Научная статья на тему 'XONAKI TOVUQLARNING YUQORI MAHSULDOR DURAGAY JO‘JALARINI YARATISH VA PARVARISHLASH'

XONAKI TOVUQLARNING YUQORI MAHSULDOR DURAGAY JO‘JALARINI YARATISH VA PARVARISHLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
jo’ja / nasilli tuxum / inkubator / eksteryer / tovuq / parranda / ozuqa / to’shama / vitaminlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — H.T.Hasanov, B.X.Davronov

Ushbu maqolada, “Moskva qora” zotli xonaki tovuqlar Vengriya davlatining “TETRA TINT” kross tovuqlarining otalik shakli bilan chatishtirilib, urug’langan tuxumlar olindi. Olingan nasilli tuxumlar inkubatorga qo’yilib, jo’ja ochirildi. Jo’jalarni o’sish va rivojlanishi, eksteryer ko’rsatkichlari, oziqlantirilishi hamda zoogigienik tadbirlaridan olingan natijalar quyida batafsil keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XONAKI TOVUQLARNING YUQORI MAHSULDOR DURAGAY JO‘JALARINI YARATISH VA PARVARISHLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K: 636.5:631.14

XONAKI TOVUQLARNING YUQORI MAHSULDOR DURAGAY JO'JALARINI YARATISH VA PARVARISHLASH

1H.T.Hasanov, 2B.X.Davronov

1Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti , 2Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti. Q.x.f.f.d. (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.13860062

Annotatsiya. Ushbumaqolada, "Moskvaqora"zotlixonaki tovuqlar Vengriyadavlatining "TETRA TINT" kross tovuqlariningotalikshakli bilan chatishtirilib, urug'langan tuxumlar olindi. Olingan nasilli tuxumlar inkubatorga qo'yilib, jo'ja ochirildi. Jo'jalarni o'sish va rivojlanishi, eksteryer ko'rsatkichlari, oziqlantirilishi hamda zoogigienik tadbirlaridan olingan natijalar quyida batafsil keltirilgan.

Kalit so'zlar: jo'ja, nasilli tuxum, inkubator, eksteryer, tovuq, parranda, ozuqa, to'shama, vitaminlar.

Аннотация. В этой статье домашние куры московской черной породы были скрещены с отцовской формой помеси кур "ТЕТРА ТИНТ" венгерского государства, и были получены оплодотворенные яйца. Полученное потомство было заложено в инкубатор и птенец был выведен. Ниже подробно описаны результаты роста и развития цыплят, кормления и биогенной активности.

Abstract. In this article, domestic chickens of the "Moscow black" breed were interbreed with the paternal form of cross chickens "TETRA TINT" of the Hungarian state, and fertilized eggs were obtained. The resulting offspring eggs were laid in an incubator and the chick was opened. Results from Chick growth and development, feeding, and biogenic activities are detailed below.

Kirish. Respublikamiz qishloq xo'jaligining chorvachiligida parrandachilik yo'nalishlari alohida o'rin egallab, bu soha xalqimizni qimmatli parxez oziq-ovqat mahsulotlari go'sht, tuxum bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birgalikda parrandachilik xalq xo'jaligi uchun momiq patlar yetkazib beradi. Parrandalar boshqa qishloq xo'jalik hayvonlariga nisbatan o'zlarining tez yetiluvchanligi va dietik mahsulotlar berishi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda respublika aholisi va turli ishbilarmonlar, xo'jaliklar doirasida parrandachilik sohasi shiddat bilan rivojlanmoqda. Chorvachilikda bu yo'nalishni yanada rivojlantirish, ularning mahsuldorligini genetik imkoniyatlari darajasiga olib chiqish orqali parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirish muhim vazifalardan biri bo'lib turibdi. Buning uchun esa bu sohalarda mustahkam ozuqa bazasini yaratish, ular genlarining aniq tasniflariga ega bo'lish, turli davrlarda oziqlantirishni ilmiy asosda Respublikaning turli xududlari uchun to'g'ri tashkil etib borish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

2024 yil 1 yanvar holatida Respublikamizning barcha toifadagi xo'jaliklarda parrandalar bosh soni 103 mln. 46,5 ming-taga yetdi. Parrandalar bosh sonini xo'jalik toifalari bo'yicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 49 mln. 922,1 ming bosh dehqon va tomorqa xo'jaliklarida boqilayotganini ko'rish mumkin. Parrandalar bosh sonining 17,9 % fermer xo'jaliklarida, 48,5 % -i dehqon va tomorqa xo'jaliklarda, 33,6 %-i qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda boqib parvarish qilinadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

2024 yil 1-yanvar holatida barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 84 87 457 mln. dona tuxum ishlab chiqarilgan. Tuxum yetishtirish ko'rsatkichlarini xo'jalik toifalari bo'yicha tahlil qilar ekanmiz, tuxum yetishtirishning eng katta hajmi 4 912 839 mln. dona dehqon va tomorqa xo'jaliklariga to'g'ri keladi. Yetishtirilgan tuxumning 15,7 %-i fermer xo'jaliklariga, 57,9 %-i dehqon va tomorqa xo'jaliklariga va 26,5 %-i qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g'ri keladi.

Parrandalar go'shti inson xayotida eng zarur mahsulotlarning biri hisoblanadi va unda inson sog'lig'i uchun o'ta zarur to'laqonli oqsillar, yog'lar, mineral va vitaminlar, biologik faol moddalar mavjud.

Mavzuning dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2018 yildagi 13 noyabrda chiqarilgan PQ-4015 son va 2021 yil 14- iyundagi PQ-5146 son qarorida parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan vazifalar belgilangan bo'lib bu sohaning kelajakda rivojlanishining ustuvor asosi bo'lib xizmat qiladi. Ushbu qarorlarga muvofiq, respublikada parrandachilikni yanada rivojlantirish uchun har tomonlama qo'llab-quvvatlash, sohaga ilg'or texnologiyalar hamda innovatsion ishlanmalarni joriy etish, parranda mahsulotlarini qayta ishlashni kengaytirish, ularning turlari va eksport hajmini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur qarorlarda Respublikaning tabiiy-iqlim sharoitiga mos, naslli xonaki parranda zotlarini yaratish bo'yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish vazifasi soha olimlariga belgilangan bo'lib, biz rejalashtirgan tadqiqot ishi mazkur qarorlar ijrosini taminlashda xizmat qiladi.

Tadqiqotlarni bajarish usullari: Tadqiqotlarda zootexniya fanida qabul qilingan usullarda amalga oshiriladi:

Parrandalarni oziqlantirish me'yorlar asosida olib boriladi. Tajribalar davomida har oydagi ozuqa sarfi va mahsulot olinishi hisoblab chiqiladi.

- chatishtirishning "qon quyish " usulidan foydalaniladi.

-parrandalarning tirik vazni ularni har birini alohida elektron tarozida tortish orqali aniqlanadi;

-parrandalarning tana qismlari o'lchov lentasi yordamida o'lchab olinadi;

-tovuqlarning tuxum mahsuldorligi bir oyda va bir yilda olingan tuxumlar soniga qarab aniqlanadi;

-tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi qilingan xarajatlar va olingan daromad o'rtasidagi farqni aniqlash orqali aniqlanadi;

-tajriba davomida olingan ma'lumotlarga biometrik ishlov berib borish orqali Y.K.Merkureva (1983) uslubi bo'yicha amalga oshiriladi;

-parrandalarning klinik-fiziologik holati (I.P.Kondraxin 1983) eksterer ko'rsatkichlari (I.Y.Paxomov, N.P.Razumovskiy 2007) usulida o'rganiladi.

OLINGAN NATIJALAR

Tajribadagi parrandalarning eksterer ko'rsatkichlari: Tajribadagi "Moskva qora" zotli onalik tovuqlar tana vazni, tojining joylashishi, rangi, tusi hamda oyoq patlarining rivojlanmaganligiga qarab 400 bosh tovuqdan 100 bosh tanlab olindi. Tanlab olingan tovuqlar alohida parvarishlanmoqda. Tajriba uchun tanlab olingan tovuqlarga Vengriyaning "TETRA-TINT" xo'rozlaridan 20 bosh tanlab olinib, eksterer ko'rsatkichlari hamda tana vazni o'rganildi va olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirildi.

1-jadval

Tajribadagi parrandalarning tana o'lchamlari va tirik vazni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

№ "TETRA-TINT" "Moskva qora"

Ko'rsatkichlar krossining xo'rozlari zotining tovuqlari

(n=20) (n=100)

1 Tirik vazni, kg 2,9 1,923

2 Ko'krak kaft aylanasi, sm 41 35

3 Gavda balandligi, sm 48 37

4 Son aylanasi, sm 14,8 11

5 Tizza uzunligi, sm 14 12

6 Qanot uzunligi, sm 38 32

7 Gavda uzunligi, sm 51 43

8 Pocha aylanasi, sm 3,2 2,6

Tana vazni elektron tarozida o'lchandi, tana o'lchamlari o'lchov lentasida o'lchab qayd etib borildi. Xo'rozlarning o'rtacha og'irligi 2,9 kg ni tashkil qilgan bo'lsa, onalik tovuqlarniki o'rtacha 1,9 kgni tashkil qildi.

Tajriba uchun parvarishlanayotgan galadan olingan nasilli tuxumlar "Egg-Box" rusumli inkubatorga ochirildi.

Tajribadagi jo'jalarni parvarishlash.

Jo'ja o'stirishning dastlabki kunlarida barcha kiruvchi va chiquvchi shamollatish tuynuklari bekitiladi, shamollatkichlar ishlatilmaydi. Bino ichi harorati va havosining chiqindi gazlar bilan ifloslanish darajasiga qarab 7-10 kundan so'ng shamollatkichlar asta sekin ishga tushiriladi. Bunda yelvizak (skvoznyak) bo'lmasligi, binonin ichki harorati o'ta sovib ketmasligi talab etiladi.

Jo'jalarga berilayotgan ozuqa va suvning harorati bino ichi harorati darajasida, qafas ichidagi harorat esa 33-34° C atrofida bo'lishi kerak.

Jo'jalarni joylashtirish oldidan harbir qafasning ostki panjasiga 5 -varoq (20x30 sm) qog'ozni birini ikkinchisini ustiga qo'yib taxlanadi. Qafas ichidagi nipelli sug'orgich yoniga iliq suvli sug'orgich ham o'rnatilishi lozim.

Qafasga joylashtirilgan jo'jalarga dastavval suv, undan 2-3 soatdan keyin ozuqa beriladi, chunki shunda embrional rivojlanish davomida jo'ja organizmida yig'ilib qolgan siydik kislotasini tashqariga chiqarib ulguradi.

Moboda jo'jalarning suv ichmayotganligi kuzatilsa, unda har bir qafasdan 2-3 bosh jo'ja olib, va suv sug'orgichdagi suvga tumshug'i tiqiladi va ular suv icha boshlaydi. Shundan so'ng ularni ko'rgan boshqa jo'jalar suv ichishni boshlaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

2-rasm. Tajribalar davomida chatishtirishlardan olingan F1 duragay avlod jo'jalari

Birinchi bor suv ichayotganidan keyin to'shalgan varoqlar ustiga taxminan 1 sm qalinlikda ozuqa sepiladi va har kuni bir varoqdan kamaytirib boriladi. Bundan tashqari dastlabki uch kun davomida jo'jalarga 1 gr/litr askorbin kislotasi, 1 gr/litr baytril, makrolan va boshqa shu xil tilan qatoridagi preparatlar aralashtirilgan 6-8% li Glukoza yoki shakar eritmasini ichirish tavsiya etiladi.

2-jadval

Tajribalardan olingan F1 duragay avlod jo'jalarining o'sish ko'rsatkichlari, g

Yoshi, Tirik vazni Kunlik o'sish Mutloq o'sish Nisbiy o'sish

1 kun 41

1 hafta 75 4,85 34 82,92

2 hafta 126 7,28 51 68,00

3 hafta 192 9,42 66 52,4

4 hafta 264 10,28 72 37,5

Tajribadagi jo'jalar tuxumdan chiqishi bilan tirik vazni birma bir o'ichanib, yuqoridagi jadvalda o'rtacha tirik vazni kelirildi va tirik vaznini elektron tarozida o'ichash har haftada amalga oshirildi hamda qayd etib borildi.

XULOSALAR

1. Ilk marta O'zbekiston sharoitida Vengriyaning "TETRA-TINT" krossining otalik xo'rozlari bilan "Moskva qora" zotli tovuqlar chatishtirilishidan F1 duragay jo'jalari olindi.

2. Tajribalar davomida shuni xulosa qilish mumkinki otalik xo'rozlarimizning tusi oq, onalik tovuqlarimizning rangi qora bo'lganligi tufayli xo'rozlar tovuqlarni urug'lantira boshlashi uchun 1 oy muddat kerak bo'ladi va vaqit o'tishi bilan tuxumlarning urug'lanish foizi ortib boradi.

3. Chatishtirishlardan olingan F1 duragay jo'jalarining tusi oq rangda va qora nuqtali bo'lib, xo'rozlarning oq rang beruvchi genlarining ustunligini ko'rish mumkin.

4. Jo'jalarni parvarishlashda harorat, namlik, yuqori sifatli ozuqa va toza suv muhim omillar hisoblanib, bu omillarning o'zgarib turishi jo'jalarning o'sish va rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.

Tajribalar davom etmoqda.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS"

_SEPTEMBER 26-27, 2024_

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 iyundagi PQ-5146-sonli "Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustaxkamlashga qaratilgan qo'shimcha chorva-tadbirlar to'g'risida"gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ- 4015-son "Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida" gi qarori.

3. Abdurazzaqov Y.M. va boshqalar. Tovuqlarni uy sharoitida tomorqalarda parvarishlash bo'yicha tavsiyalar. T. 2021, 20 b.

4. Безбородов Н.В, Литвинов Ю.Н. Стимуляция обменных просессов у кур-несушек породы "Ломан браун" биологически активной добавкой "вео премиум".//ж. «Актуалные вопросы селскохозяйственной биологии» №1 (23). 2022. С.9-18.

5. Gurjiy R.G. Go'shtli tovuqlarning mahsuldorlik va jinsiy sifatlarini seleksiya-texnologik usullarda ko'paytirish: q.x.f.n dissertasiyasi. Krasnodar: Kub GAU, 2000. - 151 b.

6. Ruziev R. Nurmatov A. "Axoli xonadonlarida tovuqlarni parvarish qilish" "Zooveterinariya" №10 2015. 31-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.