Tosh xomashyosidan yorg'uchoq, hovoncha, keli, ketmon ko'rinishini eslatuvchi qurol, bolg'a, qayroq, urchuq, palaxmon uchun yadro, to'qmoq, kamon uchlari, tumor, ilgak, zirak kabilar mohirlik bilan tayyorlangan. Tosh xomashyosidan qurollar, buyumlar tayyorlash oson ish hisoblanmagan, buning uchun eng avvalo kerakli xomashyoni tanlab olish kerak. Toshlarni kertib kerakli holga keltirish murakkab jarayon bo'lib, usta buning uchun tayyorlayotgan qurol turiga qarab bir necha soatdan bir kungacha muddat sarflagan, taniqli arxeolog olim T.Shirinov o'z eksperimentlarida buni isbotlagan.

Sopollitepa madaniyatiga tegishli materiallar o'zining turfa xilligi va boyligi bilan boshqa madaniyatlardan ajralib turadi. Sopol buyumlari, qurollar, mehnat qurollari, taqinchoqlar va pardoz uchun ishlatiluvchi buyumlar shular jumlasidandir. Keramika buyumalari Sopollitepa yodgorligining madaniy qatlamlari va qabrlaridan topilgan. Yodgorlikning ushbu nomni olishi ham qazishmalar jarayonida juda ko'plab sopol buyumlarining topilishi va bu sopollarning o'ziga xos shakllari va bezaklaridir. Sopol buyumlari turli ko'rininshlarda mavjud bo'lib, ularni alohida mukammal o'rganishni talab etadi. Texnik jihatidan sopol buyumlarini ikki turga - qo'lda ishlangan sopollar va kulolchilik charxi yordamida yasalgan sopollarga ajratish mumkin. Qo'lda ishlangan sopol buyumlari oz miqdorni tashkil qiladi -ko'pgina tovoqlar, qalin devorlari bo'lgan xumsimon shakldagi qozonlar shular jumlasidandir, garchi bu davrda kulolchilik charxi ixtiro qilingan bo'lsa-da, ayrim holatlarda hali hamon qo'lda ishlangan sopol idishlarga ehtiyojning bor ekanligini kuzatamiz. Qo'lda ishlangan sopol buyumlari qo'pol bo'lishi bilan birga idishlarda qum-shag'al aralashmalari va qurum, kuyganlik izlarini ko'ramiz. Sopollitepa hayotida metallurgiya hunarmandchiligida bronzadan buyumlar tayyorlash yetakchilik qilgan. Bronza asosiy xomashyo sifatida nafaqat jang qurollari, balki xo'jalik buyumlar, bezaklar, hatto, diniy marosim maqsadlarida ham

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

keng miqyosda ishlab chiqarilgan. Surxon vohasi madaniy yodgorligi Sopollitepa manzilgohidan topilgan buyumlar orasida yog'och idishlar va savatlar ham mavjud. Yog'och buyumlarining ham aksariyati qabrlarda saqlanib qolgan. Topilgan artefaktlarning barchasi arxeologlar tomonidan turlarga ajratilgan. Ushbu Sopollitepa madaniyat markazida hunarmandchilik bir pog'onaga yuksaldi va qo'shni hududlarga ham o'zining ijobiy va samarali ta'siri o'tkazdi.

Bugungi kunda hunarmandchilik, tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida o'zini to'la oqlamoqda. O'zbekistonda mustaqillik boshlangach tadbirkorlik, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkiy o'zgarishlarning muhim yo'nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu jihatdan yaqin o'tmishda faoliyat ko'rsatgan tadbirkorlar, hunarmandlar va savdo-sotiq tarmoqlarining tajribalari va tadrijiy rivojlanishini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. O'zbekiston xalqlarining boy madaniy va ma'naviy merosi va tarixiy an'analarini to'liq saqlab qolish va ko'paytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi aholilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha maqsadli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta'minlangan oilalar bandligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni chiqarildi. Bundan ko'rinadiki bizning diyorlar qadimdan hunarmandchilik markazlari bo'lgan. Buni rivojlantirish, jahon bozorlarini egallash uchun davlat tomonidan barcha shart sharoitlar yaratilmoqda.

REFERENCES

1. Karimov I.A O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida, T. "O'zbekiston", 1995.

2. Аннаев Т. Шайдулаев Ш. Сурхондарё тарихидан (Кадимги даврлардан XIX асрга кадар). А. Кодирий номидаги халк мероси нашриёти.-Тошкент, 1997.

3. Аскаров А. Сополлитепа.- Ташкент. ''Фан'' 1973.

4. Ботиров И., Аннаев Т. Сурхондарё вилояти Археология музейи (кискача йулланма). 'Шарк'' нашриёти матбаа акциядорлик компанияси бош тахририяти.-Ташкент, 2002.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.