UO'K: 636.5.631.14
PARRANDACHILIK XO'JALIKLARIDA KUNLAR ISIY BOSHLASHI BILAN AMALGAOSHIRILADIGAN TADBIRLAR
1Mamadov F.K., 2Xolmatov A.X., 3Hasanov H.T.
1Toshkent Davlat agrar universiteti dotsenti 2CHPITI q.x.f.n., dotsent 3CHPITI tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.11474052
Annotatsiya. Ushbu maqolada parandalarni bahor fasli boshlanishida parvarishlash bo'yicha tavsiyalar keltirilgan bo'lib, bahor faslida parrandalarining zoogigienik tadbirlari, dezinfeksiya hamda vaksinalar bilan emlash tadbirlarining tavsiyalari keltirildi.
Kalit so'zlar: parrandalar, vaksina, tovuq, tuxum, dezinfeksiya, ventelyatsiya, parvarishlash.
Kirish. Respublikamizda parrandalarni yilning fasllarga qarab parvarishlash, asrash va ulardan sifatli mahsulot olish muxim ahamiyat kasb etadi. Bahor faslida chet o' lkalardan uchib keluvchi qushlar migratsiyasi (ko'chib kelishi) natijasida har xil yuqumli va yuqumsiz kasaliklarni kirib kelishga sabab bo'lishi mumkin. Bunday holatlarda parrandachilik xo'jaliklarda yovvoyi qushlarni parranda boqilayotgan xonalariga va ozuqa saqlanayotgan omborlariga uchib kirmasligini taminlash lozim. Saqlanayotgan parranda ozuqalarini ochiq holatda qoldirmaslik, germetik yopiq holatda saqlash tavsiya etiladi. Shahsiy tomarqa xo'jaliklarida parvarishlanayotgan parrandalarni belgilangan tartib asosida emlash ishlarini yo'lga qo'yish lozim.
Asosiy qism. Bahor mavsumida yirik parrandachilik xo'jaliklarining hududlarini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, xududga kiradigan yo'laklarda (dizobar'er va dizokovrik) zararsizlantiruvchi kimyoviy vositalarni qo'llash tavsiya etiladi. Bahor fasli kelib havo isib borishi bilan havo haroratining kechasi va kunduzi keskin ko'tarilib tushishiga sabab bo'ladi, bu esa sanoat usulida parvarishlanayotgan parrandaxonalarning mikro iqlim sharoitlarini bir maromda ushlab turishda anchagina qiyinchilik tug'diradi. Shu muammoning yechimi sifatida isitish va sovutish tizimlarini avtomatik rejimga o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Asosiy Ozuqalar saqlanadigan omborlarni namligini bir maromda ushlash va havo aylanishini ta'minlash zarur. Aks holda bahor kelib,havo haroratining ko'tarilishi natijasida donlarga zarar yetkazuvchi zamburug'larining donli mahsulotlarga ziyon keltirishi mumkin. Mog'orlagan ozuqalarni istemol qilgan parrandalarda diareya (ichketish) kasalliklari kuzatilib mahsuldorlik hamda hayotchanlik ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Aholi tomorqalarida parvarishlanayotgan parrandalarni bahor kelishi bilan ko'ko'tlar bilan oziqlantirish yaxshi samara beradi.
Sanoat asosida parvarishlanayotgan parrandaxonalarda havo isishi bilan parandalarda holsizlik sezila boshlaydi bunday vaqtda parrandalar ozuqasida mineral va vitaminlar miqdorini biroz oshirish tavsiya etiladi. Parrandalarga suv orqali vitamin va minerallarni berish yaxshi samara beradi.
Kunlar isishi bilan parrandaxonalarda ayrim bakteriyalar va zamburug'lar ko'payishi natijasida kasalliklarning avj olishi kuzatiladi. Dezinfeksiya ishlarini biroz kuchaytirish va muntazam ravishda amalga oshirish zarur. Dezinfeksiya pereparatlarning bugungi kunda bir nechta turlari mavjud bo'lib, ularni to'g'ri tanlash zarur, ya'ni ishlab chiqarilgan sanasiga,
idishning germetik yopiqligiga hamda ishchi eritmalar tayyorlash me'yorlariga alohida e'tibor berish zarur.
1-rasm. Jo'jalarni parvarishlash
Parrandaxonalarda parrandalarni saqlash va asrashda zooveterinariya talablariga javob berish lozim. Kunlarning isishi bilan sovutish tizimlariga ehtiyoj seziladi. Bu tizimlarning oldindan soz holatiga keltirish parrandalarning sog'ligi va maxsulot berishini barqarorligini ta'minlaydi. Aholi tomarqalarida parvarishlanayotgan xonaki tovuqlarning bahor mavsumi kelishi bilan tuxum mahsuldorligi ortib boradi, shu sababli tuxum qo'yadigan uyalarni soz holatga keltirish maqsadga muofiq bo'ladi.
2-rasm.Bahor mavsumida tovuqlarni yayratish
Kunlar isiy boshlashi bilan reproduktiv xujaliklarda tuxumlarni saqlash tartiblariga amal qilish zarur. Naslli tuxumlarni+110Sharoratda 7 kungacha saqlash mumkin. Agarda harorat oshsa tuxumlarni saqlash muddatlari qisqarib boradi. Parrandaxonalardan tuxumlarni tezda yig'ishtirib turish va naslli tuxumlarning sifat ko'rsatkichlarini buzilmasligiga sabab bo'ladi.
1-jadval. Bahor mavsumida jo'jaxonalarda talab etiladigan harorat me'yori
1 Yoshi Harorat °C
1-2 kun +35 + 36
3-4 kun +33 + 34
5-7 kun +31 + 32
2 hafta +28 + 29
3 hafta +26 + 27
4 hafta +22 + 24
5 haftadan yuqori +18 + 20
Jo'jalarni parvarishlashda jo'jalarning yoshiga qarab xona harorati o'zgarib boradi. Haroratni avtomatik ravishda boshqarilishini yo'lga qo'yish parrandalarni shamollash va boshqa kasalliklarga chalinishini oldini oladi.
2-jadval. Bahor faslida jo'jalarni emlash jadvali
Yoshi Kasalliknomi Emlashusuli Vaksina, shtamminingnomivatayyorlovchi si
1 kun Marek kasalligi Teriostiga 0,2ml.dan "Rismavar" internat Gollandiya
1 kun IBK (yuqumlibronxit) Havoga sochish N-120, VNIIZJViladimrshaxri
18-19 Nyukaslkasalligi Havoga sochish "La-Cota" VNIIZJ Viladimrshaxri
kun
21-22 Gamborokasalligi Ichirish Vinterfild 2512 VNIIZIS. Viladimrsh
29-30 (ichimliksuvi+0,2
kun % yog ' sizlantirilgan, quruqsut
38 Nyukasl kasalligi Havoga sochish "La-Cata" VNIIZJ Viladimrshaxri
kun
50-52 IBK (yuqumli bronxit) Havoga sochish H-120, VNIIZJViladimrshaxri
kun
85 IEP (tovuqlarni Ichirish Salnik 1143
kun yuqumli ensefolomieliti) (ichimliksuvi+0,2 % yog ' sizlantirilgan, quruqsut
100- IBK(yuqumlibronxit) Ko'krak qafasi VNIIZJ
105 + mushaklariga 0,5 ningko'pvalentliinaktivvaksinasiViladimrshaxri
kun IBB (yuqumli bursal kasalligi)+ NB (Nyukaslkasalligi)+ Peo (reoviruslikasalligi) ml.dan
Yuqorida qayd etilgan jadval asosida emlash chora tadbirlarini to'g'ri olib borilganda parrandalarni yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil bo'lishiga erishiladi va parrandalarning hayotchanlik ko'rsatkichlari ortadi.
Xulosalar. Keltirilgan takliflar yordamida parrandalarni parvarishlash bahor mavsumida mahsuldorlik barqororligini ta'minlaydi.
Kunlar isishi bilan kelib chiqadigan muammolarni oldindan yechib borish zarurhisoblanadi. Emlamalarning o'z vaqtida qilinishi yuqumli kasalliklarni oldini olishga sabab bo'ladi va emlamalarning anq grafik bo'yicha olib borish zarurdir. Parranda mahsulotlarini to'gri saqlash mahsulot sifatining buzilmasligiga hamda xaridorlarga sifatli mahsulot yetib borishi ta'minlanadi.
Qishloq xo'jalik parrandalarining turiga qarab belgilangan ratsion asosida oziqlantirish va ozuqa ratsioniga energiyaga boy mahalliy organik ozuqalarni qo'shib berish yaxshi natija beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Raxmonov L.K. Ro'zimuradov R.R. "Rodonit-3 krossi parrandalari bilan ishlash bo'yicha qo'llanma" 2011.
2. Murtozayev M.Z., Kushakov A.A., Aliboyev T.A. "Chorvachilik va parrandachilik asoslari" «Fan va texnologiya» nashriyoti TOSHKENT - 2012.
3. "Eermatov Y.A. Berdiqulov F.Sh. "Tovuq boqing boy bo'ling" "Zooveterinariya" №10 2015.
4. Ruziyev R. Nurmatov A. "Axoli xonadonlarida tovuqlarni parvarish qilish" "zooveterinariya" №10 2015.
5. Xmelniskaya T.A. Ivashkin B.A. Peven B.G. "Xayseks uayt krossi parrandalari bilan ishlash bo'yicha qo'llanma" 2011.
6. Leonal Durust, Margit Vittman, "Qishloq xo'jalik hayvonlarini oziqlantirish" nemis tilidan tarjima B.Abdolniyozov R.Yeshchanov, Urganch-2010.
7. Isaboyev A.T. Raxmatullayev P.Y. Normuxammedov X.I. "Tuxum yo'nalishidagi tovuqlarni parvarishlash bo'yicha tavsiyalar" T.2013 "Parrandasanoat uyushmasi".