f EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,
PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF INTANGIBLE CULTURAL HERITAGE (IN THE EXAMPLE OF AN AXIOLOGICAL APPROACH TO SHASHMAQOM)
Kirgizov Imyamin
Associate Professor at Fergana State University, [email protected] 90 230 70 98. Kirgizov Ikbalzhon Lecturer at Fergana State University. https://doi.org/10.5281/zenodo.11407960 ABSTRACT
EURASIAN |0URNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
Received: 23th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024
KEYWORDS Intangible cultural heritage, axiological approach,
potential, status,
classification, conceptual, natural, handasa, adad, applied music.
The article describes the scientific-theoretical foundations of intangible cultural heritage as an example of an axiological approach to shashmaqom. The musical views of Abu Nasr Farabi and the scholars of the East are studied from a socio-philosophical point of view.
НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ НЕМАТЕРИАЛЬНОГО КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ (НА ПРИМЕРЕ АКСИОЛОГИЧЕСКОГО
ПОДХОДА К ШАШМАКОМУ)
Киргизов Имямин
Доцент Ферганского государственного университета, [email protected] 90 230 70 98. Кыргызов Икбалжон Преподаватель Ферганского государственного университета https://doi.org/10.5281/zenodo.11407960
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 23th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024 KEYWORDS
Нематериальное культурное наследие, аксиологический подход, потенциал, статус,
классификация, концептуальное, природное, хандаса, адад, прикладная музыка.
В статье описаны научно-теоретические основы нематериального культурного наследия на примере аксиологического подхода к шашмакому. Музыкальные взгляды Абу Насра Фараби и учёных Востока изучаются с социально-философской точки зрения.
NOMODDIY MADANIY MEROSNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI (SHASHMAQOMGA AKSIOLOGIK YONDASHUV MISOLIDA)
ARTICLE INFO
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Qirg'izov Imyamin
Farg'ona davlat universiteti dotsenti, [email protected] 90 230 70 98. Qirg'izov Iqboljon Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11407960
ABSTRACT
Received: 23th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024
KEYWORDS Nomoddiy madaniy meros, aksiologik yondashuv, salohiyat, maqom, tasnifot, mutaorifiy, tabiiy,handasa, adad, amaliy musiqa.
Maqolada nomoddiy madaniy merosning ilmiy-nazariy asoslari shashmaqomga aksiologik yondashuv misolida yoritiladi. Abu Nasr Forobiy va Sharq allomalarining musiqiy qarashlari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tadqiq etiladi.
Kirish. Asrlar davomida shakllangan mumtoz maqom majmualari o'zbek musiqasining ilmiy-nazariy va amaliy asosi sifatida yashab kelmoqda hamda allomalar bunyod etgan risolalarning ilmiy salohiyati bugungi kunda ham jahon xalqlarini hayratga solmoqda.
Shashmaqom 2003 yilda YUNESKOning "Insoniyatning og'zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro'yxati"ga (O'zbekiston va Tojikistonnning taqdimiga ko'ra) kiritildi. 2003 yilda "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish" Xalqaro Konvensiyasi qabul qilinishi munosabati bilan u yangidan tuzilgan "Nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro'yxati"ga o'tkazildi1.
Demak, O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Agar biz asl, haqiqiy san'atni bilmoqchi, o'rganmoqchi bo'lsak, avvalo mumtoz maqom san'atini bilishimiz, o'rganishimiz kerak. Agar biz san'atni, madaniyatni ko'tarmoqchi bo'lsak, avvalo mumtoz maqom san'atini ko'tarishimiz kerak. Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur»2.
Chunki, maqom yo'llarining kuy, vazn va shakl asoslarining puxta ishlanganligi diqqatga sazovordir. Vaholanki, ular muayyan musiqiy asar (tasnifot-kompozitsiya) sifatida qachonlardir va qaysidir yetuk musanniflar (kompozitor so'zining ma'nodoshi) tomonidan yaratilgan, albatta. Shu bois bu meros o'zining yuksak badiiy hamda ijtimoiy ahamiyati tufayli avloddan-avlodga o'tib, umumxalq mulki va ma'naviy ozuqasiga- nomoddiy madaniy merosga aylanib ketgan.
So'nggi paytlarda musiqiy istilohda merosimizning izchil ravishda mo'tabar odatga aylangan mazkur qatlamini mutaorif (urf etilgan) deyishlik odatga aylandi. Zero, mumtoz musiqaga mutaoriflik nisbatini berilishi qadimiydir. Forobiy "Katta musiqa kitobi"ning kirish
xO'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. O'.Toshmatov. O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi (darslik)2 023 yil.
2..Prezident Shavkat Mirziyoev Shahrisabzda Xalqaro maqom san'ati anjumani ochilish marosimida ishtirok etib, nutqidan https://www.gazeta.uz/uz/2018/09/07/nutq/.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
qismida musiqiy asarlarning eshituvchilar orasida qaror topishida ma'rifiy urf-odatlarning ahamiyatini alohida qayd etadi. Odat tarzida shakllanadigan nafs (his-tuyg'ular) va uning go'zal suvrat (shakl)laridan biri bo'lmish musiqiy va malaka (san'at)larni Forobiy "amaliy musiqiy san'at" deydi. "Ravshan bo'ladiki, nomoddiy madaniy merosning ilmiy- nazariy asoslari urfdagi [mutaorifiy] ilmlaridan, ba'zisi esa tabiiy [fizika, akustika] fanidan, ba'zisi esa handasa [geometriya] san'atidan, ba'zisi adad [arifmetika] va ba'zisi amaliy musiqa san'atidan olingandir."3.
Adabiyotlar tahlili va tadqiqot uslublari.
Forobiyda musiqiy tushunchasi ikki jihatga ajratilib, biri g'oya siyg'asi (ya'ni, ichki ma'no-mazmuni), ikkinchisi ado-ijro shakli deyiladi. Birinchisi, sozandaning ongida sodir bo'ladigan g'oya hay'atini (shaklini) nazarda tutadi. Ikkinchisi - ado hay'ati, bugungi til bilan aytganda tashqi shakli, ya'ni ijro demakdir. Ijro Forobiy nazarida musiqiy voqe'lik ikki xil, sun'iy va tabiiy tarzda bo'lishi mumkin. Tabiiysi - inson ovozi va uning eng mukammal ijro vositasi hisoblanadi. Sun'iysi - inson ovoziga taqlid tarzida yaratilgan cholg'u asboblari deb bilingan. Bugun barhaèt cholg'u sozlarimizni, bu ilmiy g'oyaning amaldagi isboti deyishimiz mumkin. Darhaqiqat, bizning tanbur-dutorlarimiz, nayu g'ijjaklarimiz, qo'shnayu qo'sh bo'lamonlarimiz misolida, bu ustuvor fikr naqadar haètiy ekanligiga ishonch hosil qilish qiyin emas.
Nomoddiy madaniy merosni o'rganishda ilmiy bilishning boshqa usullari bilan birga aksiologik yondashuv ham katta ahamiyat kasb etadi. Nomoddiy madaniy merosda olam, undagi narsa, voqea, hodisa va boshqalar qadriyatlarning inson ongida aks etishi, qadriyatni anglashning reallikka mos kelish qonunlari, daraja va imkoniyatlari, uning mezonlarini aniklash nixoyatda muhimdir.
Bu yondashuv XIX asrning 2-yarmi va XX- asrda mustakil ilmiy fan sifatida shakllangan qadriyatlar falsafiy nazariyasiga asoslanadi.
Qadriyatlarni anglash, o'rganishda hissiy va aqliy bilishning uyg'unligi, hukm, xulosalarning tushuncha, atama va belgilarni umumlashtirishi, tabiiy va ijtimoiy voqelikdagi aksiologik jarayonlarni taxlil kilish, ularga tayanib amaliy faoliyat yuritish bir-biri bilan boglik uzviy jarayonni anglatadi.
Nomoddiy madaniy merosga aksiologik yondashilganida voqea va jarayonlar orasidagi o'zaro bog'liqlik, tarixiy aloqadorlik, sabab va oqibat bog'lanishining ifodasi bo'lgan uzluksizlikka ahamiyat ortadi. Bunday yondashuv qadriyatlarga, ular bilan bog'liq jarayonlarga nisbatan qo'llanilganida yaxshi ilmiy va amaliy natija beradi. Bunda qadriyatlar tartibsiz namoyon bo'ladigan va bir-biri bilan bog'lanmagan ijtimoiy hodisalar sifatida emas, balki u yoki bu davr, ijtimoiy sub'ektlar va boshqalar bilan bog'langan aksiologik tizimlar hamda ularning elementlari sifatida namoyop buladi. Qadriyatlarga bunday yondashishda ijtimoiy fanlarning yutuqlari, tarix, etnografiya, demografiya va sotsiologik tadqiqotlarning natijalariga tayanish qo'l keladi.
Demak, nomoddiy madaniy merosni o'rganish va reallikning qonuniyatlarini tavsiflashda aksiologik yondashuvning uyg'unligi, zarur bo'lganida ulardan foydalanishda kompleks munosabat lozim.
3.Zokirjon Oripov. X-XV asrlar markaziy osiyo musiqa manbashunosligi.Toshkent- 2017.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Maqom janrining paydo bo'lishi musiqada maqom deganda kuy tovush qatorlarining alohida musiqa asari bochqichlari - parda tizimlari (lad birliklari) lad tizimlari, alohida musiqa asari (cholg'u eki ashula); musiqa turi (janri) - cholg'u va ashula asarlarini bir.
Olingan natijalar va ularning muhokamasi.
XI-XIII asrlardan boshlab, to XVII asrgacha Yaqin va O'rta Sharqda Duvozdaxmaqom - 12 maqom turkumi keng tarqalib, musiqa amalietida qo'llanib keldi. Ushbu turkumga-Ushshoq (oshiqlar), Rost (to'g'ri, mos kelish), Navo (kuy, ohang), Busalik (atoqli ot-Abu Solihning olingan), Hijoz (past tekislik), Husayniy (kishi nomi), Isfahon (shaharga nisbatan), Zirafkant eki Kuchak (pastga sakrash, tushish va to'shak), Rahoviy (Rum shaharlaridan biri), Zangula (qo'ng'iroq, zang), Iroq (mamlakat nomiga nisbatan), Buzurg (katta, ulug') kabi maqomlar, shuningdek, oltita ovoza (avaza, maqomlarga javob yoki nazira tarzida ishlatilgan, masalan, Navro'z, Shahnoz va boshqalar) va 24 sho'balar (maqomlarining shahobchalari, ular orasida Dugoh, Segoh, Chorgoh, panjigoh, Uzzol, Muhayyar Sabo va boshqalar.)da ilmiy-nazariy asos tarzida ite'molda bo'lgan.
XVIII asrda Buxoroda yangi turkum - Shashmaqom uzul kesil shakllandi. XIX asrda Xorazm maqomlari|| turkumi va Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari vujudga keldi. Keyinchalik Shashmaqom|| va boshqa turkumlar asosida maqom asarlarining yangi uslublari va ko'rinishlari zamonaviy talqinda rivoj oldi. Umumiy tuzulishi va turkumlarga bo'linishi, nomlanishi jihatidan Buxoro va Xorazm maqomlari bir-biriga yaqin turadi. Farg'ona-Toshkent maqomlarining ikki yo'nalishi orasida ham uzviy aloqalar mavjud. Og'zaki tarzda tarqalib kelaetgan maqomlar XIX asrning 80 yillarida yozib olindi. Xorazm maqomlari|| turkumi, Dutor maqom turkumlari Komil Devoniy Xorazmiy tomonidan ixtiro etilgan tanburga moslangan o'n sakkiz chiziqli Tanbur chizig'ilari notatsiyasi orqali yozib olinib, maqomlarni o'rganishda qimmatli manba sifatida qo'llanib keldi. Maqomchilik san'ati qonunlarini sharhlash, asoslash, musiqa nazariyasi va amaliyotiga oid masalalar IX asrdan boshlab musiqiy risolalarda o'z aksini topdi.
Maqomlarning nazariy masalalari, mahalliy-lokal uslublari va o'zaro mintaqaviy munosabatlari, Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqomlari ichki qonuniyatlari (kuy, lad, ritm, shakl, usul va x.k) va ijrochilik uslublari uslublari ilmiy kitoblar va maqomlarda qayd etildi. Mustaqillik davri maqomchilar san'atida, uni ilmiy-nazariy va amaliy o'zlashtirilishiga e'tibor yana kuchaydi.
Musiqiy merosimizning ilmiy tafakkur asoslari nazariy yo'nalishlar ustida izlanishlar olib borgan Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va boshqa qator mualliflarning ezgan ilmiy risolalarida musiqa madaniyatining qaysi jabhalariga ko'proq ahamiyat berilganligi va bu mualliflar yashagan davrdagi tarixiy shart-sharoitlar to'g'risida fikr yuritildi. Uyg'onish davridan to xonliklar zamonigacha yashab ijod qilgan allomalarning musiqa borasida yaratgan ilmiy risolalari bizgacha yetib kelgan.
IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxr va Xurosonda ilm-fan, madaniyat va san'atning rivojlanishida bir qator olimlar o'zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo'ldilar. Ular Al-Forobiy, Ibn Sino, Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy va boshqalar edi. O'rta asrlarda musiqashunoslik riyoziyot (matematika) ilmining bir qismi hisoblangan bo'lib, yetuk
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
olimlar shu uslubda musiqaning nazariy tomonlarini ham tahlil qilishga intilganlar. Forobiy ham yetuk olim sifatida ushbu ishga qo'l urgan yirik olimlardan biridir.
Sharq olamida Forobiydan keyin musiqa ilmi va sozshunoslik sohalarida qalam tebratgan yirik allomalaridan biri Abdulqodir Marog'iydir. Marog'iy asarlari orasida musiqiyning ilmiy va amaliy asoslari hamda sozshunoslikka oid risolalarning eng e'tiborlisi Maqasid-ul alhon (kuydan maqsadlar) asari hisoblanadi. Bu asarda cholg'u asboblariga doir maxsus bob mavjud va unda Sharq xalqlarining (ahli Ajam nazarda tutiladi) mumtoz musiqasida e'tibor topgan 44 ta soz haqida muzokaralar yuritiladi. Forobiy va Marog'iyning cholg'ushunoslik ta'limotining bugungi kunda Sharq (Ajam) xalqlarida iste'mol qilinadigan musiqiy asboblar 48 bilan qiyoslashda, birinchi navbatda, mazkur olimlarning nazariy qarashlari, tushuncha va iboralar tizimidan xabar topish taqozo etiladi.
Kavkabiyning bizgacha ikkita musiqiy risolasi yetib kelgan. Birinchisi nasrda bayon etilgan ilmiy-nazariy yo'nalishdagi asar. Unda ilmi advor ta'limoti Buxoro shart-sharoitidan kelib chiqan shaklda bayon etilgan. Ikkinchisi ham aslida ilmiy risola. Lekin, u she'riy tilda tuzilgan. Zero, ilmiy ma'lumotlarni nazmda izhor etish odati oldin ham bo'lgan. Najmiddin Kavkabiyning Risolai musiqiy|| asari kirish, o'n ikki maqom (ya'ni fasl) va xotima qismlaridan iborat. Kirishda xush sado va xayrli ohang Allohning ne'mati ekanligi bayon etiladi.
Xulosa va takliflar.
O'zbek xalqining nomoddiy madaniy merosi Shashmaqomning ilmiy-nazariy asoslarini o'rganar ekanmiz matn va ohang negizidagi qadriyatlar, qonun va kategoriyalar tadqiqotning ilmiy yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi. Bu borada «Nasrulloyi» - komil insonga muhabbati talqini ma'nosida taraluvchi aytim yo'li orqali Alisher Navoiyning she'riyat olamidagi har bir misrada ilohiy ma'no va ohang lazzatini his etishni taklif qilamiz.
G'azal - tabiatan nomoddiy ilmiy-nazariy jihatdan latif va nozik ma'noli janr bo'lganligi sababli uni kuyga solib ijro etgan hofizlar g'azaldagi mayinlik hamda nafis ohangdorlikni ta'min etar ekanlar, bu jihat kuylovchi va tinglovchi badiiy didini shaklantirishga xizmat qiladi.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o'zbek milliy maqom san'ati asosida kuyga solingan betakror asarlar inson ruhidagi ilohiy kayfiyat ifodasi sifatida ma'naviy poklik va faollik omili bo'lib, soz va ovozda tarannum etilgan go'zallikdan bahramand bo'lish madaniyatini shakllantiradi. Ularni chuqurroq o'rganish - ajdodlar ma'naviy olamini teran anglashga, avlodlar tarbiyasida qo'llash esa millat hayoti va mamoti masalasini hal etishga, targ'ib etish - jamiyat ma'naviy mafkurasini shakllantirishga xizmat qiladi.
References:
1. O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. O'.Toshmatov. O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi (darslik)2 023yil.
2. Prezident Shavkat Mirziyoev Shahrisabzda Xalqaro maqom san'ati anjumani ochilish marosimidagi nutqi. https://www.gazeta.uz
3. Zokirjon Oripov. X-XV asrlar markaziy osiyo musiqa manbashunosligi.Toshkent- 2017. IN
4. Navoiy g'azaliyoti talqinlari. To'plam. Tuzuvchi: Nusratulla Jumaxo'ja. T.: "O'ZBEKISTON" NMIU, 2018.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
5. Rustamov A. Xazoyin ul-maoniyning fotihasi. Navoiy g'azaliyoti talqinlari to'plami. "O'ZBEKISTON" NMIU. 2018. - 12-bet.
6. Komilov N., va boshqalar. Badiiy adabiyotda tasavvuf timsollari. Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti. 2010 y. 57-bet.
7. Акмалжон Норму^амматович Султонов МУСИКД ТАЪЛИМИДА ЯНГИЧА ЁНДАШУВ // Pedagogikada ilmiy izlanishlar. 2023. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/musi-a-talimida-yangicha-yondashuv (дата обращения: 16.04.2024).
8. A. Sultonov. (2023). INNOVATSION TA'LIM SHAROITIDA MUSIQIY IDROKGA TA'SIR QILUVCHI TALABA YOSHLAR TENDENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI. Amerika gumanitar va ijtimoiy Fanlar bo'yicha tadqiqotlar jurnali, 11, 232-237. Olingan https://www.americanjournal.org/index.php/ajrhss/article/view/746
9. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).
10. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.