Научная статья на тему 'AHOLI XONADONLARIDA XONAKI TOVUQ JO’JALARINI O’STIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH BO’YICHA TAVSIYALAR'

AHOLI XONADONLARIDA XONAKI TOVUQ JO’JALARINI O’STIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH BO’YICHA TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuxum / tovuq / parvarishlash / parrandachilik / innovatsion texnologiya / mahsuldorlik / dezinfeksiya / yorug’lik me’yorlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Hasanov Humoyun To‘ychi O‘g‘li

Ushbu maqolada aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan qora tusli xonaki tovuqlar galasini innovatsion tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda jo’jalarni sifatli o’stirishgan tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHOLI XONADONLARIDA XONAKI TOVUQ JO’JALARINI O’STIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH BO’YICHA TAVSIYALAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K-636.5:631.14

AHOLI XONADONLARIDA XONAKI TOVUQ JO'JALARINI O'STIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH BO'YICHA TAVSIYALAR

Hasanov Humoyun To'ychi o'g'li

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13860361

Annotatsiya. Ushbu maqolada aholi xonadonlaridaparvarishlanayotgan qora tusli xonaki tovuqlar galasini innovatsion tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda jo'jalarni sifatli o'stirishgan tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tuxum, tovuq, parvarishlash, parrandachilik, innovatsion texnologiya, mahsuldorlik, dezinfeksiya, yorug'lik me 'yorlari.

Abstract. This article provides recommendations on how to qualitatively grow chicks using innovative cost-effective technologies for the gala of domestic chickens being cared for in the apartments of the population.

Аннотация. В данной статье даны рекомендации о том, как качественно выращивать цыплят с использованием инновационных экономичных технологий для содержания домашних кур, за которыми ухаживают в квартирах населения.

Kirish. Bugungi kunda parrandachilik jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Yangi-yangi parrandachilik xo'jaliklari va korxonalarining tashkil topishi, aholi xonadonlarida 50-100 bosh va undan ortiq miqdorda parrandalarning asralishi natijasida iste'mol bozorida parrandachilik mahsulotlarining narx-navosining barqaror saqlanib turishi buning dalilidir.

Mavzuning dolzarbligi. Yurtimizda parrandachilikni rivojlantirish Prezident Qarori darajasida e'tibor berilib sohaning rivojlanishida katta yutuqlarga erishilmoqda. Bunga misol qilib, "Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2021 yildagi 5146-son Prezident qarorini keltirish mumkin. Ushbu qarorning 12-bandida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga yuklatilgan vazifalardan biri shaxsiy tomorqa xo'jaliklariga mos, ixcham parvarishlash texnologiyalari va organik ozuqalar turlarini yaratish vazifasi yuklatilgan bo'lib, ushbu qarorning ijrosi sifatida qilingan ishlardan olingan natijalar quyida keltirilmoqda.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan turli xil parrandalarni parvarishlash texnologiyasi va seleksiyasi bo'yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilib, parrandachilik korxonalari va aholi xonadonlariga joriy qilinmoqda.

Keltirilgan tavsiyalar. Aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan xonaki tovuqlar O'zbekiston hududida parvarishlanayotgan jami parrandalarning 48 foizdan ko'proq qismini tashkil qiladi. Bizda esa barcha innovatsion texnologiyalar asosan sanoat asosida parvarishlanayotgan parrandalarga qaratilib, aholi xonadonlaridagi parrandaarning mahsuldorlik ko'rsatkichlari pastligicha qolmoqda. Biz esa ushbu tadqiqot ishlarimizda aholi xonadonlariga mos ixcham innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali tovuq jo'jalarini o'sish ko'rsatkichlarini o'rganildi.

Yosh jo'jalarni o'stirishda quyidagi innovatsion texnalogiyalarni jo'jalarni o'stirishda qo'llanildi.

- Yorug'lik rejimini avtomatik ravishda boshqarish (Rele apparati yordamida).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

- Xona haroratini avtomatik boshqarish.

- Jo'jalarni kletkada parvarishlash.

- Nipelli sug'orishni yo'lga qo'yish.

- Granulalangan ozuqalar bilan oziqlantirish.

Yorug'lik rejimini to'g'ri tashkil qilish orqali jo'jalarda garmonal boshqarilishni tartibga solish mumkin. ilk kunlarda yorug'lik davomiyligi 23 soatni tashkil qlsa yorug'lik kuchi 30-50 lyuksdan past bo'lmasligi kerak. Yorug'likning to'g'ri tashkil qilinishi jo'jalar ozuqalarini topib olishi uchun zarur hisoblanadi. O'z vaqtida oziqlangan jo'jalarda hazim qilish sistemasi yaxshi rivojlanib, keyingi o'sish davrida ozuqalarni yaxshi hazim qila olish qobilyatiga ega bo'ladi. Keyingi davrlarda jo'jalarda yorug'lik davomiyligi pasaytirib boriladi va kun davomida 9-10 soatgacha pasaytiriladi. Bunday pasaytirib borish jo'jalarni fizalogik yetilishiga yaxshi ta'sir qilishi kuzatilgan. Tuxumga kirish oldi yorug'lik davomiyligi 16 soatgacha oshirilib, yorug'lik kuchi 10 lyuksga tenglashtirish tuxum beruvchi tovuqlarda ijobiy natija berishi kuzatilgan. Kuz oylaridan boshlab, kunlar qisqarishi bilan xonadonlarda parvarishlanayotgan tovuqlar uchun kun uzunligi yetishmaganligi sababli tuxum mahsuldorligi pasayib ketishi kuzatilib, bu davr bahor kelib, kun uzunligi oshishi bilan tuxum bera boshlashi hammaga ma'lum. Bunday holatda parrandalar uchun yorug' kun davomiyligini suniy ravishda qo'shimcha ravishda yoritish mahsuldorlikning barqarorligini ta'minlashi kuzatilgan. Bunday yorug'lik davomiyligini rele apparati yordamida avtomatlashtirish ishni yanada osonlashtiradi. Yoritish uchun kam energiya sarflaydigan LED lampalardan foydalanish xarajatlarni kamaytiradi.

1-jadval

Parrandaxonada yorug'lik ret jimi

Parrandalar yoshi, kunlarda Yorug' kun davomiyligi, soatlarda Yorug'lik manbaining Yoritilish kuchi, (lyuks)

O'chirilish vaqti, soat Yoqilish vaqti, soat

1-2 24 - 2 30-50

3-4 23 23 0 20-30

5-7 22 23 1 20-30

8-14 18 21 3 20

15-21 15 20 5 20

22-28 13 19 6 20

29-35 11 18 7 15

36-42 10.30 18 7.30 15

43-49 10 18 8 10

50-56 9.30 17.30 8 10

57-63 9 17 8 10

64-70 8.30 17, 17 8, 13 5

71-126 9 17 8 5

127-139 10 18 8 5

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

1-rasm. Yorug'likni boshqaruvchi "Rele" apparati

Harorat jo'jalarni o'stirishda eng muhim omillardan biri bo'lib, jo'jalarning dastlabki kunlarida xona harorati 32-35 °C ni tashkil qilishi zarur. Harorat pasayganda jo'jalar oziqlanmaydi. Xonaning turli qsmlarida bir biriga tiqilib olib uyumlashadi va bir birini bosa boshlaydi. Xona harorati haddan ortiq issiq bo'lganda xonaning devori tagiga borishadi va salqin joy izlashadi. Xona harorati jo'jalar katta bo'lishi bilan pasaytirib borilib 45 kunligida xona harorati 18-20 °C ni tashkil qilishi zarur. Xona haroratining bir xilda bo'lmasligi, haroratning tez tez o'zgarib turishi jo'jalarni turli xil kasalliklarga uchrashiga sabab bo'ladi. Xana haroratini avtomatik boshqarilishini yo'lga qo'yish orqali bunday muammolarni oson yechimi bo'lib, xonani isitkichga "Thermostat" apparati o'rnatilganda xona haroratini stabil me'yorda ushlab turish imkoniyatiga ega bo'lish mumkin. Apparat xona harorati normadan oshganda isitgichni o'chirsa, normadan tushganda isitgichni ishga tushirish vazifasini bajaradi va me'yorda ushlab turish vazifasini bajaradi.

2-jadval

Jo'jalarni o'stirishda xona harorati

Yosh (haftada) Jo'jalar bo'yi barobaridagi harorat (°C) Tovuqxona harorati °C (yerdan 1 m balandlikda)

1 33 27

2 30 24

3 27 21

4 24 20

5 21 20

6 18 18

7-72 18 (qishda 16) 18

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Ushbu jadvalda ko'rish mumkinki dastlabki kunlarda harorat yuqori bo'lib keyinchalik pastlab borgan. Jo'jalarda haroratdan tashqari yelvizakka ta'sirchan bo'lib, havo harorati 1 gradus pasayganda, yelvizak bilan jo'jalar 2 gradus sovuqlikni his qiladi. Jo'jaxonalarda havo kirish va chiqish tuynuklari poldan 80 sm balandlikda, havo oqimi esa shiftga qarab yo'naltirilgan bo'lishi lozim.

2-rasm. Issiqlikni avtomatik boshqaradigan "thermostat" apparati

Jo'jalarni 2 xil usulda parvarishlash mumkin birinchisi polda, ikkinchisi maxsus kletkalarda. Jo'jalarni kletkada parvarishlashning polda parvarishlashdan afzalliklarini keltirib o'tamiz.

-tagi doimo quruq turishi

-don va suvlarning axlat bilan ifloslanmasligi

-axlati orqali bir biriga yuqadigan kasalliklarning kamligi

-isitish energiyasining kamligi (issiq havoning tepaga ko'tarilishi hisobida)

-to'shamalar ishlatilmasligi

-go'ngini quruq turishi hisobiga havoga ammiak gazining kamligi

Parrandalarni suvga bo'lgan ehtiyoji doimiy ravishda bo'lib, parrandaxonada suv tugab qolmasligi zarur. Hozzirgi kunda parrandalar uchun turli xildagi poilkalar mavjud bo'lib, asosan eng samaralisi suviga axlat tushmasdan toza suv istemol qilishini ta'minlash zarur. Bunday tizimni tashkil qilish uchun nipelli (tomchili) suv tizimidan foydalanish samaraliroqdir. Jo'jalarga dastlabki kundan boshlab nipelli suv linyalariga o'rgatib boriladi. Nipelli sistemadan parrandalar bemalol qaddini tik tutgan holda suv ichadigan qilib o'rnatish zarur, aks holda suv yerga yoki parrandaning ustiga to'kilishi, parrandalar me'yorda suv ichmasligi mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

HÍ118

S

vt

3-rasm. Parrandalarni sug'orish uchun nipelli tizim

Jo'jalarni o'stirishda ozuqa tarkibi eng muhim omillardan biri bo'lib parrandalarni quruq, vitaminlar bilan boyitilgan, aralsh konsentrat ozuqalar bilan oziqlantirish zarur. Ushbu ozuqalarni granula shkliga keltirib berish yanada o'sish samaradorligini oshiradi, chunki granula shakliga keltirilmagan ozuqa tarkibidagi mayin minerallar yem idishlarning ichida qolib keta boshlaydi. Dastlabki kunlarda jo'jalarga diametiri 0,1 mm kattalikdagi ozuqa granulalari beriladi. Keyinchalik parrandalarning yoshi kattalashgan sari ularning o'lchamlari oshirib boriladi. Granula holiga keltirilgan ozuqalarni istemol qilish orqali jo'jalarda harakatlar kamroq bo'lib, bu parrandalarning kam energiya sarflashiga, tejalgan energiya esa parrandalarning o'sishiga sarflanishi sabab bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

4-rasm. Parrandalar uchun granula shakliga keltirilgan konsentrat ozuqa XULOSALAR

1. Parrandalarni yorug'lik rejimini avtomatlashtirish orqali fizologik va jinsiy rivojlanishini tartibga solish mumkin.

2. haroratni avtomatlashtirish orqali sog'lom jo'jalar galasini yetishtirish hamda kasalliklardan holi bo'lishga imkon beradi.

3. parrandalarni kletkalarda saqlab, nipelli sug'orgichlar bilan jixozlash hamda granula holatiga keltirilgan ozuqalar bilan oziqlantirish jo'jalarni sog'lom hamda yuqori mahsuldorlikka erishishga olib keladi.

REFERENCES

1. Chorvachilik va parrandachilik asoslari M.Z.Murtozayev, A.A.Kushakov, T.A.Aliboyev «Fan va texnologiya» nashriyoti TOSHKENT - 2012

2. "Eermatov Y.A. Berdiqulov F.Sh. "Tovuq boqing boy bo'ling" "zooveterinariya" №10 2015. 32-33-bet.

3. Ro'ziyev R. Nurmatov A. "Axoli xonadonlarida tovuqlarni parvarish qilish" "zooveterinariya" №10 2015. 31-bet.

4. Xmelniskaya T.A. Ivashkin B.A. Peven B.G. "Xayseks uayt krossi parrandalari bilan ishlash bo'yicha qo'llanma" 2011. 6-7 bet

5. Leonal Durust, Margit Vittman, "Qishloq xo'jalik hayvonlarini oziqlantirish" nemis tilidan tarjima B.Abdolniyozov R.Yeshchanov, Urganch-2010.

6. Isaboyev A.T. Raxmatullayev P.Ye. Normuxammedov X.I. "Tuxum yo'nalishidagi tovuqlarni parvarishlash bo'yicha tavsiyalar" T.2013 "parrandasanoat uyushmasi" 9-10 bet

7. Kavtarashvili A.Sh., Novotorov Y.N., Gusev V.A., Gladin D.V. Tovuqlarning mahsuldorligiga o'zgaruvchan rang haroratli lampalarning ta'siri" "Птицеводство" 2017. 27-29 betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.