Научная статья на тему 'PAHLAVON MAHMUDNING DIDAKTIK TA'LIMOTI VA INSONPARVARLIK QARASHLARI'

PAHLAVON MAHMUDNING DIDAKTIK TA'LIMOTI VA INSONPARVARLIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
9
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
insonparvarlik / kubroviya tariqati / Futuvvat ta’limoti / xulqatvorlar / ruboiylar mardlik. / humanitarianism / Kubroviya sect / Futuvwat doctrine / manners / Rubaiyat courage.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shomurotova N.D.

Ushbu maqolada siz Pahlavon Mahmudning pedagogik va didaktik ta'limoti, insonparvarlik va javonmardlikning mazmun-mohiyatini bilib olasiz. Axloqiy qarashlari, so'fiylik pedagogikasida ustozning rolini o'rganamiz. Tasavvufga munosabati yuzasidan olib borgan izlanishlarini, kubroviya tariqatini o'rganamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PAHLAVAN MAHMUD'S DIDACTIC TEACHING AND HUMANITARIAN VIEWS

In this article, you will learn the essence of Pahlavon Mahmud's pedagogic and didactic teaching, humanitarianism and youth. We will study the moral views, the role of the teacher in Sufi pedagogy. We will study his research on Sufism and Kubroviya sect.

Текст научной работы на тему «PAHLAVON MAHMUDNING DIDAKTIK TA'LIMOTI VA INSONPARVARLIK QARASHLARI»

Shomurotova N.D.

Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 212-guruh talabasi

PAHLAVON MAHMUDNING DIDAKTIK TA'LIMOTI VA INSONPARVARLIK QARASHLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada siz Pahlavon Mahmudning pedagogik va didaktik ta'limoti, insonparvarlik va javonmardlikning mazmun-mohiyatini bilib olasiz. Axloqiy qarashlari, so'fiylikpedagogikasida ustozning rolini o'rganamiz. Tasavvufga munosabati yuzasidan olib borgan izlanishlarini, kubroviya tariqatini o'rganamiz.

Kalit so'z: insonparvarlik, kubroviya tariqati, Futuvvat ta'limoti, xulq-atvorlar, ruboiylar mardlik.

Shomurotova N.D.

student 212th group

Pedagogy and Psychology Department Faculty of Pedagogy Urganch State University

PAHLAVAN MAHMUD'S DIDACTIC TEACHING AND HUMANITARIAN VIEWS

Abstract. In this article, you will learn the essence of Pahlavon Mahmud's pedagogic and didactic teaching, humanitarianism and youth. We will study the moral views, the role of the teacher in Sufi pedagogy. We will study his research on Sufism and Kubroviya sect.

Key word: humanitarianism, Kubroviya sect, Futuvwat doctrine, manners, Rubaiyat courage.

Kirish: Pahlavon Mahmud qarashlarida tarbiyaning eng muhim sharti nafs bilan bog'lanadigan masaladir. Negaki, nafsning mavjudligi insonga inson ekanligini eslatib turuvchi belgi. Pahlavon Mahmud komillikka erishishda inson tarbiyaning o'zidan boshlaydi, o'zidagi illat va kamchilikka qarshi kurashadi, ichidagi yashiringan dushmani nafsni yengishi kerak deb aytadi. Allohning nomini tildan qo'ymaydigan, toat-ibodatda yuradigan javonmard inson bo'lgan.

Tadqiqot qismi: Pahlavon Mahmud Xorazm tasavvuf namoyondalaridan biri hisoblanadi. "Pahlavon Mahmud 1247-yilda Xiva shahrida po'stindo'z hunarmand oilasida tug'ilgan. Yoshlik yillarda ota kasbi po'stindo'zlik bilan shug'ullangan, so'ngra xat-savod chiqarib, buyuk shoir faylasuf darajasiga

erishgan. U juda ham zabardast Pahlavon bo'lib 79 yillik hayotida biron marta kuragi yerga tegmagan"1. Pahlavon Mahmudning butun ijodi axloq va ma'naviyat masalalariga bag'ishlangan. U o'zining aksariyat ruboyilarida ma'naviyat masalalarini insonlarning oddiy hayotidagi xulq-atvorlari bilan bog'laydi va insonlar xulq-atvorini to'g'ri yo'nalishga soladigan hayotiy misollarni keltirib ko'rsatadi. Inson axloqining to'g'ri namunalari uning quyidagi she'riyatida yaqqol ifodalab o'tilgan.

Qora tosh sira ham bo'lmas lojuvard, Toza qalbga yuqmas aslo changu gard, Quloq solgin puryorvaliy so'ziga, Qo'rqoqlardan biron chiqqanmidi mard!

Rost aytadi bu ulug' donishmand, yomon odamdan faqat yomonlik, yovuzlik kutish mumkin, mardlikka, vallomatlikka, ezgulikka u qobil emas! Pahlavon Mahmudning nodonlardan, johillardan nafrati shu qadar zo'rki, uni shoirning o'z tili bilan aytmasdan boshqacha ta'bir bilan tushuntirish imkondan xorijdir.

Fors tilida ijod qilgan. Postindo'zlik, telpakdo'zlik bilan shug'ullangan. Hindiston va Eronda polvonlikda dong taratgan. Shunga ko'ra, Paxlavon Mahmud deb atalgan. Fors va turkiy xalqlar adabiyotida Umar Xayyomdan so'ng faqat ruboiy yozgan shoir Pahlavon Mahmuddir. U Xayyomning oddiy taqlidchisi bo'lmay, mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan. Pahlavon Mahmud shahar hunarmand kosiblarining futuvvat-juvonmardlik harakati (13—14-asrlar) tashkilotchisi, ma'naviy rahnamosi bo'lgan. Ko'pchilik ruboiylari mardlik, marhamat va shavqat, saxovat va oli-janoblik kabi juvonmardlik prinsiplari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf ta'limotining nazariy g'oyalari bilan juvonmardlik tariqatining amaliy qoidalari o'zaro omuxta holda bayon qilingan. Unga ko'ra, xudo diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. Pahlavon Mahmud. moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning lazzati haqida fikr yuritadi. Pahlavon Mahmud ruboiylari yoshlarda ma'naviy tarbiya sifatida undan axloqiy-ruhiy ozuqa oladi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda xalq og'irini yengil qilish, zolim hukmdorlarga qarshi kurashish, uyushgan holda el-u yurtni tashqi dushmanlardan himoya

etish maqsadida paydo bo'lib, o'zida xalq ichidan chiqqan turli kasbhunar egalarini birlashtirgan «javonmardlar»yoki «axiylar»deb atalgan bu toifaning maqsadi yaxshilik, sifati mardlik bo'lib, butun umrini odamlar xizmatiga bag'ishlash, kim bo'lishidan qat'i nazar, barchaga beg'araz yordam qo'lini cho'zish, borini o'zgalar bilan baham ko'rish, vatan, el-u yurt, do'st-u yaqinlar sharafi uchun jonini qurbon qilish, zohiran va botinan 'ok bo'lib yurish, faqat ezgulik deb yashash ularning hayot tarzi hisoblangan.Mard bo'lmagan kishi javonmard bo'lolmaydi. Shuning uchun ham futuvvadda mardlik - javonmardlik yo'liga kirishning asosiy shartlaridan biri. Pahlavon Mahmud ijodida eng baland pardalarda mavzulardan biri mardlik ekanligi bejiz emas. Shoir mardlikni turli nuqtalardan turib qalamga oladi, uning qator qirralarini ochib beradi. Shu jihatdan

Pahlavon Mahmud Pahlavonlarni tarbiyalovchi ustozgina bo'lib qolmay, balki javonmardlik odobini o'rgatuvchi pir ham edi. U futuvvat axlining peshvosi, Xivadagi javonmardlar jamoasining boshlig'i bo'lgan. «Pahlavonning sarguzashtlari mo'jizalar va qahramonliklarga to'la qilib tasvirlangan rivoyatlar esa bu fikrni yanada mustahkamlaydi. Pahlavon nomi hozirgi kunda ham Erondagi Pahlavonlar tomonidan pir sifatida e'zozlanib, kurash tushuvchilar davrasida uning ruboiylari doimo o'qilib yurishi ham, albatta, bejiz emas».

Futuvvat ta'limotining inson yaxshi xulq egasi bo'lishi, barcha dunyoviy va ilmiy bilimlarni egallashi, kasbga yo'naltirish va shu bilan birga hunar o'rganib, kelajakda halol va poklik orqali o'z rizqini to'ishi, xalq og'irini yengil qilib, el-yurt xizmatiga hamisha shay turishi lozimligi haqidagi talab va qoidalari insonni ma'naviy-axloqiy kamolotga yetaklashi, mehnatni sharaflab, halol rizqni ulug'lashi, xalq birligi va tinch-totuvligini ta'minlashi, eng muhimi, real hayot, kundalik turmush bilan bog'likdigi jihatidan keng xalq ommasi e'tiborini jalb etibgina qolmay, adabiyot va san'at axli diqqatini ham o'ziga tortdi.

Mutafakkirlar javonmardlikning insonparvarlik, ma'rifatparvarlik, adolatparvarlik kabi ezgu g'oyalaridan ilhomlanib, asarlar yoza boshladilar. XII asrdan to XX asr boshlarigacha bo'lgan o'zbek pedagogikasida javonmardlik ta'limoti ta'siridan ajratib olib o'rganish mumkin emas. Chunki futuvvat g'oyalari bu davrda yaratilgan asarlarning mag'iz-mag'iziga singib ketgan.

Xulosa: Pahlavon Mahmud ruboiylarida Qur'oni karim va Hadisi sharif ta'siri kuchli. Sharqdagi deyarli barcha shoirlar bu ikki ulug' manbadan bahramand bo'lib ijod qilganlari sir emas. Xulosa qilib aytganda, Pahlavon Mahmud barcha ijobiy hislatlarga ega bo'lgan. Milliy ma'naviyatimizni boyitishda, milliy g'urur o'zlikni anglashda ajdodlarimiz ilmiy meroslarini o'rganish muhim hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.''Xorazm Mutafakkirlarining pedagogik qarashlari'' fanidan o'quv-uslubiy qo'llanma. Urganch-2023

2. Umumiy Pedagogika Toshkent-2012

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

654

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.