Научная статья на тему 'XORAZM TOPONIMIKASIDA TARKIBIDA GEOGRAFIK TERMINLARNING SHAKLLANISHI'

XORAZM TOPONIMIKASIDA TARKIBIDA GEOGRAFIK TERMINLARNING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
84
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponim / topotermin / fitonim / oykonim / litologik / etnonim / gidronim.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kutlimuratov A.A.

Ushbu maqolada Respublika toponomiyasi tarkibida Xorazm viloyati toponimlarini tabiiy geografik jixatdan o’rganishda geografik terminlar bilan bog’liq joy nomlarning shaklanishi hamda tarqalishi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZM TOPONIMIKASIDA TARKIBIDA GEOGRAFIK TERMINLARNING SHAKLLANISHI»

DOI 10.5281/zenodo.10715972

Kutlimuratov A.A.

Urganch davlat universiteti katta o'qituvchi

O'zbekiston

XORAZM TOPONIMIKASIDA TARKIBIDA GEOGRAFIK TERMINLARNING SHAKLLANISHI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Respublika toponomiyasi tarkibida Xorazm viloyati toponimlarini tabiiy geografikjixatdan o'rganishda geografik terminlar bilan bog'liq joy nomlarning shaklanishi hamda tarqalishi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: toponim, topotermin, fitonim, oykonim, litologik, etnonim, gidronim.

Kutlimuratov A.A. senior lecturer Urganch State University Uzbekistan

FORMATION OF GEOGRAPHICAL TERMS IN KHOREZM

TOPONYMY

Abstract. This article analyzes the formation and distribution of place names related to geographical terms in the study of the toponyms of the Khorezm region from the natural geographical point of view within the Republican Toponomy.

Keywords: toponym, topothermic, phytonym, oykonym, lithological, ethnonym, hydronym.

Kirish Geografiyada Toponimika fani uchun geografik terminlarni o'rganish juda muhim chunki, ularda hudud, makon bilan bog'liq bo'lgan ko'plab ma'lumotlar mujassam.

Geografik terminlarni ilmiy asosda chuqur o'rgangan rus olimi E.M. Murzayev, toponimik tadqiqotlarda geografik terminlarning o'rni naqadar muhimligiga e'tibor qaratib, "har qanday toponimik tadqiqotlar geografik terminlarni o'rganishdan boshlanmog'i kerak".deb yozgan edi.

Atoqli geograf terminshunos E.M. Murazev aytganidek, turdosh otlar toponimlarning asosini tashkil etadi va tabiiy geografik ob'ektlarning turini ifodalaydi. Aksariyat joy nomlari asosida oddiy geografik terminlar yotadi.

Asosiy qism. Har bir fanning terminlarini o'rganuvchi terminshunoslik (atamashunoslik) fanlari mavjud. Geografik terminshunoslik geografik terminlarning ma'nosi, kelib chiqishi (etimologiyasi), o'zgarishi, to'g'ri yozilishi

va manbalarini o'rganadi. Har bir fanni chuqur o'rganish uning terminlarini qanchalik to'g'ri va to'liq bilishga bog'liq. [1]

O'zbek(turkiy) geografik terminologiyasining ilk manbai sifatida XI asrga oid Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit-turk" asaridan tortib XX asr boshlariga kelib yirik sharqshunoslardan V.V. Barto'ld va uning asarlarini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. [3]

O'zbek geografik terminshunosligining tarixi va rivojlanishida geograf-terminshunos Hamidulla Hasanovning o'rni beqiyosdir. Uning "Geografiya terminlari lug'ati" 1964-yilda, geograf-terminshunos P.N. G'ulomovning "Geografiyadan qisqacha ruscha-o'zbekcha atamalar va tushunchalar lug'ati" 1993-yilda, "Jo'g'rofiya atamalari va tushunchalari izohli lug'ati" 1994 -yilda, Shuningdek M.T. Mirakmalovning Xalq tabiiy geografik terminlari monografiyasi 2009 yilda va boshqa yana ko'plab terminologik lug'atlarning nashr etilishi juda katta e'tiroflarga sazavor bo'ldi.

Shu bilan birga Xorazm viloyati toponimlarini o'ganish jarayonida viloyatda uchraydigan ba'zi geografik terminlarni tahlil qilishga qaratildi.

Umuman olganda toponimik terminlarni (topoterminlar) o'zi ifodalayotgan ob'ektlarga qarab guruhlashtiriladi: [1]

1. Geomorfologik topoterminlar alang, tepa, bag'ir, do'ng, ort, oshuv, chuqur, qir, qoratov, oltin, kumush, tosh, qum va boshqalar).

2. Gidrologik topoterminlar daryo, arna, ariq, yop, solma, ko'l, buloq, quduq, ko'prik, qayir, hovuz va boshqalar.

3. Floristik va faunistik topoterminlar-gujum, tol, terak, tut, jiyda, qoramon, olma, o'rik va boshqalar.

4. Oykonimik topoterminlar -qal'a, qishloq, kat, ovul, mahalla, ko'cha va boshqalar.

5. Etnonimik topoterminlar -o'zbek, qipchoq, qangli, ming, nayman, qatag'on, do'rmon, arab, uyg'ur va boshqalar.

6. Turli topoterminlar ob'ektning belgi-xususiyati, tomon, o'rin-joy, hajm va boshqa xususiyatlarni ifodalovchi terminlar: obod, orqa, katta, kichik, o'rta, yuqori, quyi, yangi, ko'hna, eski, oq, qizil, achchiq, chuchuk, sho'r, shirin va boshqalar.

Yer yuzasining relefi, tuzilishi bilan bog'liq bo'lgan terminlar geomorfologik topoterminlar deyiladi. Yer yuzasining turli xil shakllari joy nomlarining shakllanishiga sababchi bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan relef shakli o'zgarishi mumkin. Ayniqsa Xorazm viloyati hududining yer yzasi uzoq tarixiy rivojlanish davomida to'liq ozgarib ketgan. Lekin viloyat hududida o'sha relefni ifoda etgan ba'zi nomlar saqlanib qolgan. Quyida turli geomorfologik topoterminlar yordamida yasalgan toponimlarni keltirib o'tamiz:

"jar" topotermini yordamida, Qiziljar, Echkijarko'l, Jarqishloq, Echkijar, Jarchilar va boshqalar;

"tepa" termini yordamida: Qumtepa, Qoratepa, Oqtepa, Mingtepa, Oltintepa, Ko'ktepa, Qoratepa, Qoraultepa va boshqalar.;

"qum"-termini yordamida: Oltinqum, Yuqoriqum, O'rtaqum, Qumbodoq, Oqqum, Amirqum, Qumravot, Vopqum, Qumyop, Qumoloqli, Oshoqqum, Qumonchilar terminlardan yasalgan joy nomlar geomorfologik topoterminlar asosida vujudga kelgan. [6]

Gidrologik toponimik terminlar. Gidrologik ob'ektlar, suv inshootlari bilan bog'liq terminlar gidrologik topoterminlar deb yuritiladi. Nafaqat Respublikamiz balki Xorazm toponimlari tarkibida o'ziga xos ariq, arna, buloq, soy, ko'l, daryo, quduq kabi terminlar ko'p uchraydi.

"ariq"-termini yordamida Bo'zariq, Beshariq, Yangiariq, Angariq, Qatariq, Xonariq va boshqa gidronimlar yasalgan;

Arna-termini Xorazmda katta ariq ma'nosiga ega. Sharqshunos olim V.V.Bartold arna so'zi qadimgi xorazmiylar tiliga mansub ekanligini uqtiradi. Arna Xorazmdan tashqari, Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida soy, jar ma'nolarida qo'llaniladi. Z.Do'simovning fikricha, arna so'zi ar-eroniy tillarda suv o'zagi orqali yasalgan.

"arna"-termini yordamida yasalgan gidronimlar: Urgancharna, Mang'itarna, Arnabo'yi, Arnasoy, Paxtaarna, Shovotarna va boshqalar;

"koT'-termini yordamida vujudga kelgan toponimlar: Ayronko'l, Chakkako'l, Sho'rko'l, Achchiqko'l, Sujiko'l, Kattako'l, Devonko'l, Chuqurko'l, G'ovukko'l, Kumishko'l, Oshiqko'l, Xo'ppishko'l, Jirmizko'l va boshqalar.

Floristik va faunistik topoterminlar. Floristik va faunistik topoterminlar toponimlar tarkibida ishtirok etib, joy nomlarining atalishida o'simlik va hayvonot olami turlarini ifoda etdi. Gujum, jiyda, tol, tut, qayrag'och, olma, chinor, terak, o'rik, anjir kabi o'simlik va qo'y, bo'ri, shag'al, baliq kabi hayvonot olami turlarini ifoda etib, toponimlar tarkibida ko'p uchraydi [7]:

"gujum"-termini yordamida: Yakkagujum, Beshgujum, Qirqgujum, Gujumlik va boshqalar;

"jiyda"-termini yordamida: Jiydali, Jiydaqishloq, Jiydazor, Jiydalik va boshqalar;

"tor-termini yordamida: Yakkatol, Beshtol, Uchtol, To'ptol, Tolzor, To'rttol va boshqalar;

"terak"-termini yordamida: Ko'kterak, Qatorterak, Beshterak, To'pterak, Teraktagi, Terakmozor va boshqalar;

"tut"-termini yordamida: Yakkatut, Uchtut, Mingtut, Tutzor, Qoratut, Sertut va boshqa toponimlar yasalgan.

Tuyamo'yin, Karkuldak (qush), Bo'riyotoq, Baliqqirgan, Kaptarxona, Qashqaldoqlar, Echkijar, Echkilar, Shag'allar kabi toponimlar faunistik topoterminlar yordamida yasalgan.

Oykonimik topoterminlar. Bu guruh toponimik terminlarga qishloq, qal'a, ovul, obod, guzar, kent (kat, kand), mahalla, qo'rg'oncha kabi terminlar kiradi. Ular oykonimlarni ifodalovchi muhim belgilardan hisoblanadi.

"qalV-termini yordamida: Tuproqqal'a, Qo'hnaqal'a, Bo'zqal'a, Gujumqal'a, Sho'rqal'a, Katqal'a, Chig'atoyqal'a, Shovotqal'a, Qoramonqal'a, Oshoqqal'a, Qozoqqal'a, Shog'olqal'a kabi toponimlar;

"obod"-termini yordamida: Bekobod, Yangiobod, Paxtaobod, Chinobod, Cho'lobod, Xayrobod, Xonobod, Fayziobod, Gulobod, Nurobod, Qulobod va boshqalar toponimlar oykonimlar asosida yasalgan.

Etnonimik topoterminlar. Toponimlar tarkibida ishtirok etgan urug', qabila, millat, xalq nomlari etnonimik topoterminlar deb yuritiladi. Xozirda respublikamiz toponimiyasi tarkibida etnonimik topoterminlarning kattagina qismi saqlanib qolganligi, ushbu hududida turli millatlar, xalqlar tarqalganligi hamda yashaganligi haqida ma'lumotlar beruvchi toponimlarni ham uchratish mumkin.

Qabilalarning eng yiriklari-qipchoq, qangli, qatag'on, kenagas, nayma n, do'rmon, saroy va ular tarkibiga kiruvchi urug'lar nomlari joy nomlarida ko'plab uchraydi. [4]

Qangli-etnik guruhi ham o'zbek xalqining qadimiy qabilalaridan bo'lib, bu qabila bilan bog'liq Qangli, Kattaqangli, Kichikqangli kabi qishloqlar mavjud.

Nayman-qabilasi bilan atalgan toponimlar ham ko'p: Nayman, Naymanbo'yi Naymanko'l, Naymanqir, Naymantepa va boshqalar.

Qatag'on-o'zbek xalqi tarkibidagi qabilalardan bo'lib, ularning ko'p qismi o'z urug'larini unutib yuborishgan. O'zbekistonning Farg'ona, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida Qatag'on nomli qishloqlar shu erlarda qatag'onlar yashaganligidan dalolat beradi. Xorazm viloyatining Qo'shko'pir tumanida Qatag'on nomli qishloq mavjud.

Do'rmon-qabilasi yashagan hududlarda shu qabila nomi bilan ataladigan toponimlar saqlanib qolgan. Farg'ona vodiysi, Xorazm, Buxoro viloyatlarida do'rmon etnotoponimi bilan yasalgan toponimlarni uchratishimiz mumkin: Do'rmon, Do'rmoncha, Pastki Do'rmon, Yuqori Do'rmon, Yonbosh Do'rmon, Toza Do'rmon, Oyoq Do'rmon va boshqalar. "Do'rmonlarning quyli, uvoq, uch urug', ko'kchelak, sakson, no'g'oy, gurdak, oytamg'ali kabi urug'lari bo'lgan".

Yuzlar- Yuzqishloq, Yuzovul kabi toponimlar yuz etnonimik topotermini asosida vujudga kelgan.

Ming-qabilasi nomi bilan Mingo'rik, Mingtepa, Mingchinor, Mingtut, Mingbotmon, Mingotliqlar, Mingbuloq kabi oykonimlar nomlangan. Minglar Samarqand, Jizzax, qisman Farg'ona vodiysida, Buxoro vohasida, Surxondaryo hamda Xorazmda yashaganlar.

Mang'it-qabilasi asosan viloyatda Oqmanng'it, Mang'ittepa, Mang'it, Mang'ityop, Mang'itobod, Mang'itsolma kabi toponimlar shu qabila nomi bilan yuritilgan.

Turkman-nomi bilan Turkmanovul, Yovmutturkman, Turkmanlik, Takaturkman singari toponimlarni viloyatning Hazarasp, Qo'shko'pir, Shovot tumanlarida va boshqa xududlarda kuzatishimiz mumkin.

Qiyot-o'zbek qavmlari qatorida tilgan olingan urug'lardan biri bo'lib, ular Buxoro, Navoiy, Samarqand, Namangan hamda Xorazm viloyati hududlarida tarqalgan. Viloyatimiz tumanlarida Qiyot, Chandiqiyot, Eskiqiyot, Tozaqiyot, Yuqoriqiyot kabi etnotoponimlar bilan bog'liq joy nomlarini ko'rishimiz mumkin.

Arab-etnonimik topotermini yordamida Arabqishloq, Arabxona, Arablar, Arabmahalla, Arabko'cha kabi toponimlar yasalgan.

O'zbek-topoterminidan O'zbek, O'zbekyop kabi toponimlar vujudga kelgan.

Uyg'ur-topotermini yordamida uyg'ur, uyg'uryop etnonimik topoterminlari ishtirokida yasalgan.

Qirg'iz-topotermini yordamida Qirg'izlar, Qirg'izyop, Qirg'izmahalla va boshqa toponimlar vujudga kelgan.

Ko'rinib turibdiki, etnonimik topoterminlar yordamida vujudga kelgan toponimlarning ko'pchiligi oykonimlardan iborat.

Ular etnooykonimlar deb yuritiladi hamda bunday toponimlar ma'lum hududlarda qadim zamonlardan boshlab hayot kechirgan urug' -qabilalar, xalqlarga oid muhim ma'lumotlarni beradi.

Turli topoterminlar ob'ektning belgi-xususiyati, tomon, o'rin-joy, hajm va boshqa xususiyatlarni ifodalovchi terminlar: obod, orqa, katta, kichik, o'rta, yuqori, quyi, yangi, ko'hna, eski, oq, qizil, achchiq, chuchuk, sho'r, shirin va boshqalar.

Chinobod, Cho'lobod, Xayrobod, Xonobod, KattaJirmiz, Kattabog', Katta-sho'rko'l, Kichik Qangli, Kichik Juvorxos, O'rtaqishloq, O'rtayop, O'rtabog', Yuqori Qiyot, Yuqori Boshqir, Yuqoriqal'a, Yuqoribog', Qo'hnaqal'a, Oqyop, Oqoltin, Oqdaryo, Qizilqum, Qizilravot, Sho'rqal'a, Shirinquduq, Chakkako'l, Sho'rko'l, Achchiqko'l, Sujiko'l va boshqa turli topoterminlar ob'ektning belgi-xususiyatlarini ifodalaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkin bo'ladiki Xorazm viloyati toponimlarini tadqiq qilish jarayonida albatta geografik terminlarni toplash o'rganish va izohlash nazarda tutiladi. Shundan kelib chiqib kelgusida Xorazm toponimikasi tarkibidagi geografik terminlarni yanada chuqurroq o'rganishni talab etadi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Gulomov P, Mirakmalov M Toponimika va geografik terminshunoslik - T.2005.

2. Do'simov Z. Xorazm toponimlari. -T.: «Fan». 1985.

3. Mirakmalov M.T. Xalq tabiiy geografik terminlari. -T.2009.

4. Otajanova A. Xorazm etnotoponimlari. -T.: «Fan». 1997.

5. "O'zbekiston joy nomlarining izohli lug'ati" -Toshkent-2022.

6. Kutlimuratov A. Jumaniyazov T Journal of Universal Science Research» ilmiy-uslubiy jurnali: - 2023.

7. Kutlimuratov A. Jumaniyazov T "Science and Education" Scientific Journal-2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.