Научная статья на тему 'MINTAQA IQTISODIYOTINI OSHIRISHDA INFRATUZILMANING O’RNI'

MINTAQA IQTISODIYOTINI OSHIRISHDA INFRATUZILMANING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Infratuzilma / ijtimoiy / iqtisodiy / ishlab chiqarish / iqtisodiy infratuzilma / umumiy ishlab chiqarish shartlari. / Infrastructure / social / economic / production / economic infrastructure / general production conditions

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nurullayev, Baxrom Botirovich

Ushbu maqolada iqtisodiyotni rivojlantirishda infratuzilmalarni rivojlanishi haqida yozilgan bo’lib, bunda xalqaro va mintaqaviy kesimdagi infratuzilmalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF INFRASTRUCTURE IN GROWING THE REGIONAL ECONOMY

This article is written about the development of infrastructures in the development of the economy, in which the international and regional infrastructures are highlighted.

Текст научной работы на тему «MINTAQA IQTISODIYOTINI OSHIRISHDA INFRATUZILMANING O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

MINTAQA IQTISODIYOTINI OSHIRISHDA INFRATUZILMANING O'RNI

Nurullayev Baxrom Botirovich

Urganch Ranch texnologiya universiteti, Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada iqtisodiyotni rivojlantirishda infratuzilmalarni rivojlanishi haqida yozilgan bo'lib, bunda xalqaro va mintaqaviy kesimdagi infratuzilmalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Infratuzilma, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish,iqtisodiy infratuzilma, umumiy ishlab chiqarish shartlari.

АННОТАЦИЯ

В данной статье написано о развитии инфраструктур в развитии экономики, в которой выделены международные и региональные инфраструктуры.

Ключевые слова: Инфраструктура, социальная, экономическая, производственная, экономическая инфраструктура, общие условия производства и др.

ABSTRACT

This article is written about the development of infrastructures in the development of the economy, in which the international and regional infrastructures are highlighted.

Key words: Infrastructure, social, economic, production, economic infrastructure, general production conditions

KIRISH

Mintaqa iqtisodiyotida infratuzilmaning o'rnini aniqlashda dastlab mintaqa iqtisodiyoti va infratuzilma atamalarining mazmun-mohiyatini tushunib olish zarur. Mintaqaviy iqtisodiyot mintaqa taraqqiyotining ob'ektiv shart-sharoitlari va omillarini, ishlab chiqarish tarkibi, ijtimoiy soha va aholining turmush sharoitini, aholi va xo'jalikning joylashishini, iqtisodiyotning faoliyat ko'rsatishi va uning boshqarish mexanizmini, mazkur mintaqaning boshqa mintaqalar va mamlakatlar bilan o'rnatgan iqtisodiy aloqalarini tadqiq etadi.

Mintaqa (region) bu ma'lum hudud bo'lib, u boshqa hududlardan qator belgilar bo'yicha farq qiladi va o'ziga xos bir butunlik, tarkibiy elementlari o'rtasida o'zaro aloqadorlik mavjudligi bilan ifodalanadi. «Region» lotincha so'z bo'lib (regio), tarjima qilinganda mamlakat, o'lka, oblastьma'nosini anglatadi. «Region» so'ziga

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

sinonim qilib «rayon» tushunchasi ko'pchilik olim va tadqiqotchilartomonidan qabul qilingan.

Infratuzilma esa (lotincha: "infra"— pastda, ostida va "structura"— tuzilma, joylashuv)—ishlab chiqarishga va butun iqtisodiyotga xizmat qiladigan, ular uchun go'yoki umumiy poydevor, tayanch yaratadigan tarmoqlar va faoliyat turlari majmuidir.

Iqtisodiyot infratuzilmasi transport va aloqa vositalari, omborxona, energiya va suv ta'minoti va boshqalarni o'z ichiga oladi. Iqtisodiyot infratuzilmasi sifatida tasniflangan tarmoqlar doirasi turli mamlakatlarda turlicha belgilanadi. Ularning umumiy maqsadi sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi tovar va xizmatlar oqimini soddalashtirish va samaraliroq qilishdir. Ayrim mualliflar iqtisodiyotning infratuzilmasi sifatida fan, sog'liqni saqlash va ta'lim tizimini ham kiritib, ularni iqtisodiyotning noishlab chiqarish (ijtimoiy) infratuzilmasi deb ataydilar.

Shuningdek, infratuzilma tushunchasiga ta'rif berilganda ayrim tadqiqotchilar uni tovarlar shakli va ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita aloqador bo'lmagan, shuningdek, ishlab chiqaruvchiga to'g'ridan-to'g'ri foyda (yoki daromad) keltirmaydigan "jamiyat sarf xarajatlari" sifatida baholasalar, ayrim tadqiqotchilar ishlab chiqarish amalga oshirilishini va samaradorligini ta'minlashning zaruriy xarakterdagi shartlar (yo'llar va kommunikatsiyalar tarmog'i, transport vositalari va qatnovi, yer qurilishi va boshq.) majmuasi, deya e'tirof etadilar. Xuddi g'arb iqtisodiy tadqiqotchilik tizimida bo'lgani kabi, yaqin xorij, jumladan, rossiyalik bir qator olimlar ilmiy ishlarida ham, qolaversa, milliy tadqiqotchilikda ham infratuzilmalarga yagona, umumiy fikrdagi qarash mavjud. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, infratuzilmalarga berilayotgan tavsiflarning xilma-xillik ko'p hollarda tadqiq etilayotgan obyekt yoki faoliyat sohasining yetakchiligini ta'minlashga bo'lgan bo'lgan moyillik ta'siriga uchraydi. Ya'ni, ayrim tadqiqot ishlarida moddiy ishlab chiqarish sektorini o'rganilish jarayonida ularda kechadigan munosabatlardagi infratuzilmalarning o'rni tadqiq etiladi va bunda tabiiyki, infratuzilmalar tarmoqosti soha sifatida baholanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Infratuzilma masalalarini o'rganish ancha uzoq tarixga ega bo'lib, u mahalliy iqtisodiyot fanida D.I.Mendeleyev, A.I.Chuprov, shuningdek, sovet iqtisod fanida K.Myuller-Byulov, A.Yu.N. Xomyanskiy, S.S. Nosova nomlari bilan bog'liq. Chet el iqtisodiyotida K. Marks, J. Marksning asarlarida infratuzilma muammolari muhokama qilingan.

A.V. Chuprov infratuzilma masalalarini asosan temir yo'l transporti misolida o'rgandi[1]. K.Marks infratuzilma, birinchi navbatda, transport va

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

kommunikatsiyalar haqida gapirdi. Shuningdek, zamonaviy „infratuzilma" tushunchasini ifodalash uchun ishlatiladigan atamalarning ko'pligini ta'kidlash kerak. Masalan, K. Marks o'z asarlarida „mehnatning umumiy shartlari"[2], "umumiy ishlab chiqarish shartlari"[3] atamalarini ishlatgan.

Infratuzilmaga kiritiladigan sarmoyalarni xalqaro darajada ko'radigan bo'lsak, infratuzilmaga sarmoya kiritish bo'yicha jahon yetakchisi Xitoy bo'lib, u yalpi ichki mahsulotlarning o'rtacha 8,5 foizini sarflaydi. Rossiya har yili yalpi ichki mahsulotlarning 3,2 foizini shu kabi maqsadlarga sarflaydi^.

So'nggi yillarda dunyo bo'yicha infratuzilmaga kiritilgan investitsiyalar: AQShda-yalpi ichki mahsulotning 1,0%, Xitoyda-yalpi ichki mahsulotning 10,9%, Germaniyada-yalpi ichki mahsulotning 1,3%. Investitsiya kiritishda ayrim muammolar sifatida ko'pincha pul bo'lmagan ekvivalentda o'lchanadigan ushbu turdagi investitsiyalarga qaytishni baholashni misol qilish mumkin. Masalan, amerikalik ekspertlarning fikricha, AQSHda transport inshootlari qurilishiga 1 million dollarlik sarmoya kiritilishi 35 ming ish o'rni yaratish imkonini beradi151.

Mintaqada iqtisodni rivojlantirishda infratuzilmaning o'rnini aniqlashda Xorazm viloyati kesimida ko'rib chiqadigan bo'lsak, joriy yilning 5 - yanvar kuni Urganch shahridagi studiyadan Xorazm viloyatining jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag'batlantirish bo'yicha monitoring ishlariga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari S. Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo'lib o'tdi161.

Yig'ilishda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari, mahalliy hokimiyat organlari, to'rtta sektor rahbarlari, shuningdek Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlari 519 ta mahalla rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda iqtisodiy salohiyatni, aholini ish bilan ta'minlashning muhim yo'nalishlarini, infratuzilmaning hozirgi holatini va har bir mahallaning ijtimoiy sohasining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarurligi ta'kidlandi. Ma'lum bo'lishicha, hozirgi paytda Xorazm viloyatida umumiy qiymati 9,8 trillion so'm bo'lgan 686 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, ular 15 mingga yaqin yangi ish o'rinlarini yaratishga imkon beradi.

Qo'shimcha ravishda shuni aytish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta'minlash, Xorazm viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning "o'sish nuqtalari"ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori mavjud bo'lib, unga ko'ra:

-hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha o'rnatilgan yangi tartib asosida Xorazm viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur o'rganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi ma'lumot uchun qabul qilish;

-Xorazm viloyatida 2022 — 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,4 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 baravarga, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,1 baravarga, xizmatlar hajmini 3,1 baravarga hamda qurilish ishlari hajmini 1,2 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko'rsatkichlar parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2022-yilda Xorazm viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash bo'yicha kompleks tadbirlar, iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qaror doirasida respublika budjetidan ajratiladigan mablag'lar o'z vaqtida ajratib borilishi keltirilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda ilovaga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag'larni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag'lar hisobidan moliyalashtirish hamda 2023-yilga mo'ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish orqali viloyatda sezilarli darajada iqtisodiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Xorazm viloyatida 2022 — 2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni bo'ykha maqsadli ko'rsatkichlar parametrlari

Т/г Ko'rsatkichlar O'ichov blrligi Jami Villar kesimida

2022 1 2023 1 2024 | 2025 | 2020

Xorazm viloyati

1. Yalpi hududly mahsulot (YaHM) hajmi ftrln so'ml 1,4 haravar 33,4 39,5 46.7 55,2 65,4

o'sish (■•) 107,3 107,1 107.4 107,6 107.7

1.1 aholi jon boshiga mtng so'm 17 047.0 19 811.3 23 023.7 26 797.1 31 207.0

г. Sanoat mahsulotlarl hajmi (trln so'm) 1.4 baravar 15,3 17,1 19,2 21,6 25,3

2.1 aholi /on boshtea o'sish (%) 107,8 107.4 107.9 108,1 112.4

3. HudutUy sanoat mahsulotlarl hajmi (trln so'm) 1,3 baravar 6.0 6,7 7,3 8.2 9,5

3.1 aholi Ion boshiga o'sish (•/•) 104,3 105.7 105.4 107.2 111.5

4. Iste'mol tovarlari hajmi (trln so'm) 9.6 10,7 12.1 13,7 16,0

4.1 aholi jon boshlga o'sish (H) 1,3 baravar 105.3 106.2 105,7 107,8 111.5

5. Qlsliloq xo'jallgi mahsulotlari hajmi (trln so'm) 25.2 25,9 26,7 27,7 28,7

5.1 aholi jon boshiga o'sish (H) 1.1 baravar 103.2 103.2 103,5 103,6 103.7

6. Xlzmat ko'rsatish hajmi (trln so'm) 13,1 17,9 23,3 29,0 34,9

6.1 aholi jon boshiga o'sish (*o) 3.1 baravar 150,0 134.5 127,2 122,0 119.0

7. Qurllish Ishlarl hajmi (trln so'm) 5,5 6,5 7,8 9.4 11.3

7.1 aholi jon boshiga o'sish (%) 1.2 baravar 104.4 104.2 105,2 105.2 105,5

8. Mahalliy budjet daromadlarl mlrd so'm 12 1 1 913.6 2 029,2 2 358,7 2 729,1 3 122.4

9. oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doiraslda ajratiladigan kreditlar mlrd so'm 5163,0 695,0 834,0 998,0 1198.0 1438.0

10. Noqishloq yerlarni auksionga chitiarish hirlik 5440 1218 1153 1088 1023 958

11. Ijtlmoly va lshlal) rhiqarish intratuzilmasinl rivojlantirish mlrd so'm 4 429,2 663.1 761.6 865,3 995.1 1 144.1

ioyihalar soni hirlik X 89 X X X X

12. "Ohod qishloq" va "Ohod mahaila" dasturlari doirasida bajariladigan ishlar hajmi mlrd so'm 2 212,5 367.1 369,6 425,0 488.8 562.1

13. Aholini bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarl asosida uy-joy bilan ta'minlash mlrd so'm 3 333 505 513 625 784 906

hirlik ■185/11556 93/2192 83/1972 93/2172 105/2500 111/2720

14. lchimlik suv tarmoqlarini tortish va rekonstruksiya qilish km 2 973,7 800.4 711.3 603,5 443,2 415.3

15. Aholiningichimiik suv bilan ta'minlanish darajasi foiz 95,8 86.9 89.3 91,9 94.3 95,8

IG. Oqova suv tizimi bilan qamrov darajasi foiz 11,5 8.2 9.2 9.9 10,8 11.5

17. Ko'p qavatli lly joylar qurish dona 485 93 83 93 105 111

xonadon soni 11 556 2 192 1972 2 172 2 500 2 720

IS. Ipoteka kreditlari hisobiga yakka tartlbdagi uy-joylarni qurish dona 3100 500 650 650 650 650

19. FJektr ta'minotini yaxshllash:

19.1 elektr tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish km 5 129.3 1 005.3 1 010.5 1 020.7 I 041.2 1 051.6

19.2 transformatorlarni qurish va ta'mirlash dona 1 077 217 215 215 215 215

19.3 podstanstvalarnl yanfflash dona 10 5 3 0 1 1

20. Avtomobil yo'llarini qurish va ta'mirlash km 4713.40 544.10 1004,02 1046.92 1052.22 1066,12

20.1 umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini: km 1195,0 201.10 213,5 246.9 259.8 273,7

asfalt bilan qoplash km 1195,0 201,10 213.5 246,9 259.8 273,7

20.2 ichki xo'jalik yo'llarini: km 3256,4 319.0 734.52 73402 734.42 734,42

qum-shag'al aralashmasi bilan qoplash km 2940,5 202,0 684.62 684.62 684.62 684.62

asfalt bilan qoplash km 257,9 59 49.9 49,4 49,8 49.8

XULOSA

Yuqorida keltirilgan fikrlarni va ma'lumotlarni o'rganib chiqish natijasida shuni xulosa qilib aytish mumkinki, mintaqada iqtisodni rivojlantirishda iqtisodiy infratuzilmani to'g'ri shakllantirish muhim rol o'ynaydi. To'g'ri tashkil etilgan infratuzilmaga amal qilgan holda hududda ko'plab o'zgarishlar amalga oshirilishi, kamchiliklar sezilishi va bartaraf etilishi mumkin. Shuningdek, hududda yaxshi rivojlanishi mumkin bo'lgan sohalar yaqqol namoyon bo'lishi va unga e'tibor qaratish natijasida ish soni ko'payishi va aholi daromadlarini ham oshirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Кокурин Д.И., Назин К.Н.. Формирование и реализация инфраструктурного потенциала экономики России. М.: Транслит, 2011

2. Маркс К., Энгельс Ф.. Сочинения. М.: Гос. изд-во политической литературы, 1955

3. Маркс К., Энгельс Ф.. Сочинения. М.: Гос. изд-во политической литературы, 1955

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

4. Альбер Еганян. Инвестиции в инфраструктуру: Деньги, проекты, интересы. ГЧП, концессии, проектное финансирование., 2015.

5. Назин К.Н. Влияние логистической инфраструктуры на состояние экономики: межрегиональный аспект", Интеграция и координация логистических процессов в цепях поставок,2012

6. https://brightuzbekistan.uz/uz/xorazm-viloyati-mahallalari-tumanlari-va-shaharlarini-ijtimoiy-iqtisodiy-rivojlantirish-boyicha-kompleks-dasturni-tayyorlash-boyicha-ishlarning-borishi-korib-chiqildi/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.