Научная статья на тему 'XORAZM ARSLONI PAHLAVON MAHMUD'

XORAZM ARSLONI PAHLAVON MAHMUD Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorazm / pahlavon / kurash / olim / shoir / po’stindo’z / hofiz / bastakor / To’xtasinJalolov / Muinzoda / Vasfiy / MatnazarAbdulhakim / ErgashOchilov.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yo’ldashev Nurbek Jo’rabek O’gili

Men chinakam Xorazm o’g’loni ekanman ko’plab dunyoga dong taratgan ajdodlarimga munosib farzand bo’lishni yurtimga doimo sodiq hizmat qilib bayrog’ini yuksaklarga ko’tarib yurishni hohlayman. Ayniqsa meni havas qilgan Pahlavon Mahmud bobolarim singarki ko’plab sohalarda yetakchilik qilishni istayman Pahlavon Mahmud harbir o’zbek yigitiga o’rnak bo’ladigan insondir chunki ular yigit kishiga qirq hunar oz degandek ko’plab sohalarni haqiqi egasi bo’lganlar. Shamsidin Somiyning «Qomus-ul-a’lom», Lutf Alibek Ozarning «Otashkada» asarlarida shuningdek «Manoqiba»da yozilishicha, Pahlavon Mahmud olim, shoir, kuragi erga tegmagan pahlavon, shu bilan birga po’stindo’z va telpakdo’z usta bo’lgan. Ushbu maqola bizga o’rnak bo’ladigan Pahlavon Mahmud haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZM ARSLONI PAHLAVON MAHMUD»

; VS jssivtt30 xxjtx

m '

lallte -I h

SIAN JOUIiNAI. OF

ICIPCTIWRY RESEARCH

XORAZM ARSLONI PAHLAVON MAHMUD Yo'ldashev Nurbek Jo'rabek o'gili Yangiarik education centers nodavlat ta'lim muassasi 11-sinf

o'quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10775992

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 26th February 2024 Accepted: 29th February 2024 Published: 04th March 2024 KEYWORDS

Xorazm, pahlavon, kurash, olim, shoir, po'stindo'z, hofiz, bastakor, To'xtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakim, Ergash Ochilov.

Kirish. Pahlavon Mahmud (1247-

Men chinakam Xorazm o'g'loni ekanman ko'plab dunyoga dong taratgan ajdodlarimga munosib farzand bo'lishni yurtimga doimo sodiq hizmat qilib bayrog'iniyuksaklarga ko'tarib yurishni hohlayman. Ayniqsa meni havas qilgan Pahlavon Mahmud bobolarim singarki ko'plab sohalarda yetakchilik qilishni istayman Pahlavon Mahmud harbir o'zbekyigitiga o'rnak bo'ladigan insondir chunki ularyigit kishiga qirq hunar oz degandek ko'plab sohalarni haqiqi egasi bo'lganlar. Shamsidin Somiyning «Qomus-ul-a'lom», Lutf Alibek Ozarning «Otashkada» asarlarida shuningdek «Manoqiba»da yozilishicha, Pahlavon Mahmud olim, shoir, kuragi erga tegmagan pahlavon, shu bilan birgapo'stindo'z va telpakdo'z usta bo'lgan. Ushbu maqola bizga o'rnak bo'ladigan Pahlavon Mahmud haqida.

1326) - ulug' shoir, mutafakkir, faylasuf. Xivada tug'ilgan.

Shamsidin Somiyning «Qomus-ul-a'lom», Lutf Alibek Ozarning «Otashkada» asarlarida shuningdek «Manoqiba»da yozilishicha, Pahlavon Mahmud olim, shoir, kuragi erga tegmagan pahlavon, shu bilan birga po'stindo'z va telpakdo'z usta bo'lgan.

Uning «Kanzul haqoyiq» («Haqiqatlar xazinasi») nomli masnaviy yaratgani haqida ma'lumot bor. Pahlavon Mahmudning ruboiylari mashhurdir. Shoir o'z ruboiylarini fors-tojik tilida yozgan. Bu durdonalar asrlardan asrga o'tib, bir necha avlodni tarbiyalab, bizning zamongacha etib keldi.

Tarixda Pahlavon Abusaid Rumiy (XV asr), Pahlavon Mahmud Ushshoq (XV asr) kabi allomalar nomi ham ma'lumdir. Har ikkala Pahlavon musiqashunos, hofiz, bastakor sifatida dong taratgan. Pahlavon Mahmud Xorazmiy esa ruboiylari bilan tarixda qolgan. Har uchchalalari ham maydonlarda kurash tushgani uchun Pahlavon degan nom olganlar.

Pahlavon Mahmud ruboiylarini o'zbekchaga To'xtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilgan.

To'xtasin Jalolovning yozishicha, Pahlavon Mahmud ruboiylarining Muhammad Rahimxon Feruz, shuningdek Hasan Murod Qori va boshqa hattotlar tomonidan ko'chirilgan nusxalari

Volume 1, Issue 2, February 2024

Page 206

ham bor ekan. «Hazrat Pahlavon hikoyatlari», «Manoqibi Pahlavon Mahmud» kabi risolalar alloma hayoti haqida xabar beradi.

Uni Xorazmda Pahlavon Mahmud, Polvonpir desalar, kitobu tazkiralarda Hazrat Pahlavon, Mahmud Piryovaliy, Mahmud Puryovaliy deb tilga olganlar. «Otashkada» va «Qomus-ul-a'lom» da ta'kidlanishicha, Pahlavon Mahmudning jangovarligini, jasurligini bildiruvchi Qitoli taxallusi ham bo'lgan. Chunonchi:

Daste namerasad chu Qitoli ba zulfi yor, Quvvat zi po-u zo'r bozu nihodasi.

Mazmuni: Qitoli kabi qo'limiz yor zulfiga etmas, garchi bor quvvat bilan harakat etamiz.

«G'iyos-ul lug'ot»da: «Puryovaliy - Mahmud Xorazmiyning laqabi. Ba'zan bu so'z majoziy ma'noda pahlavonlar boshlig'i hisoblanadigan keksa polvonga ham berilgan», deb yozilgandir.

Eron olimi Said Nafisiy: «Futuvvat - juvonmardlik guruhining peshvolaridan biri mashhur shoir Pahlavon Mahmud Xorazmiydir», deydi.

Darvoqe, Pahlavon Mahmud po'stindo'z va telpakdo'z dedik, chunki u tariqat pirlaridan edi. Hazrat Bahouddin matoga gul solish kasbi bilan mashhur bo'lgan. Zero, tariqat pirlari ma'lum bir kasbni o'rganib, shundan rizq-ro'zlarini o'tkazgan. Payg'ambar alayhis-salomning: «Qur'onni o'qib, unga amal qilinglar. Undan uzoqlashib ham ketmanglar, uning ma'nosiga chuqur etaman deb, xato va mubolag'aga berilmang, uni tirikchilik vositasi qilib, molu dunyo orttirishga ham o'tmanglar», hadislariga tariqat pirlari amal qilganlar.

Naql qilinishicha, Pahlavon Mahmud Eron va Hindistonda ancha yillar yashagan. Ma'rakalarda kurash tushgan va uni hech kim enga olmagan. Pahlavon Mahmud oliyhimmat, mard, saxiy, vatanparvar inson bo'lgan.

«Manoqiba»dagi xabarga ko'ra, Pahlavon Mahmud Hindiston xalqi tomonida turib, Hindiston dushmanlariga qarshi jangda ishtirok etibdi. Jang payti o'z jonini xatarga qo'yib bo'lsada, Hind shohi Ray Ropoy Cho'pani o'limdan qutqaradi. Shunda shoh Pahlavon Mahmudning bemisl bu jasorati, mardligini taqdirlamoqchi bo'lib: «Tila tilagingni!», debdi. Pahlavon Mahmud: «Ey buyuk shoh! Bundan ancha yillar muqaddam mening vatandoshlarim - xorazmiylar bu erga asir qilib olib kelingan. O'shalarni ozod etsangiz. Birdan bir tilagim shu!», debdi. Shoh hayron bo'lib: «Ey himmati baland pahlavon! Agar yarim davlatimni tilaganingda edi, uni gap-so'zsiz senga in'om qilgan bo'lurdim. Agar sohibjamol qizimni o'z nikohingga olmoqni so'raganingda edi, seni o'zimga kuyov etib, toju taxtimni senga bag'ishlagan bo'lurdim. Zero, jasorating ulkan mukofotga munosibdir. Mayli, tilagingni bajo keltirdim. Vatandoshlaring ozod! Ularni Xorazmga borgunlaricha egulik oziq-ovqat, kiyim-bosh, ulov bilan ta'minlashni ham buyuraman!», debdi.

Pahlavon Mahmud shohga qarab quyidagi ruboyisini o'qibdi:

O'z nafsiga kim bo'lsa amir,uldir - mard. Xam o'zgaga bo'lmasa haqir, uldir - mard. Utmak sira mag'lubni teppb mardlik emas,

Tutsa qo'lidan zabunni er, uldur — mard. E. Ochilov tarjimasi

Shoir ruboyisini eshitgan shoh qoyil bo'lib, unga sarpo va ulov in'om qilibdi.

Pahlavon Mahmud Hindistondan o'z vatandoshlarini olib, Xorazmga qaytgan. Mo'g'ul-totor bosqinchilariga qarshi jangda shahid bo'lgan vatandoshlari qabri ustida shoir o'z mablag'i hisobidan maqbara qurdirgan va u erni obod ziyoratgoh etgan.

Pahlavon Mahmud marhum bo'lgandan so'ng, qabri ustiga vatandoshlari purshukuh maqbara qurganlar. Butun olamdan yog'ilib kelayotgan sayyohlar pirimiz, ulug' shoir, mard inson qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga, peshtoqlariga shoirning ruboiylari darj qilingan. Bu ziyoratgoh Xivada Hazrati Pahlavop pir nomi bilan mashhur. Keyinchalik ustoz Pahlavon Mahmud maqbarasi atrofida Xorazm xonlaridan Abdulg'ozixon, Shohniyozxon, Muhammad Rahimxon I, Temurg'ozixon va boshqalarni vasiyatlariga ko'ra dafn qilganlar.

Shuni ham ta'kidlash joizki, Pahlavon Mahmud ruboiylarida Qur'oni karim va Hadisi sharif ta'siri kuchli. Zero, Sharqdagi deyarli barcha shoirlar bu ikki ulug' manba'dan bahramand bo'lib, ijod qilganlari sir emas.

Tarixda Pahlavon Abusaid Rumiy (XV asr), Pahlavon Mahmud Ushshoq (XV asr) kabi allomalar nomi ham ma'lumdir. Har ikkala Pahlavon musiqashunos, hofiz, bastakor sifatida dong taratgan. Pahlavon Mahmud Xorazmiy esa ruboiylari bilan tarixda qolgan. Har uchchalalari ham maydonlarda kurash tushgani uchun Pahlavon degan nom olganlar.

Uni Xorazmda Pahlavon Mahmud, Polvonpir desalar, kitobu tazkiralarda Hazrat Pahlavon, Mahmud Piryovaliy, Mahmud Puryovaliy deb tilga olganlar. «Otashkada» va «Qomus-ul-a'lom» da ta'kidlanishicha, Pahlavon Mahmudning jangovarligini, jasurligini bildiruvchi Qitoli taxallusi ham bo'lgan.

Faoliyati.

Fors tilida ijod qilgan. Postindo'zlik, telpakdo'zlik bilan shug'ullangan. Hindiston va Eronda polvonlikda dong taratgan. Shunga ko'ra, Paxlavon Mahmud deb atalgan. Fors va turkiy xalqlar adabiyotida Umar Xayyomdan so'ng faqat ruboiy yozgan shoir Pahlavon Mahmud.dir. U Xayyomning oddiy taqlidchisi bo'lmay, mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan. Pahlavon Mahmud shahar hunarmand kosiblarining futuvvat-juvonmardlik harakati (13—14-asrlar) tashkilotchisi, ma'naviy rahnamosi bo'lgan. Ko'pchilik ruboiylari mardlik, marhamat va shavqat, saxovat va oli-janoblik kabi juvonmardlik prinsiplari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf ta'limotining nazariy g'oyalari bilan juvonmardlik tariqatining amaliy qoidalari o'zaro omuxta holda bayon qilingan. Unga ko'ra, xudo diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. Pahlavon Mahmud. moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning lazzati haqida fikr yuritadi. Ruboiylari fikrning ravshanligi, mazmunning teranligi, obrazlarning rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ularda „yor", „do'st", „ma'shuqa", „jonona" kabi so'zlar turli manolarda, so'fiyona she'rlarida „xudo" manosida keladi. Pahlavon Mahmudga nisbat beriladigan „Hazrati Paxlavon ruboiylari"ning qo'lyozma nusxalari O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Asarlari.

„Qomus ul-a'lom" (Sh. Somibek) va „Otashkadai Ozariy" (L. Alibek) va „Haft-iqlim" (A. Roziy) nomli asarlarda xabar berilishicha, Pahlavon Mahmud. „Kanz ul-haqoyiq", („Haqiqatlar xa-zinasi", 1303—1304) nomli masnaviy ham yozgan, lekin asar hali topilmagan. Xorazmda yozilgan qo'lyozma mano-qibdya shoir hayoti haqida ma'lumotlar bor. Uning vasiyatiga ko'ra, jasa-di o'zining po'stindo'zlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt o'tishi bilan maqbara atrofida Pahlavon Mahmud majmuasi vujudga kelgan. Ruboiylari To'xtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakimov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan.

O'z davrida shoir shunday inson bo'lganki, uning ezgu ishlari haqida eshitgan qardosh xalqlar orasida shunday rivoyatlar saqlanib qolgan, masalan turk shoiri Ziyo Ko'k alp qalamiga mansub "Polvon Valiy" rivoyatini keltiramiz:

Hind sultoni yig'in to'plab saroyida bir zamon, Vazirlardan so'rdi: - "Bormi Devpanjadan zo'r polvon? Teng kurashchi ham yo'qmikan? Bo'sh qoldi ku maydon". Bir javob yo'q. So'ng bosh vazir turib, dedi Sultonga:

- "Podshohim! Xorazmda Polvon Valiy degan bor, U yig'itni Turkistonda ko'z tangrisi atashar..." Sulton dedi: - "Balki turklar bu fikrda adashar, Devpanjani yuboraylik, zo'ri tushsin maydonga".

U xat Devpanjani Xorazmga yubordim, Yozdi "Dunyo pahlovoni bugungacha bu erdi, Bor polvonlar kuragini bu alp erga teyizdi, Navbat keldi, Xorazmshox, biling, Valiy polvonga"

Devpanjaning onasi ham borar erdi yonida, Valiylarga inonchi bor musulmoniy jonida Polvon Valiy oti qo'rquv tug'dirgandi qonida, Ona o'ynal: - "Borayinda yolvorayin Rahmonga!"

Hind karvoni uch oy so'ngra keldi Xorazm eliga, Maktub ila armug'onlar tegdi, Xonning aliga. Pahlovonlar kurashuvi tushdi xalqining tiliga, Butun Xiva aholisi jam bo'ldi saroyga.

Xon bungacha islomlashgan emas, g'ayridin edi, "Qaysi biri engilsa-da, osilar!" deb buyurdi. Vazirlari "Polvon Valiy chin butparast bu xonni Isloma chaqirmoqda... demishlari qoonga.

Polvon Valiy duo uchun yashirin bir masjidga, Borib ko'rdi qari kampir yolvoradi Xudoga. Yo-rab, o'g'lim engilmasin achin bizga va Hindga! Devpanja gar osilsa, men qaytolmam Hindistonga.

Bittaginamdir u: - achingin menga, Ollohim! Udir mening ko'nglim, jonim, muhabbatim, panohim! Na uning bir aybi bordir, na mening gunohim, O'zing rahm et, ming yilda bir etishgan u arslonga.

Asra, Islom yigiti u, achin Muhammadning asrloni, Sendan kelur bu quvvati, bu gavdasi, bu joni, Sening Arshing emasdirmi, uning toza vijdoni? Asra u bir mujohiddir, topshirganman o'zingga.

Bu yolvorish yuragida uyg'otib zo'r titroq,

Polvon Valiy ko'zlaridan inja yoshi oqaran,

Dedi: - "Tangrim, bu momodan yordaming tutma yiroq,

Mayliga, men ming roziman engilishga, Xursonga!"

Kurash kuni jarchi elni Ko'kdalaga chaqirdi, So'nggi o'lim bu kurashdan har kim ruhan og'rirdi. Polvon Valiy chiqdi: - "Olloh! Olloh!" deya hayqirdi, Ko'ngillarda bir ma'naviy hislar keldi tuyg'onga.

Devpanja ham onasining qo'llarin o'pajak, Maydon kezdi, kuchli iymon egasi, metin yurak, Botir dedi: - "Qani, kim bor menla kuch sinajak?" Salom berdi qarshisiga chiqqan unli dushmonga.

Polvon Valiy avval qaynab, ul va'dani unitib, Devpajani o'ynatvordi temir qo'li-la tutib, So'ng yo'l berdi, bu hind uni osongina yiqitib, Yutib chiqsin bu dindoshi uchramasin ziyonga.

Yiqilganni o'ldiringiz! deyishi bilan qoon, Oti sakrab, sura ketdi yonidagi jar tomon. Polvon Valiy bir imtinib, otni tutdi shu zamon, Jilovchiday olib kedi uni oltin ayvonga.

Yig'ilganlar jim qotmishlar, ko'ngillarda bir hayrat, Nima bo'ldi, mo''jizami, yo'qsa bu bir karomat? Qoon dedi: - "Etar endi, inoninglar, ey millat, Men islomni qabul etdim, siz ham keling iymonga.

Polvon Valiy sevinarkan bu ilohiy irshodga, Yurtga ketdi to ojizlar etishsinlar imdodga, Ul zamongi butun turklar bu panjasi po'ladga, Burchlidirlar, chunki Xizr bo'lmish ul zot Turonga.

Pahlavon Mahmud maqbarasi vaqt o'tishi bilan ko'pgina hukmdorlar tomonidan aziz sanalib obod qilingan. Tarixiy manbalarda maqbaraga Amir Temur tomonidan eshik o'rnatilgani yoziladi. Maqbara ichida Abulg'ozixon, Anushaxon va Arangxonlarning qabri borligi, ular hukmdorlik qilgan davrlarida ham shoir qabri obod bo'lganligidan dalolat beradi. 1701-1702 yillarda Xiva xoni Shoniyozxon maqbarani yangidan quradi, bu davrdan bizga maqbaraga kiraverishdagi eshik yodgor qolgan. Eshikdagi yozuvlardan shu narsa ma'lum bo'ladiki, maqbara 1702 yilda qurilgan va quduq ham qazilgan, eshikda qur'on oyati, hadis va she'riy tarixlar bitilgan, turunch, madohil va boshqa islimiy gullar bilan bezatilgan. Hozirgi maqbara Muhammad Rahimxon I (1806-1825) tomonidan 1810 yilda Qo'ng'irot shahriga qilingan muvaffaqiyatli yurishdan so'ng qurila boshlagan va uning o'g'li Ollaqulixon davrida qurib bitkazilgan. Maqbara 3 qismdan iborat. Qabrxona, xonaqo va yo'lak. Maqbaraning g'arbiy qismida joylashgan xonaga Pahlavon Mahmud dafn qilingan. Xonaqoni shimoliy devori yonida Muhammad Rahimxon qabri joylashgan, uning yaqiniga esa Xiva xonlari Abulg'ozixon va Anushaxonlarning qabr toshlari o'rnatilgan. Yo'lakda esa Ollaqulixon dafn etilgan. Pahlavon Mahmud maqbarasi atrofi XIX asr oxiriga kelib Xiva xonlari va ularning yaqinlari dafn qilinadigan xilxonaga aylantirilgan. Bino qurilishini hazorasplik usta Odinamuhammad Murod boshqargan, usta katta-kichik jismlarni (sirli koshin) yagona me'morchilik inshootiga mohirlik bilan birlashtira olgan, sirkor bezaklar sag'anani, tashqi gumbaz va peshtoq qismini bezab turardi, shu vaqtda xonalarning ichi ganch suvoq qilingan edi. 1825 yilga kelib Olloqulixon (1825-1842) buyrug'i bilan qabrxona, ya'ni ziyoratxonaga va xonaqoga sirkor bezak berildi. Xuddi shu davrda ziyoratxona va qabrxona gumbazlari tashqi tomondan zangori-yashil sirkor g'ishtchalar bilan qoplandi. Maqbara peshtoqining ba'zi ko'chib ketgan koshinlari o'rniga o'ziga o'xshatib yangi koshinlar o'rnatildi. Gumbazli dalondagi bir xonaning old tomoni besh qirrali shaklga keltirilib, Olloqulixon sag'anasi shu erga qo'yilgan. Xona devorlari bezakdor sirli koshinlar bilan qoplandi va mis panjara o'rnatilgan. Qurilish ishlarida xivalik ustalardan Mulla Nurmuhammad usta Qalandar o'g'li, So'fimuhammad Niyoz usta Abdujabbor o'g'li va usta Abdulla "jin"lar o'zlarining nodir san'atlarini ko'rsatib bera olishgan. Katta xonaqoni (balandligi 25 metrlik) tepasiga ustalar islimiy naqshlar bilan birga, bezaklar orasidagi kitobalarga Pahlavon Mahmudning 22 ta ruboiylarini, ustalarning ismlarini, hadislar, tarixlarni o'zi ijod qilgan fors tilida bitganlar. Bundan tashqari qabrxonaga kiraverishdagi eshik tepasiga shoirning ushbu ruboiysi fors tilida bitilgan.

Uch yuz Ko'hi Qofni kelida tuymoq, Dil qonidan bermoq falakka bo'yoq.

Volume 1, Issue 2, February 2024

Page 211

Yoinki bir asr zindonda yotmoq, Nodon suhbatidan ko'ra yaxshiroq.

1910-1913 yillarda maqbaraning g'arbiy qismida Xiva xoni Isfandiyorxon (1910-1918) onasi, o'zi va o'g'li uchun qabrxona va to'rtta hujradan iborat ikki oshyonli qorixona bunyod qildirgan. Qurilish ishlariga usta Qurbonniyoz boshchilik qilib, qorixona qarshisiga o'ymakori ustunli ayvon qurilgan. Pahlavon Mahmud majmuasi 1960 yilda usta Ro'zmat Masharipov "Ro'zmat arbob" ishtirokida katta gumbazning usti, qorixona va ayvon ta'mirlanib, maqbaraga qayta jon bag'ishlangan. Hozirgi vaqtda binoda O'zbekiston Musulmonlar diniy idorasi, "Pahlavon Mahmud jamg'armasi" faoliyat ko'rsatmoqda. Inshootning ayrim joylari ta'mirtalab bo'lganligi uchun 2007 yilda, ayvon ustunlari, yo'laklar, quduq atrofi va uning tepasidagi chiroyli oshyonli yog'och gumbaz, peshtoqning ba'zi tushib ketgan sirli koshinlari qayta ta'mirlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. T „all^ljl ^¿¿a jU^j^ ^" (en). gardeshgari724.com. 14-oktyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-oktyabr 2022-yil.

2. T The Heroes (TV series)(ingl.) // Wikipedia. — 2022-09-15.

3. 3.D.Bobojonov, M.Abdurasulov "Abadiyat farzandlari" 2009.

4. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti, 2009.

5. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/fors-tojik-she-riyati/pahlavon-mahmud-1247-1326#

6. Ushbu maqolada O'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma'lumotlaridan foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.