Научная статья на тему 'Xonandaning nafas olishi va chiqarishi bir zum tutib turishi bilan ajratilishi'

Xonandaning nafas olishi va chiqarishi bir zum tutib turishi bilan ajratilishi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
149
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
xonanda / ovoz apparati / vokal / tovush / ovoz mashqlari / badiiy asar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ulzada Ispandiyarova, Janil Kulametova

Ushbu maqolada har bir qushiqchining vokal harakatlarni sezgi organlari kompleksi boshqaradiganligi haqqida aytilgan. Shu sababli har bir xonanda nafaqat o’zi chiqarmoqchi bo’lgan jarangini ichki eshitish bilan eshitadi, balki sezadi ham. Har bir xonanda «vokal jarangining tana sxemasiga» ega, unga turli organda va ovoz apparati qismlaridan turli sezgilar kiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Xonandaning nafas olishi va chiqarishi bir zum tutib turishi bilan ajratilishi»

Xonandaning nafas olishi va chiqarishi bir zum tutib turishi

bilan ajratilishi

Ulzada Ispandiyarova Janil Kulametova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Аnnotatsiya: Ushbu maqolada har bir qushiqchining vokal harakatlarni sezgi organlari kompleksi boshqaradiganligi haqqida aytilgan. Shu sababli har bir xonanda nafaqat o'zi chiqarmoqchi bo'lgan jarangini ichki eshitish bilan eshitadi, balki sezadi ham. Har bir xonanda «vokal jarangining tana sxemasiga» ega, unga turli organda va ovoz apparati qismlaridan turli sezgilar kiradi.

Ka'lit so'zlar: xonanda, ovoz apparati, vokal, tovush, ovoz mashqlari, badiiy

asar

Separation of the inhalation and exhalation of the singer with

a short-term pause

Ulzada Ispandiyarova Janil Kulametova

Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article states that the vocal movements of each singer are controlled by a complex of sense organs. Therefore, every singer not only hears the sound that he wants to make, but also feels it. Every singer has a "voice body map" that includes different sensations from different organs and parts of the vocal apparatus.

Keywords: singer, sound apparatus, vocals, sound, voice exercises, artistic work

Tovush sifatini ko'zlangan natijada tarbiyalashda ovozni ko'rsata bilish katta ahamiyat kasb etadi. Ko'rgazmali qurollar ko'ra oladigan va sodda bo'lgani uchun ham kerakli kunikmalarni shaxsan topishga majbur etadi. Buning uchun o'qituvchining o'zi yaxshi ovozga ega bo'lishi lozim, o'quvchi esa taqlid qobiliyatiga ega. Biroq taqlid kuylashni o'rganishda majburiy hisoblanmaydi. Masalan, Lamperti xonanda bo'lmagan, biroq buyuk xonandalarni tarbiyalagan.[1.B.59]

Xonandani tarbiyalash jarayonida o'qituvchi turli usullardan foydalanadi. Birinchi o'rinda vokal eshitishni tarbiyalash va mukammalalshtirib borishni nazorat bilan barcha vokal sifatlarini rivojlantirish turadi. Talabada xonandalik

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 214 [Ml^^^H

jarangdorligini to'g'ri tashkil etish haqidagi tasavvurni ishlab chiqish zarur. Ta'lim doimo musiqa materiallari mashq, vokal va badiiy asarlar asosida olib boriladi. Ularni qo'llash talabalar tovushida uchraydigan va tuzatishni talab etadigan kamchiliklarni yo'qotish vositasi bo'lib xizmat qilishi kerak. Ovozga sayqal berish mashqlari - mashqdan badiiy asarlarga o'tish uchun foydali manba hisoblanadi. O'qituvchi tomonidan katta odob saqlagan holda badiiy pedagogik manba tayyorlash talab etiladi. Manbalarni musiqiy, vokal-texnik va ijro qiyinchiliklarini e'tiborga olib tahlil etish - o'qituvchining zaruriy sifati hisoblanadi. Keng ko'lamli musiqiy pedagogik manbalarni egallash va ularni qo'llay bilish - pedagogik faoliyat muvaffaqiyati talablaridan biri. Asarni muvofaqqiyatli ijrosi uchun o'rganish va ashula aytish usuli katta ahamiyat kasb etadi. O'quvchi asarlar ustida ishlash uslubini keng ko'lamli va turli-tuman repertuarlarni tezroq o'zlashtirib olishi uchun o'rganishi kerak.

Muskul usullarini ko'rsatish va tushuntirish o'qituvchi amaliyotida katta o'rin egallaydi. Muskul usuli doim muayyan narsalarni qamrab oladi, doim to'xtata oladi yoki tovush apparatidagi ishlarning qaysidir qismini o'zgartiradi. O'quvchi avval nima qilishini tushunib oladi, keyin esa bu harakatlarni ashula aytish paytida tushungan holda qo'llashga harakat qiladi. Muskul usulining qimmatliligi ham mana shundadir. Nutq orqali tushuntirish, so'z ahamiyati - ovoz tuzilishi haqidagi ishonchli tushunchani tarbiyalashda o'ta muhim omil sanaladi.

Tessitura - asar tovushlarining diapazonga nisbatan yuqori joylashuvi. Tessitura turining asardagi diapazon birinchi qilishning balandligi belgilaydi. Yuqori baland tovushlar bo'lsa, demak tessitura baland va sh.k.

Fiziologik tomondan xonandaning vokal eshitish asosida qobiqda bir vaqtda ta'sirlangan uchastkalar orasidagi reflektor aloqalar hosil bo'lishi yotadi. Kuylash chog'ida xonanda o'z ovozini eshitadi, ovoz apparati ishi haqida kinestik tasavvur oladi; turli vibratsion xodisalarni sezadi, agar oyna oldida kuylasa, o'z harakatlarini ko'radi va sh.k. Bir so'z bilan turli xil xislarning butun kompleksi bir paytda va ko'p marta harakat qilgani bois bu barcha hislar o'rtasida mustahkam aloqa hosil bo'ladi.

Miya qobig'i harakat hujayrasining qobiqning boshqa sohalari bilan aloqasi Pavlov aytgan kompleks analizator bilan, aloqasi ko'p sonli va turfa keng. «Qobiqning kinestezik xujayralari qobiqning barcha hujayralari, barcha tashqi ta'sirlar kabi organizmning turli ichki jarayonlari vakillari bilan bog'liq bo'lishi mumkin va amalda bog'lanadi ham. Bu harakatlar ixtiyoriyligi, ya'ni fiziologik asosdir». Shunday qilib, ovoz ustida ishlash barcha jarangni nazorat qiluvchi analizatorlar tizimi o'rtasida aloqalar rivojlanishi bilan kechadi.[2.B.39-40]

Vokal harakatlarni sezgi organlari kompleksi boshqaradi. Shu sababli har bir xonanda nafaqat o'zi chiqarmoqchi bo'lgan jarangini ichki eshitish bilan eshitadi, balki sezadi ham. Har bir xonanda «vokal jarangining tana sxemasiga» ega, unga turli

organda va ovoz apparati qismlaridan turli sezgilar kiradi. Shunga ko'ra vokal texnikasining turli tiplari bu sezgilar tizimida turlicha aks etadi. Xonanda sezgilari ancha indiviudual bo'lsa-da, ular orasidan u yoki bu jarang tili uchun xarakterlarini ajratish mumkin.

Xonanda nafas olishi va chiqarishi nafasni bir zum tutib turishi bilan ajratiladi, keyin nafas chiqarishi boshlanadi. Tovushni qayta yaratishdan oldin nafasni bir zum tutib turish - nafas olish holati, nafas olish pozitsiyasini fiksatsiyalash momenti nafas olish ustanovkasi butun kuylash davomida butun fiksatsion nafas chiqarishda saqlanish kerak, bu nafas tayanchini tashkil etadi. To'g'ri nafas chiqarishning asosiy vazifasi uni ohista, tejamkorona chiqarish ovoz to'qimalari normal ishlashi uchun zarur bo'lgan to'qima osti bo'shlig'ida bosim yaratishdan iborat.

Nafas va ovoz to'qimalari o'zaro ta'siri tovush tayanchini belgilaydi. Boshqacha aytganda, xonandalik tayanchi - ovoz apparati barcha qismlari (bo'g'iz, nafas a'zolari va ustki trubka) muvofiqlashgan ishi natijasi.[3.]

Kuylash - musiqiy tashkil etish so'z bilan bog'liq bo'lgan musiqa san'ati. Musiqiy nutq hosil bo'lishida nutq a'zolari: og'iz bo'shlig'i, til, yumshoq tanglay, pastki jaq, bo'g'iz, hiqildoq qatnashadi. Bu a'zolarning (unli va undosh) nutq tovushlarini yaratishga qaratilgan ishi artikulyatsiya (talaffuz) deyiladi.

Talaffuz a'zolari alohida ahamiyatga ega. Pastki jaq harakati, lablar ishi, yumshoq tanglay holatini ko'ra olamiz. Bu a'zolar ishi avvalo bo'g'iz bilan bog'liq. Talaffuz a'zolari ishi sustligi, xuddi zo'riqish kabi butun ovoz apparati ishiga ta'sir qiladi.

Kuylashda yumshoq tanglay va bo'g'iz ram sozligi juda muhim, zero ongimizga bo'ysungan yumshoq tanglay orqali bo'g'izga uning barqarorligiga ta'sir etamiz. Yumshoq tanglayning esnash holatiga kelishi unlilar shakllanishiga sharoit yaratadi, ularning dumaloqlashuviga, tembri, bo'yog'i, yuqori pozitsiyaga ta'sir etadi. Yuqori tonlar yumshoq tanglayning baland ko'tarilishi, baland «gumbaz»ni talab qiladi. Bu ayniqsa erkak ovozlarida yuqori tonlarni shakllantirishda muhim. Kuylashga o'rgatish boshdanoq esnashga o'rgatishga qat'iy e'tibor qaratish lozim. esnash nafas olish pozitsiyasining tarkibiy qismi sanaladi.[3.B. 145-146]

Artikulyatsiya organlari ishi intensivligi va muvofiqlashganligi nutq tovushlari talaffuz sifati, so'zlar aniqligini diktsiya belgilaydi. Artikulyatsiya apparati ishini shunday tashkil etish lozimki, tez va intensiv harakatlar, ayniqsa til harakatlari bo'g'izning kuylovchilik ustanovkasini buzmasin, hiqildoqni deyarli qo'zqatmasdan, tovushlarni talaffuz qilishga o'rgatish lozim.

Nafas tayanchi. Nafas tayanchi - nafas olish mushaklari «o'yini», ularning qisqarganda, ya'ni harakatlanganda aniq muvofiqlashgan o'zaro hamkorligi. Tayanch plastik, nozik, egiluvchan bo'lishi kerak. Unga zid o'laroq, tayanmagan tovush tembri qashshoq, xorg'in, rangsiz, yetarlicha «parvozsiz», optimal kuchdan pastroq

bo'ladi.

Tovushni olish usulini ixtiyoriy almashtirib, biz ovoz to'qimalari ishi xarakteriga ta'sir eta olamiz. Shu sababli ataka ovoz to'qimalari ishiga ongli ta'sir etishning eng muhim vositasi, u irodamizga bevosita bog'liq emas. Insonning kuylovchilik ovozi obertonlarga boy. Obertonlarning balandligi, kuchi, miqdoriga ko'ra turlicha birikmalari jarangning umumiy fanini, tovush bo'yog'i yoki tembrini yaratadi.[5.]

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Аспелунд Д. Развитие певца и его голоса. -М.: МУЗ.ГИЗ, 1952.

2. Бризгалов И.О. Школа пения для баритона и баса. - .: Г.Гулям, 1987.

3. Буриева К. Ацанавий хонандалик (аёллар овозлари учун). - Т., 2008

4. Ходжаметова, Гулчира Илишевна. "Становление и развитие хореографического искусства в Республике Каракалпакстан." Science and Education 1.5 (2020): 251-258.

5. ХОДЖАМЕТОВА, Гулчира. "КОРАКАЛПОК ХАЛКИНИНГ МИЛЛИЙ МАДАНИЙ КАДРИЯТЛАРИНИНГ ИФОДАСИ." Journal of Culture and Art 1.9 (2023): 9-13.

6. ХОДЖАМЕТОВА, Гулчира. "ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВА ХОРЕОГРАФИИ В КАРАКАЛПАКИИ." Journal of Fundamental Studies 1.10 (2023): 117-122.

7. ХОДЖАМЕТОВА, Гулчира. "ИСТОРИЧЕСКИЕ, КУЛЬТУРНЫЕ И ДУХОВНЫЕ ТРАДИЦИИ КАРАКАЛПАКСКОГО НАРОДА." Journal of Culture and Art 1.6 (2023): 3-7.

8. ХОДЖАМЕТОВА, Гулчира. "ЗАМОНАВИЙ ФОРТЕПИАНО МУСИКАСИ ИЖРОЧИЛИК МАДАНИЯТИНИНГ УСЛУБИЙ РАНГ-БАРАНГЛИГИ." Journal of Culture and Art 1.1 (2023): 11-15.

9. Khodjametova, Gulchira. "DASTANS ARE THE MAIN GENRE OF KORAKALPOK FOLKLORE." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.02 (2023): 52-54.

10. Xodjametova, Gulchira. "O'QUVCHI TARBIYASIDA INDIVIDUAL YONDASHISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHI." Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры 3.1 Part 3 (2023): 101-105.

11. Alliyarova, Marjan, and Gulchira Xodjametova. "O'quvchilarning Qo'shiq Aytishida Ustozning Ta'sir Etish Usullari." Miasto Przyszlosci 27 (2022): 123-124.

12. Xodjametova, Gulchira. "DIRIJYORLIK ETISHDA QО 'LLARNING TOGRI HOLATI." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 465-470.

13. Xodjametova, Gulchira. "DIRIJYORLIKDA О 'NG VA CHAP QО

'LNING ALOHIDA VA UMUMIY VAZIFALARI." Oriental Art and Culture 2.4 (2021): 388-392.

14. Ходжаметова, Г. "НЗИЛИКСИЗ МУЗЫКАЛЫК ТЭЛИМ--ТЭРБИЯ БАРЫСЫНДА ПЕДАГОГИКА ШЭМ OFAH КОЙЫЛАТУРЫН ТАЛАПЛАР." ТАРАЗ МЕМЛЕКЕТТ1К ПЕДАГОГИКАЛЫК УНИВЕРСИТЕТ1НЩ ХАБАРШЫСЫ: 105.

15. Ходжаметова, Г. "УЗБЕК ХАЛК ОFЗAКИ ИЖОДИНИНГ ТАРИХИЙ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ. КАДИМГИ ДАВР ФОЛЬКЛОРИ." ТАРАЗ МЕМЛЕКЕТТ1К ПЕДАГОГИКАЛЫК УНИВЕРСИТЕТ1НЩ ХАБАРШЫСЫ: 124.

16. Ходжаметова, Г. И. "КАРАКАЛПАК МИЛЛИЙ ОПЕРАСЫНЫЦ ТАРИЙХИЙ ЭПСАНАСЫНДАРЫ «ТУМАРИС» ПОЭМАСЫ." ТАРАЗ МЕМЛЕКЕТТ1К ПЕДАГОГИКАЛЫК УНИВЕРСИТЕТ1НЩ ХАБАРШЫСЫ: 145.

17. Aximbetova, L. (2023). Ovozdagi qusurlar va ularni yengish yo'llari, ovoz gigienasi va xonanda tartibi. Science and Education, 4(1), 416-421.

18. ZARIMBETOVA, S., & MUNTEEVA, G. (2023). XONANDANI TARBIYALASH JARAYONIDA O 'QITUVCHI TURLI USULLARDAN FOYDALANISHI. Journal of Culture and Art, 1(3), 36-41.

19. Turdiyev, S. A. (2023). VOKAL-XOR SAN'TI TARIXINING ZAMONAVIY SAN'AT BILAN UZVIYLIGI. Oriental Art and Culture, 4(1), 585594.

20. Komil o'g'li, O. I. (2023). VOKAL MUSIQA PEDAGOGIKASINING ASOSIY TAMOYIL VA USLUBLARI. World of Science, 6(5), 706-707.

21. Alliyarova, M., & Xodjametova, G. (2022). O'quvchilarning Qo'shiq Aytishida Ustozning Ta'sir Etish Usullari. Miasto Przyszlosci, 27, 123-124.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.