Научная статья на тему 'TUXUM YO‘NALISHIDAGI LEGGORN TOVUQ ZOTLAR OZIQA RATSIONINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI'

TUXUM YO‘NALISHIDAGI LEGGORN TOVUQ ZOTLAR OZIQA RATSIONINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1962
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kross / tovuq / kurka / o‘rdak / g‘oz / bedana / tuxum / zot / oqsil / omuxta yem / uglevod / subsidiya. / cross / chicken / turkey / duck / goose / quail / egg / breed / protein / feed / carbohydrate / subsidy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xolbo‘tayev, I. R., Anarbayeva, G.D., Abduraximov, R.B., Durdiboyeva, M.Q.

Respublikamizda parrandachilikka qaratilayotgan keng imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan holda yurtimizda parrandachilikni rivojlantirish tovuqlarning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, ularning mahsuldorligini oshirish, tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarning ozuqasini to‘gri yo‘lga qoygan holda tuxum yo‘nalishidagi tovuqlardan yanada ko‘proq tuxum olish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROPER MANAGEMENT OF EGG-LAYING LEGGORN CHICKENS

Development of poultry farming in our country with the correct use of the vast opportunities for poultry farming in the country. The importance of chickens in agriculture is to increase their productivity.

Текст научной работы на тему «TUXUM YO‘NALISHIDAGI LEGGORN TOVUQ ZOTLAR OZIQA RATSIONINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TUXUM YO'NALISHIDAGI LEGGORN TOVUQ ZOTLAR OZIQA RATSIONINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI

I.R. Xolbo'tayev

SamVMI Toshkent filiali magistranti G.D. Anarbayeva, R.B. Abduraximov, M.Q. Durdiboyeva

SamVMI Toshkent filiali talabalari

ANNOTATSIYA

Respublikamizda parrandachilikka qaratilayotgan keng imkoniyatlardan to'g'ri foydalangan holda yurtimizda parrandachilikni rivojlantirish tovuqlarning qishloq xojaligidagi ahamiyati, ularning mahsuldorligini oshirish, tuxum yo 'nalishidagi tovuqlarning ozuqasini to 'gri yo 'lga qoygan holda tuxum yo 'nalishidagi tovuqlardan yanada ko'proq tuxum olish.

Kalit so'zlar: Kross, tovuq, kurka, o'rdak, g'oz, bedana, tuxum, zot, oqsil, omuxta yem, uglevod, subsidiya.

ПРАВИЛЬНЫЙ УХОД ЗА ЯЙЦЕНОСНЫМИ ЦЫПЛЯТАМИ ЛЕГГОРН

АННОТАЦИЯ

Развитие птицеводства в нашей стране при правильном использовании огромных возможностей птицеводства в стране. Значение кур в сельском хозяйстве заключается в повышении их продуктивности.

Ключевые слова: кросс, курица, индейка, утка, гусь, перепел, яйцо, порода, белок, комбикорм, углевод, дотация.

PROPER MANAGEMENT OF EGG-LAYING LEGGORN CHICKENS

ABSTRACT

Development of poultry farming in our country with the correct use of the vast opportunities for poultry farming in the country. The importance of chickens in agriculture is to increase their productivity.

Keywords: cross, chicken, turkey, duck, goose, quail, egg, breed, protein, feed, carbohydrate, subsidy.

KIRISH

Parrandachilik- daromadli shu bilan birga ancha nozik soha.Uy parrandalarini yetishtirish chorvachilikning asosiy bir tarmog'i hisoblanib parrandachilikning asosiy

mahsuloti oziq- ovqatga ishlatiladigan tuxum va go'sht, qo'shimcha mahsuloti -

861

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

parranda pati va paridir. Parrandalarni so'yish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda go'ngi- qimmatli organik o'g'it hisoblanib bundan 4ming yil muqaddam Hindistonda dastlab tovuqlar xonakilashtirilgan va keyinchalik parrandalarning boshqa turlari ham xonakilashtirila boshlagan. O'zbekistonda 1920-yillarning oxiriga qadar parranda, asosan jaydari kammahsul tovuq zotlari faqat xonadonlarda boqilgan. Respublikada parrandachilikning qishloq xo'jaligi tarmog'i tarzida rivojlanishi 20-asrning 20-yillariga to'g'ri keladi. Bu soha hozirgi kunga kelib chorvachilikdagi asosiy yo'nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Bunig sababi-parranda boqish kata xarajat talab qilmaydi, saqlash inshaotlari juda oddiy.

Yurtimizda parrandachilika yana katta e tibor qaratila boshladi Prezident Shavkat Mirziyoyev "Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarorini imzoladi. Unga ko'ra, 2021 -yil 1-iyundan boshlab qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi bo'lgan parrandachilik xo'jaliklariga — o'z xo'jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so'm hamda parranda go'shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so'm miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tovuqchilik-parrandachilikning nafaqat qishloq xo'jaligida, balki uy parrandalarni ko'pytirish bilan shug'ullanuvchi aholi o'rtasida keng tarqalgan asosiy tarmog'i hisoblanadi. Aholining yordamchi xo'jaliklaridagi uy parrandalarining umumiy miqdorining 80 foiznini tovuq tashkil etadi. Beradigan mahsulotiga qarab, tovuqlar tuxumdor (serpusht), tuxumdorgo'shtdor (tuxumgo'sht uchun boqiladigan) va go'shtdor zotlarga ajratiladi. Shuningdek, Tovuqlarning dakang (urishqoq) va kurkam turlari (sanoat ahamiyati yo'q) ham bor. Tovuqlar tashqi ko'rinishi va tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Serpusht Tovuqlar kichkina, tez voyaga yetadigan, tuxumdorgo'shtdor Tovuqlar yirikroq bo'lib yaxshi rivojlanadi. Go'sht uchun ajratilganlari alohida sharoitda boqiladi. Serpusht Tovuqlar 1,7-2,2 kg , xo'rozlari 2,7-3,0 kg , tuxumdorgo'shtdorlari 2,5-4,0 kg , go'shtdorlari 3,0-4,5 kg go'sht beradi. Serpusht zotlar yiliga 220-250 ta, ayrimlari 365 tagacha tuxum qiladi. Zotdor Tovuqlar seleksiya yo'li bilan ko'paytirilganda serpusht bo'ladi. Tovuq 5 -6 oylikdan tuxumga kiradi. Dastlabki tuxumi 40-50 g , 1 yoshga yaqinlashgach, 55-65 g . Tuxumdor go'shtdor zotlar tuxumi mayda. Tovuq tullaganda tuxum qilmaydi. Tullash 2-3 hafta, ba'zilarida 2 oy va undan ortiq davom etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekistondagi xo'jalikda tovuq (tuxum, go'sht yo'nalishlari ), go'sht uchun kurka qisman o'rdak, g'oz, parhez taomlar uchun bedana boqiladi. Asosan tovuqning oq leggorn, "Naslparranda" ilmiy markazida yaratilgan ikki tizimli, mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan,yiliga 240-250 donagacha tuxum qiladigan "O'zbekiston" krossi yetishtiriladi.

Tovuq mahsulotining qimmati ularning tez yetilishi va mahsuldorligi bilan uyg'unligidadur. Tovuqlar 4.50-5 oyda jinsiy yetilib, uxum bera boshlaydi.Tovuq tuxumida organizm uchun zarur oziq moddalar yengil hazmlanadigan shakilda namoyon bo'ladi. Ularning tarkibida to'la qimmatli, har jihatdan tengsiz aminokislotalar, uglevodlar, oqsillar hamda butun bir vitamin majmuosi-20 xil mineral moddalar mavjud. Yuz grammli tuxumning umumiy to'yimliliigi 156 kkal ni tashkil etadi.

Leggorn-eng ko'p tarqalgan tuxum beruvchi zotlardan biri. Uning kelib chiqishi Italyaning Livarno shahri bilan bog'liq bo'lib "leggorn" nomini lishiga sabab bo'lgan

Tovuqlarning vazni 1.8-2 kg, xo'rozlarniki 2.5 2.7 kg ga teng.

Bu krosslar 125-135 kunligidayoq tuxum berishni boshlaydi.Tuxum qo'yish chog'ida tovuqlarni oqsilga bo'lgan ehtiyoji keskin ko'tariladi tuxumdan qolganda esa uni oqsilga bo'lgan talabi keskin pasayadi, yog'lar parranda organizimida issiqlik va mexanik energiyani hosil qilishda foydalaniladi shuni hisobga olgan olda parrandalar ozuqasini to'g'ri ratsionlar orqali yaratish kerak. Tuxum beradigan tovuqlar sutkasiga 115-125g omuxta yem (kambikorm) istemol qiladi. Yeyilgan ozuqa hajmi ozuqani to'la qimmatligiga bog'liq. Ozuqani to'yimliligi qancha past

863

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bo'lsa shuncha ko'p ozuqa yeyiladi. Uy sharoitida boqilgan tovuqlarning yegan ozuqasining umumiy hajmi birmuncha ko'p bo'ladi, bu ularning sayrda ko'p bo'lishiga bog'liq.

Kambiko'rm maydalangan ozuqa vositalari va mikroqo'shimchalar aralashmasidan iborat bo'lib, parrandani to'la qimmatli ozuqlantirish imkonini beradi. Ular sochiladigan, donlab yoki yorma shaklida tayyorlanadi. Donlab tayyorlanganda biologik faol moddalar yaxshi saqlanib qoladi, parrandalar esa alohida birikmalarni tanlab yeyish imkonidan mahrum bo'ladilar, demak ozuqaning butun tarkibiy qismi bilan iste'mol qilishlariga to'g'ri keladi. Maydalangan donni bazi namlangan non mahsulotlari qoldig'i aralashmalari bilan almashtirish mumkun. Kambikorm retsep bo'yicha bacha yoshli guruhlarga va ularninng fizologik xolatiga qarab turli miqdorlarda bo'ladi.

7-10 oylik tovuqlar uchun to'la ratsionli kambikormning taxminiy tarkibi 1000 kg % foizda

Kambikorm tarkibi Saqlanishi %

Makkajo'xori 32

Bug'doy 26

Soya shroti 16

Kungaboqar shroti 12

Baliq uni 4

Megamiks 0.15

Metionin 0.11

Lizin 0.1

O'simlik yog' 2.5

Trikalsiyfosfat 6.64

Tuz 0.5

7-10 oylik tovuqlar uchun kambikorimni taxmiman 1000 kilogrammi 100% deb qaralsa, ozuqa tarkibida megamiks 0.15, metionin 0.11, lizin 0.1, trikalsiyfosfat 6.64 miqdorda bo'lishi lozim.

Tovuqlar mahsulot bera boshlagan davrda to'gri oziqlantirish va parvarishlash tuxum berishni jadallashtirishga sabab bo'ladi va ularga yorug'lik bilan rag'bat berib turiladi. Shuning uchun yorug' kun uzoq davom etiladigan paytlard a ishga oqilona foydalanish va tavsiya etilgan normalarga rioya qilish mahsuldorlikni sezilarli darajada oshishiga imkon yaratadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Qishloq xo'jaligida tuxum yo'nalishidagi tovuq zotlari mahsulot bera boshlagan davrda to'gri oziqlantirish va parvarishlashni yo'lga qoyilsa, ularnin tuxumga kirgan davrida oqsilga bo'lgan ehtiyojini to'g'ri baholab ozuqa ratsioni to'g'ri yaratilsa ko'zlagan maqsadga samarali erishiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M "Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yaratish" to'g'risidagi qarori.

2. Qoziyev, N.Hashimov, T.Saidazimov "Parrandachilik 7 xazinaning biri"

3. Raxmatillayev P.E Nurmuxammedov X.N. "Tuxum yo'nalishidagi tovuqlarni parvarishash qilish" Toshkent 2013- yil

4. Razvedeniye, soderjaniye i kormleniye ptitsi, Per. s nem., 1972; Promishlennoye ptitsevodstvo, M., 1985; Azimov S, Parrandachilikda naslchilik ishlari,

5. https://uz.yellowbreadshorts.com/1661-rating-of-hens-of-egg-breeds.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.