Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATI QISHLOQ JOYLARIDAGI IJTIMOIY INFRATUZILMALARNING TARKIBI VA ULAR RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

XORAZM VILOYATI QISHLOQ JOYLARIDAGI IJTIMOIY INFRATUZILMALARNING TARKIBI VA ULAR RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
infratuzilma / ijtimoiy infratuzilma / ishlab chiqarish infratuzilmasi / qishloq joylari / qishloq xo’jaligi. / infrastructure / social infrastructure / production infrastructure / rural areas / agriculture.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Atayeva N.P.

Ushbu maqolada Xorazm viloyati qishloq joylaridagi ijtimoiyinfratuzilmaning tarkibi va rivojlanishining o‘ziga xosliklari, kelajakda qilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritilgan. Mavzuni yoritishda bir qator adabiyotlar tahlil qilingan, shuningdek iqtisodiy geografik tahlil, matematik-statistik tahlil va ekstrapolyatsiya usullaridan foydalanildi. Masalani yechimi sifatida taklif va tavsiya berib o‘tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE COMPOSITION OF SOCIAL INFRASTRUCTURES IN RURAL PLACES OF KHORAZM REGION AND SPECIFIC ASPECTS OF THEIR DEVELOPMENT

This article discusses the features of the structure and development of the social infrastructure in the rural areas of Khorezm region, as well as the measures to be taken in the future. A number of literatures were analyzed to cover the topic, as well as economic geographical analysis, mathematical-statistical analysis and extrapolation methods were used. Suggestions and recommendations were given as a solution to the problem.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATI QISHLOQ JOYLARIDAGI IJTIMOIY INFRATUZILMALARNING TARKIBI VA ULAR RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

UDK: 914-917

Atayeva N.P.

Geografiya kafedrasi o 'qituvchisi Urganch davlat unversiteti

XORAZM VILOYATI QISHLOQ JOYLARIDAGI IJTIMOIY INFRATUZILMALARNING TARKIBI VA ULAR RIVOJLANISHINING

O'ZIGA XOS JIHATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyati qishloq joylaridagi ijtimoiyinfratuzilmaning tarkibi va rivojlanishining o 'ziga xosliklari, kelajakda qilishi lozim bo 'lgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritilgan. Mavzuni yoritishda bir qator adabiyotlar tahlil qilingan, shuningdek iqtisodiy geografik tahlil, matematik-statistik tahlil va ekstrapolyatsiya usullaridan foydalanildi. Masalani yechimi sifatida taklif va tavsiya berib o'tildi.

Kalit so 'zlar: infratuzilma, ijtimoiy infratuzilma, ishlab chiqarish infratuzilmasi, qishloq joylari, qishloq xo'jaligi.

Atayeva N.P. teacher

Department of Geography Urganch State University

THE COMPOSITION OF SOCIAL INFRASTRUCTURES IN RURAL PLACES OF KHORAZM REGION AND SPECIFIC ASPECTS OF

THEIR DEVELOPMENT

Abstract. This article discusses the features of the structure and development of the social infrastructure in the rural areas of Khorezm region, as well as the measures to be taken in the future. A number of literatures were analyzed to cover the topic, as well as economic geographical analysis, mathematical-statistical analysis and extrapolation methods were used. Suggestions and recommendations were given as a solution to the problem.

Key words: infrastructure, social infrastructure, production infrastructure, rural areas, agriculture.

KIRISH. Mamlakat iqtisodiyotidagi infratuzilmasi-iqtisodiyotning barcha tarmoqlarning samarali ishlashiga xizmat qiladigan tarmoq va xizmatlardan tashkil topadi. U yagona energetika, transport, aloqa tizimlarining bir butun majmuasi hisoblanadi, hamda iqtisodiyotning elektr energiyaga, pochta va transport aloqalariga bo'lgan talabini ta'minlashga yo'naltiriladi.

ASOSIY QISM. Infratuzilmaning o'zi ikki qismdan:

a) ijtimoiy infratuzilma - kishilarning hayot faoliyati va sharoitlarini ta'minlovchi turar joy, madaniy-maishiy xizmat tarmoqlari, savdo, umumiy ovqatlanish kabi sohalardan;

b) ishlab chiqarish infratuzilmasi - yo'l-transporti, aloqa, omborxona xizmati kabilardan iborat.

Ijtimoiy infratuzilma-ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi, ishchi kuchi va uning uchun qulay faoliyatni ta'minlovchi tarmoqlar(yo'l -transport, aloqa, moddiy-texnika xizmati, moddiy bo'lmagan ishlab chiqarish tarmoqlari va shunga o'xshash boshqa tarmoqlar)ni o'z ichiga oladi.

Hududiy infratuzilma alohida iqtisodiy rayonlarning rivojlanish va hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanishi bilan bog'liq. Masalan, biz o'rganayotgan Xorazm viloyati hududiy infratuzilmasi ushbu ma 'muriy birlikdagi iqtisodiyot tarmoqlari ixtisoslashuviga, hamda, yuqorida ta'kidlaganimizdek hududiy ishlab chiqarish majmualarining tarixan shakllanishi bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI. Hududlar iqtisodiyotini moderinizatsiyalash va diversifikatsiya qiish ko'lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo'lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo'li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqaalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdarajasidagi farqlarni kamaytirish [3]ga ijtimoiy infratuzilmaning rivojiga erishiladi.

Mahalliy infratuzilma esa-alohida ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini ta'minlovchi elementlardan iborat. Mahalliy infratuzimaning to'gri tashkil qilinishi korxona va tashkilotlaring rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omil sanaladi.

Shuningdek, tarmoq xususiyatlari bo'yicha infratuzilma - tarmoqlararo va tarmoq ichidagi infratuzilmaga bo'linadi.

Tarmoqlararo infratuzilma iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga xizmat qilishga yo'naltiriladi. Tarmoq ichidagi infratuzilma esa, muayan tarmoqning ishlashiga xizmat qiladi. Masalan Xorazm viloyatida yo'lovchi transporti barcha sohalarga xizmat qiladigan bo'lsa, korxonada tashkil qilingan kompyuter xizmati faqat tor doiradagi mazkur tashkilot bilan bog'liq kishilar guruhiga xizmat ko 'rsatishi mumkin.

MUNOZARA. Xorazm viloyati ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko'pgina omillar ta'sir qiladi. Jumladan viloyatning tuproq-iqlim sharoiti, hudud relyefi, suv bilan ta 'minlangaligi, hudud konfiguratsiyasi, iqtisodiy rivojlanganlik, korxona va obyektlar joylashuvi, qo'llanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi hamda konsentratsiyalashuv darajasi va boshqalar.

Xorazm viloyatda asosiy yirik xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlardan biri yo'l xo'jaligidir. Yo'l xo'jaligining Viloayti qishloq joylarida eng ko'p tarqalgan turi-

avtomobil yo'llaridir. Ular ham o'z havbatida ikkiga tur yo'llarga qattiq qoplamali va gurunt yo'llarga bo'linadi.

Tarmoqlararo xarakterga ega yo'llar, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilagan mahsulotlarni iste'molchilarga etkazish kabi keng ko'lamli va salmoqli vazifalarni bajarsa, ichki tarmoq yo'llari esa xo'jalik ichidagi barcha muammolarni hal qilishda o'ziga xos o'rin tutadi. Qishloq joylarida yo'llarning joylashishi, asosiy obyektlarga nisbatan qulayligi, asfaltlanganlik darajasi va tekislanganligi ishlab chiqarish samaradorligi oshirishga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Ma'lumki, infratuzimaning eng yirik tarmoqlaridan biri transport xo'jaligi hisoblanadi va ishlab chiqarish harakati jarayonini transport tasavvur qilsih qiyin. Jumladan, Xorazm viloyati iqtisodiyoti rivojida ham transportning o'rni beqiyos, ayniqsa temir yo'l transportning qurilishi hudud iqtisodiyotda va aholining turmish tarzining yuksalishida muhim ahamiyat kasb qilgan. Keyingi yillarda rejalashtirilgan, hamda tez kunlarda ishga tushuvchi, viloyatni mamlakatning markaziy va sharqiy mintaqalari bilan, xususan Buxoro, Samarqand va poytaxt Toshkent shahri bilan bog'lovchi "Jaloliddin Manguberdi" nomli tezyurar poyezdlar qatnovini yo'lga qo'yilsihi mintaqa iqtisodiyotida muhim sanaladi. Shuningdek, viloyatning shimoli-g'arbiy Shovot va Gurlan tumanlari orqali o'tuvchi yangi temir yo'l liniyasida qurilish ishlari davom etayotgani diqqatga sazovor. Bu temir yo'l liniyasi Xorazm viloyatini Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan Amudaryo tumanidagi yaqinda ishga tushirlgan, hamda, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni avtomobil va temir yo'l transportda muhim obyekt hisoblanadigan "Qipchoq ko'prigi" (Amudaryo ustiga qurilgan) orqali Sulton Uvays Tog'- Nukus temir yo'l liniyasiga bog'lash bilan birgalikda, Qozog'iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Kavkaz va Yevropa mamlakatlariga chiqish imkonini beradi.

Ijtimoiy infratuzilma o'zida mehnat jarayonida ishchilarni samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo'naltirilgan jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining bir qismini aks ettiradi. Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini kelgusida yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari yakuniy mahsulot yaratishda bevosita

ishtirok etmaydi, lekin ular ishlab chiqarish jarayonining normal rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydilar. Ijtimoiy infratuzlimaning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning zarur malakadagi kadrlarga bo'lgan talabini qondirishni tartibga soladi, kadrlarni takror ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligiga bog 'lanib ketishiga ko'maklashadi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta'minlaydi[4].

Xorazm viloyatidagi ijtimoiy infratuzilma bo'limlaridan, nafaqat korxona, tashkilot yoki muassasa ishchi - xodimlari, balki ularning oila a'zolari komunal-maishiy talablarini qondirish uchun ham shart-sharoitlarni yaratishda ishtirok qiladi.

Ijtimoiy infratuzilmasi qishloq joylarining Xorazm viloyati bo'ylab qanday joylashuviga, shuningdek, asosan qishloq xo'jaligi hamda qishloqlarda endi

shakllanayotgan sanoat korxonalarining xususiyatlarini aks ettiradigan o'ziga xos jihatlarga egaligidadir.

Mavjud resurs va xomashyolarni chuqur qayta ishlash oqrali sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlarida yangi mahalliy brend mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy etish maqsadga muvofiq [2].

Xorazm viloytaida bunday qishloq xo'jaligi tarmoqlarida yangi mahalli y brend mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishda a ularni rivovida qishloq joylaridagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o'rni alohida sanaladi.

Viloyat qishloq joylaridagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari davlat dastur doirasida byudjet mablag'lari hisobiga, shuningdek hududlardagi mavjud sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari resurslari evaziga, qolaversa qishloq aholisining pul mablag'lari yoki mahalliy hamda xorijiy investitsiyalardan (turar joylar, bolalar bog'chalari, maktablar, qishloq vrachlik punktlari, aloqa tarmoqlari va boshqalarni qurilishga) samarali sarflash bilan barpo qilinadi.

Ijtimoiy infratuzilmalarni so 'nggi yillarda eng tez rivojlanayotgan hudulariga o 'sish qutblari va nuqtalari kiradi.

O'sish qutblari va nuqtalari Xorazm viloyatining asosiy iqtisodiy rivojlanishining markazlari sifatida namayon bo'lmoqda. Keyingi yillarda tashkil qilingan ElZlar, kichik sanoat zona(keyingi o'rinlarda KSZ)lari va sanoat klasterlari o'sish qutblari va nuqtalari mintaqa iqtisodiyotida o'ziga xos o'ringa ega. Ayniqsa viloyat sanoatining rivojida yuqorida ta'kidlaganimizdek, Hazorasp EIZsi va tumanlarda tashkil qilingan KSZlarining ahamiyati salmoqli hisoblanadi[1].

1-rasm. Xorazm viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, "o'sish nuqtalari" va "drayver sohalari" xaritasi. [1]

Qishloq joylaridagi ijtimoiy infratuzilma bo'limlari nafaqat qishloq xo'jaligi va kichik sanoat korxonalaridagi band bo'lgan ishchi-xizmatchilarga, balki qishloqlar hududida yashovchi aholining boshqa qismiga ham xizmat ko'rsatadi. Odatda, qishloqlardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari ularning hududi bo'yicha bo'lib joylashtirilgan bo'ladi, bu esa ulardan samarali foydalanishda qiyinchiliklar tug'diradi. Shuningdek, faqat qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan qishloq joylarida, ayniqsa dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi hududlarda ishlab chiqarishning mavsumiylik xususiyati ijtimoiy infratuzilma bo'limlari va xizmat sohalari ishiga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.

Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini tashkil qilinishi va maqsadga muvofiq ish faoliyatini olib borishi, ular joylashgan qishloqlarning, shuningdek mazkur korxonalarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog'liq. Yuqorida ta'kidlanaimizdek, qishloq joylarida ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishda ko'pgina hollarda davlat tomonidan zarur pul mablag'lari hamda mehnat resurslari ajratiladi.

Ijtimoiy infratuzilma tarkibiga quyidagi obyektlar kiritiladi:

- kommunal uy-joy xo'jaliklari;

- maktabgacha va maktab muassasalari;

- tibbiyot muassasalari;

- umumiy ovqatlanish tashkilotlari;

- o'quv-ishlab chiqarish kombinatlari;

- sport-sog'lomlashtirish tashkilotlari;

- aholi va ishchi-xizmatchilarga xizmat ko'rsatuvchi transport;

- aloqa va axbopot xizmati;

- mehnat muhofazasi bo'yicha xizmat sohalari va boshqalar kiradi. Maqsad yo 'nalishi, shakllanish manbai, hududiy joylashuvi va ishlab

chiqarish jarayonida qatnashishiga ko'ra, ijtimoiy infratuzilma obyektlari va xizmat ko 'rsatish sohalri 2 guruhga bo'linadi (1-jadvalga qarang).

1-jadval.

Ijtimoiy infratuzilma tarkibi va tuzilishi._

Ijtimoiy infratuzilma

Korxonalarda ishlab turadigan bo'limlar va xizma sohalari Aholiga xizmat ko 'rsatuvchi tashkilot va muassasalar

Dam olish xonalari Uy-joy va kommunal xo'jalik

Bufetlar va do'konchalr Ta'lim va madaniyat

Tamaddixonalar va dala oshxonalari Sport tashkilotlari

Hammomlar va dushlar Tibbiyot

Tibbiy punktlar Savdo va umumiy ovqatlanish

Ishchilarni ish joyiga yetkazuvchi transport Bolalar bog'chalari

Mehnat muhofazasi xizmat sohalari Aholiga xizmat ko 'rsatuvchi transport

O'quv-ishlab chiqarish kombinatlari Hammom va kir yuvish kombinatlari

Jadval "Qishloq xo'jaligi iqtisodi va menejment" qo'llanmasidan olindi

[5].

Birinchi guruh obyektlari korxonalar hisobidan o'z hududida va hududidan tashqarida tashkil qilinishi mumkin. Ularga mehnat sharoitni, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish jarayonida ishchi - xodimlarning hordik olishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan obyektlar kiritiladi.

Bu guruhga fermer va dehqon xo 'jaliklaridagi, shuningdek chorva fermalarida tashkl qilingan maishiy inshootlar, jumladan umumiy ovqatlanish obyektlari(bufetlar, oshxonalar, tamaddixonalar), sog liqni saqlash, madaniyat va dam olish obyektlari(profilaktoriylar, vrach kabinetlari, o'quv zallari va boshqalar) kiradi.Ular chorvachilik majmualari va fermalarda, ustaxonalarda, mashina -traktor parklarida, dala shiponlarida va boshqa joylarda joylashtiriladi.

Ikkinchi guruh qishloq xo'jaligi korxonalarining aholi punktlarida joylashgan, aholining kommunal uy-joy talablarini qondirish uchun mo'jallangan va dastur bo'yicha davlat resurslari, katta korxonalar va agrosanoat uyushmalarining maxsus mablag'lari hisobiga tashkil qilingan ijtimoiy infratuzlima obyektlari, maishiy xizmat korxonalari, sog'liqni saqlash, sport, maktabgacha va maktab muassasalari, madaniyat uylari va klublari, savdo korxonalari taalluqlidir. Ijtimoiy infratuzilmaning ushbu obyektlari qishloq

joylaridagi aholining, mehnat sohasi va ijtimoiy ahvolidan qa'tiy nazar, hammasiga xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan.

XULOSA. Ijtimoiy infratuzilma - ijtimoiy va iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarnita'minlovchi tarmoq va sanoat majmuasidir. Infratuzilma iqtisodiyotning bo'linmas qismidir.

Xoram viloyati ijtimoiy infratuzilmasining asosiy vazifasi aholini, xususan, aholisining katta qismi qishloq xo'jaligi band bo'lgan ushbu mintaqaning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini kelgusida yaxshilash hisoblanadi. Bu borad quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsdga muvofiq:

- Xorazm viloyati qishloq joylarini kompleks rivojlantirish dasturi asosida zarur ijtimoiy infratuzilma korxonalarni aniqlash va ularni barpo qilish;

- mavjud va keyinchalik tahkil qilinishi ko 'zlanayotgan ijtimoiy infratuzilma korxonalarini barqaror ishlab ketishni ta'minlash borasida chora tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

- mintaqdagi qishloq joylari iqtisodni yuksaltirish orqali ijtimoiy infratuzlimani bosqichma-bosqich rivojlanishini ta 'minlashdan iborat.

Mavzuga shu kabi masalalar hal qilinar ekan Xorazm viloyat ijtimoiy infratuzilmasida katta yutuqlarga erishiladi.

Foydalanilagan adabiyotlar ro'yhati:

1. Abdullayev A. G. et al. XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTNING O'SISH NUQTALARI VA ULARNING RIVOJLANISHINING IQTISODIY-GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI //Экономика и социум. - 2023. - №. 5-2 (108). - С. 9-18.

2. Amanov A. K., Nazarov D. M. QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARI VA ULARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI //Экономика и социум. - 2024. - №. 2 (117)-1. - С. 97-101.

3. Amanov A. K., Nazarov D. M. QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI MAXSUS IQTISODIY ZONA, KICHIK SANOAT ZONASI, TEXNOPARK VA KLASTERLARNING IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI //Экономика и социум. - 2024. - №. 2 (117)-1. - С. 102105.

4. Salimov B.T.,O'raqov N.I. Qishloq xo 'jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. Toshkent. O'zbekiston-2004. 114 b.

5. O 'murzoqov O ' P. va boshqalar. Qishloq xo 'jaligi iqtisodi va menejment. Toshkent "Moliya-Iqtisod"-2008. 156 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.