f EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,
PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
KADAMBOY RAHIMOV, ARTIST OF KHORAZM DIARY
Atadjanov Muhammad Abdusharipovich
Acting professor of the Uzbekistan State Conservatory, composer https://doi.org/10.5281/zenodo.10888951
EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
Received: 20th March 2024 Accepted: 27th March 2024 Online: 28th March 2024
KEYWORDS Music culture, art, elementary theory of music, composer, treatise.
ABSTRACT
In this article, the life and creative activity ofRakhimov Kadamboy Yakubovich, a son of Khorezm region, who devoted his gratuitous work and creativity to the music culture of Uzbekistan, is briefly discussed.
XORAZM DIYORINING SAN'AT ARBOBI QADAMBOY RAHIMOV Atadjanov Muxammad Abdusharipovich
O'zbekiston davlat konservatoriyasi professor v.b., kompozitor https://doi.org/10.5281/zenodo.10888951
ARTICLE INFO
Received: 20th March 2024 Accepted: 27th March 2024 Online: 28th March 2024
KEYWORDS Musiqa madaniyati, san'at, Musiqaning elementar
nazariyasi, bastakor, risola.
ABSTRACT
Mazkur maqolada O'zbekiston musiqa madaniyatiga o'zining beminnat mehnati va ijodini bag'ishlagan Xorazm diyorining farzandi Rahimov Qadamboy Yoqubovichning hayoti va ijodiy faoliyati haqida qisqacha bo'lsada fikr-mulohazalaryuritiladi.
Kirish.
O'tmish bugun va kelajakni bir - biri bilan chambarchas bo'lab turadigan, shu bilan bir qatorda inson yaralibdiki uning hayotida bugunga qadar o'z ahamyatini yo'qotmay kelayotgan narsalardan biri bu san'atdir.
San'at tushunchasi keng manoda bir qancha turlarda namoyon bo'ladi. Lekin biz uchun musiqa san'ati yuqorida takidlaganimiz kabi qadim o'tmishdan hozirgi kelajakga qadar insonlarning ijtimoiy munosabatlarini qurishida muhum rol o'ynaganligi ahamyatga ega. Dunyoda bugunga qadar musiqa san'ati bilan shug'ullangan uning rivojiga hissa qo'shgan insonlar bo'lib ular turli davr va joylarda yashab ijod qilgan. Bugungi kunda ham san'atning ushbu
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
sohasida o'z faolyatini olib borayotgan insonlar talay shulardan bir esa qadim Xorazm diyorida tug'ilgan, shu yerda yashab ijod qilayotgan "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan san'at arbobi" Rahimov Qadamboy Yoqubovichdir.
Rahimov Qadamboy Yoqubovich 1948-yilning 1-iyun kuni Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug'ilgan. O'z umrini musiqa san'tiga bag'ishlagan bu inson dastlabki bilimni o'rta maktabda olgan. Rahimov Qadamboy Yoqubovich yoshligidannoq o'z tengdoshlarin orasida ajralib turgan bo'lib aynan unung musiqaga bo'lgan qiziqishlari tufayli u aynan san'at sohasini tanlagan va kelajak faolyatini musiqa bilan tasavvur qilgan. Shu tufayli Rahimov Qadamboy Yoqubovich musiqani chuqurroq o'rganish maqsadida Toshkent davlat pedagogika institutining musiqa-pedagogika fakultetida tahsil olgan va 1971-yil mazkur ta'lim dargohini tugallagan.
Rahimov Qadamboy Yoqubovich o'qishni tugatgach 1971 - 1979 -yillarda Urganch pedagogika bilim yurtida o'qituvchilik faolyatini olib borgan. 1979 -1986 - yillar oralig'ida esa Komiljon Otaniyozov nomidagi viloyat filarmoniyasida direktor va badiiy rahbar, 1986-yildan Xorazm viloyatidagi "Ogahiy" nomidagi viloyat musqali drama va komediya teatrining bosh dirijyori lavozimida faolyatini olib borgan. Qadamboy Rahimov teatirdagi mehnat faolyati davomida teatr xodimlari bilan birga ko'plab asarlarini saxnalashtirganlar. Jumladan so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning qalamiga mansub "Layli va Majnun" dostoni, "Paranji sirlari", Xorazm dostonchiligining eng go'zal namunalaridan bir "Oshiq G'arib va Shohsanam" dostonini hamda yana ko'plab shu kabi asarlarni sahna yuzini ko'rishida ularning musiqalariga dirijyorlik qilib o'z hissasini qo'shgan.
Qadamboy Rahimov faolyati davomida "Olma pishganda galling" E. Samandarning "Jobbi jujakning hiylasi" kabi musiqali komediyalarga, Hayitmat Rasul va Sh. Fayzullayev tamonidan saxnalashtirilgan "Tilim asalim", Komil Avazning "Jahannam" kabi pyesalarga uchun musiqalar bastalagan.
Qadamboy Rahimov faqatgina bastakor dirijyor bo'lib qolmay ilmiy faolyat bilan ham keng shug'ullangan.
Uning 2007 - yil musiqa nazaryasiga bag'ishlagan "Musiqaning elementar nazariyasi" ilmiy kitobi va 2007-yil "Musiqaning elementar nazariyasi bo'yicha mashqya vazifalar totlami" nomli mashqlarni o'z ichiga jamlagan kitoblari ham nashrdan chiqqan.
Qadamboy Rahimovning 2006 - yil Xorazmning mumtoz kuylari, navolarini jamlab "Cholg^uchilar ansambili" nomli risolani ham yaratganligi taxsinga sazovvor. Bu kitobda Xorazm xalqining qadimdan toki bugunga qadar bizgacha yetib kelgan nodir kuylarini notaga olinga shaklini jamlagan. Kiob takidlaganimiz kabi faqat kuy emas balki shu zaminda yashab ijod qilgan insonlardan bir qanchasining qisqacha hayot yo'llari haqida malumotlar keltiradi.
Qadamboy Rahimov mustaqillik yillarida o'z faolyatini ta'lim sohasida ham namoyish etdi. Jumladan u Urganch shaxridagi XX asrning ko'zga ko'ringan musiqachisi Matyusuf Xarratov nomi bilan nomlangan musiqa va san'atga ixtsoslashgan kollejda va so'ngra Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universitetining "Musiqa talimi va san'ti" kafedirasida dastlab o'qituvchi va keyinchalik mazkur kafedra mudiri sifatida o'z bilimlarini bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchilarga bugunga qadar o'rgatib kelmoqda.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Albatta uning mehnatlari o'z natijasini ko'rsatmasdan qolmadi va 1990 yilda Qadamboy Rahimov O'zbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasiga a'zo qilib qabul qilinganligi uning yutuqlaridan bir deya e'tirof etish mumkin.
Mustaqil O'zbekiston atalmish yurtimizda qaysi soha vakili bo'lmasin uning qilgan xizmatlari bee'tibor qolmaydi. Buning misoli sifatida Qadamboy Rahimovning ham qilgan mehnatlari 1991 yil "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan san'at arbobi" faxriy unvoni bilan taqdirlashga loyiq ko'rildi.
References:
1. https://kitobxon.com/oz/yozuvchi/qadamboy-rahimov
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Qadamboy Rahimov