Научная статья на тему 'ISTE’DODLAR MASKANI'

ISTE’DODLAR MASKANI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
61
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqa bilim yurti / Rahmon Ollaberganov / kafedralar / ko‘rik-tanlov va festivallar g‘oliblari / jonkuyar ustoz-murabbiylar. / Music school / Rakhmon Ollaberganov / leaders / winners of competitions and festivals / enthusiastic teachers and trainers.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Djumaniyazov, Umrbek Maxsudovich

Ushbu maqola Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 60 yilligiga bag‘ishlanadi. Maqolada ushbu dargohdan yetishib chiqqan madaniyat va san’at vakillari, yurtimiz san’atining rivojlanishida ixtisoslashtirilgan san’at maktabining tutgan o‘rni xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HOME OF TALENTS

This article is dedicated to the 60th anniversary of the Urgench specialized art school. The article discusses the role of a specialized art school in the development of art in our country.

Текст научной работы на тему «ISTE’DODLAR MASKANI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ISTE'DODLAR MASKANI

Djumaniyazov Umrbek Maxsudovich,

Urganch davlat universiteti "Ijrochilik va madaniyat' kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Urganch ixtisoslashtirilgan san 'at maktabining 60 yilligiga bag'ishlanadi. Maqolada ushbu dargohdan yetishib chiqqan madaniyat va san 'at vakillari, yurtimiz san 'atining rivojlanishida ixtisoslashtirilgan san 'at maktabining tutgan o'rni xususida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Musiqa bilim yurti, Rahmon Ollaberganov, kafedralar, ko'rik-tanlov vafestivallar g'oliblari, jonkuyar ustoz-murabbiylar.

Данная статья посвящена 60-летию Ургенчской специализированной художественной школы. В статье рассматривается роль специализированной художественной школы в развитии искусства в нашей стране.

Ключевые слова: Музыкальная школа, Рахмон Оллаберганов, руководители, победители конкурсов и фестивалей, увлеченные педагоги и тренеры.

This article is dedicated to the 60th anniversary of the Urgench specialized art school. The article discusses the role of a specialized art school in the development of art in our country.

Keywords: Music school, Rakhmon Ollaberganov, leaders, winners of competitions and festivals, enthusiastic teachers and trainers.

San'atga oshuftalik har birimizning qon-qonimizga, jon-jonimizga singib ketgan.

Uning jamiyki turlarini, noyob namunalarini hayrat bilan qabul qilamiz. Musiqa, kino,

raqs, suratlar, haykaltaroshlik barcha-barchasi hayotimizda muhim ahamiyat kasb

etadi. Turmush tarzimizda, dunyoqarashimiz shakllanishida san'atning o'rni benihoya

katta. San'atga mehrimizni, chanqog'imizni qondirishda Urganch ixtisoslashtirilgan

san'at maktabining o'ziga xos o'rni bor desak, mubolag'a bo'lmaydi. Bu yil san'at

maktabi 60 bahorni qarshilamoqda. Chunki, aynan shu mo'tabar dargohda tahsil

olgan minglab insonlar bugun san'at fidoiysi sifatida o'zini namoyon qilmoqda. Ular

orasida mashhur hofizlar, musiqa bilimdonlari, aktyorlar, raqqoslar, o'qituvchilar bor.

Bugun ularning aksariyati o'zbek san'ati rivojiga baholi qudrat ulush qo'shish,

849

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

dovrug'ini dunyoga doston qilish ishtiyoqida izlanmoqdalar. Ushbu dargohdan yetishib chiqqan mutaxassislar bugungi kunda nafaqat yurtimizda, balki jahon sahnalarida o'z mahoratlarini namoyish etib kelmoqdalar. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Qadamboy Rahimov, O'zbekiston xalq aristi Gulora Rahimova, O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Turkmaniston xalq artisti, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Ortiq Otajonov, O'zbekiston xalq artistlari Og'abek Sobirov, G'ofurjon-G'ulomjon Eshchanovlar, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Rahmatjon Qurbonov ("Mehnat shuhrati", "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari sohibi), Aleksandr Bekjonov, Aminboy Sapayev, Ravshanbek Matyoqubov, To'lqin Jabborov, Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artistlar Rahmatjon Qurbonov, O'ktam Ahmedov, Sadaddin Sapayev, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat hodimlari Ro'zmat Bekjonov, Matrasul Matyoqubov, Sadaddin Sapayev, "Shuhrat" medali sohiblari Azamat Otajonov, Ikrom Matanov, Ulug'bek Bobojonov, Ochilbek Matchonov, Dilmurod Sultonov, Rasulbek Abdurahmonov, "Nihol" davlat mukofoti sohiblari Murodbek Qilichev, Jayhun Matmurodov, Lochinbek Mo'minov, Dilmurod Sultonov, Aminzoda Jumaniyozovlar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari Shahlo Salayeva, Dastagul Otaboyeva, "Madaniyat va san'at fídokori" ko'krak nishoni sohiblari Murodbek Qilichev, Galina Nazarova, Bobojon Sapayevlar shular jumlasidandir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Urganch ixtisoslashtirilgan san'at maktabi 1962-yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Rahmon Ollaberganov tashabbusi bilan "Urganch musiqa bilim yurti" nomi bilan tashkil etilgan. Bilim yurtining oyoqqa turishida, yurtimizda musiqa san'atining rivojiga hissa qo'shadigan dargoh sifatida nom qozonishida Rahmon Ollaberganovning qilgan ishlari diqqatga sazovor. Har tomonlama yetuk, malakali kadrlarni tarbiyalashda ko'p yillar ushbu dargohga rahbarlik qilgan ustozlarimiz O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Abdusharif Otajonov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Matniyoz Yusupov, jonkuyar, tashkilotchi murabbiy Qadamboy Musayev, Durdiboy Karimov, Nigora Najmetdinova, Alisher To'rayevlarning xizmatlari katta.

Hozirgi kunda ixtisoslashtirilgan san'at maktabida "Xalq cholg'ulari ijrochisi", "Puflama va damli cholg'ular ijrochisi", "Fortepiano ijrochisi", "Musiqiy-nazariy fanlar o'qituvchisi", "Torli cholg'ular ijrochisi", "Xalq raqsi ijrochisi", "Akademik vokla artisti", "An'anaviy ijrochilik", "Dastgohli rangtasvir rassomi", "Aktyorlik san'ati", "Umumiy fortepiano", "Umumta'lim va ijtimoiy fanlar" kafedralari faoliyat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

olib bormoqda. Ushbu kafedralarda o'z sohasining bilimdonlari yoshlarga san'at sirlari bilan birga, bugungi kun talabiga javob beradigan zamonaviy bilimlarni ham o'rgatib kelmoqdalar.

O'tgan 60 yil mobaynida ko'plab yosh iqtidor egalari kashf etildi. So'nggi yillarda ham san'at maktabi o'quvchilari turli respublika va xalqaro ko'rik-tanlov va festivallarda ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan: Ijobat Mo'minova "Yosh ijrochilar" ko'rik tanlovida 1-o'rin, Farrux Ischanov 2018-yilda Toshkent shahrida o'tkazilgan F.Mirusmonov nomidagi yosh sozandalar tanlovida 2-o'rin, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilgan "Петровский парадиз" konkurs-festivalida "Gran-Pri", 2019-yilda esa "Yosh ijrochilar" Respublika tanlovida 1-o'rinni qo'lga kiritib O'zbekiston davlat konservatoriyasiga imtiyoz asosida o'qishga qabul qilindilar. 2018-yilda Toshkent shahrida o'tkazilgan F.Mirusmonov nomidagi yosh sozandalar III tanlovida Sotimov Bo'ron, Rahimboyev Asadbek, Ischanov Farruxlar qatnashib 2-o'rinni egalladilar. 2019-yil Qozog'iston Respublikasida bo'lib o'tgan "Daryn" bolalar va yoshlarning xalqaro ko'rik-tanlovida Baxtiyorov Zafar (1-o'rin), Zaripbayev Diyorbek, Bekberganov Abdulla, Otaxonov Temur, Karimov Jahongir (2-o'rin), Sotimov Bo'ronlar (3-o'rin) faol ishtirok etdilar. "Sozlar navosi" xalq cholg'ulari ijrochilarining Respublika tanlovida Rustamboyev Umid (1-o'rin) g'olib bo'ldi. Ushbu ro'yhatimizni uzoq davom ettirishimiz mumkin.

Bugungi kunda san'at maktabining sobiq talabalari yurtimizning turli go'shalari va xorijiy mamlakatlarda o'zlarining sozandalik va o'qituvchilik faoliyatlarini olib borib, yoshlarga saboq berib kelmoqdalar. Botir Matyoqubov, Matrasul Matyoqubov, Jaloliddin Matyoqubov, Shavkat Matyoqubov, Mansur Voisov, Go'zal Mo'minova, Rasulbek Abdurahmonovlar Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati institutida, Otabek Miskinov "So'g'diyona" xalq cholg'ulari kamer orkestrida, Muhammad Otajonov, Madad Xudayberganov, Jur'at Raimov O'zbekiston davlat konservatoriyasida, Jo'rabek Madrimov R.Glier nomidagi RIMAL da, Sultonboy Jumaniyozov A.Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida, Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatrida, Aminboy Sapayev Turkiyaning Bolqon simfonik orkestrida, Ikrom Matanov Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblida, Og'abek Sobirov, Anvar Sobirov, Bobur Dushamovlar "Lazgi" ansamblida, Azamat Otajonov, Sarvar Abdullayev, Dilshod Qodirov, Xurmat Sobirov, Shamsiddin Otayevlar Urganch ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatida, Dildora Bakiyeva Toshkent viloyati Qibray tumani bolalar musiqa va san'at maktabida, Botir Rahimov, Rustam Boltayev, Gulbahor Boltayeva, Samandar Xudayberganov, Sa'dulla Nurmetov, Nigora Najmetdinova, Umid

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Boltayev, Umida Matyoqubova, Ergash Matyoqubov, Zafar Yaqubov, Inoyat Karimov, Jur'at Sherimmatovlar Urganch davlat universitetida mehnat faoliyatini olib bormoqdalar.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ustoz-murabbiylarning xizmatlari beqiyosdir. Jumladan, Urganch ixtisoslashtirilgan maktabining yutuqlarida ustozlar E.Najmetdinov, B.Sapayev, F.Mo'minova, U.Xudayberganov, X.Raximov, D.Raximov, D.Tillayev, U.Abdurahimova, A.To'rayev, J.Inoyatov, A.Jumamuratova, K.Malikov, X.Ibragimov, D.Shermetov, D.Xaytimmetov, M.Otajonov, S.Madaminov, U.Yaqubov, A.Abduqodirov, I.Masharipov, A.Masharipov, N.Mo'minov, M.Sobirov, O'.Jabborov kabi ustoz-murabbiylarning xizmati katta.

Men ham 60 yilligi nishonlanayotgan ushbu dargohda ta'lim-tarbiya topib, kamolga yetganimdan xursandman. Urganch ixtisoslashtirilgan san'at maktabining kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

REFERENCES

1. Turg'unov S.T., L.A. Maqsudova, H.M. Tojiboyeva, G.M. Nazirova, M.A.Umaraliyeva Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish,sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari Toshkent 2014 122 bet

2. Djuraeva B.R., Tojiboeva H.M., Nazirova G.M. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy tendenstiyalari Toshkent, -O'zPFITI. - 2015. 112 bet.

3. Djuraeva B.R., Umarova X.A., Tojiboeva H.M., Nazirova G.M. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonining sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimi monografiya Toshkent, Real print. - 2017.

4. Ergasheva, F., & Sulaymonov, J. (2022). MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 742-747.

5. Quvvatov, J. U. O. G. L., & Sulaymonov, J. B. (2022). YUNUS EMRE IJODIDA VAHDAT UL-VUJUD VA TAVHID MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 964-968.

6. Ergasheva, F., & Sulaymonov, J. (2022). MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 742-747.

XULOSA

160 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.